XVIII-XIX asrlarning 60-yillarida. Oʻrta Osiyo xonliklarining ichki va tashqi savdo aloqalarida Toshkent shahri muhim oʻrin tutgan. Toshkent yirik, boy bozorlari va tranzit markazi sifatida mintaqada yuqori mavqega ega edi. Oʻz navbatida Toshkent Fargʻona vodiysi shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Qoʻqon, Namangan, Margʻilon, Andijon, Xoʻjant, Oʻsh va Toshkent oʻrtasida uzluksiz savdo karvonlari yurardi.