Авторы

  • А Мирсаидов
    Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт image/svg+xml
  • М Каримова
    Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт image/svg+xml

Биографии авторов

  • А Мирсаидов, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
    ,105- guruh II Pediatriya fakulteti
  • М Каримова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
    O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.gifted-youth-medicine.26505

Ключевые слова:

/ государство тимуридов / справедливость / дисциплина

Аннотация

O’zbekiston tarixdagi rivojlanish bosqichlarining eng yuksak pog’onasida ekanligi yoshlarimiz ta’lim olishi uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bermoqda va bu borada yuqori darajada ishlar olib borilmoqda. Bugungi mustaqilligimizgacha bo’lgan davrda yurtimiz ko’plab dovonlarni bosib o’tgan. Bu vaqtlar davomida yurtimiz bir necha bor yuksak pog’onalarga ko’tarildi va bir necha inqiroz holatlarini ham boshidan o’tkazdi. Bu davrlar orasida Amir Temur va temurriiylar davlatchiligi davri o’zining muhim o’rniga ega. Bu davrdagi davlatchilik siyosati xatto hozirgi davr davlatchiligida ham yuksak baholanadi. Shuning uchun ham bu davr davlatchiligi asoslarini o’rganish barcha yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

359

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI.

Mirsaidov A.,105- guruh II Pediatriya fakulteti

Ilmiy rahbar: M.J.Karimova

TashPMI, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

kafedrasi

Dolzarbligi:

O’zbekiston tarixdagi rivojlanish bosqichlarining eng yuksak pog’onasida

ekanligi yoshlarimiz ta’lim olishi uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bermoqda va bu borada
yuqori darajada ishlar olib borilmoqda. Bugungi mustaqilligimizgacha bo’lgan davrda yurtimiz
ko’plab dovonlarni bosib o’tgan. Bu vaqtlar davomida yurtimiz bir necha bor yuksak pog’onalarga
ko’tarildi va bir necha inqiroz holatlarini ham boshidan o’tkazdi. Bu davrlar orasida Amir Temur va
temurriiylar davlatchiligi davri o’zining muhim o’rniga ega. Bu davrdagi davlatchilik siyosati xatto
hozirgi davr davlatchiligida ham yuksak baholanadi. Shuning uchun ham bu davr davlatchiligi
asoslarini o’rganish barcha yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqsad:

O’zbek davlatchiligi rivojlanishining Amir Temur va temuriylar davrini yoritish;

Amir Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o’z qo’shinlariga suyanligiga
sababli harbiy islohotga, ya’ni qo’shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlari, ularning joylashishi,
askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng etibor bergan.

U o’z qo’shinlarini o’nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo’lgan. Uning uchun

har bir askar jang qilish uslublarini bilishi lozim edi. Amir Temur lashkarga ham katta etibor berib,
ular nizomni qat’iy bajarishi, janfda ayovsiz va dovyurak bo’lishi, dushmanga yumshoq muomalali
va adolatli bo’lishi lozim deb hisoblardi. Amir Temur askarlariga hayr-u ehson ko’rsatish, boshga
og’ir kunlar tushganda yordam qo’lini cho’zish, asirlarga yumshoq muomalada bo’lish va ularni ozod
etishga odatlangan edi.

Amir Temur doim jangda jasorat ko’rsatgan amirlar va askarlarga alohida etibor bilan qaragan.

Natijada Sohibqiron uyshqoqlik hukm surgan ko’p sonli qo’shinida intizomni mutahkamlashga
muvaffaq bo’ladi.

Movorounnahr va Xurosonda temuriylar hukmronligi davrida yer va mulkchilikning asosan 4

shakli

mulki devoniy -

davlat yerlari,

mulki xos -

xususiy yerlar,

mulki vaqf -

madrasa, masjidlar va

diniy ulomolar tasarrufidagi yerlar va nihoyat

jamoa yerlari

bo’lgan. Dehqonchilik yerlarining katta

qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga mamlakat hukmdori, sulton yoki amirlar egalik qilgan.
Temuriylar davrida davlat yerlarini

suyurg’ol

tarzida in’om qilish keng tarqaladi.

Suyurg’ol yerlar

hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasiga in’om etish

jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg’ol
shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola namoyondalari yoki
yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Suyug’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldor
tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan.

Natijalar muhokamasi:

Talabalar o’rtasida Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi

haqida so’rov o’tkazildi. Ushbu davr davlatchiligining bugungi davr davlatchiligi bilan taqqoslash
borasida muhokama o’tkazildi.

Xulosa:

So’rovlar natijasi Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi asoslarini yanada

kuchli o’rganish, ushbu davr davlatchiligining bugungi kunda ham juda hamiyatli ekanligi aniqlandi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Шойимова, Шохиста, Суръат Гулямов, and Акмал Рахматуллаев. "Роль и значение
национальных медицинских ценностей в сохранении здоровья человека." Актуальные
проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании 1.1 (2023):
427-436.

2.

Турдиева, Кавсар Шералиевна. "Круг детского чтения поэтических произведений А.
Арипова." Бюллетень науки и практики 6.10 (2020): 430-438.

Библиографические ссылки

Шойимова, Ш., Гулямов, С., & Рахматуллаев, А. (2023). Роль и значение национальных медицинских ценностей в сохранении здоровья человека. Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании, 1(1), 427–436. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sciences-medical-education/article/view/20597

Турдиева, Кавсар Шералиевна. "Круг детского чтения поэтических произведений А. Арипова." Бюллетень науки и практики 6.10 (2020): 430-438.