Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Поделиться
Акбарова, М. (2024). Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(1), 152–173. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp152-173
Мухаббатхон Акбарова, Ташкентский экономико-педагогический институт
Свободный искатель, учитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Musulmon Sharq adabiyotida badiiyat masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste'dodi haqida so'z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o'sha obyektyoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo'lgan badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she'riy asarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Ushbu maqolada Qo’qon adabiy muhitida yashab ijod qilgan Muhammadqul Muhammadrasul o'g'li Muhayyir ijodidagi turli janrlarga oid she'r shakllarida uchrovchi badiiy san’atlar tahlilga tortilgan. She'riy baytlarda uchrovchi badiiy san’atlarni tahlil qilishda guruhlarga ajratilgan, har bir guruhga kiruvchi badiiy san’atlarning mazmuniga tavsif berilgan va she’riy parchalar orqali misoliar keltirilib, parchalarning mazmuni tushuntirilib berilgan.

Похожие статьи


background image

152

ISSN 2181-922X 152

173

Muhayyir ijodi badiiyati

(badiiy san’atlar misolida)

Muhabbatxon Akbarova

1

Abstrakt

Musulmon Sharq adabiyotida badiiyat masalasi har doim she’riyat

ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati

va iste’dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni

olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim

hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy

asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan badiiy timsollar,

vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she’riy asarda

qo‘llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini

ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat

qilingan. Ushbu maqolada Qo‘qon adabiy muhitida yashab ijod qilgan

Muhammadqul Muhammadrasul o‘g‘li Muhayyir ijodidagi turli janrlarga

oid she’r shakllarida uchrovchi badiiy san’atlar tahlilga tortilgan. She’riy

baytlarda uchrovchi badiiy san’atlarni tahlil qilishda guruhlarga ajratilgan,

har bir guruhga kiruvchi badiiy san’atlarning mazmuniga tavsif berilgan

va she’riy parchalar orqali misollar keltirilib, parchalarning mazmuni

tushuntirilib berilgan.

Kalit so‘zlar:

ilmi badi’, lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar,

mushtarak san’atlar, zulqofiyatayn, radd, radd ul-qofiya, tavzi’, mukarrar

lafz, tashbeh, talmeh, tamsil, takrir, husni ta’lil, irsoli masal, laffa va nashr,

mubolag‘a, iyhom, tashxis, ruju’, tanosub, tajohilu orif, kalomi jom, istiora,
tazod, tajnis, ishtiqoq, iqtibos.

Kirish

Muhammadqul Muhammadrasul o‘g‘li Muhayyir 1842-yil

Qo‘qonda tug‘ilgan va ushbu adabiy muhitda Furqat, Zavqiy, Muhyi

kabi zabardast shoirlar bilan bir qatorda ijod qilib, devon tartib bergan

shoirlardandir. Undan bizgacha bir devon (musavvada varianti bilan

birga), bir bayoz va Alisher Navoiy terma devonining shoir qo‘li bilan

ko‘chirgan varianti yetib kelgan. E’tiborli jihati shundaki, u devonini

1

Akbarova Muhabbatxon Shavkatjon qizi

– erkin izlanuvchi, Toshkent iqtisodiyot

va pedagogika instituti o‘qituvchisi.

E-pochta:

muhabbatjonakbarova@gmail.com

ORCID ID:

0009-0006-6367-7125

Iqtibos uchun:

Akbarova M.Sh. 2024. “Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar

misolida)”.

O‘zbekiston: til va madaniyat 1(2)

: 152-173.

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)


background image

153

o‘z husnixati bilan ko‘chirgan. Muhayyir ijodidan o‘rin olgan turli

janrdagi nazmiy parchalar shakl va mazmun jihatidan takomiliga

yetgan, mag‘zi butun asarlardir. Muhayyir ijodida g‘azal, ruboiy,

murabba’, muxammas, musaddas, muammo, tarji’band janrlaridagi

she’rlarni uchratamiz. Quyida yuqorida sanab o‘tgan janrlarimizni

badiiy san’atlar jihatidan tahlil qilamiz

Asosiy qism

Ilmi badi’ ”

arabcha “go‘zal”, “chiroyli”, “ajoyib”, “nodir”,

“nafis”, “yangi paydo bo‘lgan narsa” degan ma’nolarni anglatadi. Sharq

poetikasining tarkibiy qismi bo‘lib, nutqqa bezak beruvchi san’atlar,

ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash

usullarini o‘rganuvchi soha, mumtoz she’riyat, ba’zida nasrda keng

ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qo‘llanilayotgan

badiiy san’atlar ilmi badi’ning asosini tashkil qiladi. Shundan kelib

chiqib ilmi badi’

sanoyi’ ilmi

deb ham yuritiladi [Yusupova 2020,

251].

Badiiy sana’atlar she’riy matn doirasidagi vazifasiga ko‘ra

3 ta

guruhga bo‘linadi:

1.

Lafziy san’atlar.

2.

Ma’naviy san’atlar.

3.

Mushtarak san’atlar.

Muhayyir devonida 25 dan ortiq badiiy san’atlarni ko‘rishimiz

mumkin. Birinchisi

lafziy

san’atlar bo‘lib, nutqning ifoda usuli,

xususan, so‘z shakli bilan aloqador san’at hisoblanadi. Muhayyir

devonida lafziy san’atlarning quyidagilari uchraydi:

zulqofiyatayn,

radd, radd ul-qofiya, tavzi’, mukarrar lafz

.

Zulqofiyatayn

da bayt misralarida ikki so‘z qofiyadosh bo‘lib

keladi. U asosiy qofiya bilan yonma-yon kelsa,

mutakarrin

qofiya,

misraning turli o‘rnida kelsa,

mahjub

qofiya bo‘ladi. Muhayyirning

ikki g‘azalida

mutakarrin

qofiya qo‘llanilgan:

Qilmading hargiz meni, ey qomati

shamshod, shod

,

Etmading ko‘yingda qilsam har necha

faryod, yod

.

Ushbu baytda asosiy qofiya

shod – dod

, ikkinchi qofiya

shamshod – faryod

hisoblanadi. Ushbu qofiyalar talaffuz jihatidan

ham, raviy jihatidan ham bir xil, ya’ni d harfi raviy bo‘lib kelgan, bu

esa she’rning ohangdorligini yanada oshirgan.

Ey jamolingni ko‘rarg‘a bog‘ aro

gulzor zor,

Ko‘rmadim hargiz seningdek dilbari

ayyor, yor

.

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

154

Bu baytda ham

zor – yor

asosiy qofiya,

gulzor – ayyor

esa

ikkinchi qofiya.

Ikkinchi lafziy san’at –

radd san’ati.

Qaytarishga asoslangan

san’at bo‘lib, qaysi o‘rinda takrorlanishiga qarab turli nomlar bilan

ataladi.

Radd ul-aruz il-al ibtido

(bir baytda birinchi misra oxiridagi

so‘zning keyingi misra boshida takrorlanishi):

Tamomi olam ila olamilar Xoliqi

sensan,

Senga

sudu ziyon yo‘q bo‘lsalar paydou nopaydo.

Radd ul-aruz il-al hashv

(bir baytda birinchi misra oxiridagi

so‘zning keyingi misra ichida kelishi):

Ruh bo‘lg‘ondek madori jismu tan

osoyishi,

Boisi

osoyish

o‘ldi, soqiyo, ruhimg‘a roh.

Radd us-sadr il-al ajuz

(bir baytda birinchi misra boshidagi

so‘zning ikkinchi misra oxirida kelishi):

Qiyomat

ko‘rguzub ul qaddu qomat,

Jahona jilvadin soldi

qiyomat

.

Radd us-sadr il-al ajuz

(

ikki baytda kuzatiladi, birinchi bayt

oxiridagi so‘zning ikkinchi bayt boshida takrorlanishi):

Ruhlar manzili – zulfi tuguni,

Quti jon lablarida paydo

sho‘x.

Sho‘xlarni

necha ko‘rdumki emas

Chobukimni ollida aslo sho‘x.

Radd ul-qofiya

– matla’dagi qofiyaning keyingi misralarda

yoki maqta’da takrorlanishi.

a) matla’dagi qofiyaning ikkinchi baytda qo‘llanilishi:

Ey nabilar shahi, boshida “La’amruka”din

toj,

Olam ayvonida senga yarashur taxt-u davoj.

Keldi “Lav laka...”, “La’amruka...” senga, bo‘lmadi hech

O‘zha shahlarg‘a muyassar bu sifat xil’atu

toj.

Qilmading hargiz meni, ey qomati

shamshod, shod

,

Etmading ko‘yingda qilsam har necha faryod, yod.

Ul kishikim qomating mehrin ko‘ngulda asradi,

Bo‘lmag‘ay har necha ko‘rsa sarv ila

shamshod shod.

b) matla’dagi qofiyaning maqta’da takrorlanishi:

Soldimu ko‘kda oy yuzig‘a dog‘,

Hajring tunida motam tutar

chog‘.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

155

Sen bo‘lmasang kim aylar shafoat

Osiy Muhayyir o‘tg‘a kuyar

chog‘.

d) matla’dagi qofiyaning maqta’dan oldingi baytda

takrorlanishi:

Yo Rab, hamisha ayla meni mubtaloyi ishq,

Qilg‘il bu xasta jon-u dilimni

fidoyi

ishq.

Xush ul kishiki g‘ayr sari aylamay nazar,

Aylar jahonda bor-yo‘qini

fidoyi

ishq.

Keyingi lafziy san’at turi –

tavzi’

.

Tavzi’

– baytda bir tovushning bayt ichida bir necha marta

takrorlash san’ati.

Honaqahda pok tiynatlar bo‘lub hamsuhbatim,

Ham kunisht ichra menga hamdamlig‘ aylab badsirisht.

Bu baytda

h

tovushining takrorini ko‘ramiz.

So‘z demoq yor ollida mendin emas tarki adab,

Chunki qilmish mo‘ri miskin ham Sulaymon birla bahs.

Bu baytda

s

tovushi takrorini ko‘rish mumkin.

Aningdek qoziyul-hojotsenkim ikki olamda

Sengadur hojat ahlidek hama hojat ravo muhtoj.

Bu baytda

h

ning takrori mavjud.

Quyidagi baytda esa

b

tovushining go‘zal takrorini ko‘ramiz:

Har lahza xaloyiqni jonig‘a qilur bedod,

Bu qotili beboku berahm ajaldin dod.

Quyidagi baytda esa

k

tovushiga misol keltiramiz:

Necha ey Shayton xusridin elg‘a ta’lim aylamak,

Kibr-u kin, kizb-u tamarrud, ujb-u kufr-u irtidod.

Muhayyir ijodida turli tovushli tavzi’larni topa olamiz.

Masalan, d tovushi:

Qo‘l uzotsam zarg‘a iysoring uchundir, dilbaro,

Dema: “Donodin ajabdur mayli dunyo aylamak”.

Shuningdek, tavzi’ning eng go‘zal namunasini Navoiy g‘azaliga

yozgan

muxammasida

uchratamiz. Alisher Navoiyning zamin qilib

olingan tavzi’li baytiga munosib Muhayyir ham tavzi’li uch misra

qo‘shgan. Bunday tavzi’li bandlar 7 banddan iborat muxammasning

har bandida kuzatiladi. Biz 5-bandini keltiramiz:

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

156

Har qayon jonon ketar, arqosidin jonim ketar,

Bo‘lmasa jonon qachon jon ichra jonim sabr etar,

Dilg‘a jonon muddaodur, yo‘q esa jonni netar,

Bo‘lsa jonon jon chekar, gar borsa jonon, jon ketar,

Kimsag‘a jonon-u jonsiz umr ne imkon erur.

Kitobat

san’ati – arab alifbosidagi harflarning shakliga qarab

timsol yaratish.

To o‘zin xokrohi ahli kamol etti Amir,

G‘am bila paykari majruhini nol etti Amir,

Naxl qaddini Muhayyir kabi

dol

etti Amir,

Yor vaslig‘a yetushmakni xayol etti Amir,

Hazrat Sayyidi kavnayng‘a aytib salavot.

Ushbu muxammasning 3-misrasida Muhayyir Amiriy holatini

yoritar ekan, Amiriy qaddi ham naxl – ko‘chatdek tik edi, endi esa

uning ham qaddi Muhayyirnikidek egildi –

dol

bo‘ldi demoqchi. Dol

arabcha harf bo‘lib, ko‘rinishi egik shaklda –

د

.

Lafziy san’atlar ichida Muhayyir ijodidagi so‘nggisi –

mukarrar lafz

. Ushbu san’at “takror so‘z” degan ma’noni anglatadi.

Bu atama Alisher Navoiy qalamiga mansub. Takror so‘zlarni munosib

o‘rinda mutanosib ishlatish orqali shoir mahoratiga dalolat qiluvchi

san’at.

Shodlig‘ istama olamdaki, haq bandalari

Ketti

bir-bir

bu jahondin bori ozor topib.

Ushbu baytda bu dunyodan shodlik istagan asl haq bandalar

shodlik o‘rniga ozor topib bir-bir dunyodan o‘tganlari aytilmoqda.

Ular dunyodan bir marotaba o‘tmadilar, bir-bir o‘tdilar, ya’ni bunday

haq bandalarini ko‘p bo‘lgan va, aslida, bu dunyoda shodlik yo‘q,

qancha vaqt bu shodlikni istamasinlar, bevafo dunyodan buni topib

bo‘lmaydi.

Berdilar o‘lg‘on ko‘ngullarg‘a hadisingdin seni

Toza-toza

ul Buxoriyu Jaloliddin hayot.

O‘lgan ko‘ngillarga hayot berish uchun bizga toza-toza, asl

Buxoriylar berildi.

Tiyg‘i bedoding jigarbandimg‘a yolg‘uz surmading,

Ey ajal, bag‘rimni qilding

pora-pora resh-resh.

Muhayyir tarjimayi holidan bizga ma’lumki, vabo tufayli

Muhayyirning ayoli va besh farzandi olamdan o‘tgan. Bu baytda

ajaldan shikoyat qiladi: hattoki farzandlarimga ham rahm qilmading,

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

157

qalbimni pora-pora, resh-resh – yara qilding.

Muhayyir devonida lafziy san’atlarning olti turidan unumli

foydalanilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan badiiy san’atlarga misollardan

tashqari ham ko‘plab baytlarni topamiz. Har bir badiiy san’at baytga,

bayt orqali butun she’riy janrga joziba baxsh etgan. Tushunilishini

osonlashtirgan, o‘qilishini go‘zallashtirgan.

Badiiy san’atlarning ikkinchi katta guruhi ma’noning

birlamchiligiga asoslanadi va u badi’ ilmida

ma’naviy san’atlar

deb ataladi. Yoqubjon Is’hoqov bu san’at turiga shunday ta’rif

beradi: “Nutqning ma’no-mohiyati bilan aloqador bo‘lgan she’riy

san’atlar. Ma’naviy san’at, ayniqsa, she’riyatda yuksak badiiylikning

muhim omillaridan hisoblanadi. Lekin qo‘llanilish darajasi har

bir ijodkorning individual uslubi va mahorati bilan belgilanadi”

[Исъҳоқов 2006, 24]. Maqolamizning obyekti bo‘lgan Muhayyir

ijodida ma’naviy san’atlarning quyidagi turlari bilan tanishamiz:

tashbeh, talmeh, tamsil, takrir, husni ta’lil, irsoli masal, laffa va nashr,

mubolag‘a, iyhom, tashxis, ruju’, tanosub, tajohilu orif, kalomi jom,

istiora, nido.

Ushbu san’atlarga birma-bir to‘xtalamiz.

Tashbeh

. Ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi

haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’ati.

O‘xshatilayotgan narsaning yoki shaxsning sifatini yorqinroq ochib

berishga xizmat qiladi.

Vah, ne jod-u, mehri yo‘q

jalloddurlar ko‘zlari

,

Bir kiyikcha qadri yo‘q hargiz aziz bosh oldida.

Yorning ko‘zlari qanday sehr ekanki, avval sehrlab so‘ng

mehri yo‘q jallodlar singari seni o‘limga mahkum etadi. Oshiqning

hatto bir kiyikchalik ham qadri yo‘qki, aslo achinmaydi. Bu baytda

ko‘zlar jon oluvchi jallodga o‘xshatilyapti, oddiygina ko‘z emas, aynan

jallod singari ko‘z, chunki o‘xshatish bermasa, boshqalar ko‘zidan

farq qilmaydi.

Vohkim, ahvoli zorimg‘a tarahhum qilmadi,

Nechakim chektim fig‘onlar ul

dili tosh

oldida.

Ushbu baytda ham “oldida” so‘zi radif sanalsa-da avvalgi bayt

bilan bir xil g‘azal emas, radiflar o‘xshash. Bu baytda ham yorning

e’tiborsizligi tasviri aytiladi: oshiqning dilida g‘am, ahvoli, holati

yaxshi emas, lekin yor shunday berahmki, oshiqning shunchalik

ayanchli holatini ko‘rsa ham aslo unga rahm qilmaydi. Bunga birgina

sabab bor: yorning dili – tosh. Toshday qattiq dil sohibasi ekanligi

uchun mehribon emas.

Keyingi baytda esa oshiq ma’shuqaning vasfini qilar ekan, unga

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

158

qancha chiroyli tashbehlar topadi: yorning yuzi guldek go‘zal, sochi

sunbul daraxtidek uzun va serjilo, qaddi-qomati sarv daraxtidek tik

va chiroyli. Lekin bu tashbehlarni tahrir aylasa ham ular yor uchun

kamdek, kamoliga yetmagan tashbehlardek, noqisdek ko‘rinadi:

Kamoli nuqsdur vasfida oni aylamak tahrir

Yuzini gul, sochin sunbul, qadini sarv-u bo‘ston

deb.

Bunday o‘xshatishlarni Muhayyirning g‘azaldan boshqa

janrlarida ham ko‘rishimiz mumkin:

Ey buyuk rif’at, payambarlar aro oliyjanob,

Oli as’hobing – nujum, zarra – biz, sen – oftob,

Zarralar, tong yo‘q agar, topsa quyoshdin fathi bob,

Har kishi as’hobing ichrakim o‘zin aylar hisob,

Bermayin jon ul Muhibg‘a qayda mahbub, ey habib.

Ushbu muxammas na’t mavzusidagi muxammas hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga murojaat bilan

boshlanadi: siz buyuk rif’atsiz, ya’ni yuksak martabalisiz. Siz

Payg‘ambarlar ichidagi eng olijanobisiz. sahobalar xuddi bir oiladir

va ana shu sahobalar oilasi yulduzdirlar, biz – bir oddiy zarra, siz

esa oftobsiz. Bunda sahobalar Payg‘ambarimizdan keyingi to‘g‘ri yo‘l

ko‘rsatuvchi yulduzlarga, biz ummatlar oddiy zarralarga, Rasululloh

sollallohu alayhi vasallam esa Quyoshga qiyoslanyaptilar, chunki

agar quyosh fathi bob – ochuvchi eshik bo‘lib, nurlarini zarralarga

tushirmasa, tong bo‘lmaydi, siz shunday oftobsizki, bizga dinimizdan

ta’limot bermaganingizda biz uchun muslimlik tongi otmas edi. Biz

sizni ko‘rmagan bo‘lsak-da har bir ummat o‘zini sahobalar qatorida

ko‘rilishini istaydi. Ey habib, sevuvchiga dil bermasdan turib, qanday

sevilish mumkin.

Dunyo uyi yo‘l uzra erur

misli rabot

,

Bo‘lsa xirading istamag‘il anda nashot.

Bir

oriyat uydurur

, vatan bilma ani,

Oqil kishi yozmagay bu manzilda bisot.

Muhayyirning ushbu ruboiysida ham tashbehning go‘zal

namunasini topamiz. Bu dunyo xuddi rabot kabidir. Rabot – uzoq

yo‘l bosuvchi karvon egalarining bir yoki bir necha kunlik dam

olishlari uchun qurilgan joy, karvonsaroy. Dunyo xuddi shunday

karvonsaroydir, sen aql egasi bo‘lsang, bu dunyoni xursandchilik

maydoni deb bilmagil. Uni aslo o‘zingga vatan deb tutma. Chunki bu

dunyo oriyat uyi – vaqtinchalik joy, ijara uyi. Oqil inson bunday uyda

bisotini yoyuvchi savdogar bo‘lmaydi.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

159

Quyidagi ruboiyda ham Muhayyirning tashbeh qo‘llash

mahoratiga guvoh bo‘lamiz:

Mehrobim erur egma qoshing

vaqti namoz,

Yuz sajdai shukr har zamon qilsam oz.

Bilmas kishi bu ravishni juz’ahli roz.

Ey sadrnishin masnadi izz-u joh.

Sening egma qoshlaring menga namoz vaqtida mehrob

vazifasini bajaradi. Men boshimni qancha sajdaga egsam ham, shukr

qilsam ham ozdir. Boshqa sirdoshlardan bo‘lak bu qoidani hech kim

bilmaydi, izzat va martabaning yuksak darajasi, ey sadrnishin – ulug‘

mansab egasi budir.

Shoir she’riyatida eng ko‘p qo‘llanilgan badiiy san’atlardan

biri

talmehdir

.

Badiiy asarda biror mashhur voqea, shaxsning o‘zini zikr

etmasdan unga ishora qilish san’ati

talmeh

deyiladi. Muhayyir

devonida talmeh san’atiga yuzlagan misollarni topamiz. Eng

go‘zallariga to‘xtalib o‘tamiz:

Labingni ruhbaxsh ermas demoq andoqki bo‘lmasdur,

Masiyho mo‘jizin, Hizr hayvonini yalg‘on deb.

Ushbu baytda Iso alayhissalom va Hizr alayhissalomlarga

ishora bor. Chunki Iso alayhissalom Allohning qudrati ila to‘rt o‘rinda

o‘likni tiriltirganlar, bu mo‘jiza edi, Masiyho mo‘jizasi deganda shunga

ishora bor. Tasavvufda Hizr hayvoni barhayotlik ramzi sifatida

qaraladi. Hizr hayvonida esa barhayotlikka ishora mavjud. Endi

misrani tahlil qilamiz: Iso alayhissalom mo‘jizasini, Hizr hayvonini

yolg‘on deb bo‘lmaganidek, sening labingni ham ruhbaxsh demaslik

to‘g‘ri emas, chunki u oshiq uchun hayot demakdir.

Alisher Navoiyning o‘lmas obrazlari – Layli va Majnun, Farhod

va Shiringa nisbatan qo‘llanilgan talmehlar ham bor:

Yuz jihatdin

Layli-yu Shirindin

ortuqsan vale,

Noz qilmoq oshiqa bu husn ila ansab senga.

Bahona

Layli-yu Shirin

erur

Farhod-u Majnung‘a

,

Vale ma’noda sendursen murod-u muddao, yo Rab.

Quyidagi musaddasda ham go‘zal talmeh namunasini

kuzatishimiz mumkin:

Ul kechakim

Umm-u Hone’

qasridin qilding uruj,

Qoldi ostingda seni bi niylgun zotil buruj,

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

160

Chekmish erding ko‘p aziyat din uchun aylab xuruj,

Bo‘ldi oxir sabr senga “miftohul-furuj”,

Assolat, ey boisi ijodi olam, Mustafo,

Marhabo, ey Sayyidi avlodi Odam, marhabo

.

Na’t xarakterdagi ushbu musaddasda Rasululloh sollallohu

alayhi vasallamga Alloh tomonidan inoyat etilgan Isro va Me’roj

voqealari haqida gap boradi va Ummu Hone’ ismi keladi. Rasullulloh

sollallohu alayhi vasallam Isroga ketadigan mahallarida qayerda

ekanliklari haqida ikki xil fikr bor: birinchisi, Ummu Hone’ uyida

edilar degan qarash, ikkinchisi esa Ka’baga suyangan holda edilar

degan qarash. Ummu Hone’ shunga ishora qiladi. Ikkinchi talmeh –

sayyidi Odam. Odam alayhissalomga ishora. Ya’ni Payg‘ambarimiz

sollallohu alayhi vasallam Odam alayhissalomning Qiyomatgacha

keladigan avlodlarining Sayyidi hisoblanadilar. Musaddasni tahlil

qilamiz: Ummu Hone’ uyidan Isroga jo‘nadingiz, me’rojga chiqqan

vaqtingizda sizni yolg‘onchiga chiqarganlarning barchasi yerda

qoldi, Islom dinini bizga ta’limot berish uchun ko‘p aziyat chekdingiz,

bu yo‘lda sabr siz uchun “miftohul-furuj” – xursandchilik kaliti bo‘ldi.

Assalomu alaykum, bu olamning ijodi, Mustafo sollallohu alayhi

vasallam. Marhabo, Odam avlodining Sayyidi, marhabo.

Talmeh san’atiga ruboiylardan misollar:

Hush ahli g‘ariblikda vatan qilmas emish,

Oqil kishi o‘z elidin ayrilmas emish.

Gar bo‘lsa g‘arib filmasal

Aflotun

,

G‘urbatda aning qadrini el bilmas emish.

Bu ruboiyda buyuk yunon faylasufi va olimi Aflotun – Platon

hayoti bilan bog‘liq voqea bor. Aflotun tabiatan yolg‘izlikni xush

ko‘rgan, insonlarga qo‘shilishni xohlamagan, shu sabab u aholidan

ayrilib qolgan, uning bir qancha o‘gitlari ham boshqa faylasuflar

orqaligina yetib kelgan. Ruboiyni tahlilga tortamiz: aql-u hushi bor

odam g‘ariblikni o‘ziga Vatan tutmasin, yolg‘izlik faqat Allohga xos,

oqil inson o‘zini eldan ayirmaydi, zero “Yeridan ayrilgan yetti yil

yig‘lar, Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar”. Agar kim g‘ariblikni istasa,

unga Aflotunning hayoti namuna bo‘lsinkim, u ham g‘ariblikni,

yolg‘izlikni xohlagan edi, uning qadrini hech kim bilmadi, yolg‘izlanib

qoldi.

Tamsil

. She’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga

dalil sifatida ikkinchi bir misrada hayotiy bir misol qilib keltirishga

asoslangan san’at. Bunda mantiqiy aloqa qiyosiy bo‘ladi. Devonda

ham boshqa badiiy san’atlar qatori tamsil san’atiga namunalar ko‘p.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

161

Quyidagi keltiradigan ikki baytimiz bir-birini to‘ldiradi, chunki bu

ikki tamsil bir g‘azal tarkibida birin-ketin keladi:

Surma chekkan ko‘zlaring ko‘rdim qaro qosh oldida,

Qo‘sh kamon sayyod yanglig‘ o‘qlari chosh oldida

.

Yo‘lig‘a mujgon supurgu, ko‘z suv ursa, yo‘q ajab,

Shoh qayon borsa borur albatta farrosh oldida

.

Bu baytda tamsil san’ati tashbeh bilan uyg‘unlik hosil qilgan.

Ko‘zlar sayyodga – ovchiga o‘xshatilyapti. Kamon – qosh, o‘q,

supurgi – kiprik. Tashbehlar orqali tamsilni hosil qilamiz: sening

surma qo‘ygan ko‘zlaring qoshing bilan shunday mutanosibki, xuddi

sayyod, ya’ni ovchi qo‘shkamonini ilib, o‘qlarini orqasiga joylashtirib

olgandek. Agar shu ko‘zlaring suv ursa – ko‘zlaringdan birdaniga

yosh chiqsa, surma ko‘zingga kirib ketmasligi uchun kipriklaring

supurgi bo‘ladi, supurib tozalaydi, xuddi shoh qachon qayerga borsa,

uni xizmatini qilib, suv sepib supuruvchi farroshdek.

Muhayyir, ahli urfon suhbatin tut g‘animatkim,

Samar xom o‘lsa pishgay barg arosida vatan aylab

.

Muhayyir bu baytda o‘ziga murojaat qiladi: Ey Muhayyir, ilm

ahlining suhbatida bo‘l, ularni o‘zingga do‘st deb bil. Xuddi meva hali

pishmagan bo‘lsa, barglar orasida pishib qolgani kabi sen ham ilm

ahli orqali “pishasan”, aqlan, ruhan yetilasan.

Gar tajallidur muroding, aylagil ko‘nglingni sof,

Aks ko‘rguzmas qayu oyina bo‘lsa gardlig‘

.

Ushbu bayt nasihat ruhida bo‘lib, barcha ahli inson amal

qilishi kerak bo‘lgan qoida desak ham yanglishmaymiz. Ey inson,

sening murod-maqsading Allohni ko‘rish, uning tajallisi bo‘lsa, sen

avval qalbingni pok saqla, chunki Alloh ko‘nglingga nazar soladi.

Ko‘zgu chang bo‘lsa, inson o‘z aksini ko‘ra olmaganidek, sening ham

qalbing pok bo‘lmasa, Alloh diydorini ko‘rish mahol ish bo‘lib qoladi.

Muxammasida ham ko‘rishimiz mumkin:

Jon qolurmu gar safar etmakni jonon qilsa jazm,

Turmagay parvona mahfilda yo‘q ersa sham’i bazm,

Nazrdur boshim qayu maydonda jonon etsa razm,

Bo‘lsa jonon bordurur jonim hu jonon qildi azm,

Jon ketib jonon bila jondin menga hijron erur.

Ushbu bandning birinchi va ikkinchi misralarida tamsil

san’ati mavjud: agar jonon ketmoqni o‘ziga to‘g‘ri ish deb bilsa,

menda jon qolarmidi. Xuddi majlisda sham bo‘lmasa, parvona ham

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

162

bo‘lmaganidek.

Keyingi san’at – takrir.

Takrir

– biror so‘zni muayyan maqsad

uchun takrorlash. Bu san’at turi asosiy g‘oyani alohida ta’kidlash va

tasvirga emotsional tus berishga xizmat qiladi.

Gar

yaxshi

erur asli, qilur

yaxshi

amallar,

Gar bo‘lsa

yamon

tiynati, af’oli

yomondur

.

Yetur anga mendin durud-u salom,

Zamon

to

zamon

, Ey Basir-u Same’.

Bevafolig‘

qilma, jono, tutma tarki mehrkim,

Xo‘blarg‘a mehri yo‘qlig‘,

bevafolig‘

xo‘b emas.

Shodlig‘

besh kun

-u, o‘zga hama g‘am,

Balki bir damdur-u,

besh kun

ham emas.

Husni ta’lil san’ati

– go‘zal asoslash, ma’naviy san’atlar ichida

murakkablaridan biri. Bu haqida “Aruzi Humoyun”da quyidagicha

keladi: “Bu san’at shundayki, shoir o‘z she’rida biror matlabni izhor

qiladi va o‘z muddaosining isboti uchun shunday dalil keltiradiki,

u haqiqatda uncha mutobiq emas”. Shoir fikrni dalili uchun asos

keltiradi, lekin bu asos ishonchli sabab bo‘la olmaydi. Ular o‘quvchi

nazarida nozik hazildek tuyuladi.

Oncha nozikdur labi joyi erur desam anga

Harf og‘irlik qilur gar ochsa so‘zga yor og‘iz.

Yorning lablari shunchalik nozikki, buni sababi nima

uchunligini so‘rasam, hatto gapirish uchun og‘iz ochsa, harf ham bu

lablarga og‘irlik qilar ekan.

Bilmadim ne vajhdin topti quyosh ko‘kda zavol,

Bo‘lg‘onida ro‘-baro‘ zebo nuringga vaqti tush

.

Quyosh ko‘kda tush vaqtida zavol topayotgan manzaraga

guvoh bo‘ldim, hayron qoldim. Negaligini so‘rasam, ul zebo quyoshga

ro‘baro kelibdi, shuning uchun quyosh zavol topib botibdi.

Ko‘zing qatl etgani yetmasmudi ishq ahlini, ey sho‘x,

Ikki yondin chekib xanjar, himoyat qildi mujgoning.

Ikki ko‘zing ishq ahliga hujum qilib, qatl etdi. Ishq ahli

o‘zlarini himoya qilmoqchi bo‘lib, ul ko‘zlaringga qarshi chiqdilar,

buning sababi esa ko‘zingning ikki yonidagi kipriklaring himoya

qilish uchun yopildi.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

163

Irsoli masal –

bayt tarkibida mashhur maqol, matal va

hikmatlardan foydalanish.

Zumrai ahli hunardin bu masal mashhurdir:

“Kim qo‘li bo‘sh ishi yo‘q bekor, yuzidur qaro”.

Hunar ahlining zumrasi – guruhidan bir masal borki, kimning

qo‘lida ishi yo‘q bo‘lib, bekorchi bo‘lib qolsa, uning yuzi qoradir.

Chunki barcha yomon ishlar bekorchilikdan, qo‘llar bo‘shligidan

kelib chiqadi.

Laff va nashr

. Shoir biror narsa yoxud hodisani oldin sanaydi,

so‘ng shu tartibda ularga tegishli o‘xshatishlari tartib bo‘yicha tizadi:

Bu qomat-u yuz-u ko‘z-u zulfing kabi qachon

Shamshod-u nargis-u gul-u sunbul chamanda bor.

Qomat – shamshod;

Yuz – nargis;

Ko‘z – gul;

Zulf – sunbul.

G‘aniy qilmish meni Haq fazli, oltin va yoqutim,

Bihamdillah, sarig‘ ruxsor birla ashki olimdur.

Oltin – sarig‘ ruxsor, yoqut – ashki olim

. Ya’ni Alloh o‘zi meni

shunday boy qildiki, bu dunyodagi oltin oddiy sariq yuz – tanga,

yoqut esa olimlarning ko‘z yoshidur.

Mubolag‘a

. Badiiy timsolning harakati yoki holatini bo‘rttirib,

kuchaytirib ifodalash. Ba’zan bu bo‘rttirish real hayotda bo‘lishi yoki

umuman yuz bermasligi mumkin.

Jigar ezildi-yu, oqti-yu, bo‘ldi ikki ko‘zim

Firoqi tunlari daryoi ashkima girdob.

Yorning bevafoligidan oshiq chunonam yig‘ladiki, jigarlari

ezilib, undagi qonlar oqdi, ikki ko‘zi esa yordan ayro kunlarida ko‘z

yoshining daryosiga girdob bo‘ldi.

Ishq o‘tig‘a o‘rtandi ajab jon ila tan,

Ko‘nglumni g‘am-u dard-u alam qildi vatan.

Bu o‘t bila oqibat kuyub o‘lsam men

Albatta kuyar harorati birla kafan

Ishq o‘ti shunchalik qattiq bo‘ldiki, oshiqning butun tanasini

bu o‘t chulg‘ab oldi, oshiqning o‘limi yaqin. Agar oshiq shu o‘t bilan

kuyib o‘lsa, bu o‘tning harorati oshiqning kafanini ham kuydiradi.

Tashxis

. Hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, jonsiz narsalarga

insonning xususiyatlarini ko‘chirish. Bunda bu ko‘chish muayyan bir

belgi bilan o‘xshash bo‘ladi.

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

164

Zor ko‘nglum so‘zidin bo‘lding magar ogoh, sham’,

Kechalar tinmay kuyarsen tortib o‘tlug‘ oh, sham’.

Oshiqqa hamdam bo‘lib o‘tirgan sham yorning ko‘ngil

sirlaridan ogoh bo‘ldi. Bu ko‘ngil so‘zlarini tinglab olovli oh tortdi.

Xuddi inson boshqaning dardini eshitib bir oh tortgan singari sham

ham oh tortmoqda.

Bog‘ aro kirsa oyog‘iga tushub sunbul duo

Aylagay, savsan chiqorib til, ochib gulzor og‘iz.

Yor bog‘ ichiga kirsa, sunbul egilib duo qiladi, safsan guli,

ya’ni gulsapsar til chiqaradi – ochiladi, butun gulzor lol bo‘lib og‘zini

ochadi – gullar ochiladi.

Ruju’

. Shoirning she’rdagi avvalgi misra yoki baytda

ifodalagan fikridan voz kechib, keyingi misra yoki baytda uni yanada

kuchliroq ifodalashiga asoslangan san’at.

Ul kechakim

yetti ko‘k maydoniga

surding Buroq,

Oy-u kun go‘yo Buroqingga edi ikki janoq.

Demayin yetti falakkim, Arsh kursidin o‘tub,

Shavq birla yona Rafraf taxtiga qo‘yding oyoq.

Muhayyir devonida keng qo‘llanilgan badiiy san’atlardan biri

tanosub

hisoblanadi. Tanosub baytda ma’no jihatidan bir-biriga

yaqin va o‘zaro mutanosib so‘zlarni qo‘llash.

Mard esang avval

havas

birla

havoni

o‘ldurub,

Nafs

amrin tutmag‘il,

Shayton

bila qilg‘il jihod.

Ushbu baytda

havas, havo, nafas va Shayton

so‘zlari kishini

to‘g‘ri yo‘ldan ozdiruvchi yomon illatlar hisoblanadi.

Boda

g‘a

mayxonada

zor o‘lg‘onim, ey

mug‘bacha

,

Aylag‘il

mayno‘shlar

holidin ogohimg‘a arz.

Bu baytda esa boda, mayxona, mug‘bacha, mayno‘sh so‘zlari

tanosibga misol bo‘la oladi.

Ne

sultonsenki

, dargahingda faqr ahli kabidurlar,

Amir-u

dodxoh-u

hokimi

farmon

ravo muhtoj.

Sulton, amir, dodxoh, hokim, farmon so‘zlari bir qatorga

kiruvchi so‘zlar sanaladi.

Shahlar

g‘a

kuloh-

u

kamar,

taxt-

u

toj

,

Xushtur yana

fath-u

zafar

,

mulk-u

rivoj.

Bir go‘shada, habbazo, qanoat ahli

Haq yodida bo‘lmaslar alarg‘a muhtoj.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

165

Bu ruboiyda shoh, kamar, taxt, toj, fath, zafar, mulk so‘zlari

shohlik atrofida birlashadi.

Tajohilu orif

. Shoir o‘zi tasvirlayotgan holatni so‘roq ostiga

olish bilan ifodani kuchaytiradi. Fikr mazmunan ritorik so‘roqqa

yaqin turadi.

Kamonkash qoshlaringdin dod deymu, ko‘zlaringdinmu?

Alar imdodidin javrin ziyodat qildi mujgoning.

Ushbu baytda oshiq yorning ko‘zlaridan yoki qoshlaridan

shikoyat qilishini so‘roq ostiga oladi.

Bilmadim hushimni olg‘on jilva chog‘i, ey pari,

Ko‘zlaringmu yo hiloli qoshlaring, yo orazing?

Bu baytda ham ko‘zlar, qoshlar va yuz so‘roqqa olinadi.

Kalomi jom.

She’rda yoki baytda pand-nasihat, o‘git, axloq-

odobga oid, zamona va zamondoshlardan shikoyat bilan bog‘liq

fikrlarni keltirish san’ati.

Rizq uchun ko‘p sa’y etib, jon chekmakim, beshak yetar,

Ne’matikim, avval-azal kundin senga maqsum erur.

Rizq uchun ko‘p sa’y-harakat qilib yelib-yuguravermagin.

Beshak yetadirki, Alloh taolo taqdiri azalni bitgan kunda har

bandasiga taqsim qilib qo‘ygan. Undan kami ham, oshig‘i ham

bo‘lmaydi.

Bir kun makoning yer osti bo‘lg‘ay

Gar bog‘ bo‘lsun joying va gar tog‘.

Inson dunyoga kelib Yaratgan taqdiriga bitgan umrni yashaydi

va oxir-oqibat vafot etadi. Vafot etib borar joyi yer osti bo‘ladi.

Inson qanday sharoitda yashashidan qat’i nazar – so‘lim go‘shada

yashaydimi, faqirlikda tog‘da yashaydimi.

Ka’bani qilmoq ziyorat gar muyassar bo‘lmasa,

Ey Muhayyir, aylagil vayron ko‘ngullarni tavof.

Muhayyir, o‘z-o‘ziga murojaat qilib aytadi: agar umring

davomida senga Ka’bani ziyorat qilish nasib qilmasa, qalbi siniq

insonlarning ko‘nglini ko‘tar, chunki ko‘ngil – Ka’badir. Ushbu misra

Alisher Navoiyning “Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay” baytiga mutanosib

desak, adashmaymiz.

Istiora

. Nozik ma’naviy san’atlardan biri bo‘lib, mumtoz

poetikaga doir asarlarda bu san’atning mohiyati haqida bir-biriga

yaqin fikrlar bayon qilingan. Jumladan, Rashididdin Vatvot shunday

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

166

yozadi: “Istioraning ma’nosi bir narsani oriyat (omonat)ga olishdir

va bu san’atning mohiyati shundan iborat: har bir so‘zning haqiqiy

ma’nosi bo‘lib, shoir va yozuvchilar so‘zni ana shu ma’no nuqtayi

nazaridan naql qiladilar va boshqa bir o‘rinda o‘sha so‘zni oriyat

uchun (boshqa ma’noda) ishlatadilar, bu san’at barcha tillarda

mavjud va nihoyatda go‘zaldir. Agar istiora tabiiy bo‘lsa, so‘zga

go‘zallik bag‘ishlaydi”.

Iki turking

solib fitna jahong‘a,

Dil-u jon mulkini yag‘mo qilibdur

.

Ushbu baytda

iki turk

istiora bo‘lib, ko‘zga ishora qiladi.

Ey xush ulkim aks ko‘rguzgaymu deb ruxsori yor,

G‘ayr gardidin

ko‘ngul oinasini

tozalar

.

G‘ayr gardi, ko‘ngul oinasi istiora sanalib, go‘zal yuzli yor

begona nazari (g‘ayr gardi)dan ko‘ngil oynasini tozalaydi.

Nechun ko‘zum uyida ul pari qilsun makon,

Kim oni ko‘rgan zamon bu to‘ymag‘urdin nam kelur.

Ko‘zim uyi istiora bo‘lib kelyapti.

Vaslig‘a yetmak agar bo‘lsa muroding subhu shom,

Necha kunlar sen

ul oyni

ko‘yuida tutgil maqom,

Umrlar chekmak kerak javr-u jafosini mudom,

Murg‘i vahshiyni qilolmas hech kim yakbora rom,

Dona-u domki qo‘ying, mubtalo kam-kam bo‘lur.

Ushbu bandda ul oy istiora bo‘lib, go‘zal yorga ishora qilmoqda.

Muhayyir devonida ma’naviy san’atlarning 14 tasiga misollar

keltirdik. Keyingi badiiy san’atlar guruhi

mushtarak

san’atlar

deyiladi. Bu san’at turida ham lafzga, ham ma’noga aloqadorlik bor,

shuning uchun mushtarak atamasi qo‘llangan. Bu nom Atoulloh

Husayniy tomonidan berilgan. Muhayyir ijodida mushtarak

san’atlarning quyidagi mashhurlaridan foydalanilgan:

tazod, tajnis,

ishtiqoq, iqtibos, tazmin, tatabbu’.

Tazod

. Baytda ma’no jihatdan o‘zaro zid so‘zlarni qo‘llash. Ilmi

badi’ga oid manbalarda boshqa nomlar bilan ham ataladi:

mutazod,

al-mutazod, mutobiqa, al-itizod.

Ey begim

, topmoq visoling menga

mushkuldur

vale,

Shod qilmoq bir

gado

ni ko‘nglini

oson

senga.

Ushbu bayt na’t g‘azaldan olingan bo‘lib, Rasululloh sollallohu

alayhi vasallamni bek sifatida gavdalantirmoqda va o‘zini gado deb

atamoqda. Men sizni ko‘rishim mushkuldur, yo Rasululloh. Lekin

tushimga kirib men gadoni xursand qilmoq sizga osondir.

Mushkul

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

167

va

oson

so‘zlari shular jumlasidandir.

Hamdamim har lahza do‘zax sorig‘a tortib meni,

Qo‘ymasin lekin chekib hamsuhbatim so‘yi behisht.

Bu baytda

do‘zax va behisht

so‘zlari tazod san’atini hosil qilgan.

Yomon niyatdagi hamdamlarim meni do‘zax sari tortmasin, lekin

hamsuhbat bo‘lgan insonlarim behisht – jannat sari yetaklashidan

umidvorman.

Ul kuniki vahmdin ahli kul bo‘lur barham,

Bo‘lsa noma boronlig‘ Odam o‘g‘liga ul dam,

Ba’zilar tutib

motam

, ba’zilar bo‘lur

xurram

,

Anda bo‘lmayin

xurram

, munda yurmag‘il

beg‘am

,

G‘am ila bo‘lub hamdam, marg birla ulfat tut.

Muxammasning bu bandida Qiyomat kunida ba’zilar

motamda, ba’zilar xurramlikda bo‘lishini aytib, U kunda xurram

bo‘lish uchun bu dunyoda beg‘am yurmaslikka chorlaydi va

bunda

motam – xurram, xurram – beg‘am

so‘zlari tazod bo‘lib kelgan.

Afsuski keldi

shayb

, o‘tib davri

shabob

,

Ellikdin oshib ketgali umr etti shitob,

Toki eshitay savtini-yu, chang-u rubob,

To chand bo‘lay boda ichib mast-u xarob.

Ushbu ruboiyda

shayb va shabob

so‘zlari tazod bo‘lib, shayb

qarilik davrini, shabob o‘smirlik davrini anglatgan. Bu ikki tushuncha

bir-biriga zid qo‘yilgan.

Tajnis

. Baytda shaklan bir xil yoki bir-biriga yaqin so‘zlarni

qo‘llash.

Dildadur

yuz

muddao, lekin

yuzung

ko‘rgan chog‘i

Hayratimdin til qilolmas arz birla matlab senga.

Bu baytda “

yuz

” so‘zlari tajnis bo‘lib kelmoqda: sening

yuzingni ko‘rish uchun dilimda yuzta xohishim bor, lekin yuzingni

ko‘rishim bilan bu muddaoni tilimga keltirolmay lol bo‘lib qolaman.

Quyida keltiradigan g‘azalimizda Muhayyir “hadis” so‘zini

tajnis qilib olgan va 9 baytli na’t mavzusidagi g‘azalda hadis so‘zining

so‘z va hadis ma’nolaridan foydalanib go‘zal g‘azal bitgan. Ayrim

baytlarini keltiramiz.

Zumrai insong‘adur xulqi azimingdin biri

Aylamak ey rahmatan lilolamiyn shirin hadis.

Ushbu baytda hadis so‘zi “so‘z” ma’nosida qo‘llangan.

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

168

Ey Rasululloh, ahli insonlar sizdan olishi kerak bo‘lgan buyuk

xulqingizdan biri – shirin so‘zdir, ya’ni kishilarga yaxshi so‘z

so‘zlashdir.

Har kalomikim kelib sendin yozilmish el aro,

Sidq birla derlar oni jumla ahli din “hadis”.

Ushbu misrada esa biz bilgan Rasululloh sollallohu alayhi

vasallamning so‘zlari, ishlarining jamlanmasi bo‘lgan hadis nazarda

tutilmoqda. Ya’ni ey Rasululloh, sizdan yozib olingan so‘zlarni Islom

ahli sodiqlik bilan hadis deb ataydi.

Xandon labini ko‘rgan gul g‘unchasig‘a boqmas,

Kim ul bu nazokatda gul g‘unchasig‘a boqmas.

Ushbu baytda “gul g‘unchasig‘a” iborasi tajnis bo‘lib kelgan.

Birinchi misra tahlili: yorimning xandon labini ko‘rgan gul o‘z

g‘unchasiga qayrilib ham qaramaydi. Ikkinchi misra: mening yorim

o‘z nazokatidan shunchalar mag‘rurki, gulg‘unchasiga boqmaydi.

Ya’ni birinchi misrada gul va g‘uncha so‘zlari alohida mazmun

anglatsa, ikkinchi misrada gulg‘uncha bir mazmunni anglatyapti.

Muhayyir ruboiylarining birida tajnisni qo‘llagan, bunda

tajnisli so‘z ham radif, ham qofiya vazifasini bajarib, tajnisli ruboiyni

hosil qilgan:

Ey zotini bir vasfi “Huvallohu Ahad”,

Bevolid-u bevalad Xudovandi Ahad.

Vahdoniyatingg‘a kimki bo‘lsa iqror

Aytur seni “Lam yakun lahu kufuvan ahad”.

Ushbu ruboiy hamd ruboiy bo‘lib, Alloh taoloning sifatlari

haqidadir. Bu ruboiyni tushunish uchun “Ixlos” surasi tafsiridan

foydalanamiz.

Ey zotini bir vasfi “Xuvallohu Ahad”

– Alloh taoloning

vasflaridan biri – “U Alloh yagonadir”.

Bevolidu bevalad Xudovandi Ahad

– tug‘magan va

tug‘ilmagandir. Ya’ni Ahad so‘zining yana bir ma’nosi Alloh degani.

Ya’ni Alloh tug‘magan va tug‘ilmagandir.

Vahdoniyatingg‘a kimki bo‘lsa iqror

– sening bir

ekanligingga kimki iqror bo‘lsa

Aytur seni “Lam yakun lahu kufuvan ahad” –

Alloh taolo,

seni aytadilarki, “Unga (Allohga) na zotida, na sifatida, na a’molida

hech kim teng bo‘lmagan, bo‘lolmaydi ham”.

Demak, ushbu ruboiyda “ahad” so‘zi “yagona” va “Alloh”

ma’nolarida qo‘llangan.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

169

Keyingi badiiy san’at

ishtiqoq

hisoblanadi, ushbu san’at

bayt yoki jumlada bir o‘zakdan hosil bo‘lgan so‘zlarni qo‘llashga

asoslanadi. Muhayyir ijodida bu san’atning namunalari talaygina.

Ey, ko‘z-u ko‘ngul jon bila mushtoq yuzunga,

Ofoqlig‘i

shuhrai

ofoq

yuzunga.

Navo

istab

Navoiydek

Muhayyir notavon tuzdi,

Gulistoni badoyi’ ichra bulbuldek navo, yo Rab.

Jahonni ayladi shaytong‘a xonai hasrat,

Qachonki pok

vujudingni

Haq ayladi

mavjud

.

To ichib behud bo‘lay

hijroni

qilmay jonga kor,

Chunki yetmish

hajr

dardidin alamlar.

Mushtarak san’atlar ichida Muhayyir ijodida uchrovchi

keyingisi

iqtibosdir

. Iqtibos – Qur’on oyatlari va hadislarni adabiy

asarda o‘zgarishsiz keltirish san’ati. Muhayyir ijodida iqtibos san’ati

boshqa san’atlardan ham yuqori turadi desak, adashmaymiz. Chunki

keltirilgan iqtiboslar shunday o‘rinli va go‘zal keltirilganki, she’riy

parchalarning xushohangligini oshirgan. Masalan,

Sabz o‘ldi sahro, qilsun tamosho,

“Arsilhu maana yarta’ va yal’ab”.

Ushbu baytdagi keltirilgan iqtibos “Yusuf” surasining

12-oyatidan olingan. Ushbu oyat mazmuni quyidagicha: “Ertaga uni

biz bilan yubor, yeb-ichib, o‘ynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza

qiluvchilarmiz”, – dedilar” [Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф

2008, 502]. Ukalaridan qutulmoqchi bo‘lgan Yusuf alayhissalomning

akalari otalari qo‘lidan olib chiqib ketish uchun hiyla ishlatadilar

va ana shu gapni aytadilar. Sahrodagi quduq qa’riga tashlaydilar,

shuning uchun birinchi misrada sahro haqida gap ketmoqda.

“Ahsanuttaqviym”

gulzoridursen, toza gul,

Men erurmen bulbuli sho‘ridau nolon senga.

Ushbu baytda e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan kalima

“Ahsanuttaqviym” kalimasidir.

“Ahsanuttaqviym”

kalimasi qur‘oniy

kalima bo‘lib, “Tiyn” surasi 4-oyatidan olingan. Ya’ni “Batahqiq,

Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik” [Шайх Муҳаммад Со

-

диқ Муҳаммад Юсуф 2008, 502]. Baytda bu kalima “eng go‘zal

yaratilgan” ma’nosida ishlatilgan va Rasulimiz sollallohu alayhi

vasallamning Hayrul Halqulloh, ya’ni Allohning eng go‘zal yaratig‘i

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

170

vasflariga to‘g‘ri keladi. Bayt mazmuni: Siz “Ahsanuttaqviym” –

go‘zal yaratiqlar gulzorining eng toza gulisiz, men esa Sizga shaydo

bulbulman. Bu baytda yorni gulga, oshiqni bulbulga qiyoslash orqali

tashbeh san‘ati hosil qilingan.

Quyidagi muxammasida keltirilgan iqtibos esa “A’rof” surasi

23-oyatidan olingan:

Tobishi quyosh bir yon, o‘t harorati bir yon,

Tursa mag‘zi sar qaynab, ham ayoq kuyib chandon,

“Robbana zolamna”

deb xalq bo‘lsalar giryon,

Anda sen nechuk qilg‘ung, ey Muhayyiri nodon,

Rahmat istasang o‘zni Mustafog‘a ummat tut.

Ya’ni Qiyomat kunida Quyosh ters tarafdan chiqadi. Do‘zax

alangasi yoqiladi. Do‘zaxdagi eng yengil jazo sifatida oyoq tagidan o‘t

yoqilishi va uning alangasidan bosh qaynashi aytilgan. Shunday jazo

kutib turgan vaqtda butun insonlar “Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm

qildik. Agar sen bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahim qilmasang,

albatta, ziyon ko‘rganlardan bo‘lamiz” [Шайх Муҳаммад Содиқ

Муҳаммад Юсуф 2008, 502] – deyishadi.

Zindonni hech

“ahabbu ilayya”

demas edi,

Yusuf murodi bo‘lmasa gar ul zaqanda bor.

Ushbu baytda keltirilgan oyat ham “Yusuf” surasi 33-oyatidan

olingan. Bu yerdagi “zaqan” so‘zi “ilohiy tajalliga mulohaza ila nazar

solish lahzasi. Jamol mushohadasi bo‘lgan lazzat maqomi” degan

ma’noni anglatadi. Oyat mazmuni quyidagicha: “U: “Ey Robbim, ular

meni chorlayotgan narsadan ko‘ra men uchun qamoq mahbubroqdir,

bu (ayol)larning makrini mendan O‘zing nari qilmasang, ularga

moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolaman”. Baytni tahlil qilamiz: Yusuf

alayhissalomga ziyofatdagi ayollar oshiq bo‘lib qolgan vaqtda Yusuf

alayhissalom ayollar makridan ko‘ra zindonni o‘zlariga mahbub deb

biladilar, agar Allohning tajallisidan murodi bo‘lmasa edi, “ahabbu

ilayya” demas edi.

Qisqacha qilib aytadigan bo‘lsak, har bir qo‘llanilgan badiiy

san’at ma’lum vazifa tashigan, she’riy janrlarning mazmun ko‘lamini

oshirish uchun xizmat qilgan.

Xulosa

Shoir she’rlarida badiiy san’atlarning har uch turi – lafziy,

ma’naviy va mushtarak san’atlarga ko‘plab misollar topish mumkin.

Badiiy san’atlarning 20 dan ortiq turidan unumli foydalangan.

Muhayyir ijodida talmeh, tashbeh, ishtiqoq, ruju’, iqtibos, tavzi’

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

171

kabi san’atlar ustunlik qiladi. Ular ijodkorning g‘oyaviy niyatini

ochib berishga xizmat qilgan.

Bunday badiiy san’atlar qo‘llangan

misralardan o‘nlab uchratish mumkin. Har bir badiiy san’at misraga

yoki baytga qo‘shimcha ma’no yuklaydi. U esa she’riy janrlarning

badiiy qimmatini oshirgan.

Adabiyotlar

Атоуллоҳ Ҳусайний. 1981. Бадойиъу-с-санойиъ. (A.Rustamov tarjimasi)

Тошкент: Adabiyot va san’at.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. 2008. Тафсири Ҳилол.

Тошкент. Hilol.

Деҳқонов Акрамжон. 2007. Муҳаййир ҳаёти ва ижоди. Тошкент.

Hojiahmedov, Anvar. 1998. Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent.

158 b.

Ҳожиаҳмедов, Анвар. 1990. Мумтоз бадиият малоҳати. Toшкент:

Шарқ. Hojiahmedov, Anvar. 1999. She’riy san’atlar.

Is’hoqov, Yoqubjon. 1976. So‘z san’ati so‘zligi. Toshkent: Zarqalam.

Қуронов, Дилмурод. 2007. Адабиётшуносликка кириш. Тошкент: Фан.

Ulug‘ov, Abdulla. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: G‘afur

G‘ulom.

Yusupova, Dilnavoz. 2019. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Ta’lim-media.

Болтабоев, Ҳамидулла. 2006. Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва

талқинлар. Тошкент: ЎзМЭ.

Sirojiddinov, Shuhrat va boshqalar. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent:

TAMADDUN.

Dehqonov, A. (2020). Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy

faoliyati.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

2

(2).

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:

Language and Culture

,

2

(2).

Oсобеноости поэзии Дилафгора, Х. (2019). Shermuhammad

Amonov.

Филологические науки

.

Abdulhakimovich, J. N. (2015). Zamon, mezon, she’riyat.

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)


background image

172

The Poetics of Muhaiyir’s poetry (in the

example of ilmi badi)

Akbarova Muhabbat

1

Abstract

In the literature of the Muslim East, the issue of artistry has always

been the focus of attention of poets. When it comes to the artistic potential

and talent of a particular artist, it is considered not importance of what he

took as the subject of the image, but how he depicted this object. In this

sense, when assessing the creativity of a particular creator who wants to

express the variety of artistic techniques used in the poetic work, are taken

into account, as well as the fact that the artistic symbols that are expressed

through the poetic weigh or rhyme. Particular attention was also paid to

such issues as the role and meaning in revealing the content. In this article,

the visual art encountered in various genres of Mukhayyir’s poetry, the son

of Muhammadqul Muhammadrasul, who lived and created in the literary

environment of Kokand, were analyzed. In the analysis of this kind of art

found in the poetic verses are divided into groups, and in each group visual

art is described, examples are given through the poetic passages, and the

meaning of the passages are explained.

Keywords:

ilmi badi’, lafziy arts, maʼnaviy arts, mushtarak arts, zul

-

qafiyatayn, radd, radd ul-qafiya, tawzi’, mukarrar lafz, tashbeh, talmeh, tam

-

sil, takrir, husni talil, irsoli masal, laff va nashr, mubolagʻa, iyhom, tashxis,

ruju’, tanosub, tajohilu arif, kalomi jom, istiora, tazod, tajnis, ishtiqaq, iqtibos.

References

Atoulloh Husayniy. 1981. Badoyi’u-s-sanoyi’ (A.Rustamov tarjimasi)

Toshkent: Adabiyot va san’at.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 2008. Tafsiri Hilol. Toshkent.

Hilol.

Dehqonov Akramjon. 2007. Muhayyir hayoti va ijodi. Toshkent.

Hojiahmedov, Anvar. 1998. Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent.

158 b.

Hojiahmedov, Anvar. 1990. Mumtoz badiiyat malohati. Toshkent: Sharq.

Hojiahmedov, Anvar. 1999. She’riy san’atlar.

1

Akbarova, M.

– indepent researcher, the teacher of Tashkent economical and

pedagogical institute.

E-pochta:

muhabbatjonakbarova@gmail.com

ORCID ID:

0009-0006-6367-7125

For citation:

Akbarova M.Sh. 2024. “The Poetics of Muhaiyir’s poetry (in the ex-

ample of ilmi badi)”. Uzbekistan: Language and Culture 1(2): 152-173.

Muhabbatxon AKBAROVA


background image

173

Is’hoqov, Yoqubjon. 1976. So‘z san’ati so‘zligi. Toshkent: Zarqalam.

Quronov, Dilmurod. 2007. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: Fan.

Ulug‘ov, Abdulla. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: G‘afur

G‘ulom.

Yusupova, Dilnavoz. 2019. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Ta’lim-media.

Boltaboev, Hamidulla. 2006. Sharq mumtoz poetikasi: Manba va talqinlar.

Toshkent: O‘zME.

Sirojiddinov, Shuhrat va boshqalar. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent:

TAMADDUN.

Dehqonov, A. (2020). Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy

faoliyati.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

2

(2).

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:

Language and Culture

,

2

(2).

Oсобеноости поэзии Дилафгора, Х. (2019). Shermuhammad

Amonov.

Филологические науки

.

Abdulhakimovich, J. N. (2015). Zamon, mezon, she’riyat.

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)

Библиографические ссылки

АтоуллоҳХусайний. 1981. Бадойиъу-с-санойиъ. (A.Rustamovtarjimasi) Тошкент: Adabiyot va san’at.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. 2008. Тафсири Ҳилол. Тошкент. Hilol.

Деҳқонов Акрамжон. 2007. Муҳаййир ҳаёти ва ижоди. Тошкент.

Hojiahmedov, Anvar. 1998. Badiiy san'atlar va mumtoz qofiya. Toshkent. 158 b.

Ҳожиаҳмедов, Анвар. 1990. Мумтоз бадиият малоҳати. Тошкент: Шарқ. Hojiahmedov, Anvar. 1999. She’riy san'atlar.

Is’hoqov, Yoqubjon. 1976. So'z san’ati so'zligi. Toshkent: Zarqalam.

Қуронов, Дилмурод. 2007. Адабиётшуносликка кириш. Тошкент: Фан.

Ulug'ov, Abdulla. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: G’afur G'ulom.

Yusupova, Dilnavoz. 2019. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent: Ta'lim-media.

Болтабоев, Ҳамидулла. 2006. Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва талқинлар. Тошкент: ЎзМЭ.

Sirojiddinov, Shuhrat va boshqalar. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent: TAMADDUN.

Dehqonov, A. (2020). Arba'innavislik an'anasi va Muhayyir adabiy faoliyati. Oltin bitiglar-Golden Scripts, 2(2).

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2).

Особеноости поэзии Дилафгора, X. (2019). Shermuhammad Amonov. Филологические науки.

Abdulhakimovich, J. N. (2015). Zamon, mezon, she’riyat.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов