198
GEMOLITIK ESHERIXIYALARNING ADGEZIVLIK
XOSSALARI
Iso
k
ulova Muhabbat Mardanovna
DKTF klinik-laborator diagnostika kursi
Shayqulov Hamza Shodievich.
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
kafedrasi,
Samarqand
davlat
tibbiyot
universiteti.
Samarqand, Oʻzbekiston.
Annotatsiya
. Adgezinlar (CFAI, CFAII, K88, K99) E. coli ni ingichka ichak enterotsitlari
yuzasidagi retseptorlarga biriktiruvchi omillaridir. Adgezinlarning barchasi fimbriya yoki
fimbriyaga o‘xshash tuzilmalardan iborat bo‘lib, ular orqali bog‘lanish sodir bo‘ladi. Fimbrial
adgezinlar patogenlik omillaridan biri bo‘lib mikroorganizmlarni epiteliy yuzasiga biriktirish va
kolonizatsiyalanishi evaziga, yuqumli jarayonni boshlab beruvchi rolini o‘ynaydi. Shu sababli
bolalarda deariya belgilari bilan kechayotgan ichakning o‘tkir yuqumli bakterial kasalliklarida
ajralgan esherixiyalarning adgezivlik xususiyatlarni o‘rganish muhimdir.
Kalit so‘zlar
: Escherichia, E. coli, esherixiya, adgeziya, yopishqoqlik, CFAI, CFAII, K88,
K99 antigenlar, gemolitik, gemagglyutinatsiya, eritrotsit.
Mavzuning dolzarbligi
. Ayni paytda dunyoning barcha mamlakatlarida,
xususan rivojlanayotgan va rivojlanishi past sur’atda bo‘lgan davlatlarda yashovchi
bolalarda deariya belgilari bilan kechuvchi ichakning o‘tkir yuqumli bakterial
kasalliklari muammoligicha qolmaoqda. Bolalarning yashashi va sog‘lom o‘sishi
uchun optimal sharoitlar: ichimlik suvi, muvofiq ovqatlanish, yashash va ta’lim-
tarbiya olish kabi sharoitlarini zarur va sifatli darajada ta’minlay olmaslik bilan
bog‘liq tez-tez yuzaga keladigan stressli vaziyatlar bolalar tanasining immuno –
biologik qarshiligini sezilarli darajada pasaytiradi, turli kasalliklar, shu jumladan
esherixioz kasalligi rivojlanishi uchun ham sharoit yaratadi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar esherixiozli deariya kasalliklarining patogenezi,
immuniteti, diagnostikasi va profilaktikasini o‘rganishmoqda. Biroq, ushbu
infeksiyani davolash va oldini olish uchun tavsiya etilgan ko‘plab vositalarga
qaramay, zamonaviy sharoitda kolibakterioz muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Esherixiyalarning odamlar, hayvonlar va qushlar organizmida doimo bo‘lishi,
ularni atrof muhitga – suv, to‘proq, oziq mahsulotlari va boshqa jihozlarga ajralishi
natijasida o‘zaro almashinib turishi bu bakteriyalarni ishonchli nazorat qilish
imkonini kamaytiradi. Esherixiyalar tashqi muhit ob’ektlarida uzoq vaqt saqlana
199
olishi, tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda ishlatilayotgan antibiotiklarga
oson moslasha olishii oqibatida bu vositalarga nisbatan polirezistentlik rivojlanishi
bilan javob qaytarmoqda. Esherixioz nafaqat monoinfeksiya sifatida, balki boshqa
infeksiyalar bilan assotsiatsiya shaklida ham: boshqa bakterialar, viruslar, sodda
hayvonlar va zamburug‘lar bilan birgalikda ham tez-tez qayd etiladi. Bu holat
kasallangan bolalarning immun holatini sezilarli darajada pasayishiga natijada
virusli va bakterial kasalliklarga qarshi rejali emlash vaqtiga va samaradorligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Esherixiozning maxsus oldini olish uchun ishonchli,
samarali emlama (vaksina)lar hali mavjud emas. Bu qo‘zg‘atuvchilarning patogen
serovarlarining turlicha antigenlikka ega bo‘lishi, o‘zaro kesishgan va turg‘un
bo‘lmagan immunitet hosil qilmasligi kabi holatlar bilan izohlanadi.
So‘nggi yillarda esherixiozning oldini olish uchun sirt (yuzasidagi) antigen
komplekslarini o‘z ichiga olgan yangi avlod vaksinalari yaratildi. Ye. coli ning
adgezivlik antigenlaridan foydalangan holda tijorat vaksinalarini yaratish
imkoniyati taklif qilingan. Fimbrialarning ayrim turlarini o‘z ichiga olgan bu
vaksina preparatlari enterotoksigen Ye. coli dan himoya qilishi mumkinligi haqida
dalillar mavjud. Vaksinalar tarkibiga adgezinlarning kiritilishi ularning himoya
xususiyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Biroq, bolalarda kechuvchi esherixiyali patologiyalarda adgezivlik
xususiyatlarga ega Ye. coli ning roli yetarlicha o‘rganilmagan. E. coli ning patogen
xususiyatlarini shakllanishda muhim rol esherixiyaning ichak epitelial
hujayralariga birikishi (adgeziyasi)va shu bilan ularning patogen ta’sirini
boshlanadi. Aniqlanishicha, ichak bakteriyalarining yopishuvchi xossalari
bakteriyalarning fimbriyalarida (Fim) joylashgan maxsus antigenlar - adgezin
antigenlari (kolonizatsiya omillari) mavjudligi bilan bog‘liq. Ammo bolalarning
har xil yosh guruhlarida, turlicha ko‘rinishdagi esherixiozning namoyon bo‘lishi
paytida ajratilgan qo‘zg‘atuvchilarning adgezivligi, uning virulentlik va
immunogenlik bilan bog‘liqligi bo‘yicha juda kam ma’lumotlar mavjud. Bu esa
kelgusida kolivaksinalarini loyihalashda shtammlarni tanlashdek muhim
ahamiyatga ega jarayonga soya solmoqda. Shu sababli bolalarda deariya belgilari
bilan
kechayotgan
ichakning
o‘tkir
yuqumli
kasalliklarida
ajralgan
esherixiyalarning adgezivlik xususiyatlarni o‘rganish muhimdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
200
Deariya belgilari nomoyon bo‘lgan ichakning o‘tkir yuqumli kasalliklari bilan
kasallangan bolalardan ajratilgan esherixiyalarning adgezivlik xususiyatlarni
o‘rganish.
Material va uslublar.
Esherixiyalarning adgezivlik xususiyatlarini o‘rganish
ularni adgezin antigenlarini sintez qilish uchun optimal muhitda o‘stirgandan so‘ng
o‘tkizildi. Fimbrial adgezin CFAI, CFAII, K88, K99 antigenlarni odamning II
guruh eritrotsitlari (CFAI), qoramol eritrotsitlari (CFAII), gvineya cho‘chqachasi
(K88) va qo‘y (K99) eritrotsitlari ishtirokidagi D-mannozga chidamli
gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlandi.
Olingan natijalar.
Bunda ichakning o‘tkir yuqumli bakterial kasalliklari
bilan kasallangan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan 112 nafar bola va 86 nafar
sog‘lom boladan ajratilgan gemolitik xususiyatli va gemolitik xususiyati
bo‘lmagan E. coli ning sof kulturalarida adgezivlikning tarqalishini o‘rgandik.
Kasal bolalardan ajratilgan gemolitik 236 shtammdagi esherixiyalarning 99
(42±3,2%) shtammida adgezivlik antigeni kuzatildi. 86 nafar sog‘lom bolalardan
ajratilgan 172 shtammdagi E. coli kulturasining 32 shtammida gemolitik xususiyat
aniqlandi. Gemolitik xususiyatli bu 32 shtammning faqat 5 ta (15,6±6,4%)
shtammidagina adgezivlik antigenlari kuzatildi (1-jadval).
1-jadval
Ajratilgan shtammlarning gemagglyutinatsiyalovchi faolligi
GAR
faolligi
CFAI
CFAII
K88,
K99
Gemolitik E. coli
1:16
1:400
1:800
1:400
1:400
agemolitik E. coli
1:16
1:200
1:200
1:200
1:400
Sog‘lom bolalardan ajratilgan gemolitik bo‘lmagan esherixiya shtammlari
orasida juda kam hollarda adgezivlik antigenlari aniqlandi.
Xulosa.
Shunday qilib, ichakning o‘tkir yuqumli bakterial kasalliklari bilan
kasallangan bolalardan ajratilgan gemolitik esherixiyalardagi adgezivlik
antigenlarni sintezlanishi, sog‘lom bolalardan ajratilgan gemolitik bo‘lmagan
esherixiyalarga nisbatan 5-14 (3,6 ± 1,5%) marta ortiq bo‘lishi bilan ajralib turdi.
201
Adabiyotlar
.
1.
Абророва
Н.
А.,
Жамалова
Ф.
А.
КОЛИЦИНОГЕННОСТЬ
ГЕМОЛИТИЧЕСКИХ
И
НЕГЕМОЛИТЧЕСКИХ
ЭШЕРИХИЙ,
ВЫДЕЛЕННЫХ У ДЕТЕЙ, БОЛЬНЫХ ОКЗ, И ЗДОРОВЫХ //FORCIPE.
– 2021. – Т. 4. – №. S1. – С. 522-522.
2.
Мавлюдова
Х.,
Шайкулов
Х.
РОЛЬ
ЭНТЕРОПАТОГЕННЫЕ
ЭШЕРИХИЙ
ПРИ
ДИАРЕИ
У
ДЕТЕЙ
И
ЭФФЕКТ
ПРОБИОТИКОТЕРАПИИ ПРИ ПРИМЕНЕНИЕ КОЛИБАКТЕРИНА И
ЛАКТОБАКТЕРИНА В СРАВНИТЕЛЬНОМ АСПЕКТЕ //InterConf. –
2022.
3.
Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш., Хусанов Э. У. Ультраструктура
слизистой толстой кишки у больных острой дизентерией //Астана
медициналық журналы. – 2022. – №. S1. – С. 62-68.
4.
Расулова М. Р., Юлаева И. А., Шодиев Ж. Х. СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА //Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 225-235.
5.
Расулова М., Индиаминов С. Судебно-медицинские аспекты повреждений
гортани при тупой механической травме //Журнал проблемы биологии и
медицины. – 2019. – №. 1 (107). – С. 159-162.
6.
Расулова М., Юлаева И., Шодиев Ж. ПЕРЕЛОМЫ КОСТЕЙ НОСА В
ПРАКТИКЕ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЫ //Евразийский
журнал медицинских и естественных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 1. –
С. 78-84.
7.
Ризаев Ж. А. и др. ЭШЕРИХИОЗ БИЛАН КАСАЛЛАНГАН
БОЛАЛАРНИ
ДАВОЛАШДА
АНТИБИОТИКЛАР
ҚЎЛЛАНИЛИШИНИНГ
ТАШКИЛИЙ-УСЛУБИЙ
АСОСЛАРИ
//Экономика и социум. – 2022. – №. 9 (100). – С. 561-576.
8.
Шайкулов,
Х.
Ш.
Бактериоциногенная
активность
антибиотикоустоичивых штаммов стафилококков, выделенных в
Самарканде / Х. Ш. Шайкулов, М. М. Исокулова // Перспективы развития
науки в современном мире : Сборник научных статей по материалам X
Международной научно-практической конференции, Уфа, 13 декабря
2022 года. Том Часть 3. – Уфа: Общество с ограниченной
ответственностью "Научно-издательский центр "Вестник науки", 2022. –
С. 110-116. – EDN YFFDFX.
9.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Нарзиев Джавохир Убайдуллаевич
БОЛАЛАР
ИЧАК
ЭШЕРИХИОЗИНИ
ДАВОЛАШДА
АНТИБИОТИКОРЕЗИСТЕНТ
ЛАКТОБАКТЕРИЯЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-
uslubiy jurnali. 2023. №17. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-
202
ichak-esherihiozini-davolashda-antibiotikorezistent-laktobakteriyalardan-
foydalanishning-samaradorligi (дата обращения: 23.09.2023).
10.
Шайқулов Ҳамза Шодиевич, Эрматов Низом Жумакулович, Расулова
Мухсина Розиковна, Шодиев Жавохир Хамзаевич, & Хожаназарова
Саулехан Жубатировна. (2023). MICROSOFT EXCEL ЭЛЕКТРОН
ЖАДВАЛИДАН
ФОЙДАЛАНИБ
ИЛМИЙ
ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРИНИ
СТАТИСТИК
ҲИСОБЛАШ.
INTERNATIONAL
JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER’S THEORY
,
1
(4),
67–75.
Retrieved
from
https://uzresearchers.com/index.php/ijrs/article/view/691
11.
Эрматов, Низом Жумакулович. "Абдулхаков Ихтиёр Умарович
СОЦИАЛЬНО-ГИГИЕНИЧЕСКАЯ
ОЦЕНКА
УРОВНЯ
ЗАБОЛЕВАЕМОСТИ СРЕДИ РАЗЛИЧНЫХ СЛОЕВ НАСЕЛЕНИЯ ПО
МАТЕРИАЛАМ ОБРАЩЕНИЙ И УГЛУБЛЕННЫХ МЕДИЦИНСКИХ
ОСМОТРОВ."
Биология и интегративная медицина
6 (2021): 53.
12.
Ermatov N. J., Abdulkhakov I. U. Influence of diet and other risk factors on
endocrine system diseases //Asian Journal of Multidimensional Research. –
2021. – Т. 10. – №. 8. – С. 182-189.
13.
Sh S. H., Mamarasulova N. I. O ‘TKIR DIAREYALARDA
ESHERIXIYALARNING AJRALISHI. – 2023.
14.
Sh S. H., Mamarasulova N. I., Yusupov M. I. HOZIRGI ZAMON
TALABALARINING
BILIM
OLISHIDA
ETIK–ESTETIK
CHALG’ITUVCHI OMILLAR //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 9. – №. 2.
– С. 90-95.
15.
Sh S. K. et al. OF PSEUDOMONAS AERUGINOSA IN INFECTIOUS
PATHOLOGY OF HUMANS, ANIMALS AND BIRDS //Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 3. – С.
237-240.
16.
Sh S. X., Sa’dinov P. O. Rol gemoliticheskix esherixiy v strukture ostrыx
kishechnыx infeksiy u detey i effektivnost primeneniya probiotikov v ix
lechenii. – 2014.
17.
Sh, Shayqulov H., and N. I. Mamarasulova. "ANTIBIOTIKLAR VA
ANTIBIOTIKOREZISTENT LAKTOBAKTERIYALARNI BIRGALIKDA
BOLALARDAGI ESHERIXIOZ KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO
‘LLANISHI." (2023).
