JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
438
Xalilova Shaxlo Ravshanovna
Osiyo xalqaro universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
YOSHLАRDА KREАTIV TАFАKKURNI RIVOJLАNTIRISH ORQALI O’ZIGA
BO’LGAN ISHONCHINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarda kreаtivlik vа uning kаsbiy tаnlovdа tа’sirini oʼrgаnish
jarayoni keng yoritilgan. Pedagog olimlar tomonidan talabalarning kasbiy tayyorgarligini
shakllantirish, oʼqitish samaradorligini oshirishda interfaol taʼlim texnologiyalari va metodlari
vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini
takomillashtirish, ijodiy yoʼnaltirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, talabalarda kreativlik
potentsialining rivojlanganlik darajasini prognostik va kvalimetrik metodlarini ishlab chiqish
dolzarb ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega masalalardan sanaladi.
Kalit so’zlar: Kreativ,
kreаtivlik, kаsbiy tаnlov, ta’lim, ta’lim jarayoni, ijodiy yoʼnaltirilgan
taʼlim.
Аннотация:
В статье подробно рассматривается процесс изучения креативности у
студентов и ее влияние на профессиональный отбор. Формирование профессиональной
подготовки
студентов
учеными-педагогами,
совершенствование
педагогических
механизмов развития творческих способностей студентов посредством интерактивных
образовательных технологий и методов с целью повышения эффективности обучения,
разработка творчески ориентированных образовательных программ, разработка
прогностических и качественных методов оценки уровня развития творческого потенциала
студентов являются вопросами, имеющими актуальное научно-теоретическое и
практическое значение.
Ключевые слова:
Креатив, творчество, профессиональный выбор, образование,
образовательный процесс, творчески ориентированное образование.
Oʼziga ishonch bilan harakat qilish esa oʼzidan qoniqishga olib keladi. Hislaringizni ochiq
bayon qilishingiz qoʼyilgan maqsadga yetishishga olib keladi. Agar bu uchta oʼzini tutishni u
yoʼnaltirilgan kishi nuqtai nazaridan qaralsa, quyidagi holatda duch kelamiz. Passiv yoki agressiv
harakatlar juda keng hissiyotlarni chaqiradi: simpatiyadan tortib va gʼazab va nafratlanishgacha.
Oʼziga ishonch bilan harakatlanishda esa odam oʼz hislarini ochiq koʼrsatadi va boshqalarga
bosim oʼtkazmasdan va kamsitmasdan oʼz maqsadiga yetishadi va bunda qarshi tomonda keskin
salbiy hislar paydo qilmaydi. Oʼziga ishonch bilan harakat qilish - bu boshqalarga ziyon
yetkazmasdan oʼzini koʼrsatishdir.
Ishonch muammosi oʼziga ishongan odam atrofdagilar uchun katta avtoritetga ega boʼladi.
Hotirjam ravishda oʼziga ishonish atrofingizda oʼziga tortuvchi aura tashkil qiladi va buni
odamlar ongsiz ravishda sezadilar. Oʼziga ishongan odam boshqalar bilan yengil muloqot qiladi.
Oʼziga ishongan odam albatta muvaffaqiyatga erishadi. Oʼziga ishongan odam boshqalarni oʼziga
yengil boʼysundiradi va boshqaradi. Oʼziga ishongan odam chiqishlar, prezentatsiyalar qilgan
paytida oʼzini erkinroq tutadi. Ular energiyaga toʼlib-toshgan. Ular sharoitlarga bogʼlanib
qolishmagan. Bu sharoitlarni ularning oʼzlari yaratishadi. Muloqotdagi ishonch muammosi
bizning ichki va tashqi kommunikatsiyalarimiz orasidagi aktivliklarimiz kesishmasida yotadi,
yaʼni oʼzimiz va boshqalar bilan muloqotimiz bir-biriga bogʼliq. Kommunikativ ishonch
muammosi koʼproq oʼz hissiyotlarimizni koʼrsatishga borib taqaladi. Ularni ishonch bilan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
439
koʼrsatishni oʼrganib olib, xohlagan konfliktli sharoitda oʼziga ishongan va samarali odam
stereotipini yaratishimiz va ularni oʼzimiz foydamizga oʼzgartirish metodlarini oʼzlashtirishimiz
mumkin. Har bir odam amalda har kuni konfliktli sharoitlarga tushib turadi. Agar bixevioristik
maktablar taʼlimotiga ishonsak, bunday tez-tez takrorlanish natijasida odam tezda unda oʼzini
qanday tutishni oʼrganib olishi kerak. Lekin amaliyot buning teskarisini koʼrsatadi - oddiy odam
yangi konfliktli sharoitga umuman tayyorlanmagan boʼlib chiqadi. Bundan koʼrinib turibdiki, bu
yerda oʼzini tutishning psixika strukturasining chuqur qatlamlarida yotadigin stereotiplar haqida
bormoqda. Bu odatdagi ijtimoiylashish jarayonida shakllangan nazoratchining odamning
boshqaga jamiyatga, erkinroq odamlarga qullarcha boʼysunishidir.
Inson yaraliptiki hayotda oʼz taqdirining yoʼlidan borib, bu yoʼlda eng oliy orzularini amalga
oshirishni maqsad qilib yashaydi. Bu yoʼlda har kim turli vositalardan foydalanib, turli natijalarga
erishadi. Ushbu jihat jamiki insoniyatga hosdir. Yoshlarda kretiv tafakkurni rivojlantirish
muammolari mavzusi mohiyatiga koʼra faqat yoshlar bilan emas balki barcha uchun barobar
boʼlgan maqsadga erishish usullarini oʼzida qamrab olgan. Yoshlar - ertangi kunimiz egalari
boshlangan har qaysi islohotlarning davomchilari sifatida yuqorida qamrab olingan maqsadni
amalga oshiradi. Buning uchun ularni isteʼdodlarini vaqtida aniqlab, "muvaffaqiyat ijodkorlariga
aylantirish" hamda ularga yuksak ishonch ato etish ozod yurtning har bir fuqarosining fikridir.
Zero, birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov taʼkidlaganlaridek, "Agar biz mamalakatimizning qaysi
shahar yoki qishlogʼida boʼlmasin, yilt etgan isteʼdod uchqunini koʼrganda, hammamiz uni oʼz
vaqtida payqab, ardoqlab, parvona boʼlib, unga yoʼl ochib bersak, barcha saʼy-harakat va
intilishlarimizni ana shunday oliyjanob maqsadga qaratsak, muhtasar aytganda, hasad qilib emas,
havas qilib yashashni hayotimiz qoidasiga aylantirsak, hech shubhasiz, biz milliy taraqqiyot
bobida yanada yuksak marralarni egallashga erisha olamiz."
"Oʼzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan
qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Qonunning joriy qilinishi bejizga emas. Shiddat bilan
rivojlanib borayotgan zamonamiz bugungi kun yoshlaridan ijodiy fikrlashni, yangilik yaratishni
talab etadi.
Yoshlarda kreativ tafakkurni shakllantirishga doir tahlillar orqali kreativ tafakkur borasida
umumiy tushunchaga ega boʼlish, ijodiy tafakkurini shakllantirish yoshlarning ongini, ularning
maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.
Nazariya va amaliyot birligi taʼlim printspiga asosan esa maqsadga erishishda kreativ
tafakkurning samaradorlik darajasini aniqlash, ularning shakllantirish usullarini hayotga tadbiq
eta olish esa egallangan bilimlarning besamar ketmasligini taʼminlaydi.
Barchamizga yod boʼlib ketgan shunday jumlalar mavjud: "Islohot - islohot uchun emas islohot
inson uchun; taʼlim-taʼlim uchun emas, taʼlim inson uchun xizmat qilishi kerak”. Ushbu fikrlarga
tayangan holda mavzuning mohiyati faqat tor doiradagi maqsadlarni emas balki, oʼz oldiga
maqsad qoʼyib, uning amalga oshishiga astoydil ishonib harakat qiluvchi har qanday shaxs
"Omad-baxtning eng samarali formulasi"ga aylana olgan taqdirda u oʼz mazmunini toʼlaqonli
tarzda oqlay olgan boʼladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Алимов Х., Азимова Ф. Болалар тарбияси бўйича саволларга - жавоблар (Ота-
оналарга тавсиялар). – Т., 2014.
2.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYAGA SABAB BO ‘LUVCHI
OMILLAR.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 66-71.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
440
3.
Ravshanovna, X. S. (2025). ZAMONAVIY MADANIY EKSPANSIYA YO
‘NALISHLARI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 42-47.
4.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING NAMOYON BO
‘LISHI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 48-53.
5.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA
INTERNETNING MADANIY EKSPANSIYADAGI O ‘RNI.
Prospects for innovative
technologies in science and education
,
2
(2), 84-89.
6.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING TARIXIY
MISOLLARI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 37-41.
7.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING IQTISODIY
TA’SIRI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 72-77.
8.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYAGA QARSHI KURASH VA
MILLIY MADANIYATNI SAQLASH.
Prospects for innovative technologies in science and
education
,
2
(2), 78-83.
9.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING IJOBIY VA SALBIY
TOMONLARI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 60-65.
10.
Ravshanovna, X. S. (2024). PEDAGOGIK MULOQOT USLUBLARINI
TANLASHDA O ‘QITUVCHINING MAHORATI.
PEDAGOG
,
7
(4), 298-305.
11.
Ravshanovna, X. S., & Marjona, Q. (2025). BO’LAJAK PEDAGOGLARNI
KREАTIV OʼQITISH, TАRBIYALАSH VА RIVOJLАNTIRISH.
ZAMONAVIY TA’LIM
TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G’OYALAR, TAKLIFLAR VA
YECHIMLAR
,
7
(75), 181-186.
12.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYA TUSHUNCHASI VA
UNING MAZMUNI.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 31-
36.
13.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
GLOBALLASHUV
VA
MADANIY
EKSPANSIYA.
Prospects for innovative technologies in science and education
,
2
(2), 54-59.
14.
Ravshanovna, X. S. (2025). TARIXIY IMPERIYALAR VA MADANIY
EKSPANSIYA.
Modern World Education: New Age Problems–New solutions
,
2
(4), 25-30.
15.
Ravshanovna,
X.
S.
(2025).
GLOBALIZATSIYA
VA
MADANIY
EKSPANSIYA.
Modern World Education: New Age Problems–New solutions
,
2
(4), 9-14.
16.
Ravshanovna, X. S. (2025). MADANIY EKSPANSIYANING IJOBIY VA SALBIY
TA’SIRI.
Modern World Education: New Age Problems–New solutions
,
2
(4), 41-46.
