GLOBAL EXPERIENCE TO TAKE THE TRAINING OF PROSPECTIVE MIDDLE LEGAL STAFF TO A HIGHER LEVEL

HAC
Google Scholar
To share
Xudoynazarova, O. (2024). GLOBAL EXPERIENCE TO TAKE THE TRAINING OF PROSPECTIVE MIDDLE LEGAL STAFF TO A HIGHER LEVEL. Modern Science and Research, 3(2), 1194–1196. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29651
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the world experience aimed at raising the training of promising middle-level legal personnel to a higher level has been studied, as well as several proposals for the development of this field have been presented.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1194

ISTIQBOLLI O‘RTA BO‘G‘IN YURIST KADRLARNI TAYYORLASHNI YUQORI

BOSQICHGA OLIB CHIQISHGA QARATILGAN JAHON TAJRIBASI

Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi.

Telefon:+998(93) 506 22 06

22hamza06@mail.ru

O‘razaliyeva Ro‘shana Abduvahob qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi.

Telefon:+998(91) 856 05 10

rushanaurazaliyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10712430

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

istiqbolli o‘rta bo‘g‘in yurist kadrlarni tayyorlashni yuqori

bosqichga olib chiqishga qaratilgan jahon tajribasi o‘rganilgan, shuningdek, mazkur sohani
rivojlantirishga oid bir nechta takliflar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

yuridik ta’lim, yuridik kadr, yuridik texnikum, yuridik universitet, yuridik

xizmat, advokat, advokatlik litsenziyasi,

xalqaro konvensiya, huquq xartiyasi,

huquqshunoslik

maktabi, mantiq.

GLOBAL EXPERIENCE TO TAKE THE TRAINING OF PROSPECTIVE

MIDDLE LEGAL STAFF TO A HIGHER LEVEL

Abstract.

In this article, the world experience aimed at raising the training of promising

middle-level legal personnel to a higher level has been studied, as well as several proposals for
the development of this field have been presented.

Keywords.

legal education, legal staff, legal technical school, law university, legal service,

lawyer, lawyer's license, international convention, charter of law, law school, logic.

ГЛОБАЛЬНЫЙ ОПЫТ ПОДВЕДЕТ ПОДГОТОВКУ ПЕРСПЕКТИВНЫХ

ЮРИДИЧЕСКИХ СОТРУДНИКОВ СРЕДНЕГО СРЕДНЕГО СРЕДНЕГО УРОВНЯ

Аннотация.

В данной статье изучен мировой опыт, направленный на поднятие

подготовки перспективных юридических кадров среднего звена на более высокий уровень,
а также представлены несколько предложений по развитию данной сферы.

Ключевые слова:

юридическое образование, юридические кадры, юридический

техникум, юридический вуз, юридическая служба, адвокат, лицензия адвоката,
международная конвенция, устав, юридическая школа, логика.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2020-yil

29-apreldagi

“O‘zbekiston

Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, kasb-hunar
ma’lumotiga ega malakali mutaxassislar, raqobatbardosh yuridik kadrlar tayyorlash jarayonini
yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni

xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1195

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-apreldagi 189-son Qarori imzolangan. Mazkur qonun
hujjatlari asosida o‘rta bo‘g‘in yurist kadrlarga quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

- a’lo baholarda texnikumni tamomlagan o‘quvchilar yuridik universitetga suhbat asosida

o‘qishga qabul qilinishi;

- qo‘shma ta’lim dasturi asosida chet el o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- yuridik texnikumlarni bitirib davlat korxona, muassasalarida yuridik xizmat xodimi

sifatida ishlashlari mumkin.

Istiqbolli o‘rta bo‘g‘in yurist kadrlarni tayyorlashni yanada yuqori bosqichga olib chiqish

uchun jahon tajribasidan keng miqyosida foydalanish talab etildi. Sababi yangi O‘zbekistonning
yuristlari jahon standartlariga javob beradigan xalqaro toifadagi kadrlar bo‘lib yetishib chiqmog‘i
lozim.

Shunga asosan, birma-bir xorijiy davlatlarni yuridik ta‘lim tizimi bilan tanishib chiqadigan

bo‘lsak, Buyuk Britaniyada advokat bo‘lish uchun siz huquqshunoslik darajasiga ega bo'lishingiz
kerak. Buning birinchi usuli Buyuk Britaniyada huquqshunoslik universitetlarida o’qib bakalavr
diplomiga ega bo‘lish, yoki ikkinchi usuli o‘rta bosqich yuridik ta’lim maktablarini tamomlab,
intensiv kurslarda o‘qib sertifikat olgandan keyin advokatlik litsenziyasiga ega bo‘lgan holatda
advokatlik faoliyati bilan erkin shug‘ullanish mumkin.

Buyuk Britaniya huquqshunos olimi

Doktor Doyl Stevik o‘zining ilmiy maqolasida

Sharqiy Yevropa maktablarida qonun ustuvorligi o‘quvchilarga tarbiya sifatida o‘rgatilishini
bayon qilgan. Bu degani o‘quvchilar o‘zlari yashayotgan hududlarida o‘rganayotgan narsalarini
har birini jamoada sinab ko‘rishgan. Ya’ni ularda ta’limdan ko‘ra tajribaga umumiy e’tibor
qaratilgan.

Ko‘pgina xorijiy davlatlarda har bir mavzuni xalqaro konvensiyalar va huquq xartiyalari

asosida o‘tiladi, sababi universitetlarda xalqaro toifalardagi yurist kadrlarni yetishtirib chiqaradi.

Ularda har bir dars tegishli amaliyot joyida olib boriladi.
Talabalarga

Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim

” degan fan moduli o‘tiladi.

Ushbu ta’lim

dasturi ikki qismdan iborat:

Birinchisi, Yevropa Kengashining Demokratik fuqarolik uchun ta’lim

va inson huquqlari bo‘yicha ta’lim Xartiyasi (“Xartiya”), ikkinchisi, BMTning Inson huquqlari
bo‘yicha ta’lim va ta’lim deklaratsiyasi (“UNDHRET”). Xitoyda qonun ustuvorligi va huquq
ustuvorligi degan tushunchalar bir-biriga zid tushuncha sifatida baholanadi. Shuning uchun qonun
ijodkorligi talabalarga siyosiyat bilan birga amalga oshiriladi, talabalar faol ravishda siyosatdan
xabardor bo‘ladilar.

Bundan tashqari, Germaniya o‘rta bo‘g‘in yurist kadrlarini tayyorlovchi huquqshunoslik

maktablarida bitiruvchi o‘quvchilarni bitiruv malaka imtihonini olish uchun maxsus komissiya
tuziladi va komissiya a’zolari ish beruvchilardan iborat bo‘ladi, bitiruv malaka imtihonini
muvafaqqiyatli topshirgan talabaga diplom bilan birgalikdan o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha mavjud
bo‘sh ish o‘rniga joylashishi mumkinligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.

Qolaversa, AQSh huquqshunoslik maktablari ta’limida mantiq bilan fan modullarini

o‘qitishga va belgilangan o‘quv dasturiga kiritishga katta ahamiyat qaratishadi. Sababi mazkur
tajriba yuqori bosqich yuridik ta’lim universitetlariga kirish uchun katta yordam beradi.

Xususan, AQShdagi abituriyentlar universitet huquq bo‘limiga kirish uchun LSAT (Law

School Admission Test) deb nomlanadigan test topshirishlari kerak. Ushbu test taxminan 100 ta


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1196

savoldan iborat bo’lib, 2.5 soatcha davom etadi. Savollarning deyarli barchasi abituriyentning
mantiq asoslari bo‘yicha bilmini sinaydi. Mantiq asoslariga tayanish huquq bo‘limiga o‘qishga
kirgandan keyin ham davom etadi. Bunga asosiy sabab AQShda huquqshunoslar yuridik bilimidan
ko‘ra mantiqiy fikrlash qobiliyatining teranligiga asosan baholanadi.

Chet el universitetlarida talabalar professor va o‘qituvchilarga “research assistant” (RA)

bo‘lib yollanishga harakat qilishadi. “Research assistant”ni “yordamchi tadqiqotchi” deb tarjima
qilsa bo‘ladi. Bunday ish uchun o‘quvchilarga pul to‘lanadi.

Yuqoridagi xorijiy tajribalarga asoslangan holda istiqbolli o‘rta bo‘g‘in yurist kadrlarni

tayyorlashni yuqori bosqichga olib chiqish uchun quyidagi takliflarni kiritish mumkin:

Birinchidan, bitiruvchilarni aniq ish joyi bilan ta’minlash lozim, bu tajriba ish izlashdagi

ortiqcha ovoragarchilikni oldini oladi.

Ikkinchidan, o‘quvchilarda mantiqiy nuqtayi nazarni oshirish lozim, ya’ni mantiq bilan

bog‘liq modullarni o‘quv dasturiga kiritish kerak.

Uchinchidan, O‘quvchilarni o‘rta maxsus ta’limdan boshlab ilmiy ish bilan

shug‘ullanishini ta’minlash va shu orqali o‘quvchi yoshlar huquqshunoslik fani rivojiga o‘z
hissalarini qo‘sha oladilar.

REFERENCES

1.

www.lex.uz

.

2.

www.erteam.ru

3.

www.zarnews.uz

.

4.

www.amerikaovozi.uz

.

5.

www.blogsvoanews.com

.










References

www.lex.uz.

www.erteam.ru

www.zarnews.uz.

www.amerikaovozi.uz.

www.blogsvoanews.com.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов