Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
110-120
9
28
Поделиться
Тулабаева, Р. (2023). Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 110–120. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp110-120
Рухсора Тулабаева, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор философии по филологии (PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z asarlarida bolalar xarakterini, bola ruhiy dunyosini g‘oyatda mukammal yoritgan yozuvchilardan hisoblanadi. Xudoyberdi To’xtaboyev o’zbek bolalar adabiyoti, xususan, prozasida yangi davrni boshlab berdi. U yaratgan qahramonlar xatti-harakati, gap-so’zlari, xarakteri bilan yosh kitobxonlarga nihoyatda manzur bo’ldi. Yozuvchi o’z tabiatidagi bolaga xos quvnoqlik va beg’uborlikni asarlariga ko’chira oldi. Ayni shu yumor bolalar qalbiga yaqin edi, bu yaqinlik uning yosh muxlislari tobora ortib borishiga sabab bo’ldi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar betakror xususiyatlari bilan ko‘plab kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda. Jumladan, uning Hoshimjon, Mirobiddinxo‘ja, Orifjon, Akrom qovunchi singari qahramonlari, ayniqsa, yosh kitobxonlarga allaqachon yod bo‘lib ketgan. Sababi, ushbu qahramonlar xarakterining esda qolar darajada yorqinligi, quvnoqligi, bolaga xos beg‘ubor va soddadilligi, kulgi, hazil mutoyibaga moyilligi xarakter tabiatini yanada yorqinlashtirgan. Maqolada yoritilgan masala faqatgina Xudoyberdi To’xtaboyevning biografiyasi hamda yozgan asarlarini sanash emas, balki uning romanlariga xos xususiyatlarni tahliil qilish hamdir.


background image

ISSN 2181-922X 110

120

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni

Ruxsora Tulabayeva

1

Abstrakt

O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri

Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z asarlarida bolalar xarakterini, bola ruhiy

dunyosini g‘oyatda mukammal yoritgan yozuvchilardan hisoblanadi.

Xudoyberdi To’xtaboyev o’zbek bolalar adabiyoti, xususan, prozasida yangi

davrni boshlab berdi. U yaratgan qahramonlar xatti-harakati, gap-so’zlari,

xarakteri bilan yosh kitobxonlarga nihoyatda manzur bo’ldi. Yozuvchi o’z

tabiatidagi bolaga xos quvnoqlik va beg’uborlikni asarlariga ko’chira oldi.

Ayni shu yumor bolalar qalbiga yaqin edi, bu yaqinlik uning yosh muxlislari

tobora ortib borishiga sabab bo’ldi.

Yozuvchi yaratgan qahramonlar betakror xususiyatlari bilan

ko‘plab kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda. Jumladan, uning Hoshimjon,

Mirobiddinxo‘ja, Orifjon, Akrom qovunchi singari qahramonlari,

ayniqsa, yosh kitobxonlarga allaqachon yod bo‘lib ketgan. Sababi, ushbu

qahramonlar xarakterining esda qolar darajada yorqinligi, quvnoqligi,

bolaga xos beg‘ubor va soddadilligi, kulgi, hazil-mutoyibaga moyilligi

xarakter tabiatini yanada yorqinlashtirgan. Maqolada yoritilgan masala

faqatgina Xudoyberdi To’xtaboyevning biografiyasi hamda yozgan

asarlarini sanash emas, balki uning romanlariga xos xususiyatlarni tahliil

qilish hamdir.

Kalit so’zlar:

Xudoyberdi To‘xtaboyev, roman, obraz, qahramon,

komizm, ijtimoiy muhit, ruhiyat tasviri, qahramon ruhiyati, xarakter, yumor,

qahramon, ifoda.

Kirish

Bugungi o’zbek bolalar adabiyotini yozuvchi Xudoyberdi

To’xtaboyevsiz tasavvur qilish qiyin. Uning ijodi zamonaviy o’zbek

bolalar adabiyotida shu qadar katta o’rin tutdiki, uning asarlarisiz

bu maydon bo’shab qolur edi. Maktab o’quvchisi bo’lgan har bir

bola Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha”sini o’qimay

1

Tulabayeva Ruxsora Sayfullayevna

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa dok

-

tori (PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

Iqtibos uchun:

Tulabayeva, R. 2022. “Xudoyberdi To‘xtaboyev fenomeni”.

O

‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 110-120.

110

Uzbekistan: Language and Culture 2023/ 1 (2)


background image

qolmagan. Nafaqat o’zbek, balki jahon bolalari ham bugun adib

asarlaridan namunalar o’qimoqda, zero, uning asarlari dunyoning

30 dan ortiq mamlakatlari tillariga tarjima qilindi. Bu esa yozuvchi

ning chinakam bola muxlislari son-sanoqsiz ekanini isbotlaydi.

Asosiy qism

Xudoyberdi To‘xtaboyev zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyo-

tining yetakchi vakillaridan biri. U 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona

viloyatining Katta Tagob qishlog‘ida tug‘ilgan. Otadan juda erta

yetim qolgan Xudoyberdi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarn-

ing tarbiyasida o‘sadi. 1949-yili Qo‘qon pedagogika bilim yurtini,

1955-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ni

bitirgan. So‘ng bir necha yil Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, O‘zbekis-

ton tumanlaridagi maktablarda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri, mak-

tab direktori lavozimlarida ishlagan. Bo‘lg‘usi adib 1958-yili Tosh

-

kentga keladi. 12 yil davomida turli gazetalarda ishlaydi, hozirjavob,

qalami o‘tkir jurnalist sifatida elga taniladi. Jamiyatdagi illatlar-

ni fosh etuvchi 300 dan ortiq feleton yozadi. 70-yillar boshida o‘z

ijodiy faoliyatini bolalar hayotini keng tasvirlagan asarlar yaratishga

yo‘naltiradi. Yozuvchi o‘zining tarjimayi holida bu qarorini shunday

izohlaydi: «Ruhi dunyosi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan,

savob va gunohni bilishga intiladigan, ruhi go‘zallikka talpinayotgan

bolalar dunyosida ishlasam qanday bo‘lar ekan, deb o‘ylay boshla

dim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos

o‘tib ketdim».

Darhaqiqat, adib, uzoq yillar yozuvchilik iste’dodini bolalar

va o‘smirlarning ma’naviy tarbiyasiga bag’ishladi. U ana shu maq

sadda yoshlar nashriyoti, “Gulxan”, “Yosh kuch” jurnallarida faoliyat

ko‘rsatib, o‘zi e’tirof etganidek, “...Bola va o‘smir ruhidagi go‘zallikni

himoyalashga e’tibor” berib keldi. Yozuvchi tinimsiz mehnati, izla

nishlari, bolalarga cheksiz mehr-muhabbati tufayli, o‘zbek bolalar

adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi. Adib qalamiga

mansub “Omonboy va Davronboy sarguzashti” qissasi (1974-yil),

“Sariq devni minib” (1968-yil), “Sariq devning o‘limi” (1973-yil),

“Besh bolalik yigitcha” (1976-yil), “Qasoskorning oltinboshi” (1981-

yil), “Yillar va yo‘llar” (1983-yil), “Shirin qovunlar mamlakati” (1986-

yil), “Mungli ko‘zlar” (1988-yil), “Jannati odamlar” (1996-yil) kabi

romanlari ana shu xayrli faoliyat mevalaridir.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari ko‘pgi-

na jahon xalqlari tillariga (30 dan ortiq) tarjima qilingan, italiyalik

buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo‘lgan.

111

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni


background image

Bolalarning sevimli yozuvchisi X. To‘xtaboyev 1982-yilda

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, 1991-yilda

esa “O‘

z

bekiston xalq yozuvchisi” kabi yuksak unvonlar bilan taqdir-

langan.

Nafaqat o‘zbek, balki dunyo bolalarining ham sevimli adibiga

aylanib ulgurgan Xudoyberdi To‘xtaboyev 2021-yil 22-mart kuni 89

yoshida vafot etdi.

Asarlari sharhi

Xudoyberdi To’xtaboyev bolalarga bag’ishlab juda ko’plab

asarlar yozgan. Ularning hammasi birdek mashhur bo’lmasa-da, le-

kin shunday asarlari borki, bolalar prozasining yorqin namunalari

hisoblanadi.

Adibning “Sariq devni minib” va uning mantiqiy davomi

bo‘lgan “Sariq devning o‘limi” romanlari nafaqat o‘zbek adabiy oti,

balki jahon adabiyoti ko‘lamida ham bolalar uchun yaratilgan sar-

guzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu romanlarda

6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzashtlari, uning sehrli

qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hi-

koya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan oq jundan yasalgan

sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning sehrini avval uyidagilar bilan

sinab ko‘radi. Qalpoqchaning sehrli kuchiga to‘la amin bo‘lgach, uni

dastlab qishlog‘idagi folbin xolaning yolg‘onchiligini fosh qilishga

qaratadi. Oyisiga qo‘shilib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobid

-

dinxo‘jani tavbasiga tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilar-

ni almashtirib qo‘yib, mijozlarni undan bezdiradi. Sehrli qalpoqcha

ishlaridan ruhlangan Hoshimjon uni o‘zi o‘qiydigan maktabida ham

sinay boshlaydi. Qalpoqchani kiyib olib, o‘qituvchilar konspektlari-

dan yozma ishlarni ko‘chiradi, natijada baholari, o‘zlashtirishi yax-

shilana boshlaydi, biroq shoshqaloqligi tufayli o‘zi ham pand yeydi.

O‘qituvchilar uni koyib, tartibga chaqiradilar. Bilimsiz, yaxshi baho

larga o‘qimay turib biror-bir kasb egasi bo‘lish mumkin emas, deb

uqtiradilar. Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha ishongan

Hoshimjon ustozlarining “Ilmsiz bo‘lsang, zootexnik tugul, molboqar

ham bo‘la olmaysan” degan gapiga o‘jarlik bilan, “bo‘laman, bo‘la-

man, bo‘laman”, deydi-da, eshikni tarsillatib yopib maktabdan keta-

di. Maktabini, jonajon qishlog‘ini tark etadi. Dastlab ishlari yurish

gandek bo‘ladi – u sehrli qalpoqcha yordamida ishyoqmas, dangasal-

ar, lo‘ttiboz kimsalarning rosa dodini beradi. Ularni qilmishiga yara-

sha jazolaydi. U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo‘lsa-da, aslida

sofdil, ko‘ngli beg‘araz bola. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi.

112

Ruxsora TULABAYEVA


background image

Tezroq katta bo‘lgisi keladi, sehrli qalpoqcha yordamida turli kas-

blarni egallashga harakat qiladi. Ularni bir qadar egallaydi ham, bi-

roq bilimsizligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Biror-bir maqsadga

erishish uchun sehrli qalpoqchadan tashqari, bilim ham kerakligini

unutib qo‘yadi. Shuning uchun ham qaysi kasbga qo‘l urmasin ishi

chappasiga ketadi.

Agar siz “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi” romanla-

rini to‘liq o‘qib chiqsangiz, sehrli qalpoqcha tufayli turli mutaxassis

liklarni egallagan Hoshimjon har safar chuv tushishi sabablarini

bilib olasiz.

Romanlarining o’ziga xos xususiyatlari

Bolalarga asar yozgan yozuvchining qalbida bolaga xos

xarakter-tabiat bordir. Xudoyberdi To‘xtaboyev qahramonlarini

o‘z qalbida mavjud bo‘lgan bolaga xoslik – quvnoqlik, beg‘uborlik,

tamasizlik, so‘zga chechanlik, zukkolik singari xislatlar orqali

tasvirlaydi. Bola xarakterining eng ko‘zga ko‘ringan xususiyatlaridan

biri – ularning rostgo‘yligidir. “

Yashirib nima qilaman, ko‘cha changi-

tib yurgandan ko‘ra komandaga bo‘linib olib, to‘p tepgan yoki xoliroq

joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan

joyga borib olib chillak o‘ynagan ming marta yaxshi” degan bolakay

o‘zining sodda va rostgo‘y ekanini namoyon etib turibdi.

“To‘g‘ri, men o‘sha yili oltinchi sinfda qolib ketganman, lekin

yomon o‘qiganim uchun emas, yo‘q, zinhor bunday deb o‘ylamang.

O‘sha yili sizga ochig‘ini aytsam, butun maktabimiz bo‘yicha

“to‘rt” va “besh” baholar zapasi kamayib qolgan ekan. Shuning

uchun muallimlar menga nuqul yo “uch”, yo “ikki” qo‘yaverishgan.

O‘qituvchilar: “Akromjon, sen o‘zi ajoyib bolasan-u, lekin baribir

ikki qo‘yishga to‘g‘ri keladi-da”, – deb bir necha bor uzr so‘rashgan”

[

To‘xtaboyev 2016,

5].

Fikrlar va hislar oqimi qahramon ruhiy olamini oshkor qiladi.

Parchada maktabda qoloqroq o‘qiydigan bolaning ham aybdorlik

hissi, ham shu hisni berkitish uchun ishlatilgan, bunga hatto uning

o‘zi ham ishonmaydigan yolg‘oni keltirilgan. U o‘zining “yomon”

o‘qishini, aynan shuning uchun sinfda qolib ketganini va bu sabab

hammaga ayon bo‘lib turgan haqiqat ekanligini yaxshi biladi. Ammo

shunday bo‘lsa-da, negadir buni tan olishni istamaydi. Go‘yo o‘zini

“uyatga” qoldiradigan sabab “boshqa”, ya’ni “butun maktab bo‘yicha

“to‘rt” va “besh” baholar zapasi kamayib qolgan ekan”ligi unga taskin

beradi.

Bunda qahramon ichki dunyosini tasvirlashda ichki monolog

113

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni


background image

vositasi yetakchi o‘rinda turadi. Yozuvchi shu vosita orqali o‘z

qahramonlari ichki olamining chuqur tahlilini beradi.

Yozuvchining mahorati, uzoq davom etgan izlanishlari,

bola ruhiyatini yaxshi o‘rgangani, bolalarga bo‘lgan muhabbati –

bularning barchasi uning g‘aroyib qahramonlarida bo‘y ko‘rsatdi.

Bu qahramonlarni bugungi kunda bolalar xarakterining namunasi

sifatida bemalol ko‘rsatish mumkin.

Yoki yana shu asardan: “… – Hoshim, – deb chaqirib qoldi.

–Labbay, oyijon.

– Nega tovuqlarga don bermading?…

–Nima dedingiz, oyi?

– Nega tovuqlarga don bermading, deyapman, nima qulog‘ing

devorning ostida qolganmi?

– Ovqatini o‘zi topib yesin-da. Tokaygacha tekinxo‘rlik qili-

shadi, – deb gapni chalg‘itmoqchi bo‘ldim.

–Voy o‘lmasam, suvam bermaganga o‘xshaysan.

– Oyi, tovuqlar suv ichmaydigan bo‘lib ketgan…

– Shunaqami?

– Ha, shunaqa.

Nojo‘ya gap aytib qo‘ygan bo‘lsam kerak, oyim katta kaltakni

olib quvlashga tushdi. Uch marta hovlini aylandim-da, ko‘cha eshigi

oldiga borib egilib salom berdim va bir hatlab o‘zimni ko‘chaga

oldim” [To‘xtaboyev 1982, 17-18].

Bu vaziyatda bola uchun eng oxirgi chora – qochish. U qochib

qolish bilan muammodan qutulmoqchi bo‘ladi. Ammo qochish

bosqichiga yetib borguncha uning “ancha-muncha kurashgani”

ko‘rinib turibdi. Bolaning “himoyaviy usul”i bosqichma-bosqich

rivojlanib boradi. “Labbay oyijon”, “Nima dedingiz oyi?” der ekan,

bola bu bilan onaning yumshashi yoki boshqa narsaga chalg‘ib

qolishini kutadi. Biroq bunday bo‘lmaydi. Onaning vajohati tobora

jiddiylashayotgani ma’lum. Bola ham “himoya usuli”ni kuchaytiradi.

“Ovqatini o‘zi topib yesin-da. Tokaygacha tekinxo‘rlik qilishadi”,

“Oyi, tovuqlar suv ichmaydigan bo‘lib ketgan…” degan gaplarni

qanday aytib yuborganini bilmay qoladi. Bu yerda onaning jahlini

chiqargan narsalar asosan, “tovuqlarning o‘zi ovqat topib yeyishi”,

“tekinxo‘rlik” qilavermasligi kerakligi va ularning “suv ichmaydigan

bo‘lib ketgani” singari mantiqsiz jumlalar edi. Ammo bolani bu

paytda shu gaplarning mantiqsiz ekanligi, “tekinxo‘rlik qilish”, “suv

ichmaydigan bo‘lib ketish” singari “xususiyat”larning tovuqlarga

nisbatan qo‘llab bo‘lmasligi qiziqtirmaydi. Uning uchun muhimi –

jazo olishdan qutulish. U ixtiyorsiz ravishda chechanlik bilan javob

114

Ruxsora TULABAYEVA


background image

qaytaraveradi. Natijada, yuqoridagi kabi yumor yuzaga keladi. Bu

hodisaning isboti sifatida parchaning oxirgi qismiga diqqat qiling:

“Nojo‘ya gap aytib qo‘ygan bo‘lsam kerak, oyim katta kaltakni olib

quvlashga tushdi”, deydi bola. Bundan shuni anglash mumkinki, bola

haliyam qanday xato qilganini sezgani yo‘q. Uning aqliga onasining

jahlini chiqargan narsa qandaydir “nojo‘ya gap aytib qo‘ygan”i emas,

balki aynan o‘sha mantiqsiz jumlalari ekanligi haliyam yetib kelgani

yo‘q. Buning sabablari sifatida qahramonning o‘zi tushib qolgan

vaziyatdan qutulish, o‘z aybini yopish, o‘zgalar va o‘zi oldida o‘zini

oqlash kabilarni keltirish mumkin.

Adibning “Besh bolali yigitcha” asarida ham bola ruhiyatining

o‘ziga xos jihatlarini kuzatish mumkin. “Besh bolali yigitcha” asarida

bolaning uy yumushlari bilan bandligi tengdoshlari bilan birga o‘ynab

yurish imkoniyatini bermaydi. Bolaning o‘rtoqlari uni masxara

qilishadi va atay g‘ashiga tegish uchun turli “usullar” ishlatishadi.

Ammo bu bola shunday nekbin – optimistik ruhga egaki, u o‘ziga o‘zi

taskin berish uchun kuch topadi. “Tomda o‘tirib makka uqalayapti-

yu”, “qiziq-qiziq afandilar aytib”, o‘zini-o‘zi “ovuntirib”, o‘zini-o‘zi

“kuldirib” o‘tiribdi. Ammo ayni paytning o‘zida “… Ho‘ narida, jarlik

orqasidagi yalanglikda bo‘lsa” o‘rtoqlari ko‘zini kuydirib varrak

uchirishyapti, osmonda katta-kichik varraklar shunaqangi ko‘pki,

biri shox tashlab, boshqasi havolab, chiroyli shokilalarini pirpiratib

shunaqangi chiroyli uchishyaptiki, bepoyon osmonda xuddi qush

bozori bo‘layotganga” o‘xshashi unga ichdan alam qiladi. Ruhiy

ziddiyat. Fikrlar va tuyg‘ular kurashi yuz berayotgan, yengilish hissi

sezilib turgan lahzadan bolaning ruhi o‘ziga taskin (najot) topishni

istaydi. Natijada, “qiziq-qiziq afandilar aytib”, o‘zini-o‘zi “ovuntirib”,

o‘zini-o‘zi “kuldirib” o‘tirishning o‘zi unga taskin beradi.

Biz Xudoyberdi To‘xtaboyev romanlarida yumorning

yetakchi vosita ekaligini imkon qadar talqin etishga urindik. Lekin

bolalarga atab yozilgan romanlarda yumorning ijtimoiy tabiati ham

borligini unutmaslik lozim. X.To‘xtaboyev qahramonlari hamisha

jamiyat bilan birga, turli odamlar orasida tasvirlanadi. Shuning

uchun ham q

ahramon komizmi ma’lum sharoit asosida yuzaga

keladi. Yuzaga kelgan komik vaziyatga faqat bolaning o‘zi emas, balki

jamiyat ham qisman sababchi bo‘ladi. “Mungli ko‘zlar” romanida

ijtimoiy hayot taqozosi bilan turli sinovlarga duchor bo‘lgan bolalar

obrazlari gavdalantirilgan. Bu bolalar boy oila farzandlari bo‘lib,

keyinchalik, oila inqirozga yuz tutgach, qanday ruhiy kechinmalar

iskanjasida qolganlari asarda yoritib berilgan. X.To‘xtaboyev

asarlarida milliy ruh, dunyoqarash sezilib turadi. X.To‘xtaboyev

115

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni


background image

milliy adabiy an’analarimizga, xalq og‘zaki ijodi tajribalariga

tayangan holda sarguzasht-detektiv romanning o‘ziga xos, betakror

milliy shaklini yaratdi, o‘zi yaratgan milliy shakl vositasida o‘zbek

xalqi hayotining betakror manzaralarini, yorqin milliy xarakterlarni

badiiy kashf etishga erishdi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarida keksa odamlar – chol-

kampirlar alohida mehr bilan tasvirlanadi. Hoshimjon buvisini,

Akrom sartaroshni, polkovnik Salimjon Otajonovni nihoyatda

hurmat qiladi. Akrom bilag‘on Shirin qovunlar mamlakatida Dar

Darajaday ustoz-suyanchiq topib olganidan behad quvonadi. “Besh

bolali yigitcha”da Parpi bobo, To‘ti xola, Pakana bobo, Abziy singari

keksalar yetimlarning boshini silaydilar. Yozuvchining “Jannati

odamlar” asarida esa Erka bobo, Matmusa bobo singari diyonatli,

ilmli kishilar timsoli mehr bilan tasvirlangan. Buning sababi,

yozuvchi ma’naviyatining kamolga yetishida uning bobosi va buvisi

katta hissa qo‘shganidir.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning yoshligi, bolaligi bobosi Erkaboy

va enasi Robiyabibi xonadonida o‘tgan. Bobosi yetim nabirasiga mehr

berdi, mehnatga ko‘niktirdi, diyonatli bo‘lishga undadi. Keksalardan

olgan mehr, tarbiya adibning deyarli barcha asarlarida ko‘zga

tashlanadi. Shuning uchun ham uning asarlarida keksa odamlar

obrazi bolalar singari beg‘ubor, qalbi pok, rahmdil va insonparvar

qilib tasvirlanadi.

X.To‘xtaboyev fantastik detaldan faqatgina badiiy vosita

sifatida foydalanadi. X.To‘xtaboyev fantastik realizm asosida

qahramonlar ruhiyatini ham ifoda etgan. Fantastik holatlar

qahramonlar ruhiy dunyosini, xarakterini ochib berishga xizmat

qilib, o‘ziga xos ifoda shakli hisoblanadi. X.To‘xtaboyev romanlarida

fantastik o‘rinlar hayot haqiqatiga uyg‘un tasvirlanadi. Bu esa

fantastikaning realizmni inkor etmasligini ko‘rsatadi. “Sariq devni

minib” romanida faqatgina sehrli qalpoqcha fantastik detal bo‘lib

xizmat qilsa, “Shirin qovunlar mamlakati...” romanida esa ko‘plab

fantastik holatlar tasvirlangan. Bolaning fantastik olamga tushib

qolishi asar oxirigacha fantastik tasvirning berilishini ta’minlagan.

Xudoyberdi To’xtaboyev ijodining o'rganilishi

X.To‘xtaboyev ijodi uzoq vaqtlardan beri adabiyotshunoslar

diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Uning matbuot yuzini ko‘rgan har

bir yangi asari hech qachon e’tibordan chetda qolgan emas. Taniqli

adabiyotshunos olimlarimizdan O.Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov,

S.Mamajonov, U.Normatov, A.Rasulov, P.Shermuhamedovlarning

116

Ruxsora TULABAYEVA


background image

ilmiy maqolalari, shuningdek, bolalar adabiyotining ko‘plab

tadqiqotchilari ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin.

X.To‘xtaboyev romanlarida aks etgan yumor xususida

professor U.Normatov adib bilan bo‘lgan suhbat asnosida go‘zal

ta’riflar keltiradi [Normatov, 2010, 350-362]. Olim ta’kidlashicha,

“Sariq devni minib” asari aynan yumor ruhida yaratilgani sababli,

dunyoning ko‘plab ijodkor va olimlari e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

“Jumladan, bolalar adabiyoti masalalariga bag‘ishlangan bir

anjumanda mashhur italyan bolalar yozuvchisi Janni Rodari “Sariq

devni minib” romani haqida to‘xtalib, bu asar menga o‘zining boy

fantaziyasi, hayotbaxsh yumori bilan ma’qul bo‘ldi, degan edi. Xuddi

shu asar nemis tilida chiqqanida turkshunos olima Doras Shuls

adibga o‘zbek tilida maktub yo‘llab, roman quvnoq o‘zbekona kulgisi

bilan nemis kitobxoniga ma’qul tushganligini ta’kidlaydi” [

Normatov,

2010, 350-362

].

Xulosa

Bolalar adabiyoti yosh kitobxon qalbi va ongiga chuqur

ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Shu ma’noda bolalar uchun

yaratilgan har bir asar tarbiya qiluvchi vazifasini ham o‘taydi.

Biz yuqorida Xudoyberdi To‘xtaboYev romanlaridagi komizm

yetakchiligi haqida yuqorida to‘xtaldik. Komizm “komediya” so‘zi

o‘zagiga aloqador bo‘lib, yunoncha “comikos” – kulgili va “ode” –

qo‘shiq ma’nolarini anglatadi. Unda “hayot voqea-hodisalari dra-

matik qahramonlarning kulgili fe’l-atvorlari, xatti-harakatlarida voqe

bo‘ladi” [Belinskiy, 156]. Komediyaning mohiyati komik konfliktga

bog‘liq bo‘lib, unda “hayot o‘z-o‘zini inkor qiladi”, ya’ni aslida xunuk,

zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o‘zini yaxshi, ilg‘or, pok,

odamiy qilib ko‘rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo‘lsa,

kulgi keltirib chiqaradi – deb yozadi V.G.Belinskiy [Belinskiy, 156].

Demak, komizm – hayotga, voqelikka kulgi aralash munosabat, inson

ko‘nglining kulgi yo‘li bilan poklanishidir. Bu borada Suvon Melining

“Komik katarsis” nomli maqolasida batafsil fikr yuritilgan [Suvon

Meli, 2003. 20]. X.To‘xtaboyev romanlarida bola qahramon ruhiyatida

chechanlik xususiyati ustunlik qiladi. Bu esa bola qahramonlarga xos

bo‘lgan hayotbaxsh yumorni yuzaga chiqaradi. Bolalar adabiyotida

psixologizmning eng katta xususiyati komizm hisoblanadi. Komizm

jarayonida bola qahramon psixologizmi namoyon bo‘ladi. Bola

ruhiyati komizmga moyil bo‘lib, u har qanday vaziyat, har qanday

holatda komiklikdan yiroqlashmaydi.

Yozuvchi romanlarida keksalar obrazlari tasvirlanadi. Bu

117

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni


background image

tasvir bevosita yozuvchi biografiyasi bilan aloqador bo‘lib, keksa

insonlar yozuvchi hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsa-

tadi. Umuman, keksa odamlar obrazi yozuvchida qanday muhabbat

qoldirgan bo‘lsa, yosh qahramonlar qalbida ham ana shunday mehr-

muhabbat bilan iz qoldiradi. Har bir uchragan keksa odam o‘zicha

yosh qahramonlarga yaxshiliklar qiladi, ularni ezgulikka undaydi.

Buning sababi, yozuvchidagi ruhiy-ma’naviy olam ana shunday

odamlarga izzat-hurmat va mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan edi.

Adabiyotlar

Жумабоев, Мамасоли. 2000.

ХХ аср ўзбек шеъриятида психологик

тасвир маҳорати.

Тошкент:

ДДА.

Жумабоев, Мамасоли. 2001.

Болалар адабиёти.

Тошкент:

Ўқитувчи.

Жумабоев, Мамасоли. 2002.

Ўзбек ва чет эл болалар адабиёти

.

Тошкент:

Ўзбекистон.

Жўрақулов, Узоқ. 2006.

Ҳудудсиз жилвa.

Тошкент: Фан.

Матжонов, Сафо. 2018. “Сеҳрли қалам ёхуд болалигини қўмсаган

бобо”. Х.Тўхтабоев. “Қайлардасан болалигим” китобига

сўзбоши”. Тошкент: Янги аср авлоди.

Норматов, Умарали. 1983.

Ақл ва қалб чироғи.

Тошкент: Адабиёт ва

санъат.

Норматов Умарали, 2007.

Ижод сеҳри.

Тошкент:

Шарқ.

Норматов, Умарали. 2010. “Ҳаёт ва ҳажвиёт”. Нафосат гурунглари.

Тошкент: “Муҳаррир”.

Расулов, Абдуғафур. 2012.

Ғаройиб салтанат.

Тошкент:

Адиб.

Сувон, Мели. 2003. “Комик катарсис”.

Ўзбек тили ва адабиёти,

3-сон.

20.

Тўхтабоев, Худойберди. 2016.

Ширин қовунлар мамлакати ёки

сеҳргарлар жанги.

Тошкент: Янги аср авлоди.

Тўхтабоев, Худойберди. 1982.

Сариқ девни миниб.

Тошкент: Ёш

гвардия.

Тўхтабоев, Худойберди. 2005.

Беш болали йигитча.

Тошкент: Ғафур

Ғулом номидаги НМИУ.

Қўшжонов, Матёқуб. 1982.

Ўзига хос ижод йўли.

Тошкент: Ёш гвардия.

118

Ruxsora TULABAYEVA


background image

Khudoyberdi Tokhtaboyev phenomenon

Ruxsora Tulabayeva

1

Abstrakt

Khudoyberdi Tukhtaboyev, a famous representative of Uzbek

children’s literature, is one of the writers who perfectly illuminate children’s

mental world in their works. Khudoyberdi Tukhtaboyev started a new era

in Uzbek children’s literature, as well as it’s prose. Actions, words, and

character of the characters he created were loved by young readers. The

writer was able to transfer the cheerfulness and innocence of a child in his

works. This humor was close to children’s hearts, and he gained more and

more young fans through this closeness.

The unique characters created by the writer are living in the

hearts of many readers. In particular, his characters such as Hoshimjon,

Mirobiddinkhoja, Orifjon, Akrom Kavunchi are already well known,

especially to young readers. The reason for that is that the characters of

them are very bright and memorable, cheerful, innocent and simple like a

child, prone to laughter and humor. The purpose of the article is not only

to list the biography and works of Khudoyberdi Tukhtabayev, but also to

analyze the characteristics of his novels.

Key words:

Khudoyberdi Tokhtaboyev, novel, image, hero, comedy,

social nvironment, image of the psyche, hero’s psyche, character, humor,

hero, expression.

References

Jumaboyev, Mamasoli. 2000. XX asr o‘zbek she’riyatida psixologik tasvir

mahorati.

Toshkent:

DDA.

Jumaboyev, Mamasoli. 2001. Bolalar adabiyoti.

Toshkent:

O‘qituvchi.

Jumaboyev, Mamasoli. 2002. O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti.

Toshkent:

O‘zbekiston.

Jo‘raqulov, Uzoq. 2006. Hududsiz jilva. Toshkent: Fan.

Matjonov, Safo. 2018. Sehrli qalam yoxud bolaligini qo‘msagan bobo.

X.To‘xtaboyev. “Qaylardasan bolaligim” kitobiga so‘zboshi”. –

Toshkent: Yangi asr avlodi.

Normatov, Umarali. 1983. “Aql va qalb chirog‘i”. – Toshkent: Adabiyot va

1

Tulabayeva Ruxsora Sayfullayevna

Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

Navo’i.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

For citation:

Tulabayeva, R. 2022. “

Khudoyberdi Tokhtaboyev phenomenon

”.

U

z-

bekistan: Language and Culture. Literature 1 (2)

: 110-120.

119

Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni


background image

san’at.

Normatov Umarali, 2007.

Ijod sehri.

Toshkent:

Sharq.

Normatov, Umarali. 2010. “Hayot va hajviyot”. Nafosat gurunglari.

Toshkent: Muharrir.

Rasulov, Abdug‘afur. 2012.

G‘aroyib saltanat.

Toshkent:

Adib.

Suvon, Meli. 2003. “Komik katarsis”.

O‘zbek tili va adabiyoti

3: 20.

To‘xtaboyev, Xudoyberdi. 2016. “Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar

jangi”. Toshkent: Yangi asr avlodi.

To‘xtaboyev, Xudoyberdi. 1982. Sariq devni minib. Toshkent: Yosh gvardiya.

To‘xtaboyev, Xudoyberdi. 2005. Besh bolali yigitcha. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi NMIU.

Qo‘shjonov, Matyoqub. 1982. O‘ziga xos ijod yo‘li. Toshkent: Yosh gvardiya.

120

Ruxsora TULABAYEVA

Библиографические ссылки

Жумабоев, Мамасоли. 2000. ХХ аср ўзбек шеъриятида психологик тасвир маҳорати. Тошкент: ДДА.

Жумабоев, Мамасоли. 2001. Болалар адабиёти. Тошкент: Ўқитувчи.

Жумабоев, Мамасоли. 2002. Ўзбек ва чет эл болалар адабиёти. Тошкент: Ўзбекистон.

Жўрақулов, Узоқ. 2006. Ҳудудсиз жилвa. Тошкент: Фан.

Матжонов, Сафо. 2018. “Сеҳрли қалам ёхуд болалигини қўмсаган бобо”. Х.Тўхтабоев. “Қайлардасан болалигим” китобига сўзбоши”. Тошкент: Янги аср авлоди.

Норматов, Умарали. 1983. Ақл ва қалб чироғи. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Норматов Умарали, 2007. Ижод сеҳри. Тошкент: Шарқ.

Норматов, Умарали. 2010. “Ҳаёт ва ҳажвиёт”. Нафосат гурунглари. Тошкент: “Муҳаррир”.

Расулов, Абдуғафур. 2012. Ғаройиб салтанат. Тошкент: Адиб.

Сувон, Мели. 2003. “Комик катарсис”. Ўзбек тили ва адабиёти, 3-сон. 20.

Тўхтабоев, Худойберди. 2016. Ширин қовунлар мамлакати ёки сеҳргарлар жанги. Тошкент: Янги аср авлоди.

Тўхтабоев, Худойберди. 1982. Сариқ девни миниб. Тошкент: Ёш гвардия.

Тўхтабоев, Худойберди. 2005. Беш болали йигитча. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ.

Қўшжонов, Матёқуб. 1982. Ўзига хос ижод йўли. Тошкент: Ёш гвардия.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов