GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
102
INGLIZ VA O'ZBEK TILIDAGI IBORALARNING
TARJIMASIDAGI FARQLAR VA O'XSHASHLIKLAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.7481921
G'ofurova Mubinabonu-
O'zbekiston Milliy universiteti talabasi
Sherboyev Nosir Anorboy o’g’li
Anotatsiya:
Maqolada ingliz tilidagi so'zlarning o'zbek tiliga tarjima
qilinganda qanday muammolar yuzaga kelishi va o'zbek tilidagi hamma so'zlar ham
to'g'ridan to'g'ri ingliz tiliga tarjima qilib bo'lmasligi haqida ma'lumot berilgan.
Ingliz tili o'rganuvchilari ingliz tilidagi so'zlarni o'zbek tiliga to'g'ridan to'g'ri tarjima
qilmasdan, usha so'zning ma'nosini anglashi kerakligi haqida aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
daraja, mazmun, vaziyat, predloglar, so'zning ishlatilish o'rni,
so'zlarning mohiyati, tushuncha.
Ingliz tili bilan o'zbek tili o'rtasida ancha farqlar katta va ko'p. Biz bularni ko'p
jihatlardan anglashimiz mumkin. Masalan, ularning grammatikasida: zamonlar,
artikllar, gapda gap bo'laklarining o'rni; ularning fonetikasida; ularning tarjimalarida.
Bu maqolada ularning tarjimasidagi katta farqlarni va ba'zi o'xshashliklarni yoritib
bermoqchiman. Umuman olganda, biz birinchi navbatda olimlarning fikrlariga
to'xtalib o'tsak. Qudrat Musayev tarjima haqida shunday fikr bildiradi:
"Badiiy ijod turlari orasida tarjima kuprok ilmiy asostalabdir. Kup yillik xilma-
xil baxsu munozaralarni yengib utib, uzining mavjudligini xakli ravishda isbot kilgan
tarjima nazariyasi xozirgi kunda uz tasarrufidagi barcha muammolarni ilmiy tadkik
kiladigan yagona rasmiylashgan filologik soxa xisoblanadi. U o’z tadqiqotlarini
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, uslubshunoslik, tarix, mantik, ruxshunoslik kabi
ko’pgina fanlar konuniyatlariga, dalil va yutuklariga tayanib olib boradi. O’zga fanlar
yutuq va qonuniyatlaridan unumli foydalanishi tarjima nazariyasining mavjudligini
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
103
shubxa ostiga olmaydi, balki uning kupgina soxalar bilan chambarchas boglik xolda
uz kuzatishlarini olib boradigan mustakil fan ekanligini tasdiqlaydi [1].
Bu yerda tarjimaning vazifasi va uning o'zi nima ekanligi haqida qator ma'lumot
berib o'tilgan, ya'ni tarjima- bir tildagi so'z yoki gaplarning boshqa bir tilga o'z
ma'nosini saqlagan holda ko'chirishdir va uning vazifasi bir tildagi so'z yoki gapni
qayta yaratishdir. Tarjima shunday katta ma'suliyatni talab qiluvchi jarayon. Shu
sababli ham biz tarjima qilayotganimizda ko'p narsalarga e'tiborli bo'lishimiz zarur.
Endi tarjimada yo'l qo'yilayotgan xatolarni, unga qanday barham berishni va bir
qancha misollarni ko'rib o'tamiz [2].
Hozirgi kunda ko'pgina ingliz tili o'qitayotgan o'qituvchilar so'zlarni o'zbek
tiliga to'g'ridan to'g'ri tarjima bilan emas, balki ularning ma'nosini anglagan holda
yodlashni tavsiya qiladilar. Chunki, u so'zning qay holatda, qanday sharoitda
ishlatishni bilishimiz va uni to'g'ri qo'llay olishimiz zarur. Misol uchun, o'zbek tilida
aft, bashara, yuz, ruxsor
kabi sinonimlar mavjud va bu sinonimlarning har birini o'z
qo'llanilish o'rni bor. Misol uchun, biz
yuz
so'zini odatiy kundalik turmush tarzimizda
va odatdagi sharoitlarda ishlatamiz, ammo bashara, aft so'zlarini biz yomon
vaziyatlarda, ya'ni kimnidir haqorat qilmoqchi bo'lganimizda ishlatamiz.Biz bu
so'zlarni ingliz tiliga to'g'ridan to'g'ri tarjima qilsak, face so'ziga duch kelamiz. Lekin
ingliz tilida o’zbek tilidagi kabi
face
zo’zining turli hissiy munosabatni bildiradigan
variantlari yo’q. Ammo, bularning har biri turlicha ma'noni ifodalaydi. Ingliz tilida
ham shunday bir so'zning o'z ishlatilish sharoiti mavjud. Biroq, darajaga mos ravishda
boshlang'ich darajadagi: beginner,elementary, pre-intermediate ingliz tili o'qiyotgan
o'quvchilar o'zbek tilidagi tarjimadan foydalanishi mumkin. Shunda ularga tilni
o'rganish tezroq va osonroq bo'ladi. Ammo, ma'lum bir darajaga kelganda, til
o'rganuvchisi so'zlarni definition bilan, ya'ni ma'nosini anglagan holda so'zlarni
yodlashi zarur[3]. Misol uchun: intermediate, upper intermediate, advance darajadagi
til o'rganuvchilari. So'zning mazmuni va ishlatilish o'rnini turli xil kitob, kino va
maqolalardan o'rganish mumkin.
Ingliz tilidagi ko'p so'zlar o'zbek tilidagi ko'p ma'noli so'zlarning to'g'ridan to'g'ri
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
104
ma'nosini bera olmaydi. Misol uchun, o'zbek tilidagi
quloq
so'zi. Biz uni ingliz tiliga
ear
deya tarjima qilamiz.
He was always there with a sympathetic ear.
Bu gapda
ear
so'zi to'g'ri qo'llanilgan. Ammo, o'zbek tilida xalq orasida
tarqalgan quloq so'zini, ya'ni sotqin ma'nosini ifodalovchi so'zni biz ingliz tiliga
shundayligicha tarjima qila olmaymiz. Biz sotqin so'zini ingliz tiliga
betrayer
deb
tarjima qilishimiz mumkin.
Tide
so'zini oqim deb o'zbek tiliga tarjima qilsak bo'ladi, shu bilan birga
direction
so'zini ham. Biroq bularni ishlatilish o'rni turlicha. Bunga bir misol ko'rib
o'tamiz.
Yoshlar internet sababli turli xil oqimlarga yo'naltirilmoqda.
Bu gapni biz ingliz tiliga tarjima qilsak, oqim so'zini direction deya tarjima
qila olamiz. Ammo, bu yerga tide so'zini umuman qo'llayolmaymiz.
Handover
- bu so'zning asl ma'nosi "Ma'suliyatni bir shaxs yoki guruhdan
boshqasiga o'tkazish harakati, bu amalga oshiriladigan davr". Bu so'zning o'zbek
tiliga aynan tarjimasi yo'q.
Endi biz ba'zi bir idiomalarni, ya'ni iboralarni ko'rib chiqsak:
Birinchi iboraga to'xtalsak:
"Hit the sack"
iborasi. Agar, biz bu iborani o'zbek
tiliga to'g'ridan to'g'ri tarjima qilsak, yostiqni urish degan ma'noni anglatadi. Ammo,
bu iboraning asl ma'nosi "uyquga ketmoq" degan ma'noni beradi
Ikkinchi ibora:
"Come rain or shine".
Bu iboraning asl ma'nosi
"nima
bo'lishidan qat'iy nazar
". Ammo, biz buni o'zbek tiliga so'zma so'z tarjima qilsak,
umuman boshqa ma'noni beradi. Ingliz tilida shunday iboralar mavjudki, o'zbek
tilidagi iboralarga mos tushadi. Ularning bir qanchasini ko'rib o'tamiz:
1.
Where there's a will, there's is a way - 1)Intilganga tole yor
2.
Talk/speak behind your back - Orqasidan gapirmoq
3.
To fool someone - Ahmoq bilmoq ( aldamoq).
4.
What is done is done - O'tgan ishga salovat.
Ingliz tilida bunday iboralar yuzlab, hatto minglab deya olamiz.
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
105
Xulosa
:
Biz ingliz tilini o'rganayotganda, iloji boricha uning ma'nosini u qay
vaziyatda ishlatilishini tushunishimiz va bilishimiz talab etiladi. Bu so'z bilan birga
keladigan predloglar, bu so'zning qanday ma'nolari borligiga ham alohida e'tibor
berish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Qudrat Musayev Tarjima nazariyasi asoslari 1978. -5-6 s.
2.
Proshina Z .G Theory of translation. - Vladivostok, Far Eastern
3.
University Press, 2008. - 118-119s.
4.
Shoira Isayeva Linguoculturological aspect of translating realies. - Philology
Matters / Uzbek State World Languages University, 2020. - Vol. 33 No.3
5.
Султанова, Шохиста Мухаммаджановна. "Время как показатель культуры
народа." Актуальные научные исследования в современном мире 8-2 (2018): 93-
101.
