JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
223
223
223
223
FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN DORIVOR O‘SIMLIK –
CYNANCHUM ACUTUM L.
ЛЕКАРСТВЕННОЕ РАСТЕНИЕ, РАСПРОСТРАНЕННОЕ
В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ – CYNANCHUM ACUTUM L.
MEDICINAL PLANT SPREAD IN THE FERGANA
VALLEY – CYNANCHUM ACUTUM L.
Yursunova O‘g‘iloy
biologiya yo‘nalishi 2- bosqich talabasi
Farg‘ona Davlat Universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Cynanchum acutum L. o‘simligining morfologik tuzilishi,
kimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatida qo‘llanilishi va
farmakologik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek,
o‘simlikning ekologik holatlarga moslashuvchanligi va O‘zbekiston hududida
uchraydigan tabiiy tarqalishi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Cynanchum acutum, barg, poya, gullar, ildiz, sutli shira,
alkaloidlar, flavonoidlar, dorivor, zaharli, xalq tabobati, yurak, ichak.
Аннотация
В данной статье рассматривается морфологическое строение, химический
состав, лекарственные свойства, народное применение и фармакологическое
значение растения Cynanchum acutum L. На основе научной литературы также
описываются его экологическая приспособляемость и распространение в
условиях Узбекистана.
Ключевые слова:
Cynanchum acutum, листья, стебель, цветы, корень,
млечный сок, алкалоиды, флавоноиды, лекарственное, ядовитое, народная
медицина, сердце, кишечник.
Annotation
This article analyzes the morphological structure, chemical composition,
medicinal properties, traditional use, and pharmacological significance of Cynanchum
acutum L., based on scientific sources. It also highlights the plant’s ecological
adaptability and distribution in Uzbekistan.
Keywords
: Cynanchum acutum, leaf, stem, flowers, root, latex, alkaloids,
flavonoids, medicinal, toxic, folk medicine, heart, intestine.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
224
224
224
224
KIRISH
O‘zbekiston florasida uchraydigan ayrim o‘simliklar nafaqat ekologik tizimda
muhim rol o‘ynaydi, balki ularning dorivorlik xususiyatlari tufayli xalq tabobatida va
zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ana shunday o‘simliklardan biri bu –
Cynanchum acutum L. bo‘lib, u Asclepiadaceae (hozirgi Apocynaceae) oilasiga
mansub. Bu o‘simlik o‘zining zaharli, lekin muhim biologik faol moddalarga boyligi
bilan ajralib turadi.
BOTANIK TAVSIF
Cynanchum acutum L. — ko‘p yillik, yarim butasimon, o‘raluvchi (liana) tarzda
o‘suvchi o‘simlik bo‘lib, Asclepiadaceae oilasiga mansub. O‘simlik asosan 1,5–3 metr
uzunlikka yetadi, ba’zida boshqa o‘simliklarga tayanib yuqoriga ko‘tariladi. Uning
poyasi ingichka, egiluvchan, bo‘g‘imlarga bo‘lingan va silliq sirtli. Ildiz tizimi chuqur
kiruvchi va asosiy ildizdan ko‘plab yon ildizlar tarqalgan.
Barglari yuraksimon yoki keng-yumaloq shaklda, uchli, chetlari butun, qarama-
qarshi joylashgan va 5–10 sm gacha uzunlikda bo‘ladi. Barglar rangi to‘q yashil, yuzasi
silliq, orqa tomoni biroz tukli. Barg bandlari nisbatan uzun bo‘lib, shoxlarga mahkam
birikkan. (1-rasm)
Gullari mayda, 5 bo‘lakli, yulduzsimon, och yashil, sarg‘ish yoki oqish tusda
bo‘lib, soyabon shaklida to‘pgullar holida joylashgan. Har bir guli ikki jinsli bo‘lib,
changchi va urug‘chi organlari mavjud. Gullar iyun–avgust oylarida gullaydi va
hasharotlar orqali changlanadi. Mevasi — ikki qismli qopcha meva (folliculus), har
bir qopcha 5–10 sm uzunlikka ega bo‘lib, ichida tuk bilan qoplangan qanotli urug‘lar
bo‘ladi. Mevalar sentyabr–oktyabr oylarida pishadi. Urug‘lar shamol yordamida
tarqaladi.
1- rasm.
O‘simlikning umumiy koʻrinishi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
225
225
225
225
KIMYOVIY TARKIBI
Cynanchum acutum L. tarkibida alkaloidlar, saponinlar, flavonoidlar, taninlar,
organik kislotalar, shuningdek, sutli shira (latex) mavjud. Uning shira tarkibida zaharli
kardioglikozidlar aniqlangan bo‘lib, bu moddalarning farmakologik ta’siri yurak-qon
tomir tizimiga bog‘liq.
DORIVORLIK XUSUSIYATI VA QO‘LLANILISHI
Xalq tabobatida Cynanchum acutum L. ildizi va barglaridan tayyorlangan
damlamalar ichki og‘riqlar, qorin dam bo‘lishi va yurak faoliyatini yaxshilashda
ishlatiladi. Shira ba’zi hollarda tashqi yaralarga antiseptik sifatida surtib qo‘llanadi.
O‘simlikning ba’zi qismlarida yurak ritmini sekinlashtiruvchi va tinchlantiruvchi
ta’sirga ega moddalarning mavjudligi aniqlangan. Ilmiy manbalarda bu o‘simlikdan
ajratib olingan alkaloidlar va glikozidlar yurak qon-tomir tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi
dori vositalarini ishlab chiqishda xom ashyo sifatida o‘rganilmoqda. Ayniqsa,
Markaziy Osiyoda ushbu o‘simlikdan tayyorlangan aralashmalar xalq orasida teri
kasalliklari, revmatizm va og‘riqli shamollash holatlarida qo‘llanib kelinmoqda.
Shuningdek, ba’zi laboratoriya tadqiqotlarida Cynanchum acutum ekstraktlari
yallig‘lanishga qarshi va antimikrob ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Shu sababli, u
zamonaviy fitoterapiyada istiqbolli o‘simlik sifatida baholanmoqda. Ammo bu
o‘simlik tarkibida kuchli ta’sirga ega toksik moddalar ham mavjud bo‘lib, uni faqat
malakali mutaxassis nazorati ostida qo‘llash tavsiya etiladi
XULOSA
Cynanchum acutum L. o‘simligi o‘zining murakkab kimyoviy tarkibi va kuchli
biologik ta’siri bilan e’tiborga loyiq. Uni xalq tabobatida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash
lozim bo‘lsa-da, farmakologik tadqiqotlarda istiqbolli modda sifatida o‘rganish zarur.
O‘zbekiston flora boyligini chuqur tadqiq etish bu kabi o‘simliklarning yanada keng
ilmiy baholanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мирзаев Н.М. «Ўзбекистоннинг ўсимликлари флораси», Тошкент, 1980.
2. Tojimatov M. va boshqalar. “Dorivor o‘simliklar kimyosi”, Toshkent, 2015.
3. Medicinal Plants of Central Asia: Uzbekistan and Kyrgyzstan, Springer, 2017
4.Kew Science. Cynanchum acutum L. Plants of the World Online.
https://powo.science.kew.org