Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Encouragement from parents of educated, capable and
talented students
Dilfuza ISABAYEVA
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
25 May 2024
This article examines the impact of parental support on the
success of educated, capable, and talented students, as well as
ways to increase students' interest in learning. The study
showed that students who receive support from their parents
are more likely to demonstrate high results. Collaboration
between parents and teachers improves students' educational
achievements. The article also analyzes changes in students'
behavior that were stimulated by parental attention, including
their attitude toward learning and interaction with others.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp254-257
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
encouraging parents,
student interest,
educated,
academic result.
Bilimli, qobiliyatli va iste’dodli talabalarning ota
-onalari
tomonidan rag‘batlantirilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ota-onalarning
rag‘batlantirishi,
talabalar qiziqishi,
bilimli,
akademik natija.
Ushbu maqolada bilimli, qobiliyatli va iste’dodli
talabalarning
ota-
onalari
tomonidan
rag‘batlantirilishi,
talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish
haqida fikrlar bayon etilgan.
Поощрение со стороны родителей образованных,
способных и талантливых студентов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
поощрение родителей,
студенческий интерес,
образованный,
академический результат.
В данной статье рассматривается влияние поддержки
родителей на успехи образованных, способных и
талантливых студентов, а также способы повышения
интереса студентов к учёбе. Исследование показало, что
1
Basic doctoral student, Department of Pedagogy, Bukhara State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
255
студенты, получающие поддержку от родителей, чаще
всего
демонстрируют
высокие
результаты.
Сотрудничество
между
родителями
и
учителями
способствует улучшению учебных достижений студентов.
В статье также анализируются изменения в поведении
студентов, которые были стимулированы родительским
вниманием, включая их отношение к учёбе и
взаимодействие с окружающими.
KIRISH
Bola avvalo oilada tarbiyalanadi, unga ota-
onasidan qanchadir qobiliyat o‘tadi.
Bu qobiliyat barchada bir xil bo‘lmaydi: qaysidir oilada bolaga e’tibor kam bo‘ladi. Ana
shu kamchilikni
maktabgacha yoshdan tortib talabalik davridagi yoshlargacha o‘z ichiga
oladi. Albatta, bolasining kelajagini o‘ylagan ota
-
ona o‘
qituvchi bilan birga hamkorlik
qiladi.
Talaba uchun o‘qituvchi va ota
-
onalarning qo‘llab
-quvvatlashi muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu bilimli va qobiliyatli talablarning akademik yuksalishiga asos yaratib
beradi. Ota-
onalarning rag‘batlantirishi –
bu talaba-
yoshlarda nafaqat ta’lim jarayonining
rivojlanishiga, balki bolaning tarbiyaviy holatiga ham ta’sir etmasdan qolmaydi, ya’ni
talaba ota-
onasi bilan suhbat davomida o‘zaro iliq munosabat ham vujudga kelishini
ta’minlaydi. Lekin tanganing ikki tomoni bo‘lgani singari ba’zi talabalar faqatgina ota
-
onasi tomonidan beriladigan mukofot uchungina bilim darajasini oshirishga harakat
qiladi.
Ko‘pgina
talabalarning
o‘qishi ota
-onalar
ta’siri bo‘lganda yaxshilanadi
.
Tadqiqotlar natijasida o‘rganildiki, ko‘pgina yutuqlarga erishgan talabalar ota
-
onalarining motivatsiyasi va qo‘llab
-quvvatlashi tufayli bunday natijalarga erishgan ekan.
Ba’zi oliy ta’lim muassasalarida ota
-
onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, talabalarning
shaxsiy manfaatlarini va ilmiy rivojlanishini mustahkamlash maqsadida o‘zaro hamkorlik
aloqalari o‘rnatiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ota-
onalarning farzandlarini qo‘llab
-quvvatlashi va nazorat qilishi ikkita usul
orqali o‘lchanadi:
–
ota-
onalarning qoʻllab
-quvvatlashi
–
ota-onalar nazorati
Bu tadqiqot amerikalik olim Robbins tomonidan 1994-
yilda o‘rganib chiqilgan.
Bu tadqiqot orqali dastlabki ota-
onalar tomonidan qo‘llab
-quvvatlanish
keyinchalik talabalarning mustaqil bo‘lishiga va o‘z
-
o‘zini mustaqil boshqarishga asos
bo‘lishini isbotlab berdi.
Ota-
onalarning qo‘llab
-quvvatlashi Ratelle (2005-yilda) tomonidan bolaning noyob
qobiliyatlarini e’tirof etishda ko‘rsatilgan. Bunda bolaning istiqbollari, mustaqil fikrlarini
rag‘batlantirish va mustaqil tanlash imkoniyatlarini namoyon etishga asoslangan bo‘lib
hisoblanadi.
O‘z ota
-
onalari tomonidan qo‘llab
-quvvatlangan talabalar doimiy ravishda farovon
bo‘lishi bashorat qilindi. (Bernstein 2006
-y).
2010-
yil Reynolds va Veigand tomonidan Vallerand’s Academik kollejining birinchi
kurslarida
talabalarni rag‘batlantirish tadqiqotlari olib borilgan. Rag‘batlantirish
shkalasidagi natijalar shuni ko‘rsatdiki, qo‘llab
-quvvatlangan talabalar akademik
rivojlanishga va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik orqali stress va salbiy munosabatlarni bartaraf
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
256
etish moyilligiga ega bo‘lgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, kollej talabalarida onalarning
bolalariga nisbatan ishonchi tufayli o‘rta maktabda ham, kollejda ham GPA ko‘rsatkichi
(o‘rtacha baholar ko‘rsatkichi) yuqori bo‘lgan. Shuningdek, otalarning bolaga ta’siri ham
o‘rganilgan bo‘lib, avtoritar tarbiya va kuchli nazorat farzandda mas’uliyatni
kuchaytirishini ko‘rsatdi.
Ota-
onalar tomonidan rag‘batlantirish yuqori ichki va tashqi motivatsiya bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bolalar ustidan doimiy haddan tashqari nazorat akademik yutuqlarga
salbiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Ota-
onalarning farzandlar bilan dars mashg‘ulotlarini faol muhokama qilishining
ko‘plab afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar o‘rta ta’limdan keyingi ta’limda bo‘lishi
imkoniyatining ancha yuqori bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
Bolalarning o‘quv kurslarini ular bilan muhokama qilganda, ularning akademik
manfaatlari, kuchli tomonlari va muammolarini chuqur tushunish mumkin. Ushbu
muloqot ularning maqsadini qo‘llab
-quvvatlash va rahbarlik qilish imkonini berib,
bolaning kelajakdagi ta’lim yo‘llari to‘g‘risida asosli qarorlar qabul qilishiga xizmat qiladi.
Ota-
onaning qo‘llab
-quvvatlashi farzandlarning fikrini shakllantirishda hal qiluvchi
o‘rin tutadi. Bu ularning o‘quv faoliyatini yaxshilash va o‘qishda yuqori natijalarga
erishish imkoniyatini oshirishda xizmat qiladi, ayniqsa, ular bilimlararo raqobatda,
shaxsiy muammolar yoki qiyinchiliklarga duch kelganda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ota-onaning farzandi bilimi va qobiliyatiga tayangan holda undan katta umidlari
borligini bilganda, u bu muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchini ishga soladi. Ular
o‘qishdagi to‘siqlarni bosib o‘tishga, muvaffaqiyatga intilishga va yakunida o‘z
maqsadlariga yetishishga bor diqqatlarini qaratishadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir ota-
ona farzandi bilan oliy ta’limda tahsil olish qanchalik muhim ekanligi
haqida suhbatlashishi muhimdir. Bu ularning hayotida muhim masalaning hal bo‘lishiga
olib keladi.
Talabaning ota-
onasi tomonida rag‘batlantirishi uning o‘z qobiliyati va iste’dodiga
bo‘lgan ishonchni yanada orttirishga yordam beradi. Bu ta’lim doirasida amalga
oshiriladigan turli musobaqalarda asosiy strategiya bo‘lib ham hisoblanadi.
Ota-
ona va o‘qituvchilarning hamkorligi:
Farzandning ta’lim muassasasidagi bilim
olish darajasi va muammolarini bilishga va birgalikda yordam berishga qaratilgan.
Ota-onasi tomonidan talabaning fikrini qadrlanishi:
Farzandning oilada o‘z o‘rni
borligini va unga bo‘lgan ishonchning yuqoriligini ifodalaydi.
Ota-
onalar o‘z farzandlariga do‘stlari, o‘qituvchilari yuqori o‘rinda hisoblanishadi.
Shu sababli ham ota-
onalarning o‘z farzandlarining bilim saviyasini oshirishda faol
ishtirok etishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Quyidagi jadvalda ota-onalar farzandining bilimi va qobiliyati yanada
muvaffaqiyatga erishishida ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir nechta usul ko‘rsatilgan:
Ota-
onaning rag‘batlantirishi
Talabaning bilimi, qobiliyati va iste’dodiga ta’siri
Kundalik tartibga amal qilishda
Mas’uliyatni oshiradi
Zamonaviy o‘quv muhitini yaratish
Diqqatning jamlanishi va zamonaviy bilimga ega bo‘lish
Fikrini inobatga olish
Maqsadining amalga oshishi
Turli musobaqalarda birga bo‘lish
Yuqori natijalarga erishish
O‘qituvchi bilan ijobiy munosabat o‘rnatish
Kamchilik va tanbehlarni to‘g‘ri qabul qilish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
2 (2024) / ISSN 2181-3701
257
To‘garaklarni tashkil etish
Ijtimoiy munosabatni yaxshilaydi
Ta’limga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab
-
quvvatlash
Qiziqishining yuksalishi
Iqtidorli talabalarning ota-onalari farzandlarining yanada muvaffaqiyatga erishishi
uchun quyidagilarni amalga oshirishadi:
•
Turli ijtimoiy forumlar va musobaqalar haqida ma’lumot to‘plashadi.
•
Farzandlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun pedagog-psixologlar bilan
maslahatni amalga oshirishadi.
•
Farzandlari haqidagi ma’lumotnomalar va fikrlarni to‘plab borishadi.
•
Nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishadi.
Shuningdek, ota-
onalar ta’lim muassasasi bilan ham doimiy hamkorlik aloqasini
amalga oshirishadi. Bu farzandlarining yanada samarali faoliyatini ta’minlaydi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, maqolada pedagogika oliy o‘quv yurtlarida
iqtidorli
talaba-yoshlarning
ota-
onalari
tomonidan
qo‘llab
-quvvatlanishi
va
rag‘batlantirishining ta’siri aytib o‘tilgan.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari professor
-
o‘qituvchilari oldidagi asosiy
maqsad bilimli, qobiliyatli va iste’dodli talaba
-yoshlarni ularning ota-onalari bilan
hamkorlikda qo‘llab
-
quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir.
Talabalarni rag‘batlantirish –
bu ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy
belgisidir va o‘qish va o‘qitish jarayonining samarali kechishiga sabab bo‘ladi. Bu
jarayonda albatta, ota-
onaning o‘rni beqiyosdir.
Bugungi “Axborot asri” bo‘lgan XXI asrda axborotlarga to‘siqlarsiz ega bo‘lish mumkin.
Shu sababli ham, doimiy ravishda izlanib, o‘qib bilim chanqoq bo‘lgan talaba
-yoshlarni
rag‘batlantirish bu ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Rag‘batlantirishning asosiy
bosqichi yoshlarni qiziqtiradigan sohasiga yo‘naltirishdir va shu tufayli ham uning ijodiy
yutuqlari boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Talaba-
yoshlarning o‘qishini rag‘batlantirish nafaqat
professor-
o‘qituvchilarga bog‘liq, balki ularning oilasi va uning atrofidagi do‘stlariga ham
bog‘liqdir. Chunki aynan bilimli yoshlar bugungi rivojlanayotgan dunyoda mamlakatimizning
gullab-
yashnashiga o‘z hissalarini qo‘shishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1. S.A.Adbujalilova, S.B.Koraev, (2020). Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda
pedagogic texnologiyalarning o‘rni. Academic research in educational sciences.
2. Meckstroth, E. (1989). Guarding the Gifted Child. Understanding Our Gifted 1(5),
10-12; cited in May, K. M. (2000). Gifted Children and their Families. The Family Journal
3. Piechowski, M. M. (2013). A bird who can soar: Overexcitabilities in the gifted. In
Neville, C. S., Piechowski, M. M., & Tolan, S. S. (Eds.) Off the charts: Asynchrony and the
gifted child (pp. 99-122). Royal Fireworks Press.
4.
Галустов, А. Р. Поиск, развитие, поддержка одарённых и талантливых
студентов в педагогических вузах [Текст] : учеб. пособие (курс лекций) / А. Р.
Галустов, В. С. Глухов –
Армавир : РИО АГПА, 2012. –
128 с.
5.
Мультимедийное моделирование в системе поиска и развития одаренных
и талантливых студентов в педагогических вузах [Текст] / А. Р. Галустов [и др.] //
Вестн. Брян. гос. ун
-
та. –
2012.
–
№ 1. –
С. 18–
29.
