Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida, ayniqsa, lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmunan 3 xili bor drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi25.
Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan.
O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z asarlarida bolalar xarakterini, bola ruhiy dunyosini g‘oyatda mukammal yoritgan yozuvchilardan hisoblanadi. Xudoyberdi To’xtaboyev o’zbek bolalar adabiyoti, xususan, prozasida yangi davrni boshlab berdi. U yaratgan qahramonlar xatti-harakati, gap-so’zlari, xarakteri bilan yosh kitobxonlarga nihoyatda manzur bo’ldi. Yozuvchi o’z tabiatidagi bolaga xos quvnoqlik va beg’uborlikni asarlariga ko’chira oldi. Ayni shu yumor bolalar qalbiga yaqin edi, bu yaqinlik uning yosh muxlislari tobora ortib borishiga sabab bo’ldi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar betakror xususiyatlari bilan ko‘plab kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda. Jumladan, uning Hoshimjon, Mirobiddinxo‘ja, Orifjon, Akrom qovunchi singari qahramonlari, ayniqsa, yosh kitobxonlarga allaqachon yod bo‘lib ketgan. Sababi, ushbu qahramonlar xarakterining esda qolar darajada yorqinligi, quvnoqligi, bolaga xos beg‘ubor va soddadilligi, kulgi, hazil mutoyibaga moyilligi xarakter tabiatini yanada yorqinlashtirgan. Maqolada yoritilgan masala faqatgina Xudoyberdi To’xtaboyevning biografiyasi hamda yozgan asarlarini sanash emas, balki uning romanlariga xos xususiyatlarni tahliil qilish hamdir.