BADIIY DETAL TIPOLOGIYASIGA TURLICHA YONDASHUVLAR

Аннотация

Ushbu maqolada matnning kategoriyasi hisoblangan badiiy detal unga filologik yondashuv, matnning kichik elementi sifatida qarash, e’tirof etish, so‘z birikmalari, gap paradigmalari, matn negizida tahlil qilish borasidagi nazariy masalalar bayon qilingan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
185-186

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Комилова D. (2025). BADIIY DETAL TIPOLOGIYASIGA TURLICHA YONDASHUVLAR. Международный научный журнал, 3(1), 185–186. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131240
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada matnning kategoriyasi hisoblangan badiiy detal unga filologik yondashuv, matnning kichik elementi sifatida qarash, e’tirof etish, so‘z birikmalari, gap paradigmalari, matn negizida tahlil qilish borasidagi nazariy masalalar bayon qilingan.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

185

BADIIY DETAL TIPOLOGIYASIGA TURLICHA YONDASHUVLAR

Komilova Dilnoza Muhammad qizi

Farg‘ona davlat universiteti

“Umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

d.komilova0893@gmail.com +998998305880

Annotatsiya:

Ushbu maqolada matnning kategoriyasi hisoblangan badiiy detal unga filologik

yondashuv, matnning kichik elementi sifatida qarash, e’tirof etish, so‘z birikmalari, gap

paradigmalari, matn negizida tahlil qilish borasidagi nazariy masalalar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

matn, badiiy detal, birlik, xarakter, implitsit, badiiy matn, yashirin ma’no.

ANNOTATION:

This article discusses which is considered a category of text, and discusses

theoretical issues related to the philological approach to it, its consideration as a small element of

the text, recognition, word combinations, sentence paradigms, and text-based analysis.

Keywords:

text, artistic detail, unity, character, implicit, artistic text, hidden meaning

АННОТАЦИЯ:

В статье рассматривается явление адгезии, которое рассматривается как

категория текста, а также обсуждаются теоретические вопросы, связанные с

филологическим подходом к нему, его рассмотрением как малого элемента текста,

распознаванием, словосочетаниями, парадигмами предложений и анализом на основе

текста.

Ключевые слова:

текст, художественная деталь, сцепление, единство, характер,

имплицитный, художественный текст, скрытый смысл.

Matn lingvistik tadqiqot obyekti deb qaralganidan buyon amalga oshirilgan ilmiy ishlar ko‘lami

tobora kengayib bormoqda. Lisoniy tizimga oid har qanday matn dastlab falsafa,

adabiyotshunoslik, matnshunoslik, tarix va shu kabi fan yo‘nalishlarining materiali sifatida tahlil

qilingan va o‘rganilgan. Tilshunoslikda matnga lingvistik tadqiqot obyekti sifatida qarash

tendensiyasining shakllanish davri

ХХ asrning 70-80-yillardan boshlanadi, matn tilshunosligi

yo’nalishining rivojlanishi esa ХХI asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi.

Ishning yuqoridagi

bobida matn tilshunosligi yo‘nalishiga asos solgan tilshunoslar hamda ularning tadqiqotlari

to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Ma’lumki, matn tilshunoslikning o‘rganish materiali sifatida barcha

funksional uslubga oid yo‘nalishlar uchun tahlil materiali bo‘ladi. Ilmiy matn uchun ilmiylik,

publitsistik matn uchun ommaviylik, so‘zlashuv nutqi uchun oddiylik, rasmiy matnlar uchun

hujjat parametrlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Matn tadqiqi bilan bog‘liq izlanishlar natijasida matn

lingvistikasi yo‘nalishiga oid muammolarni quyidagi tartibda ajratish mumkin: matnning og‘zaki

va yozma shakllari, o‘zbek adabiy tilining barcha uslublariga oid bo‘lgan matn turlari, matn va

nutq masalalari, nutq tiplari, matnda shakl va mazmun uyg‘unligi, matn va kontekstual struktura,

lisoniy va nolisoniy sistema va matn masalalari, matnning kognitiv-pragmatik xususiyatlari kabi.

Matn turlicha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, matn sarlavhasi, epigrafi, boshlanmasi,

tugallanmasi, asosiy qism, matn birliklari va ularning nomlanishi, matnning tur va janrlar

munosabatiga ko‘ra turlari, nutq ishtirokchilarining miqdoriga nisbatan monologik, dialogik,

polilogik kabi matn turlari, nutqning tiplariga ko‘ra tasvir, muhokama, rivoya kabi matn tiplari

mavjud bo‘lib, ular, asosan, badiiy matn tahlili bilan bog‘liq tadqiqotlarda o‘rganildi. Badiiy matn

boshqa uslub matnlariga nisbatan o‘ziga xos imtiyozga ega bo‘lib, uning muallifi voqea-


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

186

hodisalarning badiiy tasvirda nazarda tutilgan mazmun mukammalligini ta’minlash uchun barcha

imkoniyatlardan foydalanish huquqiga egadir.

Muallif to‘g‘ri ta’kidlaganidek, so‘z borliqdagi har

bir narsani nomlaydi. Ijodkor esa so‘zni badiiy kontekstga olib kirar ekan, uni obrazli ifoda

shakliga aylantiradi, Sh. Balli tili bilan aytilganda, so‘z voqea-hodisalarni verbal tasvirini

ifodalash jarayonida asosiy va qo’shimcha axborotlarni dictum va modus kabi mazmun tiplariga

ham ajratadi. Bizning nazarimizda, badiiy matnda verbal tasvirga ijodkorning badiiy didi, estetik

tafakkuri va umumiy lisoniy bilim fondining qo’shilishi natijasida badiiylik kabi pragmatic

bo‘yoqlar jamlanadi. Badiiy matnda ijodkor tafakkuriga xos badiiylik mezonlarining

mukammallik darajasi nafaqat lisoniy ifodalar, balki boshqa ifoda vositlari va usullaridan

foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Matnning har bir uslubga xos turida nazarda tutilgan stil elementlari yetakchilik qiladi. Badiiy

matnda boshqa uslub

matnlaridan farqli tarzda obrazlilik, obrazli ifodaviylik, tasvirda badiiylik

kabi mezonlar yetakchilik qiladi. Muayyan til vakillariga xos lisoniy zahiralar va ularning ma’nosi

ham ijodkor ongida birdek saqlangani holda ular badiiy tafakkurning mahsuli bo‘lgan poetik

ma’no yoki ifoda mazmuni bilan uyg‘unlashadi. Denotativ ma`noga asoslangan lisoniy ma’no

ijodkor badiiy tafakkuridagi poetik bo‘yoq bilan to‘yinadi. Poetik tafakkurning lisoniy voqelanishi

olamning badiiy-lisoniy manzarasini shakllantiradi. Olamning lisoniy-badiiy manzarasi birgina

verbal vositalar bilangina shakllanmay, u nolisoniy ifoda vositalar bilan ham namoyon bo‘ladi.

Umuman, badiiy tafakkur va uning turli vositalar bilan namoyon bo‘lishi yoki moddiylashishi

badiiy matnga xos badiiylik mezonlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy matnning mohiyati

poetik fikrning lisoniy-nolisoniy ifodasida ko‘zga tashlanadi. Poetik fikrning lisoniy ifodasi

to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildiriladi. Biroq uning nolisoniy ifoda shakllari va badiiylik mezonlari

hamda ularning badiiy matndagi o‘rni to‘g‘risida fikrlar ko‘zga tashlanmaydi.

Tilshunoslikda lingvopoetika yo‘nalishi mavjud bo‘lib, u til sathi birliklarini poetik ma’no kasb

etishi bilan bog‘liq tadqiqotlarni nazarda tutadi. Ijodkorga xos badiiy did, borliq voqealarining

poetic tafakkur orqali badiiy tasvirlash va muallif konseptual olamining voqealanishida tilning

lisoniy-estetik funksiyasi matnning badiiylik mezonini belgilaydi. Badiiy matnga xos badiiylik

tushunchasi adabiyot ilmida turlicha talqin qilinadi. Bu tushuncha “...keng ma’noda san’atning

ijtimoiy ong shakllarining boshqa turlaridan farq etishini ko‘rsatuvchi tushuncha bo‘lib, uning

asosida voqelikning obrazlar vositasida aks ettirish yotadi. Badiiyliksiz san’at bo‘lmaganidek,

obrazli aks ettirishsiz badiiylik ham yo‘q. Tor ma’noda esa estetik jihatdan biror san’at asarining

yuksak saviyasini ifodalaydi, asar mazmuniga mutanosib badiiylik elementlarining

mujassamlashishini anglatadi. Badiiylik masalasi faqat shakliy jihat bilan emas, mazmun bilan

ham bog‘lanadi. Badiiylik asar mazmuniga asardagi barcha badiiy tasviriy vositalarning mos

kelishidan iboratdir. Bu moslik ijodkorning badiiy mahorati orqali amalga oshirilib, u muayyan

xalq ijodkorlarining badiiy saviyasi va didini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ijodkorning badiiy

didi, estetik tafakkuri va obrazli ifoda shakllari uning individual badiiy stilini belgilaydi. Badiiy

matnga xos ifoda shaklini tanlashda mantiqiy tamoyillar asosiy rol o‘ynaydi. Badiiy

kontekstdagina so‘zlar o‘zaro mantiqiy munosabatga kirishganlari, bir-birlarini baholaganlari,

mazmunan aniqlaganliklari, so‘zlar ifodalagan ma’nolar, tushunchalar jonlanganligi, muayyan

timsolda yaxlitlanish singari boshqa ifoda shakllari ham matn mazmuniga hamohang obrazlilikni

shakllantiradi, u ham badiiy matn muallifining estetik tafakkurini ifodalab kitobxon tasavvurida

badiiy matn qimmatini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Galperin I.R. Текст как объект лингвистического исследования. – Москва: КомКнига,

2006. – С.77,78,79.

2. Словарь иностранных слов. – М.: Руссий язык, 1988. – С. 17.

3. Мурай О.В. Феномен адгезии в лингвистике // мир науки, културы, образования. – 2022.

– № 2. – С. 412.

Библиографические ссылки

Galperin I.R. Текст как объект лингвистического исследования. – Москва: КомКнига, 2006. – С.77,78,79.

Словарь иностранных слов. – М.: Руссий язык, 1988. – С. 17.

Мурай О.В. Феномен адгезии в лингвистике // мир науки, културы, образования. – 2022. – № 2. – С. 412.