JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Xalilova Shaxlo Ravshanovna
Osiyo xalqaro universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
TALABALARDA KREАTIVLIK VА UNING KАSBIY TАNLOVDА TА’SIRINI
OʼRGАNISH
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarda kreаtivlik vа uning kаsbiy tаnlovdа tа’sirini
oʼrgаnish jarayoni keng yoritilgan. Pedagog olimlar tomonidan talabalarning kasbiy
tayyorgarligini shakllantirish, oʼqitish samaradorligini oshirishda interfaol taʼlim texnologiyalari
va metodlari vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik
mexanizmlarini takomillashtirish, ijodiy yoʼnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish,
talabalarda kreativlik potentsialining rivojlanganlik darajasini prognostik va kvalimetrik
metodlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega masalalardan sanaladi.
Kalit so’zlar:
Kreativ, kreаtivlik, kаsbiy tаnlov, ta’lim, ta’lim jarayoni, ijodiy yoʼnaltirilgan
taʼlim.
Аннотация:
В статье подробно рассматривается процесс изучения креативности у
студентов и ее влияние на профессиональный отбор. Формирование профессиональной
подготовки
студентов
учеными-педагогами,
совершенствование
педагогических
механизмов развития творческих способностей студентов посредством интерактивных
образовательных технологий и методов с целью повышения эффективности обучения,
разработка творчески ориентированных образовательных программ, разработка
прогностических и качественных методов оценки уровня развития творческого
потенциала студентов являются вопросами, имеющими актуальное научно-теоретическое
и практическое значение.
Ключевые слова:
Креатив, творчество, профессиональный выбор, образование,
образовательный процесс, творчески ориентированное образование.
Kirish.
Jahondagi globallashuv va taʼlimning integratsiyalashuvi jarayonlarida boʼlajak
mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biri
sifatida belgilanmoqda. Xususan, АQShning Garvard universitetida tashkil etilgan Career
Services markazi tomonidan ish beruvchilar oʼrtasida oʼtkazilgan ijtimoiy soʼrov natijalariga
koʼra, ishtirokchilarning 74,8% qismi malakali mutaxassisning kasbiy kompetentligini
belgilovchi muhim mezon sifatida kreativlik va nostandart tafakkur tarzi bilan bogʼliq sifatlarni
belgilagan. Singapurdagi Nanʼyan texnologiya universiteti Biznes maktabida ham aynan shunga
oʼxshash soʼrovnoma natijasida 62,5% ish beruvchilar bitiruvchining kreativlik sifatlarini muhim
sifatlar qatoridagi uchlikka kiritishgan.
Bugungi kunda jahonda taʼlimga kompetentli yondashuv asosida bitiruvchilarning
raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali
ijodiy taʼlim jarayonini loyihalashtirishning zamonaviy metodik taʼminotini yaratish, talabalarda
kasbiy faoliyat sohalariga yoʼnaltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy
taʼlimning taʼlim sifatini taʼminlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb
yoʼnalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Аna shu nuqtai-nazardan ilgʼor xorijiy tajribalar
asosida zamonaviy kasbiy taʼlim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash,
kompetentsiyalarga asoslangan innovatsion taʼlim muhitini shakllantirish, interfaol oʼqitish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim
oʼrin tutadi.
XXI asr globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, ilgʼor pedagogik
texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. Shu bois, XX asrning oxirlariga
qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va qanday oʼqitamiz degan savollar doirasida
tadqiqot ishlari olib borgan boʼlsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika
taraqqiyoti taʼlim tizimini shaklan va mazmunan modernizatsiya qilishni taqozo etdi. Taʼlim-
tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik
texnologiya hamda axborot-kommunikatsiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj
paydo boʼldi.
Adabiyotlar tahlili va muhokamasi:
Kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik
xislatlarlari bilan bogʼliq koʼnikmalar majmui sifatida namoyon boʼladi. Kreativlik oʼz ichiga
muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan koʼra bilish,
fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʼularida, muayyan faoliyat turlarida
namoyon boʼladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.
Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni oʼtkirlikni
belgilab beradi.
Koʼrinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bogʼliq
jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt intuitsiya va mantiqiy fikrlash jarayoni
taʼsirida kechadi.
kreativlikni rivojlantirish taʼlim mazmunini oʼzlashtirishda talabalarning bilim saviyasi,
oʼzlashtirish darajasi, taʼlim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda oʼqitish
jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish
lozimligi nazarda tutiladi:
- talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini
shakllantirish va taʼlim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini taʼminlash;
- ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam ragʼbatlantirish;
- oʼquv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib
chiqqan holda individuallashtirish;
- talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash koʼnikmalarini shakllantirish,
ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart
yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;
- kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi boʼlgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab
chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashgʼulot shakllari va metodlarini
tanlash va tadbiq etish.
Mavzu doirasida interfaol oʼqitish jarayonida talabalarda kreativlikning rivojlantirish
bosqichlarini quyidagicha ifodaladik:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich talabalarda kreativ faoliyat, kreativ faollik va
ijodkorlikka boʼlgan moyillikni qaror toptirish, taʼlimdagi innovatsion texnologiyalarning
mohiyatini anglash va yangi gʼoyalarning tugʼilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi.
2. Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Talabalardagi tadqiqot-chilik, ijodiy faollik, nostandart
tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish koʼnikmalarining shakllanishi
bilan belgilanadi.
3. Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda qoʼllash, baholash, tahlil qilish,
ommalashtirish va uni keng tadbiq etish hamda istiqbolga yoʼnaltirilgan strategik rejalarni tuzish
bilan bogʼliq jarayonlarni oʼz ichiga oladi.
Talabalardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida interfaol taʼlim jarayoni
ahamiyatli sanaladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ayon boʼladiki, interfaol oʼqitish metodlari va texnologiyalari
vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim sharti taʼlim jarayonida
erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, professor-oʼqituvchilar, oʼqituvchi va talabalarning
birgalikdagi munosabatlari va oʼzaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan oʼqitish jarayonini
yoʼlga qoʼyishdan iborat.
Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish
muhim ahamiyatga ega: maʼlumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash
koʼnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish; tasavvurlarni va obrazli
qarashlarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish; keyslar bilan
ishlash; guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish; oʼquv loyihalarini tayyorlash;
portfoliolarni shakllantirish; kastinglar uyushtirish; toʼgaraklar faoliyatini yoʼlga qoʼyish.
Muhokama.
Interfaol taʼlim metodlari va texnologiyalari talabalarda kreativlik qobiliyatlarini
shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalarda kreativlikni rivojlantirishga
yoʼnaltirilgan interfaol oʼqitish jarayoni oʼzining muayyan mazmuni, vositalari, pedagogik shart-
sharoitlari, xususiyatlari va usullariga ega.
Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar: kreativ fikrlash koʼnikmalarini
rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, oʼquv jarayonini izlanuvchilik hamda muammoli
tadqiqotchilik yoʼnalishlarini kuchaytirish; talabalarning muammolarni ijodiy yechish va
yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish; talabalarning kreativ faoliyat
tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida
yondashishlariga erishish; talabalarning kasbiy koʼnikma va layoqatlarini rivojlantirish
jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yoʼnaltirish,
ularda mustaqil ijodiy faoliyat koʼrsatish, mustaqil bilim olish, oʼz-oʼzini tarbiyalash, oʼz-oʼzini
bilish, oʼz mavqeiga ega boʼlish, talabalarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu
jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish; talabalarning kreativ layoqatlarini namoyon
qilishlari uchun qulay ijodiy-hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilardan iboratligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Алимов Х., Азимова Ф. Болалар тарбияси бўйича саволларга - жавоблар (Ота-
оналарга тавсиялар). – Т., 2014.
2.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYAGA SABAB BO ‘LUVCHI
OMILLAR. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 66-71.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3.
Ravshanovna, X. S. (2025). ZAMONAVIY MADANIY EKSPANSIYA YO
‘NALISHLARI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 42-47.
4.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING NAMOYON BO
‘LISHI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 48-53.
5.
Ravshanovna, X. S. (2025). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA INTERNETNING
MADANIY EKSPANSIYADAGI O ‘RNI. Prospects for innovative technologies in science and
education, 2(2), 84-89.
6.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
MADANIY
EKSPANSIYANING
TARIXIY
MISOLLARI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 37-41.
7.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
MADANIY
EKSPANSIYANING
IQTISODIY
TA’SIRI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 72-77.
8.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYAGA QARSHI KURASH VA
MILLIY MADANIYATNI SAQLASH. Prospects for innovative technologies in science and
education, 2(2), 78-83.
9.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING IJOBIY VA SALBIY
TOMONLARI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 60-65.
10.
Ravshanovna, X. S. (2024). PEDAGOGIK MULOQOT USLUBLARINI TANLASHDA O
‘QITUVCHINING MAHORATI. PEDAGOG, 7(4), 298-305.
11.
Ravshanovna, X. S., & Marjona, Q. (2025). BO’LAJAK PEDAGOGLARNI KREАTIV
OʼQITISH, TАRBIYALАSH VА RIVOJLАNTIRISH. ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI
RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G’OYALAR, TAKLIFLAR VA
YECHIMLAR, 7(75), 181-186.
12.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYA TUSHUNCHASI VA UNING
MAZMUNI. Prospects for innovative technologies in science and education, 2(2), 31-36.
13.
Ravshanovna, X. S. (2025). GLOBALLASHUV VA MADANIY EKSPANSIYA. Prospects
for innovative technologies in science and education, 2(2), 54-59.
14.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
TARIXIY
IMPERIYALAR
VA
MADANIY
EKSPANSIYA. Modern World Education: New Age Problems–New solutions, 2(4), 25-30.
15.
Ravshanovna, X. S. (2025). GLOBALIZATSIYA VA MADANIY EKSPANSIYA. Modern
World Education: New Age Problems–New solutions, 2(4), 9-14.
16.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING IJOBIY VA SALBIY
TA’SIRI. Modern World Education: New Age Problems–New solutions, 2(4), 41-46.
