Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
21-40
0
0
Поделиться
Дехконов, А. (2024). Xo‘jandiy “Latofatnoma”si. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 21–40. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp21-40
Акромжон Дехконов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Филология, название дисциплины, доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xo'jandiy XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab o'tgan iste’dodli o'zbek shoirlaridan biridir. Undan bizga masnaviy yo'lida yozilgan "Latofatnoma" dostoni yetib kelgan. Shoirning hayoti, yashagan davri, asarlari haqida bizga hech qanday ma'Iumotlar yetib kelmagan. Dunyo qo'lyozma fondlarida ushbu dostonning 5 ta qo'lyozma nusxasi aniqlangan:


background image

ISSN 2181-922X 21

40

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Akromjon Dehqonov

1

Xo‘jandiy XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi

choragida yashab o‘tgan iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biridir. Undan

bizga masnaviy yo‘lida yozilgan “Latofatnoma” dostoni yetib kelgan.

Shoirning hayoti, yashagan davri, asarlari haqida bizga hech qanday

ma’lumotlar yetib kelmagan. Dunyo qo‘lyozma fondlarida ushbu

dostonning 5 ta qo‘lyozma nusxasi aniqlangan:

1. Qobul nusxasi. 893/1488-yilda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan.

Qobul muzeyining kutubxonasida saqlangan. NATO qo‘shinlari

Qobulni bombardimon qilgan vaqtda Qobul Milliy muzeyidagi

boshqa qo‘lyozmalar bilan birga yonib ketgan. 313 baytdan iborat.

2. Istanbul Millat kutubxonasida “Latofatnoma”ning ikkita

qo‘lyozmasi mavjud. Ikkalasi ham arab yozuvida, nasta’liq xatida

yozilgan.

Birinchi qo‘lyozmada doston matni Qur’onga yozilgan

sharhning hoshiyasiga yozilgan. Doston matni 91-98

a

varaqlarda

joylashgan. Bu qo‘lyozmada doston matni 296 baytdan iborat.

Ko‘chirilgan yili ko‘rsatilmagan.

3. Istanbul Millat kutubxonasidagi ikkinchi qo‘lyozma ham

birinchi qo‘lyozmadan ko‘chirilgan.

4. London nusxasi. Bu qo‘lyozmada “Latofatnoma” dostoni

o‘zbek adabiyotining boshqa namunalari – “Muhabbatnoma”,

“Gul va Navro‘z”, “Dahnoma”, Lutfiy “Devon”i, “Maxzanul-asror”,

Yaqiniy “Munozara”si kabi asarlar bilan bir muqovada jamlangan.

“Latofatnoma” qo‘lyozmaning 142

b

-157

b

-varaqlarida joylashgan.

Qo‘lyozma 914/1509-yilda ko‘chirilgan. Doston matni qo‘lyozmada

323 baytdan iborat. Arab yozuvida, nasta’liq xatida yozilgan.

5. Kanada nusxasi. Bu qo‘lyozma Kanada muzeyining

professor Elizar Birnbaum kolleksiyasida saqlanadi. “Latofatnoma”

qo‘lyozmaning 14

a

-24

b

-betlarida joylashgan. Arab yozuvida, nasta’liq

xatida yozilgan. Qo‘lyozmada doston matni 313 baytni tashkil qilgan.

1

Dehqonov Akramjon Qodirovich

– filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

dehqonovakromjon@navoiy-uni.uz; dehqonov1967@mail.com

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

Iqtibos uchun:

Dehqonov, A. Q. 2024. “Xo‘jandiy “Latofatnoma”si".

O‘zbekiston: til

va madaniyat

2 (2): 21–40.

21

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)


background image

“Latofatnoma” turkiy tilda yuksak badiiy mahorat bilan

yozilgan asar bo‘lib, ko‘plab dunyo olimlarining e’tiborini tortgan.

To‘rxon Gandjai, Oisha Gul Sertqoya, Elizar Birnbaum, E.N.Najip,

Usmon Sertqoya, E.Shodiyev, V.Rahmonov, E.Fozilov kabi chet el va

o‘zbek olimlari “Latofatnoma” bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan.

Ushbu tadqiqotlar ichida atoqli o‘zbek olimi, akademik

Ergash Fozilovning ishlari alohida o‘rin egallaydi. E.Fozilov

dastlab 1976-yilda “Latofatnoma” asari bo‘yicha yirik monografik

tadqiqotni amalga oshirdi. U doston matnini ilmiy transkripsiyada

nashrga tayyorlab, unga batafsil muqaddima yozdi, doston matnini

baytma-bayt nasriy bayonini rus tilida e’lon qildi, unga glossariy

va grammatik ko‘rsatkichlar tuzib, 1976-yilda nashr ettirdi. Ushbu

nashrda doston matni 313 baytdan iborat.

Oradan 32 yil o‘tgach, 2009-yilda Ergash Fozilov yana

doston ustidagi yangi tadqiqotlarini e’lon qildi. Bu tadqiqotida olim

“Latofatnoma” dostoni Qobul nusxasining transkripsiyasini, doston

bo‘yicha tadqiqot-muqaddima maqolani, asarning baytma-bayt

nasriy bayonini, glossariy va grammatik ko‘rsatkichlarni va doston

qo‘lyozmalarining beshala nusxasining ham faksimil nashrini hamda

asarning qiyosiy ilmiy-tanqidiy matnini e’lon qildi. Ilmiy-tanqidiy

matnda doston hajmi 341 baytni tashkil etgan. Akademik Ergash

Fozilov “Latofatnoma” dostoni qo‘lyozmalarining faksimilini nashr

etish bilan ushbu noyob asar matni ustida olib boriladigan yangi

tadqiqotlar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Biz ushbu o‘rinda Ergash Fozilov nashr ettirgan qiyosiy ilmiy-

tanqidiy matnni joriy alifboda nashrga tayyorlab e’lon qilmoqdamiz.

Latofatnoma

1.

Sano qodirg‘akim, jon berdi bizga,

Inoyat qildi – imon berdi bizga.

2.

Yaratg‘on odamu jinnu malakni,

To‘ratg‘on Arshu Kursiyyu falakni.

3.

Shajarga xil’ati navro‘ziy bergan,

Qamuq xalqi jahonga ro‘zi bergan,

4.

To‘quz aflokni tutg‘an muallaq,

Yeti qat yerni ham qilg‘on mutabbaq,

5.

Xudovandekim ul olam yaratti,

Maniy sudin bani odam yaratti.

6.

Chaman qushlarin ingratur saharda,

Tugal ne’mat berur shoxi shajarda.

7.

Bulutlarni havo uzra yurutur,

22

Akromjon DEHQONOV


background image

Susuzluqtin sadaf og‘zin qurutur.

8.

Yaratti tash ichinda la’lu yoqut,

Pariu odamiga ul berur qut.

9.

Qamishdin qandu shakkar, aridin bal

To‘ratti qudratindin shahdu xanzal.

10.

Biraguni qilur ne’mat bila bay,

Yana birni tunu kun nolau vay.

11.

Biraguni oqub farzona qildi,

Yana birni qavub begona qildi.

12.

Qilur Odamni qudsilarga masjud,

Azozilni qilur mal’unu mardud.

13.

Berur Nuh qavmiga to‘fon balosin,

Kiyurub Nuhga izzat palosin.

14.

Xalilga o‘t ichinda berdi bo‘ston,

Dag‘i Namrud o‘tin qildi guliston.

15.

Berur Ya’qubga Yusuf firoqin,

Sug‘arur ishtiyoqinda qaroqin.

16.

Qilur mahbus Yusufni quduqda,

Yana qul deb satarlar har qapuqda.

17.

Sulaymonga qilur yelni musaxxar,

Bo‘lur Dovud shavqinda zirihgar.

18.

Oshiqlarga berur javru jafoni,

Qilur sarvar Muhammad Mustafoni.

19.

Ilohi, jumlaning sirrin bilursen,

Yetar erking, nekim qilsang qilursen.

20.

Xudoyo, ko‘nglum ichra ishq o‘tin yoq,

Xo‘jandiy xastaga lutfung bila boq.

21.

Muhabbat jomidin sahbo ichurgil,

Xato ishlar telim qildim, kechurgil.

22.

Ilohi, sen meni jondin ayirma,

Aziz jonimni imondin ayirma.

Na’ti Muhammad Mustafa alayhis-salom

23.

Durud ul ma’dani sidqu safog‘a,

Habibulloh – Muhammad Mustafog‘a.

24.

So‘kal bo‘lg‘an ko‘ngullarning tabibi,

Shariat ravzasining andalibi.

25.

Muhammad – ishq ganjina amin ul,

Muhammad rahmatan lil-olamin ul.

26.

Muhammad anbiyoning sarvaridur,

Muhammad avliyoning rahbaridur.

23

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si


background image

27.

Muhammad ul kim aydi Haq taolo:

“Fakana qoba qavsayni av adno”.

28.

Zihi sultoni dorul mulki aflok,

Ug‘an berdi sanga tashrifi “lavlok”.

29.

Qamuq olamini imonga o‘qudi,

Jahon gurbizlarin yerga toqudi.

30.

Idi hukmi bila ko‘rguzdi mo‘jiz,

Arab kofirlarini qildi ojiz.

31.

Ishorat birla oyni pora qildi,

Jahon sultonlarin bechora qildi.

32.

Ayo sultoni zurriyoti Odam,

Sen o‘qdursen shafoatxohi olam.

33.

Imomi anbiyo soqiyi Kavsar,

Sen o‘qdursen shafi’i ro‘zi mahshar.

34.

Yazuqdin o‘zga yo‘q menda bizoat,

Ulug‘ kunda manga qilgil shafoat.

35.

Shahonshah – sen, Xo‘jandiydur gadoying,

Ko‘ziga surma qilsun xoki poying.

36.

Yana yuz ming durud ul valiga,

Abubakru Umar, Usmon, Aliga.

37.

Rasul aydi: “Mening as’hobim anjum,

Biayyin iqtadaytum ihtadaytum”.

Sababi nazmi Latofatnoma

Sababi nazmi kitob aytur

38.

Sahar vaqtinda kim sultoni xovar

Jamolindin jahon bo‘ldi munavvar.

39.

Alib nayza eliga xusravi Chin

Habash sultonini qavdi jahondin.

40.

Shahi mashriq alam olamga urdi,

Sipohi zangi qo‘rqub yuz yashurdi.

41.

Chiqardi ersa shah xanjar belidin,

Habash sultoni qachti Rum elidin.

42.

Sipohi turk bo‘ldisa sipohi,

Hazimat tutti hindular sipohi.

43.

Xurusi subhidam faryod ashurdi,

Kecha zog‘i yumurtqasin yashurdi.

44.

Tafakkurda turur erdim sahargoh,

Eshiktin bir juvone kirdi nogoh.

45.

Firoq o‘tida bag‘ri pora bo‘lgan,

Elidin ishq uchun ovvora bo‘lgan.

24

Akromjon DEHQONOV


background image

46.

Aningkim ishqi yo‘q andin ne hosil,

Sevar jononasiz jondin ne hosil.

47.

Aning kim bir sevar jononi yo‘qtur,

Haqiqat bil tanida joni yo‘qtur.

48.

Ne bilsun tekma nodon ishqbozi,

Haqiqat bo‘lmasa bori majozi.

49.

Ayur kim: “So‘z ichinda uz bag‘oyat,

Ne bo‘lg‘ay qilsangiz bizga inoyat.

50.

Seni shoir deb ayturlar xaloyiq,

So‘zungdin tuhfa keltur bizga loyiq.

51.

Tilarmen sendin, ey koni malohat,

Ki bersang so‘z bila jonimga rohat.

52.

Muhabbat jomidin ichsang sharobe,

“Muhabbatnoma”ga aysang javobe!”.

53.

Qabul ettim qabuliyyat yo‘q erkan,

Fasod o‘ldi salohiyyat yo‘q erkan.

54.

Baqib so‘z shohidining yuzin achtim,

Bashiga durru javhar yinju sachtim.

55.

Tafakkur bahriga battim hijobsiz,

Chiqardim durru javhar ko‘p hisobsiz.

56.

Riyozat bahriga saldim o‘zumni,

Iborat silkina tarttim so‘zumni.

57.

Tilimda so‘z, elimda xoma bo‘ldi,

“Latofatnoma” ham o‘n noma bo‘ldi.

58.

Tabiattin chiqardim nazmi bisyor,

Ajunda bulmadim adgu xaridor.

59.

So‘zum chun donadur, nodon ne bilsun,

Bale, odam tilin hayvon ne bilsun.

60.

Xirad aytur manga: “Tarxona barg‘il,

Salotin sarvari sultona barg‘il.

61.

Maoni bir badantek, ruhi uldur,

Qamug‘ shoirlaring mamduhi uldur.

62.

Jamoli birla joning toza bo‘lsun,

Shohim oti baland ovoza bo‘lsun”.

63.

O‘zum birla o‘zum andesha qildim,

Shahim madhu duosin pesha qildim.

Madhi amirzoda Mahmud tarxon

Mahmud tarxon madhi

64.

Ayo faxri salotin, shohi davron,

Zamona mafxari Mahmud tarxon.

25

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si


background image

65.

Ajun faxri, shahonshohi zamona,

Sifoti savlating to‘ldi jahona.

66.

Zihi sohibqiron arslan yuraklik,

Maoni majlisi ichra keraklik.

67.

Saxovat bobida chun Xotami Tay,

Shijoat mulkida Kovusi Kay.

68.

Qiliching haybatidin Rustami Zol

Qilibdur dunyoda go‘r ichra inzol.

69.

Jahon tindi sening adling kuchundin,

Yashin yashnar qilichingning uchindin.

70.

Saxovat mulkida sohib qadamsen,

Latofat ma’dani, koni karamsen.

71.

Begim adling qamug‘ olamga to‘ldi,

Quyosh yanglig‘ sifoting jilva bo‘ldi.

72.

Jamoling aksidin xurshid olur nur,

Oting bo‘ldi qamug‘ olamda mashhur.

73.

Bulut ichra yoshundi oy yuzungdin,

Shakar sizdi qamish ichra so‘zungdin.

74.

Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi,

Adag‘ing toprag‘ini surma qildi.

75.

Falak boshi bila evrulsa ming yil,

Seningtek qilmag‘ay dunyoda hosil.

76.

Xirad shatranjini uttung jahondin,

Sening lutfung bila to‘ldi jahondin.

77.

Maoni ichra, shohim, qil yorarsen,

Ajunda har ne qilsang qil, yorarsen.

78.

So‘z aymaq siz bikin dono qatinda,

Quduq qazmaq erur daryo qatinda.

79.

Valekin mo‘r kelturdi yaraqin,

Sulaymonga chevurkaning ayaqin.

80.

Sulaymontek erur johu jaloling,

Xo‘jandiytek zaif bo‘lsun chumoling.

81.

Asar qilsa agar lutfung jamoli,

Adaq astinda qolmag‘ay chumoli.

82.

Saxovat ichra sen mingda bir ersen,

Inoyat qil Xo‘jandiyga birar sen.

83.

Hamesha zoti poking bor bo‘lsun

Saodat, baxtu davlat yor bo‘lsun.

26

Akromjon DEHQONOV


background image

27

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Nomai avval

Avvalg‘i noma

84.

Ayo sardaftari xo‘boni olam,

Qamug‘ mulki jahon sizga musallam.

85.

Sen-o‘qsen sarvari husnu malohat,

Qilibdur g‘amzangiz jong‘a jarohat.

86.

Alur zulfung nasimidin pari zod,

Eram bog‘ida yo‘q sentek parizod.

87.

Xijil xurshidi tobon oy yuzungdin,

Yotur maxmur o‘lub nargis ko‘zungdin.

88.

Shakar la’li labing boli chun ari,

Chamanning sarvari qadding chinori.

89.

Begim, og‘zingda so‘z “ore”, “bali”dur,

So‘zunguzga javob “ore”, “bali”dur.

90.

Jamolingni ko‘rub gul g‘uncha bo‘lg‘ay,

Tor ag‘zingtek magar gulg‘uncha bo‘lg‘ay.

91.

Kular bo‘lsang qish ichra yoz ochilur,

Sochingdin anbari soro sochilur.

92.

Ko‘ngul evi jamolingdin munavvar,

Nasimidin dimog‘i jon muattar.

93.

Sanga boqsam yuzungga jon ko‘runur,

Labingdin ko‘zlarimga qon ko‘runur.

94.

Qading tubo, yuzung firdavs bog‘i,

Munavvar chehrangiz jonlar chirog‘i.

95.

Xating erning uza to‘tiu shakkar,

Xijildur tishlaringdin durru gavhar.

96.

Parilar shohi – sen, husnung ziyoda,

Ruxung ko‘rsa bo‘lur shahlar piyoda.

97.

Xating sehru soching so‘boni Muso,

Labing iglig ko‘ngullarga Masiho.

98.

Qara zulfung ajab hinduyi tazvir,

Erur fatton ko‘zung joduyi Kashmir.

99.

Nabot ag‘zing qashinda ag‘zin achmaz,

Shakar erning qashinda bal su ichmaz.

100.

Seni sevgan kishi devona bo‘lur,

O‘zidin bir yo‘li begona bo‘lur.

101.

Seningtek dilrabo olamda yo‘qdur,

Meningtek mubtalo odamda yo‘qdur.

102.

Aning kim siz bikin dildori bo‘lsa,

G‘ami yo‘qtur jahon ag‘yori bo‘lsa.

103.

Kiming sentek nigori bo‘lsa, ay yor,


background image

28

Akromjon DEHQONOV

Raqiblar javridin ne qayg‘usi bor?

104.

Visoling ganji emgaksiz bulunmaz.

Tikansiz guliston hargiz bulunmaz.

105.

Chechak sevgan jafoyi xor tartar,

Raqib javrin muhib nochor tartar.

106.

Kel, ay soqiy, bu kun majlis qurali,

Zamone aysh etib xush o‘lturali.

Nomai duvum

Ikinchi noma

107.

Ayo nozuk badanlar ko‘rka bayi,

Zamona xo‘blarining to‘lun ayi.

108.

Pari ruxsoralarning jonidursiz,

Qamug‘ gulchehralar sultonidursiz.

109.

Yuzung ko‘zgusida yuz ko‘rsa bo‘lmaz,

Yuzungga mayl etib yuz, ko‘rsa bo‘lmaz.

110.

Berur zulfung nasimi jonga rohat,

Seningtek kimda bar husnu malohat?

111.

Yuzung nuri urur yuz ta’na ayg‘a,

Yuzungni ayg‘a o‘xshar deb kim ayg‘a?

112.

Berur shakkar so‘zung jonlarga maqsud,

Erur la’li labing halvoyi bedud.

113.

Sening zulfung bir o‘zga din chiqardi,

Jahon zohidlarin dindin chiqardi.

114.

Qara qashing erur bayram hiloli,

Ko‘rub shukrona jon qurbon qilali.

115.

Qilur kofir ko‘zung olamni yag‘ma,

Qara meng birla basding ayg‘a tag‘ma.

116.

Agar g‘amzangg‘a qilsang bir ishorat,

Qilur bir damda yuz ming jonni g‘orat.

117.

Jahon xusravlari shirin so‘zungga

Bo‘lub majnun baqa qaldi yuzungga.

118.

Isirg‘ang donasi chin Mushtariydur,

Sachingg‘a nofayi Chin mushtariydur.

119.

Yuzung kunduz bikin, zulfung shabi tor,

Saching chininda pinhon mushki totor.

120.

Saching belga yetar bilinsa sachtek,

Saching chun mushku anbar sachsa sachtik.

121.

Labing la’li badaxshon tishlaring dur,

Sadaf ag‘zin qurutg‘an tishlaringdur.

122.

Yuzungni haq jahon gulzori qildi,


background image

29

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Yuzungni ko‘rdiu gul zori qildi.

123.

Shakar narxin labing arzon qilibdur,

Tar ag‘zing g‘uncha bag‘rin qan qilibdur.

124.

Qilur zulfung ko‘ngullarni parishon,

Labingdin uftanur la’li badaxshon.

125.

Parimusen bu tal’at birla yo hur,

Ug‘an qilsun yuzungdin chashmi bad dur.

126.

Sening ishqingda jon kechti badandin,

Sevukraksen manga janu jahondin.

127.

Yuzung sham’ina jon parvona bo‘ldi,

Saching zanjirina devona bo‘ldi.

128.

Yuzumni qildi sariq al yangag‘ing,

Qizil qanim to‘kar jodu qarag‘ing.

129.

Yangag‘ing – lola, chehrang – bargi guldur,

Seni sevmaz kishi odam daguldur.

130.

Visolingda kecha-kunduz evarmen,

Seni sevgan uchun janni sevarmen.

131.

Gunoh bo‘lsa seni sevmaklik, ay yor,

Jahonda bo‘lmag‘ay mentek gunahkor.

132.

Seni sevgan kishiga jon kerakmaz,

Bihishtu kavsaru rizvon kerakmaz.

133.

Ko‘zumga xoki poying tutiyodur,

Tanim to‘prag‘u ishqing kimiyodur.

134.

Kel, ay soqiy, sharobi nob keltur,

Faqirlar ko‘nglini daryob keltur.

Nomai seyum

Uchunchi noma

135.

Ayo qaddi sanubar, chehrasi gul,

Xati rayhon mengizlik, zulfi sunbul.

136.

Yuzung kunduz, saching yaldo kechasi,

Telim oshiq yuzunga jon kechasi.

137.

Ko‘p o‘ksukdur yangi ay qashingizdin,

Qayon barsun muhiblar qashingizdin?

138.

Aliftek to‘g‘ri bo‘ylug‘, qashlari nun,

Jahon Laylilari husnungga Majnun.

139.

Tar ag‘zing “mim”u fatton ko‘zlaring “sod”,

Jahonda siz bikin yo‘q odamizod.

140.

Hiloltek chehrangizdin ko‘k uza badr,

Yuzung kunduzu zulfung laylatul qadr.

141.

Pari paykar, nigori sarvqomat,


background image

30

Akromjon DEHQONOV

Jamolingdin jahon ichra qiyomat.

142.

Jamoling chavi to‘ldi Chinu Mochin,

Uyalur zulfungizdin nofayi Chin.

143.

Jamoling shuhra bo‘ldi shahr ichinda,

Tuman mentek qulung bar dahr ichinda.

144.

Sening ishqing meni saldi balog‘a,

Rahim qil, ay begim, men mubtalog‘a.

145.

Nigorino jafo haddin ashurma,

Firoq o‘ti bila bag‘rim pishurma.

146.

Manga sendin jafo ayni vafodur,

Jafo az bo‘lsa oshiqqa jafodur.

147.

Shikoyatmu qilur oshiq jafodin,

Oshiqlarga jafo xushraq vafodin.

148.

Firoqingdin shikoyat qilman, ay jon,

Oshiqlarga visoldin yaxshi hijron.

149.

Jafodin ushbu yo‘lda oshiq armaz,

Jafodin yuz chevurgan oshiq ermaz,

150.

Sening dardingg‘a darmon istamasmen,

O‘lar bo‘lsam g‘amingda, g‘am yemasmen.

151.

Labing la’li erur dardim davosi,

Bu dardimga davo mushkil bo‘losi.

152.

Visoling tegmadi men benavog‘a,

Shahanshohliq qachan tegsun gadog‘a.

153.

Ko‘ngul mulkin xarob etti firoqing,

Qamug‘ olamni sayd etti qaraqing.

154.

G‘aming to maskan etti jan ichinda,

Ko‘ngul mustag‘raq o‘ldi qan ichinda.

155.

Manga sensiz kerakmaz tanda jonim,

Sen-o‘qdursen mening jonu jahonim.

156.

Kel, ay soqi, keturgil jomi Jamni,

Kechar dunyo, g‘animat tut bu damni.

Nomai chahorum

To‘rtunchi noma

157.

Sabo, mendin salom ul bevafog‘a,

Buti nomehrubon koni jafog‘a.

158.

Salomimni tegur yalg‘anchi yora,

So‘zi shahdu shakar, ko‘zi xumora.

159.

Salomimni tegur ay yuzlugumga,

Shakar erinli shirin so‘zlugumga.

160.

Salomimni tegur qashi hilola,


background image

31

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Salomimni tegur erni zulola.

161.

Ayit, ay mehri yalg‘an, bevafo yor,

Qulung bo‘ldi firoq o‘tinda afgor.

162.

Ayitg‘il mendin ul nomehrubona,

Firoq o‘tini az yoqsun bu jona.

163.

Begim, asru unuttung men gadoni,

Unuttung, bir sag‘in men mubtaloni.

164.

Ne bo‘ldi kim qulungdin yuz evurdung,

Bir ayg‘an so‘zni, shahim, yuz evurdung.

165.

Qachan kelgaysen, ay sarvi ravonim,

Fido bo‘lsun sanga jonu jahonim.

166.

Qachan yuzung ko‘rub ko‘zum yorug‘ay?

Visolingdin ko‘zum yoshi qurug‘ay?

167.

Qachan oksulsa hijron mojarosi,

Qachan butkay yuragimning yarasi.

168.

Kishi darmon tapmaz ul yarag‘a,

Labingdin marhame bersang yarag‘a.

169.

Manga sensiz, begim, kunduz kechadur,

Darig‘o, sensizin umrum kechadur.

170.

Falak ishrat tabag‘ini qayirdi,

O‘shul kun kim seni mendin ayirdi.

171.

Falak saldi meni javru jafog‘a,

Bo‘yunsundum rizo berdim qazog‘a.

172.

Firoq o‘tinda bag‘rim bo‘ldi biryon,

Qachan bo‘lg‘ay firoqing ishi bir yon?

173.

Visoling qadrini bilmadim, ay yor,

Firoq elginda ush bo‘ldum giriftor.

174.

G‘animat tutmadim vaslingni, ay jon,

Asig‘ qilmaz necha esam pushaymon.

175.

Yiroq tushtum jamolingdin zaruri,

Mahol ermish, begim, sensiz saburi.

176.

Taololloh, bu ne husnu jamol-ul,

Sabur qilmaq jamolingdin mahol-ul.

177.

Xayolingdin adin ko‘nglumda yo‘qdur,

Yiraq bo‘lsam o‘zum, ko‘nglum yavuqdur.

178.

Firoqingda jafo ko‘p chektim ay yor

Vale har yig‘lamaqning kulmagi bar

179.

Ne bo‘lg‘ay men gadoni yod qilsang?

Visoling birla ko‘nglum shod qilsang?

180.

Kel, ay soqiy, ichali jomi gulgun,

Vafo qilmaz, yaqin bil, dunyoyi dun.


background image

32

Akromjon DEHQONOV

Nomai panjum

Beshinchi noma

181.

Ayo dilbar, kel emdi yaz achildi,

Guliston sahnida gullar sachildi.

182.

Yag‘iz yer ko‘k mengizlik bo‘ldi xazro,

Chaman shohidlari bo‘ldi musaffo.

183.

Yetib keldi yana fasli bahor-ul,

Dami Isodin emdi yodgor-ul.

184.

Chechak xoni urundi taxti mino,

Kalimtek qumri, gulshan – Turi Sino.

185.

Chaman sahnida ko‘p turluk chechaklar,

Tushub qalmishtek abrishim bichaklar.

186.

Binafsha zulfidin anbar sachilmish,

Ko‘rub gulg‘unchaning ag‘zi achilmish.

187.

Murassa’chi suyidin lola toji,

Javohir-injuga yo‘q ihtiyoji.

188.

Elikka jomi Jam almish shaqoyiq,

Eram bog‘i bikin bo‘lmish hadoyiq.

189.

Guliston qushlari g‘ulg‘ul qilishur,

Yig‘achlar o‘ynayurda yeng salishur.

190.

Chin ul ma’shuqu oshiqtek chibuqlar,

Biri birini o‘ynarda chibuqlar.

191.

Chechak xonig‘a nargis birla lola

Bashi birla tutar tun-kun piyola.

192.

Mug‘anni changu barbat soz qilmish,

Tarannum andalib og‘oz qilmish.

193.

Tarannum qilsa alhon birla bulbul

Surohi qo‘shlaring ayturki “qul-qul”.

194.

Esurdi jon surohi “qul-qul”idin,

Guliston to‘ldi qushlar g‘ulg‘ulidin.

195.

Sabo gul ko‘nglakini pora qildi,

Raqiblarni Idim ovvora qildi.

196.

Kel, ay soqi, mayi gulfom keltur,

Sharobi arg‘uvondin jom keltur.

197.

Jahonda ayshu ishrat mavsumi – yoz,

Qadah keltur, ko‘ngullar maxmurin yoz.

198.

Qaroba qani birla joni qandur,

Qaroba to‘ydi qanim qana qanadur.

199.

Guliston ichra gul termak ne xushdur,

Begim, ishqingda jon bermak ne xushdur.

200.

Tilarmen kim bu suhbat boqiy bo‘lsa,


background image

33

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Mayi gulgunu dilbaro soqiy bo‘lsa.

201.

Qachan o‘srub qizarg‘ay al yang‘aqing,

Bashim yerda qo‘yub o‘psam ayaqing.

202.

Bo‘lub maxmur sening o‘sruk ko‘zungg‘a,

Mudom ichsam baqa qalsam yuzungg‘a.

203.

Jahoni bevafo yeltek kechadur,

Berur dodin kishi kim may ichadur.

204.

Sharobu shohidu changu chag‘ona,

Begim, aysh et kim, ush kechti zamona.

205.

Ko‘nguldin g‘am ketargan jomi Jamdur,

G‘animat tut bu damni, dam bu damdur.

Nomai shashum

Altinchi noma

206.

Ayo sarvi sihi bo‘yluq, beli qil,

O‘ladurmen firoqingda, rahim qil.

207.

Rahimsiz bevafo nomehrubonim,

Firoqing o‘tida o‘rtandi jonim.

208.

Unutting bir yo‘li ahdu vafoni,

Falakdinmu sabaq alding jafoni?

209.

Seningtek ko‘rmadim turfa nigore,

Erursen bevafoliqda dinore.

210.

Labing shakkar to‘kar dashnomingizdin,

Kishi bir jur’a tatmaz jomingizdin.

211.

Shakar erning dukon qo‘ymish davog‘a,

Vale tegmaz meningtek benavog‘a.

212.

O‘ramung iti bizga bor bermaz,

Telim yansa gadog‘a bor bermaz.

213.

Tavongarsen, begim, husn ichra komil,

Gadog‘a manfaat tegmaz ne hosil.

214.

G‘anisen husn mulkinda bag‘oyat,

Faqirlarg‘a birar qilg‘il inoyat.

215.

Nisobi husnungiz yetmish kamola,

Zakot bermazmusen mundaq jamola.

216.

Sag‘inmazsen birar, ay ko‘rka bayim:

“Qayon bardi eshikdin ul gadoyim?”

217.

Gado holin g‘ani bilmazmu bo‘lur?

Faqirlarg‘a rahim qilmazmu bo‘lur?

218.

Ko‘zum to‘ymaz yuzungga baqsa tun-kun,

Gadoning ko‘zi to‘ymaz bo‘lsa Qorun.

219.

Begim, necha baxil bo‘lsang vafoda,


background image

34

Akromjon DEHQONOV

Achuqdur qullaring ilgi duoda.

220.

Tilar bo‘lsang jahon ichra amorat,

Faqirlar ko‘nglini qilg‘il imorat.

221.

G‘animat tut bu husn davrini besh kun,

Kechar dunyo qani Layliu Majnun?

222.

Badal qil shodig‘a dunyo g‘amini,

G‘animat tut yigitlik mavsumini.

223.

Yigitlikni g‘animat tut, mudom ich,

Usal qilma, kecha kunduz mudom ich.

224.

Maishat birla g‘am o‘tin o‘churg‘il,

Kechar dunyoda besh kun xush kechurg‘il.

225.

Muhabbat birla o‘srub eshlaringni,

G‘ani qilg‘il, begim, darveshlaringni.

226.

Zamona bevafodur, takya qilma,

Bu kunki yaxshi ishni tangg‘a qo‘yma.

227.

Falakning gardishidin bo‘lma g‘ofil,

Pushaymon bo‘lg‘asen oxir, ne hosil?

228.

Jafo haddin ashurma qullaringg‘a,

Chechak-sen, rahm qil bulbullaringg‘a.

229.

Ko‘ngul iginga bol erning davodur.

Rahim qil kim Xo‘jandiy benavodur.

230.

Kel, ay soqiy, sharobi arg‘uvon ber,

Ko‘nguldin g‘am ketur, jong‘a ravon ber.

Nomai haftum

Yetinchi noma

231.

Ayo qaddi sanubar, engi lola,

Nigori mahvashi mushkin galola.

232.

Yuzung gul, orazing chin nastarandur,

Jamolingdin qamug‘ olam chamandur.

233.

Shaqoyiq bag‘ri qan al englaringdin,

Kuyar anbar o‘t ichra menglaringdin.

234.

Qara zulfung ichinda chin ko‘rarmen.

Xato yo‘qdur bu so‘zda, chin ko‘rarmen.

235.

Yuzungtek gul Eram bog‘ida butmaz,

Netak qilg‘ay kishining ilgi yetmaz.

236.

Suman ko‘rsa aning nozuk tanini,

Qapa qilg‘ay ravon pirohanini.

237.

Ko‘zungni ko‘rsa nargis xira qalg‘ay,

Bo‘lub o‘sruk bashini yerga chalg‘ay.

238.

Yashundi kecha g‘uncha chun tang o‘ldi,


background image

35

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

Tar ag‘zingni ko‘rub elga tang o‘ldi.

239.

Sahar gulg‘uncha kim olamg‘a kuldi,

Tar ag‘zingni ko‘rub gul g‘uncha bo‘ldi.

240.

Tar ag‘zing shakkar erning shahdi foyiq,

So‘zungdin el bo‘lur turluk daqoyiq.

241.

Yuzung kog‘az, qara qashing qalamdur,

Jamoling chavi olamda alamdur.

242.

Qara sachni neluk belga salursen,

O‘zungni hinduga ne teng qilursen.

243.

Jamoling shevasi jonim bahosi,

Tanim o‘lsa saying jonim bahosi.

244.

Ko‘zung o‘q atsa jon o‘tru tutarmen.

Kishiga tegmasin deb qan yutarmen.

245.

Ko‘ngul pirohaningdek titrar, ay moh,

Sabo sizga qatiqraq essa nogoh.

246.

Sening darding ko‘ngullarning davosi

Visoqing gardi ko‘zlar tutiyosi.

247.

Taning simi yuzumni qildi altun,

Ko‘zum yashi g‘amingda bo‘ldi Jayhun.

248.

Necha kim bo‘lsa la’ling rohati ruh,

Qilur g‘amzang o‘ti jonlarni majruh.

249.

Seni ko‘rsa ushatg‘ay butni tarso,

Yuzungga sajda qilg‘ay Lotu Uzzo.

250.

Seni sevgan jafodin o‘zga qalmaz

Netak qilsun vafo xo‘blarda bo‘lmaz.

251.

Yuzungda ko‘rsa bo‘lur sun’i Xoliq,

Netak bo‘lmay munungtek yuzga oshiq.

252.

Sening ishqingda bag‘rim bo‘ldi pora,

Erigay o‘shbu yo‘lda sangi xoro.

253.

Kim o‘lg‘ay yoridin ozor bo‘lmaz,

Seningtek bir yo‘li bezor bo‘lmaz.

254.

Meni ishqingda asru zor qilma,

Faqirlar ko‘ngluni ozor qilma.

255.

Kel, ay soqiy, qadah keltur ichaling,

Zamone o‘sruban jondin kechaling.

Nomai hashtum

Sekizinchi noma

256.

Ayo husn ichra olam benaziri,

Zarofat charxining badri muniri.

257.

Xajildur orazingdin nuqrayi xom,


background image

Akromjon DEHQONOV

36

Ko‘ngulda zulfu xoling donau dom.

258.

Yuzungtek gul bulunmaz bog‘ ichinda,

Ko‘zungdin kuydi nargis dog‘ ichinda.

259.

Qara zulfung, begim, al eng uza la,

Gulistonda yotur hindu uzala.

260.

Saching belga yetar o‘ram-o‘rumi,

Ko‘zung – kofir, yuzung – tarsoyi rumi.

261.

Saching – zulmotu, erning – obi hayvon,

Ne bilsun qadringizni tekma nodon.

262.

Labing sarchashmayi obi hayot – ul,

Xating ul chashma qa’rinda nabot – ul.

263.

Qarag‘ing sehridin Horut uyaldi,

O‘zin Bobil qudug‘i ichra saldi.

264.

Ko‘zungni Zuhra ko‘rsa xira qalg‘ay,

To‘lun ay sizni ko‘rsa yarim o‘lg‘ay.

265.

Seni ko‘rsa jahon tushkay sujudg‘a,

Adamdin kelmadi sentek vujudg‘a.

266.

Karashmang g‘orat aylar jonu dilni,

Ko‘zung yag‘ma qilur yag‘ma, chigilni.

267.

Karashmang birla jonga o‘t yaqarsen,

Ko‘ngulga jondin artuqraq yaqarsen.

268.

Yuzungga necha baqsam, to‘yman, ay jon,

Seni so‘ydum haqiqat qo‘yman, ay jon.

269.

Jahonni o‘rtadi ishqing balosi,

Qamug‘ olam qaraqing mubtalosi.

270.

Begim, ishqing manga ko‘p qildi bedod,

Zamona shohisen, kimdin tilay dod?

271.

O‘raming to‘prag‘ida yuz meningtek

Bar ul to‘praqda qo‘yg‘an yuz meningtek.

272.

O‘raming iti yatmas ohimizdin,

Qabul qil, ay begim, ne kelsa bizdin.

273.

Yaman ko‘z bo‘lmasun husnunga moyil,

Qo‘lumni bo‘ynunga qilsam hamoyil.

274.

Nechuk yo‘q bo‘lsa ishqing jon ichinda,

Bo‘lur ganji ravon vayron ichinda.

275.

Bihamdilloh, xayoling kina tutmaz,

Birar chag‘da so‘rar bizni, unutmaz.

276.

Xayoling keldisa jondin qo‘par g‘am,

Xayolingni tapan jondin qo‘par g‘am.

277.

Necha bo‘lsam yiraq, ay do‘st, sizdin,

Xayoling xoli ermaz ko‘nglumizdin.


background image

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

37

278.

Xo‘jandiy ishqingizda bo‘ldi oxir,

Rahim qilsang, begim, ne bo‘ldi oxir?

279.

Kel, ay soqiy, keturgil jomi gulfom,

G‘animat tut bu damni, kechti ayyom.

Nomai nuhum

Toquzunchi noma

280.

Alo ay, ahdi yalan, bevafo yor,

Qamug‘ olam sening ishqingda afgor.

281.

Vafosiz dilrabo, sho‘xi jafokesh,

Sening ishqingda shaydo shohu darvesh.

282.

Qiya baqsang ulusni o‘lturursen,

Yalinsiz ich-bag‘irni kuydurursen.

283.

Qiya baqsang qiyarsen jonimizni,

Rahim qil didayi giryonimizni.

284.

Aqiqing orzusi qildi bag‘ir qan,

Seni sevmaklik oson ermaz, ay jan,

285.

O‘zini kuch bila saldi balog‘a,

Gadokim oshiq o‘ldi podshog‘a.

286.

O‘lar bo‘ldim, rahim qilmading, ay jon,

Netak qilg‘ay rahimsiz bo‘lsa jonon.

287.

Necha ishq o‘tig‘a biryon bo‘layin,

Ravon o‘ltur meni, bir yon bo‘layin.

288.

Gar o‘ltursang iraq tur mendin, ay moh,

Adaqingg‘a qanim tegmasun nogoh.

289.

Gar o‘lturmak tilarsen bizni nohaq,

Ko‘zungnung uchu birla bir qiya baq.

290.

Ayurlar oshiq o‘lsa xun bahosiz,

Ravomu oshiq o‘lsa xun bahosiz.

291.

O‘lam maxmur ko‘zungdin bir baqa ko‘r,

Fano bo‘lg‘an vujudumg‘a baqa ko‘r.

292.

Zihi farxunda toli’ ul kim ersa

Jamolingni ko‘rub jonini bersa.

293.

Musulmonlar, fig‘on ul yar elindin,

Rahimsiz bevafo, dildor elindin.

294.

Vafosi yo‘q jafosi jong‘a tegdi,

Xarob aylab ko‘ngulni jong‘a tegdi.

295.

Falakka yetti ush ohim tutuni,

Tanimda jondin o‘zga yo‘q butuni.

296.

Ko‘zumdin qan aqadur, yashg‘a ne san,

O‘ramungning bashinda bashg‘a ne san.


background image

38

Akromjon DEHQONOV

297.

Necha qilsang jafo, ay do‘st, bizga,

Du’achimen tanim barincha sizga.

298.

Jafou saltanat sizga yarashur,

Vafou maskanat bizga yarashur.

299.

Manga gar bermasang tapg‘ungda bore,

Raqiblar birla suhbat tutma bore.

300.

Xayoling jonda maskan qildi, ketmaz,

Gadog‘a muncha sultonliq ne yetmaz.

301.

Firoq elginda bo‘ldim asru ojiz,

Visoling davlati bo‘lg‘aymu hargiz?

302.

Visoling davlatin Haqdin tilarmen,

Shakar erningga doim tish bularmen.

303.

Firoqingda ko‘zum necha tolur yash,

Umid bar oqibat vasling qilur bash.

304.

Kel, ay soqiy, ichali jomi Jamni,

Kechar dunyo, g‘animat tut bu damni.

Nomai dahum

O‘nunchi noma

305.

Ayo ahdi vafosiz dilrabo yor,

Nigori sarv qaddi lolaruxsor.

306.

Aliftek to‘g‘ri qaddim yo g‘amingda,

Ko‘zumning chashmasi daryo g‘amingda.

307.

Qashing nunu ko‘zung ayni balodur,

Ug‘an qilsun jamolingdin balo dur.

308.

Ko‘zung sod-u jamoling hamdami ham,

Quyash birla yuzu xe vovu re(xur) ham.

309.

Erur bizga yuzunguz mus’hafi fol,

Muhabbat davlatinda zulfunguz dol.

310.

Tar ag‘zing mushkilin hal qilsa bo‘lmaz,

Labingdin so‘rmag‘uncha bilsa bo‘lmaz.

311.

Labingdin belgurur ag‘zingda tishlar,

Bolur so‘zung bila hal mushkil ishlar.

312.

Labi la’ling so‘zin, ay turfa dilbar,

Shakar desam bo‘lur so‘zum mukarrar.

313.

Labi la’ling uza ul xatti xazro

Sulaymon xotami uzra qarincha.

314.

Qara meng erningizdin xoli ermaz,

Ko‘ngullar dog‘idur ul, xole ermaz.

315.

Rahim qilmazmusen, ay bag‘ri tashim,

Ichim yandi g‘amingda, kuydi tashim.


background image

39

Xo‘jandiy “Latofatnoma”si

316.

Begim, sensiz bu miskin qul ne qilsun?

Chechaksiz benavo bulbul ne qilsun?

317.

Chechaksiz bulbulung ishi navodur,

Oshiqlar har ne kim qilsa ravodur.

318.

Meni ishqing ayirdi xonumondin,

Yuzung shavqinda jon kechti ravondin.

319.

Begim, ishgingda jon bergan telimdur,

Sanga oshiq bo‘lan jondin elik yur.

320.

Meni ishqing ajunda fosh qildi,

Yuragimni firoqing bash qildi.

321.

Bu ishq ermas haqiqat bir balodur,

Muhiblarni tutub o‘tg‘a saladur.

322.

Ne istarsen mening jonimdin, ay ishq?

Ne keldi bir avuch qanimdin, ay ishq?

323.

Sening ishqing meni devona qildi,

Muhabbat jomig‘a paymona qildi.

324.

Muhabbat jomini ul oshiq ichkay

Ki avval ishq uchun jonini kechkay.

325.

Kishi jononadin jonni qiyarmu?

Ko‘rung barug‘a hech o‘tdin yanarmu?

326.

Kishi kim jonini jonong‘a bermaz,

Haqiqat bilsa bo‘lur oshiq ermaz.

327.

Agar sen oshiq ersang so‘zlama hech,

Fido qil bashniu jondin ravon kech.

328.

Xo‘jandiy, muxtasar qilg‘il so‘zungni,

Oshiqlarg‘a qata ko‘rgil o‘zungni.

Xatmi kitob

Xotimati kitob

329.

Bihamdilloh, inoyat qildi Boriy,

“Latofatnoma” oxir bo‘ldi bori.

330.

Telim emgak yipardim qan quruttum,

Ug‘an qildi inoyat, so‘z yuruttum.

331.

Latofattin telim hangoma qo‘ydum,

Aning atin “Latofatnoma” qo‘ydum.

332.

Kitobat qilmadim behuda so‘zlar,

So‘zumni bilmagan behuda so‘zlar.

333.

So‘zumni bilga kim bo‘lsa suxandon,

Ne bilsun dono qadrin tekma nodon.

334.

Xo‘jandiy so‘zlarin Xorazmiy miskin

Eshitsa “yo‘lli” tep qilg‘aydi tahsin.


background image

40

Akromjon DEHQONOV

335.

Eshitsa so‘zlarimni Shamsi Qassor

Alidak bo‘lg‘adi bizga havodor.

336.

G‘ariblarning so‘zi bo‘lur jigarso‘z,

G‘arib ermaz Xo‘jandiydin g‘arib so‘z.

337.

So‘zumda har necha kim bo‘lsa taqsir,

O‘qur bo‘lsang duoda qilma taqsir.

338.

Oqub g‘amgin ko‘ngulni shod qilg‘il,

Xo‘jandiyni duoda yod qilg‘il.

339.

Ilohi, dardima darmon qilu ber,

Qamug‘ dushvor ishim oson qilu ber.

340.

Qamar yanglig‘ munavvar qil yuzumni,

Quyashtek elga mashhur et so‘zumni.

341.

Ko‘ngullar sirrini, Jabbori olam,

Sen-o‘qsen bilguchi, vallohu a’lam.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов