Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
114-126
15
39
Поделиться
Бобокулова, У. . (2023). Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni (Abdulla Oripov she’riyati misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(1), 114–126. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp114-126
Ульжон Бобокулова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

магистрант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Obraz-kechinma lirikaning negizini tashkil qiladi. O‘z navbatida bu kechinma badiiy ifoda uchun to‘g‘ridan to‘gri maqsad bo‘la olmaydi,u ma’lum vaziyatlarda yuzaga kelgan ma’lum kayfiyatlarni aks ettiradi va ularni umumlashtiradi. Ijodkorning yaratuvchanlik qobiliyati asosida qator sifat o‘zgarishlariga uchraydi, yoki butunlay yangidan tug‘ilib, kishini maftun etarli darajada mukammallashgan tasavvurlar olamidan dunyoga keladi. Poetik obraz yaratish uchun so‘zning asl ma’nosiga nisbatan ko‘chma ma’nosini, ma’lum va oddiy belgilariga nisbatan noma’lum va hatto favqulodda belgilarini tadqiq etish, so‘zni mumkin qadar yangi qirralari va yangi jilolari bilan, xamelion ko‘rinishda tasvirlash taqozo qilinadi. So‘zga bunday o‘zgacha ma’no, ko‘rinish berish obrazlilikni yuzaga keltiradi. Zero, obrazlilik lirikaning muhim sharti bo‘lib, har qanday kechinma obraz bo‘lib shakllanmas ekan, she’rning oddiy bayondan farqi qolmaydi. Maqolada Abdulla Oripov she’riyati misolida obraz va obrazlilik xususida so’z yuritiladi.


background image

114

ISSN 2181-922X 114

126

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni

(Abdulla Oripov she’riyati misolida)

Uljon Boboqulova

1

Abstrakt

Obraz-kechinma lirikaning negizini tashkil qiladi. O‘z navbatida

bu kechinma badiiy ifoda uchun to‘g‘ridan to‘gri maqsad bo‘la olmaydi,

u ma’lum vaziyatlarda yuzaga kelgan ma’lum kayfiyatlarni aks ettiradi

va ularni umumlashtiradi. Ijodkorning yaratuvchanlik qobiliyati asosida

qator sifat o‘zgarishlariga uchraydi, yoki butunlay yangidan tug‘ilib, kishini

maftun etarli darajada mukammallashgan tasavvurlar olamidan dunyoga

keladi. Poetik obraz yaratish uchun so‘zning asl ma’nosiga nisbatan

ko‘chma ma’nosini, ma’lum va oddiy belgilariga nisbatan noma’lum va hatto

favqulodda belgilarini tadqiq etish, so‘zni mumkin qadar yangi qirralari va

yangi jilolari bilan, xamelion ko‘rinishda tasvirlash taqozo qilinadi. So‘zga

bunday o‘zgacha ma’no, ko‘rinish berish obrazlilikni yuzaga keltiradi.

Zero, obrazlilik lirikaning muhim sharti bo‘lib, har qanday kechinma

obraz bo‘lib shakllanmas ekan, she’rning oddiy bayondan farqi qolmaydi.

Maqolada Abdulla Oripov she’riyati misolida obraz va obrazlilik xususida

so’z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, poetik obraz, obrazlilik, lirika, inson,

tabiat, kechinma, his-tuyg‘u, induviduallik, umumlashma

.

Kirish

Badiiy asar ijodkorning obyektiv voqelikka bo‘lgan subyektiv-

estetik munosabatidan tug‘iladi. Unda ana shu munosabat oqibati

o‘laroq, muhim deb xayol qilingan hayot ko‘rinishlari o‘z ifodasini

topadi. “Borliqni jonli his etish va uni so‘zda ifodalash shoirni

yaratadi”, deya ta’rif beradi Gyote shoir va she’riyatning mohiyati

haqida fikr yuritib [Ekkerman 216, 141]. Darhaqiqat, har bir tashqi

hodisadan avval orzu, tilak, niyat, xullas, fikr tug‘iladi va bu fikr

insonning tashqi olamni qanchalik darajada idrok etgani hamda

o‘ziga o‘zlashtirgani hosilasi o‘laroq yuzaga keladi. Ijodkor o‘zi

1

Boboqulova Uljon

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va

adabiyoti universiteti magistranti

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

Iqtibos uchun:

Boboqulova, U.

2022.

“Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

1(2): 114—126.

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

anglagan tashqi ob’ektiv olamni ichki subyektivlik olamiga o‘tkazadi.

Ana shu ikkinchi olam – “subyektivlik saltanati bu – ichki dunyo”

[Belinskiy 1955, 131]da tuyg‘u va ong doirasida tashqi dunyodan

yashiringan ruh tashqari olamni o‘zida aks ettirgan ichki hayotning

bor go‘zalligi-yu mislsiz jilvalarini poeziyaga hadya qiladi. Bunda

biz hamma narsani shoirning shaxsiyati va mahorati orqaligina

anglaymiz. Yozuvchilar bu kabi hayot ko‘rinishlarini tasviriy nutq

vositasida yaratishadi.

Gap lirikaga xos obraz va obrazlilik haqida borar ekan, biz

undan faqat lirik qahramon obrazini qidirishimiz kerak emas, balki

lirik qahramon hislariga, kechinmalariga sabab bo‘lgan obrazlar

to‘g‘risida ham fikr yuritmog‘imiz, ularni chuqur tahlil qilmog‘imiz

darkor.

Asosiy qism

Lirikada obraz muammosini yoritishdan oldin lirika

istilohining mohiyatiga ham biroz to‘xtalib o‘tish joiz. Lirika

yunonсhа so‘z bo‘lib, “cholg‘u asbobi” degan ma’noni anglatadi.

Lirika eng qadimgi adabiy turlardan biridir va u o‘zining bir qator

xususiyatlariga ega. His-tuyg‘u va kechinmalarni tasvirlash uning

eng muhim xususiyati sanaladi. Shu bilan birga, lirika boshqa

adabiy turlardan farqli o‘laroq, voqelikni tasvirlamaydi. Uning

uchun voqelik lirik qahramon kechinmalarining asosi, ularga turtki

beradigan omil sifatida ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarlarda

voqelik lirik qahramonning qalb kechinmalari orqali ifodalanadi.

Yana ham aniqlashtiradigan bo‘lsak, kechinmalarni tasvirlash uchun

oniy lahzalarda vujudga kelgan va turfa xilda tovlanuvchi “parchalar”,

detallargina aks etishi mumkin. Insonni o‘rab turgan rang-barang

olam, uning turfa sir-sinoatlari, cheksiz ob’ektiv borliq – adabiyot-

ning ob’ekti hisoblansa, o‘sha olamda turli-tuman munosabatlarni

o‘zida mujassamlashtirgan inson hayoti esa uning tasvir predmetini

tashkil qiladi.

“Buyuk shoir o‘z “men”i xususida gapirar ekan, umum

haqida – insoniyat haqida so‘zlaydi. Zotan, insoniyatga xos hamma

narsa uning tabiatida mavjuddir” [Belinskiy

1948, 45]. Buyuk rus

tanqidchisining fikriga qo‘shilgan holda yana shuni aytish mumkinki,

haqiqatan ham, buyuk shoirning faqat o‘zigagina tegishli, o‘zigagina

xos bo‘lgan shaxsiy “men”i bo‘lmaydi. Uning “men”ida botiniy va

zohiriy olamda mavjud hamma jihatlar namoyon bo‘lishi mumkin.

Ko‘rmagandi bunchalar xo‘rlik,

Hatto ayoz tilganda yuzin.

115

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

Alamiga chidolmay sho‘rlik,

Nola chekib yubordi uzun

.

Shuning uchun ham har qanday she’rxon shoir hasratida o‘z

hasratini, shoir dardida o‘z dardini, uning quvonchida o‘z quvonchini,

uning qalbida o‘z qalbini topadi. Uning qiyofasida faqat shoirnigina

emas, balki insonni, o‘z bashariy birodarini ko‘radi.

Lirikaga xos obrazlilik ko‘rinishlarini biz yuqorida tahlil

qilganimiz – lirik qahramon obrazining namoyish etilish tarzlari

belgilab beradi. Ayrim asarlarda bu obraz to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etsa,

ayrim asarlarda esa bilvosita – go‘yoki lirik qahramonga aloqador

bo‘lmagan boshqa bir ramziy obrazlar ko‘rinishida va yana ba’zi

asarlarda esa goh bevosita, goh bilvosita tarzda namoyon bo‘lishi

mumkin. Shoir Abdulla Oripovning “Sentabr she’rlari” turkumidan

o‘rin olgan quyidagi she’rlarida yuqorida tilga olingan, ya’ni lirik

qahramon tuyg‘ularining namoyon bo‘lish tarzlarini ko‘rish mumkin:

Ummon sohilida kezaman bedor,

Tong qolib Tangrining mo‘jizasiga.

Qulog‘im tutaman takror va takror

Hayotning abadiy o‘lmas sasiga

[Oripov]

“Ummon bo‘yidagi o‘ylar” deb nomlangan ushbu she’rda

lirik qahramon obrazi yaqqol ko‘rinib turibdi. Shoirning barcha o‘y-

kechinmalari bevosita lirik obraz qiyofasida tasvirlangan bo‘lsa, endi

quyidagi she’rida esa lirik qahramon obrazini uning hayot haqidagi

tasavvurlari orqali ochishga harakat qilgan:

Ko‘m-ko‘k yaylov, ko‘rinmaydi

Boshqa hech bir zot,

Yollarini silkitgancha

O‘tlaydi bo‘z ot.

Yaltir-yultir uchib o‘tar

Kapalak ba’zan,

Sirli olam mana shuldir,

Shuldir koinot

[Oripov]

Ko‘rib turibsizki, bu she’rda o‘zgacha tasvir namoyon.

Shoir aytmoqchi bo‘lgan poetik fikr bevosita lirik qahramonning

monologiga emas, poetik obrazlarning o‘ziga yuklatilgan. Lekin tabiat

lirikasining go‘zal namunasi orqali shoirning falsafiy qarashlari o‘z

ifodasini topganini ham qalban his eta olamiz.

116

Uljon BOBOQULOVA


background image

Endi keyingi she’rga e’tiborimizni qaratsak:

Osmonda bir tanho qush uchar,

Yuraklarni o‘rtar ovozi.

Goh varrakdek balandlab ketar,

Goho pastlab ketar parvozi.

Birov bilmas, uchmish u qaydan,

Qayga qo‘nar? Bu ham noma’lum.

Nolasi bor – uzilgan naydan,

G‘oyib bo‘lar o‘tmasdan bir zum

[Oripov https://kh-davron.

uz.]

Qarang, go‘yoki lirik qahramon misralarda tasvirlangan tanho

qush obrazi orqasida qolib ketganday – berkinganday ko‘rinadi. She’r

uch banddan iborat bo‘lib, dastlabki ikki bandida “tanho qush”ning

“yuraklarni o‘rtovchi ovozi”, “goh baland, goho past parvozi”,

“manzilining noma’lum ekanligi”, “bir zumda g‘oyib bo‘luvchi naydan

uzilgan navosi” tasvirlari ko‘lamida lirik qahramonning o‘zini emas,

uning tuyg‘ularini, kayfiyatini, holatini bilvosita yuqorida sanab

o‘tilgan obrazlar orqaligina his eta olishimiz mumkin. She’rning

xotimasida esa:

O‘sha qushdek yashadim cho‘chib,

Sizni xavfdan ayladim ogoh.

Ketolmadim ko‘kka ham uchib,

Topolmadim yerda ham panoh...

[Oripov 2018, 335]- tarzida

lirik qahramon obrazi bevosita – “tanho qush” obraziga parallel

ravishda bo‘y ko‘rsatadi. So‘nggi banddan anglashiladiki, “tanho

qush” bu – ijodkorning – lirik qahramonning o‘zidir.

Ayrim holatlarning jozibadorligi va ommaning qalbiga

chuqur yetib borishining sababi shundan iboratki, u haqda shoir so‘z

ochgan. Unday she’rlarda hayot ufurib turadi va shunda ildiz otgan.

Shoirning mahorati natijasida poetik obraz darajasiga ko‘tarilgan.

Shoir poetik obrazlar orqali hayot haqiqatini boshqa muhitga –

san’at olamiga, yangicha makon va zamon doirasiga olib kirgan,

uni yangi bosqichga ko‘targan va unga o‘zgacha ko‘rinish va sifat

ato etgan. Bir insonning dardi-yu hasrati, quvonch-u shodligi yana

bir odamga har doim ham ta’sir qilavermaydi (buning uchun o‘sha

notanish odamda ham shunga o‘xshagan asos yoki sabab bo‘lishi

lozim). San’atda, ayniqsa, lirikada o‘z va begona, uzoq va yaqin, irq

va millat degan chegara, tafovut yo‘q: shoirning tasvir ob’ektida

kim turishidan qat’i nazar, uning his-tuyg‘ulari, kechinmalari inson

117

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

quvonch-u shodligi yo dard-u hasrati sifatida qabul qilinadi, shuning

uchun kitobxonni goh larzaga soladi, goh o‘y-xayolga toldiradi, goh

unga chinakam ruhiy quvvat beradi, surur bag‘ishlaydi. Sababi,

shoir hayotni kuzatadi, teran, o‘tkir nigoh bilan uni mushohada

qiladi, boshqalar anglashi qiyin bo‘lgan qirralarini topadi, hayot

haqiqatining mohiyatiga razm soladi, qaysidir jihatlari bilan hamjins,

hamohang bo‘lgan boshqa ko‘pgina faktlarni o‘rganadi, ularning

nazardan chetda qolgan, unutilgan yoki noma’lum bo‘lgan go‘zallik

qirralarini tadqiq etadi va konkret bir obrazda umumlashtirib beradi.

Shu boisdan muayyan obrazga asos bo‘lgan badiiy haqiqat hayot

haqiqatiga nisbatan ko‘p qirrali, umumlashma xususiyat kasb etadi,

bu esa shoirga chuqur botiniy ma’noga ega bo‘lgan lirik va falsafiy

poetik obrazlar yaratishiga asos bo‘la oladi. Bu mezon olim Uzoq

Jo‘raqulov ta’biri bilan aytganda, ijodkorning bir ko‘zliligi atalib, bu

hammaga birdek xolis bo‘lish deganidir. “Bir ko‘zli ijodkor uchun irq,

millat, firqa singari tushunchalar mavjud emas. U butun insoniyatga

samoviy mavjudot ko‘zi bilan qaray oladi” [Jo‘raqulov 2015, 243].

Misol uchun, Afrikaning Sahroyi Kabirida yashovchi biror kishi

eskimoslarning quyoshning issiq nurlaridan mosuvo, sovuq, qorli

makonlari aks ettirilgan she’rning umumiy poetik mazmunida o‘z

vatanini ko‘ra olishi shundan darak. Axir shoirning iste’dodi, u oddiy

narsaning ham go‘zal jihatlarini farqlashga qodir bo‘lmog‘idir, bunda

kerakli mavzuni, tilga olishi lozim bo‘lgan qirralarni, she’r mag‘zini

shoirga hayotning o‘zi beradi; shularning barchasida ohangdor, nafis

bir butunlikni yaratish endi shoirning muhim vazifasidir. Shundan

xulosa qilish mumkinki, shoir lirik qahramon obrazining aynan

o‘zi emas. Lirik qahramon tomonidan his etilgan obraz – kechinma

lirikaning qon-tomiridir.

Poetik obraz hayot haqidagi shoirona tasavvur va tafakkurning

aniq bir his-tuyg‘u va kechinma orqali maxsus tasvirlanishidir: bu

goh ob’ektiv olamni shoirning qalb oynasida qayta aks etishi bo‘lsa,

goh ruhiy olamning odamlar shuuridagi, hissiyotidagi ifodasini shoir

estetika qonuniyatlari asosida qayta jonlantirishi tarzida namoyon

bo‘ladi. Hayotdagi turfa voqea-hodisalar, unsurlar, shaxslar, turli

vaziyatlar, ruhiy holatlar zamiridagi she’riyatni, odamlar qalbidagi

go‘zallikni aniq bir she’rlarga, konkret obrazlarga aylantirish uchun

shoir ziddiyatli va murakkab holatlarni boshidan kechiradi. Poetik

obraz goh birdaniga, g‘oyibona tug‘ilishi, goh ma’lum bir vaqt

oralig‘ida (makon va zamon) shoirning ruhiy holati natijasi o‘laroq

dunyoga kelishi yoki uzoq izlanishlar, ijodiy qiynoqlar jarayonida

yuzaga kelishi mumkin. Har ikkala holatda ham shoirning estetik

118

Uljon BOBOQULOVA


background image

didi yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Faqat birinchi holda

obrazlar beixtiyor, intuitiv tarzda shakllanganda ijodiy izlanishlar

zohiran sezilmaydi, ya’ni lirik asarning umumiy mazmuni orqasiga

“yashirinadi”.

XX asrning buyuk shoirlaridan biri Iogannes Bexer

“Yomon rasmlarning aybi yomon chizilganida emas, balki yomon

o‘ylanganidadir”, deydi [Bexer 1965, 342]. Faqat shoirning oliyjanob

o‘y-niyati, fikrlari bilan to‘la ma’nodagi poeziyani, poetik obrazlarni

yaratish mushkul. Chinakam poeziya yorqin kechinmalarga aylanishi,

ijod jarayonida individuallik kasb etishi va konkret xususiyatlarda

namoyon bo‘lishi lozim.

Tik devorda o‘rib, o‘rmalab,

Chumolilar qatnar tinimsiz.

(Yashash shuni etadi talab)

Balki ular indosh yo insiz.

Ko‘ryapsanmi uchrashib yo‘lda

Gaplashganday bo‘lar o‘zaro

Hey, insonlar, boqing bu yo‘lda

Ko‘tarilmas urush, mojaro

[Oripov 2021, 306]

.

Chumoli so‘zidan har bir shoir istagan she’rida har xil

tasvirlarni, obrazlarni yaratishi mumkin. Adabiyotda, asosan,

mehnatkashlik timsoli sifatida ta’riflanadigan bu obraz shoir Abdulla

Oripov qalamiga mansub yuqoridagi “Chumolilar” she’rida yangicha

obraz sifatida individuallik kasb etgan. Shoirning dunyoni teran

anglashi, o‘ziga xos uslubi, ijodiy ehtirosning kuchi va yaratuvchanlik

dardi shaklan juda ham kichik bo‘lgan hasharot obrazida katta

bir umumbashariy muammolarni – insoniyat dardi va bashariyat

taqdiri haqidagi o‘y-xayollari tajassum qilinganligiga shubha

qilish mumkinmi? She’rning dastlabki misrasidanoq “

tik devorda

yolg‘iz yo‘ldan tinimsiz ravishda qarama-qarshi harakatlanayotgan

(odamlar borki, ayro yo‘llarda ham bir tomonga tinchgina harakatlana

olmaydi) chumoli bir paytning o‘zida “

o‘rmoq

” va “

o‘rmalamoq

singari insoniy hamda hayvoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan

badiiy umumlashma obraz sifatida namoyon bo‘ladi. “

Chumolilarning

tinimsiz qatnashi

”da mavjud barcha tirik jonzot uchun yashashning

asosiy talablaridan biri to‘xtovsiz harakat ekanligini shoir alohida

ta’kidlaydi. Zotan, butun koinot hayoti harakat ustiga qurilgandir.

Hatto ular indosh (bir oila vakili, mahalladosh, vatandosh) yoki indosh

bo‘lmagan (bir oilaga mansub bo‘lmagan, bir-birini tanimagan, o‘zga

bir mahallaning, o‘zga bir davlatning vakili) bo‘lishi mumkinligi

119

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

holda ham, ularda aks ettirilgan insoniy sifatlar natijasida chuqur

falsafiy ma’no kasb etadi. Odamdagi eng asosiy xususiyatlardan biri

bo‘lgan so‘zlashish qobiliyatini chumolilarga ko‘chiradi. Natijada

uchrashib o‘zaro gaplashishi”

tashbehida ijodkorning asl niyati

oydinlasha boradi va xuddi shunda obrazlilik yaqqol bo‘y ko‘rsatadi.

Chinakam poetik tuyg‘u, ramziylik vositasida yaratilgan bu

misralarda “chumoli” obrazi misradan misraga o‘tgan sari betakror

individuallik kasb etadi, tobora kuchliroq badiiy jozibaga ega bo‘lib

boradi – ko‘p qirrali, umumlashma obraz darajasiga ko‘tariladi.

“Hey

insonlar, boqing bu yo‘lda

,

Ko‘tarilmas urush, mojaro”

misralarida

ijodkorning g‘oyaviy maqsadi, estetik ideallari xulosasi insoniyatga

qilingan murojaati bilan yuzaga chiqadi. Shu tarzda shoirning “ideal

olam”i bu gal “chumoli” ramziy-majoziy timsolida o‘zining original

talqiniga ega bo‘ladi, o‘zgacha falsafiy-lirik, polisemik obraz sifatida

namoyon bo‘ladi.

Yuqorida poetik obraz ma’lum bir vaqt oralig‘ida (makon

va zamon) shoirning ruhiy holati natijasi o‘laroq dunyoga kelishi

xususida so‘z yuritgan edik. Buyuk nemis shoiri Gyotening “Marien-

bad elegiyalari” haqida o‘sha davrda bir mishmish tarqaladiki, go‘yo

Gyote Marienbadda kurort sayohati chog‘ida ham qalban, ham

jisman beqiyos go‘zal bir qiz bilan tanishib qolganmish. Qizning

yonida bo‘lish uchun biror imkoniyatni ham qo‘ldan chiqarmay

u yerda g‘oyat baxtli kunlarni boshidan kechirganmish. Nihoyat

undan ayrilish uning uchun behad og‘ir bo‘lganmish va achchiq

hijron onlarida hayratangiz go‘zal she’rlar yozganmish. Shuni ham

tan olish kerakki, “Marienbad elegiyalari”da qalamga olingan his-

tuyg‘ular Gyotening boshqa she’rlariga nisbatan ancha-muncha

kuchliroq edi. Gyote “Marienbad elegiyalari” haqida so‘z yuritib:

“Bular g‘oyatda to‘lqinli ehtiros mevasidir. Men bu ehtiros og‘ushida

bo‘lgan paytimda, dunyoda hech bir narsa uning o‘rnini bosa olmaydi,

deb o‘ylardim. Men bu she’rlarni boshdan kechirganlarim haqidagi

hislar hali sovimayoq yozganman. She’rdagi yaqqol samimiyat

ham shundan, hammasi go‘yo bitta yombidan quyilgandek, buning

umumiy mazmunga ham foydasi bo‘lgan” [Ekkerman 2016, 68].

Ko‘rinib turibdiki, she’r yuqoridagi voqea tug‘dirgan kechinmalar

ifodasi bo‘lib, jonli ruh, kuchli ehtiros ta’sirida yuksak poetik obrazlar

yuzaga kelgan. Biz tahlil qilgan “Chumolilar” she’ridagi chumoli

obrazi birdaniga, g‘oyibona tug‘ilgan obraz bo‘lishi mumkin. Tik

devorda harakatlanayotgan chumolilarga bexosdan ko‘zi tushgan-u,

ularni kuzatish natijasida o‘zida yuzaga kelgan ruhiy kechinma – ayni

vaziyat shoirning yaratajak she’ri uchun detal vazifasini bajargan.

120

Uljon BOBOQULOVA


background image

Bunda tasodif go‘zal bir poetik obraz yaratilishiga asos bo‘lgan,

desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi holatda esa ayni bir vaqtda yuz

bergan bir butun kechinma – qalbning o‘sha onlardagi surati shu

qadar ohorli, samimiy obrazlarning yaratilishiga asos bo‘lgan. Poetik

obraz yuzaga kelishining ikkinchi turiga esa A.Oripovning “Hayot

ibrati” she’ri yaqqol misol bo‘la oladi:

Yosh do‘stim, volidang qadriga yetgin,

Mayli, o‘zgalarni faromush etgin.

Ona-yu Vatandir asli beminnat,

Boshqalar sherikdir, hamrohlar faqat

[Oripov 2016, 268]

.

Ushbu she’rdagi shoirning hayot haqidagi o‘y-fikrlari,

xulosalari uzoq yillik hayotiy tajribalari, bosib o‘tgan umr yo‘llaridan

chiqargan shaxsiy mulohazalari asosida vujudga kelgan bo‘lib,

poetik fikr lirik qahramonning o‘z-o‘zini aks ettiruvchi monologi

tarzida bayon etilgan. Bunda tilga olingan obrazlar ijodiy qiynoqlar,

izlanishlar, ruhiy iztiroblar – kechinmalar samarasi o‘laroq poetiklik

kasb etgan. Chunki Ona va Vatan obrazlari haqida keskin xulosaga

kelish uchun murakkab hayotiy va ijodiy jarayonni bosib o‘tgan

bo‘lish lozim.

“Badiiy obraz borliqning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va

ideal asosida ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo‘lgan

shaklda ifodalangan aksidir” [Quronov 2018, 90]. Albatta, bu aksda

borliqning ko‘plab izlarini topamiz, biroq endi bu izlar biz bilgan

borliqning aynan o‘zi emas, tamomila yangi olam – badiiy borliqning

o‘zidir.

Sevgi bo‘lar sevgiga javob

Yangragandek gumbazda sado...

(Qadimgi hind shoiri)

Qanot bog‘la, hey, lirik yurak!

Hissiyotlar osmonida uch.

Dilraboning qalbiga kirgil,

Olgil qaynoq lablardan o‘pich!

Qalbimsan sen, uchqur lirikam!

Qalb! Rozingni vafo bo‘lib ayt.

Tingla! Go‘zal qalbini rom et!

...Toki aksi sado olib qayt!

[Oripov 2021, 90]

E’tibor bergan bo‘lsangiz, shoir Abdulla Oripov “Qanot bog‘la”

121

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

deb nomlangan kichik hajmli she’rida lirik turning butun mazmun-

mohiyatini bayon etib bergan. Asarning dastlabki bandida lirik

qahramon obrazi bilvosita, ya’ni “

lirik yurak”, “dilrabo”

obrazlari

soyasiga yashirinib olgan.

“Lirikaga aylantirilgan yurakni qanot

bog‘lab, hissiyotlar osmoniga uchishini, dilraboning qalbiga kirib,

lablaridan qaynoq o‘pich olishi”

da obrazlilikning go‘zal namunasini

ko‘rishimiz mumkin. “

Dilrabo”

obrazi tashqaridan ko‘ringan go‘zal

obrazigina emas, balki biz yuqorida bildirgan fikr – shoirning qalbini

maftun etgan, ko‘nglini jalb qiluvchi va “

dil tortuvchi

” borliqdagi

jamiki real va mavhum narsalardir. Mavjudlikning – “

dilrabo”

ning

ichki dunyosiga – qalbiga kirib, bir-biriga singib ketgan ikki oshiq

bo‘sasidek

ob’ekt (dilrabo)

va

sub’ekt (shoirning lirik yuragi)

ning

oshufta bo‘lib ketishi haqiqiy lirik kechinmani yuzaga keltiradi.

O‘pich orqali “dilrabo”ning qalbini shoir qalbiga ko‘chirgan uchqur

lirika (yurak) endi shoirning qalbiga aylanadi. Shoir o‘z qalbiga

murojaat qilib, dil rozini go‘zalga yetkazishi va qalbidagi go‘zalning

qalbini rom etishi lozim. Toki shoirning qalb kechinmalari “dilrabo”

bilan uyg‘un holatda “aksi sado” bo‘lib qayta yaralgandagina go‘zal

lirik obraz dunyoga keladi. Lirik obraz esa shoirning obrazli tafakkuri

– obrazlilik orqali yuzaga keladi.

Obraz va obrazlilik yo‘q joyda lirika mavjud bo‘lmaydi.

Obrazlilik esa lirik asarlarda turfa ohang, tovush, polisemantik so‘zlar

orqali turli-tuman ma’no ko‘chish yo‘llari – badiiy tasviriy vositalar,

ramziy obrazlar yordamida yuzaga keladi. Yuqoridagi bildirilgan

fikrlarimizdan ayon bo‘ladiki, haqiqatan real voqelikning o‘zi obraz

materiali bo‘la olmaydi, bunda ijodkorning shaxsiyati ham muhimdir.

Ya’ni “Bir badiiy obrazda ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar uyg‘un

mujassam topadi” [Quronov 2018, 91]. Shuning uchun ham bir xil

mavzuni qalamga olgan ikki ijodkor, bitta narsaning suratini chizgan

ikki rassom, bitta personaj rolini ijro etgan ikki aktyor tomonidan

yaratilgan obrazlar bir xil bo‘lmaydi, bo‘lolmaydi. Fikrimiz dalili

sifatida ikki shoir – Abdulla Oripov va Rauf Parfilarning bir xil obraz

yaratishdagi turfa kechinmalari va tasvirini keltiramiz:

Tonglar otar bunda entikib,

Quyosh visol deya ichikib,

Tog‘lar aro ko‘taradi bosh.

Qahqaha-la yoyar zarrin soch

[Oripov 2021, 334].

Tong otmoqda tong o‘qlar otar,

Tong otmoqda quyosh – zambarak.

Yaralangan yer shari yotar,

122

Uljon BOBOQULOVA


background image

Boshlarida yashil chambarak

[To‘xliyev, Karimov B. 2018, 81].

Har ikkala lirik asarda ham shaklan bir xil motivlar va obrazlar

tasvirlangan, ya’ni tong otish jarayoni va quyosh. Lekin ijodkorning

ichki sezimlari, voqelikni idrok qilish va his etish hamda uni qayta

ifoda etish uslublari ayrodir. Ular tomonidan tasvirlangan kechinma

– obraz mohiyatan bir xil bo‘lsa-da, ayni lirik asarlarda tamomila bir-

biriga zid o‘zgacha ruh, o‘zgacha kayfiyat kasb etgan. A.Oripovning

“Yillar va burgut” lirik dostonidan keltirilgan yuqoridagi parchada

“tongning quyosh visoli deya entikib otishi, quyosh esa tongning

visoli uchun qahqaha-la zarrin sochlarini yoyib, ichikib tog‘lar

aro bosh ko‘tarishi” motivida hayotga bo‘lgan muhabbat, ertangi

kunga bo‘lgan ishonch, diydor ufurib turgan bo‘lsa, R. Parfining

“Tong otmoqda” she’rida esa tong bilan kelishib olgan quyosh

go‘yo zambarakki, undan otilayotgan o‘qlar yerni yaralagan. Lekin

bu o‘qlar jon oluvchi emas, aksincha jon baxsh etuvchi, yerga

yangidan hayot bag‘ishlovchi o‘qlar ekanligi yerning boshidagi

yashil chambarak orqali obrazli tarzda ifodalanadi. Har ikkala

she’rda ham tong va quyosh obrazlariga xos individual xususiyatlar

katta bir badiiy umumlashmani hosil qilgan. Bu esa konkret obraz

yaratilishiga olib kelgan. She’rning har misrasida obrazli tafakkur

mahsuli o‘laroq obrazlilik nafasi ufurib turibdi. Lirikani obraz va

obrazliliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yuqoridagi she’rlar mazmunini

nasriy “Tong otdi va quyosh chiqdi” tarzida ifodalaganimizda hech

qanday ehtiros va kechinmadan asar ham qolmaydi. Shu bois, lirik

asarlarda obraz – kechinma va obrazlilik muhim kategoriya bo‘lib,

lirik asarning yuragi, qalbidir.

Xulosa

Haqiqiy lirik obraz yaratish uchun ijodkor borliqni o‘ziga

singdirishi va ichki sezimlari orqali anglangan barcha motivlarni yaxlit

bir holda tasvirlashi lozim. Agar voqelikni shoir o‘z xayolida qanday

tasavvur qilgan bo‘lsa, shunday tasvirlasa oddiy karikaturadan

boshqa narsa bo‘lmasdi. Nur bor, turfa ranglar bizni o‘rab turibdi.

Ammo o‘z ko‘zimizda nur va ranglar bo‘lmaganida edi, biz ularni

ilg‘ayolmagan, ko‘zimiz ochiq holda ko‘r bo‘lur edik. Borliqda mavjud

barcha real va mavhum narsalarning ichki dunyosiga kira bilgan,

ularni o‘ziga singdirgan shoirning yuksak ehtirosi, tug‘ma este’dodi

va ilhomi orqali tashqariga aks-sado tarzida otilib chiqqan obrazlar

yetuk poetik obrazlar sanaladi.

She’riyatda obrazlilik, asosan, ifodaviylik va tasviriylik

tarzida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha ular yonma-yon yashaydi, bir-

123

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

biriga o‘tib turadi va bir-biriga qo‘shilib, singishib ketadi. Beixtiyor

ilhom ola kelgan kechinma – obrazlar ifodaviylikni yuzaga keltirsa,

tasviriylik esa, avval aytib o‘tganimizdek, uzoq izlanishlar, tajribalar,

ijodiy qiynoqlar samarasidir. Olam shu qadar keng, shu qadar boy,

hayot shu qadar rang-barangki, she’r uchun mavzu hamisha topiladi.

Biroq bu she’rlar uchun sabab va materialni borliqning o‘zi berishi

kerak. Ana shunday borliqning o‘zi ilhom va iste’dod tuhfa qilgan

shoir Abdulla Oripov ijodida aks ettirilgan barcha obrazlar badiiy

jihatdan butun obrazlardir. Shoir ijodida obrazlar ko‘lami shu qadar

xilma-xilki, hayotda ijodkor qalamga olmagan mavzu qolmagandek

go‘yo va buning natijasida yuzaga kelgan obrazlar sistemasining o‘zi

bir kichik olamdir.

Abdulla Oripov she’riyatidagi obrazlar o‘zining jozibadorligi,

sharqona urf-odatlarning ifodasi sifatida milliy ruh bilan

sug‘orilganligi, teranligi, ko‘p ma’noliligi (polisemik) va ularga

yuklatilgan “yuk”larning og‘irligi hamda salmoqdorligi jihatdan

adabiyotimizda muhim o‘rin tutadi. Bu obrazlar tabiatning kichik

zarrasi-yu insonning eng ichki hislaridan tortib umumbashariy

muammolarni ham o‘ziga qamrab olgan obrazlardir. Hatto bu olamga

mansub bo‘lmagan botiniy olamdagi mavjudliklar ham shoir ijodida

mukammal obraz darajasiga ko‘tarila olgan.

Adabiyotlar

Белинский В.Г. 1955.

Танланган асарлар.

Тошкент: Ўзбекистон.

Белинский В.Г. 1948.

Собрание сочинений в 3-х томах.

М., Художествен

-

ная литература.

Бехер Й. 1965

. Любовь моя, поэзия.

М., Художественная литература.

Эккерман Й.П. 2016.

Гёте билан гурунглар.

Тошкент: Ўзбекистон.

Гегел. 1958.

Сочинения.

14-том. М., Художественная литература.

Жўрақулов У. 2015.

Назарий поэтика масалалари.

Тошкент: Adabiyot

va san’at.

Oripov A. 2015.

Everest va Ummon.

Тoshkent: O‘zbekiston.

Орипов A. 2016.

Саккизинчи жилд.

Тошкент: Шарқ.

Oripov A. 2021.

Shoirning tug‘ilishi.

Тoshkent: Adabiyot.

Oripov A.

Sentabr she’rlari.

https://kh-davron.uz.

Quronov D. 2018.

Adabiyot nazariyasi asoslari.

Тoshkent: Akademnashr.

To‘xliyev, B, Karimov, B. 2018.

Adabiyot.

11-sinf o‘quvchilari uchun darslik.

II qism. Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

124

Uljon BOBOQULOVA


background image

The role of image and imagery in lyrics

(In the example of Abdullah Oripov's poetry)

Uljon Bobokulova

1

Abstract

The image-experience is the basis of the lyrics. In turn, this

experience cannot be a direct goal for artistic expression, it reflects certain

moods that have arisen in certain situations and summarizes them. Based

on the creative ability of the creator, it undergoes a number of qualitative

changes, or it is born completely anew and comes to the world from the

world of imagination, perfected to a sufficient level of fascination. In order

to create a poetic image, researching the figurative meaning of the word in

relation to its original meaning, the unknown and even extraordinary signs

in relation to its known and ordinary signs, using the word with as many

new facets and new glosses as possible, chameleon It is recommended to

describe it in the form. Giving such a special meaning and appearance to

the word creates imagery. After all, imagery is an important condition of

lyrics, and as long as any experience is not formed into an image, the poem

will not differ from a simple statement. The article talks about image and

figurativeness on the example of Abdulla Oripov's poetry.

Key words:

Abdulla Oripov, poetic image, imagery, lyrics, human,

nature, experience, emotion, individuality, generalization.

References

Belinskiy V.G. 1955.

Tanlangan asarlar.

Toshkent: O‘zbekiston.

Belinskiy V.G. 1948.

Sobranie sochineniy v 3-x tomax.

M., Xudojestvennaya

literatura.

Bexer I. 1965

. Lyubov moya, poeziya.

M., Xudojestvennaya literatura.

Ekkerman Y.P. 2016.

Gyote bilan gurunglar.

Toshkent: O‘zbekiston.

Gegel. 1958.

Sochineniya.

14-tom. M., Xudojestvennaya literatura.

Jo‘raqulov U. 2015.

Nazariy poetika masalalari.

Toshkent: Adabiyot va

san’at.

Oripov A. 2015.

Everest va Ummon.

Toshkent: O‘zbekiston.

Oripov A. 2016.

Sakkizinchi jild.

Toshkent: Sharq.

Oripov A. 2021.

Shoirning tug‘ilishi.

Toshkent: Adabiyot.

Oripov A.

Sentabr she’rlari.

https://kh-davron.uz.

1

Bobokulova S. Uljon

- Graduate student of Alisher Navoi Tashkent State University

of Uzbek language and literature.

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

For citation:

Boboqulova, U. 2022. “The role of image and imagery in lyrics”.

Uzbekistan: Language and Culture

1(2): 114-126.

125

Lirikada obraz va obrazlilikning o‘rni


background image

Quronov D. 2018.

Adabiyot nazariyasi asoslari.

Toshkent: Akademnashr.

To‘xliyev, B, Karimov, B. 2018.

Adabiyot.

11-sinf o‘quvchilari uchun darslik.

II qism. Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

126

Uljon BOBOQULOVA

Библиографические ссылки

Белинский В.Г. 1955. Танланган асарлар. Тошкент: Ўзбекистон.

Белинский В.Г. 1948. Собрание сочинений в 3-х томах. М., Художественная литература.

Бехер Й. 1965. Любовь моя, поэзия. М., Художественная литература.

Эккерман Й.П. 2016. Гёте билан гурунглар. Тошкент: Ўзбекистон.

Гегел. 1958. Сочинения. 14-том. М., Художественная литература.

Жўрақулов У. 2015. Назарий поэтика масалалари. Тошкент: Adabiyot va san’at.

Oripov A. 2015. Everest va Ummon. Тoshkent: O‘zbekiston.

Орипов A. 2016. Саккизинчи жилд. Тошкент: Шарқ.

Oripov A. 2021. Shoirning tug‘ilishi. Тoshkent: Adabiyot.

Oripov A. Sentabr she’rlari. https://kh-davron.uz.

Quronov D. 2018. Adabiyot nazariyasi asoslari. Тoshkent: Akademnashr.

To‘xliyev, B, Karimov, B. 2018. Adabiyot. 11-sinf o‘quvchilari uchun darslik. II qism. Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов