Biotexnologik yo’l bilan olingan melaninning kimyoviy tarkibini aniqlash

CC BY f
199-200
1
0
Поделиться
Хамдамова, Н., Бобаев, И., Норматов, А., Юсупов, Н., & Исхакова , Ш. (2023). Biotexnologik yo’l bilan olingan melaninning kimyoviy tarkibini aniqlash . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 199–200. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/20973
Н Хамдамова, Ташкентский химико-технологический институт

Маг.М21-15у БИО1 гр,Кафедра биотехнологии

И Бобаев, Ташкентский химико-технологический институт

профессор. Кафедра биотехнологии

А Норматов, Ташкентский химико-технологический институт

Доцент. Кафедра биотехнологии

Н Юсупов, Ташкентский химико-технологический институт

асс.афедра биотехнологии

Ш Исхакова , Ташкентский химико-технологический институт

Кафедра биотехнологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Melaninlar tabiiy pigment bo‘lib, oqsil tarkibli tirozin, dioksifenilalanin yoki katexolaminning oksidlanish polimerizatsiyasi hosilasidir.
Melanin hosil bo‘lish jarayoni quyidagicha kechadi. Ribosoma va Goldji kompleksi ishtirokida oqsillardan fosfolipidlar va tirozinaza fermenti sintezi ro‘y beradi. Bular kelajakda melanosomlarning tarkibiy elementi hisoblanib, Goldji kompleksiga o‘tadi va u yerda oraliq pufakchalarda yuzaga keladi. Xuddi shu paytda melaninning sintezi substrati bo‘lmish tirozin aminokislotasi hosil bo‘ladi [1]

Похожие статьи


background image

199

Ammo, ozuqa muhitining tarkibidagi oqsillar miqdori 50% dan oshgandan keyingi miqdorlar

lichinkalarning o‘sish tezligi va oqsil hosil qilishiga sezilarli darajada ta’sir etmasligi qayd etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Nowak V., Persijn D., Rittenschober D., Charrondiere U.R. 2016. Review of food

composition data for edible insects. Food Chemistry 193, 39-46.

2.

Kim TK., Yong HI., Kim YB., Kim HW., Choi YS. 2019. Edible Insects as a Protein

Source: A Review of Public Perception, Processing Technology, and Research Trends. Food Sci.
Anim. Resour. 39(4):521-540.

3.

Mirzaeva D.A., Maksumkhodjaeva K.S., Khujamshukurov N.A., Gazieva Sh.Q.,

Abdullaev X.O., Iskhakova Sh.X., Kuchkarova D.Kh. 2020b. Nutritional Value of Lemnaceae
Macrophytes.

Int.

J.

Curr.

Microbiol.

App.

Sci.

9(04):3233-3242.

doi:

https://doi.org/10.20546/ijcmas.2020.904.376


BIOTEXNOLOGIK YO’L BILAN OLINGAN MELANINNING KIMYOVIY TARKIBINI

ANIQLASH

mag. Hamdamova N.B. M21-15u BIO1 gr, prof. Bobayev I.D., dots. Normatov A.M., ass.

Yusupov N.O’., Isxaqova Sh.X.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi,

bobaev-isom@mail.ru

, +998 93 543 89 45


Melaninlar tabiiy pigment bo‘lib, oqsil tarkibli tirozin, dioksifenilalanin yoki

katexolaminning oksidlanish polimerizatsiyasi hosilasidir.

Melanin hosil bo‘lish jarayoni quyidagicha kechadi. Ribosoma va Goldji kompleksi

ishtirokida oqsillardan fosfolipidlar va tirozinaza fermenti sintezi ro‘y beradi. Bular kelajakda
melanosomlarning tarkibiy elementi hisoblanib, Goldji kompleksiga o‘tadi va u yerda oraliq
pufakchalarda yuzaga keladi. Xuddi shu paytda melaninning sintezi substrati bo‘lmish tirozin
aminokislotasi hosil bo‘ladi [1].

Melanin kislotali muhitga ega bo‘lib, ishqorlarda eruvchanlik xususiyatini namoyon qiladi,

ammo organik eritmalarda parchalanmaydi. Yana aytib o‘tish joizki, perikis vodorod, permanganat
kaliy, xlornovat kislotasi va xlorli temir kabi kuchli ion hosil qiladigan birikmalar ta’sirida rangini
yo‘qatmaydi. Melaninning tarkibi 55% uglerod, 30% kislorod, 9% azot, 4% vodorod va boshqa
moddalarni 2% tashkil etadi. Melaninning qancha aminokislotalardan tuzilganligi hanuzgacha to‘liq
o‘rganilmagan. Lekin arginin, gistidin, tirozin, trimtofan, sistit va metionin kabi aminokislotalardan
isbot ekanligi aniqlangan [2].

Melaninni sof holatda ajratish juda qiyin. U zudlik bilan melonosomal oqsillar va

aminokislotalar bilan birikib melanoprotein kompleksini hosil qiladi. Melanoproteinlar tarkibiga
arginin, gistidin, triptofan, metionin va tirozin kabi murakkab aminokislotalar kiradi, shuning uchun
ham «melanin» so‘zini oqsillarning birlashgan kompleksi deb qarash mumkin [3].

Melaninning kimyoviy tarkibini o'rganish asosan yuqori 1,5 atm bosim va yuqori 180°C

haroratda turli konsentratsiyalarda hamda kaliy gidroksid eritmasi bilan gidrolizi qo'llaniladiganda
tarkibini aniqlashda yordam berdi.

Ko'proq "yumshoq" usullardan foydalanish, xususan, kul’tural suvli ekstraktida bo'lgan

melaninni ortib borayotgan qutbli organik erituvchilar: petroleyn efiri, etil asetat, xloroform va
xloroform-etanol aralashmasi bilan ketma-ket ekstraktsiya qilish imkonini berdi.

Petroleyn efiri melanin va erituvchining massasiga 1:5 nisbatida qo'shildi. Keyinchalik,

melanin 35±1 °C haroratda aralashtirish bilan ekstraksiyalanadi.

Adabiyotlar

1. Сысоева М.А., Иванова Г.А., Гамаюрова В.С., Зиятдинова Г.К., Будников Г.К.,

Захарова Л.Я., Воронин М.А. Повышение антиоксидантной активности водных извлечений и


background image

200

меланинов чаги I. Обработка водных извлечений чаги водными растворами
гиперразветвленных полимеров // Химия растительного сырья. – 2010. – № 2. – С. 105-108.

2. Mazurkiewicz W., Rydel K., Pogocki D., Lemieszek M.K., Langner E., Rzeski W.

Separation of an aqueous extract Inonotus obliquus (Chaga). A novel look at the efficiency of its
influence on proliferation of A549 human lung carcinoma cells // Acta Poloniae Pharmaceutica. –
2010. – V. 67, № 4. – P. 397-406.

3. Mazurkiewicz W. Analysis of aqueous extract of Inonotus obliquus // Acta Poloniae

Pharmaceutica. – 2006. – V. 63, № 6. – P. 497-501.



KASHTAN MЕVASINING ICHKI PO‘STIDAN MЕLANIN OLISH BIOTEXNOLOGIYASI

magistrant Hamdamova N.B., prof. Bobaev I.D., dots. Normatov A.M.,

ass.Yusupov N.O’., tayanch dok. Isxaqova Sh.X.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi,

bobaev-isom@mail.ru

, +998 93 543 89 45


Melaninlar azot o'z ichiga olgan va azotsiz polifenollarning fermentativ oksidlanishi paytida

organizmlarda hosil bo'lgan quyuq rangli yuqori molekulyar tartibsiz polimerlardir. Ular
radioprotektiv va antioksidant xususiyatlarga ega, radionuklidlar va og'ir metallar uchun sorbent
bo'lib, tirik organizmlarni ultrabinafsha nurlanishidan samarali himoya qilishga ega. Melaninlar
tibbiyot, farmakologiya, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda qo'llaniladi [1].

Melaninlarni olish uchun aminokislota tirozin va uning hosilalari oksidlanishi natijasida

kimyoviy sintez texnologiyasi, hayvon va o'simlik xom ashyolaridan ekstraktsiya yo’li bilan hamda
mikroorganizimlar yordamida mikrob sintezi qo'llaniladi [1].

Melanin ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo'lgan biologik materiallaridan ajratib olish

kimyoviy usullari xilma-xil bo’lganligi sababli, ularni yig’masini ajratish va individual holda
tozalashning yagona standart olish usuli mavjud emas [1].

Melanin suvda kam eriydi, lekin suvli eritmaning pH qiymati 5,5 dan 2,5 - 2,0 gacha

o'zgarganda, u jigarrang yoriqlar shaklida cho'kadi. Yangi olingan melanin faqat ishqoriy muhitda,
shuningdek, 80% aseton va 50% etanolda yaxshi eriydi. Boshqa organik erituvchilarda yoki benzol,
ksilen, xloroform, neft efiri umuman erimaydi yoki etil asetatda 11% gacha, dietil efirda 2,5%
gacha melanin ozgina eriydi. Ochiq havoda yoki yuqori haroratda quritilgan melanin deyarli
butunlay eruvchanligini yo'qotadi va vakuumda quritilganda natriy gidrokarbonat va gidroksidi
eritmalarida erish qobiliyatini saqlab qoladi. Tozalash jarayonida u parchalanib, qoramtir ko'mirga
o'xshash massa hosil qiladi [2].

Melanin sintez qiluvchi

Bacillus thurigiensis

shtammidan ozuqaviy muhit tayyorlash orqali

olinnadi, kiyen fermentatsiya eritmalarida melanin kontsentratsiyasi 4-8 g/l ni tashkil etdi [3].

Ustunli xromatografiya usulida (6×70 sm) melaninning yuqoridan pastga 0,028 sm/s oqim

tezligida elyut

yuviladi.

Biotexnologik yo’l bilan noan’anaviy xom ashyo turidan yuqori antioksidant faollikka va

ega bo‘lgan suvda eriydigan melaninni olish. xom ashyo sifatida kashtan mevasi mag’zining
maydalangan po’stidan foydalanildi. Kashtan mevasi mag’zining maydalangan po’stini va suvning
massa 1:20 nisbatida suvda uch bosqichli ekstraksiya qilishni va har bir ekstraksiya bosqichi uchun
12 soat davomida ekstraksiya qilish orqali suvda eriydigan melaninni olish usuli amalga oshirildi.
Uch bosqichda olingan ekstraktlarni birlashtirilib filtrlanadi (ekstrakt hajmi 15 l tashkil qildi).
Olingan ekstrakt 3 litr hajm qolishiga qadar bug‘latiladi. Suvli ekstrakt 0,5 N NaOH eritmasi bilan
pH muhiti 12 gacha yetkanga qadar qo’shildi. Hosil bo’lgan tiniq aralashmaga pH 1,5 ga qadar
nordonlashtiriladi. Hosil bo’lgan cho’kma melaninni aralashmasi massa nisbatida 1:2 etilasetat
bilan ekstraktsiya uch bosqichda amalga oshirildi. Suvli qism yani aralashmadan organik ekstrakt
qismi ajratib olinda. Suvli qismda cho‘kma hosil qilgan melanin filtrlash yo‘li bilan ajratib olindi.

Библиографические ссылки

Сысоева М.А., Иванова Г.А., Гамаюрова В.С., Зиятдинова Г.К., Будников Г.К., Захарова Л.Я., Воронин М.А. Повышение антиоксидантной активности водных извлечений и меланинов чаги I. Обработка водных извлечений чаги водными растворами гиперразветвленных полимеров // Химия растительного сырья. – 2010. – № 2. – С. 105-108.

Mazurkiewicz W., Rydel K., Pogocki D., Lemieszek M.K., Langner E., Rzeski W. Separation of an aqueous extract Inonotus obliquus (Chaga). A novel look at the efficiency of its influence on proliferation of A549 human lung carcinoma cells // Acta Poloniae Pharmaceutica. – 2010. – V. 67, № 4. – P. 397-406.

Mazurkiewicz W. Analysis of aqueous extract of Inonotus obliquus // Acta Poloniae Pharmaceutica. – 2006. – V. 63, № 6. – P. 497 501.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов