Baliq uchun lichinkalardan tayyorlangan yangi tarkibli ozuqa muhiti

CC BY f
196-199
2
0
Поделиться
Норматов, А., Абдухаликов, Ш., & Азаматов, У. (2023). Baliq uchun lichinkalardan tayyorlangan yangi tarkibli ozuqa muhiti . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 196–199. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/20972
А Норматов, Ташкентский химико-технологический институт

Доцент. Кафедра биотехнологии

Ш Абдухаликов, Ташкентский химико-технологический институт

мастер. Кафедра биотехнологии

У Азаматов, Ташкентский химико-технологический институт

мастер. Кафедра биотехнологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga borib, insonlar soni 9.1 mlrd. ga etib, ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda katta muammolar paydo bo‘ladi. Hayvon oqsiliga bo‘lgan talab keskin oshib ketishi natijasida, keyingi 35 yil davomida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishni 72% ga oshirish talab etiladi. Bu esa foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik er maydonlarining 3/2 qismida chorva mollarini etishtirish taqazo etadi. Bu esa o‘z navbatida er maydonlaridan, suv zahiralaridan samarali foydalanish, atrof muhitga ajraladigan is gazining keskin ko‘payishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, juda katta miqdorda ozuqa mahsulotlari etishtirish muammosini ham keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni hal etish uchun muqobil manba sifatida ozuqabop hasharotlardan foydalanish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

Похожие статьи


background image

196

protein uchun mg

1 g protein

uchun mg

АК*

1 g protein

uchun mg

АK

Izoleysin

40

7,0

17,5

7,5

18,7

Leytsin

70

31,7

45,3

32,4

46,3

Lizin

55

18,5

33,6

14,6

26,5

Metionin+sistin

35

29,0

82,9

33,7

96,3

Fenilalanin+tirozin

60

20,7

34,5

19,4

32,3

Treonin

40

20,1

50,3

21,6

54,0

Triptofan

10

-

-

-

-

Valin

50

17,7

35,4

22,3

44,6

Jami:

360

144,7

40,2

151,5

42,1

* AK-aminokislota tezligi ("ideal" oqsil tarkibidagi%).
Tajribali versiyada unning aminokislota tezligi nazorat qiymatidan 1,9% ga oshdi. Bundan

tashqari, tajribali va nazorat unidagi barcha muhim aminokislotalar cheklangan.

Shunday qilib, unni maydalashning katta miqdori va natijada uning biologik, bu holda oqsil

qiymati donni maydalashga tayyorlash usuliga, xususan, uni oldindan oqlashga bog'liq ekanligi
aniqlandi. Tadqiqot natijalari OZ-I qurilmasi yordamida donni oqlashning uch bosqichli usulini
qo'llash uchun asosdir.

Foydalanilgan adabiyot.

1.

Normatov A., Investigation of the preparation medhod of grain for milling in the for

mation of baking properties of flour // The Austrian Journal of Technical and Natural Sciences
. Vienn Prague.-2017. -№9-10 -s. 45-49


BALIQ UCHUN LICHINKALARDAN TAYYORLANGAN YANGI TARKIBLI

OZUQA MUHITI

dotsent. Normatov A.M. , magistrlar. Abduxaliqov Sh.A., Azamatov U.Sh.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 94 162 29 59


Ma’lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga borib, insonlar soni 9.1 mlrd. ga etib, ularni oziq-ovqat

mahsulotlari bilan ta’minlashda katta muammolar paydo bo‘ladi. Hayvon oqsiliga bo‘lgan talab
keskin oshib ketishi natijasida, keyingi 35 yil davomida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishni
72% ga oshirish talab etiladi. Bu esa foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik er maydonlarining 3/2
qismida chorva mollarini etishtirish taqazo etadi. Bu esa o‘z navbatida er maydonlaridan, suv
zahiralaridan samarali foydalanish, atrof muhitga ajraladigan is gazining keskin ko‘payishiga sabab
bo‘lishi bilan bir qatorda, juda katta miqdorda ozuqa mahsulotlari etishtirish muammosini ham
keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni hal etish uchun muqobil manba sifatida ozuqabop
hasharotlardan foydalanish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

Ozuqabop hasharotlar orasida birinchi navbatda sariq un qo‘ng‘izi lichinkalariga muqobil

oqsil manbai sifatida qaraladi. Uning ko‘plab turlari juda sifatli oqsil saqlashi bilan xarakterlanib,
tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalardan lizin, metionin va leysinning miqdori o‘simlik
manbalariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi bilan izohlanadi.

Mazkur almashinmaydigan aminokislotalar o‘simliklar manbalarida juda kam miqdorda

uchrasa, hayvonlar oqsilida uchramasligi bilan ahamiyatlidir.

Tenebrio molitor

lichinkalari izoleysin,

leysin va lizinga juda boy muqobil manba ekanligi ko‘plab ilmiy manbalarda qayd etilgan.
Jumladan, mazkur lichinkalar izoleysin, leysin, valin, tirozin va alanin saqlashi bo‘yicha qoramol
go‘shtidan ustun turadi. Ayniqsa go‘shtga bo‘lgan talabning oshib borishi natijasida mazkur
lichinkalarning potensial oqsil manbai sifatida qaralishiga sabab bo‘lmoqda.

Ilmiy manbalarda

Tenebrio molitor

lichinkalarining oqsil saqlashi, ozuqa mahsuloti

tarkibidagidan bir necha barovar farq qilsa ham o‘z turg‘unligini saqlab turishi bilan muhim
ahamiyatga ega ekanligi qayd etilmoqda. Mazkur lichinkalarning oqsil saqlashidan keyingi o‘rinda


background image

197

turuvchi muhim xususiyatlaridan biri, uning quruq massaga nisbatan 33% gacha lipid saqlashi bilan
belgilanadi. Lipidlarni yuqori darajada saqlashi

Tenebrio molitor

lichinkalariga lipidlarning yangi

muqobil manbai sifatida qarash imkonini beradi.

Dunyo bo‘yicha insonlar tomonidan 1500-2000 ga yaqin hasharot turlari va umurtqasiz

hayvonlar iste’mol qilinadigan bo‘lsa, bularning asosiy qismi Markaziy va Janubiy Amerika, Osiyo
hamda Avstraliya davlatlari zimmasiga to‘g‘ri keldi.

Iste’mol qilinadigan hasharot turlarining asosiy qismi asosan tabiatdan terib olinsa, kelgusida

mazkur jarayon sanoat asosidagi ishlab chiqarish darajasiga o‘tishi kutilmoqda.

Shu boisdan mazkur hasharotlarni shartli ravishda kichik uy qoramoli (ho‘kizi) deb shartli

nomlangan. Ozuqabop hasharotlar qoramollarga nisbatan atrof-muhitga juda kam miqdorda CO

2

gazlari (parnik gazlari) chiqarishi bilan ahamiyatlidir.

Suvdan foydalanish ham iqtisodiy va ijtimoiy muhim jihatlaridan biri bo‘lib, ozuqabop

hasharotlar qoramollarga nisbatan bir necha yuz ming barovar suvni kam iste’mol qilishi
isbotlangan.

Mazkur noan’anaviy ozuqa manbalaridan samarali foydalanish uchun ularni boshqariladigan

sharoitda, ekologik va xavfsizlik aspektlarini nazorat qilgan holda etishtirish texnologiyalarini
ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish bu yo‘nalishning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shu boisdan, ozuqabop hasharotlardan oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarishda

manba sifatida foydalaniladigan bo‘lsa, ularning tarkibiy xususiyatlarini tadqiq etish bu
fundamental tadqiqotlarni taqqazo etadi. Jumladan, ozuqabop hasharotlarni boshqariladigan
sharoitlarda etishtirish davomida uning ozuqaviy qiymati bevosita beriladigan ozuqa muhiti
tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan .

Tenebrio molitor

qo‘ng‘izi lichinkalari odatda bug‘doy kepagida

ko‘paytiriladi, ammo bug‘doy kepagiga turli xil qo‘shimchalarning jumladan, sabzavotlar
qoldiqlarining qo‘shilishi, ularning lichinkalarining yashovchanligini oshirib, biologik rivojlanish
sikllarining qisqarishiga sabab bo‘lib, etuk yoshlilarida tuxum qo‘yish ko‘rsatkichlarini oshiradi.

Kichik yoshli lichinkalarni havoning nisbiy namligini ta’minlash orqali ham suv bilan

ta’minlash mumkin. Jumladan, 75% va undan ortiqroq bo‘lgan nisbiy namlikda kichik yoshli
lichinkalar yaxshi rivojlanadi ammo nisbiy namlikning keskin oshib ketishi keskin salbiy ta’sir
ko‘rsatadi

(bunda ortiqcha nisbiy namlikni lichinkalar ichki metabolitik energiyaga aylantirishga

yo‘naltirishi natijasida lichinkalarning yashovchanligi keskin pasayib ketishiga olib keladi.

Ilmiy manbalarda sariq un qo‘ng‘izi lichinkalari mikroelementlar, jumladan kalsiy, sink va

magniyning noan’anaviy manbalari ham hisoblanadi.

So‘nggi yillarda ilmiy manbalarda ko‘plab e’lon qilinayotgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,

ozuqabop hasharotlarning ichki skleti mavjud bo‘lmaganligi sababli, ular kalsiy manba bo‘la
olmaydi, ammo ularni oziqlantirish tartibini boshqarish orqali kalsiyni sintez qilishiga erishish
mumkin .

Shu boisdan

Tenebrio molitor

qo‘ng‘izi lichinkalarining ozuqa muhiti tarkibidagi oqsilga

bog‘liq holda hosil qiladigan oqsil va yog‘ miqdori hamda rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sirini
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan, urli xil miqdorda oqsil saqlovchi manbalar asosida tayyorlangan yangi tarkibli

ozuqa muhitining

Tenebrio molitor

qo‘ng‘izi lichinkalarining oqsil, yog‘ hosil qilishi va rivojlanish

ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishga harakat qildik. Ma’lumki, O‘zbekiston sharoitida baliqchilik
tarmog‘i shiddat bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mahalliy sharoitda baliqlar
asosan ikki xil: tabiiy va sun’iy suv havzalarida etishtiriladi.

Olib borilgan tahliliy natijalarga ko‘ra baliq chavoqlarini etishtirish davomida asosan bug‘doy

uni, chavoqlar yiriklashgan sari 25-27% oqsil saqlagan omuxta em uni va granulalar qo‘llanilishi
aniqlandi.

Xo‘jaliklarda ozuqa emini iqtisod qilish hamda baliqlarni to‘yimli ozuqa bilan oziqlantirish

maqsadida tabiiy (tirik) ozuqa emlari (zooplanktonlar, mikrosuvo‘tlari) hamda turli xil hasharotlar
lichinkalarini suv havzalari qirg‘oqlarida ko‘paytirishdan foydalanishmoqda.

E’tiborimiz baliqchilik xo‘jaliklarida keng qo‘llanilayotgan hasharotlar lichinkalaridan


background image

198

foydalanish jihatlariga qaratildi.

Suv havzalari qirg‘oqlarida tashkil etilgan turli xil ko‘rinishdagi hasharot lichinkalari va

zooplanktonlarni ko‘paytirish jarayonini boshqarib bo‘lmaydi. Jumladan, qaysi hasharot turi,
qancha miqdorda lichinka hosil qilishi, ozuqa sifatida foydalanilayotgan organik mahsulotlar
(chorva mollari go‘ngi) tarkibida turli xil patogen mikroblarning ham rivojlanish xavfi juda
yuqoriligicha qolmoqda.

Bunda baliqlarning ham normal rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, ularning kasallanish

ko‘rsatkichlarini oshirib yuboradi. Chavoqlarning chiqish ko‘rsatkichi 50% atrofida
bo‘layotganligiga ham mazkur holatni sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Shu boisdan, mazkur xo‘jaliklarda boshqarilmaydigan sharoitda hasharot lichinkalarini
ko‘paytirishni, sun’iy boshqariladigan sharoitga o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. 3.5.1-
rasm (B, S, D) larda

Tenebrio molitor

–ozuqabop hasharotining rivojlanish bosqichlari ko‘rsatilgan.

