Authors

  • Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124152

Keywords:

Kalit so’zlar: Ayol obrazi adabiyot ardoqlash badiiy ifoda ona muhabbat fidoyilik ijod milliy qadriyat ayol sha’ni.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada Zamonaviy o’zbek adabiyotida, o’tmishda ayollarga bo’lgan munosabatlar, badiiy asarlarda ayol obrazining talqin etilishi bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan. Shuningdek, turkiy adabiyot, o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotida ayol obrazining ifodalanish xususiyatlari o‘rganiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

332

332

AYOLLARNI ARDOQLAGAN ADIBLAR

Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

Alfraganus universiteti “Xalqaro munosabatlar”

yo’nalishi, 3-kurs talabasi

kamolovasarvinoz33@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Zamonaviy o’zbek adabiyotida, o’tmishda

ayollarga bo’lgan munosabatlar, badiiy asarlarda ayol obrazining talqin etilishi bilan
bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan. Shuningdek, turkiy adabiyot, o‘zbek adabiyoti va
jahon adabiyotida ayol obrazining ifodalanish xususiyatlari o‘rganiladi.

Kalit so’zlar:

Ayol obrazi, adabiyot, ardoqlash, badiiy ifoda, ona, muhabbat,

fidoyilik, ijod, milliy qadriyat, ayol sha’ni.

KIRISH

Adabiyot – bu inson qalbi va jamiyat ko‘zgusi. Uning eng go‘zal timsollaridan

biri –

ayol obrazidir

. Ayolni ona, yor, fidoyi, sabr timsoli sifatida tasvirlash an’analari

o‘zbek va jahon adabiyotida chuqur ildiz otgan. Adiblar o‘z asarlari orqali ayolga
yuksak ehtirom bilan yondashgan, uning mehr-muhabbat, sabr-toqat, go‘zallik va
hayot yaratuvchisi sifatidagi fazilatlarini ardoqlaganlar. Bu esa nafaqat san’atning,
balki insonparvarlikning ham bir ko‘rinishidir. Misol uchun, O'rta asrlar ayollar uchun
juda ham og'ir bo'lgan. Yevropada qiz bolani har qanday o'tkinchi yo'lovchi joduda
ayblashi mumkin edi. XIV asrdan XVIII asrgacha bo'lgan davrda Evropada
"jodugar"likda ayblanib taxminan 40-50 mingta inson olovda yoqib yuborilgan.
Ularning ko’pchiligini esa xotin-qizlar tashkil qilgan. 1613 yili Niderlandiyada
mashxur Rumor sudi bo'lib o'tdi va unda butun Evropada misli ko’rilmagan darajada
ko'proq “jodugar”lar yoqib yuborildi. Birinchi bo'lib gulxanga yangi tug'ilgan
chaqaloqlarni la'natlashda ayiblangan doya ayol Entyen Djillis tashlangan va shunga
o’xshash bir qancha yolg’on ayblovlar bilan jami 63 nafar ayol olovda yondirildi.
Bundan tashqari johiliya davrida ham ayollarga nisbatan g’oyatda yomon munosabatda
bo’lingan. Yangi tug’ilgan qiz farzandlar tiriklayin ko’milgan. Ayollarning hech
qanday huquq va erkinliklari bo’lmagan, ularga past nazar bilan qaralgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Turkiy xalqlar adabiyotida ayol timsoli qadimdan ulug‘langan. Jumladan,

Yusuf Xos Hojib

o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida

adil hukmdorning suyukli onasi

,

donishmand ayol siymosini yaratgan. Ayol – donolik, sabr, tarbiya, sadoqat timsoli
sifatida ko‘rsatiladi.

Alisher Navoiy

ijodida ayol go‘zalligi nafaqat tashqi joziba, balki ruhiy komillik

darajasida tasvirlanadi. Navoiy asarlarida ayol har doim halollik, sabr-toqat, mehr va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

333

333

ezgulik timsolidir. “Layli va Majnun” dostonida Layli timsoli or-nomus, visolga
sadoqat va fidoiy sevgi ramziga aylangan. Abdulla Qahhor ijodida “O’g‘ri”, “Bemor”,
“Anor”, “Dahshat”, “Boshsiz odam” kabi hikoyalar alohida o‘rin tut-adi. O’tmishdagi
hayot haqidagi mazkur hikoyalar o‘zbek ad-abiyotining asl asarlari qatorida turadi.
Ushbu hikoyalar ha-jman kichkina bo‘lsa-da, ular mavjud turmush hodisalari aniq
chizib ko‘rsatilganday taassurot qoldiradi.Abdulla Qahhor ulug‘ rus yozuvchisi Anton
Pavlovich Chexov asarlari ahamiyati to‘g‘risida kr bildirib: “Uning chertma,
jaranglab turgan “kaftdekkina” hikoyalari o‘zining

18chiroyliligi, haqqoniyligi va turmushni haqqoniy aks etirishi bilan o‘quvchini

o‘ziga asir qiladi. Bu hikoyalarning har biri Chexov zamonasidagi Rusiya hayotining
bir parchasi. Uning butun ijodidan butun Rusiyani ko‘rish mumkin. Uning bu-tun ijodi
o‘tmishni qoralab yozgan aybnomadir” deydi1. Ab-dulla Qahhorning asarlari ham
shunday salmoqqa ega. Jum-ladan, yozuvchining “Anor”, “Bemor”, “O’g‘ri”,
“Dahshat” kabi hikoyalarida turmushning haqqoniy manzaralari, nochor kishilarning
ayanchli ahvoli ko‘rsatiladi. “Chertma, jaranglab turgan ushbu “kaftdekkina”
hikoyalarda ayollar obrazi ham alohida ajralib turadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi globallashuv jarayonida ham jamiyatimiz hayotida xalqimizning

ma’naviyati, siyosiy hamda diniy savodxonligini oshirish davrning eng katta talabi
bo’lib qolmoqda. Bu borada esa ayollar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
“Bugungi kunimizdа inson huquqlаrining аjrаlmаs qismi sifаtidа аyollаr huquqlаri,
erkаk vа аyol o’rtаsidаgi ijtimoiy vа huquqiy tenglik mаsаlаsi mаvzuning dolzаrbligini
ko’rsаtmoqdа. Chunki hozirgi kundа dunyoning ko’plаb mintаqаlаri аyollаrning
jаmiyаtdаgi mаvqei, ulаr huquqlаrining poymol etilаyotgаnligi bilаn bog’liq jiddiy
muаmmolаr yuzаgа kelyаpti”. 2

O‘zbek adabiyotida ayol mavzusi dolzarb va keng qamrovli bo‘lib,

adabiyotshunoslikda bu mavzuga oid ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Jumladan:

G‘. G‘ulom

,

Hamid Olimjon

,

Zulfiya

,

E. Vohidov

asarlarida ayol – go‘zallik,

mehr, sabr timsoli sifatida yuksak baholangan.

A. Oripov

ijodida ona obrazining milliy qadriyatlar bilan bog‘liq ifodasi o‘ziga

xos.

Turkiy adabiyotda Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariylar ayolni

ijtimoiy barkamollik ramzi sifatida ko‘rsatgan.

Jahon adabiyotida esa ayolning fojiali, sevgi va mustaqillik ramzi sifatidagi

tasvirlar keng tarqalgan.

XULOSA

Adabiyotda ayol obrazining ulug‘lanishi bu – insoniy qadriyatlarni yuksak

baholashdir. Ayol – jamiyatni tarbiyalovchi, hayotga go‘zallik olib kiruvchi ilohiy
mavjudot sifatida ko‘rsatilgan. Adiblar ijodi orqali yosh avlod ongiga ayolga nisbatan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

334

334

hurmat, sadoqat, ehtirom singdiriladi. Bu esa madaniyatimiz, milliy tafakkurimiz va
ma’naviy olamimizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bugungi kunda ham ayol timsoli
zamonaviy adabiyotda o‘z aksini topmoqda va bu holat xalq ma’naviy hayotining
uzviy davomidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Qahhor A. Asarlar. Besh jildlik. 1-jild. Sarob: Roman. Hikoyalar. –T.: Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1987. –336 b.

2.

Lev Tolstoy. “Anna Karenina”.

3.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME “Badiiy asarlarda ayollik ibrati”2 ǀ ISSUE
1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 536

4.

https://refseek.com 381612583_Lirik_asarlarda_ayol_obrazi

References

Qahhor A. Asarlar. Besh jildlik. 1-jild. Sarob: Roman. Hikoyalar. –T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. –336 b.

Lev Tolstoy. “Anna Karenina”.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME “Badiiy asarlarda ayollik ibrati”2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 536

https://refseek.com 381612583_Lirik_asarlarda_ayol_obrazi