256
JIGAR SERROZI RIVOJLANISHI XAVF OMILLARI HAQIDA BEMORLARNING
XABARDORLIK DARAJASI
Egamova N, 202-guruh, Oliy hamshiralik ishi fakulteti
Ilmiy rahbar: Valiyeva T.A
TashPMI, UASh terapiya va klinik farmakologiya kafedrasi
Dolzarbligi:
Jigar serrozi - bu a’zoning surunkali kasalligi bo’lib, jigar parenximasining
tiklanmas ravishda fibroz biriktiruvchi to’qima bilan almashinishi orqali kechadigan kasallik.
Bu kasallik 35-60 yosh oralig’ida bo’lgan bemorlar o’limining 6 ta asosiy sabablaridan biri bo’lib,
20% hollarda bemor vafotidan so’ng shu kasallik bilan og’riganligi aniqlandi. Butun dunyoda esa bu
kasallik bo’yicha har yili 40 million kishi hayotdan ko’z yumadi.
Maqsadi:
Aholining bu kasallik bo’yicha moyillik darajasini aniqlash va bu kasallik bo’yicha
aholining bilim darajasini oshirish.
Tadqiqot usullari va materiallari:
Tadqiqot usuli Toshkent shahri 5 - Shahar klinik
shifoxonasining xirurgiya va kardionevrologiya bo’limida 23ta bemorlar orasida anonim so’rovnoma
o’tkazildi. So’rovnomada 16ta (69.6%) ayollar, 7ta (30.4%) erkaklar ishtirok etishdi. Ulardan 8.7%
(2ta) ini 35-45 yoshlilar, 17,39% (4ta) ini 45-55 yoshlilar, 73.9% (17ta) ini 55 yoshdan kattalar tashkil
qiladi.
Olingan natijalar:
Bemorlarning 3ta (13.04%) jigar serrozi kelib chiqish sababi haqida
ma’lumotga ega, 10ta (43.48%) qisman ega, 10ta (43.48%) umuman ma’lumotga ega emas. 7ta
(30,4%) bemorlar ovqatlanish qoidalariga rioya qiladi va umuman yog’li taomlar iste’mol ilishmaydi,
qolgan 16ta (69,56%) bemorlar esa pala-partish va vaziyatga qarab ovqatlanadi. ulardan 12ta (75%)
yog’li taomlarni sevib tez-tez iste’mol qilishadi, 4ta (25%) ba’zan iste’mol qilishadi. 18ta (78.26 %)
bemor kasalliklarga qarshi muntazam dori iste’mol qilishadi, 5ta (21.74%) faqat zarur hollarda
iste’mol qilidi. Dorilarni qabul qilishidan oldin 15ta13ta (56.5%) (65.22%) bemor ko’rsatmasiga
e’tibor beradi, 8ta (34.78 %) esa e’tibor bermaydi. O’t yo’llari kasalliklari bemorlarning 13ta (56.5%)
ini bezovta qiladi.
Xulosa
: Shunday qilib, ko’rsatkichlarga qaraganda, jigar serrozi qanday kasallik va uning
kelib chiqish sababi haqida bemorlarimizning bilim darajasi yetarli emas. Bilim darajasini oshirish
maqsadida esa gazeta, jurnal va televediniyalar, aholi gavjum joylar (metro, ovqatlanish joylarida,
bog’lar va o’quv dargohlar)da ushbu kasallik bo’yicha ma’lumotlar tarqatish, reklamalardan
foydalanishimiz kerak.
А
dabiyotlar ro'yxati:
1. Mustafakulov, Ishnazar Boynazarovich, et al. "Damage Control the Liver and Spleen in Case of
Concomitant Injury: Literature Review." Advances in Clinical Medical Research 2.2 (2021): 13-
17.
2.
Оллабергенов
,
О
.
Т
. "
Диагностика и хирургическое лечение множественного и
осложненного эхинококкоза у детей
:
авто-реф
.
дис
....
д-ра мед
.
наук/ОТ Оллаберге-нов
."
(2003).
3. Askerov, T. A., Alimkhujaev F. Kh, and M. D. Akhmedov. "Liver micro-circulator back after its
partial resolution for 15 day of liver." European journal of molecular end clinical medicine 7.08
(2020).
4.
Ахмедов
,
Мирхалил Джалилович
, et al. "
Цитохромоксидазная активность печёночной
паренхимы при обтурационной желтухе и токсических повреждениях
."
Молодой ученый
7
(2016): 368-373.
5. Akhmedov, M. D., et al. "THE METHOD OF ASSESING THE DEGREE OF LIVER
DAMAGE." Central Asian Journal of Pediatrics 2021.2 (2021): 43-51.