Роль рефлексии в формировании навыков решения задач по химии у учеников

Аннотация

В данной статье анализируется возможность использования рефлексивного подхода к формированию у учащихся навыков решения задач по химии. В его основе лежит механизм формирования у учащихся навыков решения задач и значение использования рефлексивного подхода в их усвоении.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
79-84
175

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шодманова S. . (2024). Роль рефлексии в формировании навыков решения задач по химии у учеников. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(2), 79–84. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67464
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируется возможность использования рефлексивного подхода к формированию у учащихся навыков решения задач по химии. В его основе лежит механизм формирования у учащихся навыков решения задач и значение использования рефлексивного подхода в их усвоении.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The impact of reflection on developing students' problem-
solving skills in Chemistry

Shаxnoza

SHODMANOVA

1


Tashkent Pediatric Medical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2024
Received in revised form

10 January 2024
Accepted 25 February 2024

Available online

25 May 2024

This article analyzes the possibility of using a reflective

approach to developing students' problem-solving skills in

chemistry. It is based on the mechanism of developing students’

problem-solving skills and the importance of using a reflective

approach to their mastery.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp79-84

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

reflection,

goal-based reflection,

playful reflection,

interrogative reflection,

one-word method,
unfinished sentence method,
thermometer method,

problem-solving mechanism.

Oʻquvchilarda kimyodan masalalar yechish koʻnikmalarini
shakllantirishda refleksiyaning oʻrni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

refleksiya,

maqsadga asoslangan
refleksiya,

oʻyinli refleksiya,

soʻrovli refleksiya,

bir soʻz usuli,

tugallanmagan jumla usuli,

termometr usuli,

masala yechish mexanizmi.

Mazkur maqolada oʻquvchilarning kimyodan masalalar

yechish koʻnikmalarini shakllantirishda refleksiv yondashuvdan

foydalanish imkoniyatlari tahliliy bayon etilgan. Unda

oʻquvchilarda masalalar yechish koʻnikmalarini shakllantirish

mexanizmi va ularni oʻzlashtirishda refleksiv yondashuvdan

foydalanishning ahamiyati asoslangan.

1

PhD, teacher, Academic Lyceum, Tashkent Pediatric Medical Institute. E-mail: shshaxnozastudy@mail.ru


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

80

Роль рефлексии в формировании навыков решения
задач по химии у учеников

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

рефлексия,
целенаправленная

рефлексия,

игровая рефлексия,
вопросительная

рефлексия, метод одного
слова,

метод неполного
предложения,

метод термометра,
механизм решения задачи.

В

данной

статье

анализируется

возможность

использования рефлексивного подхода к формированию у

учащихся навыков решения задач по химии. В его основе

лежит механизм формирования у учащихся навыков

решения задач и значение использования рефлексивного
подхода в их усвоении.


KIRISH

Refleksiya soʻzi lotincha refleksio –

“orqaga qaytish” soʻzidan kelib chiqqan.

Lugʻatlarda refleksiya insonning ichki holati, oʻzini oʻzi bilishi haqida fikr yuritishi deb
ta’riflanadi. Refleksiyani introspeksiya (ichkariga nazar solish) sifatida ham talqin
qilinadi. Zamonaviy pedagogikada refleksiya faoliyati va ularning natijalarini oʻz

-

oʻzini

tahlil qilish deb tushuniladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Refleksiyaning bunday kengaytirilgan ta’rifi Bobrova О.А. [1] ishlarida oʻz aksini

topgan. Tadqiqotining nazariy ahamiyati shundan iboratki, uning natijalari umumiy

pedagogika nazariyasiga hissa qoʻshadi: oʻsmirlarning refleksiv qobiliyatlari haqidagi
gʻoyalari kengaytiriladi; oʻsmirlarning refleksiv koʻnikmalarining tarkibiy qismlari

aniqlanadi, tavsiflanadi va nazariy jihatdan asoslanadi, ularning yetuklik mezonlari va

koʻrsatkichlari aniqlanadi. Model nazariy jihatdan asoslab berilgan va boshlangʻich
maktab ta’lim jarayonida oʻsmirlarning refleksiv koʻnikmalarini shakllantirish dasturi
ishlab chiqilgan boʻlib, u uch bosqichni oʻz ichiga olgan: jamoaviy, guruhli, individual.
Oʻsmirlarning refleksiv koʻnikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirishning pedagogik

shartlari ochib berilgan, ularning mazmuni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
boyitilgan [1].

I.N.

Semenov monografiyasida ta’limni modernizatsiya qilishning innovatsion

yondashuvlaridan birini taqdim etadi, bu uning aks ettiruvchi va psixologik yordamini
rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu fundamental yondashuvni yaratishdan oldin aks

ettirish psixologiyasi tarixini oʻrganish va uning bir qator yaratuvchilari

personologiyasini tahlil qilish, shuningdek, fikrlash va ijodkorlikning refleksiv

rivojlanishini nazariy va eksperimental oʻrganish talab etiladi

[2].

MAZMUNI

Maqsadlarga asoslanib, refleksiyaning quyidagi turlari ajratiladi:

1. Kayfiyat va ruhiy holat boʻyicha refleksiya.

2. Faoliyat boʻyicha refleksiya.

3. Oʻquv materialining mazmuni boʻyicha refleksiya.

Oʻyin, soʻrov, refleksiya daraxti mevalaridan foydalanish.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

81

Oʻquvchilarning materialni oʻzlashtirganlik darajasini va darsdagi faoliyatini

mustaqil ravishda, yetarli darajada xolis, toʻgʻri baholashga oʻrgatish asosiy

maqsadlardan biri hisoblanadi. Bu borada kimyo darslarida quyidagi texnikalardan
foydalanish mumkin:

“Bir soʻz” refleksiya texnikasi juda samarali natija koʻrsatadi. Oʻquvchilar quyidagi

12 ta soʻzdan 3 ta soʻzni tanlashlari kerak boʻladi, ular aynan shu soʻzlar orqali darsdagi
holat va muhitni qisqa hamda aniq ifodalashlari talab etiladi: 1) Achchiqlanish 2) Gʻazab

3) Quvonch 4) Befarqlik 5) Qoniqish 6) Ilhom 7) Zerikish 8) Bezovtalik 9) Tinchlik
10) Ishonch 11) Ishonchsizlik (ikkilanish) 12) Rohatlanish

“Termometr” refleksiya texnikasidan foydalanish mumkin. Oʻquvchilardan

qogʻozga

-

12 dan +12 gacha boʻlgan shkalani chizish va dars boshida hamda oxirida

ularning ruhiy holatini shkalalar orqali ifodalash soʻraladi. 0 dan past, 0 dan yuqori,

-12,

+12 yoki 0 ga teng ball olgan oʻquvchilarni qoʻllarini koʻtarishlarini soʻrash orqali

aniqlanadi.

Oʻqituvchi uchun nafaqat dars oxirida oʻquvchining ruhiy holatini, kayfiyatini bilish

va tushunish, balki dars ular uchun qanchalik samarali boʻlganligini aniqlash ham

muhimdir.

Oʻquvchilar oʻzlarining darsdagi faolligini, bilimlarni taqdim etish shakllarining

foydaliligi va qiziqarliligini, darsning jozibadorligini va jamoaviy faoliyatini baholashlari

kerak. Shu maqsadda quyidagi jumlalarga oʻquvchilar musbat va manfiy ishoralar orqali
oʻzlarining munosabatlarini bildiradi: “Men juda koʻp yangi narsalarni oʻrgandim”, “Bu
menga hayotda kerak boʻladi”, “Dars davomida koʻp oʻylashga toʻgʻri keldi”, “Dars
davomida yuzaga kelgan barcha savollarga javob oldim”, “Men dars davomida astoydil
harakat qildim va darsda koʻzlangan maqsadga erishdim”. Oʻqituvchi soʻralgan savollarga
beshta plyus berganlardan qoʻllarini koʻtarishni soʻraydi, keyin toʻrtta va keyin uchta

plyuslilarni aniqlaydi.

Refleksiya dars oxiridagi fikrlash uni umumlashtirish, nimalar oʻrganilganligini va

qanday ishlanganini muhokama qilish imkonini beradi

ya’ni, har bir kishi dars boshida

qoʻyilgan maqsadlarga erishishda qoʻshgan hissasini, faolligini, darsning samaradorligini,

tanlangan faoliyat shakllarining qiziqarliligini va foydaliligini baholaydi. Buning uchun

oʻquvchilarga “Tugallanmagan jumla” refleksiya texnikasi taklif etiladi. Oʻquvchilar
doskada, ekranda berilgan jumlani toʻldirishlari kerak:

1.

Bugun ... bilib oldim

2.

... qiziq

boʻldi

3.

... qiyin

boʻldi

4.

Men ... topshiriqlarni bajardim

5.

Men ... tushundim

6.

Endi men

… qila olaman

7.

Men ... his qildim

8.

Men ... erishdim

9.

Men …

oʻrgandim

10.

Menda

yaxshi natija berdi

11.

Men ... qila oldim

12.

Men …

sinab koʻraman

13.

Meni ... hayron qoldirdi

14.

Dars menga hayot uchun kerakli ... saboqni berdi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

82

15.

Men …

xohlardim

Yoki ushbu shaklni taklif qilish mumkin:

1. Dars davomida men … ishladim; faol / passiv

2. Darsdagi ishimdan …; qoniqdim /qoniqmadim

3. Menga dars … tuyuldi; qisqa / uzun

4. Darsda men …; charchamadim / charchadim

5. Mening kayfiyatim …;

yaxshilandi / yomonlashdi

6. Dars materiali men uchun … boʻldi; tushunarli / tushunarsiz

7. Menga uy vazifasi … koʻrindi; oson / qiyin

Anketa shaklida refleksiya

dars oxirida oʻz

-

oʻzini tahlil qilish, darsga sifat va

miqdoriy baho berish imkonini beradi. Ba’zi fikrlarni oʻzgartirish va toʻldirish mumkin,
bu darsning qaysi elementlariga alohida e’tibor qaratilishiga bogʻliq. Oʻquvchilardan
javoblarini asoslab berishlarini soʻrash mumkin.

Darsda ruhiy holat va kayfiyat haqidagi ma’lumotlarni oʻquvchilar

ning

darsdan qoniqish koʻrsatkichi orqali bilib olish mumkin. Dars tugashiga 3

-5 daqiqa

qolganda har bir oʻquvchi dars davomida boshdan kechirgan holatni qayd etadi.

Qoniqish indeksi:

0 dan 0,4 gacha (0,4 kirmaydi)

past;

0,4 dan 0,6 gacha (0,6 kirmaydi)

me’yorga yaqin;

0,6 va undan yuqori

yuqori.

Kimyo darslarida o

ʻ

quvchilarning intellektual refleksiv ko

ʻ

nikmalarini

shakllantirish, ularning qonuniyatlar, nazariyalar, formulalar mohiyatini anglashlari,
masalalarni yechishda vujudga keladigan qiyinchiliklarning sabablarini mulohaza
qilishlari uchun ham imkon beradi. Kimyoviy masalalarni yechish jarayoni bir biri bilan
uzviy mantiqiy ravishda bog

ʻ

langan bir qancha jarayonlarni o

ʻ

z ichiga oladi. Masala

shartini tushunib yetgandan so

ʻ

ng ham, ushbu algoritmni amalga oshirish uchun o

ʻ

zaro

zanjirli bog

ʻ

langan quyidagi amallarni bajarishga doir bilim va ko

ʻ

nikmalar talab etiladi.

Kerakli formulani qo

ʻ

llash yoki proporsiyani amalga oshirish, uchun reaksiya

tenglamalarini yozish va tenglash, buning uchun esa moddalar formulasini bilish, modda
formulasini to

ʻ

g

ʻ

ri yozish uchun element belgisi va valentligini bilish, nisbiy molekulyar

massalarni hisoblash kabi amallarni bajarish talab etiladi. Ushbu jarayonlarning qaysidir
bosqichida qilingan birgina xato masala javobini noto

ʻ

g

ʻ

ri chiqishiga sabab bo

ʻ

ladi.

Bu holat o

ʻ

quvchilarda kimyoviy masalalarni yechishga bo

ʻ

lgan ishonchsizligini oshiradi.

Kimyoviy masalalarni yechish bosqichlarini birma-bir tahlil qilishga va aynan qaysi
bosqichda o

ʻ

quvchida ko

ʻ

proq qiyinchiliklar kuzatilayotganligini aniqlashga yordam

beruvchi so

ʻ

rovnomalar bu muammoni nisbatan qisqa vaqtga hal qilishga, aynan

muammo mavjud bosqichga ko

ʻ

proq e

tibor qaratish, shu jarayonni alohida mashq qilish

orqali qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini yaratadi.

Element formulalarini bilaman. Ha; Yoʻq.

Element

valentligini yodlaganman. Ha; Yoʻq.

Modda formulasini toʻgʻri yozaman. Ha; Yoʻq.

Reaksiya mahsulotlarini va tenglamasini yozolaman. Ha; Yoʻq.

Reaksiya tenglamasini tenglay olaman. Ha; Yoʻq.

Toʻgʻri proporsiya tuza olaman. Ha; Yoʻq.

Kerakli matematik formulani qoʻllay olaman. Ha; Yoʻq.

Matematik hisoblarni toʻgʻri bajaraman. Ha; Yoʻq.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

83

Formuladan kerakli kattalikni keltirib chiqara olaman. Ha; Yoʻq.

Masala shartini oson anglayman va aytib berolaman. Ha; Yoʻq.

Masalani yechish yoʻlini aniqlay olaman. Ha; Yoʻq.

Birgalikda yechilgan masalani, qayta oʻzim yecha olaman. Ha; Yoʻq.

Oʻxshash masalani mustaqil yecha olaman. Ha; Yoʻq.

Oʻxshash masala shartini tuzishim mumkin. Ha; Yoʻq.

Masalalar yechish layoqatini toʻgʻri tahlil qilish uchun quyidagi asosiy bosqichlarga

e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Birinchi bosqich.

Avvalo masala shartini toʻliq tushunish va bu borada tizimli

mulohaza yuritish uchun masala shartini qisqa koʻrinishda ifodalash talab etiladi.
Masalaning qisqa koʻrinishda ifodalash mobaynida

qanday kattaliklar berilgan va

noma’lum boʻlgan komponentlar aniqlashadi. Shu bilan birga mazkur ma’lumotlar
asosida qanday qilib yechimga borish yoʻli oydinlashadi.

Ikkinchi bosqich.

Masalani yechish usuli (oddiy proporsiya, matematik tenglama

tuzish, formulalar asosida hisoblash) belgilab olinadi.

Uchinchi bosqich.

Toʻgʻri yoʻnalishni belgilab olishning oʻzi, toʻgʻri yechimga

borish uchun yetarli boʻlmaydi. Turli fizikaviy, kimyoviy kattaliklar birliklarini va ularni
qoʻllash qoidalarini bilish, matematik hisoblashlar orqali natija olinganidan keyin ham,
shartga koʻra birliklarni qayta taqqoslab chiqish talab etiladi.

1-rasm. Masala yechish mexanizmi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue

2

2 (2024) / ISSN 2181-3701

84

Oʻquvchilarning ushbu bosqichlar asosida oʻz imkoniyatlarini baholab, tahlil

qilishlari, koʻproq qaysi bosqichda xatoliklarga yoʻl qoʻyganligini bilib olishlari mumkin.
Bu ularga qisqa vaqt ichida, ongli ravishda, tegishli mashqlarni bajarish orqali oʻz

xatoliklarini bartaraf etish imkonini beradi.

XULOSA

Shunday qilib, darsda refleksiya

oʻquvchilar va oʻqituvchilarning birgalikdagi

faoliyati boʻlib, bu har bir oʻquvchining shaxsiyatiga e’tibor qaratgan holda oʻquv

jarayonini takomillashtirishga imkon beradi. Sinfdagi refleksiv faoliyat shunchaki

maqsad emas, balki oʻquvchini hayotga, oʻzini oʻzi anglashga tayyorlovchi, mustaqillik, oʻz

harakatlari va natijalarini baholash qobiliyati, raqobatbardoshlik kabi shaxsning muhim
fazilatlarini rivojlantirishga tayyorgarlikdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Боброва О.А.

Формирование рефлексивных умений подростков в

образовательном процессе школы: Автореф. дис... кандидат психологических наук.
–Воронеж: 2019.

-

24 с.

2.

Лефевр В.А. Рефлексия. М.: Когито

-

Центр, 2003.

3.

Семенов И.Н. Рефлексивная психология инновационного образования.

Монография. МКМ. 2013.

-

173 с.

4.

Кучкаров, М. А. (2022, December). КИМЁВИЙ ЭКСПЕРИМЕНТ

-

ЎҚУВЧИЛАРНИНГ

ТАНҚИДИЙ

-

ИЖОДИЙ

ФИКРЛАШ

ҚОБИЛИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРУВЧИ ВОСИТА СИФАТИДА. In

Proceedings of International Educators

Conference

(Vol. 1, No. 3, pp. 313-317).

5.

Kuchkarov, M. A. (2022). POSSIBILITIES OF USING A CHEMICAL EXPERIMENT ON

THE FORMATION OF STUDENTS’CRITICAL THINKING COMPETENCIES.

European

International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

2

(04), 108-112.

Библиографические ссылки

Боброва О.А. Формирование рефлексивных умений подростков в образовательном процессе школы: Автореф. дис... кандидат психологических наук. –Воронеж: 2019. -24 с.

Лефевр В.А. Рефлексия. М.: Когито-Центр, 2003.

Семенов И.Н. Рефлексивная психология инновационного образования. Монография. МКМ. 2013. -173 с.

Кучкаров, М. А. (2022, December). КИМЁВИЙ ЭКСПЕРИМЕНТ-ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ТАНҚИДИЙ-ИЖОДИЙ ФИКРЛАШ ҚОБИЛИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРУВЧИ ВОСИТА СИФАТИДА. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 1, No. 3, pp. 313-317).

Kuchkarov, M. A. (2022). POSSIBILITIES OF USING A CHEMICAL EXPERIMENT ON THE FORMATION OF STUDENTS’ CRITICAL THINKING COMPETENCIES. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 108-112.