Душа женщины в поэзии

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
27-30
35
62
Поделиться
Халова, М. (2021). Душа женщины в поэзии. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (78), 27–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1617
Мафтуна Халова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

д.ф.н.,доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Состояние души в поэзии. В статье описывается состояние души женщины в поэтических произведениях и изображения еѐ в творчестве поэтов. Женская душа, еѐ тонкости анализируются на основе стихов поэтесс. Поэтическое выражение состояния женской души в своеобразной форме в произведениях поэтесс, описывается автором

Похожие статьи


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

27

SHE‟RIYATDA AYOL QALBI

Хаlova Maftuna Abdusalomovna,

SamDChTI dotsenti, filologiya fanlari doktori (PhD)

Kalit so‘zlar:

yangicha ohang, ritm, turoq, lirik kechinma, munosabat, tashbeh, lirika,

poetik olam, ayol qalbi, she‘riyat dunyosi, mazmun, shakl, kechinma, tuyg‘u, ilhom, iste‘dod, badiiy
mahorat, shoir shaxsi.

O‘zbek adabiyoti har doim o‘zining

g‘oyaviy mazmunining chuqurligi, hayot
mazmuni masalalarini hal qilish uchun
tinimsiz

intilishi,

insonga

nisbatan

insonparvarlik

munosabati

va

uni

tasvirlashning to‘g‘riligi bilan ajralib turadi.
Qalam ahli o‘zbek she‘riyatida ayol obrazida,
uning qalb kechinmalari orqali xalqimizning
eng yaxshi xususiyatlarini ochib berishga
harakat qildilar. Ayolga adabiyotda juda
muhim va favqulodda rol berilgan. Ayol
hayratga tushadi, ayol - ilhom manbai, u orzu
qilingan orzu va dunyodagi eng ulug‘vor
timsol. Ayol bo‘lmasa, adabiyot bo‘lmasdi.
Adabiyot, avvalo, ayolga atab, ayol uchun,
uning ko‘nglini olish, dilidagini bilish, ayol
degan xilqat ne o‘zi – shuni anglash uchun
yaralgan. Jahon san‘ati va adabiyotidagi eng
go‘zal va betakror san‘at asarlarida ayol
siymosi,

uning

tuyg‘ulari

mujassam.

Ayolning betakror mehru muhabbati kishini
hayratga

soladi,

zavq

beradi,

ilhom

bag‘ishlaydi.

O‘zbek she‘riyatida ichki olam

qiyofasiga va ayol qalbining murakkab
kechinmalariga juda katta е‘tibor beriladi.
Shuning bilan birga ayol qalbi tasviri erkak
ijodkorlar she‘riyatida ham, ayol ijodkorlar
she‘riyatida

ham

o‘ziga

xos

tarzda

voqelanadi. Adabiyotning tarixi, buguni va
ertasini ayol obrazisiz, ularning go‘zal
siymolarisiz, qalblarining o‘tli haroratisiz
tasavvur eta olmaymiz. Ayol qalbining so‘z
san‘atidagi tasviri, ayolning ijtimoiy holati
uning oiladagi roli bilan bevosita bog‘liqdir.
Oila

jamiyatning

kichik

birligidir

va

jamiyatdagi

odamlarning

munosabati,

qarashlari,

afzalliklari,

xayollari

tabiiy

ravishda oiladagi muhitni aks ettiradi. Demak,
o‘zbek she‘riyatida ayol qalbi, uning
kechinmalari

nozik

ifodalanadi.

Chunki

sharqona ruh, milliy o‘ziga xosliklar o‘zbek
ayoli, o‘zbek qizi qalbi orqali, ruhi orqali
namoyon bo‘ladi. Shora Zulfiya, Tursunoy
Sodiqova,

Oydin

Hojiyeva,

Gulchehra

Jurayeva,

Farida

Afruz,

Halima

Xudoyberdiyeva, Halima Axmedova, Zebo
Mirzo badiiy olamining butun go‘zalliklari
ularning qalbining yolqini bilan bo‘gliqdir.
Jumladan, shoira Zulfiya ijodida ayolga
ehtirom, onaga muhabbat mavzusi alohida
o‘ringa ega. Zulfiya ijodining turli davrlarida
bu mavzuga qayta-qayta murojaat etganligini
ko‗rish mumkin. Natijada shoira Zulfiyaning
―Ona‖, ―Ona ko‘ksi‖, ―Mening mehribon
onaginam‖ kabi she‘rlarida, hattoki ―Xotiram
siniqlari‖ dostonida ham ayol muhabbati, ayol
qalbi, ona mehri teran tasvirlangan. Ayol,
sharqona ayol orzulari, intilishlari, nazokati
shoira

she‘riyatining

gultoji

desak

yanglishmagan bo‘lamiz:

Kim tanimas bizning onalarni,
Siz qaydan sezmaysiz issiq nafasin?
O‘lchab bo‘larmikin ona mehrini,
Tugatib bo‘larmi aytib qissasin?
Shoira Zulfiyaning ―Bizning onalar‖

she‘ri

iliq,

roharbaxsh

lirizm

bilan

sug‘orilgan. Shoira ushbu she‘rida ona
qalbining go‘zlligini onalikni his qilib
tasvirlay

olgandir.

Uning

mehri

va

muhabbatining betakrorligini o‘z qalbidan his
qilib qog‘ozga tushirgan. Darhaqiqat, she‘r
uchun tugallik tushunchasi nisbiydir. Chunki
asl she‘r – hamisha suvratlangan ruhiyat.
Ruhiyatning esa makonda ham, zamonda ham
tugallanishi mumkin emas[5,545]. Xuddi
mana shu kabi nisbatlarni shoira Zulfiya
ijodida kuzatish mumkin. Shoiraning she‘rlarini
o‘qigan inson, har bir she‘rda Zulfiyaxonimni
qalam tebratishga sabab bo‘lgan nozik dil
torlarini, qalb kechinmalarini anglab oladi. Bir
ayol hayoti davomida uchragan yorug‘,


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

28

muhabbatga limmo – lim, quvonch – shodliklarga
to‘la kunlarni, ayanchli, g‘am-anduh, ayriliq
damlarni qog‘ozga tushirgan satrlari orqali his
qilish mumkin.

O‘zbek she‘riyatida nozik didli,

betakror

his

qilish

qobiliyatiga

ega

shoiralarimizdan biri Oydin Hojiyevadir.
Oydin Hojiyeva she‘rlarida o‘zbek ayolining
mehru muhabbati bilan birga uning ibosi,
hayosi poetik ifodalangan. Oydin Hojiyeva
she‘rlarining lirik qahramoni ayol, ona. Ayol
buyuk qalb egasi ekanligini, uning qalbiga
butun olam sig‘ajagi shoiraning:

Tog‘lar sendan o‘rganar
Sukunatni, bardoshni.
Duoingdan el ko‘karar,
Qarg‘ishing yorar toshni.
Millatning jon tomiri
Sen Vatanga timsolsan.
Yurtning o‘chmas chirog‘i
Momo Havo – Ayolsan…
Shoira

nazdida

ayol

borliqning

boshlanishi, asl manbayidir. Ayol – hayot
tirgagi, urf-odatlarni davom ettirguvchi. Ayol
allasi bilan olamni ulgaytiradi. Uning qalbi
to‘la go‘zallik. Ayol qalbi bilan go‘zallik
egizak tushuncha deb bemalol e‘tirof etish
mumkin.

Adabiyotshunos

Abdug‘afur

Rasulov ta‘biri bilan aytganda ―She‘rdagi
shakl bir yon, undan chiqadigan ma‘no bir
yon.

Muhimi,

shoir

zo‘riqmasdan,

chiranmasdan oddiy so‘zlar orqali katta
hayotiy falsafani ifodalab qo‘ygan‖ [2,336].
Oydin Hojiyeva she‘rlarida ona mehri, o‘zbek
ayoli, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat, hayot
va inson kabi mavzular asosiy o‘rinni
egallaydi:

Bilaman, seningsiz bahorim yo‘q,
Ham seningsiz qanoat, qarorim yo‘q.
Bu bir balo ishq, uning takrori yo‘q,
Hech jahonda sen kabi dildorim yo‘q!

2

Ijodkorning xayoli bilan yaratilgan va

yaratgan ayol obrazini badiiy ijodning barcha
janrlari va turlarida topish mumkin. Bu
ijodkor badiiy olami mahsulidir. Aynan ayol
ijodkor tomonidan yaratilgan ayol obrazi,
uning qalb kechinmalari o‘zgacha.

2

Ҳожиева О. Наво. Шеърлар. Т., ―Ёш гвардия‖,

1977, 48-бет.

Asarning

asosiy

qahramoni

bo‘lmasdan ham, u ijod jarayonida qandaydir
o‘ziga xos belgi keltiradi.Va shu bilan birga,
ayol har doim sir bilan o‘ralgan bo‘ladi, uning
xatti-harakatlari chalkashlik va sarosimaga
sabab bo‘lishi mumkin. Ayol ruhiyatiga,
uning qalbiga kirib borish, uni tushunish
Olamning eng qadimiy sirlaridan birini
yechish bilan barobardir. Chunki ayol
siymosida sir yashirin. Bu esa ijodkordan
katta mehnatni, fidoyilikni talab qiladi. Mana
shunday ruh tarjimonlaridan biri Halima
Xudoyberdiyevadir.

Shoira

ijodida

chaqmoqday chaqnagan, momaqaldiroqdek
gumburlagan, selday toshib kelgan she‘rlar
ko‘p. Lekin, shoiraning mana shunday
she‘rlari orasida ayol muhabbati, uning
qudrati,

nozik

qalb

egasi

ekanligini

ko‘rsatuvchi she‘rlari alohida mavqiega ega.
Halima Xudoyberdiyeva inson yuragiga yaqin
mavzularning yangi-yangi qirralarini ocha
bordi. U Nodirabegim, Uvaysiy, Toʻmarislar
qiyofasiga kirdi. Shoira o‘z she‘rlarida ―yurak
shoirasiman…ayol muqaddas! — dedi va ayol
uchun

uning

sha‘ni-shavkati

uchun

madhiyalar

aytdi.

Ayolni

ojizalik

puchmoqlaridan chiqardi. Bu kabi jihatlar
Halima Xudoyberdiyeva sheʼriyatining eng
ulug‘, o‘ta taʼsirchan g‘oyasiga aylandi. Bu
holat esa shoira ijodida juda katta ijtimoiy aks
sado berdi.

Halima Xudoyberdiyeva sheʼriyatga

o‘z ovozi bilan kirib keldi. She‘riyatda o‘z
ovoziga

ega

bo‘lgan

shoirlar

adabiyotimizning ko‘rki va boyligidir. Kitob
mutolaa

qilayotganimizda

biz

bemalol

Muhammad Yusuf yoki Iqbol Mirzo uslubini
ajrata olamiz. Halima Xudoyberdiyeva ham
xuddi shunday shoiralarimizdan hisoblanadi.
Ya‘ni o‘z uslubiga, o‘z badiiy olamiga ega
shoiradir.

Halima

Xudoyberdiyeva

sheʼriyatining mavzu va maʼno koʻlami keng,
teran. Uning sheʼrlarida ona - Vatan, ota-ona,
ayol va bola mavzulari ustuvorlik qiladi. U
tarjimon

sifatida

Fazu

Aliyeva,

Silva

Kaputikyan, Ibrohim Yusupov kabi qardosh
xalqlar shoirlari asarlarini ona tilimizga
oʻgirdi. Halima Xudoyberdiyeva ruhiyati bu
ayolning matonati, yashash uchun kurashdagi
jasorati! U faqat oʻxshatish emas. Bu
she‘riyat ayol qalb nidosi edi:


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

29

Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayon boqsang, shaylanishlar va

sozlashlar tor.

Olcha gulin ko‘zlaringga surtasan

behold,

―Bu

kunlarga

yetganlar

bor,

yetmaganlar bor‖.

So‘lg‘in-so‘lg‘in

lablaringdan

ucharkan shu so‘z,

Otaginam xayolimda rostlay boshlar

qad.

Dorilamon kunlarga qayt, onam,

yumib ko‘z,

O‘ksik dilda boshlanmasin desang

qiyomat.

To‘g‘ri, so‘z san‘atida ota-onaga

muhabbat, tabiat go‘zalligi, halollik, bolalarni
sevish, yovlarga nafrat… kabi o‘nlab
mavzular bor, bularning har biri ming
yillardan beri yuzlab xalqlarning so‘z
san‘atida chuqur, har taraflama ishlangan.
Ammo, baribir, ularning hech biri ayol
tasvirichalik ulug‘ mavqe kasb etmaydi.
Chunki ayol go‘zalligi, uning qalbining qat-
qatidagi orzu-intilishlari olamlarga teng. Ayol
qalbi doimo go‘zallik sari intiladi. Go‘zallik
bilan payvastadir. Adabiy asarlarning eng
mukammali, eng go‘zali, jozibalisi ayol
qalbiga atalgani, ona mehrini tarannum
etganidir.

Adabiyotdagi ayollar obrazi, u shu

millatning fitratiga, davr ruhiga muvofiq aks
etadi va idrok qilinadi. Shu bois ham, bir xil
sharoitda bir xil harakat qiladigan xarakterlar
har qaysi adabiyotda har xil gavdalanadi. Shu
ma‘noda

shoirlar

ayol

obrazlarida

xalqimizning eng yaxshi xususiyatlarini ochib
berishga harakat qiladilar. Sodiq va

mehribon

qalblari,

betakror

ma‘naviy

go‘zalligi bilan ajralib turadigan bunday
go‘zal va pokiza ayollar doimo ibrat
namunasi sifatida gavdalanishadi:

Oy nimadir, bizlar oy edik,

Sohib aql, hur chiroy edik.

Hammadan tik qaytmas boy edik,
Toki tirik, toki xiromon –

Cho‘lpon ekan onalarimiz.

O‘q o‘tmasdi ko‘kragimizdan,

Yovlarimiz kelmasdi tizdan,

Isinardik o‘t yoqib muzdan,

Toki tirik o‘lim bilmas jon,

Qalqon ekan onalarimiz.

Halima Xudoyberdiyeva she‘rlariga

teranroq razm solsak, biron sheʼri biroviga
o‘xshamaydi. Uning she‘rlarida qalbdan
taralayotgan

ayol

muhabbati,

mehri

mujassam. Ayol bu ona, yaratuvchi, buyuk
hilqat egasi. Uning qalbi nozik va shu
noziklik qa‘rida buyuklik mujassamdir. Ayol
qalbining butun go‘zalligini ayolgina yaxshi
his qila oladi. Ayolning go‘zalligi, uning
mehru muhabbati haqida bir qancha shoirlar
qalam

tebratishgan.

Lekin,

ayol

ijodkorlarimiz

satridagi

ayolning

qalb

kechinmalari o‘zgacha jilvalangan.

Xulosa

qilib

shuni

aytishimiz

mumkinki, so‘z san‘ati bo‘lmish badiiy
adabiyotda ayol qalbi, uning kechinmalari
doimo tarannum etilgan. Chunki adabiyot
go‘zal kechinmalar, orzu-intilishlarni o‘zida
mujassamlashtirgan san‘atdir. Bu esa doimo
ayol qalbi va uning kechmishi bilan
bog‘liqdir. Shu sababli ham she‘riyatning eng
go‘zal namunalari ayollarni, ularning qalb
tovlanishlarini tasvirlagan satrlardir.

Аdabiyotlar:

1.

Норматов У. Ижод сеҳри. -Т.: ―Шарқ‖ нашриѐт – матбаа акциядорлик компанияси

бош таҳририяти, 2007, 352 б.

2.

Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. -Т.: ―Шарқ‖ нашриѐт – матбаа

акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2007.- 336 б.

3.

Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. – Т.: ―Шарқ‖ нашриѐт – матбаа

акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2006.- 168 б.

4.

Худойбердиева Ҳ. Йиллар нафаси. -Тошкент: ―Шарқ‖ нашриѐт – матбаа

акциядорлик компанияси бош таҳририяти, -T., 2016.- 127 б.

5.

Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. -Т.: ―Янги аср авлоди‖, 2006.- 545 б.

6.

Ҳожиева О. Наво. Шеърлар. -Т.: ―Ёш гвардия‖, 1977.- 48-бет.


background image

Хорижий филология

№1, 2021 йил

30

7.

Ҳожиева О. Тўрт танҳо.-Т.: ―Ўзбекистон‖, 2013.

Халова М

.

Душа женщины в поэзии.

Состояние души в поэзии. В статье

описывается состояние души женщины в поэтических произведениях и изображения еѐ в
творчестве поэтов. Женская душа, еѐ тонкости анализируются на основе стихов поэтесс.
Поэтическое выражение состояния женской души в своеобразной форме в произведениях
поэтесс, описывается автором.

Khalova M.

The woman's soul in poetry.

The soul of the woman in Poetry. The article

provides information about the statement of the woman‘s soul in poetic works and its appearance in
creator‘s works. The woman‘s soul, its subtleties, is analyzed through the poems of poetess. The
statements of woman‘s soul in a unique way in the poetry of poetess, is revealed by the author.







































Библиографические ссылки

Норматов У. Ижод сехри. -Т.: “Шарк” нашриёт - матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, 2007, 352 б.

Расулов А. Бадиийлик - безавол янгилик. -Т.: “Шарк” нашриёт - матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, 2007.- 336 б.

Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. - Т.: “Шарк” нашриёт - матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, 2006.- 168 б.

Худойбердиева X- Ииллар нафаси. -Тошкент:“Шарк” нашриёт- матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, -Т., 2016.- 127 б.

Йулдошев К- Ёник суз. -Т.: “Янги аср авлоди”, 2006.- 545 б.

Хржиева О. Наво. Шеърлар. -Т.: “Ёш гвардия”, 1977.- 48-бет.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов