Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
117-131
0
2
Поделиться
Шомуротова, Ч. (2024). Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 117–131. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp117-131
Чарос Шомуротова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
независимый исследователь
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har qanday asarni tahlilga tortganimizda bevosita asarning syujetini ochib beruvchi unsurlar katta ahamiyat kasb etadi. Asarda peyzajning o'rni keng qamrovli, negaki, har bir asarning muqaddimasidan ijtimoiy hayotning, tabiatning, obrazlarning hayotida bo'layotgan hodisalar peyzaj orqali ma’lum ma’noda ochib beriladi. Badiiy adabiyotda peyzaj faqatgina tabiat chizgilari bilan cheklanib qolmay, syujet rivoji, davr nafasini ochiqlashda ham muhim rol kasb etadi. Ushbu maqolada Isajon Sultonning "Alisher Navoiy’’ romanidagi peyzajni bir qancha tizimlarga bo'lgan holda tahlil ostiga oldik.

Похожие статьи


background image

ISSN 2181-922X 117

131

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida”

peyzaj – romanik tafakkur asosi

Charos Shomurotova

1

Abstrakt

Har qanday asarni tahlilga tortganimizda bevosita asarning

syujetini ochib beruvchi unsurlar katta ahamiyat kasb etadi. Asarda

peyzajning o‘rni keng qamrovli, negaki, har bir asarning muqaddimasidan

ijtimoiy hayotning, tabiatning, obrazlarning hayotida bo‘layotgan hodisalar

peyzaj orqali ma’lum ma’noda ochib beriladi. Badiiy adabiyotda peyzaj

faqatgina tabiat chizgilari bilan cheklanib qolmay, syujet rivoji, davr

nafasini ochiqlashda ham muhim rol kasb etadi. Ushbu maqolada Isajon

Sultonning “Alisher Navoiy” romanidagi peyzajni bir qancha tizimlarga

bo‘lgan holda tahlil ostiga oldik.

Kalit so‘zlar:

roman, sarlavha, peyzaj, tarixiylik, adabiyot, muallif

tafakkuri, tarixiy haqiqat, qahramon ruhiyati.

Kirish

Badiiy asar qanchalik muallif tafakkurining mahsuli bo‘lsa,

u shunchalik umumbashariy va ijtimoiy xarakterga ham egadir.

Shu jihatdan unda adabiyotga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar aks

etadi. Muallif ularning har birini chuqur o‘rganib o‘z asari uchun eng

maqbul bo‘lgan jihatlarni, unsurlarni tanlaydi. Ayni shunday muallif

asari uchun muhim bo‘lgan unsurlardan biri peyzajdir. Peyzaj

adabiyotdagi eng sermahsul badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lib,

badiiy asarlarning deyarli barchasida aniq tamoyillar asosida ma’lum

bir vazifani bajaradi. Zero, muallif o‘z badiiy maqsadini ochiqdan

– ochiq emas, qandaydir badiiy vositalar, shakllar yordamida aks

ettirar ekan, asarning badiiy qimmati yanada oshishiga erishadi.

Peyzajda ijtimoiy, badiiy, umumbashariy maqsadlar muallif tafakkuri

bilan sintezlashgan holda namoyon bo‘ladi. Adabiyotdagi bu tasvir

vositasi muallifning badiiy maqsadini ochishga xizmat qiluvchi

muhim vositalardan biridir. Isajon Sultonning “Navoiy” romanida

1

Shomurotova Charos Ravshan qizi

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

E-pochta:

charosshomurotova9@gmail.com; charosshomurotova@bk.ru

ORCID ID:

0009-0000-4589-2653

IQTIBOS UCHUN:

Shomurotova Ch.R. 2024. “Isajon Sultonning Alisher Navoiy

romanida peyzaj-romanik tafakkur asosi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

2 (2): 117-

131.

117

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)


background image

peyzaj romanik tafakkurning bir qancha jihatlarini o‘zida aks ettiradi.

Eng avvalo, “Navoiy” romani tarixiy xarakterga ega ekanligi bilan

unda peyzajning qo‘llanishi ma’lum bir farqlilikka, ijtimoiy vazifaga

egadir. Boisi muallif o‘z zamonining peyzaj tasvirini yaratishdan ko‘ra

tarixiy muhit peyzajini yaratishda anchayin tarixiy ma’lumotlarni

o‘rganishi, mehnat sarflashi zaruriy vazifadir. Zero, “Tarix hech

kim o‘zgartirolmaydigan haqiqatlar majmuasidir. Yozuvchi uning

o‘xshashini yaratishi mumkin” [Boboyev. 2011. 427].

Shu jihatdan yozuvchi tarixiy muhit peyzajini yaratar ekan,

eng avvalo, tarixiy haqiqatga putur yetkazmasligi lozim. Tarixiy

asar eng avvalo, tarixiy haqiqat ifodasi bo‘lib, muallif tafakkuri

bilan yanada boyib, sayqallanadi, tarix badiiylik kasb etar ekan bu

holatda muallif mahoratiga tayanadi. Shu jihatdan Isajon Sulton

romanda peyzaj va istorizm uyg‘unligiga tayangan holda romanning

butun boshli tuzilishida – sujet, kompozitsiya, mazmun, shakl,

tugunda peyzajni mahorat bilan qo‘llaydi. Aslida “Istorizm har

bir yozuvchida o‘ziga xos, chunki u tarixni o‘zicha, o‘z tajribasi, o‘z

qarashi, o‘z didi, o‘z uslubi, o‘z niyati, o‘z dunyoqarashidan kelib

chiqib aks ettiradi”[Boboyev.2011.427]. “Navoiy” romanida ham

istorizm faqatgina Isajon Sulton tafakkuriga xos bo‘lgan qirralar

bilan namoyon bo‘ladi. Muallif tarixni xolis tasvirlashga intilar

ekan, voqea-hodisalarga muallif sifatida munosabat bildiradi.

Syujet rivojiga muallif ta’siridan chekinishga intiladi. Romanda

garchand muallif bilimi, dunyoqarashi, tafakkur tarzi bo‘y ko‘rsatsa-

da, muallifning voqealar rivojining harakatlantiruvchisiga, qaysidir

ma’noda boshqaruvchisiga aylanishi asarning badiiyatini yo‘qqa

chiqaradi. Shu jihatdan, muallif o‘zi va qahramonlar o‘y-fikrlari,

dunyoqarashini ochib berish uchun peyzajdan foydalanadi.

Asosiy qism

Yozuvchi “Navoiy” romanida peyzajning qo‘llanishini

bosqichli tizimga ajratgan holda ifoda etadi. Uni quyidagicha izchil

tizimga ajratgan holda o‘rganish romanda peyzajning qo‘llanishini

konkret o‘rganish va anglash imkonini yaratadi:

Sarlavhada peyzajning badiiy va ijtimoiy vazifasi;

Peyzaj – syujet rivoji vositasi;

Peyzajning etnik qatlam xususiyatlarini farqlashdagi

ahamiyati;

Peyzaj – qahramon ruhiy olamini aks ettirish vositasi;

Romanda peyzaj va tashbih munosabati;

Peyzaj va jonlantirish san’ati asosida voqelikka kirish va

voqelikka munosabat masalasi.

118

Charos SHOMUROTOVA


background image

Sarlavhada peyzajning badiiy va ijtimoiy vazifasi

Eng avvalo, badiiy asar badiiylik va ijtimoiylik tutashgan

nuqtada vujudga keluvchi hosiladir. Unda bu ikki omilning teng

va proporsional munosabatda bo‘lishi asarning mukammalligini

ta’minlaydi. Bu ikki vositadan birining ortib ketishi asardagi ta’sir

kuchining, yashovchanlikning buzilishiga olib keladi. Keragidan ortiq

ijtimoiylik, keragidan ortiq badiiylik badiiy asar kompozitsiyasining,

mazmuniy kuchining ta’sirini kamaytirib yuboradi. Shu jihatdan

Isajon Sulton asardagi ayni shu muvozanatni saqlash uchun peyzajga

murojaat etadi va buning ifodasi romandagi sarlavhalardayoq

namoyon bo‘ladi. Muallif romanda jami 82 ta sarlavhadan

foydalanadi. Bu sarlavhalarni mazmuni va tuzilishiga ko‘ra

konkret guruhlarga ajratish mumkin. Biz romandagi sarlavhalarni

quyidagicha guruhlarga ajratdik:

1. Kishi nomlari bilan atalgan sarlavhalar

(“Abulxayrxon”,

“Muhammad Shayboniyxon”, “Sayyid Hasan Ardasher”)

;

2. Joy nomlari bilan atalgan sarlavhalar

(“Hiriy. 849-yil”, “Dashti

Qipchoq, “Astrobod”)

;

3. Voqea-hodisa nomlari bilan atalgan sarlavhalar

(“Shoxruz

Mirzoning o‘limi”, “Mashhadda qurbon hayiti”, “Saltanat

to‘fonlari”)

;

4. Asar nomlari bilan atalgan sarlavhalar

(“Badoyu-l vasat”, “Xamsa

quvonchi”, “G‘aroyibu-s-sig‘ar” )

;

5. Peyzaj vositasida hosil qilingan sarlavhalar

(“Hiriyda bir tong”,

“Gul sayli”, “Qizil, sorig‘, yashil...”, “Go‘zal bir oqshom”)

.

“Hiriyda bir tong”, “Gul sayli”, “Qizil, sorig‘, yashil...”, “Go‘zal

bir oqshom” kabi sarlavhalardayoq peyzajning o‘ziga xos belgilari

o‘quvchilar diqqatini o‘ziga tortishi barobarida, asarda peyzajning

ahamiyatini ko‘rsatib berishga ham xizmat qiladi. Ahamiyatli jihati

shundaki, romanda jami 82 ta sarlavha bo‘lib, shu sarlavhalarning

bir qanchasida peyzaj uchraydi. Bundan tashqari sarlavhalarda

ranglarning uchrashi ham qisman bo‘lsada, o‘quvchi yodiga peyzajni

keltirishga xizmat qiladi. Ko‘rinib turganidek, muallif peyzajdan

tizimli shaklda badiiy maqsadni ochib berishda foydalanadi.

Dastavval, sarlavhalarda peyzajdan foydalanish orqali ma’lum

bir badiiy tayyorgarlik yaratadi, peyzajning asardagi o‘rni haqida

o‘quvchida nazariy va badiiy qarashlarni shakllantiradi. Qaysidir

ma’noda sarlavhada peyzajning kelishi ham peyzaj yaratishga

tayyorgarlikdek, peyzajning badiiy kuchini namoyish etishga

harakatdek taassurot uyg‘otadi va muallifning ko‘plab badiiy

asarlarda uchraydigan peyzajga tamomila o‘ziga xos yondashuvini

119

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

ko‘rsatib beradi. Bu sarlavhalar ostidagi romanning qismi to‘laligicha

peyzajning go‘zal namunalariga to‘ldirilgan. Muallif sarlavhadan

peyzajga kirish qilib, shu sarlavha ostidagi qismda peyzajning

betakror namunalarini qo‘llagan holda, badiiyatni yuksaltirish

asosida bir voqeadan ikkinchi voqeaga ravonlik va silliqlik bilan

o‘tib oladi. Tabiatning o‘ziga xos tasviri domiga tushgan kitobxon

syujetning izchilligi, voqealar rivojining tizimliligidan zavqlanadi.

“Tasvirlangan badiiy olamda peyzaj ham muayyan o‘rin

tutadi. Badiiy adabiyotda jonli va jonsiz tabiat manzaralari

tasviriga peyzaj deyiladi. Peyzajning birinchi va oddiy vazifasi

tasvir kechayotgan joyni anglatishdan iborat. Bir qarashda jo‘ngina

ko‘ringan bu vazifaning o‘qirmanga ko‘rsatadigan estetik ta’siriga

nopisand yondashib bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda badiiy asardagi

voqea sodir bo‘lgan joy tasviri syujet rivoji yoki kayfiyat va ruhiy

holat ifodasi uchun katta ahamiyat kasb etadi” [Yo‘ldoshev Q. 2016.

132]. Romanda sarlavhalarni tasniflash jarayonida joy nomlari

bilan bog‘liq sarlavhalarni ham alohida guruhga ajratib chiqdik. Eng

ahamiyatli tomoni shundaki, muallif joy nomlari bilan ham peyzajni

uyg‘unlikda qo‘llaydi, an’ana zamirida novatorlikka intiladi. Bu kabi

holat voqea-hodisa nomlarida ham kuzatiladi.

“Mashhadda qurbon

hayiti”, “Saltanat to‘fonlari”, “Hiyla oqshomi”

kabi juda ko‘plab nomlar

ayni fikrlarimiz tasdig‘idir. Jumladan, asarda “Qizil, sorig‘, yashil...”

sarlavhali qism mavjud bo‘lib, ko‘pchilik kitobxon bu sarlavha

Navoiyning misralariga tegishli ekanini yaxshi anglaydi. Muallif

ayni sarlavhani ochib berish mobaynida g‘azaldagi peyzajga nazar

solishni ham unutmaydi:

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,

Kim esar ul dasht aro har yon qizil, sorig‘, yashil.
Ko‘rinib turganidek, she’rdagi tasvir beqiyos. Yozuvchi

uni yanada aniqroq va soddaroq tarzda tabiatning go‘zal holati

sifatida o‘quvchiga tushuntirib beradi:

“Samum shamolini Taftda

eshitgan bo‘lib, taftliklar uni garmsel, ya’ni qizg‘in shamol deb atar

edilar. Haroratli el jonli ne borki, barini kuydirib-eritib esarmish.

Oh samumi esa qalbdan esmoqda, dunyoni g‘orat aylamoq o‘rniga,

dashtga Iso Masih nafasi kabi jon ato etmoqda, g‘aroyibi shundaki,

go‘yo shamol ham uch xil tusda esmoqda edi”.

Garchand bu tasvirlar

Navoiy tafakkurining mahsuli bo‘lsa-da, yozuvchi o‘z mahoratini

ko‘rsatishda ayni shu peyzajni qahramon ruhiyati bilan bog‘lab

tasvirlaydi. Qahramonning ruhiy dunyosini ayni uning o‘z tilidan

yoritib beradi. Tabiat va inson o‘rtasidagi tutash nuqtani topadi

va o‘zining qahramon ruhiy olamini ochib berish kabi vazifasini

120

Charos SHOMUROTOVA


background image

o‘ziga xos tarzda amalga oshiradi:

“Qizil shamol nechuk bo‘lg‘ay?

Sarig‘i-yu yashili-chi? Olamda unday shamollar mavjud emas, ammo

qalbdan chiqayotgan oh dudining uch tusda bo‘lishi uch xil dard-u

alamdan darak bermasinmi?”

Shu o‘rinda ruhiyat va peyzajning

uyg‘unlashuviga muallif erishganligiga guvoh bo‘lamiz. Peyzaj

asarda muallif badiiy niyati bilan bir qatorda romanik tafakkurni

ham o‘zida aks ettirishga xizmat qilmoqda. Peyzajning asarda

qo‘llanish ketma-ketligiga ahamiayat qaratsak, ma’lum bir izchilikka

guvoh bo‘lamiz. Eng avvalo, sarlavhada peyzajning qo‘llanishi, keyin

syujetga ko‘chishi, shu tariqa tamomila asar tuzilishida, obrazlar

va portretlar shakllanishida ham peyzajning ishtirok etishi aslida

peyzaj bu romanda har doimgi vazifalaridan ham keng qamrovli

vazifa bajarayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Peyzaj – sujet rivoji vositasi

Isajon Sulton uslubiga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlardan

biri syujetda birdaniga kirishsiz voqealarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri

rivojlantirib ketmaydi. Dastaavval, har bir voqelikka kirish qilib,

o‘quvchini ma’lum bir voqelikka tayyorlaydi. Bu o‘rinda kirish

uchun eng maqbul badiiy tasvir vositasi sifatida peyzajdan unumli

foydalanadi. Jumladan, romanning dastlabki satrlariniyoq peyzaj

bilan boshlaydi:

“Tig‘iz o‘tloq uzra yelgan yellar zabtida o‘ynagan

yashil qaboli, qirmizi dastorli yosh toliblarga o‘xshab ketuvchi

qizg‘aldoqlar qatorida oq shoyi gullarini yozgan pechaklar, silliq

uzun bargli yovvoyi arpa, ko‘k gul ochgan yo‘ng‘ichqa, har yer – har

yerda g‘uj o‘sgan beor ajriqlar, uzun poyasi egilib qolgan kurmaklar,

katta yaproqlari sollangan bangidevonalar aro yana o‘zga tur tiriklik

barq urib, hasharotlar vizillab, ninachilar uchib yuradi”.

Romanning

boshidayoq bu kabi yirikkina peyzajning qo‘llanishi, muallifning

tafakkur olamining kengligi asosida kitobxon tafakkurining ham

sokinlashuviga, tiniqlashuviga, asar ichiga xotirjam va o‘ziga xos

ruhiy tayyorgarlik bilan kirishiga sabab bo‘ladi. Aslida asardagi

“Muqaddima” qismi to‘laligicha peyzaj asosiga qurilgan bo‘lib,

Allohning qudratini, hayotning mantig‘ini o‘zida aks ettiradi.

Muallif ayni shu kabi ulkan qarashlar ifodasi uchun ayni peyzajni

tanlaydi. Asarning dastlabki, kirish qismi Allohga, u yaratgan

hayotga shukronalik hissi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ijodkor Allohning

buyukligini, hayotning betakrorligini, inson bo‘lib dunyoga kelish

sharaf va baxtligini ayni peyzaj vositasida tasvir etishga urinadi, bir

so‘z bilan aytganda, fikrlari uchun asos sifatida peyzajni tanlaydi.

Peyzaj “Navoiy” romanida ayni asoslovchi vosita sifatida xizmat

121

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

qiladi. Zero, badiiy asarda syujet rivojida asosga ega bo‘lmagan har

qanday fikr o‘quvchining asardan sovishiga, syujetdagi izchillikning

buzilishiga olib keladi. Zero, “Asarning badiiy ta’sirdorligida

asoslashning ahamiyati katta. Asoslanmagan qiliq, voqea va fikr

(kishi tomonidan aytilgan so‘z) – tasvirning haqqoniyligini buzadi”

[Umurov H. 2002.134]. Syujet rivojida aynan peyzaj asoslovchi

motirovka [Umurov H. 2002.134] vazifasini bajaradi. Ammo

peyzaj sun’iy orttirilgan, majburiy kiritilgan motirovka vazifasini

bajarmasligi lozim. Chunki yozuvchi har gal biror voqelikka kirish

uchun peyzajdan foydalanar ekan, uni takror-takror qo‘llayverishi

bir xillikka olib kelishi, o‘quvchini bezdirib qo‘yish ehtimoli ham

mavjudligini unutmasligi lozim. Peyzaj nafaqat sujetning borishiga

xizmat qilishi, shu qatorida o‘zi ham ma’lum bir badiiy vazifani

bajarishi shart. Zero, “Poetik manzara asarlari ham qalblarga

qo‘shiqday oqib kirishi, fikr uyg‘otishi, go‘zallikka, ezgulikka muhabbat

tug‘dirishi kerak” [Norboyev B. 1997.141]. Ana shu holatdagina

tasvir chinakam peyzaj maqomiga ko‘tariladi. Aks holda u shunchaki

quruq so‘zlardangina iborat, jo‘n tasvir sifatida asarning badiiyatiga

hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi, yoxud salbiy ta’sir o‘tkazadi

xolos. Isajon Sulton romanda ayni shu jihatlarga alohida e’tibor

qaratadi. To‘g‘ri, ba’zan asarda peyzaj nihoyatda ko‘payib ketgandek

ko‘rinadi. Ammo romanning tarixiylik xususiyatini inobatga olgan

holda aytish joizki, muallif ko‘pincha tarixiy muhitni, sharoitni va

vaziyatni ko‘rsatish uchun peyzajga qayta-qayta murojaat qiladi.

Bu holat asarda peyzajning nihoyatda ko‘p uchrashini bir qadar

tushunish imkonini beradi. Asarda “Orazin yopqach...” sarlavhali

qism bo‘lib, ushbu qismning deyarli yetmish foizi peyzaj tasviridan

iborat. Ammo romandagi bola Alisher ruhiyatini ko‘rsatuvchi, uning

shoir sifatida shakllanishining omillarini ochib beruvchi qism ham

ayni shu sarlavha ostidagi fasldir. Bu qismdagi syujet rivoji davomida

Alisherning dunyoga shoirona boqishi, shoirona tafakkurini

ko‘rsatib berish, xususan, bir g‘azalning yaralish tarixini ko‘rsatib

berishni muallif bosh maqsad sifatida belgilaydi va mashhur

“Orazin

yopqach ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur

yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh”

misralarining yaralishini peyzaj

vositasida ochib beradi: “

Boyagina olamga alanga sochgan quyosh

olovi so‘nayozgan, qoq tikkada oppoq lovullagan kun tobora sariqqa

o‘zgarib, nihoyat qirmizi tus olgan, qaragan ko‘zga lovullayotgan

gardishi-yu tegrasidagi qizil alangasi yaqqol ko‘rinardi. Qarshi taraf

ko‘z yetmas olislarga qadar yaslanib ketgan, Cho‘li Iroq sharqi esa

qorong‘ilashgan va quyuqlashgan bu maskanlar tuni qora emas, balki

122

Charos SHOMUROTOVA


background image

ko‘kimtir tusda bo‘lib, u yerda hozirgina bir yulduz ojizona miltiray

boshlagan edi.

Uchqur xayol shu mitti yulduzchani o‘ziga, quyoshni esa volida

bekaga qiyosladi...”

Xuddi shu tariqa syujet liniyasi peyzajga tayangan

holda davom etar ekan, yozuvchi

peyzaj, syujet, ruhiyat

uchligini

yuzaga keltiradi. Bu uchlik izchillikda bir-birini to‘ldirib, badiiy

asar muvaffaqiyatiga xizmat qiladi. Yoshgina qahramonning mitti

yulduzni o‘ziga, quyoshni o‘z onasiga o‘xshatishi muallifning tabiat

haqidagi qarashlari bilan uyg‘unlikda badiiy jozibani kuchaytiradi.

Aslida “Tabiatni poetik tadqiq etayotgan inson undan jamiyatga xos

xususiyatlarni axtaradi, borliqni o‘z hayoti, o‘y kechinmalari bilan

qiyoslaydi, ularning o‘xshashligini ko‘rib hayratlanadi. Har qanday

tabiat manzarasi shunchaki tasvirlanmaydi, bu tasvir asosida

ijodkor qismati, his-tuyg‘ular olami, uning muayyan ijtimoiy-

estetik qarashlari yotadi” [Farmonova M. 1992.18]. Demak, Ayni

shu uchlik zamiriga muallif ruhiyati singib ketganini ham inkor

qila olmaymiz. Zotan g‘azalning o‘zida peyzaj mavjud bo‘lib, muallif

ayni shu peyzajni yaxshi anglagani holda, uni yanada sayqallab,

boyitadi. Natijada peyzaj ham she’rning, ham shoirning, qolaversa,

yozuvchining ham dunyoqarashini, ichki olami va o‘y-fikrlarini ochib

berishga xizmat qiladi.

Asarda syujet chizig‘ining eng muhim qismi peyzajga borib

tutashuvchi o‘rinlar ko‘p uchragani holda, bu muallifning o‘ziga xos

ijodiy uslubidan ham darak beradi deya olamiz.

Peyzajning etnik qatlam xususiyatlarini farqlashdagi

ahamiyati

Tarixiy roman yaratishning murakkab jihatlaridan yana

biri ayni tasvirlanayotgan hududning o‘ziga xosligini, boshqa

hududlardan farqli tomonlarini ochib berish, ayni bir necha

asr oldingi muhitning farqli tomonlarini o‘quvchi ko‘z oldiga

keltirishdan iboratdir. Boisi o‘quvchi bugungi kunga tegishli

zamonaviy roman o‘qisa, muallif Toshkent, Samarqand, Buxoro

deb yozsa, bu hududlarning bugungi kundagi qiyofalarini deyarli

biladi va tasavvur qila olish imkoniga ega. Ammo tarix bu holatdan

mustasno. Tarixiy asar yozayotgan ijodkor tom ma’noda rassom ham

bo‘lishi, o‘zi tasvirlayotgan muhit, hudud, joy qiyofasini so‘z orqali

chiza bilishi lozim. Isajon Sulton ayni shu vaziyatda peyzajning

badiiy imkoniyatidan mahorat bilan foydalanadi. Har bir hududning

tabiatini tasvirlash orqali o‘sha hududga xos bo‘lgan etnik qatlam

hayotini, urf- odatini, madaniyatini ko‘rsatib beradi. Mohiyatan

123

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

“asar shakllanishi jarayonida yozuvchi ilhom bilan mehnat

qiladi. Dastlabki ko‘tarinki holat keyinroq tartibga tushadi, ijodiy

xayollarning parvozi asta-sekin tiniqlashadi. Yozuvchining talant

kuchi, diqqati, butun borlig‘i bir markazga to‘planadi” [Umurov H.

2001.68]. Isajon Sultonning talant kuchi ayni shu peyzajni qo‘llashda

tiniq va konkret namoyon bo‘ladi. Peyzaj muallif ijodiy xayollarining

tartibli ravishda yuzaga chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yozuvchi badiiy maqsadining izchil aks etishida peyzaj eng muhim

badiiy tasvir vositasi sifatida aks etadi. Romanda birinchi navbatda

tasvirlanayotgan etnik qatlamning hayot tarzini aks ettiradi:

“Yo‘llarda uchragan hovlilarning tegrasi ochiq-yaydoq, har birida

tandirlari ko‘rinib turar, ularning og‘zi tepaga qarab qurilgan ekan.

Hiriy tandirlari yotiq bo‘lguvchi edi. Shuningdek, bog‘-u bog‘chalar

tegrasi o‘ralmas ekan, bu Movarounnahr kishilarining keng tabiatidan,

dashtu cho‘l kishilarining ochiq fe’l-xo‘yidan darak berardi ”.

Ko‘rinib

turibdiki, peyzajda tasvirlanayotgan etnik qatlamning nafaqat hayot

tarzi, qolaversa, ichki olami, tarbiyasi ham aks etmoqda. Bu o‘rinda

muallifning peyzajni naqadar keng qamrovli tarzda qo‘llaganiga

guvoh bo‘lamiz. Hirotning yana bir tasvirida ayni shu hududning

o‘ziga xos iqlimini o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantiradi:

Hiriy tabiati

shundoqki, har safar ko‘hsordan yoqimli salqin shabada esadi. Kun

qiziganda tek qolib, shom salqinida kentning qizg‘in havosini yana tog‘

etaklariga surib ketadi.

Yozuvchi har bir hududga xos bo‘lgan peyzaj

tasvirini yaratadi. Bu orqali har bir hududning, etnik qatlamning

tabiati, yashash tarzi, xarakteridagi farqli va o‘xshash tomonlarga

ham e’tibor qaratib o‘tadi. Asarni o‘qish mobaynida o‘quvchi o‘z-

o‘zidan hududiy farqni, etnik xilma-xillikni, tabiatning o‘ziga xos

qirralarini yaqqol anglay oladi. Muallif birgina peyzaj vositasida

ayni shu kabi bir necha maqsadli usullarda badiiy o‘ziga xoslikni

namoyish etadi.

Asarda Alisherning oilasi bilan Iroqqa ko‘chish voqeasi

uchraydi. Bu syujetning ahamiyatli jihati shundaki, juda ko‘plab

ijodkorlar ayni shu voqeaga murojaat qiladilar va ayni shu jarayonni

o‘z asarlari tarkibigi ma’lum voqelik sifatida kiritadilar. Shu sabab

ham ayni shu syujet eng murakkab syujet liniyasini hosil qiladi

deyish mumkin, boisi ma’lum bir ijodkorlarda uchraydigan syujetni

tasvirlash, ayni bir xil voqelikka yangi ruh, yangi badiiylik, yangi bir

hayot bag‘ishlash chinakam badiiy iste’dodni talab etadi. Bu o‘rinda

muallifning mahoratini manfiy yoki musbat bahoda baholash

imkoni tug‘iladi. Isajon Sulton ayni shu syujetni yoritish jarayonida

faqat o‘zigagina xos bo‘lgan badiiy vositani izlaganini asarni o‘qish

124

Charos SHOMUROTOVA


background image

jarayonida anglash mumkin. Peyzaj ayni shu badiiy vosita vazifasida

keladi. Peyzajning ham qo‘llanishida

tazodli peyzajdan

foydalanadi.

Ya’ni, hirot va Xurosonning tabiatini Iroqning tabiatiga zidlagan

holda, nafaqat hududiy farqni, qolaversa, qahramonlar qalbidan

kechayotgan tuyg‘ularning zalvorini, ular ko‘nglidan o‘tayotgan

iztiroblarning naqadar cho‘ngligini ko‘rsatib beradi. Xuroson va

Hirotning soya-salqin tabiatidan so‘ng yozuvchi Iroq tabiatini

tasvirlashga kirishadi: “

Iroq sahrosi toshli-qumli bo‘lib, ba’zi joylarida

shamol zabtida taram-taram shakl olgan sariq qumloqlar uchrardi.

Bu qum sal shabadada ko‘chib, suv kabi oqar, namni o‘zida tutmas

ekan. Sug‘urlar imillab borayotan karvonga qarab tek turishadi,

karvon yaqinlashganida to‘satdan g‘oyib bo‘lishadi”.

Aslida issiq

havoda ko‘tarilayotgan Iroqning issiq, qumli havosi o‘z yurtidan

olisga majburan ketayotgan qahramonlarning qalbida ko‘tarilgan

isyonga, ichini kuydirayotgan olovga muvofiq keladi. sinchkov

kitobxon bir qarashdayoq tabiatning bu kabi tasviri ostida nafaqat

etnik, hududiy farqni, jumladan, obrazlar ichidagi g‘alayonni,

ruhiyatdagi evrilishlarni ham yaxshi ilg‘ay oladi. Zero, Yozuvchi

hatto o‘z zamonasidan uzoq o‘tmish materialiga murojaat etganida

ham o‘z asarining mazmunini salmoqdor etishga, uni zamondoshlar

uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muammolar bilan bog‘lashga intiladi”

[ Sultonov I. 2005. 67]. Ayni shu fikrlardan kelib chiqib, Isajon Sulton

tazodli peyzajdan nafaqat etnik hududning farqini, qolaversa, ichki

olam, ijtimoiy muhit kabi tushunchalarni istifoda etishda ham badiiy

vosita sifatida foydalana olgan. Peyzaj muallifning keng qamrovli

maqsadlarini ochib berishda tanlangan eng maqbul badiiy tasvir

vositasidir.

Peyzaj – qahramon ruhiy olamini aks ettirish vositasi

Badiiy adabiyot qahramon ruhiy olamini aks ettirishi jihatidan

san’atning barcha turlaridan ko‘ra kuchliroq va ta’sirchanlikka

ega ekanligi bilan ahamiyatli. Asarda qahramonning ruhiy holatini

ifodalash uchun yozuvchi bir qancha badiiy unsurlardan foydalanadi.

Portret, xarakter, diolog, monolog, peyzaj – bularning barchasi

qahramon ichki olamini, o‘y-xayollarini, ruhiy iztirob-u shodliklarini

ochib berishga xizmat qilishi mumkin. Muallif ayni shularning

biri yoki bir nechtasiga tayangan holda obrazning ruhiyatini

chizadi, ruhiy olamni hosil qiladi. Zero, asarning chinakam kuchi

uning obrazlardagi ruhiy kuchini ko‘rsata olishi bilan belgilanadi.

O‘quvchi qahramonni qachonki to‘la his qila olsagina, badiiy

adabiyotning kuchi namoyon bo‘ladi. Asar obrazlarning ruhiy

125

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

olamini tasvirlashdan chekinish imkoniga ega emas. Zero, asarning

emotsionalligini badiiy qahramonlarning tuyg‘ulari qay darajada

o‘quvchiga ko‘chishi ko‘rsatib beradi Navoiy nafaqat o‘z davrining,

qolaversa, barcha davrlarning dahosi. Navoiyning o‘z tilidan

aytilgan so‘zlari fikrimiz tasdig‘idir: “Qirq yilga yaqindirki, olam

mamlakatlari fozillari va komillarining ulug‘ shahri va ilmiy markazi

Xuroson yurtining barcha nazm ahli, shoirlari va muhtaram fasohat

ahli qog‘oz yuziga qanday ma’no bilan oroyish va qaysi so‘zlar bilan

daftarlar yuzlarini bezab, namoyish qilmoqchi bo‘lsalar, men faqir

suhbatig‘a yetkazdilar va bu zaifga ma’qullatib, o‘z asarlari nuqsu

qusurlari islohini so‘radilar”.[A.Navoiy.2014.106] Shu jihatdan uni

anglash va anglatish murakkab jarayon. Roman mutolaasi asnosida

yozuvchining nafaqat anglatishga, shu jumladan anglashga ham

intilayotganini ko‘rish mumkin. Boisi, Navoiy haqida asar yozish

birgina shaxs haqida emas, butun bir davr, butun bir jamiyat,

butun bir xalq haqida yozish demakdir. Aslini olib qaraganda ham

“Istorizm (tarixiylik) inson qiyofasida tarixning umumiy ahvolini,

mazmun va mohiyatini, ikir-chikirlarsiz yoritishini, hayotni harakat

va taraqqiyotda, muhim yo‘nalishini tanlab olish orqali ko‘rsatishni

nazarda tutadi. Unda tarixiy tomon, shaxsga oid istorizm muqim,

shu bilan birga, shaxs xalq vakili sifatida ko‘rinadi” [Boboyev T.2011.

426].

Asar davomida

Navoiy o‘y-xayollar, fikrlar girdobida

tasvirlanadi. Uning bolalik lahzalaridan boshlab dunyoga hech

kim ilg‘amaydigan teran nigoh bilan boqishini muallif peyzajdan

foydalanib yoritadi. Zero, bola Alisher atrofdagi, tabiatdagi hech

kim e’tibor qaratmagan go‘zallikni, falsafani ilg‘aydi, topadi.

Isajon Sulton Navoiyning shoirlik dunyosini tabiat va o‘y-xayollar

uyg‘unligidagi ruhiy olami asnosida ochib berishga intiladi:

“Irmoq

kumush tomchilarni sachratib oqardi. Alisher tevarakni tomosha

qilar ekan, ko‘z o‘ngida bir kichik qurt pilla o‘rayotganini ko‘rdi.

Sal narida esa sallasini boshida ko‘tarib qirmizi-yu sariq gullar

tizilishibdi. Bularni zavq ila tomosha qila-qila bog‘ chetiga kelgan

edi, qarshidagi yaydoqlik va undan so‘ng yastanib ketgan oxiri yo‘q

cho‘l uzra quyosh botayotganining bahaybat manzarasi qarshisida

qoldi”.

Bola Alisherning borliqni bu qadar teran anglashini muallif

yaratgan peyzaj tasviri orqali anglash imkoni tug‘iladi. Tabiatning

bu kabi betakror tasviri aslida qahramonning hech kimnikiga

o‘xshamagan ruhiy olamini ochib berishga yordam beradi. Yozuvchi

bu o‘rinda peyzajni obraz ruhiyatini ochib beruvchi vosita sifatida

qo‘llaydi. Peyzajning ruhiyatni ochib berishi xususida Q.Yo‘ldoshev

126

Charos SHOMUROTOVA


background image

alohida to‘xtalib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Badiiy asarda

tabiat tasvirining yana bir muhim jihati voqea kechgan joyni

ko‘rsatish orqali sezilarsiz ravishda u yoki bu personaj xarakterining

shakllanish omillariga ishora qilishdan iboratdir. Ko‘pincha tabiat

va uning ko‘rinishlariga munosabat muayyan adabiy timsolning

muhim ma’naviy qirralarini namoyon qiladi” [Yo‘ldoshev Q.

2016.132]. Romanda Alisher Navoiy ruhiyatidagi eng nozik qirralar:

anduh, shodlik, faylasuflik, nozik didlilik, fasohat – hammasi peyzaj

yordamida aniqlashtiriladi. Navoiy ruhiyatidagi tabiatga oshiqlik

uning shoir yuragini anglashga, his etishga imkon yaratadi. U

she’riyati uchun ham tabiat nafosatidan bahra oladi. isajon Sulton

romanda ayni shu jarayonlarga urg‘u berishga harakat qiladi.

Aslini olib qaraganda: “Tabiatning go‘zalligiga mahliyolik yoki unga

befarqlik personaj tabiatidagi manfiy yoxud musbat jihatlar haqida

ilk tasavvur uyg‘otadi. Badiiy asarda obrazning tabiatga munosabati

uning o‘z tabiatidagi qanday yetakchi ma’naviy xususiyatlarni

anglatishi tasvir davomida aniqlanadi” [Yo‘ldoshev Q. 2016.132].

Asardagi eng ahamiyatli jihat shundaki, peyzaj nafaqat yakka

bir obrazning xarakterini, ruhiyatini, balki butun boshli jamiyat,

omma kayfiyatini ham ochib berishga yordam beradi. Bu o‘rinda

muallif peyzajni nihoyatda keng qamrovli badiiy tasvir vositasiga

aylantirganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Hazrat Navoiyning

vafotidan keyingi holat peyzaj vositasida shunday tasvirlanadi:

“Ertasi kuni quyosh podshohi azadorlar kabi osmonning ko‘k kiyimini

kiyib, yulduzlar to‘dasi odamlarning ko‘zyoshi kabi to‘kilib ketgach,

vafodor Sohibqiron ham mag‘firat yo‘lida bo‘lgan Mir Alisher

Navoiyning uyida azadorlik o‘rnini egalladi.”

Bu o‘rinda yozuvchi

Navoiyning vafoti ulkan bir og‘riq ekanini, butun boshli tabiat

bilan bog‘lagan holda tasvir etmoqda. Bu tasvir uslubi o‘z-o‘zidan

voqeaning ko‘lami naqadar yirikligini anglashga yordam beradi.

Yoxud asarda Astrobod tasvirining peyzaj orqali berilishi

alohida e’tiborga molik:

“Astrobod kuzida dafna, norinj og‘ochlari

yam-yashil turaverar, ammo xurmolar sarg‘ayar, anorlar-u noklar,

olmalar biri qizil, biri sariq yetilib, oltinga burkanar, qizil, sorig‘,

yashil to‘foni shu maskanlarda ham jo‘sh urardi”.

bu tasvir Astrobod

go‘zalligi asnosida Hazrat Navoiyning

“Xil’atin to aylamish jonon

qizil, sorig‘, yashil”

kabi misralarini yodga solar ekan, muallifning

bir badiiy maqsadni ochib berish asnosida yana bir boshqa badiiy

maqsadga erishganiga ham guvoh bo‘lamiz. Adabiyotshunos olim

A. Erkinov “Bahor manzarasi qalamga olinar ekan, albatta, unga xos

eng asosiy ranglar tasvir doirasida turishi lozim. Zero, rangni his

127

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

etish umuman, estetik hissiyotning ommalashgan shaklidir”[Erkinov

A. 1988. 36], – deb yozadi. Navoiy romani orqali esa ushbu fikrlar

nihoyatda to‘g‘riligi asnosida bu fikrlar nafaqat lirikaga, bahor

fasliga, qolaversa, nasrga va hatto kuzga ham taalluqli ekaniga guvoh

bo‘lamiz.

Yozuvchi peyzaj orqali obrazlar ruhiy olamini chuqur

ochib berish barobarida, o‘quvchida ham ayni shu ruhiy holatni

hosil qilishga erishadi. Natijada badiiy asarda obraz va o‘quvchi

o‘rtasida ruhiy uyg‘unlik, yaqinlik yuzaga kela boshlaydi va asarning

ta’sirchanligi yanada oshadi.

Romanda peyzaj va tashbeh munosabati

“Navoiy” romanida peyzaj va tashbeh mutanosibligi o‘ziga

xos tarzda estetik vazifa bajaradi. Muallif peyzajni tashbehlardan

foydalangan holda qaysidir ma’noda “ziynatlash”ga erishadi. Aslida

peyzajning o‘zi asarni ziynatlovchi vositadir. Tashbehlarga tayangan

holda peyzajni yanada badiiyroq va mukammalroq qilish Isajon

Sulton uslubiga xos yangilik deyish ham mumkin. Zero, tabiat va

o‘xshatishlar asnosida yaratilgan badiiy asarning ta’sirchanligi ham

shu qadar yuqori bo‘lishini ta’kidlash joiz. “Klassik adabiyotda oshiq

o‘z sevikli yorining go‘zalligini ta’rif etganida uning yuzini gulga,

sochini sunbul – qora xushbo‘y mushkka, labini la’lga, g‘unchaga

o‘xshatish ko‘p jihatdan an’anaviydir. Lekin buning aksi tabiat

tasvirini yaratishda jamiyatga xos narsalarga tabiat jismlarini

o‘xshatish ham uchraydi. Bundan maqsad tabiat manzarasini

o‘quvchi ko‘zi oldida yaqqolroq gavdalantirish, inson madaniy

hayotiga oid voqea, narsalar yordamida tabiat tasviri ta’sirini

oshirishdir ”[Erkinov A. 1988. 36]. Xuddi shu tariqa asarda tabiat

tasviri ta’sirchanlikni oshishiga xizmat qiladi va shu bilan birga

tashbehlardan o‘z o‘rnida foydalanish tabiat tasvirining yanada

jonliroq va betakror ifodalanishiga yordam beradi.

“Tog‘ yonbag‘ri

bir inson ko‘ksi o‘laroq yaslanmish, ishq otashida kuygan qalb esa

sahroning o‘zginasi”.

Bu tasvir beixtiyor ko‘z oldimizga o‘ziga xos

manzarani gavdalantiradi. Qip-qizil lolalar egallagan tog‘ g‘am –

anduhlardan qon bo‘lgan bag‘irga mengzalsa, sahro esa tafti, issiqligi

jihatidan ishq otashida olovlanayotgan qalbga qiyos etiladi. Albatta,

shoirona tashbeh. Romanda bu kabi o‘xshatishlarning aks etishi va

eng ahamiyatlisi, peyzaj bilan uyg‘unlashtirilgan holda ifodalanishi

“Navoiy” romanigagina xos bo‘lgan romanik tafakkur mahsulidir.

To‘g‘ri, romanda peyzaj nihoyatda yetakchilik qiluvchi badiiy tasvir

vositasidir. Bu holat ba’zan sun’iylikni yuzaga keltirgandek bo‘ladi.

128

Charos SHOMUROTOVA


background image

Ammo romanda uchrovchi ayni yuqoridagi kabi peyzaj tasvirlari

yozuvchining o‘ziga xos mahoratini namoyish etadi.

Peyzaj va jonlantirish san’ati asnosida voqelikka kirish

va voqelikka munosabat masalasi

Isajon Sulton peyzajdan badiiy maqsadini ochish uchun

foydalanar ekan, o‘rni kelsa tabiatni jonlantirib, o‘ziga xos peyzaj

tasviri yaratadi va bu tasvir usulidan biror voqelikka kirish yoxud

biror voqelikka munosabat bildirish uchun foydalanadi. Asardagi:

“Sho‘r shamol to‘nlarni, salla pechlarini yulqilab...”, “sahar shamoli

bulutlarni supurib, samoni quyosh chiqishiga tayyorlab qo‘ygan

mahali...”, “Hiriy deyilgan sho‘rpeshana nozanin boshiga yana qora

bulutlar to‘plana boshladi”

. Muallif bu kabi jonlantirilgan tabiat

tasvirini bergach asl voqelikka kirishni boshlaydi yoxud biror

hodisaga munosabat bildiradi. Bu kabi usul asardagi voqelikni

o‘ziga xos yoritish asnosida, badiiylikni va pafosni ham ta’minlashga

xizmat qiladi. Asardagi ko‘pgina tabiat tasvirlarini berishda, tashbeh

va tashxislarda yozuvchi Hazrat Navoiyning o‘ziga ham tayanadiki,

bu holat uning Navoiy ijodiy merosidan ham yaxshigina bahramand

ekanligini ko‘rsatadi. Zero, “Adabiyotimizning barcha yetuk vakillari

Navoiy ijodidan va adabiy-estetetik saboqlaridan oziqlanmagan,

ta’sirlanmagan va ilhomlanmagan deyish bamisoli ular quyosh

nuridan bahramand bo‘lmagan deyishdek anoyilik bo‘lardi. Ko‘p

asrli turkiy xalqlar adabiyotining mustahkam zaminiga aylangan bu

ulkan g‘oyaviy-estetik haqiqatni ko‘z oldimizga keltirish uchun bir –

ikki misol kifoya” [Qosimov U. 2020. 18].

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, romanda peyzaj bir qancha

muhim vazifalarni bajarishga xizmat qiladi:

• peyzaj muallif badiiy maqsadini ochib beruvchi vosita;

• Peyzaj yakka obraz yoki butun omma kayfiyatini ochib

beruvchi vosita;

• Peyzaj syujet liniyasini bog‘lovchi vosita;

• Peyzaj ruhiyat ifodalovchi tasvir vositasi;

• Peyzaj asar uslubini ziynatlovchi unsur (O‘xshatishlar,

sarlavhalar va h.z.larning peyzaj orqali ifodalanishi).

Qolaversa, asarni chuqurroq tahlil etaversa, peyzajning yana

bizning nazarimizdan chetda qolgan bir qancha jihatlari borki, bu

holat romanning badiiyati mukammalligi asnosida, asarda peyzaj

yaratish mahoratining yuksak darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.

129

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi


background image

130

Adabiyotlar

To‘xta Boboyev. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 362.

To‘xta Boboyev. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 427.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132

Hotam Umurov. 2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134

Hotam Umurov. 2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134

Norboyev B. 1997. Kurashchan she’riyat. Toshkent. 141

Farmonova M. 1992. 80-yillar lirikasida tabiat va inson konsepsiyasi.

Dissertatsiya. Toshkent. 18.

Hotam Umurov. 2001. Badiiy ijod asoslari Toshkent. O‘zbekiston. 68.

IzzatSultonov. 2005. Adabiyot nazariyasi. Toshkent O‘qituvchi. 67.

Alisher Navoiy. 2014. Muhokamat-ul lug‘atayn. Toshkent. Tafakkur. 106.

To‘xta Boboyev. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 426.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132.

Aftondil Erkinov. 1988. Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent. Fan. 36.

Aftondil Erkinov. 1988. Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent Fan. 36.

Qosimov U. 2020. Adabiy-estetik tafakkur tadriji: An’anaviylik, vorisiylik,

o‘ziga xoslik. Filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiya.

Avtoreferati. Toshkent. 18.

Жабборов, Нурбой. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Rasulova, U. (2023, November). Nasriy asar badiiyati. In

Konferensiyalar|

Conferences

(Vol. 1, No. 1, pp. 191-195).

Расулова, У. (2020). Сущность сатириcтического образа.

Иностранная

филология: язык, литература, образование

, (2 (75)), 36-40.

In Isajon Sulton novel Alisher Navoi, landscape

is the basis of romanesque thinking

Shomurotova Charos

1

Abstract

When we analyze any work, the elements that directly reveal the

plot of the work gain great importance. Awards landscape has a wideranging

1

Shomurotova Charos Ravshan qizi

– Independent researcher Alisher Navo‘i

Tashkent State University of uzbek language and literature.

E-mail: :

charosshomurotova9@gmail.com; charosshomurotova@bk.ru

ORCID ID:

0009-0000-4589-2653

For citation:

Shomuratova, Ch. 2024. “In Isajon Sulton novel Alisher Navoi,

landscape is the basis of romanesque thinking”.

Uzbekistan: Language and Culture.

2(2): 117-131.

Charos SHOMUROTOVA


background image

131

role, because from the introduction of each work, the events of social life,

nature and the life of characters are revealed in a certain sense through the

landscape. In fiction, the landscape is not only limited to the lines of nature,

but also plays an important role in the development of the plot, revealing

the spirit of the era. In this article, we analyzed the landscape in Isajon

Sulton’s novel “Alisher Navoiy” by dividing it into several systems.

Key words:

novel, title, landscape, historicity, literature, author’s

thinking, historical truth, hero‘s mentality.

References

To‘xta Boboyev. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 362.

To‘xta Boboyev 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 427.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132.

Hotam Umurov. 2002Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134.

Hotam Umurov.2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134.

Norboyev B. 1997.Kurashchan she’riyat. Toshkent. 141

Farmonova M. 1992.80-yillar lirikasida tabiat a inson konsepsiyasi.

Dissertatsiya. Toshkent.18

Hotam Umurov .2001.Badiiy ijod asoslari Toshkent. O‘zbekiston. 68.

IzzatSultonov. 2005. Adabiyot nazariyasi. Toshkent O‘qituvchi. 67.

Alisher Navoiy. 2014. Muhokamat-ul lug‘atayn. Toshkent. Tafakkur. 106.

To‘xta Boboyev. 2011. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning

maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 426.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016.Badiiy tahli asoslari. Toshkent. 132.

Qozoqboy Yo‘ldoshev. 2016.Badiiy tahli asoslari. Toshkent. 132.

Aftondil Erkinov. 1988.Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent. Fan. 36.

Aftondil Erkinov.1988.Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent Fan. 36.

Qosimov U. 2020. Adabiy-estetik tafakkur tadriji:An’anaviylik, vorisiylik,

o‘ziga xoslik. Filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiya.

Avtoreferati. Toshkent.18

Жабборов, Нурбой. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Rasulova, U. (2023, November). Nasriy asar badiiyati. In

Konferensiyalar|

Conferences

(Vol. 1, No. 1, pp. 191-195).

Расулова, У. (2020). Сущность сатириcтического образа.

Иностранная

филология: язык, литература, образование

, (2 (75)), 36-40.

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi

Библиографические ссылки

To'xta Boboyev. 2011. O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 362.

To'xta Boboyev. 2011. O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 427.

Qozoqboy Yo'ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132

Hotam Umurov. 2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134

Hotam Umurov. 2002. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq. 134

Norboyev B. 1997. Kurashchan she’riyat. Toshkent. 141

Farmonova M. 1992. 80-yillar lirikasida tabiat va inson konsepsiyasi. Dissertatsiya. Toshkent. 18.

Hotam Umurov. 2001. Badiiy ijod asoslari Toshkent. O'zbekiston. 68.

IzzatSultonov. 2005. Adabiyot nazariyasi. Toshkent O'qituvchi. 67.

Alisher Navoiy. 2014. Muhokamat-ul lug'atayn. Toshkent. Tafakkur. 106.

To'xta Boboyev. 2011. O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. Toshkent. Yangi asr avlodi. 426.

Qozoqboy Yo'ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132.

Qozoqboy Yo'ldoshev. 2016. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 132.

Aftondil Erkinov. 1988. Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent. Fan. 36.

Aftondil Erkinov. 1988. Navoiy peyzaj ustasi. Toshkent Fan. 36.

Qosimov U. 2020. Adabiy-estetik tafakkur tadriji: An'anaviylik, vorisiylik, o'ziga xoslik. Filologiya fanlari bo'yicha doktorlik dissertatsiya. Avtoreferati. Toshkent. 18.

Жабборов, Нурбой. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т: Маънавият.

Rasulova, U. (2023, November). Nasriy asar badiiyati. In Konferensiyalar/ Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 191-195).

Расулова, У. (2020). Сушность сатиристического образа. Иностранная филология:язь!к,литература, образование, (2 (75)), 36-40.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов