Mo‘tabar siymoning samoviy olami

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
59-67
0
0
Поделиться
Бобокулова, У. (2024). Mo‘tabar siymoning samoviy olami . Узбекистан: язык и культура, 1(1), 59–67. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp59-67
Улжон Бобокулова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
докторанты института литературы
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ona siymosi har bir adib ijodiga alohida bir mehr, chinakam ehtirom hosilasi sifatida kirib keladi. Bu ehtirom undagi beqiyos fazilatlar va xislatlarga bo'lgan maslak bilan ifodalanadi. "Ona haqida kimlar nima demagan. Dunyoda Oripov biror bir shoir yoki adib bo'lmasinki, ona haqida qo'shiq to'qimagan, kuylamagan bo'lsa. Ona bor, olam bor; ona bor, odam bor; ona bor, Vatan bor, deyishadi. Chindan ham ona kabi tabarruk va aziz, ona kabi muqaddas va mehridaryo, ona kabi mard va jasur, ona kabi hokisor va kechirimli inson olamda topilmasa kerak. Shundan bo'lsa ajab emaski, ona mavzusi ijodkor uchun navqiron, abadiy tugallanmas ilhom manbayidir",-degan edi adabiyotshunos olim S.Mirvaliyev ona qiyofasi to'g'risidagi mulohazalarida. Ushbu maqola ona obrazining lirik va irfoniy talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she'riyatida misolida o'rganishni ko'zda tutadi.

Похожие статьи


background image

59

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)

ISSN 2181-922X 59

67

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

Uljon Boboqulova

1

Abstrakt

Ona siymosi har bir adib ijodiga alohida bir mehr, chinakam

ehtirom hosilasi sifatida kirib keladi. Bu ehtirom undagi beqiyos fazilatlar

va xislatlarga bo‘lgan maslak bilan ifodalanadi. “Ona haqida kimlar nima

demagan. Dunyoda Oripov biror bir shoir yoki adib bo‘lmasinki, ona

haqida qo‘shiq to‘qimagan, kuylamagan bo‘lsa. Ona bor, olam bor; ona bor,

odam bor; ona bor, Vatan bor, deyishadi. Chindan ham ona kabi tabarruk

va aziz, ona kabi muqaddas va mehridaryo, ona kabi mard va jasur, ona

kabi hokisor va kechirimli inson olamda topilmasa kerak. Shundan bo‘lsa

ajab emaski, ona mavzusi ijodkor uchun navqiron, abadiy tugallanmas

ilhom manbayidir”,-degan edi adabiyotshunos olim S.Mirvaliyev ona

qiyofasi to‘g‘risidagi mulohazalarida. Ushbu maqola ona obrazining lirik

va irfoniy talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida

o‘rganishni ko‘zda tutadi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, poetik obraz va poetik talqin, ona

obrazi, kechinma, irfoniy qarash, paranormal, ilohiy ruh.

Kirish

Darhaqiqat, hamma-hammasi onadan boshlanadi. Ularda

mehribonlik, xushfe’llik, o‘zgalar dardini his qilish va kechirimlilik-

ning cheksiz manbayi mavjud. Onalar − zamin tayanchi. Ularning

mehr shavqati, hayotsevarligi, xolisona yordamga shoshilishi

odamzod naslini yaratadi, ko‘paytiradi va mustahkamlaydi. Ona

har zamonda va makonda ona bo‘lib qolaveradi. Shoir Abdulla

Oripov ijodida eng ko‘p qo‘llangan so‘zlardan biri bu − ona so‘zidir.

Filologiya fanlari doktori Adiba Davlatova o‘zining Abdulla Oripov

ijodiga bag‘ishlangan dissertatsiyasida Ona obrazi va so‘zining 1092

holatda, go‘zal va go‘zallik tushunchasi 137 marotaba, hasad 74,

hasadgo‘y obrazi 23 marta, hayot tushunchasi 389, iblis so‘zi 52,

shayton esa 87 holatda qalamga olinganligi haqida yozib, mana shu

kategoriyalar asosida tasniflanganida shoir qadrlagan eng oliy tuyg‘u

1

Boboqulova S. Uljon

- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va

adabiyoti universiteti doktoranti.

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

ORCID ID:

0009-0005-9072-2748

Iqtibos uchun:

Boboqulova U.S. 2024. “Lirikada obraz tasnifi va talqin”.

O‘zbekiston: til va madaniyat 1(2):

59-67.


background image

60

Uljon BOBOQULOVA

Ona ekani, keyingi o‘rinda hayotni sevgani, qadrlagani, hayotsevarlik

xususiyatlari ekani ma’lum bo‘ladi. Shu ma’noda ayta olamizki, shoir

ijodidagi bosh obrazlardan biri ona obrazidir. Shoir she’rlarida ona

oq sut berib o‘stirgan mo‘tabar siymo, munis va mo‘tabar zot, nozik

xilqat, ilohiy bir samovat olami sifatida suvratlanadi.

Har bir yosh havaskor shoirlar yozadigan mavzulari

barchamizga ma’lum. Vatan, tabiat, ota, ona, va hakazolar... Bular

esa doimo tayyor tuyg‘ular. Lekin mana shu tuyg‘ularning taqdiri-

qismati his qilinish va ifodalanish darajasiga bog‘liq. A.Oripovning

onaga bag‘ishlangan har bir she’rida mana shu his va ifodaning

hayotiyligi va mukammalligini ko‘rishimiz mumkin. Shoirning

onaga bag‘ishlangan ilk she’rlaridayoq bu holatga guvoh bo‘lishimiz

mumkin.

Tunlari uyqusiz, murg‘ak boshimni

Allalab ulg‘aytgan sensan, onajon!

Ilk boq yurganimda qo‘limdan tutib,

Shodlik chamaniga eltgan mehribon.

Yoshligim nur bo‘lib qo‘ndi sochingga,

Mana yuzlaringni qopladi ajin.

Ona, mehr to‘la boqqan ko‘zingda

Baxtim sevinch bo‘lib balqmaganmikin

[Oripov 2021. 156].

“Onamga” nomli she’ri endi she’riyat olamiga kirib kelgan

yosh shoirning onaga bo‘lgan hurmat, minnatdorchilik hissi

ifodasidir. Ha, tunlari bedor farzandi boshiga parvona bo‘ladigan

yagona zot bu-ona. Onaning sochiga tushgan har tola oq-bu farzand

bilan, uning ga’m-u hasrati bilan hamohang. Hayot guli bo‘lmish

farzandning ilk qadamlari ham, ilk aytgan so‘zlari ham ona bilan

bog‘liq. Farzand ulg‘ayar ekan uning yoshligi ortda qolgan emas,

go‘yo nur bo‘lib onaning sochlariga abadiy qo‘ngan. Yuzlaridagi

har bir ajinda farzandning holi-ahvoli namoyon. Faqat ko‘zlar

o‘zgarmaydi. Farzand necha yoshda bo‘lsa ham, bu mehr mavjlanib

turaveradi. Chunki ona-bu mehr degani. Birgina “Ona” degan so‘zni

eshitishimiz bilan sergak tortamiz, qalbimizga nur va mehr inadi.

Yozuvchi O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida

“Noma’lum askar Kimsan Husanov hikoyasi” nomli kichkina

hikoyacha bor. Unda asira ayolning qizalog‘i uchun yashashga intilishi,

o‘zida mislsiz kuch topa olgan ona jasorati hikoya qilinadi. Nemis

harbiylari asirlar ustidan tajriba o‘tkazishar ekan, roppa-rosa o‘ttiz

besh daqidaga bardosh bergani uchun kashf etishgan og‘u dorisining

kuchidan benihoya sevinishadi. Vaholanki, onaning farzandiga

bo‘lgan adoqsiz muhabbati nemislarning fan-texnikasidan kuchli


background image

61

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

ekanligini ular qayerdan ham bilishsin?! Hisob-kitobga usta nemislar,

“madaniyatli”, “bilimdon” fashistlar bir narsani o‘ylamasdi. Ayolni

shuncha azoblarga bardosh berishiga undagan kuch ular yaratgan

ukol emas, aksincha, onaning ko‘z o‘ngida turgan qizchasi. Asira

ayol bolasidan umid uzolmayapti, o‘lolmayapti. Ona farzand uchun

yashaydi. Barcha orzu-umidlari, quvonch-shodliklari farzandi bilan

tutash. Shoir Abdulla Oripov ham qalam ulug‘lashi kerak bo‘lgan eng

aziz so‘z- bu Ona deb biladi.

Orzu harorati oq suting bilan,

Shodlik, quvonch bo‘lib kirsin yurakka.

Baxtliman, onajon, qo‘lga qalam olib,

Seni ulug‘lash-la yetsam tilakka.

Farzandga eng ezgu xislatlar ona suti va ona tili orqali

singadi. Ona sabog‘i yuzlab yaxshi o‘qituvchilar ta’lim-tarbiyasidan

ustun, farzandi kasal bo‘lib qolganida onaning mehri yuzlab yaxshi

shifokorlarning muolajalaridan ko‘proq malham bo‘ladi. Ona -

eng yaxshi tabib. Afsuski, vaqt ziqligini, turmush tashvishi va ish

ko‘pligini bahona qilib biz onalarimizga maktub yozmaymiz, kasal

bo‘lib qolsa, uchib yetib bormaymiz, tug‘ilgan kunlarida gullar berib,

quchoqlab tabriklamaymiz, uni shunday kunda yolg‘iz qoldiramiz.

Hatto ikki enlik tabrik ham jo‘natmaymiz. Shoir Abdulla Oripov

onasi vafotidan oldin yozgan “Maktub” nomli she’ri yuqoridagi

fikrlarimizning poetik talqinidir. Balki shoir armonlarining yoki

shoir sezimlarining badiiy ifodasidir.

Xat yozmadim,

Xabar qilmadim,

Borolmadim, solib galga-gal.

Qanday ekan onam, bilmadim,

Yo‘llarimga turgandir mahtal.

Xat yozarmi, o‘g‘lim, deb, zora

U-ku meni turibdi kutib.

Men-chi, noshud, bo‘lib ovora

Avlodlarga yozaman maktub.

Yoxud:

Shodmon yursam, mening yodimga

Sen tushmaysan rostdan, onajon.

Onam, ranjimagil xatimdan,

Men rostini yozdim, shod damim

Sen tushmaysan aslo esimga

[Орипов 2000. 104].


background image

62

Uljon BOBOQULOVA

Tabiiyki, shoir bu maktubni onasiga jo‘natish uchun

yozmagan. “

Shodmon yursam, mening yodimga Sen tushmaysan

rostdan, onajon”

– ijodkor ko‘nglidan kechgan tuyg‘u hech bir

bo‘yoqsiz, samimiy va haqqoniy ifodalangan bu satrlarda. Ushbu

misralar tuyg‘uning rostligi va samimiyati bilan ham taʼsirli. “Аslida

buni buyuk iqror desak ham, buyuk o‘kinch desak ham bo‘ladi, –

deb yozadi Uzoq Jo‘raqulov. – Xalq ichida “Onaning ko‘ngli bolada,

bolaning ko‘ngli dalada” degan bir maqol yuradi. U ming yillik

tajribalar mahsuli. Zamirida ota-onaning dardi, zori mujassam...

Shoir ajdodlari iqror eta olmagan haqiqatni yuqoridagi uch misrada

iqror etadiki, haqiqiy sheʼrning, isteʼdodning (mahoratning emas)

belgisi ham aslida shu bo‘lsa kerak” [Жўрақулов 2006.149].

Aslida, ona biror asar mavzusi bo‘lishi mumkin emas, zarur

jihatlarini o‘rganish bilan cheklanadigan. Ona-bu fikr-u xayolda

yashaydigan, uning quvonch tashvishlariga sherik bo‘ladigan,

hamisha mehr-u muhabbat ko‘rsatadigan ulug‘ zot. Yuqorida

keltirilgan satrlar haqiqati shundaki, ba’zan o‘z qobig‘imizga

o‘ralib, o‘z onamizni unutib qo‘yamiz. Bu kabi afsuslar haqida

nafaqat A.Oripov, balki jahondagi ko‘plab shoirlar ham kuyinib

yozishgan. Rus adabiyoti vakili Nekrasovning Ona atalmish buyuk

tuyg‘u haqida shunday satrlari bor.

Ona- buyuk tuyg‘u, qalbning mahzani,

To tirik ekanmiz, dilda saqlaymiz.

Sevamiz otani, singil, zavjani,

G‘amli kun onani mayus yo‘qlaymiz

.

Ammo ona hech qachon farzandini unutmaydi. Garchi

farzandi tomonidan unitilgan bo‘lsa ham. Bu xislat tabiat tomonidan

faqat onagagina berilgandir. Ona taqdirning har qanday zarbalariga

bardosh beradigan, mardlik, qahramonlikka qodir zotdir. Yer yuzida

faqat onalargina hayotni davom ettirish, farzand ko‘rish, meni, seni,

uni ulg‘aytirish, oq yuvib-oq tarash, tarbiyalash uchun qismatning

barcha sinovlarini engib o‘tadilar, taqdir zarbalariga ko‘ksini qalqon

qiladilar. Ona mehrining poyonsizligi, hayotbaxsh muhabbatining

qudrati umuminsoniy qadriyatdir. Onaning bolalarga, farzandlarga

muhabbati shunchaki oddiy muhabbat emas, balki tom ma’nodagi

fidoyi muhabbatdir. Ona farzandlari uchun har qanday mushkulotni

bo‘yniga olishga, hamisha farzandlari uchun balogardon bo‘lishga,

hatto shirin jonidan ham kechishga tayyor. Shoir she’riyatida

onaning fidoyiligi, jafokashligi, farzandi uchun suv kelsa simirib,

tosh kelsa kemirib yashashi kabi insonni bezovchi fazilatlar yorqin

lavhalarda o‘z ifodasini topgan.


background image

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

63

Ona, avvalo, yaratuvchanligi bilan ulug‘lanadi, sharaflanadi,

e’zozlanadi. O‘tkir Hoshimov o‘zining “Ayol” nomli maqolasida

onaning yaratuvchanlik qobiliyatini kurrai zaminga qiyoslab yozgan

obrazli fikrlari fikrimizning dalilidir. “Ona mehrini to‘sadigan

chegara yo‘q. Ehtimol, allaning qudrati ham shundandir. Ehtimol,

ona yurt, ona tili, ona-Vatan degan iboralar mana shundan kelib

chiqqandir. Ehtimol, ona-Yer degan iboraning sababi ham shundadir”

[Ҳошимов.1984.122]. Ha, onaning yaratuvchanlik qobiliyatining

chegarasi yo‘q. Ona ana shu xislati bois ham payg‘ambarlarni

dunyoga keltirgan buyuk bir zotdir. Professor Nurboy Jabborov

“Badoye ul-vasat”dagi “O‘g‘ulg‘a ona haqqi otadin ko‘proq ekani

bobidaki, durg‘a daryo tarbiyati bulutdin ortug‘roqdur”, deya

sarlavha qo‘yilgan 12-qitʼa haqida mulohaza yuritar ekan: “Аna shu

sarlavhaning o‘zidayoq hayot haqiqatining teran mantig‘i baroba-

rida barcha ham birday ilg‘ayvermaydigan fasohat va balog‘at

ifodasi kuzatiladi. Chindan, hazrat Navoiyning tafakkur va taxayyul

quvvati shu qadar yuksakki, ona vasfida hech bir ijodkorning

xayoliga kelishi mumkin bo‘lmagan nuktalarni topadi, ularga

tutilmagan badiiy libos kiydiradi, hayratlanarli poetik xulosalar

chiqaradi,-deya ta’kidlaydi hamda onaning yaratuvchanlik

xususiyati to‘g‘risida qat’iy xulosalarini beradi. – Iso Masih va Bibi

Maryam qismati bunga qiyoski, agar Haq taolo iroda etsa, O‘g‘il

otasiz ham tug‘ilishi mumkin, lekin onasiz dunyoga kelishi mumkin

emas”[Jabborov 2021.160]

Onalar haqida gap ketganda shoir Abdulla Oripov muqaddas

Haj safarida Makkaning ulug‘ bir shayxi amri ma’rufida eshitgan

gapini eslab, shunday deydi: “Ayo, ahli muslim, sizga ikki yo‘l

ko‘rsatilgandir: sajda qiling, Allohga va yana Allohga. Sajdaga yana

bir yo‘l bordir: u esa onaga va faqat Onaga. Ayo, ahli muslim! Rasuli

akramning o‘gitlarini takror qilamizki, shul ikki xilqatdan tashqari

hech bir mavjudod sajdaga loyiq emas. Payg‘ambarlarimizga, padari

buzrukvorimizga ham sajda qilinmaydi, ular ziyorat qilinadi”. Mana

Onaga berilgan baho” [Орипов 2010.208]. Darhaqiqat, muqaddas

kitoblarimizda, hadislarimizda onaning maqomi yuksak ekanligini

ko‘rishimiz mumkin. Hazrat Navoy o‘zining “Arba’in” (Qirq hadis)

nomli risolasida “Jannat onalar oyog‘i ostidadur” hadisini sharhlab

quyidagi ruboiyni keltiradi.

Onalarning oyog‘i ostidadur

Ravzai jannatu jinon bog‘i.

Ravza bog‘i visolin istar esang,

Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i

[ Навоий 2000. 7].


background image

64

Uljon BOBOQULOVA

Abdulla Oripov asarlarida onalar maqomining ilohiy

ulug‘ligi go‘zal kartinalarda chizilgan. Onalar jannatda bo‘lsa ham

nedandir bezovta. Bu bezovtalikka farzand qismati bilan bog‘langan

ichki sezim sabab. Aslida onalarning jannatga dohilligi-ularning o‘z

jonini o‘ylamasdan farzand uchun doimiy bezovta yashaganligidan

emasmi?! Zotan, Alloh har bir jonzotga o‘z jonini o‘ylash tabiiy

instinkini ato etgan. Onaning onaligi, jannatga doxilligi shundaki,

ana shu tabiiy instinkdan ona yuksakroqda turadi. Farzandlarining

diydorisiz hatto jannat ham onalar uchun qadrsiz, rangsiz va

keraksiz makon. Shoirning “Jannatga yo‘l” dramatik dostonidagi

onaning quyidagi so‘zlari fikrimizning dalilidir.

Nima? Nima? Chaqir uni qaytaring zinhor,

Oh, jannating poymol o‘lsin, boshimga yetdi!

[Орипов 356-

359]

Onaning jannati − farzandining baxt-u iqbolida, shodligi-

quvonchida, sog‘ligi, osoyishtaligi–barcha-barcha borlig‘ida farzand

mujassam.

Shoir Abdulla Oripov she’riyatida oq sut berib o‘stirgan

ona obrazi lirik ifodada epik ko‘lam mazmun-mohiyatini aks ettira

olgan. Xususan, yuqoridagi fikrlarimizning mantiqiy davomi sifatida

shoirning quyidagi she’rini ham keltirish mumkin.

Kimdir savol berdi: - Аytgil, Muhammad,

Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.

Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,

Ota-onamgami yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: - Tingla, birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.

Imkon topa olsang dunyoda agar,

Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq .

Rostdan ona erur qiblai olam.

Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq

Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham

[Орипов 2000, 204].

Musoviya ibn Hayyida (roziyallohu anhu) aytdilar:

“Rasulullohdan: «Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam

bo‘ladi?” deb so‘radim. “Onangga”, – dedilar. Men shu savolimni uch

marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, - deyaverdilar.

To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: “Otangga va yaqin bo‘lgan

qarindoshlaringga”,– dedilar” [Бухорий 2004. 13]. Shoirning Haj


background image

65

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

safari chog‘ida yuqorida keltirilgan hadisi sharif asosida yozilgan

yuqoridagi she’ri onaning naqadar buyukligi hamda uning ilohiylikka

daxldor ekanliginining iqroridir.

Yoxud, shoirning “Haj daftari” turkumidan o‘rin olgan “Ona”

nomli she’rini ham yuqoridagi g‘oyaviy maqsadning mantiqiy

davomi, kulminatsiyasi deyish mumkin.

Ka’ba qopqasida turgan ey, posbon,

Аvval onalarning ochgin yo‘llarin.

Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on,

Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin

[Орипов 2000. 189]

.

Dunyoning qaysi burchagiga bormang, ona mo‘tabar,

ona aziz. Onaga berilgan ta’rif-tavsiflar ifodasi xilma-xil bo‘lishi

mumkin ammo mazmun-mohiyati bitta. Ayollar ko‘p, lekin Ona-

yagona. Onalik maqomi barcha nomlardan, shonlardan ustun

turadi. Shoir A.Oripovning ona obrazidagi irfoniy qarashlarini

qardosh xalqlarimiz shoirlaridan biri Rasul Hamzatov she’riyatida

ham ko‘rishimiz mumkin. Avar shoiri “Onalarni asrang” turkum

she’rlardan tashkil topgan quyidagi baytlarda onaning naqadar

ulug‘vor hamda ilohiyotga daxldor ekanligini ta’kidlaydi.

Qo‘llarimda Qur’on! Misli yonar cho‘g‘,

Imomlar ham uni ushlab tushgan cho‘k.

Ular der:

“Allohdan boshqa iloh yo‘q”.

Men deyman:

“Onamdan boshqa ona yo‘q”

[Hamzatov 2006. 68]

.

Musulmon sifatida insonlarga Аlloh bergan ilohiy ruh borligini

bilamiz. Аynan shu ruhiy komponent biz ko‘ra olmaydiganlarimizni

ko‘rish imkoniyatini berish uchun makon va zamon tashqarisiga

chiqib kela oladi. Biz ilohiy mo‘jizalarga ishonamiz va bu mo‘jizalar

har qanday paranormal (lotincha “tashqarida bo‘lgan” degan

ma’noni anglatadi. etimologik ma’noda “normal chegaradan

tashqarida bo‘lgan holat”) tarzda bo‘lsa ham. Ona vujudida ham

ana shunday ilohiy ruh borki, biz ko‘ra olmaydiganlarimizni ko‘ra

oladi, his qila olmaydigan jihatlarimizni his qila oladi va bunda hech

qanday makon va zamon ahamiyat kasb qilmaydi. Shuning uchun

ham bizni onani ilohiylikka daxldor deb bilish va ona obraziga esa

irfoniy ko‘z bilan qarashga undaydi.

Xulosa

Shoir she’riyatidagi ona obrazi shunchaki boshqa obrazlar


background image

66

Uljon BOBOQULOVA

qatorida turadigan, adib avtobiografiyasiga aloqasi bo‘lsa ham,

ayni bir shaxsning onasigina gavdalantirilgan obraz emas. Shoir

she’rlarida irqi, tili dini millatidan qat’iy nazar ona bari bir ona

sifatida ulug‘lanadi. Ona obrazida ma’lum milliy xususiyatlar,

induvidual jihatlar, o‘zbekona ruh ufurib tursa-da, ma’lum ma’noda

umumbashariy timsol sanaladi. Bunday obrazlarda dunyodagi

barcha xalqlarga tanish va ularni hayratlantira oladigan ona

qiyofasi gavdalanib turadi. “Ilk xayrlashuv”, “Onamga xat”, “Millat”

she’rlaridagi ona qiyofasi shunday obrazlar sirasiga kiradi va

tadqiqotlar olib borish uchun dolzarb mavzu bo‘la oladi.

Umuman, oq sut berib o‘stirgan ona obrazi Аbdulla Oripov

sheʼriyatida alohida o‘rin tutuvchi badiiy hodisadir. Bu mavzudagi

turkum sheʼrlarida shoir ona obrazini ilohiy tuyg‘u va mukammal

badiiyat uyg‘unligida suvratlantiradi. Ushbu mavzu talqiniga

bag‘ishlangan sheʼrlar ijodkorning badiiy-estetik idealini ifoda etgani

jihatidan ham qimmatlidir.

Dunyoning qaysi burchagiga bormang ona mo‘tabar, ona

aziz. Onaga berilgan ta’rif-tavsiflar ifodasi xilma-xil bo‘lishi mumkin

ammo mazmun-mohiyati bitta. Ayollar ko‘p, lekin Ona-yagona.

Onalik maqomi barcha nomlardan, shonlardan ustun turadi. Shoir

A.Oripovning ona obraziga nisbatan irfoniy qarashlari bevosita

o‘zining hayotiy tajribalarining badiiy ifodasidir.

Adabiyotlar

Abdulla, Oripov . 2021. Shoirning tug‘ilishi. Toshkent: Adabiyot.

Абдулла, Орипов 2000. Танланган асарлар. Биринчи жилд. Тошкент.

Адабиёт ва санъат.

Абдулла, Орипов. 2000.Танланган асарлар. Иккинчи жилд. – Тошкент:

Адабиёт ва санъат.

Абдулла ,Орипов. 2010. Қуёш бекати. Олтинчи жилд. Тошкент: Шарқ.

Adiba, Davlatova. 2022. “Abdulla Oripov she’riyatida poetik tafakkur

tadriji” Filol.fan.dok.diss.

Жабборов, Нурбой. 2021. Маоний аҳлининг соҳибқирони. Тошкент:

Адабиёт.

Жўрақулов У. 2006. Ҳудудсиз жилва. Тошкент: Фан, 2006.

Имом ал-Бухорий. 2004. Ал-адаб ал-Муфрад. Тошкент Фан.

Навоий Алишер. 2000. Aрбаъин. (нашрга тайёрдовчи: Ғаниева С.)

Тошкент, Фан.

Rasul, Hamzatov. 2016. Ayollar ko‘p, Ona-yagona. Toshkent, “DAVR PRESS”

NMU.

Собир, Мирвалиев . 1982. Oна ҳақида қўшиқ. Тошкент.

Ҳошимов Ў. Aёл. 1984. Оқ камалак. Тошкент, Aдабиёт ва санъат.

Жабборов, Н. (2022). Поэтический синтез традиций Алишера Навои в

поэзии Абдуллы Орипова. in Library, 22(1), 112-125.


background image

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

67

The heavenly world of a dignified figure

Uljon Bobokulova

1

Abstract

The figure of the mother enters the work of every writer as a product

of special love and true respect. This respect is expressed by admiration for

his incomparable qualities and qualities. «Who didn’t say what about the

mother? Oripov is a poet or a writer in the world who has not written or

sung a song about his mother. There is a mother, there is a universe; there

is a mother, there is a person; they say there is a mother, there is a country.

Indeed, there is no one in the world who is as blessed and dear as a mother,

as holy and kind as a mother, as brave and brave as a mother, as humble and

forgiving as a mother. Therefore, it is not surprising that the theme of the

mother is a source of inspiration for the creator,» S. Mirvaliyev, a literary

scholar, said in his comments on the image of the mother. This article aims

to study the problem of lyrical and mystical interpretation of the image of

the mother in the example of the poet Abdulla Oripov’s poetry.

Key words:

Abdulla Oripov, poetic image and poetic interpretation,

mother image, experience, mystical vision, paranormal, divine spirit

.

References

Abdulla, Oripov . 2021. Shoirning tug‘ilishi. Toshkent, Adabiyot.

Abdulla, Oripov 2000. Tanlangan asarlar. Birinchi jild. Toshkent, Adabiyot

va san’at.

Abdulla, Oripov. 2000. Tanlangan asarlar. Ikkinchi jild. Toshkent, Adabiyot

va san’at.

Abdulla, Oripov. 2010. Quyosh bekati. Oltinchi jild. Toshkent, Sharq.

Jabborov, Nurboy. 2021. Maoniy ahlining sohibqironi. Toshkent, Adabiyot.

Jo‘raqulov, U. 2006. Hududsiz jilva. Toshkent, Fan. 2006.

Imom al-Buxoriy. 2004. Al-adab al-Mufrad. Toshkent Fan.

Navoiy Alisher. 2000. Arba’in. (Nashrga tayyorlovchi: G‘aniyeva S.).

Toshkent, Fan.

Rasul, Hamzatov. 2016.Ayollar ko‘p, Ona-yagona. Toshkent, “DAVR PRESS”

NMU.

Sobir, Mirvaliyev. 1982. Ona haqida qo‘shiq. Toshkent.

Hoshimov, O‘. Ayol. 1984. Oq kamalak. Toshkent, Adabiyot va san’at.

Жабборов, Н. (2022). Поэтический синтез традиций Алишера Навои в

поэзии Абдуллы Орипова. in Library, 22(1), 112-125.

1

Boboqulova S. Uljon

− is a doctoral student at Tashkent State University of

Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

ORCID ID:

0009-0005-9072-2748

For citation:

Bobokulova U.S. 2024. “The heavenly world of a dignified figure”.

U

zbekistan: Language and Culture. 1(

2):

59-67.

Библиографические ссылки

Abdulla, Oripov. 2021. Shoirning tug'ilishi. Toshkent: Adabiyot.

Абдулла, Орипов 2000. Танланган асарлар. Биринчи жилд. Тошкент.

Адабиёт ва санъат.

Абдулла, Орипов. 2000.Танланган асарлар. Иккинчи жилд. - Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Абдулла ,Орипов. 2010. Қуёш бекати. Олтинчи жилд. Тошкент: Шарқ.

Adiba, Davlatova. 2022. 'Abdulla Oripov she’riyatida poetik tafakkur tadriji” Filol.fan.dok.diss.

Жабборов, Нурбой. 2021. Маоний ахдининг соҳибқирони. Тошкент: Адабиёт.

Жўрақулов У. 2006. Ҳудудсиз жилва. Тошкент: Фан, 2006.

Имом ал-Бухорий. 2004. Ал-адаб ал-Муфрад. Тошкент Фан.

Навоий Алишер. 2000. Арбаъин. (нашрга тайёрдовчи: Ғаниева С.) Тошкент, Фан.

Rasul, Hamzatov. 2016. Ayollar ko'p, Ona-yagona. Toshkent, "DAVR PRESS" NMU.

Собир, Мирвалиев . 1982. Она ҳақида қушиқ. Тошкент.

Ҳошимов Ў. Аёл. 1984. Оқ камалак. Тошкент, Адабиёт ва санъат.

Жабборов, Н. (2022). Поэтический синтез традиций Алишера Навои в поэзии Абдулль! Орипова. in Library, 22(1), 112-125.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов