Authors

  • Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124153

Keywords:

Kalit so’zlar: Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faollik islohotlar gender tenglik huquqiy baza rahbar ayollar parlament ayollar huquqlari ayollar siyosati.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida olg‘a surgan “Ayolni eʼzozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan ezgu gʻoya asosida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar qabul qilingan huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilingan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

328

328

JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI

OSHIRISHDA AMALGA OSHIRALAYOTGAN ISLOHOTLAR

Kamolova Sarvinoz O‘rol qizi

Alfraganus universiteti “Xalqaro munosabatlar”

yo’nalishi, 3-kurs talabasi

kamolovasarvinoz33@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
olg‘a surgan “Ayolni eʼzozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan ezgu gʻoya asosida
mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar qabul qilingan huquqiy
hujjatlar asosida tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Xotin-qizlar, ijtimoiy-siyosiy faollik, islohotlar, gender tenglik,

huquqiy baza, rahbar ayollar, parlament, ayollar huquqlari, ayollar siyosati.

KIRISH

Zamonaviy jamiyatda barqaror taraqqiyotga erishish, fuqarolik jamiyatini

shakllantirishda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, xotin-qizlarning siyosiy va
ijtimoiy jarayonlardagi faolligi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonida ayollarning jamiyatdagi
mavqeini oshirish, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ayollar nafaqat oilaviy hayot, balki ijtimoiy va siyosiy qarorlar qabul
qilishda faol ishtirok eta boshladi. Bu esa davlat siyosatining insonparvarlik va gender
tenglik tamoyillariga asoslanayotganini ko‘rsatadi.

Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol

ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu jihatlar xalqaro miqyosda ham
keng e’tirof etilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni xalqaro
doiralarda ham targ‘ib qilib, butun dunyo jamoatchiligi diqqat-e’tiborini ayni masalaga
qaratib keladi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi
nutqida ham milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar
mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini
ta’minlashdan iborat ekaniga urg‘u berib, jumladan, “Birlashgan Millatlar Tashkiloti –
Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor
ekanimizni ta’kidladi. Shuningdek, kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari
forumini o‘tkazishni taklif qildi.

ASOSIY QISM

Mamlakatimizda ayol va qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 2019-yil 2-


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

329

329

sentyabrida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari
toʻgʻrisida”gi 7-bob 32 moddadan iborat qonun qabul qilingan. Ushbu qabul qilingan
qonunning maqsadi “xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat” [2,1]. Ushbu qonun
orqali Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratib berish
ishlarini yangi bir sifat darajasiga olib chiqdi deb aysak o‘rinli bo‘ladi. Ushbu qonunga
ko‘ra xotin-qizlarimizni ta’lim olishida, ilm-fan bilan shug‘ullanishida quyidagi
huquqlari kafolatlanadi. “Davlat ta’lim olish huquqini amalga oshirishda xotin-qizlar
va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi. Davlat quyidagilarni
kafolatlaydi: xotin-qizlar va erkaklarning ta’lim olish, qayta tayyorlash va malaka
oshirishning barcha turlaridan foydalanishga, ta’lim va ilmiy jarayonni amalga
oshirishda ishtirok etishga hamda madaniyatdan, madaniy qadriyatlar va merosdan
foydalanishga doir teng huquq va imkoniyatlarini; turli ta’lim dasturlariga gender
mavzusini joriy etish orqali fuqarolarning genderga oid ma’rifatini oshirishga
ko‘maklashishni; jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan noto‘g‘ri
tasavvurlardan xoli o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni; o‘quv dasturlari
va darsliklarni jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipiga muvofiqlik
yuzasidan muntazam ravishda monitoring qilishni; gender siyosati amalga oshirilishini
ta’minlash masalalari bo‘yicha aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarni rag‘batlantirish va har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashni. Ta’lim sohasidagi vakolatli organ ta’lim dasturlarini, ta’lim
muassasalarining dasturlarini hamda rejalarini ularning xotin-qizlar va erkaklar uchun
teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi
jihatidan ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi – 17 millioni xotin-qizlardir. Ularning

manfaatlarini ta’minlash, jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash davlatimiz
ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishidir. Oxirgi to‘rt yilda bu borada 2 ta qonun,
Prezidentning 6 ta farmon va qarori qabul qilindi. Birinchi marta Senatda Xotinqizlar
va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Prezident raisligida ayni
paytda o‘tayotgan yig‘ilishda xotin-qizlar salomatligi, aholi bandligi, ijtimoiy
farovonlik va xavfsizlik muammolari muhokama qilinmoqda. “Eng achinarlisi,
ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida
“savdoyi” qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda”, - deya ta’kidladi president
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xotin-qizlar huquq va
manfaatlarini himoya qilishning normativ-huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi.
Xususan, 1995-yil 2-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy
qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoni e’lon qilindi. Farmon xotin-qizlar qo‘mitalari tizimi rivojini yangi bosqichga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

330

330

ko‘tardi va ayollar hayotining yanada yaxshilanishiga sharoitlar yaratdi. Bu borada
xalqaro tajriba chuqur o‘rganilib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida
birinchilardan bo‘lib 1995-yil 6-mayda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Xotin-
qizlarning huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi
va 1997-yil 30-avgustda “Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi
Konvensiyaga qo‘shildi. Shuningdek, mamlakat xotinqizlari vakllari 1995- yil 6-
mayda “Tinchlik, taraqqiyot va tenglik” shiori ostida o‘tkazilgan Butunjahon
ayollarning IV Konferensiyasida ishtirok etdilar. Shundan so‘ng O‘zbekiston xotin-
qizlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan Pekin deklaratsiyasiga qo‘shildi. [3]

MUHOKAMA

O‘zbekiston jamiyatida so‘nggi yillarda ayollar mavqeini oshirish, ularning

ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish borasida sezilarli o‘zgarishlar
kuzatilmoqda. Davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar gender tenglikni
ta’minlash, xotin-qizlarning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy faolligini
oshirishni strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgiladi.

Muhokama davomida aniqlanishicha:
Ayollarni qo‘llab-quvvatlashga doir institutsional mexanizmlar – “Ayollar

daftari”, “Lider ayollar maktabi”, tuman hokimlarining ayollar masalalari bo‘yicha
o‘rinbosarlari kabi amaliy tashabbuslar orqali ayollar ijtimoiy hayotda yanada faol
bo‘la boshladi.

Siyosiy partiyalarda va parlamentda ayollar ulushining ortishi ularning qonun

chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdagi rolini mustahkamlab bormoqda.

Ayollar uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari, mentorlik dasturlari, xalqaro grantlar

ularning malakasini oshirish va ijtimoiy liftlar orqali yuqoriga ko‘tarilish imkonini
yaratmoqda.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda madaniy stereotiplar, ijtimoiy norasmiy

to‘siqlar, oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashdagi qiyinchiliklar hali-hanuz
mavjud bo‘lib, bu omillar ayollarning siyosiy faoliyatga to‘laqonli qo‘shilishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.

Muhokamalarda shuningdek, gender masalasiga faqat ayollar masalasi sifatida

emas, balki butun jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ijtimoiy jarayon sifatida qarash
zarurligi ta’kidlanadi. Shu nuqtai nazardan, erkaklarning ham bu jarayonlarga jalb
qilinishi, gender tenglikning ikki tomonlama tushunchasi sifatida qaralishi maqsadga
muvofiqdir.

NATIJA

Tahlillar asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

1.

Ayollarning

ijtimoiy-siyosiy

faolligi

O‘zbekistonda

davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan

va bu borada aniq mexanizmlar

shakllangan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

331

331

2.

Huquqiy baza va amaliy dasturlar

xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini

kuchaytirishga xizmat qilmoqda, ayniqsa, mahalliy boshqaruv organlari, siyosiy
partiyalar va fuqarolik jamiyatida ularning ulushi oshmoqda.

3.

Ayollar yetakchiligi

uchun zarur shart-sharoitlar yaratilyapti, ammo bu

imkoniyatlardan foydalanish har doim ham bir xil darajada emas —

hududlar,

savodlilik darajasi, mahalliy mentalitetlar farqi

bunga ta’sir qilmoqda.

4.

Ayollarning siyosiy faolligini kuchaytirish

uchun mavjud qonunchilikni

yanada takomillashtirish, gender ta’limini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarida
ijobiy ayol yetakchi obrazlarini yaratish zarur.

5.

Kelgusida gender tenglikni chuqurlashtirish,

ijtimoiy va oilaviy

mas’uliyatni muvozanatlashtirish

, rahbarlik lavozimlarida ayollar sonini oshirish

bo‘yicha izchil strategiyalar ishlab chiqilishi lozim.

XULOSA

Xotin-qizlarning jamiyatda, ayniqsa siyosiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirokini

ta’minlash – demokratik rivojlanish, inson huquqlari va gender tenglikning muhim
ko‘rsatkichidir. O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan qonunchilik va
institutsional islohotlar, davlat dasturlari va amaliy harakatlar ijobiy samara bermoqda.
Kelgusida bu islohotlarni chuqurlashtirish, ayollar liderligini rivojlantirish va ularni
qaror qabul qilish jarayoniga kengroq jalb etish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

«Informatsion texnologiyalar sohasi rivojida xotinqizlarning o‘rni» nomli ilmiy-
amaliy konferensiyasi www.in-academy.uz

2.

https://yuz.uz/uz/news/mustahkam-oila-faol-xotin-qizlar-jamiyat-
farovonligini-belgilaydi

3.

https://strategy.uz/index.php?news=879&lang=uz

4.

International scientific and practical conference “the role of women in the
development of science and the spiritual and educational sphere: problems and
solutions” february 28, 2025



References

«Informatsion texnologiyalar sohasi rivojida xotinqizlarning o‘rni» nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi www.in-academy.uz

International scientific and practical conference “the role of women in the development of science and the spiritual and educational sphere: problems and solutions” february 28, 2025