JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
288
Bobojonova Dilnoza Oxunjonovna
Osiyo xalqaro universiteti
“Pedagogika psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi
.
BOG`BONCHILIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ MAQOLLARI
bobojonovadilnozaoxunjonovna@oxu.uz
Annotatsiya:
Xalqning tajribasi ma‟naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda
muhim rol o`ynaydi. “Insonlarda xotiralari tufayli tajriba paydo bo`ladi: ayni bir narsa, predmet
haqidagi bir qator xotira, nihoyat, bir tajriba ahamiyatiga ega. Tajriba esa fan va san‟at bilan
deyarli bir xildir. Fan va san‟atga esa insonlar tajriba tufayli erishadilar. Chunki, V.Pol
aytganidek, “tajriba san‟atni yaratgan (Pol – sofist, Gorgiyning shogirdi) – va to`g`ri aytgan,
tajribasizlik – hodisa”.
Kalit so’zlar:
maqol, bo‟z, bo‟zchilik, to‟quvchilik, mehnat, nunar, kasb, bo‟yoqchilik,
kulol, kulolchilik, zargar, zargarlik, usta
1. Bog` jamoli bog`bondan.
2. Bog`bonga tog` yarashmas,
Biyobonga – bog`.
3. Bog`bon bo`lmay bilmas gulning qadrini,
Ari bo`lmay, bilmas bolning qadrini.
4. Bog`bon bog`ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.
5. Bog`bon bo`lsang sarxar qil,
Dehqon bo`lsang shudgor qil.
Bog` jamoli bog`bondan.
Qilayotgan ishining unumiga qarab zimdan kuzatganda qaysi
kasb egasi ekanligini bilsa bo`ladi. Bog`bonning asosiy ishi bog` bilan kechadi. Bog`dagi
daraxtlarga oro berib, parvarishlaydi. O`z ishiga sidqidildan yondashsagina qilgan mehnatida
unum bo`ladi. O`zi qilgan ishidan huzur olib, ko`ngli ravshanlashadi. Birgina bog`bonning o`zi
emas, qolaversa, butun bashariyat ham bahramand bo`ladi. Parvarishlagan daraxtlari soyasida
insonlar hordiq chiqaradi, yetishtirgan hosilini iste‟mol qiladi.
Bog`bon bo`lmay bilmas gulning qadrini, ari bo`lmay bilmas bolning qadrini.
Biror
narsaning qadri, odatda, yo`qotilgandagina bilinadi. Gulning nafosatini har kim ham nozik his
qilib bilmaydi. Aynan uni yetishtirgan, parvarishlagan insongina undan o`zgacha huzur oladi. Bir
tomchi asalning qadrini esa minglab gul nektariga qo`ngan ari biladi. Qachonki inson biror
maqsadga erishish barobarida mashaqqat cheksagina, keyinchalik qadriga yeta oladi. Osongina
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
289
qo`lga kiritilgan narsa esa tezda havoga sovurilib ketadi. Zar qadrini zargar biladi, suv qadrini
suvchi, gul qadrini bog`bon biladi. Birgina gulni yetishtirish uchun bog`bon urug`ni yerga
qadaydi, yumshatadi, sug`oradi, parvarishlaydi. Shuning uchun ham gulning qadriga uni
yetishtirgan insonchalik hech kim yeta olmaydi.
Usta ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar. Ushbu maqol o`zbek maqollari
manbalarining deyarli hammasida jonli va adabiy tilda uchraydi. Chuqurroq o`ylab qaralganda
esa bu mantiqqa umuman to`g`ri kelmaydi. Mazkur maqolning to`la va mantiqqa to`g`ri
keladigan varianti o`tgan asrda O`rta Osiyoga kelgan yevropalik olim Ҳ.Vamberining 1867-yilda
Leypsigda nashr etilgan “Chig`atoy grammatikasi” nomli kitobida uchraydi: “Usta ko`rgan
shogird har maqomga yo`rg`alur, Usta ko`rmagan shogird andin-mundin qarmalur”. Arxivda
N.P.Ostroumov fondida saqlanayotgan maqollar qo`lyozmalari orasida ham shu variant bor,
ammo uning birinchi qismi sal buzilgan: “Usta ko`rgan shogird har yerga borsa ovqat qiladi, Usta
ko`rmagan shogird undan-mundan qarmalaydi”. Xullas, ota-bobolar bu va bu kabi maqollar
vositasi bilan avlodlarga turmushni yaxshi o`tkazmoq uchun ilm-hunar egallamoq, uni ilmli-
bilimli, tajribali ustozlardan o`rganmoq, bunday odamlarning qadriga yetmoq va izzat-hurmat
qilmoq zarurligi yuzasidan nasihat qilib qoldirganlar
1
.
Xalq ko`zida – men usta, ikkov qolsak u usta maqolida ba‟zi odam ustaning yonida shogird
bo`lib yuradi-da, boshqa joyda kishilar ko`ziga o`zini usta qilib ko`rsatib, “Men – ustaman” deb
maqtanadi. Ustasining huzurida esa “popugi pasayib”, tilini tiyib yuradi. Ana shunday quruq
maqtanchoqlarni mazax-masxara qilganda mazkur maqolni ishlatadilar.
Dono ustadan a‟lo shogird chiqadi. Fahm-farosatli, yetuk, mukammal, yuksak did sohibi
bo`lgan ustozgina yaxshi shogirdni tarbiyalay oladi. Qilgan ishining unumi yo`q, ishida tartib
yo`q ustoz qo`lidan esa hech qachon aqlli shogird chiqmaydi. Shuning uchun inson har bir ishni
boshlashdan avval yaxshilab mushohada qilib, avval-oxirini o`ylab keyin boshlagan ishiga qo`l
urishi kerak. Kim bilan do`st tutinishingga, ish boshlashingga ahamiyat bergin. Chunki bulbul
bog`ga, qarg`a axlatga boshlaydi.
O`roqchining rizqi – o`roqdan. 1. O`roqchi – o`roq yasovchi usta, temirchi. 2. O`rish ishi
bilan shug`ullanuvchi, o`ruvchi kishi
2
.
Har bir kasbning o`ziga yarasha mashaqqatlari, yaxshi va yomon tomonlari bo`ladi,
qolaversa, shu kasbning mehnat qurollari ham. O`roqchining asosiy mehnati o`rish bilan bog`liq.
Shu sababli turmush sharoitini egallagan kasbi hisobiga yurgizadi. Rizqi esa kasbining asosiy
noni o`roq hisobidan keladi. Zargar bo`lsa zar, dehqon bo`lsa yerdan, bog`bon bo`lsa bog`dan,
o`roqchi esa o`roqdan kelgan rizqi evaziga kun kechiradi.
Adabiyotlar:
1
Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov. Hikmatnoma: o`zbek xalq maqollariningt izohli lug`ati. – T.: O`zb.
Sovet Ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi,1990. – 528 b.
2
O`zbеk tilining izоhli lug`аti. Ikki jildlik. 2-jild. А-R. Mоskvа: Rus tili. 1981, 601- bеt.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
www.wordlyknowledge.uz
ILMIY METODIK
JURNAL
290
1.
Oxunjonovna,
B.
D.
(2025).
HUJJATLARNING
MORFOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
Methods of applying innovative and digital technologies in the educational
system
,
2
(3), 24-30.
2.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ARIZANING YOZILISH TARTIBI.
Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 17-23.
3.
MUSTAQILLIK YILLARIDA HUJJATCHILIK TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
4.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI.
Methods of
applying innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 37-42.
5.
Oxunjonovna, B. D. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA HUJJATCHILIK TIZIMIDAGI
ISLOHOTLAR.
Methods of applying innovative and digital technologies in the educational
system
,
2
(3), 10-16.
6.
Oxunjonovna, B. D. (2025). KASB-HUNARGA OID XALQ MAQOLLARINING KASB-
HUNAR DOIRASIDA TASNIFI.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI
,
3
(2), 172-176.
7.
Oxunjonovna, B. D. (2025). SHAXSIY HUJJAT MATNLARINING SEMANTIK-STILISTIK
XUSUSIYATLARI.
Methods of applying innovative and digital technologies in the educational
sy
stem
,
2
(3), 43-50.
8.
Oxunjonovna, B. D. (2025). RASMIY USLUBNING QO‟‟LANILISH DOIRASI.
Economics,
management, and digital innovation in education: contemporary trends and approaches
,
2
(4),
32-37.
9.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ONA TILI FANING FANLAR ICHIDA O‟RNI.
Ensuring the
integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 58-62.
10.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O‟ZBEK TILIDA IMLO QOIDALARINING O‟RNI.
Ensuring
the integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 11-16.
11.
Oxunjonovna, B.
D.
(2025). USLUBIYAT BO‟LIMINING
QO‟LLANILISH
TARTIBI.
Ensuring the integration of science and education on the basis of innovative
technologies.
,
2
(4), 43-47.
12.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O‟ZBEK XALQ MAQOLLARINING RANG-
BARANGLIGI.
Ensuring the integration of science and education on the basis of innovative
technologies.
,
2
(4), 1-6.
13.
Oxunjonovna, B. D. (2025). TINISH BELGILARNING O‟RINLI QO‟LLANISHI.
Ensuring
the integration of science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(4), 32-37.
14.
Oxunjonovna, B. D. (2025). MAKTAB O‟QUVCHILARI HAYOTIDA MAQOLLARNING
O‟RNI.
ИКРО журнал
,
15
(01), 496-498.
15.
Oxunjonovna, B. D. (2025). O „QISH VA ILM.
Ensuring the integration of science and
education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 57-62.
16.
Oxunjonovna, B. D. (2025). DO „STLIK VA BIRODARLIK.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 39-44.
17.
Oxunjonovna, B. D. (2025). SABR-TOQAT VA MATONAT.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 13-19.
18.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ZARGARLIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ
MAQOLLARI TAHLILI.
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI
,
3
(1), 245-248.
19.
Oxunjonovna, B. D. (2025). ISH YURITISH TILI VA USLUBI.
Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system
,
2
(3), 3-9.
20.
Oxunjonovna, B. D. (2025). MEHNAT VA TIRIKCHILIK.
Ensuring the integration of
science and education on the basis of innovative technologies.
,
2
(2), 26-32.
