Ибн Сина – энциклопедист

CC BY f
360-361
1
0
Поделиться
Норбоев, А., & Каримова, М. (2023). Ибн Сина – энциклопедист. Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века, 1(1), 360–361. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/gifted-youth-medicine/article/view/26547
А Норбоев, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
105- guruh Pediatriya ishi
М Каримова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
Кафедра теории и практики построения демократического общества в Узбекистане
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mustaqil yurtimizning bugungi rivojlanish davrida ta’lim sohasini rivojlantirish va yetuk, malakali kadrlarni tayyorlash borasida chuqur va samarali islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Oliy o’quv yurtlarida talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Insoniyat tarixining rivojlanish davrlarini sar hisob qilganimizda butun dunyoga mashxur vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino yashagan davrni alohida etirof etishimiz joiz. Hozirgi kunda ushbu vatandoshimizni bilmaydigan xalq butun dunyoda topilmasa kerak. Ammo o’z yurtdoshlarimiz orasida buyuk qomusiy olim tarixini bilmaydigan vatandoshlarimizning borligi Abu Ali ibn Sino tarixini yoritishimizni talab qiladi.

Похожие статьи


background image

360

IBN SINO - QOMUSIY OLIM.

Norboyev A. B., 105- guruh Pediatriya ishi

Ilmiy rahbar: M.J.Karimova

TashPMI, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

kafedrasi

Dolzarbligi:

Mustaqil yurtimizning bugungi rivojlanish davrida ta’lim sohasini rivojlantirish

va yetuk, malakali kadrlarni tayyorlash borasida chuqur va samarali islohotlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda Oliy o’quv yurtlarida talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib
berilmoqda. Insoniyat tarixining rivojlanish davrlarini sar hisob qilganimizda butun dunyoga mashxur
vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino yashagan davrni alohida etirof etishimiz joiz. Hozirgi kunda ushbu
vatandoshimizni bilmaydigan xalq butun dunyoda topilmasa kerak. Ammo o’z yurtdoshlarimiz
orasida buyuk qomusiy olim tarixini bilmaydigan vatandoshlarimizning borligi Abu Ali ibn Sino
tarixini yoritishimizni talab qiladi.

Maqsad:

Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodini o’rganish: O’sha davr tarixini yoritish: Ilmiy

adabiyotlarda X-XV asrlarda sharq madaniyati, ilm-u ma’rifati, davlatchiligi kuchli rivojlangan- ligi
va ushbu davr olimlari XVI-XIX asr g’arb olimlarinig tom ma’noda ustozi ekanligi aytib o’tilgan.
Abu Ali ibn Sino ayni o’sha davrning buyuk namoyondasidir. Ibn Sino bolaligidanoq ilmga chanqoq
va o’ta izlanuvchan bo’lgan. U juda kichkinaligidanoq madrasada o’qishni boshlagan va madrasa
ustozlarining e’tiroflariga sazovor bo’lgan. Ibn Sino juda ko’p madrasalarda o’qigan bunga asosiy
sabab uning o’zi o’qigan madrasalardagi ustozlaridan bilim borasida o’zib ketishi bo’lgan. Uning
shunday izlanuvchanligi o’z natijasini berdi, Abu Ali ibn Sino 16 yoshi- dayoq mamlakatga mashhur
tabib bo’lib yetishdi. Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik
olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo‘lgan yangi farmatsiyaning
shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfora), rovoch, tamrhindiy (Hind xurmosi)
kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn
Sinoning xizmatidir. Uning dorivor o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi
dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Dori tayinlashda bemorning mizoji (issiq, sovuq, ho‘l,
quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’minlaydi. Ibn Sinoning tibga oid yozgan
asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan, ularning orasida «Qonun» kabi tibbiy ensiklopediya
bilan bir qatorda, tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi «Urjuza
fi-t-tibb» («Tibbiy urjuza»), «Daf al-madorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya» («Inson badaniga
yetishgan barcha zararlarni yo‘qotish»), «Kitob al-qulanj» («Qulanj haqidagi kitob»), «Maqola fi-n-
nabz» («Tomir urishi haqida maqola»), «Risola fi-l-boh» («Shahvoniy quvvat haqida risola»), «Risola
fi tadbiri al-musofirin» («Safardagilarning tadbiri haqida risola»), «Risola fi xifz as-sihha»
(«Sog‘liqni saqlash haqida risola»), «Risola fi-s-sikanjubin» («Sikanjubin haqida risola»), «Risola fi-
l- fasd» («Qon olish haqida risola»), «Risola fi-l-hindabo» («Sachratqi haqida risola») kabi risolalari
ham bor. Biz Ibn Sinoni asosan tabib siymosida bilamiz. Lekin u yuqorida takidlaganimizdek qomusiy
ya’ni fanning ko’plab sohalarida olim sanaladi. Bunga misol qilib uning 20 jilddan iborat bo’lgan
“Kitob ul- insof’ (Insof kitobi) bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfaxondagi yong’inda yo’qolgan.
“Kitob un-najot” (Najot kitobi) 4 katta qismdan - mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat,
“Kitob lison ul-arab” (Arab tili kitobi) 10 jildni tashkil etadi. “Donishnoma” fors tilida yozilgan
bo’lib, 4 qismni -- mantiq, fizi-ka, matematika, metafizikani o’z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima
etilgan, bir qismi o’zbek tilida bosilgan). Ibn Sino asarlari o’rta asrlarda Ovro’pa ilmiy til hisoblangan
lotin tiliga, u orqali Ovro’paning boshqa tillariga tarjima etilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari,
chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi “Tayr qissasi”,
“Solomon va Iblos”, “Xayy ibn Yakzon” kabi falsafiy qissalar yaratgan. Bu kabi asarlarni yana ancha
davom ettirish mumkin.

Ibn Sino yashagan davr butunlay ilmiy yuksalish davri bo’lgan deyish ham to’g’ri emas,

chunki o’sha davrda hukmron diniy qarash ilmiy tadqiqot yuritish uchun anchagina katta to’sqinliklar
keltirib chiqargan. Bu kabi diniy qarashlar Ibn Sinoga bemorga ayniqsa bemor ayollarga tashxis
qo’yishda juda katta noqulayliklar keltirib chiqargan. Bundan tashqari Ibn Sino yashagan davrdagi
Buxoro taxti egalari tomonidan ham turli siquvlar keltirib chiqarilgan. Bunga asosiy sabab Ibn


background image

361

Sinoning yosh-u qari, boy-u kambag’al, shox-u gadoni birday teng ko’rganida, ularga teng darajada
munosabat bildirganida edi.

Asosiy maqsad ushbu vatandoshimiz tarixini hayoti va ijodini, u yashab o’tgan davrni

o’quvchilarga yetkazib berish, o’quvchilarni Ibn Sino hayotidan to’g’ri xulosa chiqarishini
ta’minlashdir.

Natijalar muhokamasi:

Ibn Sino hayoti va ijodi, u yashab ijod qilgan davr tarixi haqida

talabalar o’rtasida so’rovlar o’tkazildi. Bu so’rovlar shu davr tarixini yanada kuchliroq o’rganish zarur
ekanligini aniqlaashtirib berdi.

Xulosa:

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev takidlaganidek Jismoniy va ma’naviy yetuk

yoshlar - ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir. Ushbu satrlar bizdan yanada
kuchliroq o’qish va munosib vatandoshlarimiz tarixidan to’g’ri xulosa chiqargan holda mamlakatimiz
obro’sini yanada ko’klarga ko’tarishimizni talab etadi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Шойимова, Шохиста, Суръат Гулямов, and Акмал Рахматуллаев. "Роль и значение
национальных медицинских ценностей в сохранении здоровья человека." Актуальные
проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании 1.1 (2023):
427-436.

2.

Турдиева, Кавсар Шералиевна. "Круг детского чтения поэтических произведений А.
Арипова." Бюллетень науки и практики 6.10 (2020): 430-438.

Библиографические ссылки

Шойимова, Ш., Гулямов, С., & Рахматуллаев, А. (2023). Роль и значение национальных медицинских ценностей в сохранении здоровья человека. Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании, 1(1), 427–436. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sciences-medical-education/article/view/20597

Турдиева, Кавсар Шералиевна. "Круг детского чтения поэтических произведений А. Арипова." Бюллетень науки и практики 6.10 (2020): 430-438.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов