Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy merosi misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
81-97
0
0
Поделиться
Рахмонова, Д. (2024). Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy merosi misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(1), 81–97. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp81-97
Дилдора Рахмонова, Ташкентский государственный юридический университет
Доктор философии (PhD) по специальности филология.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada poetik shakl va mazmun munosabati, individual ijodiy tafakkur haqidagi qarashlar tahlili o'rin olgan. Poetik mazmun tushunchasi har bir ijodkorning o'ziga xosligini belgilab beruvchi asosiy tendensiyalardan ekanligi Tavallo ijodi misolida yoritib beriladi. Tavallo ijodida ham mumtoz poetik obrazlar: gul, bulbul; zamondosh ijodkorlari kabi Vatan, ilm-ma’rifat masalalari badiiylikni ta’minlashga xizmat qilgan bo'lsa ham, individual ijodiy tafakkur orqali ularni yangilay oldi. An’anaviy obrazlarga yangi ma'no yuklash asnosida mazmuniy novatorlikka erishgan Tavallo adabiy merosi muayyan tasniflarga turkumlangan holda maqolada keng tahlil etiladi.

Похожие статьи


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)

81

ISSN 2181-922X 81

97

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI

Poetik mazmun yangilanishida

individual ijodiy tafakkurning o‘rni

(Tavallo adabiy merosi misolida)

Dildora Raxmonova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada poetik shakl va mazmun munosabati, individual

ijodiy tafakkur haqidagi qarashlar tahlili o‘rin olgan. Poetik mazmun

tushunchasi har bir ijodkorning o‘ziga xosligini belgilab beruvchi asosiy

tendensiyalardan ekanligi Tavallo ijodi misolida yoritib beriladi. Tavallo

ijodida ham mumtoz poetik obrazlar: gul, bulbul; zamondosh ijodkorlari

kabi Vatan, ilm-ma’rifat masalalari badiiylikni ta’minlashga xizmat qilgan

bo‘lsa ham, individual ijodiy tafakkur orqali ularni yangilay oldi. An’anaviy

obrazlarga yangi ma’no yuklash asnosida mazmuniy novatorlikka

erishgan Tavallo adabiy merosi muayyan tasniflarga turkumlangan holda

maqolada keng tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Tavallo, jadid adabiyoti, millat, obraz, shakl, poetik

mazmun, shakl va mazmun munosabati, individual ijodiy tafakkur, Turkis-

ton, milliy matbuot, Ovrupo.

KIRISH

Ijodkorning individual ijod mahsuli umumiy ijodiy

jarayonning tarkibiy qismi bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan uzviylik kasb

etadi. Ya’ni hech bir badiiy asar an’anaviy tafakkur zaminidan uzilgan

holda vujudga kelmaydi: “Ijoddagi yangilik individual dunyoqarash,

yondashuv, mahorat, tayyorgarlik (psixologik omillar)ga ega bo‘lish,

usullar, uslub tanlash, talqin yaratish va badiiy shakllar ijod qilish

– ijodiy o‘zlikning namoyon bo‘lishidir. Shunday xususiyatlarga ega

bo‘lgan san’atkor nimani ijro qilmasin, uni o‘z ovozi toniga moslaydi

– individuallashtira oladi. Bu xossalar individual ijodiy tafakkurni

aks ettiradi va poetik ijodda mazmun yangilanishiga asos yaratadi.

1

Raxmonova Dildora Mirzakarimovna

– filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti.

E-mail:

dildorarahmonovatsul@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-2410-6075

Iqtibos uchun:

Raxmonova, D. 2024. "

Poetik mazmun yangilanishida individual

ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy merosi misolida)".

O‘zbekiston: til va

madaniyat 1(2):

81-97.


background image

82

Dildora RAXMONOVA

Ijodkorning individual ijod mahsuli umumiy ijodiy jarayonning

tarkibiy qismi bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan uzviylik kasb etadi. Ya’ni

hech bir badiiy asar an’anaviy tafakkur zaminidan uzilgan holda

vujudga kelmaydi” [Hojiyeva 2019, 33].

Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev shakl va mazmun masalasini

quyidagicha izohlaydi: “Adabiy asarning mazmuni uning mohiyati,

shaklini esa mohiyatning namoyon bo‘lish tarzi sifatida ham

tushuntirish mumkin. Boshqacha aytganda, mazmun – ijodkorning

ochun haqidagi o‘ylari, voqelikdagi biror hodisaga fikriy va hissiy

munosabati. Shakl esa ana shu munosabatning ifodalanish tizimi va

yo‘sinidir. Bundan ham jo‘nroq ifodalansa: mazmun – bu yozuvchining

nima degani bo‘lsa, shakl uning qanday deganidir” [Yo‘ldoshev

2016, 123]. Ayni fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, mavzu

umumiylik, mazmun esa xususiylik xususiyatiga ega. Ya’ni Vatan,

muhabbat, sadoqat va xiyonat, yaxshilik va yomonlik, oq va qora kabi

tushunchalar adabiyotning bosh va o‘lmas mavzusi bo‘lsa, ijodkorning

dunyoqarashi orqali ayni shu mavzularning yangi hayotni boshlashi

uning mazmunidir. Mavzu butun adabiyotga tegishli bo‘lgani holda,

mazmun muallifga tegishli bo‘lgan individual xususiyatdir. Faqatgina

chinakam iste’dodlargina mazmuniy yangilik yaratishga qodirdir.

Qolganlar esa barcha ijod etgan mavzularda, barcha aytgan fikrlarni

takrorlovchilardir xolos. Aslini olib qaraganda har bir davrning,

ijtimoiy muhitning eng dolzarb mavzusi mavjud bo‘lgani holda,

iste’dodlar ayni shu mavzularning mazmunini davr ehtiyoji, ijtimoiy

muhit talabi va eng avvalo, o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda

yangilaydi. Shu ma’noda jadid adabiyotining bosh mavzusi vatan,

millat, hurriyat bo‘lgani holda, jadid shoirlari ayni shu mavzularga

betakror, badiiylik jihatidan mukammal va pishiq mazmun yuklay

oldilar. Zero, mazmun ijodkorning dunyoqarashi, tafakkuri mahsuli

o‘laroq paydo bo‘ladi. Ya’ni “She’rdagi davr tushunchasi ijtimoiy-

siyosiy voqelik bilan bog‘liqlikdagi inson hayoti bilan belgilanadi.

She’riyat insoniyat uchun yaratilar ekan, shoir uchun davr miqyosi

zamondoshlari hayoti, inson taqdiri bilan xarakterlanadi; insonning

bugungi hayoti, tushuncha va tafakkuri bilan uzviy bog‘liqlikda

namoyon bo‘ladi” [Rahimjonov 1979, 8-9]. Shu jihatdan poetik

mazmun tushunchasi har bir ijodkorning o‘ziga xosligini belgilab

beruvchi tendensiyadir. Uning olamdan anglagan ma’nolarini

ijodiy prizmasidan qanday o‘tkazib, qanday ifodalashi o‘z-o‘zidan

mazmunni shakllantiradi.

Bu borada adabiyotshunoslikda doimiy bahs mavjud.

Xususan, “yunon dramaturgi Sofokl buyuk zamondoshi Evripid


background image

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

83

ijodidan o‘z ijodining farqini bunday deb izohlagan: “Men odamlarni

ular qanday bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u esa

odamlarni aslida qanday bo‘lsalar shunday tasvir etadi” [Sulton

1986, 367]. V.G. Belinskiy ham ijodkorlarni ijodiy xususiyatlariga

ko‘ra hayotni qanday bo‘lsa, shunday tasvirlaydiganlar va hayot

qanaqa bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday tasvirlaydiganlarga ajratadi

[Sulton 1986, 367]. V. Xalizev ham bu borada ikkiga ajratish tarafdori:

anglam fenomeni sifatida va tasavvurning hissiy (ko‘rish va eshitish

vositasida) gavdalanishi orqali [Xalizev 1999, 10].

Y.M. Lotman esa poetik mazmunning yangilanishiga

munosabat bildirib: “Novatorlik har doim ham yangilik kashf etish

emas, balki u an’anaga alohida e’tibor bilan qarash va ayni paytda

xotirada uni tiklash hamda u bilan o‘xshash bo‘lmaslik” ekanligini

ta’kidlaydi [Lotman 1972, 130]. Olimning fikrlariga qo‘shilgan holda

aytishimiz mumkinki, poetik mazmun yangilanishi uchun ijodkor

dastlab o‘ziga qadar mavjud tajriba va bilimlardan xabardor bo‘lishi

va ularni qayta ijodiy o‘zlashtirishi, mukammallashtirishi lozim.

Chunki yaratilayotgan obraz, badiiy tasvir vositalari yangilikmi

yoki boshqalarning takrorimi? Buni bilish uchun ijodkor o‘ziga

qadar ijod qilganlarning poetik mahoratidan xabardor bo‘lishi

kerak. G‘ildirak ikki marta kashf etilmagani kabi, adabiyotda

ham ayni mavzuga bir xil yondashuv asnosida bir xil mazmun

yaratilishi hech bir badiiy kashfiyot va natijani bermaydi.

Har bir ijodkorda o‘zi mansub bo‘lgan davrning ta’siri yaqqol

kuzatiladi. Chunki zamoni, muammolari, o‘y-tashvishi bir bo‘lgan

chog‘da ijodkorlar bir-birlarinikiga o‘xshash obrazlar yaratishi

mumkin, biroq haqiqiy iste’dod uning ifoda yo‘sinini mazmunan

betakror etgan holda boshqalarnikidan ajratib tasvirlay oladi.

ASOSIY QISM

Tavallo ijodida ham mumtoz poetik obrazlar: gul, bulbul;

zamondosh ijodkorlari kabi Vatan, ilm-ma’rifat masalalari badiiylikni

ta’minlashga xizmat qilgan bo‘lsa ham, individual ijodiy tafakkur

orqali ularni yangilay oldi. Ayrim asarlarida millatning mavjud

holatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasvirlasa, ayrim asarlarida yuksalish orzu-

umidlarini ijodiga singdirdi. Mumtoz adabiyotda oshiqlik timsoli

sifatida ta’riflanadigan bulbul jadid adabiyotiga kelib, tamomila

yangi qiyofa kasb eta boshladi, bu obrazning mazmun-mohiyati

tubdan yangilandi, obraz mazmunining yangilanishi she’riyatdagi

mazmuniy yangilikning daragi edi deyish mumkin. Jumladan, Elbek

shunday yozadi:


background image

84

Dildora RAXMONOVA

Tinmay tun-kun gul shoxida sayrab turg‘on mungli qush,

Ayt-chi, sening sayrashingni gul ham biroz sezarmi?

Ayni shu kabi obrazlarga yangi ma’no yuklash asnosida maz-

muniy novatorlikka intilish Tavallo ijodining asosini tashkil etadi.

Tavallo she’riyatidagi mazmuniy evrilish asosan to‘rt yo‘nalishda

namoyon bo‘ladi. Ayni shu jihatlarga ko‘ra uning adabiy merosi

umumiy mazmun-mohiyatini quyidagicha tasniflash mumkin:

1)

milliy;

2) diniy-ma’rifiy;

3) ilm-ma’rifat mavzusi;

4) ijtimoiy.

Milliy

mavzudagi she’rlar Tavallo adabiy merosining asosini

tashkil qiladi. Millat ravnaqi, ilmga intilish, Vatan hayotining

yaxshilanishi u uchun asosiy maqsad edi. U “Mumtoz poetikada

o‘zni ko‘rsatish kerakmi yoki davr ijodkorlardan kutayotgan

jasoratga qo‘l urish kerakmi?” tanlovida ikkilanmadi. Vaholanki,

uning mumtoz adabiyot an’analari yo‘lida yaxshigina toblangan

uslubi bor edi:

Bahor o‘ldi, ochildi g‘unchalar, g‘uncha dahonim, kel,

Muattar aylabon kulbamni bir yo‘l bo‘stonim, kel,

Nisor aylay yo‘lungga, jismim ichra naqdi jonim, kel,

Sabohatlik nigorim, mahvashi nomehribonim, kel,

Ravon azmi safar qil, lutf ila sarvi ravonim, kel.

Birgina ushbu muxammasdan ko‘rinadiki, “Ilmi sanoye’”da

Tavalloning o‘ziga xos iqtidori bo‘lgan. Biroq unga bu boradagi shon-

sharafdan ko‘ra, millatning taqdiri muhimroq edi. Hamza kabi “qora

elimizni tushunnvina o‘ng‘ay”, Cho‘lpon kabi “xalq turmushini yengil-

lik tarafiga” yurgizish uchun “qishloq tilida ko‘broq yozib anglatish”ga

bel bog‘ladi. “Yoz milliy tinmay aslo, qo‘y, tashla oshiqona” [Tavallo

1916, 3] tarzidagi xulosasi esa Mirmuhsin Shermuhammedov fikri

bilan ham o‘xshash. U nafaqat o‘zi, balki boshqa safdoshlari ham

millat hayotini ro‘y-rost bayon etuvchi asarlar yozishini, shu orqali

ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi mumkinligini bayon qiladi. “Savqi

taraqqiy” sarlavhali g‘azalida bu fikrni yanada ochiqroq ifodalaydi.

Millatdoshlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘onishga, jaholat chodiridan

chiqishga chorlaydi. Millat g‘amini yemoq “palov, sho‘rbo ham

norin” tanovulidan ming karra totliroq ekanligini, choyxonadagi

choyxo‘rlikdan maktabdagi urfon chashmasidan totmoq afzalligini

she’rga soladi. Zamondan boxabarlik istasang, she’r o‘qi degan

xulosaga keladi. Chunki u yashayotgan davr ijodkorlari she’rga yangi


background image

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

85

vazifalar yuklagan, bu xalqning ijtimoiy hayotida yaqqol ko‘zga

tashlanayotgan edi:

Zamondin voqif o‘lmoq istasang nazmi Tavalloni

O‘qi, millat, bo‘lursan boxabar olamni korindan.

Millat hayotining har bir sahnasi: maktab, ilm-ma’rifat,

gazeta-jurnal uchun qizg‘anilgan pullarning to‘y-maishat uchun

sarflanishi sahnalari deysizmi, zamondan, taraqqiydan ortda

qolishmi – hamma-hammasini birma-bir yangicha qarashlar va

ohorli mazmun bilan she’rga soldi:

Hamisha bir juvon ko‘rgonda yuz maktabni tark aylab,

Chunon biz o‘rgulub, xo‘b irshayub, parvonamiz, yo rab.

“Sadoyi Farg‘ona” gazetasining 1915-yil 15-may, 121-sonida

“Vujudimdan bir rijo” sarlavhasi ostida ham chop etilgan

muxammasda esa qat’iyat bilan millatga xizmat etish shartini bayon

qiladi. Uning uchun bu dunyoda borlikning sharti, tiriklik nafi –

xalqqa xizmat qilmoqda ekanini yuksak badiiyat va poetik novatorlik

bilan o‘ziga xos tarzda ifoda etadi:

Ey qo‘lum, pul tutma hargiz millatga yordamlashmasang,

Bo‘lma xushnud, ey dilim, millat g‘amin g‘amlashmasang.

Ravshan o‘lma, ey ko‘zum, yoshing to‘kub namlashmasang,

Fikrim, ochilma, agar she’ring yozib xamlashmasang.

Chiq ichimdan, jonim, ey san, manga hamdamlashmasang.

“She’rlarim bilan xalqni g‘aflatdan bedor qilolmasam,

Yaratganga qanday yuzlanaman?” degan xavotir mudom uni qiynab

keladi. Bu xavotirlar esa, afsuski, asossiz emas. Chunki zamona

odamlari “millati mahv o‘lsa” parvo qilmaydigan, “sho‘rbo, palov,

norin” berib, “so‘ngra ikki yelkasiga tefsalar” ham ori kelmaydigan,

indamas gung holiga kelib bo‘lgan...

Bu ko‘rguliklar yechimi ilmu ma’rifatda ekanligini yaxshi

anglagan shoir zamondoshlariga nasihat qiladi, farzandlar kamoli

uchun mablag‘ tikmoqqa chorlaydi, “qorong‘u dilni yoritguvchi”,

“maqsudg‘a yetkazguvchi” vosita ilm ekanligiga ishontirmoqchi

bo‘ladi:

Hushing o‘lsa, do‘stlar, aldanma boylar molig‘a,

Boqmag‘il turlik libosa, boq aning a’molig‘a,

Necha ta’lim aylayur, atfolining akmolig‘a,

Abru nayson demag‘il, gulshanda gul ahvolig‘a,

Qatrayi boron emasdir, diydayi giryonidir.


background image

86

Dildora RAXMONOVA

Shoir ijodiga chuqurroq nazar tashlash asnosida uning

lirikasida ayni bir mavzuga emas, baki har bir mavzuga murojaatda

novatorlik kuzatiladi. Bu holat Tavallo davrida, umuman, jadid

adabiyoti davrida mazmuniy yangilanish pishib yetila boshlaganini

ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “O‘zbek she’riyati

tarixidagi yangilanishlar jarayoni kuzatilsa, XX asr davomida keskin

o‘zgarishlar ro‘y berganligi ma’lum bo‘ladi” [Mullaxo‘jayeva 2019,

84]. Zero, bu davrning talabi faqat va faqat yangilikka, taraqqiyga

intilish edi. Tavallo ijodida ham ayni shunday – millat taraqqiysi

uchun xizmat qiluvchi, qaysidir ma’noda yechimi eng muhim bo‘lgan

mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan, millat taraqqiysi uchun eng

muhim bo‘lgan tahsili ilm farzida qiz-o‘g‘ilga ajratmaslikka, xotin-

qizlarni ham ma’rifatli qilishga chorlaydi:

Farz bizlarga, ilm izlarga,

Arz sizlarga, bizni otalar.

“Maktabdur rahbar, ilm erur gavhar”,

Dedi Payg‘ambar ko‘b hadislarda.

O‘qusun Qur’on, har musulmon,

Yashasun urfon, yashasun millat.

Ilmsizlik butun insoniyat uchun eng ulkan fojia ekanini

ta’kidlagani holda, ilmsizlik sabablari va fojialarini “Baxtsiz millat”,

“Savdogar tilindan”, “Kel, ey millat...” murabba’ va muxammaslarida,

“Nijniy yarmarkasidagi yangi ashula”, “Bir sho‘ring qurg‘ur...” kabi

hajviy g‘azallarida yaqqol tasvirlaydi. Xususan, “Dunyo ketishiga bir

nazar” g‘azalida shunday savol qo‘yadi:

O‘ylangiz insof edub, bormi jahonda biz kabi?

Borcha millatlar arosinda taraqqiyda qoloq?

Ayni shu o‘rinda aytish mumkinki: “Millatni moddiy va

ma’naviy tanazzuldan faqat ilm-ma’rifat asrab qolishiga ishonch

jadidlar faoliyatining negizini tashkil etadi. Har bir insonni

uyg‘oqlikka, ilm olishga, axloqiy poklikka, ma’nan yuksalishga, turli

bid’at va xurofotlardan, tuban axloqiy qusurlardan xalos bo‘lishga

da’vat ularning turli janr va mavzularda yozgan asarlarida yaqqol

sezilib turadi” [Karimov 2002, 54].

Shoir mana shu qoloqlikka tortayotgan illatlarga qarshi

tinimsiz kurashishda o‘zida kuch topaveradi. Uning uchun millat

sha’ni, taraqqiyot tomon yo‘l turganda na g‘urur va na obro‘ birlamchi

emas:

Dedim: “Millat uchun o‘ldursa ham yozmoqni qo‘ymasman”,

Alar dedi: “Tavallo, sanda hech bir or yo‘x, yo‘x, yo‘x”.


background image

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

87

Bu sinovlarning nihoyasi, bu zulmatning yakuni bormi degan

savollarga javobni “Oh-u hasrat” she’rida topgandek bo‘lamiz. Unda

yurtga, millatga muhabbat tuyg‘ulari so‘zlar shodasida terilib,

qog‘ozga tushadi, millat dardida yaratilgan har satri tavof etishga

arzigulik qiymat qozonadi:

Ey Xudo, ber bizingdek bedavolarga davo,

Qildi millat ko‘kragini ta’na tirnoqi yaro.

Shu ikki satrdayoq shoir ko‘pgina vositalardan unumli

foydalana olgan: birinchi satrda “bizingdek” so‘zi ishlatilmoqda.

Shoir yaratganga iltijo qilar ekan, uning rahmatiga sazovor

bo‘lishga umid bog‘laydi. Bu umidning asosini “Uning o‘ziniki”

ekanligini ta’kidlovchi “-ing” qo‘shimchasini qo‘llash orqali beradi

va mazmunning o‘ziga xos ifodasiga erishadi. Ya’ni millat hech bir

zulmat ko‘chasini chetlab o‘tmadi, illatlar botqog‘iga tobora botib

bordi, biroq Yaratganga isyon etmadi, undan begona bo‘lmadi.

“Sendan yuz o‘girmadik” degan ifoda ham singdirila olgan mazkur

satrda. Ta’naning o‘tkir va jirkanch tirnoqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri

millatning yuragini, ko‘ksini nishonga olgan. Tirnayverib-tirnay-

verib yara hosil qilgach, unga bir zum esa-da tinchlik bermaydi.

Endi bu millatning na halovati, na tirikligi bor. Axir ko‘ksi birovning

ayovsiz qo‘llariga tutqizilganlar qanday omon qolishi mumkin?

Buning birgina yo‘li bor: Ollohning o‘zi to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishi.

“Baxtsiz millat” muxammasida ham ayni g‘oya davom

ettiriladi:

Qilib joy qarg‘a-quzg‘un burgutu lochin uyosig‘a,

Ko‘ring, yo‘lotmayur o‘z mulkini, bas o‘z egosig‘a.

Solur zulmat, yoronlar, partavi olam ziyosig‘a,

Qilingizlar duokim, yetmasunlar muddaosig‘a,

Xudoyo, saqlagil bechorai millatni tuhmatdin...

Shoir o‘z zamonidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni obrazlilik

orqali shunday ifodalaydiki, majoz haqiqatga libos bo‘lib,

mazmunning sirliligi va salmoqdorligiga hissa qo‘shdi. 1918-yilda

yaratilgan mazkur asar orqali kimlar nazarda tutilmoqda? Turkiston

boshidagi, haqiqiy burgut-u lochindek mard va jasur erlar o‘lkasidagi

“qarg‘a-quzg‘un”lar kimlar? Ular qanday “jasorat” bilan burgut

uyasiga kirib borishdi? Shu kabi savollarga shoir turkistonliklarning

tarqoqligi, birlasha olmasligi sabab bo‘lmoqda hammasiga deya

javob berishdan o‘zini tiyadi. Natijada, o‘quvchi so‘zlar ortidagi sirni

o‘zi “anglaydi”. Burgutni mudroq bosgan taqdirdagina, hushyorlikni

qo‘ldan boy bergandagina, o‘laksaxo‘r quzg‘unlar uning ustida


background image

88

Dildora RAXMONOVA

aylana boshlaydi. U o‘z xatosini anglab yetganda, allaqachon bir gala

quzg‘unlar qurshovida qolgan bo‘ladi. Atrofdagi qondoshlari unga

ko‘mak qo‘lini cho‘zishmasa, hech bir harakatdan naf yo‘q, taqdiri

nomunosib o‘lim bilan yakun topadi. Bu ramziylik Turkistonning

ayni paytdagi haqqoniy tasviri edi.

Tavalloning millat, milliyat haqida yonib bitganlarini

shunchaki o‘qib bo‘lmaydi. Qo‘lidagi qalami gohida jamiyatdagi

illatlarga qarshi ko‘tarilgan qamchiga aylanadi. “Umuman, jadidchilik

mohiyati hayotning o‘zidagi muammolar qadar boy va rang-barang.

Uning markazida istiqlol uchun kurash g‘oyasi turardi. Bu – o‘z

yeriga, eliga, diliga, diniga, tiliga o‘zi egalik qilish, buning uchun esa

uyg‘onish, yuksalish, rivojlanish kerak degan fikr edi” [Mamatqulova

2002, 62].

Tavallo mavzularni ba’zan xitob, gohida nido kabi badiiy

jihatlardan foydalangan holda yanada rang-barang va o‘ziga xos qilib

shakllantiradi. O‘ziga moslik darajasi bilan zamondoshlari orasida

ajralib turdi. Xalqini jaholatdan qochishga, ilm olishga chorlagani

holda, O‘zining kamtarona nazm gulshaniga taklif etib, qalam kuchi

ila xolisona xizmat etgan, “oh millat, top taraqqiy deb to‘kub ko‘zlarga

xun” deya fig‘on chekib, yurak-bag‘ri millatining farovonligi yo‘lida

qon bo‘lgan, qardoshlari ko‘ngliga dovul misoli o‘tkir so‘zlari ila kira

olgan, she’rlarida yurt dardida yonib, “Ey qarindosh, uxlamangiz, biz

kutarmiz sizdin ish” deya xitob qiladi. U hech bir yurt odamlaridan

aql-zakovati bilan kam bo‘lmagan xalqini bid’at va xurofotdan ilm-u

ma’rifatni ajrata bilishga undaydi.

Tavallo ijodiy tafakkuri rivojlanishida xalq og‘zaki ijodining

ham o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Qarg‘ishlar-u alqov (olqish)lardan

she’rlarida unumli foydalana oldi, shu jihat ham she’rlarining

xalqchillashuviga ijobiy ta’sir qildi:

“To‘g‘ri yurgil, bo‘lmasa, sinsun

ayog‘, bo‘lg‘il cho‘loq”, “Ajab tashvishlara o‘lding sabab olamda,

girmon, o‘l, Xusumatdor o‘lmay, sen bu kun yer birla yakson o‘l”,

“Bilmading qadrimni deb, go‘r ichra tanbeh bermagil”

kabi satrlarni

uning ijodida uchratish mumkin. Bu kabi qo‘llanishlarni, ayniqsa,

uning hajviyotida ko‘p uchratamiz.

N.V. Gogolning

“Agar kulgi

shunchalik qudratli bo‘lib, undan qo‘rqar ekanlar, demak, kulgini

bekordan bekorga sarf qilish kerak emas. Men bilgan barcha yomon

narsalarni bir joyga yig‘ishga va hammasi ustidan bira to‘la kulishga

qasd qildim”, – deb yozganiga qiyosan, ehtimolki, Tavallo imzosining

“Mag‘zava”, “Muxbircha” va boshqacha atalishlarga aylanishiga

ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin.

“Xalq ommasining mustamlakachilik zulmi va zulmatidan xira


background image

89

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

tortgan ko‘zlarini ochish, uni so‘nggi asrlarda o‘z qa’riga tortgan

qoloqlik muhitidan xalos etish uchun, avvalo, o‘zi kechirayotgan

turmushning ayanchli manzaralarini, o‘zining nochor ahvolini,

el-u yurtni chirmab tashlagan jaholat va nodonlik pechaklarini

unga yaqqol ko‘rsatish lozim edi. Buni yaxshi tushungan Tavallo

birinchi navbatda hajviy lirika imkoniyatidan foydalanishni o‘ziga

maqsad qilib oldi. Mumtoz adabiyotdagi hajv san’ati an’analaridan

yangi tarixiy-madaniy sharoitda mahorat bilan foydalanish va

davom ettirish san’atini mukammal egalladi”

[Karimov 2008,

89].

Tavallo lirikasidagi hajviyot mavzularning rang-barangligi

jihatidan alohidalikka ega va uning

adabiy merosidagi salmoqli o‘rin

egallagan hajviyotni mavzu jihatidan quyidagicha guruhlash

mumkin:

1. Ijtimoiy hayot voqealari tasvirlangan she’rlar (“Nijniy

yarmarkasida yangi ashulalar”, “Sharq maktabida imtihon”, “O‘ktabr

ashulasi”, “Bu ham bir ashula” kabi).

2. Xotin-qizlar ahvoli, huquqlari ko‘rsatilgan hajviy she’rlar

(“Mazluma qizlar ashulasi”, “Mayligamu?”, “Xotin-qizlar fig‘oni” kabi).

3. Hayotdagi salbiy illatlar tasvirlangan hajviy she’rlar

(“Hozirgi pivoxona ashulasi”, “Restoran”, “Hofizlar tilidan”, “Gul

yuzingni”, “Mushtum kupleti” kabi).

4. Matbuotning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ko‘rsatuvchi

she’rlar (“Mendan non savat”, “Qalam”, “Izhori tashakkur”, “Yaqinda

ja-ja-jakdir” kabi).

5. Din ahli tanqidi, ahvoli berilgan hajviy she’rlar (“Ro‘zada

mashg‘ulotim”, “Tegirmon navbati bilan”, “Yanvar to‘poloniga

bag‘ishlab” kabi).

Tavalloning ijtimoiy hayot voqealari tasvirlangan hajviy

she’rlarda davr hodisalariga faol munosabat kuzatiladi. Turkiston

uchun butunlay yangilik bo‘lgan hodisalar haqida yozadi. “Nijniy

yarmarkasida yangi ashula” hajviyasi g‘azal janrida yozilgan bo‘lib,

unda Nijniy Novgorod yarmarkasidagi o‘zbek savdogarlarining

achinarli ahvoli kulgi tig‘iga “qadaladi”. Savdo-sotiq maqsadida

borgan o‘zbeklar (musulmonlar!)ning bulvarlarda qolib ketgani

va ularga qilingan qo‘pol muomalalar hajviy usulda yoritib beriladi:

Fattoyini sudrashib, bulvarida mudrashib,

Soch-u soqolin qoshib, sarsona tong otquncha.

“O‘ktabr ashulasi” deb nomlangan she’rida esa Oktyabr

voqealari sababi bilan kambag‘allarning ozod bo‘lgani, boylarning

achinarli ahvoli tasvirlanadi:


background image

90

Dildora RAXMONOVA

Yoshlar uyushmasi chollar sho‘ridir!

Firqa uning qo‘riqchisi qo‘ridir!

Boylar qo‘ydir, qizil askar bo‘ridir!

Endi yurti xalq sho‘rosi so‘raydir.

Berib tursak o‘zga darmon O‘ktabr.

Mazkur she’rda shoir Oktyabrni madh etgandek bo‘ladi.

Biroq chuqurroq mulohaza yuritilib, so‘zlarda yashiringan ma’noni

izlashga astoydil bel bog‘lansa, ijodkorning jasorat bilan qilgan

o‘xshatishlariga qoyil qolmay iloj yo‘q. Zero, bu davrda hamma ham

qonli siyosatini dunyo sahnida yoyayotgan tuzumning asl qiyofasini

ochib tashlashga botina olmasdi. Buyuk hodisa hisoblangan Oktyabr

inqilobi g‘alabasiga bag‘ishlangan she’rning aynan hajviy usulda

yozilganligi biroz g‘ayritabiiydek. Dastlab o‘quvchida muallif

Oktyabr voqealariga xayrixohdek tasavvur uyg‘onadi. Uning

“men”idagi mazkur voqealarga qarshilik sinchiklab kuzatilsa, ko‘zga

tashlanadi. “Boylar qo‘ydir, qizil askar bo‘ridir” satrida bu fikr

aniqroq yuzaga chiqadi. Chunki shu paytga qadar adabiyotda “qo‘y”

chorasizlik, ojizlik, “bo‘ri” esa qonxo‘rlik, zolimlik obrazi sifatida

gavdalantirilgan. Oktyabrning umri bu yurtda uzoq cho‘zilmasligini

orzu qiladi, hatto bunga ishonadi ham. Shuning uchun bo‘lsa kerak:

Xayr endi, bo‘lg‘il omon, O‘ktabr!

deya she’rni yakunlaydi.

Tavallo xotin-qizlar ahvoli, ularning haq-huquqlari

ko‘rsatilgan she’rlarida turli-tuman qabohatlarni yuksak insoniy

ideallar nuqtayi nazaridan hajviyalar vositasida fosh etadi. Masalan,

uning “Mazluma qizlar ashulasi” muxammasida xotin-qizlarning

fojiaviy ahvoli tasvirlanadi. Shoirning mahorati shundaki, mazkur

tasvirni xotin-qizlarning o‘z tilidan mohirlik bilan bera oladi. Nafrat,

jirkanish hislarini bunday zaharxandali qarg‘ishlarga joylash ayollar

nutqiga xos hodisadir. Shoir buni yaxshi ilg‘aydi:

Qiz olg‘on qo‘shxotin ustiga chollarga ajal kelsun,

Oqarg‘on sochlari, pahmoq soqolllarg‘a ajal kelsun,

Oqizg‘on yoshimiz, hardamxayollarg‘a ajal kelsun,

Topilib umri, darz o‘lg‘on sapollarg‘a ajal kelsun,

Semirgan cho‘chqadek, ul qora mollarg‘a ajal kelsun.

Tavalloning

hajviy

she’rlari

muxammas,

murabba’,

musaddas, g‘azal, masnaviy janrida yozilgan. Uning she’rlari eski

she’r tizimida bitilgan bo‘lsa-da, undagi ruh va mazmun butunlay

yangidir. Uning she’riyatidagi yana bir ta’kidlash lozim bo‘lgan

jihat – badiiy jihatdan pishiqlikdir. U an’anadan foydalangan holda,

mazmunan go‘zal hajviyalar yarata oladi. “Mayligamu?” g‘azali


background image

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

91

Almaiy she’riga nazira bo‘lib, shoir yuksak mahorat bilan xotin-

qizlar haq-huquqlarining to‘la tiklanmaganini va hamma narsalar

qog‘ozdagi gaplar ekanini ko‘rsatib beradi. Hajviy g‘azal targ‘ib

qiluvchi inson va ayol o‘rtasidagi savol-javob, dialog asosiga qurilgan

bo‘lib, “Mushtum”ning munosabati bilan yakunlanadi.

Hayotdagi salbiy illatlar tasvirlangan hajviy she’rlarda shoir

muayyan illat va uni yuzaga keltirgan shart-sharoitni qoralabgina

qolmay, balki keskin fosh etadi hamda uning barham topishi

zarurligini ko‘rsatadi. Masalan: “Hozirgi pivoxona ashulasi”da

ruslarning Turkistonga kirib kelishi bilan ular hayotidagi

ichkilikbozlik, fohishabozlik illatlarini qoralaydi.

Tavallo qahramon illatlarini o‘z tilidan berish orqali ham

hajviyalarining mazmunan betakrorligiga erisha oladi. “Izhori

tashakkur”, “Ro‘zada mashg‘uliyatim”, “Hofizlar tilidan” she’rlari

ayni shunday usulda yaratilgan bo‘lib, mazmunan betakrorlikni

saqlagani holda zabardast ijodkorlar an’anasini munosib davom

ettira olgani namoyon bo‘ladi.

Shoir hajviyotda ironiya va kinoya usullariga keng tayangan

holda mazmunning kuchayishiga erishadi. Masalan, “Muborakbod”

she’rida ironiya usulida tashqi shakl ichki mazmunga zid holda

tasvirlangan:

Yanchilgan o‘zbek, endi hokimiyat muborak,

Ur, bir-biringni chayna, hokimiyat muborak,

Tut qo‘lga katta cho‘qmor, balki bichog‘u kaltak,

Ur, bir-biringni o‘ldir, bu sizga bo‘lsun ermak,

Yanchilgan o‘zbek, endi hokimiyat muborak.

Amma-xolasi havodor!..

Shoir hajviy she’rlaridagi kinoyaga boy nutq tasvirlana-

yotgan narsa-hodisaning, shaxsning mohiyatini ochishga yordam

bergan. Bunda muallifning ularga munosabati oydinlashgan.

Yuqoridagi kinoyaviy she’rlarda biz Tavalloning Oktyabrni madh

etishidan maqsad nima ekanligini bilib olamiz. Xuddi shu kinoya

o‘quvchi ko‘z o‘ngida Tavalloning sho‘rolar hokimiyati va uning

siyosatiga salbiy munosabatda ekanligini, ularni kulgi yo‘li bilan

qoralashga, fosh etishga intilganini aniq ravshan anglatadi.

Tavalloning hajviy she’rlarida forsiy izofa, arabiy so‘zlar, ruscha so‘z

va iboralar, fransuzcha so‘zlar, turkcha-tatarcha qoliplardan keng

foydalanadi. Davrning illatlarini ko‘rsatishda qahramon tilidan

vulgar va jargon so‘zlarni ham ishlatgan.

Davr va kelajakning tutash nuqtasi topilgan quyidagi she’rga

ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Tavallo she’riyatining konsepsiyasi


background image

92

Dildora RAXMONOVA

aniq namoyon bo‘ladi:

Yer yuzini “shoir” bosib ketajakdir,

Har kishiga bir bosh “shoir” tegajakdir.

Ul shoirlar bir miriga to‘rt yuz grom,

Bir nafasda she’r yozib berajakdir...

Shoirlik – taqdirdir. Bu taqdirni faqat yashash mumkin.

Uni tirikchilikning quliga aylantirish mumkin emas. Bu ishga qo‘l

urganlarning kelajagi bo‘lmaydi, ularning o‘zlari-da tizgan satrlari

yanglig‘ zamon chig‘irig‘idan chetga surilib qolaverishadi. Shoirlik

taqdir qilinmaganlarda na she’r ilhomi va na iste’dod bo‘ladi. “Yengil

kulgi” uyg‘otadigan bu she’r orqali muallif nima demoqchi? O‘z

zamonida odatga aylanayozgan holat haqida bayon etyaptimi yoki

kelajakka bashorat qilyaptimi? Bizningcha, har ikki javob ham to‘g‘ri.

Chunki o‘sha davrdayoq mavjud illat — she’rsozlik, nazmparastlik

bugungi kunga ham xos. Eng oddiy fikrlarni-da she’r qilib aytishga

ishtiyoq hamma zamonlarda ham mavjud edi. Bundaylarga ijodning

ilohiy tortiq ekanligini tushuntirish befoyda, ular har narsani

moddiylikda ko‘rishadi. She’rga “solingan” so‘zlar majmuyi bilan

iste’dod tilidan to‘kilgan satrlarning farqiga so‘zni his qiladigan har

bir inson yeta oladi.

“Munojot” nomli g‘azalida esa yangicha obrazlar orqali fikr

uyg‘otishga, yangi mohiyatni anglatishga harakat qiladi: gimnoz

(gimnaziya)ni choyxonaga, kitobni bedonaga qarshilantirish orqali

yangicha fikriy yangilikni beradi:

Nedan gimnozdan ortiq bo‘ldi bizga bilmadim hargiz,

Hamon yoshlarg‘a to‘lg‘on bu bizi choyxonamiz, yo rab.

G‘azalda taraqqiy etgan millatlarning har bir muvaffaqiyat

omili yaqqol tasvirlanadi. Shoir ayblovni boshqalarga malomat

shaklida emas, o‘zimizga qaratadi. Bu bilan har qanday holatda

bo‘lmasin, millatning yaxshi-yu o‘kinchli holatida ham u bilan birga

ekanligiga ishora beradi. G‘aflat uyqusiga qonmayotganligimiz,

boshqalar qo‘ynida kitob bilan maktabga yo‘l olsa, biz choponimiz

ichiga bedana solib, urishtirishga otlanganimiz, juvonlarga

ishqibozlik ortidan ilmga sarflanishi shart bo‘lgan fursatni qo‘ldan

berayotganimiz, bu ahvolda, ota-onalarimizni keksalik chog‘larida

xor etishimizni, bu kabi tuban ketishimizni “O‘zing ko‘rib turibsan”,

deya zorlanadi. Tavallo “Munojot”ining xulosasi shu tarzda

tugallanadi: mana shu ahvoldagi xalqqa o‘zing rahm ayla, “aqldan

begona”larni o‘zing isloh et.

Tavallo adabiy merosida munojot turkumidagi bu kabi


background image

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

93

she’rlar 8 tani tashkil etsa, undan to‘rttasiga shoirning o‘zi “Munojot”

deb sarlavha qo‘yadi. Bu esa uning asarlari mohiyatiga diniy motivlar

begona emasligini ko‘rsatadi. N.Jabborov ta’kidlaganidek, “Munojot

– o‘z mohiyatidan ogoh insonning Yaratganga iltijosi. Undan boshqa

hech kimning huzurida aytmaydigan iqrornomasi” [Jabborov 2004,

129] ekan, millatning chin holidan ogoh Tavallo kabi ziyolilar

Yaratgandan ilm-u ma’rifatga moyillikni iltijo qilishlari eng to‘g‘ri

yo‘l edi.

Ayni mavzu jihatidan XX asr boshida ijod qilgan shoirlar bir-

birini takrorlagandek bo‘ladi. Abdulla Qodiriy millatning ahvolini

bayon eta turib:

Ko‘r bizing ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,

Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulga sotamiz,

desa, Abdulla Avloniy:

Yotursan tobakay g‘aflat quchog‘inda, uyon millat

Jaholat jomasin ustingdan irg‘it tur, zamon millat,

deya

harakat qilmoqqa chorlaydi.

Tavallo “Musaddas vijdonlilara” asarida:

Dunyoni qoplasa suvlar, sani parvoying yo‘qdur,

Qayg‘u millat yemading, osh-nona qorning to‘qdur,

Bo‘yla yotsang, kelajak xavfu xatarlar cho‘qdur,

She’r mazmuni – Tavalloda “alif”lar o‘qdur,

Bormu olamda bizimdek hama eldin qolg‘on,

O‘zi nodon, ko‘zi qon, ko‘kragi g‘amg‘a to‘lg‘on,

deya millatning ahvolini tasvirlaydi. “Nega faqat yomon

holatlardan so‘z ochasan?” degan savolga Tavallo mana shu

musaddasida vijdonini sabab qilib ko‘rsatadi. Bu o‘rinda she’rda

ko‘tarilgan masalalar bir menga emas, millat uchun vijdoni kuygan

har bir insonga oiddir degan ta’kid o‘ziga xos tarzda aks etadi:

Yozmas erdim muni man qo‘ymadi hargiz vijdon

Dedi: yoz millat uchun, millata jonlar qurbon.

Tavallo xoh g‘azal, xoh muxammas – barcha janrlarda

mazmuniy yukka alohida e’tibor qaratadi. D. Quronovga ko‘ra,

“misra va bandlarga bo‘linganlik lirik asarning bamisoli “tashrif

qog‘ozi”, shuning o‘ziyoq zavqli o‘quvchida muayyan estetik kutuvni

– she’r otliq mo‘jiza bilan uchrashish hayajonini hosil qiladi va u

beixtiyor maromga solib o‘qishni boshlaydi. Boshlaboq marom va

so‘zlar ma’nosi qo‘shilishidan ohangni topadi, ohang ma’nolarni bir-

biriga payvandlab mazmunga aylantiradi”, – deb yozadi [Quronov


background image

94

Dildora RAXMONOVA

2018, 220]. Ayni shu fikrlar tasdig‘i Tavallo she’riyatida o‘zining

poetik aksini topadi. Jumladan, misralarda ham, musammatlarning

bandli shakllarida ham shoirning mazmunan novatorlikka intilishi

aks etadi. Jumladan, uning quyidagi misralariga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, chaqiriq, da’vat mazmuni yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Qalam olg‘onda qo‘lum, yosh ko‘zumdin tomadur,

Tushaman qancha xayola, boqaman tong otadur,

Muni millat bolasi bilmayin uxlab yotadur,

Yana g‘amga qolaman, kim muni deb uyg‘otadur,

Turing emdi siza derman, hama el bo‘ldi ravon,

Yetdi maqsad uyina qolmadi munda karvon.

“Hama el”ning maqsad karvoni manzilga yetib bo‘lgunga

qadar ahli Vatan, millat bolasi nima bilan band edi? Qachongacha bu

hol bardavom bo‘ladi? Hol shu bo‘lsa, kelajak qanday kechadi? Ne

qilmoq kerak? Shoir qo‘liga har gal qalam olganda mana shu savolga

javob izlaydi. Millat ro‘zg‘orini chirkinlashtirayotgan, zalolatga

yetaklayotgan har illatni qalamga oladi. Ayni shu mazmun boshqa

she’rlarda ham davom etadi. Jumladan, “Hasb-u hol” masnaviysida

shunday yozadi:

Garangmu etdi amomang, eshitmayur qulog‘ing,

Ko‘tarma foyda yo‘q, yarmisini yirtib sot.

Obrazlar tashiyotgan ma’no-mazmun mohiyatiga ko‘ra tahlil

qilsak, bu misralarda amoma (salla) faqatgina o‘z ma’nosida emas,

dunyoni teran anglashga xalal berayotgan odatlar, olamga teranroq

boqishga to‘siq bo‘layotgan illatlar ramzi ham bo‘lib kelayotganini

anglaymiz.

XULOSA

Ko‘rinib turganidek, Tavallo she’riyatida mazmunning

yangilanishi bosqichma-bosqich rivojlanib borgani holda, mazmuniy

yangilanish obrazlar, janrlar, shakllar vositasida amalga oshadi. O‘z

millatining taraqqiy topish holatida G‘arbdan ortda qolayotgani,

ma’rifatni boshqa xalqlar egallab, o‘z millatining jaholat botqog‘ida

qolayotgani shoirni chuqur qayg‘uga soladi. Zero, “Sharq va G‘arb

madaniyati qiyosiga yuksak umuminsoniy mezonlar asosida

yondashish, masalaning tub mohiyatidan, ildizidan kelib chiqib fikr

yuritish, Vatan va millat manfaati nuqtayi nazaridan baholash –

mutafakkir jadidlar ma’naviy-axloqiy ta’limotining bosh xususiyati”

[Jabborov 2017, 11] bo‘lgani bois Tavallo she’riyatida ham nihoyatda


background image

yuksak mavqe’ egallaydi. Uning she’riyati yangilanib borayotgan

lirikaning mukammal qiyofasi yaralishida muhim o‘rinni egallashi

bilan xarakterlidir.

ADABIYOTLAR

Жабборов, Нурбой. 2017. Фитрат ижодида Шарқ ва Ғарб маданияти

талқини. // “Истиқлол ва Фитрат” мавзусидаги анъанавий

республика илмий-амалий анжумани материаллари.

Бухоро.

Жабборов, Нурбой. 2004. Фурқатнинг хориждаги ҳаёти ва ижодий

мероси: манбалари, матний тадқиқи, поэтикаси. Филол.

фан. доктори... дис. Тошкент.

Йўлдошев, Қозоқбой. 2016. Бадиий таҳлил асослари. Камалак.

Тошкент.

Каримов, Баҳодир. 2002. Қодирий ва маънавият. Тошкент.

Каримов, Наим. 2008. ХХ аср адабиёти манзаралари. O‘zbekiston.

Тошкент.

Лотман, Юрий. 1972. Анализ поетического текста. Просвещение.

Ленинград.

Маматқулова, Наргис. 2002. Адабиёт ва маърифатпарварлик.

Тошкент.

Муллахўжаева, Раъно. 2019. Тафаккур янгиланиши. Муҳаррир.

Тошкент. Раҳимжонов, Нўъмон. 1979. Давр ва ўзбек

лирикаси. Фан. Тошкент.

Султон, Иззат. 1986. Адабиёт назарияси. Ўқитувчи. Тошкент.

Хализев, Валентин. 1999. Теория литературы. Высшая школа. Москва.

Қуронов, Дилмурод. 2018. Адабиёт назарияси асослари. Академнашр.

Тошкент.

Ҳожиева, Шаҳло. 2019. Чўлпон шеъриятида поэтик тафакккурнинг

янгиланиш тамойиллари. Филол. фан. бўй. фал. доктори

... дис.Қарши.

Pardaev, K. (2019). MUKIMI’S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE

ANALYSIS.

ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute

for English Language and American Studies

,

8

(10), 78-85.

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of

Mukimi.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal

,

11

(4), 278-283.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research.

Philology

Matters

,

2019

(3), 14-20.

Амонов, Ш. Н. (2017). О» НАЦИОНАЛЬНЫХ СТИХАХ» ХАМЗЫ И ЕГО

ИЗДАНИИ. In

ФИЛОЛОГИЯ ФӘНЕ: ТАРИХЫ, ХӘҘЕРГЕҺЕ,

КИЛӘСӘГЕ

(pp. 92-95).

Jabborov, N. (2023). ABDULLA QADIRI’S SKILL OF DESCRIBING THE

NATIONAL SPIRIT. The American Journal of Applied sciences,

5(04), 61-73.

95

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)


background image

The role of individual creative thinking in the

update of poetic content (in the example of the

literary heritage of Tavallo)

Dildora Rakhmonova

1

Abstract

This article contains an analysis of views on the relationship

between poetic form and content, individual creative thinking. The concept

of poetic content is one of the main trends that determine the uniqueness

of each artist. Classical poetic images in Tavallo’s work: flower, nightingale;

Vatan, like contemporary artists, was able to renew them through individual

creative thinking, even if the issues of science and enlightenment served to

ensure artistry. The literary heritage of Tavallo, who achieved substantive

innovation in giving a new meaning to traditional images, is broadly

analyzed in the article, categorized into specific classifications.

Keywords:

Tavallo, contemporary literature, nation, image, form,

poetic content, relationship between form and content, individual creative

thinking, Turkestan, national press, Europe.

References

Jabborov, Nurboy. 2017. Fitrat ijodida Sharq va G‘arb madaniyati talqini.

// “Istiqlol va Fitrat” mavzusidagi an’anaviy respublika ilmiy-

amaliy anjumani materiallari. Buxoro.

Jabborov, Nurboy. 2004. Furqatning xorijdagi hayoti va ijodiy merosi:

manbalari, matniy tadqiqi, poetikasi. Filol. fan. doktori... dis.

Toshkent.

Yo‘ldoshev, Qozoqboy. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Kamalak. Toshkent.

Karimov, Bahodir. 2002. Qodiriy va ma’naviyat. Toshkent.

Karimov, Naim. 2008. XX asr adabiyoti manzaralari. O‘zbekiston. Toshkent.

Lotman, Yuriy. 1972. Analiz poeticheskogo teksta. Prosveщenie. Lenin

-

grad.

Mamatqulova, Nargis. 2002. Adabiyot va ma’rifatparvarlik. Toshkent.

Mullaxo‘jaeva, Ra’no. 2019. Tafakkur yangilanishi. Muharrir. Toshkent. Ra-

himjonov, No‘mon. 1979. Davr va o‘zbek lirikasi. Fan. Toshkent.

Sulton, Izzat. 1986. Adabiyot nazariyasi. O‘qituvchi. Toshkent.

1

Rakhmonova Dildora Mirzakarimovna

– Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Law.

E-mail:

dildorarahmonovatsul@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-2410-6075

For citation:

Rakhmonova, D. 2024. The Role of Individual Creative Thinking in

the Update of Poetic Content (in the Example of the Literary Heritage of Tavallo)

Uzbekistan: Language and Culture. 1(2):

81-97.

96

Dildora RAXMONOVA


background image

Xalizev, Valentin. 1999. Teoriya literaturi. Visshaya shkola. Moskva.

Quronov, Dilmurod. 2018. Adabiyot nazariyasi asoslari. Akademnashr.

Toshkent.

Hojiyeva, Shahlo. 2019. Cho‘lpon she’riyatida poetik tafakkkurning

yangilanish tamoyillari. Filol. fan. bo‘y. fal. doktori ... dis.Qarshi.

Pardaev, K. (2019). MUKIMI’S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE

ANALYSIS.

ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute

for English Language and American Studies

,

8

(10), 78-85.

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of

Mukimi.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal

,

11

(4), 278-283.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research.

Philology

Matters

,

2019

(3), 14-20.

Амонов, Ш. Н. (2017). О» НАЦИОНАЛЬНЫХ СТИХАХ» ХАМЗЫ И ЕГО

ИЗДАНИИ. In

ФИЛОЛОГИЯ ФӘНЕ: ТАРИХЫ, ХӘҘЕРГЕҺЕ,

КИЛӘСӘГЕ

(pp. 92-95).

Jabborov, N. (2023). ABDULLA QADIRI’S SKILL OF DESCRIBING THE

NATIONAL SPIRIT. The American Journal of Applied sciences,

5(04), 61-73.

97

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy

merosi misolida)

Библиографические ссылки

Жабборов, Нурбой. 2017. Фитрат ижодида Шарқ ва Ғарб маданияти талқини. // "Истиқлол ва Фитрат” мавзусидаги анъанавий республика илмий-амалий анжумани материаллари. Бухоро.

Жабборов, Нурбой. 2004. Фурқатнинг хориждаги ҳаёти ва ижодий мероси: манбалари, матний тадқиқи, поэтикаси. Филол. фан. доктори... дис. Тошкент.

Йўлдошев, Қозоқбой. 2016. Бадиий тахдил асослари. Камалак. Тошкент.

Каримов, Баҳодир. 2002. Қодирий ва маънавият. Тошкент.

Каримов, Наим. 2008. XX аср адабиёти манзаралари. O'zbekiston. Тошкент.

Лотман, Юрий. 1972. Анализ поетического текста. Просвешение. Ленинград.

Маматқулова, Наргис. 2002. Адабиёт ва маърифатпарварлик. Тошкент.

Муллахўжаева, Раъно. 2019. Тафаккур янгиланиши. Муҳаррир. Тошкент. Раҳимжонов, Нўъмон. 1979. Давр ва ўзбек лирикаси. Фан. Тошкент.

Султон, Иззат. 1986. Адабиёт назарияси. Ўқитувчи. Тошкент.

Хализев, Валентин. 1999. Теория литературьь Вмсшая школа. Москва.

Қуронов, Дилмурод. 2018. Адабиёт назарияси асослари. Академнашр. Тошкент.

Ҳожиева, Шаҳдо. 2019. Чўлпон шеъриятида поэтик тафакккурнинг янгиланиш тамойиллари. Филол. фан. бўй. фал. доктори ... дис.Қарши.

Pardaev, К. (2019). MUKIMI'S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE ANALYSIS. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(10), 78-85.

Pardaev, K. (2021). Interpretation of historical events in the work of Mukimi. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 278-283.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology Matters, 2019(3), 14-20.

Амонов, Ш. H. (2017). 0» НАЦИОНАЛЬНЬ1Х СТИХАХ» ХАМЗЬ! И ЕГО ИЗДАНИИ. In ФИЛОЛОГИЯ ФЭНЕ: ТАРИХЬ!, Хд?ЕРГЕЬЕ, КИЛЭСЭГЕ(рр. 92-95).

Jabborov, N. (2023). ABDULLA QADIRI’S SKILL OF DESCRIBING THE NATIONAL SPIRIT. The American Journal of Applied sciences, 5(04), 61-73.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов