O‘ZBEK TILIDAGI QO‘SHIMCHALARNING IFODAVIY IMKONIYATLARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bo‘yoqdorlik, hissiylik, kinoya, obrazlilik kabi uslubiy xususiyatlarni yuzaga chiqarishda ayrim qo‘shimchalarning ifodaviy roli izohlanadi. Maqolada bunday qo‘shimchalarning badiiy matnlardagi qo‘llanilishiga doir misollar tahlil qilinadi va ularning funksional boyligi ochib beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
81-82

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Khusanova, M. ., & Ravshanova, . M. . (2025). O‘ZBEK TILIDAGI QO‘SHIMCHALARNING IFODAVIY IMKONIYATLARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR. Xalqaro Ilm-Fan Jurnali, 3(1), 81–82. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131183
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bo‘yoqdorlik, hissiylik, kinoya, obrazlilik kabi uslubiy xususiyatlarni yuzaga chiqarishda ayrim qo‘shimchalarning ifodaviy roli izohlanadi. Maqolada bunday qo‘shimchalarning badiiy matnlardagi qo‘llanilishiga doir misollar tahlil qilinadi va ularning funksional boyligi ochib beriladi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

81

O‘ZBEK TILIDAGI QO‘SHIMCHALARNING

IFODAVIY IMKONIYATLARI

TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR

Ma’rifat Xusanova

Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi

Marjona Ravshanova

Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va

ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bo‘yoqdorlik, hissiylik, kinoya, obrazlilik kabi

uslubiy xususiyatlarni yuzaga chiqarishda ayrim qo‘shimchalarning ifodaviy roli izohlanadi.

Maqolada bunday qo‘shimchalarning badiiy matnlardagi qo‘llanilishiga doir misollar tahlil

qilinadi va ularning funksional boyligi ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

qo‘shimch morfemalar, bo‘yoqdorlik, ekspressiv yuk, emotsionallik, stilistik

funksiya, badiiy matn, ifodaviylik.

O‘zbek tili agglyutinativ tillar qatoriga kirgani sababli bu tilda morfemalarning, xususan,

qo‘shimcha morfemalarning roli juda muhim. Tilimizda qo‘shimchalar nafaqat grammatik ma’no

ifodalashga, balki uslubiy, semantik, hissiy rang berishga ham xizmat qiladi. O‘zbek tilida ayrim

grammatik ko‘rinishdagi qo‘shimchalar orqali so‘zga ohangdorlik, obrazlilik, yumor yoki kinoya

kabi ma’nolarni yuklash mumkin. Bunday qo‘shimchalar tilning ifodaviy boyligini oshirib, badiiy

nutqning kuchayishiga xizmat qiladi. Ular og‘zaki nutq, folklor va publitsistik matnlarda, ayniqsa,

badiiy adabiyotda, faol qo‘llanadi. Chunki badiiy adabiyotda ijodkor mahurat bilan

qo‘shimchalarni o‘zining badiiy maqsadiga bo‘ysundiradi, tilning keng imkoniyatlarini namoyon

qilishga intiladi. Masalan, “-gina” qo‘shimchasi (ayiruv yuklamasi bilan shakldosh) odatda,

ismlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini beradi. Masalan,

Bozor boradi qizgina,

Do‘ppi oladi

qizgina

.

Noz-u karashmalar bilan

Do‘ppi kiyadi

qizgina

. (Xalq qo‘shig‘idan)

Quyida esa -gina qo‘shimchasi boshqa ma’noni ifodalaganini ko‘ramiz: “Darvozadan kirganda

tomiga qora qog‘oz yopilgan

ko‘rimsizgina

ikki uy, bir dahlizga ko‘z tushadi.” (E.A’zam).

Bu gapda -gina qo‘shimchasi sifatga qo‘shilib, uning ma’nosini kuchaytirib, qo‘shimcha ravishda

oddiylik ma’nosini ham yuklaydi.

Qo‘shimchalarda zid ma’nolilik nutqning ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan

bo‘yoqdor bo‘lib chiqishiga yordam beradi. Masalan: “Badavlat-davlatsiz”

Badavlat

bo‘lish

uchun odamning faqat puli emas, balki uning bilimi zo‘r bo‘lishi kerak. (O.Valijonov).

“Ko‘ngilli-ko‘ngilsiz”. Bu dunyoda

ko‘ngilli

insonlarga juda ham yashash qiyin bo‘ladi, chunki

ular hamma narsani ko‘ngliga yaqin olishadi. Azizning Guliga nisbatan ko‘nglida qanchalik

iliqlik bo‘lsa ham Gulining

ko‘ngilsizligi

sababli ularning munosabati uzoqqa cho‘zilmadi.

(O.Valijonov).

Bu o‘rinda muallif ikki personaj holatini aniq tasvirlash uchun zid ma’noli so‘zlardan foydalangan.

Natijada nutqning ravon, ta’sirchanligi ta’minlangan.

Tilimizda yana bir guruh qo‘shimchalar mavjudki, ular taqqoslash, o‘xshatish, qiyoslash

vazifasini bajaradi. Bular: “-cha”, “-dek”, “-sifat” kabi qo‘shimchalardir. “Keyin yirik-yirik

yulduzlar bilan tolgan osmonga

tillaqoshdek

ingichka oy suzib chiqardi.” (O‘. Hoshimov).

Ushbu jumlada -dek qo‘shimchasi o‘xshatish-qiyoslash ma'nosi ifodalamoqda.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

82

Badiiy adabiyotda, ayniqsa, xalqona ifoda vositalari yordamida yaratilgan obrazlarda bu kabi

qo‘shimchalarning rolini yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, “O‘sha,

o‘zicha

aytgan javobini

eshitib, ichimdan kuldim” degan jumlada ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi mazax, kinoya,

istehzo ma’nosini ifodalagan.

Ta’kidlash lozimki, bunday stilistik yuklama beruvchi qo‘shimchalar grammatikani estetikaga

yaqinlashtiradi. Ya’ni bu qo‘shimchalar yordamida grammatik birliklar nafaqat grammatik

funksiya, balki hissiy-estetik yuk ham olib yuradi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek tilining obrazlilik

imkoniyatlarini boyitadi.

Umuman olganda, o‘zbek tilida grammatik qo‘shimchalar yordamida ifoda kuchi sezilarli

darajada ortadi. . Bunday qo‘shimchalar xalq og‘zaki ijodi, maqollar, dostonlar, zamonaviy badiiy

asarlarda jonli va tabiiy tarzda qo‘llaniladi.

Ular turli uslubiy nuqtayi nazardan til boyligini ko‘rsatadi va xalq tafakkuridagi ohangni, jozibani

ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A’zam E. Ko‘k eshik.

https://kutubxonasi1.rssing.com/

(murojaat sanasi: 09.04.2025)

2. Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari: Qissa va hikoyalar . — T.: Yangi asr avlodi, 2019.
3. Mamajonova D. O‘zbek tilining stilistikasi. — Toshkent: Fan, 2010.
4. Valijonov O. Hissiylik va bo‘yoqdorlik vositalari. — Farg‘ona, 2015.
5. Ismatullaeva D. O‘zbek tilining morfologik tizimi. — Samarqand, 2018.

Bibliografik manbalar

A’zam E. Ko‘k eshik. https://kutubxonasi1.rssing.com/ (murojaat sanasi: 09.04.2025)

Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari: Qissa va hikoyalar . — T.: Yangi asr avlodi, 2019.

Mamajonova D. O‘zbek tilining stilistikasi. — Toshkent: Fan, 2010.

Valijonov O. Hissiylik va bo‘yoqdorlik vositalari. — Farg‘ona, 2015.

Ismatullaeva D. O‘zbek tilining morfologik tizimi. — Samarqand, 2018.