Авторы

  • Ш Исакова
    Ташкентский химико-технологический институт
  • И Бобаев
    Ташкентский химико-технологический институт
  • A Норматов
    Ташкентский химико-технологический институт
  • Х Исабоев
    Ташкентский химико-технологический институт

Биографии авторов

  • Ш Исакова, Ташкентский химико-технологический институт

    базовый док.Кафедра биотехнологии

  • И Бобаев, Ташкентский химико-технологический институт

    профессор. Кафедра биотехнологии

  • A Норматов, Ташкентский химико-технологический институт

    Доцент. Кафедра биотехнологии

  • Х Исабоев, Ташкентский химико-технологический институт

    ассистент. Кафедра биотехнологии

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.green-chemistry.20949

Ключевые слова:

бад лекарственные растения каштан сухие экстракты химический анализ

Аннотация

Oziq-ovqat sanoati hamda tibbiy amaliyotda kashtan ekstrakti asosidagi olingan qushimchlar suyuq (Eskuzan va boshqalar), ham quruq ekstraktlar (Esflazid, Reparil va boshqalar) keng qo'llaniladi. Kashtan mevasidan olingan turli konsentratsiyali ekstraktlaridan foydalaniladi [1].


background image

192

0.84 g, 30 mg/l 0.90 g, 40 mg/l 0.95 g, 50 mg/l da esa 0.98 g bo‘lgan.

Minerallar miqdori 100 mg/l 0.78 g, 200 mg/l 0.84 g, 300 mg/l 0.90 g biomassa hosil

bo‘lgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, steroidlar yig‘masi miqdori 50 mg/l da 0.98 g bo‘lgan, bu

esa Chlorella vulgaris ko‘payishdagi 1 litr suv uchun zaruriy konsentratsiya 50 mg bo‘lganligini
ko‘rsatadi. Minerallar miqdori 300 mg/l konsentratsiyada esa 0.90 g biomassa olingan, xona
harorati 31-35ºC, 1 litr suvda minerallar konsentratsiyasi 300 mg bo‘lganda biomassaning
maksimal hosil bo‘lishi kuzatildi.

Adabiyotlar

1. Bobaev I.D., Alimova M.T., Ramazanov N.S. 3 rd International Symposium on Edible

Plant Resources and the Bioactive Ingredients. study of the immuno-stimulating action of
phytoecdysteroids. Urumqi – China. July 28 -August 1. – 2012. – P. 28.

2. Bobayev I.D., Xujamshukurov N.A., Abdullayev X.O., Ramazanov N.Sh. Biotexnologik

sharoitda yetishtirilgan Chlorella vulgaris sp2 tarkibidagi yashil pigmenti tarkibi va mikdori. /
“Kimyo, neft-gazni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoatlari innovatsion texnologiyalarini dolzarb
muammolari” Resp. ilmiy-texn. anjumani makolalar tuplami. Toshkent. 18-19 noyabr. 2015. – S.
191-192.

3. Cha KH, Lee HJ, Koo SY, Song DG, Lee DU, Pan CH. Optimization of pressurized liquid

extraction of carotenoids and chlorophylls from Chlorella vulgaris. // J. Agric Food Chem. – 2010. –
27. – 58 (2). - 793-7.


KASHTAN MEVASIDAN BIOFAOL OZIQ-OVQAT QO’SHIMCHASINI OLISH VA

UNING KIMYOVIY TAHLILI

tayanch dok. Isakova Sh.X., prof. Bobayev I.D.

,

dosent. Normatov A.M., ass.Isaboyev X.N

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 90 986 66 30


Oziq-ovqat sanoati hamda tibbiy amaliyotda kashtan ekstrakti asosidagi olingan

qushimchlar suyuq (Eskuzan va boshqalar), ham quruq ekstraktlar (Esflazid, Reparil va boshqalar)
keng qo'llaniladi. Kashtan mevasidan olingan turli konsentratsiyali ekstraktlaridan foydalaniladi [1].

Kashtanning mevasi po’stidan olingan tabiiy birikmalar prostata adenomasi va surunkali

prostatit bilan og’rigan bemorlarda qo'llaniladi, suvli ekstrakti adenomatoz o'zgarishini
sekinlashtiradi va prostata bezining qoplangan joylariga ta'sir qiladi. Ushbu tabiiy birikmaning ta'sir
qilish mexanizmi o'rganilmagan, ammo Polshalik olimlar kashtan urug'i E vitamini bilan birgalikda
eskulin glikozidiga boy bo’lib, kichik adenomatoz tugunlarning hajmini va hatto resorbsiyasini
kamaytirishga ham yordam beradi deb hisoblashadi [2].

Kashtanining mevasi flavonoid moddalar, kversetin va izokversetin hosilalariga boy manba

hisoblanadi. Kashtan gullarida flavonoidlardan tashqari polisaxaridlar va taninlar, barglarida esa
polisaxaridlar (pektinlar) va karotenoidlar mavjud bo’ladi [1].

Kashtan mevasining quruq ekstraktini olish usuli ishlab chiqilgan. Mevani maydalab kukuni

3 marta 70% li etanol (hajmi boʼyicha) bilan 2 soat davomida suv hammomida aylanma sovutgich
bilan ekstraksiya qilinadi, soʼngra ekstraktlar birlashtiriladi va fil’trlanadi. Vakuum ostida
qurutilgandan soʼng (50 °C da) etilatsetat bilan suyuq fazali ekstraksiya olinda.

Kashtan urugʼida flavonoidlarning mavjudligi va miqdoriy tarkibi ham tadqiq qilingan. 90%

etil spirtini oldindan tayyorlangan ekstraksiya va kimyoviy reaktsiyalar yordamida amalga oshirildi:
Konsentrlangan xlorid kislota va sink kukunlari bilan; qoʼrgʼoshin asetat asosining 2% eritmasi
bilan ishlov berildi. Flavonoidlar 15% li sirka kislotada qogʼoz xromatografiyasini koʼtarilish yoʼli
bilan aniqlandi. "Guvoh"sifatida rutin va kversetinning 0,1% li spirtli eritmalari ishlatildi.
Xromatogrammani birinchi boʼlib UB-spektr nurida koʼrilib zonalar belgilandi: jigarrang-rutin,
sariq-kversetin. Keyin ammiak bugʼlari bilan ishlov berilib, rangning sariq-yashil rangga oʼtishini
belgiladi. Shunday qilib, rutinning mavjudligi va kversetinning izlari kashtan mevasida bulishi


background image

193

aniqlandi.

Respublika turli hududlarda yetishtiriladigan kashtan mevasi qo’shimch komponenti sifatida

oziq-ovqat sanoatida qoʼllaniladigan biofaol birikmalarni ajratib olish, uni amaliyotga tadbiq
etishdan iborat bo’lib, uning ekstrakti tarkibida koʼpgina oʼrnini almashtirib boʼlmaydigan biologik
faol moddalardan (saponinlar, flavonoidlar, karotinoidlar, taninlar va polisaxaridlar) iboratdir.
Kashtan daraxtining mevasi oziq-ovqatga qushilsdigan biologik faol qo’shimchalar olishning tabiiy
manbasi hisoblanadi.

Kashtanining gullari va barglarida flavonoid moddalar, kvercetin va kaempferol hosilalariga

boy manba hisoblanadi. Kashtan gullarida flavonoidlardan tashqari polisaxaridlar va taninlar,
barglarida esa polisaxaridlar (pektinlar) va karotenoidlarga boy bo’ladi.

Kashtan mevasi tarkibidagi flavonoidlarni o'rganish maqsadida, Toshkent viloyati, Toshkent

tumanidan 2021-yil sentyabr oyida kashtan daraxti mevalari yig’ib olinda. Po’stidan ajratilgan
kashtan mevasi 3 mm o’lchamda maydalanib, 1:5 nisbatda 70% etil spirtida xona haroratda 12 soat
davomida 3 marta ekstraktsiya qilindi, olingan ekstraktlar yig’ib fil’trlab rotorli qurutgichda
qurutildi. Olingan ekstrakt massasi quruq xomashyoga nisbatan biologik faol birikma – flavonoidlar
ulushi 1,58 % tashkil qilgan.

Adabiyotlar

1. Жарова О.Г. Стандартизация конского каштана обыкновенного (

Aesculus

hippocastanum

L.) семян и экстракта сухого на их основе: автореф. дис. канд. наук. М., 2009.

2. Isroilova D.I., Bobaev I.D., Mardonov I.H., Elova N.A., Nurmuxamedova V.Z. Kashtan

mevasi ekstratining mikroblarga qarshi faolligi. Журн. Инфекция, иммунитет и фармакология. –
Ташкент. – 2020. № 4. – С. 61-65.


BIOTEXNOLOGIK MODIFIKATSIYALASH BILAN STEVOL GLIKOZIDLARNI

SHIRINLIK TA’MINI YAXSHILASH

tayanch dok.

1

Karimova N.B., prof.

1

Bobayev

I.D.,

dots.

1

Normatov A.M.,

dots.

2

Usmonov Z.U.

1

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 93 504 29 24

2

Toshkent farmatsevtika instituti, Biotexnologiya kafedrasi

Stevia rebaudiana

o‘simlik bargidan ajratib olinadigan steviol glikozidlarni asosiy qismini

steviozid 6-10% dan iborat bo‘lib, uning ta’midagi taxirligi inson iste’moli uchun noqulayliklarga
keltirib chiqarib, foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu muammoni yechish uchun
fermentativ modifikatsiyalash reaksiyalari yordamida taxir ta’mini yo‘qotishga e’tibor qaratildi.

S. rebudiana

barglarida asosiy komponentlar - steviozid, rebaudiozid A quruq massaga

nisbatan 5-15 % ni tashkil etib, ularning shirinlik darajasi saxarozaga nisbatan 250-300 baravar
shirin va kaloriyasi past bo‘lganligi uchun tijorat ahamiyatiga ega. Biroq, uning ta’midagi taxirligi
inson iste’moli uchun foydalanishni cheklaydi, oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlarida
foydalanishni ham chegaralaydi. Ushbu muammoni yechish uchun ilgari fermentativ
transglikozillanish reaksiyalari yordamida taxirligini yo‘qatishga e’tibor qaratildi. Steviozid
molekulasida mono-, di-, tri- va poliglikozillangan mahsulotlarning murakkab aralashmasini olish
uchun β-CGTase fermenti ishtirokida transglikozillanishi va turli mikroorganizmlar (

B. macerans, B.

stearothermophilus, B. circulans, B. halophilus va B. alcalophilus

) yordamida qand-guruhini

ko‘paytirish usullari ishlab chiqarilgan. Ayni paytda kafedra ilmiy yo’nalishida shu mua’moga
e’tibor qaratib, steviozid molekulasida mono-, di-, tri- va poliaminlangan mahsulotlarning
murakkab aralashmasini olish bo’yich ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirmoqda.

Библиографические ссылки

Жарова О.Г. Стандартизация конского каштана обыкновенного (Aesculus hippocastanum L.) семян и экстракта сухого на их основе: автореф. дис. канд. наук. М., 2009.

Isroilova D.I., Bobaev I.D., Mardonov I.H., Elova N.A., Nurmuxamedova V.Z. Kashtan mevasi ekstratining mikroblarga qarshi faolligi. Журн. Инфекция, иммунитет и фармакология. – Ташкент. – 2020. № 4. – С. 61-65.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Ш Исакова, И Бобаев, А Норматов, Х Исабоев, Ozuq-ovqat qo‘shimchasi suv o‘ti chlorell vulgarisning vitaminlar tarkibi , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

А Норматов, Н Юсупов, У Азаматов, Enriched feed: non-traditional use of raw materials for poultry , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

С Хабибуллаева, И Бобаев, А Норматов, Н Юсупов, Sholi qoldiq mahsulotlari tarkibidan biologik faol moddalarni ajratib olish , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

Н Хамдамова, И Бобаев, А Норматов, Н Юсупов, Ш Исхакова , Kashtan mеvasining ichki po‘stidan mеlanin olish biotexnologiyasi , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

Х Ниезов, И Бобаев, В Нурмухамедова, Ф Норкулова, Biotexnologik ob’yekt xlorellani muqobil energiya manbasi sifatida foydalanish , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

И Абдурасулова, А Норматов, И Бобаев, Р Хусанов, Obi navot qovunining ozuqaviy qiymatini baholash , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

Н Алиева, И Бобаев, З Усмонова, Bioecological characteristics of plants of Rhaponticum integrifolium C. Winkl. , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

Н Хамдамова, И Бобаев, А Норматов, Н Юсупов, Ш Исхакова , Biotexnologik yo’l bilan olingan melaninning kimyoviy tarkibini aniqlash , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

А Норматов, Ш Абдухаликов, У Азаматов, Baliq uchun lichinkalardan tayyorlangan yangi tarkibli ozuqa muhiti , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

А Норматов, Ш Абдухаликов, У Азаматов, Mahalliy unlarga noananaviy boyituvchilarni qo’llash ta'sirida unning biologik qiymatiga ta’siri , Зелёная химия и устойчивое развитие: Том 1 № 1 (2023): Зелёная химия и устойчивое развитие

1 2 > >>