O'zbek tili darslarida kasbiy muloqatga o'rgatish

CC BY f
365
1
0
Поделиться
Тошматова, . С., & Ахмедова, Г. (2023). O’zbek tili darslarida kasbiy muloqatga o’rgatish. Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века, 1(1), 365. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/gifted-youth-medicine/article/view/26551
С Тошматова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
109-guruh, tibbiy- pedagogika
Г Ахмедова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
Кафедра узбекского языка и литературы, русского и латинского языков
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Respublikamiz tibbiyoti tizimida 75000 nafardan ortiq shifokor va 300 mingga yaqin hamshira mehnat qiladi. Oxirgi o'n yillikda keng jamoatchilik orasida, jumladan har xil tibbiyot mutaxassisliklari o’rtasida deontologiya muammosi alohida o'rinlardan birini egallaydi. Buning isboti sifatida turli gazeta va jurnallar, monografiyalar, simpozium va konferentsiyalarda muhokama qilingan materiallar ijtimoiy etika va deontologiyaga bag’ishlanganligi masalaning dolzarbligini tasdiqlaydi.

Похожие статьи


background image

365

O'ZBEK TILI DARSLARIDA KASBIY MULOQATGA O'RGATISH

Toshmatova S., 109-guruh, tibbiy- pedagogika

Ilmiy rahbar: Ahmedova G.M.

ToshPTI, O'zbek til va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi

Dolzarbligi.

Respublikamiz tibbiyoti tizimida 75000 nafardan ortiq shifokor va 300 mingga yaqin

hamshira mehnat qiladi. Oxirgi o'n yillikda keng jamoatchilik orasida, jumladan har xil tibbiyot
mutaxassisliklari o’rtasida deontologiya muammosi alohida o'rinlardan birini egallaydi. Buning isboti
sifatida turli gazeta va jurnallar, monografiyalar, simpozium va konferentsiyalarda muhokama qilingan
materiallar ijtimoiy etika va deontologiyaga bag’ishlanganligi masalaning dolzarbligini tasdiqlaydi.

Maqsadi.

Tibbiyot xodimi bemorlar parvarishida 'muomala madaniyati borasidagi ko'nikmalarini

tadbiq qilib va doimo o'z xatti-harakatlarini tahlil qilishi lozim. Agar bemor tushkunlikka tushgan bo'lsa,
ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan bo'lsa, tibbiyot xodimi bu holatda uzining
muloqot borasidagi bor mahoratini, bilim va ko'nikmalarini ishga solmog’i lozim. Tibbiyot xodimi bemor
bilan samimiy, chin ko'ngildan, uning shaxsini hurmat qilib, uni qo'llab-quvvatlab, aniq va tushunarli
muloqot o'rnatishi kerak.

Bemorda muloqot davrida turli ehtiyojlar kelib chiqishi mumkin. Bunda ularga maslahatlar berish,

ko'nglini ko'tarish, tinchlantirish yoki u bilan ijtimoiy aloqa o'rnatish lozim. Bu vaqtida tibbiyot xodimining
tajribasi, muloqot ko'nikmalari va muomala vositasi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, muomala madaniyati
tibbiyot xodimlarida yuksak insoniy fazilatlar mujassamligini ifoda eta olishi kerak. Ayniqsa, ulardagi
bilimdonlik, mehr-shafqat, kamtarlik, odamiylik, halollik, pokizalik, insoflilik, ziyraklik, hozirjavoblik,
xushmuomalalilik, bosiqlik hamda izlanuvchanlik kabi muhim jihatlarning borligi yuqoridagi
yo'nalishlarda o’z isbotini topishi va amaliyotda keng qo'llanishi muhimdir.

Xulqi zebo, madaniyatli, faxm-farosatli insonlarning muomala madaniyatining, o'zini odamlar orasida

qanday tutishi va odob saqlashini, so'z talaffuzini, umuman kishilar bilan muloqotda foydalanayotgan
xilma-xil go'zal muomala vositalarini o'rganish, ulardan ijodiy foydalanishi kerak. Shu bois, tibbiyot
xodiminig madaniy saviyasi, nutqi, dunyoqarashi, bilimi katta ahamiyat kasb etadi. Xullas, kasbiy muloqot
kommunikativ jarayonga nisbatan boy.

Xulosa.

Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Qomusiga muvofiq aholining hayoti va sog’lig'ini

saqlash masalasi birinchi navbatda tibbiyot xodimlariga bog'liq bo'lib, tibbiy yordam sifati va
madaniyatining doimiy oshirilishi har bir tibbiyot xodimining muhim burchi hisoblanadi. Bu o'z navbatida
qonunning ahloqiy me’yorlarida tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatiga nisbatan talablarni
kuchaytirilishini taqozo qiladi.

Umuman talabalarning o'zbek tilidagi nutriy muloqot madaniyatini shakllantirish ham kichik-kichik

maqsadlarga mos bilim, malaka, ko'nikmalar ko'rinishdagi parametrlar sifatida oldindan belgilab chiqilishi
kerak. Masalan, dialogdagi luqmalar mazmuni ham alohida birlikni tashkil etadi. Bunung uchun
suhbatdoshlarni eshitish, javobdan so’ng aks savol berish, savolni rad etish, uni biror ish-harakatga undash,
taklif qilish kabi turli shakllar va mazmunda o'tadi.

Nutqiy moloqotga kirishish, unga rioya etish uchun muayyan bilim, malaka, ko'nikmalarga ega bo'lish

talab etiladi. Bu ma’lumot lar kasbiy muloqotni o'rgatishga oid ish usullari, mashq turlari, ularning miqdori
va ularning yangilanishini belgilash, ta’lim jarayonini tashxislab borish imkonini beradi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Масаидова, Фарзона, and К. Турдиева. "Қамчибек кенжанинг “балиқ ови” ҳикоясининг
ғоявий хусусияти." Перспективы развития медицины 1.1 (2021): 643-644.

2.

AKBARXODJAEVA, FERUZA ABDUGANIEVNA. "REQUIREMENTS FOR ADOPTED
TERMS IN THE FIELD OF MEDICINE." THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители:
Теоретическая и прикладная наука 9 (2021): 230-233.

3.

Шойимова, Шохиста, Суръат Гулямов, and Акмал Рахматуллаев. "Использование
современного

зарубежного

педагогического

опыта

в

медицинском

образовании." Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в
медицинском образовании 1.1 (2023): 437-446.

Библиографические ссылки

Масаидова, Фарзона, and К. Турдиева. "Қамчибек кенжанинг “балиқ ови” ҳикоясининг ғоявий хусусияти." Перспективы развития медицины 1.1 (2021): 643-644.

AKBARXODJAEVA, FERUZA ABDUGANIEVNA. "REQUIREMENTS FOR ADOPTED TERMS IN THE FIELD OF MEDICINE." THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука 9 (2021): 230-233.

Шойимова, Ш., Гулямов, С., & Рахматуллаев, А. (2023). Использование современного зарубежного педагогического опыта в медицинском образовании. Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании, 1(1), 437–446. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sciences-medical-education/article/view/20598

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов