JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bobojonova Dilnoza Oxunjonovna
Osiyo xalqaro universiteti
“Pedagogika psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi
E-mail: bobojonovadilnozaoxunjonovna@oxu.uz
USTACHILIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ MAQOLLARI TAHLILI
Annotatsiya:
Xalqning tajribasi ma’naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda muhim rol
o`ynaydi. “Insonlarda xotiralari tufayli tajriba paydo bo`ladi: ayni bir narsa, predmet haqidagi bir
qator xotira, nihoyat, bir tajriba ahamiyatiga ega. Tajriba esa fan va san’at bilan deyarli bir xildir.
Fan va san’atga esa insonlar tajriba tufayli erishadilar. Chunki, V.Pol aytganidek, “tajriba
san’atni yaratgan (Pol – sofist, Gorgiyning shogirdi) – va to`g`ri aytgan, tajribasizlik – hodisa”.
Kalit so’zlar:
maqol, bo’z, bo’zchilik, to’quvchilik, mehnat, nunar, kasb, bo’yoqchilik, kulol,
kulolchilik, zargar, zargarlik, usta.
Usta – 1. Biror kasb-hunar bilan shug`ullanuvchi malakali mutaxassis.
2. Ma’lum kasb-hunarni egallashga o`rgatuvchi rahbar, ustoz, master.
3. Biror ishni mohirlik bilan bajaradigan mutaxassis.
4. Atoqli ot oldida kelib, shaxsning biror kasb-hunar mutaxassisi ekanligini bildiradi
1. Ustaning uyi chil ustun.
2. Yaxshi usta chaldevorda o`ltirar.
3. Usta pichoqqa yolchimas,
To`quvchi – xaltaga.
4. Duradgorlik – maymunning ishi emas.
5. Usta ustani ko`rsa, oyog`i tipirlar.
6. Dono ustadan a’lo shogird chiqadi.
7. Usta ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar.
8. Shogird bo`lmay usta bo`lmas.
9. Ustani shogird sindirar, pistani – po`choq.
1
O`zbеk tilining izоhli lug`аti. Ikki jildlik. 2-jild. А-R. Mоskvа: Rus tili. 1981, 717- b
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
10. Shogird ustadan o`tmasa, ish yitar.
11. Usta to`shakka yolchimas,
Temirchi to`qaga yolchimas.
12. Ustadan shogird o`zar.
13. O`roqchining yomoni o`roq tanlar.
14. O`roqchining rizqi – o`roqdan.
15. Usta, haqini berib qista.
16. Usta, ishni qilar yuzta.
17. Otboz ko`rgan ot tanir, ustoz ko`rgan xat tanir.
18. Xalq ko`zida – men usta,
Ikkov qolsak u usta.
Usta ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar. Ushbu maqol o`zbek maqollari manbalarining
deyarli hammasida jonli va adabiy tilda uchraydi. Chuqurroq o`ylab qaralganda esa bu mantiqqa
umuman to`g`ri kelmaydi. Mazkur maqolning to`la va mantiqqa to`g`ri keladigan varianti o`tgan
asrda O`rta Osiyoga kelgan yevropalik olim Ҳ.Vamberining 1867-yilda Leypsigda nashr etilgan
“Chig`atoy grammatikasi” nomli kitobida uchraydi: “Usta ko`rgan shogird har maqomga
yo`rg`alur, Usta ko`rmagan shogird andin-mundin qarmalur”. Arxivda N.P.Ostroumov fondida
saqlanayotgan maqollar qo`lyozmalari orasida ham shu variant bor, ammo uning birinchi qismi
sal buzilgan: “Usta ko`rgan shogird har yerga borsa ovqat qiladi, Usta ko`rmagan shogird undan-
mundan qarmalaydi”. Xullas, ota-bobolar bu va bu kabi maqollar vositasi bilan avlodlarga
turmushni yaxshi o`tkazmoq uchun ilm-hunar egallamoq, uni ilmli-bilimli, tajribali ustozlardan
o`rganmoq, bunday odamlarning qadriga yetmoq va izzat-hurmat qilmoq zarurligi yuzasidan
nasihat qilib qoldirganlar
Xalq ko`zida – men usta, ikkov qolsak u usta maqolida ba’zi odam ustaning yonida shogird
bo`lib yuradi-da, boshqa joyda kishilar ko`ziga o`zini usta qilib ko`rsatib, “Men – ustaman” deb
maqtanadi. Ustasining huzurida esa “popugi pasayib”, tilini tiyib yuradi. Ana shunday quruq
maqtanchoqlarni mazax-masxara qilganda mazkur maqolni ishlatadilar.
Dono ustadan a’lo shogird chiqadi. Fahm-farosatli, yetuk, mukammal, yuksak did sohibi bo`lgan
ustozgina yaxshi shogirdni tarbiyalay oladi. Qilgan ishining unumi yo`q, ishida tartib yo`q ustoz
qo`lidan esa hech qachon aqlli shogird chiqmaydi. Shuning uchun inson har bir ishni
boshlashdan avval yaxshilab mushohada qilib, avval-oxirini o`ylab keyin boshlagan ishiga qo`l
urishi kerak. Kim bilan do`st tutinishingga, ish boshlashingga ahamiyat bergin. Chunki bulbul
bog`ga, qarg`a axlatga boshlaydi.
2
Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov. Hikmatnoma: o`zbek xalq maqollariningt izohli lug`ati. – T.: O`zb.
Sovet Ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi,1990. – 528 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O`roqchining rizqi – o`roqdan. 1. O`roqchi – o`roq yasovchi usta, temirchi. 2. O`rish ishi bilan
shug`ullanuvchi, o`ruvchi kishi
.
Har bir kasbning o`ziga yarasha mashaqqatlari, yaxshi va yomon tomonlari bo`ladi, qolaversa,
shu kasbning mehnat qurollari ham. O`roqchining asosiy mehnati o`rish bilan bog`liq. Shu
sababli turmush sharoitini egallagan kasbi hisobiga yurgizadi. Rizqi esa kasbining asosiy noni
o`roq hisobidan keladi. Zargar bo`lsa zar, dehqon bo`lsa yerdan, bog`bon bo`lsa bog`dan,
o`roqchi esa o`roqdan kelgan rizqi evaziga kun kechiradi.
Duradgorlik – maymunning ishi emas. Duradgor – yog`ochdan imorat va boshqa har xil
buyumlar yasovchi hunarmand usta. Kasb oti
. Har bir mehnat o`z egasi qo`lida halol. Oddiy bir
narsaday ko`ringan har bir narsa ostida murakkab, mashaqqatli mehnat yotadi. Ushbu maqol
orqali har kim o`z ishini bilib qilishiga urg`u berilgan.
Adabiyotlar:
1. Oxunjonovna,
B.
D.
(2025).
HUJJATLARNING
MORFOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
Methods of applying innovative and digital technologies in the educational
system
,
2
(3), 24-30.
2. Oxunjonovna, B. D. (2025). ARIZANING YOZILISH TARTIBI.
Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 17-23.
3. MUSTAQILLIK YILLARIDA HUJJATCHILIK TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
4. Oxunjonovna, B. D. (2025). ISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI.
Methods of
applying innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 37-42.
5. Oxunjonovna, B. D. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA HUJJATCHILIK TIZIMIDAGI
ISLOHOTLAR.
Methods of applying innovative and digital technologies in the educational
system
,
2
(3), 10-16.
6. Oxunjonovna, B. D. (2025). KASB-HUNARGA OID XALQ MAQOLLARINING KASB-
HUNAR DOIRASIDA TASNIFI.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI
,
3
(2), 172-176.
7. Oxunjonovna, B. D. (2025). SHAXSIY HUJJAT MATNLARINING SEMANTIK-
STILISTIK XUSUSIYATLARI.
Methods of applying innovative and digital technologies in the
educational sy
stem
,
2
(3), 43-50.
8.
Oxunjonovna, B. D. (2025). RASMIY USLUBNING QO’’LANILISH DOIRASI.
Economics,
management, and digital innovation in education: contemporary trends and approaches
,
2
(4),
32-37.
9.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ONA TILI FANING FANLAR ICHIDA O’RNI.
Ensuring the
integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 58-62.
10.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O’ZBEK TILIDA IMLO QOIDALARINING O’RNI.
Ensuring
the integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 11-16.
11.
Oxunjonovna, B. D. (2025). USLUBIYAT BO’LIMINING QO’LLANILISH
TARTIBI.
Ensuring the integration of science and education on the basis of innovative
technologies.
,
2
(4), 43-47.
3
O`zbеk tilining izоhli lug`аti. Ikki jildlik. 2-jild. А-R. Mоskvа: Rus tili. 1981, 601- bеt.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
12.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O’ZBEK XALQ MAQOLLARINING RANG-
BARANGLIGI.
Ensuring the integration of science and education on the basis of innovative
technologies.
,
2
(4), 1-6.
13.
Oxunjonovna, B. D. (2025). TINISH BELGILARNING O’RINLI QO’LLANISHI.
Ensuring
the integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 32-37.
14.
Oxunjonovna, B. D. (2025). MAKTAB O’QUVCHILARI HAYOTIDA MAQOLLARNING
O’RNI.
ИКРО журнал
,
15
(01), 496-498.
15.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O ‘QISH VA ILM.
Ensuring the integration of science and
education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 57-62.
16.
Oxunjonovna, B. D. (2025). DO ‘STLIK VA BIRODARLIK.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 39-44.
17.
Oxunjonovna, B. D. (2025). SABR-TOQAT VA MATONAT.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 13-19.
18.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ZARGARLIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ
MAQOLLARI TAHLILI.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI
,
3
(1), 245-248.
19.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ISH YURITISH TILI VA USLUBI.
Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 3-9.
20.
Oxunjonovna, B. D. (2025). MEHNAT VA TIRIKCHILIK.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 26-32.