Mazkur ozuqabop hasharotlarni sanoat asosida etishtirish uchun bug‘doy kepagi hamda

makrofitlar asosida yangi namunaviy ozuqa muhiti tarkiblari ishlab chiqildi.Namunaviy ozuqa
muhitining komponentlar kesimidagi tarkibi 3.5.2-rasmda qayd etilgan.

Bunda namunaviy ozuqa muhiti variantlari: 1-LWbA -30%, 2-LwbA - 35%, 3-LwbA - 40%,

4-LwbA - 45%, 5-LwbA - 50%, 6-LwbA - 55%, 7- LwbA - 60% oqsil saqlaydi (3.1-rasm).

3.1-rasm. Turli xil manbalar asosida tayyorlangan yangi ozuqa muhitida komponentlar

nisbati, g/100g

Mazkur namunaviy ozuqa muhitlarining

Tenebrio molitor

(F

6

) avlodi lichinkalari

rivojlanishida o‘sish tezligi va oqsil hosil qilishiga bog‘liqligi o‘rganildi (3.5.1-3.5.8-jadvallar,
ilovaga qarang).

Olingan natijalarga ko‘ra, 1-LWbA ozuqa muhitida

Tenebrio molitor

F6 avlodi lichinkalari

61,55% o‘sish tezligini namoyon etib, 35,73% oqsil hosil qilishi aniqlandi.
2-LWbA, 3-LWbA, 4-LWbA ozuqa muhitlarida lichinkalar 83,50%; 85,62% va 88,49%
o‘sish tezligini namoyon qilgan bo‘lsa, shunga muvofiq ravishda 41,37%, 48,05% va 53,29% oqsil
hosil qilishi qayd etildi. 5-LWbA, 6-LWbA va 7-LWbA ozuqa muhitlarida

Tenebrio molitor

(F

6

)

avlodi lichinkalari 88,82%, 99,21% va 98,40% o‘sish tezligini namoyon etgan bo‘lsa, shunga
muvofiq ravishda 64,80%, 64,18% va 64,15% oqsil hosil qilishi aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida ozuqa muhiti tarkibidagi oqsillar miqdori oshib borgan sari,

proporsional ravishda, lichinkalarning o‘sish tezligi va oqsil saqlashi ham oshib borishi aniqlandi.


background image

199

Ammo, ozuqa muhitining tarkibidagi oqsillar miqdori 50% dan oshgandan keyingi miqdorlar

lichinkalarning o‘sish tezligi va oqsil hosil qilishiga sezilarli darajada ta’sir etmasligi qayd etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Nowak V., Persijn D., Rittenschober D., Charrondiere U.R. 2016. Review of food

composition data for edible insects. Food Chemistry 193, 39-46.

2.

Kim TK., Yong HI., Kim YB., Kim HW., Choi YS. 2019. Edible Insects as a Protein

Source: A Review of Public Perception, Processing Technology, and Research Trends. Food Sci.
Anim. Resour. 39(4):521-540.

3.

Mirzaeva D.A., Maksumkhodjaeva K.S., Khujamshukurov N.A., Gazieva Sh.Q.,

Abdullaev X.O., Iskhakova Sh.X., Kuchkarova D.Kh. 2020b. Nutritional Value of Lemnaceae
Macrophytes.

Int.

J.

Curr.

Microbiol.

App.

Sci.

9(04):3233-3242.

doi:

https://doi.org/10.20546/ijcmas.2020.904.376


BIOTEXNOLOGIK YO’L BILAN OLINGAN MELANINNING KIMYOVIY TARKIBINI

ANIQLASH

mag. Hamdamova N.B. M21-15u BIO1 gr, prof. Bobayev I.D., dots. Normatov A.M., ass.

Yusupov N.O’., Isxaqova Sh.X.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi,

bobaev-isom@mail.ru

, +998 93 543 89 45


Melaninlar tabiiy pigment bo‘lib, oqsil tarkibli tirozin, dioksifenilalanin yoki

katexolaminning oksidlanish polimerizatsiyasi hosilasidir.

Melanin hosil bo‘lish jarayoni quyidagicha kechadi. Ribosoma va Goldji kompleksi

ishtirokida oqsillardan fosfolipidlar va tirozinaza fermenti sintezi ro‘y beradi. Bular kelajakda
melanosomlarning tarkibiy elementi hisoblanib, Goldji kompleksiga o‘tadi va u yerda oraliq
pufakchalarda yuzaga keladi. Xuddi shu paytda melaninning sintezi substrati bo‘lmish tirozin
aminokislotasi hosil bo‘ladi [1].

Melanin kislotali muhitga ega bo‘lib, ishqorlarda eruvchanlik xususiyatini namoyon qiladi,

ammo organik eritmalarda parchalanmaydi. Yana aytib o‘tish joizki, perikis vodorod, permanganat
kaliy, xlornovat kislotasi va xlorli temir kabi kuchli ion hosil qiladigan birikmalar ta’sirida rangini
yo‘qatmaydi. Melaninning tarkibi 55% uglerod, 30% kislorod, 9% azot, 4% vodorod va boshqa
moddalarni 2% tashkil etadi. Melaninning qancha aminokislotalardan tuzilganligi hanuzgacha to‘liq
o‘rganilmagan. Lekin arginin, gistidin, tirozin, trimtofan, sistit va metionin kabi aminokislotalardan
isbot ekanligi aniqlangan [2].

Melaninni sof holatda ajratish juda qiyin. U zudlik bilan melonosomal oqsillar va

aminokislotalar bilan birikib melanoprotein kompleksini hosil qiladi. Melanoproteinlar tarkibiga
arginin, gistidin, triptofan, metionin va tirozin kabi murakkab aminokislotalar kiradi, shuning uchun
ham «melanin» so‘zini oqsillarning birlashgan kompleksi deb qarash mumkin [3].

Melaninning kimyoviy tarkibini o'rganish asosan yuqori 1,5 atm bosim va yuqori 180°C

haroratda turli konsentratsiyalarda hamda kaliy gidroksid eritmasi bilan gidrolizi qo'llaniladiganda
tarkibini aniqlashda yordam berdi.

Ko'proq "yumshoq" usullardan foydalanish, xususan, kul’tural suvli ekstraktida bo'lgan

melaninni ortib borayotgan qutbli organik erituvchilar: petroleyn efiri, etil asetat, xloroform va
xloroform-etanol aralashmasi bilan ketma-ket ekstraktsiya qilish imkonini berdi.

Petroleyn efiri melanin va erituvchining massasiga 1:5 nisbatida qo'shildi. Keyinchalik,

melanin 35±1 °C haroratda aralashtirish bilan ekstraksiyalanadi.

Adabiyotlar

1. Сысоева М.А., Иванова Г.А., Гамаюрова В.С., Зиятдинова Г.К., Будников Г.К.,

Захарова Л.Я., Воронин М.А. Повышение антиоксидантной активности водных извлечений и

Библиографические ссылки

Nowak V., Persijn D., Rittenschober D., Charrondiere U.R. 2016. Review of food composition data for edible insects. Food Chemistry 193, 39-46.

Kim TK., Yong HI., Kim YB., Kim HW., Choi YS. 2019. Edible Insects as a Protein Source: A Review of Public Perception, Processing Technology, and Research Trends. Food Sci. Anim. Resour. 39(4):521-540.

Mirzaeva D.A., Maksumkhodjaeva K.S., Khujamshukurov N.A., Gazieva Sh.Q., Abdullaev X.O., Iskhakova Sh.X., Kuchkarova D.Kh. 2020b. Nutritional Value of Lemnaceae Macrophytes. Int. J. Curr. Microbiol. App. Sci. 9(04):3233-3242. doi: https://doi.org/10.20546/ijcmas.2020.904.376

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов