
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
7
OʻZBEKISTONDA TURIZM SAMARADORLIGINI
RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT SOHASINING ROLINI
TAHLIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Toxirov E.T.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
etokhirov@yahoo.com
Aliyev R.M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
Aliyev M.M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
Shukirillaeva M.,
Tashkent State Transport University, Tashkent, Uzbekistan
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp7-13
Annotatsiya:
Transport va turizm oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud boʻlishi
vaqt oʻtishi bilan oʻzgargan turizmning rivojlanishida turli xil transport turlari turli rol
oʻynaydi. Ushbu maqolaning maqsadi Oʻzbekiston temir yoʻllarining turizmni
rivojlantirishdagi tanlangan muammolarini tahlil qilish va temir yoʻllardan turizm
maqsadlarida foydalanishning zamonaviy setvislarini yaratishdan oborat. Dastlab,
transport va turizm oʻrtasidagi munosabatlar bayon qilinadi va qisqacha
Oʻzbekistonda sayyohlik yoʻnalishi sifatida tahlil qilinadi. Oʻzbekistonda temir yoʻl va
temir yoʻl transportining oʻrni baholanadi (Oʻzbekistondagi temir yoʻllarning holati,
temir yoʻl infratuzilmasi, temir yoʻl transportini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi
temir yoʻl transporti tarifi va bir qancha mintaqaviy yoʻllarda yoʻlovchi tashish
harakatining faoliyati). Shuningdek Oʻzbekistondagi temir yoʻllar va ulardan turistik
maqsadlarda foydalanish yoʻllari bilan tanishtiriladi. Turizmni rivojlantirish uchun
temir yoʻllardan foydalanishning tanlangan soʻngi namunalariga eʻtibor qaratilgan.
Kalit soʻzlar: Turizm, temir yoʻl, turist, tez yurar poyezd.
Kirish
Hozirgi vaqtda turizm butun dunyoda biznesning eng tez rivojlanayotgan,
dinamik va koʻp qirrali tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Temir yoʻl turizmi sayohatning
sekin va barqaror shakli boʻlib, boshqa transport turlariga nisbatan kamroq energiya
sarflaydi va atrof-muhitga kamroq ta
’sir qiladi. Transport turizm industriyasining
ajralmas qismi hisoblanadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tez tezyurar temir yoʻl
(HSR) qurilishi davri boshlangan va hozirda dunyodagi yirik HSR tarmogʻiga ega.
Temir yoʻl turizmi industriyasining rivojlanishi bilan birga mamlakatimizda turizm
sohasidagi tadqiqotlarning asosiy eʻtibori samaradorlikni va barqarorlikni
rivojlantirishga qaratilgan.
Adabiyotlar sharxi
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab sayyohlikni
yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent Markaziy Vokzalida Sayyohlik agentliklari
uchun pul oʻtkazmalari orqali chipta xarid qilishga xizmat qiluvchi maxsus
chiptaxonani yoʻlga qoʻdi. Bu turistik agentliklariga hujjatlarni rasmiylashtirish,

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
8
chiptalarni xarid qilishda qoʻshimcha qulayliklar yaratadi. Bu qulaylik orqali ular har
bir sayyohlik agentliklari bilan shartnomalarni chiptaxonaning oʻzida tuzadi,
hujjatlarni rasmiylashtirish, pul oʻtkazmalarini hisob kitob qiladi, turistik agentliklar
tomonidan buyurtmalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqadi hamda ularni nazorat qiladi.
Guruhli
buyurtmalarga
chiptalarni
soddalashtirilgan
holda
rasmiylashtirish
jarayonlari amalga oshirish kabilarni oʻz ichiga oladi [1]. Sayyohlar va yoʻlovchilar
dam olishlari uchun Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nukus, Qarshi,
Termiz, Toshkent janubiy temir yoʻl vokzallarida zamonaviy mehmonxonalar, kutish
va yuqori darajada xizmat koʻrsatish zallari hamda namozxona, kutubxona,
shuningdek, turli xil savdo shaxobchalari tashkil etildi [2].
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 1000 kilometrga yaqin elektrlashtirilgan temir
yoʻllar mavjud boʻlib, ularning aksariyatida tezyurar poyezdlar harakatlanadi.
Tezyurar temir yoʻllarni rivojlantirish Oʻzbekiston sayyohlik sanoati uchun ham
foydali hisoblanadi [3].
Turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun, avvalo zarur infratuzilmani
takomillashtirish lozim. Birinchisi, transport boʻlsa, ikkinchisi logistikadir [4]. Bugungi
kunda hukumat tomonidan transport xarajatlarini kamaytirish, sayyohlarning
aviaqatnovlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida xalqaro va mahalliy
yoʻnalishlarda loukosterlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, zamonaviy tezyurar
poyezdlarga chipta sotib olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga jiddiy
eʻtibor qaratilmoqda.
2016-
yilda Oʻzbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni
boshlandi. 2016
–2020-yillar uchun turizmni rivojlantirishga doir 60 dan ortiq
normativ hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatlar oʻrtasidagi viza tartibi soddalashtirildi.
2018-yilda 9 davlat, 2019-yilda 47, 2020-yilda 20, 2021-yilda yana 5 ta davlat
fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. 2021-yil 10-
may holatiga koʻra 90 ta
davlat fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilgan. Bundan tashqari, 80 ga yaqin davlat
fuqarolari soddalashtirilgan tartibda elektron viza olish uchun ariza topshirish
imkoniyatiga ega boʻldilar. Xorijiy fuqarolarning ayrim toifalari uchun beshta yangi
turdagi “Vatandosh”, “Talaba”, “Akademik”, “Tibbiyot” va “Ziyorat” kabi vizalar joriy
etildi. Viza rejimini yumshatish allaqachon ijobiy natijalarni berdi. Agar 2019-yilda
xorijiy sayyohlar sonining oʻrtacha oʻsishi 26 foizni tashkil etgan boʻlsa, vizasiz rejim
joriy etilgan mamlakatlar oʻrtasidagi oʻsish sur’ati 58 foizga yetdi [5].
Statistik ma
’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500
nafar sayyoh tashrif buyurgan. 2018-yilda esa bu k
o‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil
qilgandi. Turistlar oqimi hisobot davriga nisbatan 26,2 foizga oshdi.
Eng k
o‘p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo‘lib,
ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni
495 600 kishini tashkil qilgan b
o‘lsa, uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurchilar
soni esa 488 400 ming kishidan iborat b
o‘lgan [6].
Tadqiqot tahlili
O‘zbekistonga keluvchi turistlar koʻrsatkich Oʻzbekiston boʻyicha 1995-yildan
2019-
yilgacha boʻlgan ma’lumotlarni koʻrishimiz mumkin (1-rasm). Oʻzbekiston
boʻyicha bu davrda oʻrtacha koʻrsatkich 1.392 ming turistni tashkil etib, 1995-yilda
minimal 92 ming sayyohni va 2019-yilda maksimal 6.749 ming sayyohni tashkil
etgan (2-
rasm). 2019 yildagi soʻnggi qiymat 6.749 ming turistni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, 2019-
yilda dunyoning 165 davlati boʻyicha oʻrtacha 13.511 ming
sayyoh tashrif buyurgan [7].

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
9
1-rasm.
O‘zbekistonga keluvchi turistlarni o‘sish ko‘rsankichi
2-rasm.
O‘zbekistonga turistlar oqimining yillik soni
Xalqaro turizmdan tushgan daromad Oʻzbekiston boʻyicha 1996-yildan
2020-
yilgacha boʻlgan ma’lumotlarni koʻrib chiqilgan (3-rasm). Oʻzbekiston boʻyicha
bu davrda oʻrtacha qiymat 434 million AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa,
1996-yilda kamida 15 million AQSh dollari, 2019-
yilda esa maksimal koʻrsatkich
1.679 million dollarni tashkil qilgan (4-rasm). 2020-yildagi
soʻnggi qiymat 395 million
dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda dunyoning 125 ta davlati
boʻyicha oʻrtacha 3859 million dollarni tashkil etadi [8].

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
10
4-rasm. Xalqaro turizmdan tushgan daromad
o‘sish ko‘rsankichi
5-rasm. Xalqaro turizmdan tushgan daromad k
o‘rsankichining
yillar b
o‘yicha ko‘rinishi
Tadqiqot maqsadi va savollari
Ushbu tadqiqotning maqsadi Oʻzbekistonda temir yoʻllarning turizm
dasturlarida asosiy yetakchi va lider, motivator va sayohatchi sifatidagi ta
’sirini
oshirish va tahlil qilishdan iborat [9].
Tadqiqotlar natijasida quyidagi savollarga javob beriladi:
1. Temir y
o‘l turizmini rivojlantirishning qayday ustuvor yo‘nalishlari o‘rnatilishi
kerak?
2. Temir y
o‘l turizmi servislarini qanday me’zonlar asosida tashkil etish
mumkin?
3. Istiqbolli temir y
o‘l va innovasion milliy turizm aloqalari qayday
shakllantiriladi?
Tashish tizimidagi temir yoʻl turizm sayohatini rivojlantirishda, anʻanaviy,
tarixiy va haqiqiylik hissini yaxshilashga intilgan holda olib borishi kerak [10].
Bundan tashqari, tajribali sayohat sahnasida sayohatchilarning umidlariga javob
beradigan xizmatlarni joriy qilish kerak [11-13]. Barqarorlik kabi boshqa omillar bilan

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
11
birgalikda turizm mahsulotida tatbiq etilishi va ilgari surilishi kerak, chunki ular
asosan yangi avlodlar tomonidan izlanadi. Temir yoʻl turizm mahsulotini ishlab
chiqish jarayoni vaqt oʻtishi bilan turistik destinatsiya hamjamiyatidagi barcha
ishtirokchilarni jalb qilishi kerak. Koʻpgina temir yoʻl turizmi tashabbuslari davlat
moliyaviy mablagʻlari hisobidan ishlab chiqilgan, ammo tadbirkorlik tashabbuslari
uzoq muddatli turistik yoʻnalishning hayotiy siklida oʻrnatilishi kerak boʻladi. Ushbu
sektorga mos boʻlmagan hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun
turizmni rivojlantirish avvalgi faoliyat usullarini tubdan oʻzgartirishni, jumladan
biznes yaratish, salohiyatni oshirish, ta
’lim va bilim almashish, tarmoq va davlat-
xususiy oʻzaro munosabatlarga yangi yondashuvlarni talab qiladi.
Asosiy qism
Mamlakatning sayyohlik potensialini oshirishni istarkanmiz xizmat k
o‘rsatish
sifatinigina emas, muddatlarini ham optimallashtirish lozim. 24 soat ishlaydigan
restoranlar, dam olish maskanlari, shahar b
o‘ylab odam gavjum joylarda valyuta
ayriboshlash shoxobchalari tashkil qilish lozim. Sayyohlar uchun ma
’lumot xizmati
tashkil etilishi esa, istalgan paytida q
o‘ng‘iroq qilib o‘zi uchun zarur ma’lumotni olish
imkoni paydo b
o‘ladi. Sayyohlar ko‘p bo‘ladigan joylarda infokioskalar tashkil qilinib
unda xushmuamala mutaxassislarni biriktirish joiz. Shahar xaritalari, ma
’lumot
bukletlari avtobus va transport marshrutlari, bepul tarqatilishi y
o‘lga qo‘yilishi kerak.
Tadqiqot metodologiyasi
Davlatlar hududida siyosiy va jinoiy vaziyatning b
o‘shligi tufayli ko‘chalarda,
k
o‘ngil ochar joydarda, turistga kelib tushadigan va vataniga qaytadigan
aeroportlarda, temir y
o‘l va avtovokzallarda xavf-xatarlar yuz beradi. Bunday
joylarda turistlarning pullarini, yuklarini
o‘g‘irlab ketilishi, savdo-sotiqda buyumlarni
yuqori narxda sotib olishi xavfi, taksida tunab ketishi, tovlamachilik va boshqa
k
o‘ngilsiz hodisalar yuz berishi mumkin.
O‘zbekistonda xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan
ishlarni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda har tomonlama yoritish
b
o‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
– yuqori professional darajada, shu jumladan xorijiy tillarda bosma va
videomateriallar tayyorlash;
– samolyot bortlarida, aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida, turizm
namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi
diplomatik vakolatxonalar orqali videolavhalar namoyish etilishini hamda bosma
materiallar tarqatilishini ta
’minlash;
– O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida turistlarda
ijobiy fikrni shakllantirishga y
o‘naltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayerlarini
tarqatishda turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni k
o‘rish:
Transportda xavfsizlikni ta
’minlashda transport obyektlari va ularga tutash
hududlarda
jamoat
xavfsizligini
ta
’minlashning
markazlashgan
hamda
muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situasion-tahlil
markazini tashkil etish;
– transport va turizm obyektlarida apparat-dasturiy intellektual videokuzatuv
hamda
“tashvish tugmalari” tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash;
– noqonuniy ravishda turistik xizmatlar ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha
manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
12
Xulosa
Sayyohlik salohiyatining jadal rivojlanishi jahon miqyosida ham eʻtibordan
chetda qolmagan. 10 dan ortiq nufuzli xorijiy nashrlar Oʻzbekistonni eng jozibali
turistik yoʻnalishlardan biri sifatida eʻtirof etgan. Xususan, soʻnggi yillarda
Oʻzbekiston “The Guardian” tomonidan dunyoning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishi,
“Wanderlust” ma’lumotlariga koʻra eng tez rivojlanayotgan davlat va “Grandvoyage”
talqini boʻyicha eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yoʻnalishi sifatida eʻtirof
etilgan. Oʻzbekiston “CrescentRating” tomonidan tuzilgan “Global musulmon
turizmi” indeksida 10 pogʻonaga koʻtarildi. Bundan tashqari, Jahon sayyohlik
tashkiloti Oʻzbekistonni turizm eng tez rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatida 4-oʻringa
loyiq topgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiyalar va raqamlashtirishdan foydalangan
holda Oʻzbekiston temir yo‘l sayyohlik industriyasini biznes modellarini yanada
kengroq va jadal oʻzgartirish, shuningdek, bozorning eko, agro va etno turizm kabi
salohiyati segmentlarini k
o‘tarishda transport sohasining o‘rnini ko‘tarish lozim.
Kutilayotgan natija
Yuqori zamonaviy sayyohlik temir yoʻl xizmatini yaratish natijasida yuzaga
keladigan asosiy samaralar:
– xorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlanadi;
– temir yo‘l vokzallari hududlarida, turizm namoyishi obyektlari va
infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali
videolavhalar namoyish etilishi hamda bosma materiallar tarqatilishi ta
’minlanadi;
– O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida turistlarda
ijobiy fikrni shakllantirishga y
o‘naltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayerlari ishlab
chiqariladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni k
o‘rish:
Transportda xavfsizlikni ta
’minlashda transport obyektlari va ularga tutash
hududlarda
jamoat
xavfsizligini
ta
’minlashning
markazlashgan
hamda
muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situasion-tahlil
markazini tashkil etiladi;
– transport va turizm obyektlarida apparat-dasturiy intellektual videokuzatuv
hamda
“tashvish tugmalari” tizimi tashkil etiladi;
– noqonuniy ravishda turistik xizmatlar ko‘rsatishning oldi olinadi.
Tadqiqotning ahamiyati
Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishda temir yoʻl transporti
sohasi haqida yangi tushunchalar beradi.
Ushbu tadqiqot orqali hamjamiyat turizm muammolaridan, ayniqsa
transportda foydalanishni ragʻbatlantirishni amalga oshiradi. Odamlar va temir yoʻl
loyihasi institutlari temir yoʻl turizmini COVID-19 dan keyin muqobil qoʻshimcha
imtiyoz sifatida koʻrib chiqishi mumkin.
Tadqiqotlar orqali temir yoʻl kompaniyalari oʻz mehmonlarini va mahalliy
turizm bozorini yaxshiroq tushunishlari mumkin. Tashrifchilarning xohish-istaklari va
motivatsiyasini tushunib, siz biznes muammolarini osonroq aniqlashingiz va hal
qilishingiz, ustuvorliklarni belgilashingiz, xizmatlaringizga talabni oshirishingiz va
foydani kuchaytirishingiz mumkin.

«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1.
O‘zbekiston temir yo‘llari AJ web-sahifasi., Turizm sohasini rivojlantirish
maqsadida maqolasidan. Internet: [https://railway.uz/].
2.
O‘zbekiston temir yo‘llari AJ web-sahifasi., Sayyohlar uchun zamonaviy
avtotranspo maqolasidan. Internet: [https://railway.uz/].
3. Dunyo axborot agentligi web-sahifasi.,
O‘zbekistonda tezyurar temir
y
o‘llarni rivojlantirish sohasidagi islohotlar Belgiya OAV diqqat markazida. Internet:
[https://dunyo.info].
4. Dunyo axborot agentligi web-sahifasi., Ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari kengaymoqda. Internet: [https://dunyo.info].
5. Reviewuz web-sahifasi., Turizm sohasini rivojlantirish b
o‘yicha 2019 yilda
amalga oshirilgan ishlar. Internet: [https://review.uz]
6. Xalimova F. Mamlakat turizmini barqaror rivojlanish holati. Me
’morchilik va
qurilish muammolari 2020-
yil, №1 son. – Toshkent, 2020. – 148-150.
7. TheGlobalEconomy web-sahifasi., Uzbekistan: Internet: [https://www.
theglobaleconomy.com]
8. Aliev R.M., Tokhirov E.T., Aliev M.M. The Mathematical Model of the
Sensor for Monitoring the State of the Track Section with Current Receivers //
International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE).
– 2020. –
Т. 8. – №. 5. – С. 5634–5637.
9. Aliev M. et al. Four-pole rail coefficients of the jointless track circuit in the
presence of one of the ends track circuit insulating joints // Chemical Technology,
Control and Management.
– 2019. – Т. 2019. – №. 4. – С. 89–92.
10. Aliev R., Aliev M. Algorithm for Determining the Optimal Length of the
Rail Line by Current Automatic Locomotive Signaling // International Conference
TRANSBALTICA: Transportation Science and Technology.
– Springer, Cham,
2021.
– С. 363–374.
11. Xalmedova L, Aliev R. Using new site templates based on ms sharepoint
//
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий
на транспорте. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 17–20.
12. Gulyamova M., Aliev R. MYSQLni Ishlab Chiqish va Boshqarish Vositalari
//
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий
на транспорте. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 196–198.
13. R.M. Aliev, E.T. Tokhirov, M.M. Aliev Mode Choice Model of Movement in
Different Modes Наука, Общество, Образование в современных условиях:
монография / Под общ. ред. Г.Ю. Гуляева – Пенза: МЦНС «Наука и
Просвещение». – 2022. – C. 160.