Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.