PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
81
O‘ZBEK TILIDAGI QO‘SHIMCHALARNING
IFODAVIY IMKONIYATLARI
TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Ma’rifat Xusanova
Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi
Marjona Ravshanova
Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va
ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bo‘yoqdorlik, hissiylik, kinoya, obrazlilik kabi
uslubiy xususiyatlarni yuzaga chiqarishda ayrim qo‘shimchalarning ifodaviy roli izohlanadi.
Maqolada bunday qo‘shimchalarning badiiy matnlardagi qo‘llanilishiga doir misollar tahlil
qilinadi va ularning funksional boyligi ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
qo‘shimch morfemalar, bo‘yoqdorlik, ekspressiv yuk, emotsionallik, stilistik
funksiya, badiiy matn, ifodaviylik.
O‘zbek tili agglyutinativ tillar qatoriga kirgani sababli bu tilda morfemalarning, xususan,
qo‘shimcha morfemalarning roli juda muhim. Tilimizda qo‘shimchalar nafaqat grammatik ma’no
ifodalashga, balki uslubiy, semantik, hissiy rang berishga ham xizmat qiladi. O‘zbek tilida ayrim
grammatik ko‘rinishdagi qo‘shimchalar orqali so‘zga ohangdorlik, obrazlilik, yumor yoki kinoya
kabi ma’nolarni yuklash mumkin. Bunday qo‘shimchalar tilning ifodaviy boyligini oshirib, badiiy
nutqning kuchayishiga xizmat qiladi. Ular og‘zaki nutq, folklor va publitsistik matnlarda, ayniqsa,
badiiy adabiyotda, faol qo‘llanadi. Chunki badiiy adabiyotda ijodkor mahurat bilan
qo‘shimchalarni o‘zining badiiy maqsadiga bo‘ysundiradi, tilning keng imkoniyatlarini namoyon
qilishga intiladi. Masalan, “-gina” qo‘shimchasi (ayiruv yuklamasi bilan shakldosh) odatda,
ismlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini beradi. Masalan,
Bozor boradi qizgina,
Do‘ppi oladi
qizgina
.
Noz-u karashmalar bilan
Do‘ppi kiyadi
qizgina
. (Xalq qo‘shig‘idan)
Quyida esa -gina qo‘shimchasi boshqa ma’noni ifodalaganini ko‘ramiz: “Darvozadan kirganda
tomiga qora qog‘oz yopilgan
ko‘rimsizgina
ikki uy, bir dahlizga ko‘z tushadi.” (E.A’zam).
Bu gapda -gina qo‘shimchasi sifatga qo‘shilib, uning ma’nosini kuchaytirib, qo‘shimcha ravishda
oddiylik ma’nosini ham yuklaydi.
Qo‘shimchalarda zid ma’nolilik nutqning ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan
bo‘yoqdor bo‘lib chiqishiga yordam beradi. Masalan: “Badavlat-davlatsiz”
Badavlat
bo‘lish
uchun odamning faqat puli emas, balki uning bilimi zo‘r bo‘lishi kerak. (O.Valijonov).
“Ko‘ngilli-ko‘ngilsiz”. Bu dunyoda
ko‘ngilli
insonlarga juda ham yashash qiyin bo‘ladi, chunki
ular hamma narsani ko‘ngliga yaqin olishadi. Azizning Guliga nisbatan ko‘nglida qanchalik
iliqlik bo‘lsa ham Gulining
ko‘ngilsizligi
sababli ularning munosabati uzoqqa cho‘zilmadi.
(O.Valijonov).
Bu o‘rinda muallif ikki personaj holatini aniq tasvirlash uchun zid ma’noli so‘zlardan foydalangan.
Natijada nutqning ravon, ta’sirchanligi ta’minlangan.
Tilimizda yana bir guruh qo‘shimchalar mavjudki, ular taqqoslash, o‘xshatish, qiyoslash
vazifasini bajaradi. Bular: “-cha”, “-dek”, “-sifat” kabi qo‘shimchalardir. “Keyin yirik-yirik
yulduzlar bilan tolgan osmonga
tillaqoshdek
ingichka oy suzib chiqardi.” (O‘. Hoshimov).
Ushbu jumlada -dek qo‘shimchasi o‘xshatish-qiyoslash ma'nosi ifodalamoqda.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
82
Badiiy adabiyotda, ayniqsa, xalqona ifoda vositalari yordamida yaratilgan obrazlarda bu kabi
qo‘shimchalarning rolini yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, “O‘sha,
o‘zicha
aytgan javobini
eshitib, ichimdan kuldim” degan jumlada ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi mazax, kinoya,
istehzo ma’nosini ifodalagan.
Ta’kidlash lozimki, bunday stilistik yuklama beruvchi qo‘shimchalar grammatikani estetikaga
yaqinlashtiradi. Ya’ni bu qo‘shimchalar yordamida grammatik birliklar nafaqat grammatik
funksiya, balki hissiy-estetik yuk ham olib yuradi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek tilining obrazlilik
imkoniyatlarini boyitadi.
Umuman olganda, o‘zbek tilida grammatik qo‘shimchalar yordamida ifoda kuchi sezilarli
darajada ortadi. . Bunday qo‘shimchalar xalq og‘zaki ijodi, maqollar, dostonlar, zamonaviy badiiy
asarlarda jonli va tabiiy tarzda qo‘llaniladi.
Ular turli uslubiy nuqtayi nazardan til boyligini ko‘rsatadi va xalq tafakkuridagi ohangni, jozibani
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A’zam E. Ko‘k eshik.
https://kutubxonasi1.rssing.com/
(murojaat sanasi: 09.04.2025)
2. Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari: Qissa va hikoyalar . — T.: Yangi asr avlodi, 2019.
3. Mamajonova D. O‘zbek tilining stilistikasi. — Toshkent: Fan, 2010.
4. Valijonov O. Hissiylik va bo‘yoqdorlik vositalari. — Farg‘ona, 2015.
5. Ismatullaeva D. O‘zbek tilining morfologik tizimi. — Samarqand, 2018.
