JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
310
310
DIN, DINNING IJTIMOIY – SIYOSIY ROLI VA DINIY SEKTALAR
Ilmiy rahbar:
Boymirzayeva Xurshida Sobirovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Talaba:
Mavlonov Jo’shqinbek
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
Pediatriya fakulteti talabasi
Annotatsiya
Dinning mohiyati ishonch va e’tiqod tushunchalariga asoslanadi. Din
insoniyatning ruhiy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada din
tushunchasi, uning falsafiy va teologik asoslari, shuningdek, diniy sektalarning paydo
bo‘lishi va ularning jamiyatga ta’siri tahlil etilgan. Maxsus e’tibor diniy sektalarning
xatarli faoliyatiga qaratilib, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Din, e’tiqod, din falsafasi, teologiya, sekta, bahoiylik, ahmadiylik,
iegovochilar, diniy mafkura, ijtimoiy xavf.
Annotation
The essence of religion is based on the concepts of faith and belief. Religion plays
a significant role in the spiritual and moral life of humanity. This article analyzes the
concept of religion, its philosophical and theological foundations, as well as the
emergence of religious sects and their impact on society. Special attention is given to
the dangerous activities of sects and their role in socio-political life.
Keywords:
Religion, faith, philosophy of religion, theology, sect, Baháʼí Faith,
Ahmadiyya, Jehovah's Witnesses, religious ideology, social threat.
Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi
yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng
teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm,
hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish,
e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi.
Din falsafasi,
“din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida
aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga
falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat
ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul
bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad
bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
311
311
tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib
chiqadi.
Teologiya
atamasi (deus - Xudo, logos- ta'limot) qadimgi Yunonistonda paydo
bo‘lgan va dastlab hyech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. Teologiya «ilohiy
haqiqat» bilan, falsafa esa yaxlit fan sifatida – tabiiy olam bilan shug‘ullanadi. Falsafa
o‘zini bilishning hamma narsani, shu jumladan dinni ham o‘z muhokamasiga, tafakkur
ila bilish doirasiga tortishi lozim bo‘lgan oliy ko‘rinishi sifatida his eta boshladi. Shu
bois falsafa ilmning tili va tushunchalaridan Xudoning g‘oyalarini hamda «ilohiy
haqiqatni» asoslash uchun foydalanuvchi
falsafiy teologiya
g‘oyalari tez suratlarda
rivojlana boshladi.
Teosofiya
qadimgi ildizlarga ega bo‘lgan falsafiy harakatdir, ammo bu atama
ko‘pincha XIX-asrning ikkinchi yarmida yashagan rus-german ruhiy lideri Yelena
Blavatskiy tomonidan asos solingan teosofik harakatni anglatadi. Bir qator ruhiy
kuchlarni, jumladan telepatiya va xayolparastlikni da'vo qilgan Blavatskiy butun umri
davomida ko‘p sayohat qilgan. O‘zining katta asarlariga ko‘ra, unga Tibetga
sayohatlari va turli ustalar yoki mahatatlar bilan suhbatlaridan so‘ng koinot sirlari
to‘g‘risida tasavvur berilgan.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning
faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning
alohida yo‘li, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan hozirgacha
o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda
salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega ma’naviy-axloqiy kuch sanaladi.
Din tushunchasi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtayi nazardan qaraganda u
ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran ruhiy-ma’naviy
ehtiyojlaridan sanaladi. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan
xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar
doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan.
Sekta so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy
qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi
rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga
umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar
tushuniladi. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar.
Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan.
YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan,
biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi.
YaDHlarning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir.
(Aum Sinrikyo (Tokio metrosi 10/5000 zah.), Quyosh ehromi (fransiya va KanadA.va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
312
312
b.).
1.
protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi
kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih serkovi (Boston harakati);
2.
soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi
Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;
3.
sayentalogik kultlar – Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya markazi,
Kloneyd, Oq ekologlar harakati;
4.
neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – “Tirik axloq”(Agni
yogA., Krishnani anglash jamiyati, Transsendental meditatsiya, Aum-Sinrekyo,
Saxadja-yoga va b.);
5.
Yangi majusiy tashkilot va kultlar – “Runvira” ukrain milliy e’tiqodi
cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti” va
boshqalar kiradi.
Bahoiylik
– XIX asrda Eronda bobiylik yo‘nalishi zamirida vujudga kelgan diniy
yo‘nalish. Sherozlik Sayid Ali Muhammad (1819-1850) 1844 yilda Bob (arabcha
"eshik"), ya'ni yangi davrga "eshik" nomini olib, yaqin orada "Xudo elchisi"ning
namoyon bo‘lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in'om
etishini targ‘ib qila boshlagan.
bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab
ham emas deb hisoblaydilar. xudo har ming yilda Yer yuziga yangi
payg‘ambar tushiradi;
jannat va do‘zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi;
hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni
birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yo‘qotish lozim. Bahoiylar da'vosiga
ko‘ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim.
Ahmadiylik (Qodiyoniylik).
G‘ayriislomiy mohiyat va diniy-siyosiy mazmunga
ega bo‘lgan ahmadiylik oqimi XIX asrning oxirlarida Mirzo G‘ulom Ahmad
Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Ahmadiylarga ko‘ra, barcha dinlar qandaydir
xaloskorni kutadilar, uning kelishiga umid bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan
qutqaruvchi, bir odamda mujassam bo‘lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib,
birdamlik, hamjihatlikka erishilgan bo‘lardi.
Ahmadiylarning islom asoslaridan uzoqlashib ketganini ko‘rsatuvchi yana bir
holat ularning Makka, Madina qatorida Qodiyonni ham muqaddas shahar ekaniga
e'tiqod qilishlaridir. Ular Qodiyondagi masjid oldida minora qurdirib, uni “xaloskor
minorasi”, ushbu qishloqdagi qabristonni esa “Jannat bog‘lari” deb atab, bu yerga
ko‘milganlar jannatga kiradi, deb hisoblaydilar
"Satanizm"
deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga
ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan
ortiq tarafdorlari bor. Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-1_May-2025
313
313
yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar
ichida ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar.
Bunday sektalarga asos solgan "avliyo"lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning
mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Ugandadagi "
Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi.
Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu sekta rahbarlari o‘z
tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l
bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga
"ko‘chirilishi" sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan
so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab bir joyga
to‘plab, ustlaridan yopib binoga o‘t qo‘yib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari
xabarlariga ko‘ra, tezkor tadbirlarni o‘tkazgan politsiya yana to‘rt joyda ommaviy
qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq bo‘lgani qayd qilingan
“
Armageddon”
(ya’ni, go‘yoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi iegovochilar
va SHayton boshchiligidagi jinlar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang)
tushunchasini
kiritdi.
SHuningdek,
u
har
yili
iegovochilarning
xalqaro
konferensiyalarini o‘tkazishni 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida
radio va grammo–plastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
“
Iegovo shohidlari
Charlz Teyz Rassel tomonidan asos solingan.Ular xudoning
o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism “Iegovo”dir va u barcha narsalarning asosi va
yaratuvchisi, deb hisoblaydilar. Iegovochilar Iso Xudoning O‘g‘li bo‘lgan deb e’tiqod
qilsa–da, uning Xudo bo‘lganini inkor qilishadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, Iso Iegovo
tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan.
Markaziy Osiyoda “Iegovo shohidlari” diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari
1950 yillarda paydo bo‘lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bugungi
kunda respublikamizda “Iegovo shohidlari”ning 1 ta tashkiloti rasman ro‘yxatga
olingan. “Iegovo shohidlari” missionerlikka katta e’tibor beradi. , hozirgi kunda
iegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi Jamoa
rahbariyati tomonidan missionerlarni tayyorlash ishlariga katta ahamiyat beriladi.
AQSHning Nyu–York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda “Galaad” nomli
missionerlar tayyorlash markazi mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari.
3.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2017.
4.
G‘arb falsafasi tarixidan ma’lumotlar. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, T. 2005.
5.
Internet manbalari: Wikipedia.org, Britannica.com, jw.org
6.
Boboyorov R. “Zamonaviy diniy oqimlar va ular bilan kurashning dolzarb masalalari.” Toshkent,
2019.
7.
Madrahimov A. “Islom dini va sekta muammolari”. Samarqand, 2020.