Ushbu maqolada korrupsiyaning vujudga kelish sabablari, jamiyat rivojlanishiga ta’siri va uning oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan ishlar, ushbu sohadagi davlatimiz siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohadagi yurtimiz qonunchiligi va xalqaro qonun hujjatlari yoritib berilgan
Maqolada mehnat sohasidagi xalqaro standartlar, shuningdek, О‘zbekistonning milliy mehnat qonunchiligi tizimida yollanib ishlovchi xodimlar mehnat sharoitlari, ular hayoti hamda salomatliklariga xavf solmasligiga oid normalar sharhlangan bo‘lib, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini tashkil etishning asosini mehnat munosabatlari sohasidagi davlat siyosati, О‘zbekiston Respublikasida ish joylaridagi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini ta’minlash masalalari davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yо‘nalishlari kabi masalalar o‘rganilgan.