Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
33-60
387
69
Поделиться
Хамроева, О. (2023). Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 33–60. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp33-60
Орзигуль Хамроева, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доцент, доктор филологических наук (д.ф.н.)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mumtoz qofiya ilmi alohida mustaqil ilm sifatida poetikaning tarkibiy qismi sifatida risolalar tarkibida alohida tadqiq etilgan. Poetikaga oid risolalarning barchasida adabiy tur va janrlar, badiiy san’atlar, aruz vazni kabi ilmlar qatorida qofiya ilmi nazariyasi alohida qismlar ostida taqdim qilingan. Mumtoz adabiyotda qofiyaning bir necha jihatlariga ko‘ra turlari o‘rganilgan. Alohida ta’kidlash kerakki, qofiyaning turli jihatlariga ko‘ra bu turlarining mukammal tarzda qo‘llanishi baytlar takomilini belgilab bergan. Maqolada poetikaga oid risolalarda keltirilgan qofiyaning vazniy, raviy harfining ishtirokiga ko‘ra, qofiya harflarining ishtirokiga ko‘ra, qofiyaning tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarining nazariy asoslari qiyosiy tarzda o‘rganiladi.


background image

33

Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (2)

ISSN 2181-922X 33

60

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

Hamroyeva Orzigul

1

Abstrakt

Mumtoz qofiya ilmi alohida mustaqil ilm sifatida poetikaning

tarkibiy qismi sifatida risolalar tarkibida alohida tadqiq etilgan. Poetikaga

oid risolalarning barchasida adabiy tur va janrlar, badiiy san’atlar, aruz

vazni kabi ilmlar qatorida qofiya ilmi nazariyasi alohida qismlar ostida

taqdim qilingan. Mumtoz adabiyotda qofiyaning bir necha jihatlariga ko‘ra

turlari o‘rganilgan. Alohida ta’kidlash kerakki, qofiyaning turli jihatlariga

ko‘ra bu turlarining mukammal tarzda qo‘llanishi baytlar takomilini

belgilab bergan. Maqolada poetikaga oid risolalarda keltirilgan qofiyaning

vazniy, raviy harfining ishtirokiga ko‘ra, qofiya harflarining ishtirokiga

ko‘ra, qofiyaning tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarining nazariy asoslari

qiyosiy tarzda o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

qofiya harflari, qofiya harakatlari, muassas, mujarrad,

muqayyad, murdaf, mutlaq, mutzoyid, mutavotir, mutarojih

.

Kirish

Shamsiddin Qays Roziy “Al-Mu’rab fi me’yor ul-ash’or al-arab”

asarida arab she’riyatida qofiyaning o‘ttiz besh turi mavjudligini

ta’kidlaydi. Bu qofiya turlari qofiya va so‘zning turli xususiyatlari

kelib chiqqan holda ajratilgan. Qofiyaning dastlabki turi qofiyadosh

so‘zlar tarkibida so‘z va grammatik shakllarning ishtirokiga ko‘ra

asliy, ma’muliy, va shoygon qofiya turidir. Bu qofiya turlari mumtoz

qofiyaga oid risolalarda to‘liq shaklda izohlanmaydi. Shamsiddin

Qays Roziyning “Al-mo‘jam” asarida asliy, Nosiriddiy Tusiyning

“Me’yor ul-ash’or” va Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”

asarida asliy, ma’mul va shoygon, Atoulloh Husayniyning “Risolai

qofiya”sida shoygon va ma’muliy qofiya turi, Jomiyning “Risolai

qofiya” asarida qofiyai ma’mul, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar”,

Sham Faxri Isfahoniyning “Me’yor ul-jamoli” asarlarida shoygon

qofiya turlarining nazariy asoslari keltiriladi. Qofiyaning shoygon

1

Hamroyeva Orzigul Jalolovna

- Dotsent, filologiya fanlari doktori (DSc), Аlisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta

– arguvon87@mail.ru.

ORCID ID

: 0000-0002-3904-9712

Iqtibos uchun:

Hamroyeva, O.J.. 2023. “Qofiya turlarining nazariy asoslari va

tasnifi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 33-60.


background image

34

Orzigul HAMROYEVA

va ma’muliy turlari asosan, qofiyadagi nuqsonlarning ishtirokiga

qarab belgilanadi. Qofiya ayblari sifatida belgilangan iytoyi jaliyning

ishtiroki qofiyaning shoygon qofiya turini shakllantiradi. Qofiya

ayblari sifatida ko‘rsatilgan bu nuqsonlar keyinchalik badiiy san’at

sifatida takomillashgan.

Asosiy qism

Asliy qofiya.

Asliy qofiyada qofiyadosh so‘zlar asl asosdan

tashkil topishi talab qilinadi:

makon – jon – shon

shaklida. Asliy

qofiyada raviy ham qofiyadosh so‘zning asosida joylashadi:

hubob

– gulob, habib – raqib, hur – nur, gul – mo‘l

kabi so‘zlar asliy qofiya

sanaladi.

Buzulg‘on bu mening ko‘nglumni, ey hur,

Qil emdi bir tabassum birla ma’mur.

Baytdagi

hur – ma’mur

qofiyadosh so‘zlar asl asosdan tashkil

topgan, “re” harfi raviy sifatida qofiya ohangdorligini ta’minlab

bergan.

Bar omad nilgun abri zi ruyi nilguni daryo,

Chu royi oshiqoni gardon, chu tab’i bedilon shaydo.[Taroziy

1996, 57]

“Funun ul- balog‘a”da keltirilgan Mavlono Safiddin qalamiga

mansub ushbu baytdagi qofiyadosh so‘zlar (

daryo - shaydo

) tarkiban

bir so‘z holida, ikki qofiyadosh so‘z tarkibida “alif” (o unlisi) raviy

sifatida qofiyadosh so‘zlarni bog‘lab turibdi.

Bar xi jashm mastishon,

Ron zalif hamjun shashtishon [Roziy 1997, 82].

Baytdagi

“mastishon - shashtishon”

qofiyadosh so‘zlardagi

qofiyadoshlik asoslarning o‘zida sodir bo‘lgan. Ya’ni

mast – shasht

so‘zlari asl kalima sifatida o‘zaro qofiyadoshlikni yuzaga keltira

olgan. “Te” harfi raviy sifatida qofiyadoshlikni ta’minlab bergan.

Ma’muliy qofiya.

Qofiyai ma’muliyni qofiyai asliy bilan

o‘zaro qiyosiy izohlanganda, farqli jihatlari ko‘zga tashlanadi.

Shuning uchun ham barcha risolalarda bu ikki qofiya taqqoslab

tushuntirilgan. Qofiyai ma’muliyda qofiyadosh so‘zlar tarkiban asos

holida bo‘lmay, ajrala oladi. Ya’ni qofiyadosh so‘zlarning asoslari

emas, qo‘shilgan shakllar ohangdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Raviy asl kalimada emas, unga qo‘shilgan shakllardan tanlanadi.

Rost

– paydost

so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlar sanalsa, “te” harfi raviy

sanaladi. So‘zlar tarkibiga e’tibor qilinsa,

rost

so‘zidagi “te” asosda

(asliy qofiya),

paydost

so‘zidagi “te” esa qo‘shilgan “

ast

” shaklidan

olinib, bu so‘zlar qofiyadosh so‘z sifatida taqdim qilingan.

Rost

va


background image

35

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

paydo

so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘la olmaydi. Bu qofiyadoshlik

rost

so‘zidagi “te”(qofiyai asliy),

paydost

so‘zidagi “te” (qofiyai ma’muliy)

orqali amalga oshirilgan. Yoki

pordam - afshordam

so‘zlaridagi

pordam

(qofiyai asliy) va

afshordam

(qofiyai ma’muliy) so‘zlarida

ham ayni xususiyat ko‘zga tashlanadi [Tusiy h.1325, 125].

Aslida bu kabi holatlar qofiyadagi nuqsonlar sifatida taqdim

qilinadi. Biroq Ahmad Taroziy quyidagi holatlarda qofiyai ma’mu-

liyni qabul qilish ravo ekanligini aytadi. 1. Masdar. 2. Moze’.

3. Muzori’. 4. Amri robita.

1. Masdar holatida:

guftan – suftan; no‘shidan – jo‘shidan

. Bu

qofiyadosh so‘zlarning bir g‘azalda o‘zaro qofiyadosh bo‘lib kelishi

kamchilik sifatida qabul qilinmaydi. Chunki har ikki qofiyadosh so‘zda

ham raviy so‘zning nafsi (asos)da emas, asosdan keyin qo‘shilgan

shakllarda qo‘llangan. Biroq qofiyai asliy va qofiyai ma’muliyni bir

g‘azal tarkibida o‘zaro qofiyadosh qilish olimlar tomonidan xato

ekanligi aytiladi [Taroziy 1996, 57].

2. Muzori’ holatida.

Barad – darad, zanad – tanad, mekashad –

mechashad

qofiyadosh so‘zlardagi “dol” harfi raviy sifatida asosdan

keyingi shakllarda qo‘llangani bois bunday qofiya qofiyai ma’muliy

sifatida keltiriladi. Bu qofiyadosh so‘zlar

rad – bad, sanad – jad

kabi

qofiyai asliy bilan bir qofiya sifatida ishlatilishi qofiyadagi kamchilik

sifatida ko‘rsatiladi.

3. Amr holatida.

Sipor – guzor, riz – hiz, sur – dur

kabi so‘zlar

amr holatidagi so‘zlar sifatida taqdim qilinadi. Bu so‘zlardagi “ro”

va “ze” harfi

kor – bor, roz – daroz, sitez – tez, navro‘z – feruz

kabi

qofiyai asliy tarkibidagi “ro ” va “ze” harflari bilan bir butunlikda

raviy sifatida olinishi va bir qofiya atrofida birlashishi ayb sanaladi

[Taroziy 1996, 57]. Biroq bu so‘zlar faoliyat ma’nosida kelsa, qofiyai

asliy bilan qofiyadosh so‘z sifatida taqdim qilinsa, joiz:

jonsipor –

rahguzor, korsoz- tangudoz, xunrez – dilso‘z

kabi. Yoki bu qofiyadosh

so‘zlar masdar (noaniq shakl) holatida ham asliy qofiya bilan o‘zaro

qofiyadosh so‘z sifatida qabul qilinadi:

parhez – sitez, shakib – firib

kabi.

4. Robita holatida.

Donost – binost, just – xudrist

kabi

so‘zlardagi “te” harfi raviy sifatida

ast

bog‘lamasi tarkibida qo‘llangan.

Bu qofiyadosh so‘zlar

rost – kost, do‘st – po‘st, bast – mast

kabi asliy

qofiyalar bilan qofiyadoshlikni hosil qila olmaydi.

Qofiyai asliy va qofiyai ma’muliyni bir qofiyadosh so‘zlar

sifatida qabul qilish qofiyadagi eng asosiy kamchilik sifatida

ko‘rsatiladi. Biroq qasida va masnaviy janrlarida bunday qofiya

turlari uchrasa, kamchilik sifatida qabul qilinmagan. Bu hajm bilan


background image

Orzigul HAMROYEVA

36

bog‘liq. Qasidaning hajmi 20 bayt qilib belgilangan, masnaviyning

hajmi esa cheklanmagan. Tabiiyki, qofiyadosh so‘zlarning miqdori

qasida va masnaviyning hajmiga bog‘liq. Shuning uchun ham hajman

yirik va qofiyadosh so‘zlar ko‘proq talab qilinadigan janrlarda bu

holat kamchilik sifatida qaralmaydi. “So‘zga qofiyani kelturmak

kerak bu dushvordur. Vale so‘zni qofiyaga kelturmak oson”. Shuning

uchun ham qofiyadosh so‘z sifatida ma’muliy qofiya keltirilsa ham,

ravodir.

Badu go‘ft Komus: K-ey pur xirad,

Dilat yaksar andeshai bad barad.

“Shohnoma”dan keltirilgan ushbu masnaviydagi

xirad –

barad

qofiyadosh so‘zlar ikki: asliy va ma’muliy qofiyadan tarkib

topgan. Doston (masnaviy) janridagi asarda bu ikki turdagi qofiyani

bir butunlikda taqdim qilishga ruxsat bor.

Biroq g‘azal, qit’a, ruboiyda ma’muliy qofiyaning kelishi

inkor qilingan. Ruboiy to‘rt misradan iborat. Shoir uch yoki to‘rtta

qofiyadan foydalanadi, xolos. Qit’aning eng kam hajmi ikki bayt qilib

belgilangan. G‘azalning ham eng oz shakli besh bayt bo‘lishi aytiladi.

Bu janrlarda qofiyaning asliy shakli talab qilinadi. Ahmad Taroziy

birgina holatda g‘azalda ma’muliy qofiyaning qo‘llanishiga ruxsat

borligini aytadi. Ba’zan shakl mazmunga daxl qiladi. Berilayotgan

mazmunga asliy qofiya topilmasa, ma’noni zoe ketkizmaslik maqsadi

bilan g‘azalda ham ma’muliy qofiyani qo‘llashga ijozat berilgan.

Abdurahmon Jomiy qofiya ikki qismdan iborat bo‘lishini

ta’kidlab, ularni ma’mul (amaldagi) va g‘ayri ma’mul kabi turlarga

bo‘ladi. Olim g‘ayri ma’mul qofiya ikki so‘zning birikuvidan hosil

bo‘lishiga ishora qiladi.

Dar oinai ro‘i tu, gar go‘yam rost,

Anvori tajallii ilohy paydost.

Rost

– asliy qofiya bo‘lsa,

paydost

– ma’muliy qofiyadir.

Bartoftast baxti maro ro‘zgor dast,

Z-onam namerasad ba sari zulfi yor dast.

Ro‘zgor

– ma’muliy qofiya,

yor

– asliy qofiya sanaladi.

Xasmi shutur dilat ro qurbon kunad hame,

Z-on ro‘i sa’di zobeh oshixta kord ast

[Jomiy 2006, 310].
Baytdagi

kord ast

so‘zidagi “dol”ni

ast

so‘ziga qo‘shib o‘qish

orqali qofiya hosil qilingan.

Shoygon qofiya.

Bu qofiya turida ham ma’muliy qofiya


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

37

turi kabi raviy asosda emas, asosdan keyingi shakllar tarkibida

keladi. Ya’ni o‘zaro ohangdosh bo‘lmagan so‘zlarning asosdan keyin

qo‘shiluvchi shakllar orqali qofiyadoshligi ta’minlanadi. Vohid

Tabriziy “shoygon” so‘zi “majlis” ma’nosida ishlatilishini ta’kidlaydi

[Tabriziy 1959, 84]. Biroq “shoygon” so‘zi lug‘atlarda “sazovor”,

“loyiq”, “shohlarga xos” ma’nolarida keltiriladi. Bunda qofiyadosh

so‘zlar asosdan keyingi harflarning ishtirokiga qarab belgilanadi.

Demak, bu qofiyadosh so‘zlar aslan, asosdagi tovushlar uyg‘unligiga

ko‘ra emas, qo‘shimchalardagi ohangdoshlikka qarab loyiq ko‘riladi.

Jon – jahon

qofiyadosh so‘zlaridagi ikki sokin harf: “alif” – ridf,

“nun” esa raviy sanaladi. Bu qofiyadosh so‘zlar asliy qofiya sanaladi.

Vazifasi jihatidan ikki sokin harf birgalikda ko‘plikni bildiradi.

Oshiqon – tolibon

so‘zlarida ham bu harflarning vazifasi bir xil. Ammo

bu harflar asosda emas, shakllar tarkibida kelgan. Ikkinchi holat esa

“dol” va “nun” harfining birikuvidan hosil bo‘ladi:

qand – chand

(asliy

qofiya) so‘zlaridagi “nun” – qayd, “nun” esa raviydir.

Barand – dixand

so‘zlaridagi “nun” va “dol” harfi ham xuddi shu vazifani bajargan.

Atoulloh Husayniy shoygon qofiya turini izohlashda

Shamsiddin Qays Roziy asariga murojaat qiladi. Bu ikki olim bunday

qofiya turiga

do‘ston – yoron

so‘zlarini namuna sifatida keltiradilar.

Bu ikki so‘zning asoslari qofiyadosh bo‘la olmaydi. Biroq “alif” va

“nun” harflari ohangdorlikni ta’minlab bergani bois ham “nun” oxirgi

tirgak tovush - raviy sifatida olinadi. Ma’muliy qofiya turidan farqli

o‘laroq shoygon qofiya turida ma’lum harflarning birikuvi belgilab

berilgan:

1. “Alif” va “nun” harfining birikuvi:

mardumon – suxanon

qofiyadosh so‘zlardagi “alif” va “nun” harflari bevosita qofiyadosh

so‘zlarni shakllantirgan. Bu qofiyadosh so‘zlarni

jon – jahon

(asliy

qofiya) so‘zlari bilan bir g‘azalda o‘zaro qofiyadosh so‘z sifatida

keltirish kamchilik sifatida ko‘rsatiladi.

2. “Ho” va “alif” birikuvi:

sarho – dilho

. Demak, bu qofiyadosh

so‘zlarni ham

ato – judo

(asliy qofiya) so‘zlari bilan o‘zaro qofiyadosh

so‘z sifatida ishlatish olimlar tomonidan rad etilgan.

3. “Yo” va “dol” birikuvi:

ravid -shavid

. Bu qofiyadosh

so‘zlardagi “yo” va “dol” harfi 2-shaxs (muxotib) shakli sifatida

qo‘shilgan. Bu qofiyadosh so‘zlar

jovid – iyd

(asliy qofiya) so‘zlari

bilan o‘zaro qofiyadosh so‘z sifatida keltirilmaydi.

4. “Nun” va “dol”ning birikuvi:

ravand – barand

. Qofiyadosh

so‘zlar tarkibidagi “nun” va “dol” 3-shaxs (mug‘oyib)shakli sifatida

qo‘shilgan. Bu qofiyadosh so‘zlar

qand – savgand

(asliy qofiya)

so‘zlari bilan bir qofiya tizimiga jamlana olmaydi.


background image

38

Orzigul HAMROYEVA

5. “Yo” va “mim” birikuvi:

bo‘rim – xo‘rim.

Qofiyadosh so‘zlar

tarkibidagi “yo” va “mim” harflari 1-shaxs (mutakallim) shakli

sifatida qo‘shilgan. Bu qofiyadosh so‘zlar

rim – sim

(asliy qofiya)

so‘zlari bilan qofiyadosh so‘z sifatida olinmaydi.

Vohid Tabriziy ham shoygon qofiya xususida to‘xtalganda,

ularni alohida turga ajratgan holda taqdim qiladi:

1. Shoygoni mug‘oyyaba:

do‘rand – subo‘rand.

2. Shoygoni muxotiba:

chamid – damid.

3. Shoygoni mutakallima:

no‘shim – po‘shim

[Tabriziy 1959,

84-85].

Shoygon qofiya va asliy qofiyani bir she’r tizimida ja’m qilish

barcha ajam olimlari tomonidan kamchilik sifatida ko‘rsatiladi.

Biroq Ahmad Taroziy qasida va masnaviy tarkibida bu ikki qofiya

turini o‘zaro qofiyadosh so‘z sifatida ishlatilishi mumkinligini aytadi.

Shoirlar bu holatni o‘zlariga ravo ko‘rsalar (

luzumi ma la yalzum

),

qo‘llayveradilar.

Ba ro‘yi do‘st ki ro‘yash ba chashmi man nigarid,

Ba xok posh ki on rah ba chashmi man siparid.

Banoyo guzashtan az on dur nishon bi chashm ast,

Chu chashm nis shumoro, ba chashmi man guzarid.

Baytda keltirilgan

nigarid – siparid – guzarid

qofiyadosh

so‘zlaridagi “yo” va “dol”ning birikuvi shoygoni muxotibani yuzaga

keltirgan.

Faxri Isfahoniy shoygon qofiyani ikki turini keltiradi: xafiy

va jaliy. Isfahoniy qofiyasiz (asliy qofiya) ruboiyni namuna sifatida

keltiradi:

Dar box chu omad guli rangin berun,

Anduhi ki nam az dili g‘amgin berun.

Kardan nizore ro arusoni chaman,

Sarho zi dari chahoe chubin berun

[Isfahoniy h.1337, 73].

Ruboiydagi qofiyadosh so‘zlar:

rangin – g‘amgin – chubin

aslida o‘zaro qofiyadosh bo‘la olmaydi. Ularning ohangdoshligi “yo”

va “nun” harfi vositasida yuzaga chiqqan.

Qofiyashunoslar raviyning mutaharrik va sokin holda

kelishiga qarab qofiyaning mutlaq va muqayyad turini farqlaydilar.

Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, hech bir risolada qofiya mutlaq

qofiya va muqayyad qofiya turlari sifatida izohlanmaydi. Qofiyaning

bu turi raviy harfi izohida raviyi mutlaq va raviyi muqayyad shaklida

beriladi. Shamsiddin Qays Roziy ham qofiya turlarini keltirayotgan

muqayyad raviy va mutlaq raviy sifatida izohlaydi. Nosiriddin Tusiy

arab shuarosi qofiyaning ikki turini farqlaganini aytib, mutlaq va


background image

39

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

muqayyad qofiya deb nomlaydi. Demak, qofiya raviyning mutaharrik

va sokin shaklda kelish xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. Jomiy

“Risolai qofiya”ning 6-faslini mutlaq va muqayyad qofiya turi izohiga

bag‘ishlaydi. Faxri Isfahoniy ham mutlaq va muqayyad qofiyani

alohida qofiya turi sifatida tasniflaydi. Atoulloh Husayniyning

“Risolai qofiya” asarining beshinchi qismi raviyi mutlaq va raviyi

muqayyad izohiga bag‘ishlangan.

1.

Mutlaq qofiya-raviyi mutlaq.

Raviyning mutaharrik va sokin bo‘lishi raviyi mutlaq va raviyi

muqayyad qofiya turini belgilab beradi. Agar raviy mutaharrik bo‘lsa,

raviy mutlaq deyiladi:

Ey labingdin xijil Misr shakari,

Ko‘rsa seni netar falak qamari.

Baytdagi

shakari – qamari

qofiyadosh so‘zlardagi “re” undoshi

raviy, “yo” - i unlisi vasl sifatida raviyi mutlaqni yuzaga keltiradi.

Zulfi nigor go‘ft ki man az qir chanbaram,

Shabi surati shibhi sifati mushk paykaram

[Taroziy 1996, 60].

Chanbaram – paykaram

qofiyadosh so‘zidagi “re” undoshi

raviy va raviydan keyingi harakat va vaslning joylashuvi raviyi

mutlaq sanaladi. Shamsiddin Qays Roziy raviyi mutlaqning 12 turi

mavjudligini aytadi:

1.

Mutlaqi mujarrad qofiya

2.

Qaydli mutlaq qofiya

3.

Ridfli mutlaq qofiya

4.

Xuruj va mazidli mutlaq qofiya

5.

Xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya

6.

Qayd va xurujli mutlaq qofiya

7.

Qayd, xuruj va mazidli mutlaq qofiya

8.

Qayd, xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya

9.

Ridf va xurujli mutlaq qofiya

10.

Ridf, xuruj, mazidli mutlaq qofiya

11.

Ridf, xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya.

12.

Mutlaqi mujarradning dastlabki turi sifatida

itloq

harfli raviyi mutlaq

izohlanadi. Itloq atamasi “Funun ul-

balog‘a”da qofiya harakati sifatida keltiriladi. Biroq Shamsiddin

Qays Roziy itloqni alif-i itloq sifatida, ya’ni qofiya harfi sifatida

taqdim etadi. Itloq faqat “alif” harfiga nisbatan ishlatilgan bo‘lib,

arab shoirlari tomonidan qabul qilingan.

Ey shab, chunin daroz nabudi-u saramado,

Az tu bidid nist na she’ri na firqado.

Baytda

saramdo - farqdo

qofiyadosh so‘zlaridagi “alif-i


background image

40

Orzigul HAMROYEVA

itloq” ma’no anglatmaydi. Zamonaviy shoirlar bu kabi ma’no

anglatmaydigan harflarning kelishini qofiya aybi sifatida ko‘rsata-

dilar. Fors adabiyotidagi bu holat qofiya nuqsoni sifatida qaraladi

.

Mutlaqi mujarradning ikkinchi turi sifatida vasl bilan birga kelgan

vaslli mutlaq qofiya

ko‘rasatiladi:

Do‘sto gir do‘sti gir dushmani.

Misradagi

dushmani

so‘zidagi “nun” raviy, “yo” vasl, raviydan

oldingi harakat hazv, raviyning harakati majrodir.

1.

Qaydli mutlaq qofiya.

Oxir dar zuhd-u tavba dar bastam,

V-az band qabuli iyn va on rastam.

Baytda keltirilgan

bastam - rastam

qofiyadosh so‘zlardagi “to”

– raviy, “sin” qayd, “mim” esa vasl sanaladi.

2.

Ridfli mutlaq qofiya.

Ridfli mutlaq qofiya, ya’ni raviyi

mutlaq ikki shaklda keladi. Bu esa ridfning ikki (ridfi asliy, ridfi

zoyid) turi bilan bog‘liq.

Na gufti kazin bas kunam do‘stdori.

Do‘stdori

so‘zidagi “alif” (o unlisi)

ridfi asliy

bo‘lib, “re” harfi

raviy, “yo ” harfi vasldir.

Ey Humoy, himmatat sar bar falak afroxta.

Afroxta

so‘zidagi “te” raviy, raviydan oldingi “xe” undoshi

ridfi zoyid

bo‘lib, “ho” harfi vasl sifatida raviyi mutlaq snaladi.

3.

Xurujli mutlaq qofiya.

Sanamo to bakaf ishva-u ishqi tu darim.

Darim so‘zidagi “mim” harfi xurujdir.

4.

Xuruj va mazidli mutlaq qofiya.

Zi onj Haq dar dilastash,

Har che xohad hosilastash.

Dilsitash – hosilsitash

qofiyadosh so‘zlardagi “lom” harfi

raviy, “sin” harfi vasl, “te” harfi xuruj, “shin” harfi esa mazid sanaladi.

5.

Xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya.

To kay bexun diyda va dil parvarimshon,

To kay zi ro ravand va baroe ovarimshon.

Parvarimshon – ovarimshon

qofiyadosh so‘zlaridagi “re” harfi

raviy, “yo” harfi vasl, “mim” harfi xuruj, “shin” harfi mazid, “alif” va

“nun” harfi noyiradir.

6.

Qayd va xurujli mutlaq qofiya.

To zan tabari kay dil zi mehrat rastast,

Yo az talab tu forig‘-u ohistast.

Rastit – ohistat

qofiyadosh so‘zidagi “to” harfi raviy, raviydan

oldingi “sin” harfi qayd, raviydan keyingi “sin” esa vasl, “to” harfi


background image

41

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

xurujdir.

7.

Qayd, xuruj, mazidli mutlaq qofiya.

Chehrai dil bandi lola rangistash,

G‘amzayi dil duz juz xadangistash.

Rangistash – xadangistash

qofiyadosh so‘zlardagi “kof” harfi

raviy, “nun” harfi qayd, “sin” harfi vasl, “te” harfi xuruj, “shin” harfi

mazid sanaladi.

8.

Qayd, xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya.

Savdoi tu az siyna furu raftanist,

V-onke suxan tu niz no guftinist.

Raftinist – guftinist

qofiyadosh so‘zidagi “te” raviy, raviydan

oldingi “fe” harfi qayd, “nun” harfi vasl, “yo” harfi xuruj, “sin” harfi

mazid, “te” harfi noyiradir.

9.

Ridf va xurujli mutlaq qofiya.

Bu qofiya turi ham

ridfning turiga qarab ikki turga bo‘linadi.

Dar jahon gar hich yore dorami.

Dorami

so‘zidagi “alif” –

ridfi asliy

, “re” harfi raviy, “mim”

harfi vasl, “yo” harfi esa xuruj harfi sanaladi.

Dil dog‘i tu dorad arna bafuruxtami,

Dar diyda tuyi va v-garna barduxtami.

Bafuruxtami – barduxtami

qofiyadosh so‘zlardagi “te” harfi

raviy, “xe” harfi

ridfi zoyid

, “mim” harfi vasl, “yo” esa xurujdir.

10.

Ridf, xuruj, mazidli mutlaq qofiya.

Chun so‘rxi guli shukufta rixonistash,

Bar so‘rxi gul zi mushki nishonistash.

Rixonistash – nishonistash

qofiyadosh so‘zlardagi “nun” raviy,

raviydan oldingi “alif” ridfi asliy, “sin” vasl, “te” xuruj, “shin” esa

mazid sanaladi.

Rux ju moh orastastash,

Kisa zon bar xavostastash.

Orastastash – xavotastash

qofiyadosh so‘zlardagi “te” harfi

raviy, raviydan oldingi “sin” ridfi zoyid, ikkinchi “sin” vasl, ikkinchi

“to” harfi xuruj, “shin” esa mazid sanaladi.

11.

Ridf, xuruj, mazid, noyirali mutlaq qofiya.

Gar lutf Haq yorastami,

Juz ishqi-u korastami.

Yorastami – korastami

qofiyadosh so‘zlardagi “re” harfi raviy,

raviydan oldingi “alif” ridfi asliy, “sin” vasl, “te” xuruj, “mim” harfi

mazid, “yo” harfi esa noyiradir.

Gar dil az g‘am yor na bardoxtanistish,

Bo u bahma ujuh dar soxtanistish

[Roziy 1997, 152].


background image

42

Orzigul HAMROYEVA

Bardoxtanistish – soxtanistish

qofiyadosh so‘zlardagi birinchi

“te” raviy, raviydan oldingi “xe” harfi ridfi zoyid, “nun” vasl, “sin” harfi

vasl, “te” xuruj, “yo” harfi mazid, “shin” harfi esa noyiradir.

Abdurahmon Jomiy mutlaq raviy sifatida raviyga vaslning

payvand bo‘lganini asosiy xususiyat sifatida keltiradi [Jomiy 2006,

308].

Sarvariy – dilbariy

qofiyadosh so‘zlardagi “yo” harfi vasl sifatida

mutlaq raviyni shakllantirgan.

Atoulloh Husayniy mutlaq raviyning 24 shakli borligini

ta’kidlaydi. Olim Shamsiddin Qays Roziydan farqli o‘laroq, qofiya

harflari shaklida emas, qofiyadosh so‘zlar misolida tushuntiradi.

1.

Shabi – tabi

– mutlaqi mujarrad raviy;

2.

Sobiram – shokiram

- ta’sisli mutlaq raviy;

3.

Yoram – g‘amxo‘ram

– ridfli mutlaq raviy;

4.

Shitoftim – yoftim

- murakkab ridfli mutlaq raviy;

5.

Dashtiy – kashtiy

– qaydli mutlaq raviy.

Faxri Isfahoniy ham mutlaq qofiyaning 5 shakli xususida

to‘xtalib, ba’zilarini baytlar misolida izohlaydi. [Isfahoniy h.1337, 73]

1.

Tavjih va vaslli mutlaq qofiya.

Toki boshad davr charxe xabare,

Toki boshad sayre mehro xovare.

Xabare – xovare

qofiyadosh so‘zlardagi raviyning harakati

tavjih, raviydan keyingi “yo” vasl sifatida mutlaq qofiyani

shakllantirgan.

2.

Vaslli mutlaq qofiya.

Xisrave A’zam Jamoliddin ki hast,

Dar Riyoze Xisrave sarvi sihi.

3.

Qayd va vaslli mutlaq qofiya.

Bololai so‘rxi bo gule marmari,

Navro‘ze dar imdoe manuchehri.

Manuchehr

so‘zidagi “ho” harfi qayd, “re” raviy, “yo” vasldir.

2.

Muqayyad qofiya – raviyi muqayyad

Arab va jam shoirlari orqasida raviyi muqayyad raviyi

mutlaqqa nisbatan kamroq qo‘llangan. Raviyning muqayyad

shaklida qofiyadosh so‘z raviy bilan tugallanadi, ya’ni raviydan

keyin qofiya harf va harakatlari ishtirok etmaydi. Risolalarda raviyi

muqayyadning uch turi keltiriladi:

1.

Mujarradi muqayyad raviy.

Zihi baho, tu davroni charxi ro mafxar.

Misradagi

mafxar

so‘zi qofiyadosh so‘z sifatida keltiriladi. So‘z

tarkibidagi “re” raviy, raviydan oldingi unli(“xe”ning harakati) tavjih

sanaladi.


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

43

2.

Ridfli muqayyad raviy.

Ey bahasti doda giyti ro kamol.

Kamol

so‘zida “lom” raviy, raviydan oldingi “alif” esa ridfi

asliydir.

Az sar mehr tu dilam barxost.

Barxost

so‘zidagi “te” harfi raviy, “alif” – o unlisi ridfi asliy,

“sin” esa ridfi zoyid sanaladi.

3.

Qaydli muqayyad raviy.

Hastam ba jamolat orzumand

[Roziy 1997, 153].

Orzumand

so‘zidagi “dol” harfi raviy, “nun” esa qayddir.

Abdurahmon Jomiy ham “Risolai qofiya”da raviy harfi sokin

bo‘lsa, vasl unga payvasta bo‘lmasa, bunday qofiyani muqayyad

qofiya deb nomlashlariga ishora qiladi.

Sarvar – dilbar

qofiyadosh

so‘zlar tarkibidagi raviy (“re” harfi) sokin.

Atoulloh Husayniy raviyi muqayyad qofiya turining 6

ko‘rinishini keltiradi:

1.

Gul – mul

qofiyadosh so‘zlari asosidagi mujarradi

raviyi muqayyad qofiya;

2.

Oqil – komil

- qofiyadosh so‘zlari asosidagi ta’sisli

raviyi muqayyad qofiya;

3.

Vosil – hosil

- qofiyadosh so‘zlari asosidagi mujarradi

raviyi muqayyad qofiya;

4.

Kor – bor

- qofiyadosh so‘zlari asosidagi ridfli raviyi

muqayyad qofiya;

5.

Rext – girext

- qofiyadosh so‘zlari asosidagi murakkab

ridfli raviyi muqayyad qofiya;

6.

Dard – mard

- qofiyadosh so‘zlari asosidagi qaydli

raviyi muqayyad qofiya.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qofiya qonuniyatlaridagi

nuqsonlar qofiyaning ma’lum turlarini shakllantirgan. Risola

mualliflari o‘z davri she’riyati va o‘zidan oldingi she’riyat misolida

qofiya harf va harakatlarining tizimli qo‘llanganini ko‘rsatib

berganlar. Raviy qofiyaning asos - tayanchi sifatida tadqiq etilib,

uning ishtirok etish-etmasligi, undan oldin va keyingi harf va

harakatlarning bevosita unga bog‘liqligi, raviy asosidagi qofiya

turlarining shakllanishi kabi yondashuvlar risolalarning asosiy

mazmunini tashkil qiladi.

Qofiya harflarining ishtirokiga ko‘ra qofiya turlari

Qofiya harflarining joylashuvi qofiyaning o‘zak tarkibiga

ko‘ra turlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Qofiyadan


background image

44

Orzigul HAMROYEVA

oldin joylashuvchi ridf, ta’sis, qayd – qofiya harflari qofiyaning o‘zak

tarkibiga ko‘ra mujarrad, muassas, murdaf, muqayyad turlarini

hosil qiladi. Arabiy, forsiy va turkiy tildagi risolalarning hech birida

mujarrad, muassas, murdaf, muqayyad qofiya turlari alohida

sarlavha ostida keltirilmaydi. Bu qofiya turlari qofiya harflari izohi

qismida keltiriladi. Faqat Nosiriddin Tursiyning “Me’yor ul-ash’or”

asaridagina “Qofiya na’vlari” sarlavhasi ostida qofiyaning barcha

turlari arab va fors shoirlari ijodi misolida o‘zaro qiyosiy o‘rganiladi.

Olim arablarda raviyning holatiga qarab qofiyaning ikki: mutlaq

va muqayyad turi borligini ta’kidlaydi. Arablar “moqabli raviy”ga

ko‘ra qofiyaning 3 turini farqlashlarini keltiradi: mujarrad, murdaf,

muassas. Biroq risolaning “Fors shoirlari nazdida qofiya turlari”

sarlavhali qismda qofiya fors adabiyoti ikki xil: mujarrad yoki murdaf

bo‘lishini ta’kidlaydi. Vohid Tabriziy qofiya harflari va harakatlarini

izohlash maqsadida alohida qism (“Qofiya harf va harakatlarini

tushuntirish uchun misollar”) keltiradi. Bu qismda qofiyadosh

so‘zlar tarkibida kela oladigan qofiya harf va harakatlarini bir

butunlikda taqdim qiladi. Shu o‘rinda qofiyaning murdaf, mujarrad

va muqayyad qofiya turlariga ishora qiladi. Arab bo‘lmagan (ajam

- fors) shoirlar ijodida qofiyaning uch turi amalda ekanligini

ta’kidlaydi. Risolada garchi uch qofiya turi borligi aytilsa-da, ta’sis

va daxil harfi sharhida ta’sis ishtirok etgan qofiya muassas qofiya

deb nomlanishini ta’kidlaydi. Ahmad Taroziy qayd harfi izohida qayd

harfi ishtirok etgan qofiyani olimlar muqayyad deb nomlashlarini

ta’kidlaydi, xolos. Demak, “Funun ul-balog‘a” asarida qofiya turlari

sifatida muassas, murdaf, mujarrad, muqayyad qofiya turlari

ajratilmagan. Abdurahmon Jomiy esa ta’sis va ridf harfi izohida

murdaf va muassas qofiyani tushuntiradi. Faxri Isfahoniy qofiyaning

shoygon qofiya turini keltirish bilan cheklanadi. “Me’yor ul-jamoli”

va “Badoe ul-afkor” asarlarida qofiyaning bu turlari keltirilmaydi.

Atoulloh Husayniy esa “Risolai qofiya”da ta’sis, ridf, qayd harflari

izohida qofiya turlarini qofiya harflariga bog‘lab tushuntiradi.

1.

Muassas qofiya.

Qofiyaning muassas qofiya turi

ta’sis harfi izohi bilan bog‘liq. Ta’sisning ishtiroki muassas qofiya

turini hosil qiladi. Muassas qofiya turi dastlab Nosiriddin Tusiyning

“Me’yor ul-ash’or” asarida keltiriladi.

Ey ruyi tu oftobi olam,

Angushtnamoyi nasli odam.

Baytdagi

olam - odam

qofiyadosh so‘zlaridagi “alif” harfi

ta’sis, tabiiyki, ta’sis daxil harfi bilan birga keladi. Demak, “lom” va

“dol” harflari daxil sanaladi. Barcha baytlarda ta’sis – “alif” harfining


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

45

kelishiga to‘liq rioya qilinishi muassas qofiya turini yuzaga keltiradi.

Ey on ki lof mezaniy az dil, ki oshiq ast.

To‘bӣ lak, ar zaboni tu bo dil muvofiq ast.

Oshiq – muvofiq

qofiyadosh so‘zlardagi o unlisi – ta’sis harfi

sanaladi.

Nosiriddin Tusiy muassas qofiya turini izohlashda mutlaq

va muqayyad qofiya turi bilan bir butunlikda taqdim qiladi: mutlaqi

muassas va muqayyadi muassas. Olim muassas, murdaf, mujarrad

qofiya turini 9 holatdagi shaklini taqdim qiladi.

a) mutlaqi muassasi mavsuli mahraj.

Sohibuho – kotibuho

qofiyadosh so‘zlardagi “bo” harfi raviy, raviydan keyingi harflarning

ishtiroki mutlaq qofiya turini hosil qilgan. Asos tarkibidagi “alif”

harfi ta’sisdir.

b) mutlaqi muassasi mavsuli g‘ayrimaxraj.

Sohibo – kotibo

qofiyadosh so‘zlaridagi vaslning ishtiroki mutlaq qofiya turini

shakllantirgan.

s) muqayyadi muassas.

Roziy -homiy

qofiyadosh so‘zlar

tarkibidagi “re” raviy, qofiyadosh so‘zlar raviy bilan tugaganligi

sababli muqayyad, asos tarkibidagi “alif”ning ishtiroki muassas

qofiya turini hosil qilgan.

Vohid Tabriziy

oqil – johil

qofiyadosh so‘zlari misolida muassas

qofiya, raviy, daxil, ta’sis, rass, ishbo’ kabi qofiya harf va harakatlarini

izohlaydi.

2.

Murdaf qofiya.

Murdaf qofiya turi ridf harfining ishtiroki

bilan bog‘liq. Murdaf qofiya turi barcha risolalarda ridf harfi izohida

keltiriladi. Shamsiddin Qays Roziy murdaf qofiyaning ridfi asliy va

ridfi zoyidga asoslangan turlarini alohida izohlaydi.

Shabi oshiqat Laylatulqadrast

Chun tu biyrun kuni rux az jalbob.

Jalibob

so‘zidagi “bo” harfi raviy sifatida belgilanib, raviydan

oldingi “alif” – o unlisi ridfi asliy sanaladi.

Guli sad bark-u mushk-u anbar-u sib

Yosamin safid-u mavrid bazib.

Iyn hama yaksaa tamom shudast,

Nazdi tu, ey bute, malukfirib.

Ridfi asliy sifatida “alif”, “yo” va “vov” harflari cho‘ziq unli

vazifasini bajargan holatda kela oladi. Shamsiddin Qays Roziy

yuqoridagi baytda “yo” harfining (i unlisi) ridfi asliy sifatida holati

va uning murdaf qofiyani shakllantirishga namuna sifatida keltiradi.

Nosiriddin Tusiy murdaf qofiya turini uch shaklini takdim

qiladi:


background image

46

Orzigul HAMROYEVA

a) mutlaqi murdafi mavsuli maxraj.

Jamoluho – xayoluho

qofiyadosh so‘zlarida qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra murdaf qofiya

turi, raviyning mutaharrik yoki sokin holatiga ko‘ra mutlaq qofiya

turi ishtirok etganini ko‘rish mumkin.

b) mutlaqi murdafi mavsuli g‘ayrimaxraj.

Jamolo – xayolo

qofiyadosh so‘zlardagi “alif”ning holati asosga bog‘lanmaganini

ko‘rsatib turibdi.

s) muqayyadi murdaf.

Jamol – xayol

o‘zaro qofiyadosh so‘zlari

raviyning sokinlik holatiga ko‘ra muqayyad qofiya turini hosil qilgan.

Jomiy har qanday ridfni o‘z ichiga oluvchi qofiyani murdaf

qofiya deb “o‘qiydilar” shaklida izoh keltiradi. Jomiy ayni o‘rinda

radif va ridf tushunchalarini farqlash kerakligi, murdaf va muraddaf

qofiya bir tushuncha emasligiga e’tibor qaratadi. “Murdaf so‘zidagi

“re” sukunli, “dol” esa mutaharrik ekanligini aytadi. “Risolai qofiya”da

ridfi asliy va ridfi zoyidning ishtiroki murdaf qofiyaning ikki turini

hosil qilishi baytlar asosida tushuntiriladi.

1.

Mufradli murdaf qofiya

. Ridfli bu qofiya turida raviy va

ridfning o‘rtasi sukunli holatda bo‘ladi.

Ey az gunafsha soxta gulbargro niqob,

V-az shab tabonchaho zada bar ro‘i oftob.

2.

Murakkab ridfli murdaf qofiya.

Bu qofiya turi ridfi

zoyid asosida hosil bo‘ladi. Raviy va ridfi asliy o‘rtasida bir undosh

harf vosita bo‘lsa, bunday qofiya turi murakkab ridfli murdaf qofiya

sifatida keltiriladi.

Az baski tanam z-otashi ishqi tu gudoxt,

Natvon tanam az sham-i sahar bozshinoxt.

Vohid Tabriziy murdaf qofiya 3 harf asosida yuzaga kelishini

aytadi: “alif”, “yo”, “vov”. “Qofiya harf va harakatlari izohi uchun

namunalar” qismida ridfi asliy, ya’ni “alif”, “yo”, “vov” harfi asosida

shakllangan qofiya turlarini murdaf qofiya sifatida keltiradi.

1.

“Alif” harfi bilan ifodalangan murdaf qofiya:

jom – kom.

2.

“Vov” harfi bilan ifodalangan murdaf qofiya:

hur – dur.

3.

“Yo” harfi bilan ifodalangan murdaf qofiya:

nagin –

xushajin.

Vohid Tabriziy ridfi asliy bilan ifodalangan so‘zlarni murdaf

qofiya nomi bilan keltiradi. Biroq ridfi zoyid asosidagi qofiyadosh

so‘zlarga nisbatan murdaf qofiya atamasini qo‘llamaydi. Shunchaki

ularni “ridfi asliy va ridfi zoyidning ishtirok etishi” nomi bilan

keltiradi:

dasht – kasht; boxtastamash – soxtastamash.

3.

Muqayyad qofiya

. Qayd harfi ishtirok etgan

so‘zlarning qofiyalanishi muqayyad qofiya turini hosil qiladi. Qayd


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

47

raviydan oldin joylashadi. Raviy va qayd o‘rtasida biror harfning

kelishiga ruxsat etilmaydi. Qayd sokin holatda bo‘ladi. Shuning

uchun ham Ahmad Taroziy qaydni “sokinu-l-qayd” deb ataydi.

Soldi o‘sruk ko‘zunguz tavbau taqvog‘a shikast,

Bo‘ldi olam yuzunguz davrida shurshidparast

[Taroziy 1996, 66].

Bu qofiya turini murdaf qofiya (ridfi zoyidli) bilan farqlash

lozim. Ridfi zoyid ridfi asliy bilan birga ishtirok etadi, ridfi zoyid ridfi

asliy va raviy o‘rtasida kela oladi:

rost – kost

kabi. Muqayyad qofiyada

esa qayddan oldingi harf mutaharrik bo‘ladi:

aqd – naqd, firdavs –

qavs

kabi.

Navro‘z daromad, ey Manuchehri

Bololai so‘rxi va bo guli xamri.

Murg‘oni zabon go‘fta ro yaksar,

Bekushodi zaboni suri va amri

[Roziy 1997, 133].

Baytda keltirilgan

xamri - amri

qofiyadosh so‘zlardagi “mim”

harfi qayd bo‘lib, bunday qofiya muqayyad qofiya sifatida keltiriladi.

Yori mo sarvi baland ast, biguyim baland,

Past guftan suxan az bimi raqibon to chand.

Yoki

Chu Zuhra vaqti sabo‘h az ufuq bisozad chang,

Zamona tez kunad nolai maro ohang.

Vohid Tabriziy ham qofiyaning uch turidan biri sifatida

muqayyad qofiya e’tibor qaratadi, chand – qand, mard – dard

qofiyadosh so‘zlari asosida qayd harfi izohi bilan bir butunlikda

tushuntiradi.

4.

Mujarrad qofiya.

Mujarrad qofiya raviydan oldingi

qofiya harakatlarining kelishiga asoslanadi. Raviydan oldingi

tavjihning kelishi mujarrad qofiya turini hosil qiladi. Bunda daxilning

harakati ishbo’ bilan tavjihni farqlash muhim ahamiyatga ega. Ishbo’

daxilning harakati bo‘lib, daxil ta’sis harfi bilan yonma-yon holatda

yuradi:

mohir – Tohir

kabi. Mujarrad qofiya turida esa daxil va ta’sis

ishtirok etmaydi:

shakar – zahar

so‘zlari kabi. Mujarrad qofiya

turi Nosiriddin Tusiy va Vohid Tabriziy risolalardagina izohlanadi.

Nosiriddin Tusiy mujarrad qofiyani uch turga bo‘lib o‘rganadi [Tuziy

h.1325, 115-124].

1.

Mutlaqi mujarrari mavsuli maxraj.

Zarabaha –

xatabaha

qofiyadosh so‘zlaridagi “he” harfi raviy, “bo”ning harakati

tavjih sanaladi.

2.

Mutlaqi mujarradi mavsuli g‘ayrimaxraj.

Zadabo –

xatabo

qofiyadosh so‘zlar tarkibidagi raviydan keyingi “alif” asos


background image

48

Orzigul HAMROYEVA

tarkibiga kirmagani bois g‘ayrimaxraj sifatida keltirilgan.

3.

Muqayyadi mujarradi.

Kar – xatar

qofiyadosh so‘zlar

tarkibidagi “re” harfi raviy, “kof” va “te”ning harakati tavjih sifatida

mujarrad qofiyani hosil qilgan.

Nosiriddin Tusiy risolaning “Fors shoirlari nazdida qofiya

na’vlari” sarlavhali qismda ham mujarrad qofiyaning mutlaq va

muqayyad qofiya bilan bir butunlikdagi 8 ko‘rinishini farqlab beradi.

Ulardan to‘rttasi mutlaq qofiya shaklida, to‘rttasi esa muqayyad qofiya

shaklida keladi. Olim yuqorida keltirilgani kabi mutlaq qofiyaning

asosdan tashqari va asosga birikkan holatdagi ko‘rinishlarini ham

taqdim qiladi.

Pisare – xabare

qofiyadosh so‘zlar tavjih (“se” va “bo”ning

harakati) ishtiroki asosida mujarrad qofiyani hosil qilgan bo‘lsa,

vaslning ishtiroki mutlaq qofiya turini shakllantirgan.

Pisari man –

xabari man

qofiyadosh so‘zlari ham qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra

mujarrad qofiya turini shakllantirsa, “man” shakli g‘ayrimaxraj

sifatida asosdan tashqari ekanligini ko‘rsatadi.

Abdurahmon Jomiy mutlaq va muqayyad raviy izohida

mujarrad qofiya turiga murojaat qiladi. Olimning fikriga ko‘ra ridf

va qayddan xoli qofiya turi mujarrad qofiya sifatida keltiriladi. “Va

muqayyad raviykim, qofiya tarkibida undan boshqa harf bo‘lmasa,

uni mujarradli muqayyad derlar,

sarvar

va

dilbar

kabi. Agar boshqa

harf mavjud bo‘lsa, ushbu harfga qarab ridfli yoki qaydli muqayyad

deb atarlar” [Jomiy 2006, 308].

Vohid Tabriziy qofiya harf va harakatlarini baytlar misolida

izohlaganda mujarrad qofiyaning mutlaq va muqayyad turi,

ulardagi harf va harakatlarning ishtirokiga alohida e’tibor qaratadi.

Muqayyadi mujarrad qofiya turiga

siym-u sahar – sar

qofiyadosh

so‘zlarini namuna sifatida keltiradi. Mujarrad qofiyaning mutlaq

turida vasl, xuruj, mazid va noyira ishtirokidagi qofiyadosh so‘zlar

qatnashgan baytlarni taqdim qiladi.

1.

Vaslli mujjarad qofiya:

nasimi sahari – sipari.

2.

Vasl, xurujli mujarrad qofiya:

sohibqadam ast –

muhtaram ast.

3.

Vasl, xuruj, mazidli mujarrad qofiya:

gulastash –

bulbulastash

.

4.

Vasl, xuruj, mazid, noyirali mujarrad qofiya:

xamsarastamash – chokarastamash.

Qofiyaning murdaf, muqayyad, muassas, mujarrad kabi turlari

qofiya harflari va harakatlarining ishtirokiga qarab belgilanadi.

Shuning uchun ham temuriylar davriga oid risolalarda qofiyaning bu


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

49

turlari alohida emas, qofiya harf va harakatlari tarkibida o‘rganilgan.

Qofiya qismlari ishtirokiga ko‘ra turlari

Qofiya qismlari ishtiroki qofiyaning boshqa bir turini hosil

qilishda muhim ahamiyatga ega. Arab va ajam shoirlari qofiyadosh

so‘zlar tarkibidagi sukunli va mutaharrik harflarning joylashish

o‘rniga qarab qofiyani alohida turlarga ajratganlar. Qofiyadosh so‘z-

lar bir mutaharrik va bir sokin, ikki mutaharrik yoki uch mutaharrik

va bir sokin holatida yoki uch mutaharrik yoki to‘rt mutaharrik

va bir sokin holatida bo‘lishi mumkin. Qofiyadosh so‘zlardagi bu

qismlar turlicha bo‘lishi mumkin. Qofiyadosh so‘z tarkibidagi

sokin va mutaharrik harflarning miqdori qofiyaning qismlari, ba’zi

manbalarda taqti’lari jihatiga ko‘ra ajratiladi. Shu nuqtayi nazardan

bu qofiya turlari vazn bilan o‘zaro uyg‘un holatda taqdim etiladi.

Arab shoirlari tomonidan qofiya qism(taqti’)lari tarkibiga

ko‘ra 5 turga ajratilgan holda o‘rganilgan.

1.

Mutakovis.

2.

Mutarokib.

3.

Mutadorik.

4.

Mutavotir.

5.

Mutarodif.

Mumtoz qofiyaga oid risolalarning deyarli barchasida

qofiyaning besh turi izohlanadi. Faqat Ahmad Taroziy fors shuarosi

tomonidan qo‘shilgan 3 tur izohini ham keltiradi.

1.

Mutavosiy.

2.

Mutarojih.

3.

Mutazoyid.

Nosiriddin Tusiy qofiyaning bu turini “qofiya qismlari”

atamasi bilan ataydi. Olim bu qofiya turlarini nomlarining so‘nggi

harflarini birlashtirgan holda SBKTR qisqartamasi bilan beradi.

Kitobxonning xotirasida saqlanishi maqsadi bilan ularning so‘nggi

harflarini jamlab ko‘rsatadi.

Qofiyaning bu turi aruz vazni bilan uyg‘un holda tadqiq etiladi.

Misra so‘ngidagi sabab, vatad va fosilaning ishtiroki qofiyadosh

so‘zlar qismlarini tashkil qiladi. Sabab, vatad, fosila ishtirok etgan

qismlar qofiya turlari bilan birga vazniy holatini ham belgilab beradi.

Shamsiddin Qays Roziy ham “Al-mo‘jam” asarida dastlab arab

she’riyatidagi qofiyaning bu turi xususida ixcham ma’lumot keltiradi.

Olim arab she’riyatidagi qofiyaning 35 turi haqida maxsus risola

yozganiga ishora qiladi. Qofiyaning asosiy besh turi izohini baytlar

misolida tushuntiradi.

Abdurahmon Jomiy ham “Risolai qofiya” asarida yuqoridagi


background image

50

Orzigul HAMROYEVA

qofiyaning besh turini izohlaydi. Faqat bu izoh juda ixcham shaklda

keltiriladi. Jomiy bu qofiya turlarining qismlari tarkibini sanab o‘tadi,

xolos, baytlar keltirilmaydi.

Mutarodif, mutavotir, mutadorik mexon,

Mutarokib, mutakovis laqabi qofiya don

[Jomiy 2006, 308].

Faxri Isfahoniyning “Me’yor ul-jamoli”, Husayn Voiz

Koshifiyning “Badoe’ ul-afkor” asarlarida qofiyaning bu turi haqida

ma’lumotlar keltirilmaydi. Atoulloh Husayniy “Risolai qofiya”ning

oltinchi qismida qofiyaning taqti’ e’tiboriga ko‘ra turlarini keltiradi.

Olim an’anaviy shaklda qofiyaning hijo e’tiboriga ko‘ra 5 turini

taqdim qiladi [Husayniy h.1393, 55].

Mutarodif buvad onga mutavotir digar,

Mutadorik, mutarokib, mutakofis bingar.

1.

Mutavotir

(“paydar-pay”, “ketma-ket”). Qofiyaning

mutavotir turi izohi “Funun-ul-balog‘a” va “Risolai qofiya”da dastlabki

tur sifatida keltiriladi. Shamsiddin Qays Roziy va Nosiriddin Tusiy

risolalarida mutakovis qofiya turi birinchilardan bo‘lib izohlanadi.

Mutavotir qofiya qofiya qismlari e’tiboriga ko‘ra qofiyaning to‘rtinchi

qofiya turi ekanligi aytiladi. Bu qofiya turida qofiyadosh so‘zdagi raviy

sokin holatda yakunlanadi, raviydan oldingi harf mutaharrik holatda

bo‘ladi. Ya’ni sababi xafifdan iborat bo‘ladi, fa’ (-)vaznida bo‘ladi.

Axtar – anbar

qofiyadosh so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini, ohangdorlikni

ta’minlab turgan qismi bir mutaharrik va bir sokin harfdan iborat.

“Re” harfi raviy sifatida sokin holatda turibdi.

So‘zidin rashk olur, shakkar yuzidin ham chamanu gul,

Ko‘zidin uftonur nargis, sochidin to‘lg‘onur sunbul.

Baytdagi

gul – bulbul

qofiyadosh so‘zlardagi

gul

so‘zi va

bulbul

so‘zining ikkinchi qismi sababi xafifdan iborat.

Soqiy, barafruz ishab charog‘i majlis.

Xilvat besoz xoli az zohidi musavvis.

Atoulloh Husayniy sababi xafifi ishtirokidagi qofiyaga

quyidagi baytni keltiradi.

Shakar dahano g‘ame nadoriy,

Dayr odaniyi mag‘ona darkash.

Shamsiddin Qays Roziy “mutavotir” so‘zining “vaqti-vaqti

bilan takrorlanmoq” ma’nosini keltirib, bu qofiya turining o‘ziga xos

xususiyati sifatida sukunli harfga bog‘lanishini ko‘rsatadi. Boshqa

qofiya qismlarida mutaharrik harfdan so‘ng yana mutaharrik harf

keladi. Shamsiddin Qays Roziy fors she’riyatida mutavotir qofiya

turi 11 o‘rinlarda uchrashi mumkinlini aytadi. Bu holat ruknlar bilan

bog‘liq bo‘lib, bu ruknlarning oxirgi juzvi sababi xafifdan iborat


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

51

bo‘ladi.

-

Mafoiylun.

V - - -

-

Foilotun.

- V - -

-

Failotun.

V V - -

-

Faulun.

V - -

-

Maf’uvlun.

- - -

-

Fa’lun.

- -

-

Foilotun fa’ .

- V - - -

-

Failotun fa’.

V V - - -

-

Mafoiylun fa’ .

V - - - -

-

Muftailun fa’ .

- V V - -

-

Maf’uvlun fa’.

- - - -

2.

Mutarodif

(“bir-birining ma’nodoshi”, “ridfli”). Bu

qofiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qofiya qismlari mutaharrik

harfdan so‘ng ikki sokin harfning kelishidan tashkil topadi. “Funun

ul-balog‘a”da sababi mutavassit (

~

) bu qofiya turini shakllantirishi

aytiladi. Atoulloh Husayniy esa sodda uslubda tushuntiradi: ikki

harfning yonma-yon kelishi mutarodif qofiya turiga asos bo‘ladi.

Muxtor – ag‘yor

qofiyadosh so‘zlari tarkibiga e’tibor qilinsa, “alif”

va raviy – “r

o

” harfi sokin holatida turibdi.

Ta’bir – tafsir

qofiyadosh

so‘zlardagi “yo” va “re” harfi ham ikki sokin harf sifatida mutarodif,

ya’ni ridfli qofiya turini shakllantirgan. Bu qofiyadosh so‘zlar qofiya

harflarining ishtirokiga ko‘ra tahlili qilinsa, raviydan oldingi ridfning

ishtiroki murdaf qofiya (ridfli) turini hosil qilganini ko‘rish mumkin.

Shamsiddin Qays Roziy mutarodif qismli qofiya turi forslar-

da mashhur ekanligiga ishora qiladi.

Di bomdodi iyd kay bar sadri ro‘zgor.

~

Misradagi

ro‘zgor

so‘zining so‘nggi hijosi “alif” va “re” sokin

holatda.


background image

Orzigul HAMROYEVA

52

Qamar bo‘ldi yuzung davrinda mashhur,

~

Qoshingdin ham qamug‘ mehrobi ma’mur.

~

Baytda keltirilgan

mashhur – ma’mur

qofiyadosh so‘zlar so‘ngi

ikki sokin harf (“vov” va “re”) bilan tugagan.

Misli jomi porsiyon hast,

Lab dar yodi murg‘i dabu tumor.

~

“Funun ul-balog‘a”da keltirilgan Xoqoniyning ushbu bayti

keltirilgan

tumor

so‘zi tarkibida ham “alif” va “re” harfi sokin holatda.

Atoulloh Husayniy

dilnavoz – boz

o‘zaro qofiyadosh so‘zlari

asosida qofiyaning mutarodif turini tushuntiradi:

Hast pes’hi mo labat obi hayot yey dilnav

oz

,

~

Omada hamchu hubobi az vay brun tabxola b

oz

.

~

Shamsiddin Qays Roziy mutarodif qofiya ajam she’riyatida

11 holatda qo‘llanishi mumkinligini aytadi:

-

Mafuvlon.

- - ~

-

Foilon.

- V ~

-

Failon.

V V ~

-

Fauvlon.

V - ~

-

Fa’lon.

- ~

-

Mafoiyl .

V - ~

-

Faul.

V ~

-

Fo’ .

~

-

Mafoiylon.

V - - ~

-

Foiliyyon.

- V - ~

-

Failiyyon.

V V - ~

Shamsiddin Qays Roziy bu qofiya turining mutarodif deb

nomlanishini sukunli harf, ya’ni ridf o‘zidan keyingi harfning ham

sukunli holatda kelishini talab qilishida deb izohlaydi.

3.

Mutadorik

(“etishuvchi”, “orqadan kelib qo‘shiluvchi”,

“bir-birini topib olgan”, “bir-biriga yaqin”).

Bu qofiya turida qofiya


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

53

qismlari vatadi majmu’

(

V-

)

, ya’ni ikki mutaharrik harf va bir sokin

harfdan iborat bo‘ladi.

Muxtasar – mo‘tabar

va

mumtahan - yosuman

qofiyadosh so‘zlar yakuni ikki mutaharrik va bir sokin harfdan iborat.

Banom Xudovandi jon -u xirad.

V -

Misradagi

xirad

so‘zi ikki mutaharrik va raviyning (“dol”)

sokin holatidan tashkil topgan.

Chu qadu oraz fikridin qilsam, vidoi anjuman,

V -

Qabrimdin o‘tgusi base sarvi sihivu nastaran.

V -

Baytda keltirilgan

anjuman – nastaran

qofiyadosh so‘zlardagi

“jim”, “mim”

, “te”, “re” harflari harakatli, raviy – “nun” sokin holatda

keltirilgan.

Chandon bigiryam bar dari on bevafo shomu sahar,

V -

K-az obi chashmam ovarad sarve az onjo sar ba dar. [Taroziy

1996, 54].

V -

Vatadi maqrundan tashkil topgan ushbu qofiya qismlari fors

shoirlari ijodida besh o‘rinda qo‘llana oladi:

1.

Foilun.

- V -

2. Mustaf’ilun.

- - V -

3. Mafoilun.

V - V -

4.

Faulun fa’al.

V - - V -

5.

Mafoiylu fa’ .

V - - V -

4.

Mutarokib

(“bandli”, “bog‘langan”, “otning ustida

o‘tirmoq”). Mutarokib qofiya qismlari fosilai sug‘rodan

(

VV-

)

iborat

bo‘ladi, ya’ni uch mutaharrik va bir sokin harfdan tashkil topgan

qofiyadosh so‘zlar bir butunlikda qofiyaning mutarokib qofiya turini

shakllantiradi. Ahmad Taroziy mutarokib qofiya qismlari faalan

vaznida yozilishini ta’kidlaydi.

Az ishqi tu man dar jahoni samaram.

V V -

Misrada keltirilgan

samaram

so‘zidagi “sin”, “mim”, “re”


background image

Orzigul HAMROYEVA

54

harflari mutaharrik, raviy – “mim” sokin holatda, qofiya qismlari

fosilai sug‘rodan iborat.

Yo Rab, el ichinda ehson-u ato bo‘ldi adam,

V V -

Yo magar yer yuzida qolmadi hech ahli karam.

V V -

Yoki

Xoki poyi tu az on ro‘z ki omad ba nazar,

V V -

Diydaho minnati surma naqashindandi digar.

V V -

Atoulloh Husayniy qofiyaning mutarokib turiga o‘z ijodidan

namuna keltiradi:

Yey Atoiy dil-u din raft zi mo suyi adam,

V V -

Dar dili mo chu raqam bast sar zul

fi sanam [Husayniy h.1393,

57].

V V -

Mutarokib qismli qofiya shakli ajam shoirlari ijodida to‘rt

juzv holatida uchraydi:

1.

Failun.

V V –

2.

Muftailun.

- V V -

3. Maf’uvlu faal.

- - V V -

4. Mafoiylu faal.

V - - V V -

5.

Mutakovis

(“mo‘l-ko‘llik”, “ko‘plik”). Mutakovis qismli

qofiya turida qofiyadosh so‘zlar tarkibi to‘rt mutaharrik va bir sokin

harfdan iborat bo‘ladi, ya’ni qofiya qismlari fosilai kubro (

VVV-

)

dan

tashkil topadi. Shamsiddin Qays Roziy va Ahmad Taroziy bu qofiya

qismlari failatun vaznida ekanligini ta’kidlaydilar:

shakari man –

jigari man

.

Gar yori man g‘am dilam bixuradi

V V V -

Ziyn behtaraki beholi man nigaradi

[Roziy 1997, 150/ Hu

-

sayniy h.1393, 57].

V V V -

Baytdagi qofiyadosh so‘zlar tarkibiga e’tibor qilinsa, to‘rt

harf mutaharrik va raviy – “yo” sokin holatda turganini ko‘rish


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

55

mumkin. Bu bayt Atoulloh Husayniyning “Risolai qofiya” asarida

ham keltirilgan. Olim qofiyaning mutakovis turini izohlashda “Al-

mo‘jam” va “Me’yor ul-ash’or” asarlariga murojaat qiladi. Risolalarda

keltirilgan baytlarni namuna sifatida keltiradi.

Nisbat emas tishinga gavhari Adan.

V V V -

Hech o‘xshamas yuzungga ham guli chaman.

V V V -

Ahmad Taroziy mutakovis qismli qofiya turiga Mavlono

Iroqiydan bayt keltiradi:

Dog‘i nehad husni tu bar ruxi qamar,

V V V -

Otash zanad la’li tu dar dili shakar [

Taroziy 1996, 56].

V V V -

Shamsiddin Qays Roziy va Abdurahmon Jomiy mutakovis

qismli qofiya turi fors she’riyatida uchramasligini ta’kidlaydilar.

Ahmad Taroziy ajam fuzalolari tomonidan qofiya qismlarining

besh turiga qo‘shimcha uch tur ixtiro qilinganini ta’kidlab, “Funun

ul-balog‘a”da ularni birma-bir izohlaydi. Ahmad Taroziy keltirgan

uch qofiya turlarining barchasi qofiya qismlarining oxirgi hijosi o‘ta

cho‘ziq hijobilan tugallanishiga asoslangan.

1.

Mutavosiy.

Mutavosiy qismli qofiya turi vatadi kasrat

(V ~)

juzvidan tashkil topadi. Qofiya qismlari ikki mutaharrik va ikki

sokin harfdan tashkil topadi, ya’ni fa’ol vaznida bo‘ladi:

dilsiton –

sho‘d nihon.

E

y jamolingdin topibtur husn har dam ehtirom,

V ~

Mubtalo bo‘ldi g‘ami ishqing bila har xosu om.

V ~

Yoki

Ey pardai muazzamu banuyi ro‘z(i)gor.

V ~

Ey pishi oftobi garm abri soyador.

V ~

“Funun ul-balog‘a”da keltirilgan ushbu baytdagi

ro‘zgor –

soyador

qofiyadosh so‘zlar qismlari mutarodif qofiya qismlari bilan

juda o‘xshash. Shamsiddin Qays Roziy

ro‘zgor

so‘zi qofiya sifatida

kelgan baytni mutarodif qofiya turida namuna sifatida keltiradi.

Mutarodif qismli qofiya turi sababi mutavassitga asoslangani bois

ro‘zgor

so‘zining ikkinchi juzvi (

~

) aynan mutarodif qofiya turiga

to‘g‘ri keladi. Ahmad Taroziy imola hodisasi orqali “ze” harfini


background image

56

Orzigul HAMROYEVA

“kasra” bilan talaffuz qilish orqali vatadi kasratni hosil qilgan bo‘lsa

kerak.

Ro‘zgor

so‘ziga qofiyadosh so‘z sifatida keltirilgan

soyador

so‘zi

ro‘zgor

so‘zidan farqli imola hodisasiz ham aynan mutavosiy

qismli qofiya turiga to‘g‘ri keladi. “Yo” harfining “fatha” bilan kelishi

mutaharrik harfni hosil qilgan.

2.

Mutarojih.

Mutarojih qismli qofiya turi uch

mutaharrik va ikki sokin harfdan tashkil topadi. Ahmad Taroziy bu

mutarojih qofiya turi faulot

(VV

~

)

vaznida yozilishini ta’kidlaydi:

naqshi jahon – boriganron.

Ol engin bossa yengi birla o‘shul javhari jon,

V V ~

Ko‘zlarim shul dam etar yer yuzini lo

las(i)ton

.

V V ~

3.

Mutazoyid.

Mutazoyid qismli qofiya turi to‘rt

mutaharrik va ikki sokin harfning kelishiga asoslanadi, ya’ni failaton

(VVV~)

vaznida yoziladi:

ey shahi jahon – dar dili kason.

Pinhon tutar rozing ki bu dili hazin,

V V V ~

Saqlar oni payvasta chun duri samin

V V V ~

Yoki

Bo in qadu raftor, ey shahi jahon,

V V V ~

Jo kardai chu rux dar dili kason.

V V V ~

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qofiyaningg taqti’

e’tiboriga ko‘ra turi bevosita aruz vazni bilan bog‘liq. Ahmad Taroziy

taqdim etgan 3 tur taqti’ e’tibori bilan fors va turkiy she’riyatga xos.

Chunki fors va turkiy she’riyatda odatda misra so‘ngi o‘ta cho‘ziq

hijolar bilan yakunlanadi.

Xulosa

Temuriylar davridagi turkiy va forsiy risolalarda qofiya

turlarini tahlil qilish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Temuriylar davriga oid risolalarda qofiya turlari

qonuniyatlari qat’iy tizim asosida ishlab chiqilgan. Qofiyadosh

so‘zlar tarkibida so‘z va grammatik shakllarning ishtirokiga ko‘ra

asliy, ma’muliy, va shoygon qofiya turlari maxsus tadqiq etilgan.

Bu qofiya turlari qofiya harakatlari va ayblari qismi tarkibida

o‘rganilgan. Qofiya turlari mumtoz qofiyaga oid risolalarda to‘liq

shaklda izohlanmaydi. Shamsiddin Qays Roziyning “Al-mo‘jam”


background image

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

57

asari asliy, Nosiriddiy Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” va “Funun ul-

balog‘a”da asliy, ma’mul va shoygon, Atoulloh Husayniyning “Risolai

qofiya” asarida shoygon va ma’muliy qofiya turi, Jomiyning “Risolai

qofiya” asarida asliy va qofiyai ma’muliy, Vohid Tabriziyning “Jam’i

muxtasar”, Shams Faxri Isfahoniyning “ Me’yor ul-jamoli” asarlarida

shoygon qofiya turlarining nazariy asoslari keltiriladi.

2. Garchi risola mualliflarining aksariyati Shamsiddin Qays

Roziyning “Al-mo‘jam” asaridan ta’sirlanib, o‘z risolalarini yaratgan

bo‘lsalar-da, qofiyaning turlarini belgilashda o‘z yondashuvlarini

taqdim qilganlar. Qofiya turlarining nomlanishida ham farqli

xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Asliy qofiya Jomiy tomonidan ma’mul

qofiya sifatida ma’muliy qofiya esa g‘ayri ma’muliy istilohi ostida

keltiriladi.

3. Ahmad Taroziy qofiyaning asliy, ma’muliy va shoygon

turlarini turkiy til qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab

chiqadi.

4. Olimlar tomonidan raviyning mutaharrik va sokin holda

kelishiga qarab qofiyaning mutlaq va muqayyad turi farqlanadi.

Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, hech bir risolada qofiyaning

bu turi mutlaq qofiya va muqayyad qofiya sifatida izohlanmaydi.

Raviy harfi izohida raviyi mutlaq va raviyi muqayyad shaklida

beriladi. Shamsiddin Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Jomiy, Atoulloh

Husayniy qofiya turlarini keltirganda bu ikki turni muqayyad raviy

va mutlaq raviy sifatida izohlaydilar.

5. Atoulloh Husayniy “Risolai qofiya” asarida vasl, xuruj,

mazid, noyirali mutlaq raviyli qofiya turining 24 sifatga asoslangan

holatini baytlar misolida tushuntiradi.

6. Qofiyaning murdaf, muqayyad, muassas, mujarrad turlari

temuriylar davriga oid risolalarda qofiya turi sifatida izohlanmaydi.

Bu qofiya turlari – nomlari qofiya harflari izohi qismida keltiriladi.

Risola mualliflari qofiya harflarining ishtirokiga ko‘ra bu qofiya

turlarini taqdim qiladilar.

7. Qofiya taqti’larining ishtirokiga ko‘ra turlari qofiya

nazariyasi keltirilgan risolalarda qofiyaning asosiy turlari sifatida

keltiriladi. Qofiya va vazn uyg‘unligi qofiyaning asosiy qonuniyati

sifatida qofiya harf va harakatlariga nisbatan muhim jarayon sifatida

baholanadi. Shuning uchun ham qofiya harf va harakatlaridan oldin

qofiyaning taqti’ e’tiboriga ko‘ra turlari izohlanadi.

8. Shamsiddin Qays Roziy “Al-mo‘jam” asarida qofiyaning

taqti’ etiboriga ko‘ra turlarini berish barobarida bu qofiya turlari

qaysi ruknlarning oxirgi juzfi bo‘la olish mumkinligini ham ko‘rsatib


background image

58

Orzigul HAMROYEVA

beradi. Bu orqali qofiyaning bu turlari qaysi vaznlarda kela olishi

mumkinligini bilish mumkin bo‘ladi.

9. Qofiya taqti’larining ishtirokiga ko‘ra turlari qofiya

nazariyasiga bag‘ishlangan risolalarning barchasida arab shoirlari

tomonidan taqdim etilgan beshta: mutakovis, mutarokib, mutadorik,

mutavotir, mutarodif turlari keltiriladi. Ahmad Taroziy besh turga 3

tur qo‘shgan holda (mutavosiy, mutarojih, mutazoyid), ularni birma-

bir izohlaydi.

Adabiyotlar

Жомий, Абдураҳмон. 2006. Рисолаи қофия // Шарқ мумтоз

поэтикаси Ҳамидулла Болтабоев талқинида.

(Таржимон Д.Юсупова). Т.: Ўзбекистон Миллий

энциклопедияси давлат илмий нашриёти.

Ибн Рашиқ. 1972. Ал-Умда фи маҳосин аш-шиър ва-адаби

ва-нақди. 4-е изд. Т. 1-2, Байрут.

Исфаҳоний, Фахри. 1337. Меъёр ул-жамоли (Кия Садек). Теҳрон.

Крачковский, И.Ю. 1956. Арабская поэтика в IХ в. / Избранные

произведения. Т.2. Москва.

Замахшарий, М. 1989. Ал-Қистос ал-мустақим фи илмул-аруз.

Байрут: Мактабат ул-амориф.

Мусульманкулов, Р. 1989. Персидско-таджикская классическая

поэтика Х-ХV вв. Москва: Наука.

Розий, Шамси Қайси. 1997. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-

л-ажам. Перевод с персидского исследование

и комментарий Н.Ю.Чалисова. М.: “Восточная

литература” РАН.

Розий, Ш. 1991. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам.

Душанбе: Адиб.

Самарқандий, Низомий Арузий. 1986. Нодир ҳикоялар. Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Табризи, Вохид. 1959. Джам и мухтасар. Критический текст,

пер. И примеч. А. Е Бертельса. М.: Наука.

Туси, Носир ад-Дин. 1325. Ми’йар ал-аш‘ор. Теҳрон.

Тўйчиев, У. 2011. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва

уларнинг маромлари. Тошкент: Янги аср авлоди.

Тарозий, А. 1996. Фунуну-л-балоға. Тошкент: Хазина.

Ҳусайний, Атоуллоҳ. ҳ.1393. Рисолаи дар қофия. Теҳрон.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF

TEXT DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American

Journal Of Philological Sciences

,

3

(04), 41-47.


background image

59

Qofiya turlarining nazariy asoslari, tasnifi

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarin

-

ing ilmiy tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

3

(3).

Theoretical foundations and sources of

rhyme types

Orzigul Hamroyeva

1

Abstract

The science of classical rhyme as a separate independent science

was studied separately in the treatises as a component of poetics. In all

the treatises on poetics, the theory of the science of rhyme is presented

under separate sections, along with such sciences as literary types and

genres, artistic arts, aruz weight. In classical literature, the types of rhyme

are studied according to several aspects.It should be noted separately

that the perfect use of these types according to different aspects of rhyme

determined the perfection of stanzas. In the article, the theoretical bases

of several types of rhyme, according to the participation of the weight, the

narrative letter, according to the participation of the rhyme letters, and

according to the structure of the rhyme, given in the treatises on poetics,

are comparatively studied.

Key words:

rhyming letters, rhyming movements, institution, mu-

jarrad, muqayyad, murdaf, absolute, mutazaid, mutawatir, mutarajih.

References

Jomiy, Abdurahmon. 2006. Risolai qofiya. Sharq mumtoz poetikasi

Hamidulla Boltaboyev talqinida. (Tarjimon D.Yusupova). T.:

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nariyoti.

Ibn Rashiq. 1972. Al-Umda fi mahosin ash-shi’r va-adabi va-naqdi. 4-ye izd.

T. 1-2, Bayrut.

Isfahoniy, Faxri. 1337. Me’yor ul-jamoli (Kiya Sadek). Tehron.

Krachkovskiy, I.Yu. 1956. Arabskaya poetika v IX v. / Izbranniye

proizvedeniya. T.2. Moskva.

Zamaxshariy, M. 1989. Al-Qistos al-mustaqim fi ilmul-aruz. Bayrut: Makta

-

bat ul-amorif.

Musulmankulov, R. 1989. Persidsko-tadjikskaya klassicheskaya poetika

X-XV vv. Moskva: Nauka.

Roziy, Shamsi Qaysi. 1997. Al-Mu’jam fi ma’oyiri ash’oru-l-ajam. Perevod s

1

Hamroyeva J. Orzigul

- Doctor of Sciences, Associate Professor, Alisher Navo’i

Tashkent State University of Uzbek language and Literature.

E-pochta

– arguvon87@mail.ru.

ORCID ID

: 0000-0002-3904-9712

For citation::

Hamroyeva, O.J.. 2023. “

Theoretical foundations and sources of

rhyme types

”.

Uzbekistan: Language and Culture. Literature

1 (2):

33-60.


background image

60

Orzigul HAMROYEVA

persidskogo issledovaniye i kommentariy N.Yu.Chalisova. M.:

“Vostochnaya literatura” RAN.

Roziy, Sh. 1991. Al-Mu’jam fi ma’oyiri ash’oru-l-ajam. Dushanbe: Adib.

Samarqandiy, Nizomiy Aruziy. 1986. Nodir hikoyalar. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Tabrizi, Voxid. 1959. Djam i muxtasar. Kriticheskiy tekst, per. I primech.

A. Ye Bertelsa. M.: Nauka.

Tusi, Nosir ad-Din. 1325. Mi’yar al-ash‘or. Tehron.

To‘ychiyev, U. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Taroziy, A. 1996. Fununu-l-balog‘a. Toshkent: Xazina.

Husayniy, Atoulloh. h.1393. Risolai dar qofiya. Tehron.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT

DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS.

American Journal Of

Philological Sciences

,

3

(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy

tavsifi.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

3

(3).

Библиографические ссылки

Жомий, Абдураҳмон. 2006. Рисолаи қофия // Шарқ мумтоз поэтикаси Ҳамидулла Болтабоев талқинида. (Таржимон Д.Юсупова). Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти.

Ибн Рашиқ. 1972. Ал-Умда фи маҳосин аш-шиър ва-адаби ва-нақди. 4-е изд. Т. 1-2, Байрут.

Исфаҳоний, Фахри. 1337. Меъёр ул-жамоли (Кия Садек). Теҳрон.

Крачковский, И.Ю. 1956. Арабская поэтика в IХ в. / Избранные произведения. Т.2. Москва.

Замахшарий, М. 1989. Ал-Қистос ал-мустақим фи илмул-аруз. Байрут: Мактабат ул-амориф.

Мусульманкулов, Р. 1989. Персидско-таджикская классическая поэтика Х-ХV вв. Москва: Наука.

Розий, Шамси Қайси. 1997. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам. Перевод с персидского исследование и комментарий Н.Ю.Чалисова. М.: “Восточная литература” РАН.

Розий, Ш. 1991. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам. Душанбе: Адиб.

Самарқандий, Низомий Арузий. 1986. Нодир ҳикоялар. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Табризи, Вохид. 1959. Джам и мухтасар. Критический текст, пер. И примеч. А. Е Бертельса. М.: Наука.

Туси, Носир ад-Дин. 1325. Ми’йар ал-аш‘ор. Теҳрон.

Тўйчиев, У. 2011. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. Тошкент: Янги аср авлоди.

Тарозий, А. 1996. Фунуну-л-балоға. Тошкент: Хазина.

Ҳусайний, Атоуллоҳ. ҳ.1393. Рисолаи дар қофия. Теҳрон.

Makhmudovna, M. S., Saripul, A. R., & Eisar, J. (2023). ANALYSIS OF TEXT DIFFERENCES IN MUTRIB’S WORKS. American Journal Of Philological Sciences, 3(04), 41-47.

Madirimova, S. (2019). Mutrib Xonaxarob asarlari qo ‘lyozmalarining ilmiy tavsifi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов