Authors

  • Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124151

Keywords:

Kalit so’zlar: Oilaviy zo‘ravonlik gender tenglik huquqiy himoya ayol huquqlari jamiyat zo‘ravonlik turlari ijtimoiy xavf davlat siyosati.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari, sabablari va jamiyatda yuzaga keladigan salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, davlat va nodavlat tashkilotlarining sa’y-harakatlari, xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlillar keltirilgan. Maqola yakunida oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishga doir taklif va tavsiyalar beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

335

335

OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING HAR QANDAY

KO‘RINISHIGA QARSHIMIZ!

Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

Alfraganus universiteti “Xalqaro munosabatlar”

yo’nalishi, 3-kurs talabasi

kamolovasarvinoz33@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari,

sabablari va jamiyatda yuzaga keladigan salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha
olib borilayotgan chora-tadbirlar, davlat va nodavlat tashkilotlarining sa’y-harakatlari,
xalqaro tajribalar bilan qiyosiy tahlillar keltirilgan. Maqola yakunida oilaviy
zo‘ravonlikni oldini olishga doir taklif va tavsiyalar beriladi.

Kalit so’zlar:

Oilaviy zo‘ravonlik, gender tenglik, huquqiy himoya, ayol

huquqlari, jamiyat, zo‘ravonlik turlari, ijtimoiy xavf, davlat siyosati.

Abstract:

This article analyzes the concept of domestic violence, its types, causes

and negative consequences in society. It also presents measures taken to combat this
problem in the legislation of the Republic of Uzbekistan, the efforts of state and non-
state organizations, and comparative analyses with international experience. At the end
of the article, proposals and recommendations are given for the prevention of domestic
violence.

Keywords:

Domestic violence, gender equality, legal protection, women's rights,

society, types of violence, social risk, state policy.

KIRISH

Oilaviy munosabatlar jamiyatning eng muhim ijtimoiy tuzilmasi bo‘lib, undagi

muvozanat va sog‘lom muhit davlat barqarorligining asosi hisoblanadi. Afsuski,
bugungi kunda oilada turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklar — jismoniy, ruhiy, iqtisodiy,
jinsiy — ko‘plab oilalarning totuvligiga putur yetkazmoqda. Xususan, ayollar va
bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar nafaqat inson huquqlarining
buzilishi, balki butun jamiyat salomatligiga tahdiddir.

Shu bois, bu muammoni bartaraf etish yo‘lida davlat organlari, fuqarolik jamiyati

institutlari va har bir fuqaroning hamkorligi muhim. “Zo‘ravonlik – jinoyat, sukut –
rozi bo‘lish” tamoyiliga amal qilish, har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashish
barchamizning burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
taʼkidlaganidek, “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa
arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor”. Darvoqe, shu o‘rinda, Fitratning “Oila” asarida
keltirilgan: “Biz farzandlarimizni yaxshi xulq egalari etib tarbiyalashimiz lozim, ya’ni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

336

336

shunday qilishimiz lozimki, farzandlarimiz imonli, fidokor bo‘lib ulg‘ayib, o‘z
bolalarini islom taraqqiyotiga muvofiq tarbiyalab, din va dindoshlarini halokat va
xarobalik jarligidan qutqarsinlar. Bu matlabga erishish uchun xotinlarimiz va
qizlarimiz – millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga
yetkazishlari zarur”, – degan fikrlarni qayd etish lozimdir. Oila ma’naviy jihatdan
yetuk bo‘lsa, uning farovonligi, tinchligi, xotirjamligi ham mustahkam bo‘ladi.
Demak, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi oilalarning mustahkamligi,
farovonligi, tinchligi va xotirjamligiga bog‘liq jarayonligi namoyon bo‘lmoqda.
Oilaviy munosabatning qonuniy himoyalanishi mamlakatimiz Konstitutsiyasida, Oila
kodeksida ham o‘z ifodasini topgan. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan farovon oilalarni shakllantirish, onalik va
bolalikni muhofaza qilish, jismonan, ruhan sog‘lom bo‘lgan farzandlarning dunyoga
kelishiga qulay shartsharoitlarni yaratish borasida salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston hamda Uchinchi Renessans poydevoriga
asos solinayotgan davrda oila institutini mustahkamlash, uning tinchligini,
xotirjamligini hamda gender tenglikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan
izchil va samarali ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Davlatimiz rahbarining “Ayollarni davlat va jamiyat hayotiga keng jalb etish islohotlor
samaradorligi hamda iqtisodiy o‘sishini ta’minlashi – amaliyotda o‘z isbotini topgan
haqiqat. Jinslar tengligiga erishish mohiyatan insonga shaxs sifatida namoyon
bo‘lishga halal beruvchi barcha ijtimoiy to‘siqlarni o‘rganish va bartaraf etishdan
iborat”, – degan so‘zlari ham tizimli vazifalarni yanada takomillashtirgan holda o‘z
vaqtida bajarish zarur ekanligidan dalolat beradi. Vaholanki, ushbu sohada hamda
yo‘nalishda, shu vaqtga qadar, juda katta hamda olamshumul ishlar amalga
oshirilganini ham e’tirof etish lozimdir.

Jamiyatdagi har qanday illatga qarshi kurashni oiladan boshlasakkina uni ildizi

bilan quritish mumkin. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-
moddasida muvofiq, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida barcha fuqarolar

bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng
ekanligi belgilangan. Jinoyat kodeksining 5-moddasida fuqarolarning qonun oldida
tengligi prinsipi “jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar” degan tahrirda bayon etilgan.

Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb baholashni taklif qildi.

“Oiladagi zo‘ravonlik — oilaning ichki ishi emas, bu muammo butun jamiyatga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

337

337

tegishli. Ayol o‘z dardi bilan yolg‘iz qolib ketmasligi kerak”, — dedi u. U voyaga
yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jazo kuchayishi zarurligini aytdi.

Konstitusiyaning 26-moddasida esa, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka,

shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor
etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash, xotin-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga
solish maqsadida 2019 yil 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi.

Xo‘sh mazkur to‘siqlar nimalardan iborat? Nega bu to‘siqlar paydo

bo‘lmoqda yoki bartaraf etilmayapti?

Avvalo mazkur savollarga javob topishdan oldin oiladagi zo‘ravonlik nima

ekanligini tushunib olishimiz lozim. Chunki yuqoridagi holatlarning barchasi aynan
mazkur ijtimoiy xavfli qilmish bilan chambarchas bog‘liq.

Zo‘ravonlik

xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy

ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish
orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan
himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan
g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).

Jismoniy zo‘ravonlik

xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan

tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga
yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir
etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini
qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda
qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan
zo‘ravonlik shaklidir.

Ruhiy zo‘ravonlik

xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid

qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-
irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli,
shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan
jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka
olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik) da nomoyon
bo‘ladi.

Oiladagi zo‘ravonlik

— bu o‘zlarining yaqinlari (asosan ayollar va bolalar)

ustidan hukmronlik va nazorat qilish maqsadida, odatda aynan bir shaxsga
nisbatan

jismoniy

va

ruhiy

zo‘rlik

qilishda namoyon bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, ayrim hollarda zo‘ravonning jismoniy va ruhiy zo‘rligi

natijasida xotin-qizlar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishi hollari ham
kuzatilmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

338

338

Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi.

Shuning uchun o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarinii
boshqara olmagan shaxsning harakatlari, hatto ijtimoiy-xavfli oqibatlarga olib kelgan
taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi.

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar yengib bo‘lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy

zo‘rlik ta’siri ostida qonun bilai qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga xavf soluvchi
qilmishi va uning oqibati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Shu o‘rinda jismoniy va ruhiy zo‘rlik nima degan o‘rinli savol tug‘iladi!

Jismoniy zo‘rlik

, deganda shaxsning boshqalarning jismoniy ta’sirida jamiyat

uchun xavfli qilmishlarning amalga oshirishi tushuniladi va bunda jismoniy ta’sir
uning ixtiyorini butunlay olib qo‘yadi (masalan, er xotinini urib tan jarohati yetkazsa
yoki haqorat qilsa, natijada xotini o‘zini himoya qilish maqsadida eriga yengil, o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 55-moddasining d) bandiga muvofiq, jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir
haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy
hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish deb topiladi va sud tomond

O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga

katta e’tibor qaratilayotgan, onalik va bolalikni himoya qilish uchun keng ko‘lamli
ishlar qilinayotgan bir vaqtda, mazkur sohadagi ishlar tahlili oilalarda ma’naviy-
axloqiy muhitni yaxshilashda qator kamchilik va to‘siqlar ham mavjudligini
ko‘rsatmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekiston va jahon olimlari tomonidan oilaviy zo‘ravonlik masalasida turli

tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan:

O‘zbekistonda Gender tenglikni ta’minlash strategiyasi doirasida o‘tkazilgan

monitoringlar;

UN Women hisobotlarida O‘zbekistonda 18-45 yoshli ayollarning 15 foizi

hayotida kamida bir marta zo‘ravonlikka duch kelgani qayd etilgan;

I.A. Karimova, M. Nuriddinov, G. Raxmatullayeva singari olimlar bu masalani

ijtimoiy, psixologik, huquqiy jihatdan o‘rganganlar.

Shu o‘rinda aytish kerakki, har qanday sohani takomillashtirishda xorijiy tajribani

o‘rganish va uni mahalliy sharoitlarimizga moslashtirgan holda samarali tatbiq etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Gender tenglik ham bundan mustasno emas. “Gender bu
oilaviy va boshqa huquqiy munosabatlarda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi huquqlar
tengligi hamda jamiyatda va shaxsiy hayotda erkaklar va ayollarning ijtimoiy roli,
mavqeyi va vazifalarini ifodalovchi tushunchadir. “ Mazkur ta’rifdan kelib, aytadigan
bo’lsak bizning nazarimizda gender tengligi – ijtimoiy tushuncha bo‘lib, jamiyatda
erkak hamda ayolga yaratilayotgan huquq va imkoniyatlarning tengligi tushuniladi.
Shuning uchun xotin-qizlarimizga nisbatan tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini olish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

339

339

borasida Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan
himoya qilish haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi xotin-
qizlarni tazyiq va zo’ravonlikning barcha shakillaridan himoya qilish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish lozimki, gender tenglikka erishish haqiqiy demokratik

qadriyatlarning ajralmas qismi sifatida eng ustuvor maqsadlarimiz qatoriga qo'yilgan.
O'zbekiston ham turli mutasaddi tuzilmalar, jamoat tashkilotlar hamda keng
jamoatchilikning bu yo'nalishdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi
xorijiy tajribasidan foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tegishli yo'nalishda qabul
qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning ustida ishlashda yaqqol namoyon
bo'lmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo'nalishida
ham muhim vazifalar bajarilmoqda. Oilaviy zo‘ravonlik – bu shaxsga, oilaga va
jamiyatga qarshi qaratilgan jinoyatdir. Uni bartaraf etish uchun qonun, ma’rifat va
jamoatchilik nazorati birgalikda ishlashi lozim. O‘zbekistonda bu borada muhim
qadamlar qo‘yilmoqda, ammo bu yetarli emas. Har bir inson bu muammoga befarq
bo‘lmasligi kerak. Zo‘ravonlikka qarshi kurashish – bu butun jamiyatning ishi.

F

OYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA VA XOTIN-QIZLAR DAVLAT
QO‘MITASI HUZURIDAGI “OILA VA XOTIN-QIZLAR” ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI

2.

https://qiziriq.uz/uz/blog/e-lonlar/317

3.

https://aniq.uz/uz/yangiliklar/oiladagi-zuravonliklarning-har-qanday-shakliga-
qarshimiz

4.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/06/domestic-violence/

References

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA VA XOTIN-QIZLAR DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI “OILA VA XOTIN-QIZLAR” ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI