Authors

  • Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124154

Keywords:

Kalit so’zlar: ijtimoiy faoliyat oilaviy mas’uliyat gender tenglik zamonaviy jamiyat ayollar huquqi jamiyat taraqqiyoti madaniy qadriyatlar oila instituti.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ayolning ikki asosiy roli — ijtimoiy faoliyat va oilaviy mas’uliyatning o‘zaro uyg‘unligi, ularni muvofiqlashtirish zarurati hamda bu ikki yo‘nalishda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar tahlil qilinadi. Ijtimoiy hayotda faollashayotgan ayollarning oilaviy qadriyatlarni saqlab qolishdagi o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotidagi tutgan mavqei, gender yondashuv va ijtimoiy institutlarning bu boradagi roli ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

323

323

ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLNING IKKI ROLI: IJTIMOIY

FAOLIYAT VA OILAVIY MAS’ULIYAT

Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

Alfraganus universiteti “Xalqaro munosabatlar”

yo’nalishi, 3-kurs talabasi

kamolovasarvinoz33@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ayolning ikki asosiy roli

— ijtimoiy faoliyat va oilaviy mas’uliyatning o‘zaro uyg‘unligi, ularni
muvofiqlashtirish zarurati hamda bu ikki yo‘nalishda ayollarga yaratilayotgan
imkoniyatlar tahlil qilinadi. Ijtimoiy hayotda faollashayotgan ayollarning oilaviy
qadriyatlarni saqlab qolishdagi o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotidagi tutgan mavqei,
gender yondashuv va ijtimoiy institutlarning bu boradagi roli ilmiy nuqtai nazardan
ko‘rib chiqiladi.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy faoliyat, oilaviy mas’uliyat, gender tenglik, zamonaviy

jamiyat, ayollar huquqi, jamiyat taraqqiyoti, madaniy qadriyatlar, oila instituti.

Ayollarning ta’lim olishlariga ko’nmaydilar.

Lekin xotinlari kasal bo‘lib qolsa, ayol shifokor qidiradilar.

Doktor Ali Virdiy

KIRISH

Ilm-fan — har qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi.

O’sha kuch ayollarimizda aks etgan desak hech adashmagan bo’lamiz.

Tariximizga bir nazar solsak, qanchadan qancha buyuk ishlar boshida To‘maris,

Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya kabi ayollar turganiga guvoh bo‘lamiz.
Ular o‘z jasorati, aql-idroki va mardligi bilan tarixga o‘z ismlarini muhrlab qo‘ygan.
Shunday siymolar davomchilari ekanligimizning o‘ziyoq bugungi kun xotin-qizlarga
g‘urur va sharaf tuyg‘ularini his qilishga sabab bo‘la oladi.

Tobora rivojlanib

borayotgan bugungi jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni, ularning haq-huquq hamda
fikrlari qanchalik muhim. Nima deb o‘ylaysiz? Ayol ojiza, u uyda o‘tirishi kerak, bola
tarbiya qilishi, turmush o‘rtog‘i, qaynona-qaynotasini ko‘nglini olishi, tinimsiz uy
ishlari bilan band bo‘lishi kerak degan turli qarashlar bugungi hayotimizni qamrab
olgani barchaga ma’lum. Xo‘sh chindan ayol faqat shu ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi
kerakmi? Agar javobingiz ha bo‘lsa, nima uchun unda biz bu xilqatni, “mo‘jiza” deb
ataymiz. Nahot mo‘jizaga nisbatan bunchalik mas’uliyatli vazifalari ojiz yelkasiga
yuklab qo‘yishga uyalmasak. Fikrimizcha yoq. Ayol ham o‘qishi, zamonaviy
bilimlarni egallashi, jamiyatda o‘zining mustaqil fikrini qo‘rqmasdan ayta olishi lozim.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

324

324

Islomda ayollarning ilm olishiga hech qanday ta’qiq qo‘yilmagan. U o‘qishi, diniy
hamda dunyoviy bilimlarni egallashi kerak. Sababi, u kelajak avlodni dunyoga
keltiradi, tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ko‘pgina tor fikrli kimsalar borki, ayol yuqorida
ta’kidlab o‘tganimizdek, uyda o‘tirishga mahkum degan notog‘ri aqidaga tayanib
qolgan. To‘g‘i ayol uchun eng oliy o‘rinda oila turishi zarur. Chunki oila muqaddas.
Biroq faqat uyda o‘tirsa, uy yumushlari bilan band bo‘lsa, u keyin dunyoga keltirajak
farzandiga qanday tarbiya beradi? O‘zida hech qanday ilm yo‘q bo‘lsa. Keyin bizning
qo‘shtirnoq ichidagi aqlli erkaklarimiz nolishni boshlashadi. Hech narsani bilmaydi,
aqli yetmaydi, tushunchasi yoq va hokazolar. Mana nima uchun u o‘qishi, ilm olishi
kerak. Kelajak avlodni munosib tarbiyalash uchun, o‘z fikriga ega bo‘lishi uchun. Aqlli
ayol oilani ham, ilm olishni ham, ishlashni ham to‘g‘ri tartiblay hamda eplay oladi,
agar turmush o‘rtog‘i ham aqlli bo‘lsa. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, ayollar
erkaklarga nisbatan ko‘proq ishlashar ekan, xolbuki, biror tashkilotda ishlashmasalar
ham. Bir kunda ayollar o‘rtacha 12 ming qadam bosishsa, erkaklar 9 ming qadam
bosishar ekan. Bundan ko‘rinadiki, ayollar ko‘proq energiya sarflashadi.

ASOSIY QISM

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning har sohada ijtimoiy-siyosiy

faolligiga bo‘lgan e’tibor yuksaldi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiysiyosiy
faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoit yaratish, huquq
va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida
keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 2- fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlatlash va oila
institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari” to‘g‘risida PF-5325- sonli Farmoni e’lon qilindi[1]. Mazkur Farmon asosida
bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, ta’lim muassasalarida rahbar
ayollarning o‘quv jarayonida samaradorligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar
tahsinga sazovordir

2024-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi parlamentining 32 foizini

ayollar tashkil etadi. Bu esa ularning qaror qabul qilishdagi real ishtirokini anglatadi.
Shu bilan birga, ayollar jamiyatdagi muammolarni hal qilishda, nodavlat tashkilotlar
faoliyatida, volontyorlikda ham faol qatnashmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ayolning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va roli masalasi sotsiologiya, gender

tadqiqotlari, psixologiya, pedagogika, siyosatshunoslik hamda ijtimoiy falsafa kabi
fanlar kesimida o‘rganilayotgan dolzarb mavzulardan biridir. Mavzu bo‘yicha ko‘plab
mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ilmiy maqolalar, monografiyalar hamda
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

325

325

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan

ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va
jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin xotin-qiz rahbarlik lavozimlarida mehnat
qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati, 1075 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat
yuritmoqda.

Abdulla Qahhor asarlarida ayollar obrazi alohida o‘rin tut-adi. Adibning qator

hikoyalarida, “Sinchalak”, “Sarob” va “Qo‘shchinor chiroqlari” romanlarida, “Shohi
so‘zana”, “To-butdan tovush” kabi dramalarida ayollar asosiy qahramonlar qatorida
ko‘rinadi. Bu asarlarda adibning ayollarga ehtiromi yaqqol namoyon bo‘lib turadi.
Abdulla Qahhorning asarlari, muayyan ma’noda, o‘zbek ayoli bosib o‘tgan tarixiy
yo‘lning badiiy manzaralari kabi ko‘rinadi.

MUHOKAMA

BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqi hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini
saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda
mamlakatlarni jipslashtirish zarurligi qayd etilganligi bilan muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Zero, O‘zbekistonimiz milliy siyosati markazida turadigan eng ezgu maqsad –
oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini
ta’minlashdan iborat. Mamlakatimizda gender tenglikka erishish borasida ham tizimli
ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning
49 foizini qizlar tashkil etdi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi
marta 35 foizga yetdi. Ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish
maqsadida alohida qonun qabul qilindi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni himoyalash,
manfaatlarini ta’minlashning ilgari misli ko‘rilmagan yangicha tizimi yaratildi. Bu
jihatlar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olinishi, gender tenglikni ta’minlash,
ayollarning ijtimoiy muhofazasi, opa-singillarimizning xizmat pillapoyalaridan
yuqorilanishi, tadbirkorligi, ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga doir amaliy
tashabbuslar bilan bevosita bog‘liqdir.

Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasi aholi bandligi

bilan o‘lchanar ekan, bu jarayonda ayollar bandligini ta’minlash muhim ahamiyatga
ega. Ammo bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyodagi ijtimoiy holatni yaxshi deb bo‘lmaydi.
Ya’ni, dunyoda mehnat munosabatlarida ishtirok etayotgan 40 foiz ayol turli
sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga ega emas. Bu global muammoning yechimini
topish jahon hamjamiyati oldidagi dolzarb vazifadir. Shu bois Prezidentimiz
O‘zbekiston “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan
hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, birgalikdagi
tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish
masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O‘zbekistonda


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

326

326

Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif etdi. Tan olish kerak, O‘zbekiston bu
borada katta tajriba to‘plagan. Ayniqsa, 2023 yil 30 aprelda qabul qilingan yangi
tahrirdagi Konstitutsiyamizda gender tenglikni ta’minlash, xotin qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish bilan bog‘liq muhim qoidalar o‘z aksini topdi.

NATIJA

Xalqimizda “Kengashli toʻy tarqamas”, degan hikmatli naql bor. Bugun mamla-

katimizda xotin-qizlar muammolarini hal etishda ham kengashib ish koʻrish ta-
moyiliga amal qilinmoqda. Gap shundaki, endi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar,
barcha mehnat jamoalarida xotin-qizlar muammolariga samarali yechim topish uchun
“Ayollar kengashlari” tuziladi.

Bu tizim ham hayotiy ehtiyoj tufayli ishlab chiqilgan. Boisi, har qanday mehnat

jamoasida turli koʻrinishdagi muammolar uchrashi tabiiy. Ayniqsa, ayollarimiz oʻz
muammolarini ochiq aytishga istihola qiladi. “Ayollar kengashlari” ana shunday
muammolarni yechishga, bir soʻz bilan aytganda, ayollarimizni har tomon-lama
qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrni va
nufuzini yanada oshirish maqsa-dida Prezidentimiz joriy yil 1-mart kuni “Oila va
xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Ushbu muhim hujjat bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender

tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, joylarda esa hududiy
komissiyalar tashkil etildi. Farmonda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi
darajaga olib chiqish, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi.

Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash,

ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini
amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi — Oila va xotin-qizlar
davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi.

Xulosa

qilib aytganda, Zamonaviy jamiyatda ayol ikki muhim vazifani —

ijtimoiy faol ishtirokchi

va

oilaviy qadriyatlar himoyachisi

sifatida muvaffaqiyatli

bajarib kelmoqda. Bu ikki rol o‘zaro raqobat emas, balki uyg‘unlikda mavjud bo‘lishi
mumkin. “Agar Alloh taolo ayolni erkakning bekasi qilib qo‘yganida, uni boshidan,
agar qul bo‘lganida, oyog‘idan yaratgan bo‘lar edi. Biroq, uni do‘st qilib erkakka teng
qilib qo‘ygani uchun uni qovurg‘adan yaratdi” – deydi

Avreli Avgustin.

Asosiysi,

ayolga yetarli sharoit, erkinlik va ijtimoiy-madaniy qo‘llab-quvvatlash taqdim etilsa, u
har ikki sohada ham muvaffaqiyatga erisha oladi. Davlat siyosatining, ijtimoiy
institutlarning, va erkaklarning ham bu boradagi yondashuvi hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

327

327

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

«Informatsion texnologiyalar sohasi rivojida xotinqizlarning o‘rni» nomli ilmiy-
amaliy konferensiyasi. www.in-academy.uz

2.

Yangi O‘zbekiston jamiyatida ayollarning o‘rni Ziyodaxon To‘g‘onboyeva

3.

https://refseek.com

4.

https://yuz.uz/uz/news/mustahkam-oila-faol-xotin-qizlar-jamiyat-farovonligini-
belgilaydi

5.

https://parliament.gov.uz/news/ayollarning-jamiyatdagi-rolini-oshirish-ustuvor-
vazifa

References

«Informatsion texnologiyalar sohasi rivojida xotinqizlarning o‘rni» nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi. www.in-academy.uz

Yangi O‘zbekiston jamiyatida ayollarning o‘rni Ziyodaxon To‘g‘onboyeva