Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Fakiri is a brilliant creator of Uzbek literature as a sheikh,
sage, and scientist
Safiya YAKUBOVA
Urgut branch of Samarkand State University named after Sharaf Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
25 May 2024
This article examines Fakiri's unique contribution to
colonial-era Uzbek literature, noting that his work represents a
significant innovation and fills a critical gap with its legacy and
romantic spirit. At the end of the 19th and beginning of the 20th
centuries, Shakhrisabz became the place of life and work of
several poets and writers, among whom such remarkable
writers as Mirza Umrbaki Shakhrisabzii-Samarkandi (1878
–
1957), Faizullahkhoja Ravnakiy (1892
–
1978) and Ismailkhan
Fakiri-Shakhrisabzii stand out. Particular attention is paid to
the fact that the literary heritage of Ismailkhan Faqiri is of
significant value and his works deserve the attention of the
literary community.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp73-78
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
creator,
meaning of oriphon,
romantic spirit,
educational poetry,
Devan literature,
owner of the devan,
concept of bayaz.
Faqiriy o‘zbek adabiyotida yorqin ijodkor shayx, olim va
alloma sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
yombi ijodkor,
o‘roh,
orifona mazmun,
oshiqona ruh,
ma’rifiy she’riyat,
devon adabiyoti,
sohibi devon,
bayoz tushunchasi.
Ushbu maqolada Faqiriy ijodi adabiyotda yangilik kasb
etishi, u zotning merosi mazmuni, oshiqona ruhi bilan
mustamlaka davri o‘zbek adabiyotidagi mudhish bo‘shliqni
to‘ldirib turganligi haqida fikr yuritiladi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Shahrisabzda tug‘ilib, shu yerda umrguzaronlik
qilgan bir necha shoirlar, adibu fozillar bo‘lgan. Ular sirasiga
Mirzo Umrboqiy Shahrisabziy-Samarqandiy (1878
–
1957),
Fayzullohxo‘ja Ravnaqiy (1892–
1978), Ismoilxon Faqiriy-
Shahrisabziy singari fozilu ijodkorlarni kiritish mumkin. Bu
adiblar ichida Ismoilxon Faqiriy adabiy merosi muhim
ahamiyatga egaligi va uning ijod namunalari adabiyot ahliga
yetib borishi haqida so‘z yuritilgan.
1
Assistant, Faculty of Pedagogy and Languages, Urgut branch of Samarkand State University named after Sharaf
Rashidov. E-mail: safiyayakubova1231@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
74
Факири –
блестящий творец узбекской литературы
как шейх, мудрец и учёный
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
создатель,
значение орифоны,
романтический дух,
просветительская поэзия,
деванская литература,
владелец девана,
концепция баяза.
В данной статье рассматривается уникальный вклад
Факири в узбекскую литературу колониальной эпохи,
отмечая, что его творчество представляет собой значимое
новшество и восполняет критический пробел с помощью
своего наследия и романтического духа. В конце XIX и
начале XX веков Шахрисабз стал местом жизни и
творчества нескольких поэтов и писателей, среди
которых выделяются такие замечательные литераторы,
как Мирза Умрбаки Шахрисабзий
-
Самарканди (1878–
1957),
Файзуллахходжа Равнакий (1892–1978) и Исмаилхан
Факири
-
Шахрисабзий. Особое внимание уделяется тому,
что литературное наследие Исмаилхана Факири обладает
значительной ценностью и его произведения заслуживают
внимания литературного сообщества.
So
‘
nggi yillarda barcha fanlar qatori adabiyot sohasiga
ham alohida e’tibor berilib
kelinmoqda. XX asr o‘zbek ma’rifiy she’riyatining yombi ijodkori, devon adabiyotining
kamtar vakili, alloma va shayx, Naqshbandiya tariqati murshidi komili, Payg‘ambar
avlodi, zokir ijodkor, shokir va sobir so‘z san’atkori, Faqiriy
-Shahrisabziy hazratlari
o
‘
zlarining bayozu g
‘
azaliyotlari bilan adabiyotimizga yangitdan kirib kelmoqda.
Faqiriy ijodi adabiyotda chinakam kashfiyotdir. U zotning merosi orifona mazmuni,
oshiqona ruhi bilan mustamlaka davri o‘zbek adabiyotidagi mudhish bo‘shliqni to‘ldirib
turadi.
Faqiriy hazratlari o‘tgan asrda yashab ijod etgan bo‘lsa
-da, uning nomi va ijodi,
Alloh taolloning inoyati ila istiqlol davrida yuzaga chiqdi. Sho‘ro siyosatdonlari mumtoz
shoirni xalqdan yashira olmadilar.
Shoir nomi davlat miqyosida ilk marta Shahrisabzning 2700-
yilligiga bag‘ishlangan
anjumanda O‘zbekiston Birinchi
Prezidenti tomonidan tilga olindi. Darhahihat, doktor,
professor Shodmon Vohidov hamda yosh olim, adibning nabirasi Mas’udxon Ismoiliyning
say’u g‘ayratlari bilan Faqiriy nomi jahon qomuslariga kirgan edi.
Dunyoning hamma joyida davlat rahbari biror ijodkor allomaga e’tibor ko‘rsatsa,
bu uning xalq orasida izzat-
e’tibor topishiga sabab bo‘ladi.
Xususan professor Shodmon
Vohidov hamda yosh olim, adibning
nabirasi Mas’udxon Ismoiliylarning ushbu adib
haqida ko
‘plab ma’lumotlar,
ijodiga doir bir qancha ilmiy maqolalar bitishgan.
Faqiriy hazratlari biz o‘rgangan Oybek, G‘afur G‘ulom, Shayxzoda, Habibiy kabi
adiblarga zamondosh bo
‘lsa
-
da, shayxligi, islomiy hayoti, ijodining ilohiy ma’rifatga
asoslangani bois, nomi ham, ijodi ham aslo yuzaga chiqmagan, adib ham bunga zinhor
parvo qilmasdan: “Bizning hazfporaga ham bir xaridor topilar
-
da”, deb sabri jamil
ko‘rsatgan
[1]. Mana, Allohning lutfu -karami bilan adib ijodiga xaridor topildi.
Albatta har qanday adabiyot sohasida qalam tebratgan ijodkorning ismu-
nasablari va taxalluslari o
‘
quvchini befarq qoldirmaydi deb hisoblasak bo
‘
ladi [6].
Adibning to‘liq ismi
–
Ismoilxon ibn Ibrohim Xoja ibn Hidoyatulloh ibn Mirzo Kalon
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
75
Abdulaziz Xojai Shahrisabziy [11].
Ushbu ma’lumotlar uning nabiralari Mas’udxon
Ismoiliy qo
‘llaridagi ma’lumotlar asosida yaratilgan devon va bayozlardan olingani asosli
albatta.
Taxallusi Faqiriy-
Shahrisabziy; she’rlarida Faqiriy, Faqir shakllarida ham keladi.
Xalili Ixvon taxallusi ham bo‘lib, bu nomni tog‘alari shoir Hone Shukrulloh Xo‘
ja
qo‘yganlar va undan shoirning tavallud tarixlarini chiqarganlar. Abjad hisobida bu
taxallus raqamlaridan hijriy 1328-yil chiqadi. [1],
Toshkentda shoir Habibiy bilan ko‘rishganida
“Faqiriy” taxallusi zamon
mafkurasiga to‘g‘ri kelmasligini o‘ylab, u zotga Xaliliy degan taxallus tanlfdi
[3]. Faqiriy
esa hurmat yuzasidan, bu taxallusda bir she’r yozib, uni Habibiyga bag‘ishlaydi. Shundan
so‘ng yana
“Faqiriy ” taxallusiga sodiq qoladi
[8].
Ismoilxon Faqiriy milodiy 1910-yil, hijriy 1328-yilda Shahrisabzda tavallud topdi.
Uch yoshda otalaridan, to‘rt yoshda ustoz bobolaridan judo bo‘lib, avval onalari, keyin
tog‘alari tarbiyatlarida kamol topib, ilm
-
ma’rifat sohibi bo‘ladi. Adib 1980
-yilda hozirgi
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Sariosiyo qishlog‘ida vafot etadi
[11]. Avlodlari
hozirgi vaqtda mazkur manzilda yashaydilar.
Nomlaridagi “Shahrisabziy” degan ilova maxsus shoirona taxallus emas, balki
mazkur Vatanga mansublik guvohnomasidir, Faqiriy hazratlarining tug‘ilib o‘sgan
Vatanlari Markaziy Osiyoning qadimiy ilm-
fan o‘choqlaridan bo‘lmish Shahrisabz
shahridir. Shahrisabz Rusiya bosqinidan keyin ham to 1917-
yillargacha o‘z ma’rifiy
mavqeini saqlab kelgan. [
2] Undan so‘ng maktab
-
madrasalar rasman yo‘qotilgan bo‘lsa
-
da, sayyidlar va tariqat mansublari yurti sifatida shu kungacha o‘z e’tiborini yo‘qotmagan.
Mustamlaka davrida Faqiriy, Ravnaqiy, Maxdum Hamidiy, shoir Qone’ singari shayx va
alloma-ijodkorlarning yashagani bunga dalildir [12].
Shahrisabzda necha-necha ulug
‘
zotlar o‘tgan, ammo u tarixda Sohibqiron Amir
Temur tug‘ilib o‘sgan yurt sifatida ham mashhurdir. Unda temuriylar dahmasi, aziz
avliyolar marhadi, Amir Temurning jasadsiz maqbarasi mavjud. Shu bois shoir
Shahrisabz xususidagi turkiy va forsiy she’rlarida o‘z yurtlarini Sohibqiron nomi bilan
ulug‘laydilar. Bizni(ng) Vatan
–
joyi surur, aysh ila xalsi barcha hur, ilmu maorif konidur,
yo‘s dilda armon o‘zgacha, deya shoir orzu
-armonlari Vatanda ilmu maorif ekanini izhor
etadilar. Ismoilxon Faqiriy ilm-
ma’rifatli, ziyoli, e’tiborli muftiy va qozilar avlodidan
bo
‘lgan. Shoirning bobolari Inoyatulloh Xoja O‘roq ibn Mirzo Kaloni Shahrisabz muftiysi
edilar. Otalari Ibrohim Xoja O‘roq esa Shahrisabzda XV asrda Mirzo Ulug‘bek qurdirgan
Jome’ masjidda imom
-
xatib, amir hukumatining shahar vakili (o‘roh), madrasa rahbari
bo‘lganlar. 1914
-yilda otalari vafot etgach, uch yashar Ismoilxon bobolari Inoyatulloh
Xoja tarbiyatlarida qoladi. Ul zot ham olamdan o‘tgach, onalari to‘rt
-
besh yashar o‘g‘lon
tarbiyatlarida ulug‘ say’u g‘ayrat ko‘rsatib, uni maktabga berib, savodxon qiladi
[3].
Sho‘rolar hukumati tuzilib, islomiy maktablar yopilgach, yana o‘zlari ta’limni davom
ettiradi. Onalari ilm-
ma’rifatli otinoyi bo‘lib, Mahzuna taxallusi bilan she’rlar yozgan.
Faqiriy
“Bayoz”lari debochasida onalarini ko‘p ulug‘ ehtirom bilan zikr qiladilar. Ukalari
Najmiddin Xoja Sho‘rolar hukumati davrida qamalganida, zor qaqshagan onalarining
iltimoslari bilan, volidalari nomidan bir musaddas bitganlar. Unda o‘zlarining ham,
onalarining ham sog‘inchlari, dardu alamlari ifodalanadi. So‘nggi bandga diqqat qilaylik:
Ey Fatsiriy, Hassa yolbor, Has O‘zidur mehrubon,
Bera olmas hech kim bu dardu saygudin omon.
Bir taraerrum birla ozod etsa Xallotsi jahon,
Qolmas erdi xasta ko‘ngillarda hargiz ormon;
G‘am bila chun surati devordurman soginib,
Ko‘rmasa zor
-
u, vale nochordurman sog‘inib...
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
76
Ismoilxon to‘qqiz yoshlarida Navoiyni o‘qiydigan bo‘ladi.
Bu hazil gap emas.
Navoiyni tushunish uchun esa turkiy-
o‘zbek tilini puxta bilish bilan birga, arab va fors
lug‘atlaridan ham xabardor bo‘lmoq zarur. Shunga qaraganda, yosh Ismoilxon Faqiriy
garchand o‘zlari: “nimi
-
nimkora”, “savodxon” deb kamtarlik qilsa
-
da, naqadar iste’dod va
kamol sohibi ekanligi anglashiladi.
XX asr Shahrisabz adabiy muhitini kuzatsangiz, mustamlaka siyosati balchig‘idan
o‘zini muhofaza etgan, maddohlik va ta’magirlikdan yiroq,
pokiza bir adabiyot borligini
ko‘rib, ko‘nglingiz o‘sadi. Faqiriy ham dovrug‘u dabdabaga, unvonu mansabga aslo
qiziqmasdan, iymon-
e’tiqodda sobitqadam, mumtoz she’riyatga sodiq yashagan. Zero,
shoir yaxshi bilganki, hayot bugundan iborat emas. Zamonlar aylanadi. Vaqt o‘tishi bilan
adib bilimlari va ijodga ishtiyoqlari ortib boradi.
Faqiriy yosh bo‘la turib, Hoji Mirzo
Hamiduddin Maxdum Hamidiy, tog‘alari Shukrulloh Xoja Hone’, bobolari Inoyatulloh Xoja
O‘roq Jurmiy, Mullo Mirzo Fayzulloh Xoja Ravnahiy, Mirzo Umrboqiy
-Shahrisabziy kabi
ulug‘ insonlar qatorida turadi desak mubolag‘a bo‘lmas.
So‘z ibtidosida “ma’rifiy she’riyat”, “devon adabiyoti” iboralarini qo‘lladik. XX asrda
mustamlaka iskanjasida O‘zbekistonda irfoniy she’riyat bo‘lganmi degan savol tug‘ilishi
mumkin. Devon adabiyoti qanday adabiyot?
Irfoniy ruh, ilohiy mazmun devon adabiyotining xos xususiyatlari bo‘lganidan,
“devon adabiyoti” ta’rifiga kirishsak.
Devon adabiyoti saroy adabiyoti yoki saroy shoirlari degan ma’noda emas. Balki
tamoman aksinchadir. Devon adabiyoti XI asrda Movarounnahrda (bugungi O‘zbekiston
zaminida) Qoraxoniylar davrida boshlangan, islomiy madaniyatdan bahra olgan, shu
sababdan arab va fors adabiyotlaridan ta’sir topgan islomiy adabiyotdir. Qur’oni karim va
hadisi sharif ma’nolarini o‘ziga singdirgan bu mumtoz adabiyot “
majoz haqiqatning
ko‘prigidir”
degan hadisi sharifga asoslanadi, ya’ni majoz yo‘li bilan haqiqatni kuylaydi,
majoziy muhabbatni bahona qilib, ilohiy ishqni tarannum etadi.
Faqiriy ana shunday adabiyotning so‘nggi zabardast vakillaridan biridirlar.
“So‘nggi”deyishimizga sabab: sho‘rolar tuzumida islomiy ilm
-
ma’rifat taqiqlanib, irfoniy
she’riyatga ham putur yetdi, hatto 30
-40-50-yillarda aruz vaznida yozish man etildi,
bora-
bora devon adabiyoti deyarli barham topdi. Keyingi adabiyotdan irfoniy ma’no
qochdi, ilohiy ruh chekindi, oxirat g‘oyasi uzildi, jahon va asosan rus adabiyoti muhitida
xalqchil-
ommabop she’riyat vujudga keldi.
“ Ey munassid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam atodin solgan
insop sonida! ” degan nidolar yangray boshladi va yangi alifbo asosida Erkin Vohidovning
“Yoshlik devoni” paydo bo‘ldi.
“Devon” istilohining ma’nosi ko‘p. “Devon” avvalo aruz vaznida bitilgan va arab
alifbosi asosida tartib berilgan g‘azallar to‘plamining nomidir: “Devoni Navoiy”, “Devoni
Xoja Hofiz”, “Devoni Fuzuliy” kabi. Devon tuzishga muvaffaq bo‘lgan shoirlarni “Sohibi
devon” deb ulug‘laydilar.
Davlat idorasi, mahkama, hukumat uyi ham devon deyiladiki, aytganimizdek,
devon adabiyotining bunga aloqasi yo‘q.
Unutmaslik lozimki, Faqiriy hazratlari avvalo murshid edilar va xalqning irshodi ul
zotning zimmalarida edi. Bu maqom sabablidirki, shoir kamtarlik bilan o‘z kitoblarini
bayoz deb ataganlar. Adib arab alifbosining barcha harflariga g‘azal tartib berilmaganini
ko‘zda tutgan bo‘lishlari ham mumkin. Ammo biz kitobni o‘rganib chiqib, ul zotni
“Sohibi
devon” deb atashga jur’at etdik.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
77
Devoni Faqiriy haqida so
‘
z borar ekan, bevosita uning bayozlarini eslamaslikning
iloji yo
‘
qdur. Faqiriy bayozlari 1950
–
1965-
yillarda tuzilgan bo‘lib, o‘zlari tanlab, saralab
kiritgan
she’rlardan iborat. Devon mumtoz nazm san’atining deyarli barcha turlaridan:
g‘azal, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, mustahzod, masnaviy, ruboiyyot va
qit’alardan tarkib topgan. Kitobda tatabbu’ va tazminlar birmuncha bo‘lib, muvashshax
va mutoyibotdan
hazil she’rlardan ham xoli emas. She’rlarning ko‘pi asl san’at
namunalaridir.
Devon an’anasiga muvofiq, xuddi Navoiy, Fuzuliy va Nodiralar kabi, Faqiriy ham
o‘z devonlariga debocha bitgan. Debochada matla mavjud bo‘
lib, mehribon va rahmli
Alloh ismi bilan boshlanib, Haq taolloga hamdu sano aytish va hazrati Rasulullohga
salovot keltirish bilan davom etadi. Unda shoirning qisqa hasbi hollari va dunyoda bir
yodgor qoldirish ishtiyohlari yuksak odob va valiylarga xos xoksorlik bilan bayon etilgan.
Ammo shoirning kamtarliklarida ham kuchli jasorat, yorqin iste’dod va yuksak ma’rifat
nuri balqib turadi. Chunonchi, adib yozadilar:
“Toki o‘n besh va o‘n olti yoshlarimdan boshlab, shoirlar zumrasiga qo‘shulishga
jiddiy harakat ko‘rguzgan bo‘lsam
-da, bu ishga, birinchidan, bilimsizlik, va ikkinchidan,
zamonamizni(ng) kundalik o‘zgarishlari natijasida she’r yozolmasdan va yozganlarim
ham har joylarda beparvolik bilan solib va ba’zilari esa birodaroni kiromiylar talablariga
muvofiq ularga yuborilib, qo‘limda bori ham juzdonga darida va jarida bo‘lub yotar edi...”.
Bu qisqa so‘zda ko‘p ma’no va qismat manzaralari bor. Chunonchi, “
zamonaning
kundalik o‘zgarishlari”,
muallifning o‘z ta’birlari bilan aytganda, “
sho‘rolar hukumati
tashkil topib, butun
O‘zbekiston va Tojikiston va Buxoro tufroqlarida ham hukmronlik
shevasini yurgizgani”
dir. Ya’ni qadimiy madrasalar berkitilgan, xalqning tarixini
yo‘qotishga urinilgan, dahriylik saltanati o‘rnatilgan, mumtoz adabiyot tahqirlangan,
ma’rifatli iste’dod sohiblari muvozanatini yo‘qotib, she’r yozolmay qolgan.
Yillar o‘tib, shoir aytadi: “Ammo ko‘nglimdan goxho shundog kechar erdiki, “Ey tan,
san dunyoga kelib nima Ahli dunyo
–
siymu zar, ahli hunar
–
fazlu kamol.
Va bu ashyolarni(ng) o‘ziga yarasha xaridori ham topiladi. Chunonchi, Navoiy aytur:
Sarvu gulu lola xaridori bor,
Lek tikonning dagi bozori bor. Ya’nikim har bir gulning o
‘
z xaridori bo’lgani singari
tikonning ham o‘z o‘rni borligi haqida alohida fikr yuritadilar. Shu o‘
rinda bevosita
Faqiriy hazratlarining ijodiga ham qiziqishlar ortgan.
Devon Alloh taoloning qudrati, san’atini olqishlab, hamdu sanolar aytguvchi, Haq
taoloning dargohiga yolborib munojot qilguvchi hamda sayyidi mursaliyn-hazrati
Rasululloh alayhissalomga nat-hamd
keltirguvchi g‘azallar bilan boshlanadi. Zotan, bu
mumtoz devon adabiyotining odobu an’anasidir.
Turkiyda aytilgan
“Paydo”, “Yo Rab”, “Bo‘ldim” radifli hamda “Zulfing girihi” kabi
g‘azallar, “Sun’ung Sani…” mustahzodi, “Izlagil”, “Hasrat” kabi muxammaslar, forsiydagi
“Chi shudi?” musaddasi va “Kunand” radifli tazmini musabba’lari Faqiriy hazratlarining
shoh asarlaridir.
Devon mundarijasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
1.
Alloh zikri va oxirat qayg‘usi.
2.
Munojot ohanglari.
3.
Mustabid tuzum manzaralari.
4.
Vatanparvarlik tuyg‘ulari.
5.
Ilm-
fan va ma’rifat tashviqi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
78
Faqiriy o
‘
zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoirdir. Adibning merosi
adabiyot sohasida o
‘
rganilishi lozim bo
‘
lgan yangidan
–
yangi mazmunli g
‘
azaliyotlari va
purmano ijodi va devonlari kelajak avlod uchun ushbu sohada muhim manba bo
‘
lib
xizmat qilsa ajabmas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. Samarqand Sutdiyon, 1994.
- B.73.
2.
Faqiriy I., Homidov N. va boshqalar. Avlodlar bayozi.-Toshkent A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1996.
3.
Vohidov Sh.Fakiriy // Sobiq Rossiya imperiyasi hududida islom. Ensiklopedik
lug'at. 3-son.
–
Moskva: Sharq adabiyoti, 2001.
–
S. 107-108.
4.
Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. Tazkira
–
Toshkent: G
‘
afur G
‘
ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001.
–
B. 49.
5.
Vohidov. Sh, Erkinov.A, Shahrisabzlik xattot va shoirlar //Ming yillar merosi
Shahrisabz. 2700.-
Toshkent “Sharq” nashriyot
-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati 2002 B.126
6.
Ismoilov M. Faqiriy va Najotiy ijodiy faoliyatlarining Shahrisabz ilmiy-adabiy
muhitida tutgan o‘rni xususida // Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni.
Xalqaro ilmiy konferensiya maruzalari tezislari.
–
Toshkent: Fan, 2002.
–
B. 143.
7.
Vohidov Sh. Les specificites paleographiques et codicologiques des fonds
particuliers de Rawnaqi et Faqiri (Sahrisabz, O'zbekiston) // Manuscripta Orientalia.
9-
jild №3 2003 yil sentyabr
–
s. 52-56.
8.
Mirzo Kenjabekov Ilm oʻrganu xat o’rganu odob oʻrgan .Sohibi devoni Faqiriy
hazratlari // "Maʼrifat" gazetasi ,2004yil ,28
-yanvar
9.
Ismoilxon Faqiriy. Intizoramkim ulam gardi firoqing sumlarin //
Maʼrifat
2004 yil, 17-mart
10.
Ismoilxon Faqiriy.Ahli duoni izlagil //Hidoyat. 2004. N4-b. 24-25
11.
Vohidov Sh., Ismoilov M. Faqiriy olim, shoir va shayx // Moziydan sado.
2004 yil.- 4-son.
12.
Vohidov.Sh ,Ismoilov .M //Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 2005.
-B.213
13.
Mirzo Kenjabek. Mumtoz shoir va komil shayx Fakiriy-Shaxrisabziy // Sino.
–
2004 yil (tanasi).
–
№ 15.
–
B. 44-51
14.
Hasanov A. XVI-
XIX asrlarda shaharsozlik va me’morchilik (Qashqadaryo
vohasi misolida): Nomzodlik dissertatsiyasi.
–
T.: 2008. 200-b.
15.
Ko‘charov J. Qarshi shahrining XVIII asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi
tarixidan.
–
Samarqand: 2008. 71-b.
16.
Ravshanov P. Naxshab va Kesh tarixi manbalari.
–
Qarshi: Nasaf, 2005. 120-b.
