Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan: Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
99-116
0
0
Поделиться
Тулабаева, Р. (2024). Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan: Javlon Jovliyev hikoyalari misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(2), 99–116. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp99-116
Рухсора Тулабаева, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Доктор философии (PhD) по специальности филология, доцент.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mustaqillik davri ijodkorlari hur fikr, keng dunyoqarash bilan ijod qilmoqdaki, ularda milliy-madaniy, umuminsoniy tushunchalar o'z ifodasini topib bormoqda. Mustaqillik davrida yosh ijodkorlar safida Javlon Jovlievni e’tirof etib o'tish o'rinlidir. Zero, uning hikoyalari mustaqillik davri hikoyachiligida o'ziga xos o'rin va mavqega ega bo'ldi. Javlon Jovliev, o'z tengdoshlari orasida birinchilardan bo'lib, roman janriga qo'l urgan adib hisoblandi. lining "Qo'rqma" romani katta audotiryaga ega bo'lgan yoshlar romanlaridan biri bo'ldi. Jalon Jovliev nafaqat roman, balki hikoyachilikda ham bir qadar muvaffaqiyat qozonib, ushbu janrning ham imkoniyatlaridan keng foydalandi. lining "Stalinga maktublar", "Mustabidning hasharotlari", "Ayol" kabi hikoyalari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan, 2022 yilda "Onam va koinot” nomli to'plami nashr etilib, unda ko'plab hikoyalar jamlandi. Javlon Jovliev hikoyalarida qahramonlar ruhiyati, ruhiy tavsir, obrazlar ichki dunyosi o'zining teran ifodasini topgan. Ayniqsa "Elbek" "Ko'k, oq va ola kabutarlar", "Ayol", "Onam va koinot” hikoyalarida ayol ruhiyati, o'zbek onasining ruhiy qiyofasi nihoyatda ta’sirli berilgan. Ushbu hikoyalarning har birida o'zgacha syujet tanlangan bo‘lsa-da, ammo qalamga olingan ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatining fojeyaviy qiyofasi sabab mushtaraklik kasb etadi.


background image

ISSN 2181-922X 99

116

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi

(Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)

Ruxsora Tulabayeva

1

Abstrakt

Mustaqillik davri ijodkorlari hur fikr, keng dunyoqarash bilan

ijod qilmoqdaki, ularda milliy-madaniy, umuminsoniy tushunchalar o‘z

ifodasini topib bormoqda.

Mustaqillik davrida yosh ijodkorlar safida Javlon Jovlievni

e’tirof etib o‘tish o‘rinlidir. Zero, uning hikoyalari mustaqillik davri

hikoyachiligida o‘ziga xos o‘rin va mavqega ega bo‘ldi. Javlon Jovliev, o‘z

tengdoshlari orasida birinchilardan bo‘lib, roman janriga qo‘l urgan adib

hisoblandi. Uning “Qo‘rqma” romani katta audotiryaga ega bo‘lgan yoshlar

romanlaridan biri bo‘ldi. Jalon Jovliev nafaqat roman, balki hikoyachilikda

ham bir qadar muvaffaqiyat qozonib, ushbu janrning ham imkoniyatlaridan

keng foydalandi. Uning “Stalinga maktublar”, “Mustabidning hasharotlari”,

“Ayol” kabi hikoyalari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan, 2022

yilda “Onam va koinot” nomli to‘plami nashr etilib, unda ko‘plab hikoyalar

jamlandi. Javlon Jovliev hikoyalarida qahramonlar ruhiyati, ruhiy tavsir,

obrazlar ichki dunyosi o‘zining teran ifodasini topgan. Ayniqsa “Elbek”,

“Ko‘k, oq va ola kabutarlar”, “Ayol”, “Onam va koinot” hikoyalarida ayol

ruhiyati, o‘zbek onasining ruhiy qiyofasi nihoyatda ta’sirli berilgan. Ushbu

hikoyalarning har birida o‘zgacha syujet tanlangan bo‘lsa-da, ammo

qalamga olingan ruhiyat tasviri, ayol ruhiyatining fojeyaviy qiyofasi sabab

mushtaraklik kasb etadi.

Kalit so

zlar:

yozuvchi, adib, hikoya, mustaqillik davri hikoyachiligi,

mavzu, g‘oya, Vatan, ona yurt, el, qahramonlar ruhiyati, konsepsiya, tizim,

ifoda, millat, millatdosh, erk, Turkiston.

Kirish

Badiiy adabiyotda Vatan mavzusi hamisha dolzarb, qalbga

yaqin, zamon va makon tanlamaydigan mavzulardan biri bo‘lib,

she’riyatda bu mavzuga keng murojaat etiladi. Biroq nasriy asarlarda

1

Tulabayeva Ruxsora Sayfullayevna

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD), dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

Iqtibos uchun:

Tulabayeva, R. 2024. “Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga

xosligi”.

O

‘zbekiston: til va madaniyat 2

(2):

99-116.

99

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)


background image

ushbu azaliy mavzuga nazmga nisbatan bir qadar kam murojaat

etilgani adabiyotshunoslikda ma’lum.

Javlon Jovliyev hikoyalarida Vatan mavzusi konsepsiya

darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, unda Ona yurt, tuproq, xalq tushun-

chalari yaxlitlashib, butun konsepsiyani tashkil qiladi.

“Konsepsiya

(lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror

sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish,

anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar; 2)

adabiyotda — biror asarning asosiy g‘oyasi” [Qomus.Info.Onlayn

ensiklopediya.2023.].

Konsepsiya badiiy asar mohiyatini, uning bosh mavzusini

anglatish bilan birga ijodkorning ichki olamini ham ifoda etadi. Shu

ma’noda asar konsepsiyasi ma’lum g‘oyani ilgari surish bilan birga

muallifning badiiy-estetik olamini ham aks ettiradi. Badiiy asar

konsepsiyasi ba’zan tarixiy yoki ijtimoiy shart-sharoitdan, ba’zan esa

muallifning ma’naviy-ruhiy ahvolidan kelib chiqib ta’kidlanadi yoki

akslanadi. “Inson va borliq mohiyatiga ko‘ra, Konsepsiya bir butun-

likni tashqil etadi. Masalani muayyan ijodkorning o‘z Konsepsiyasi

yoki alohida olingan haqiqiy san’at asarining Konsepsiyasi tarzida

qo‘yish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar Konsepsiyasi

unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni ang-

lash mexanizmi — usuli bo‘lib ham maydonga chiqadi. Umuman,

Konsepsiya badiiy asarning san’at, adabiyot va madaniyat tarixidagi

o‘rnini hamda o‘quvchilar ommasiga ta’sir etish darajasini belgilay-

di.” [Qomus.Info.Onlayn ensiklopediya.2023.].

Shunga ko‘ra asar konsepsiyasini ikki xil 1. Ijodkor

konsepsiyasi. 2. San’at asari konsepsiyasi tarzida o‘rganishimiz,

bizningcha, o‘rinli. Javlon Jovliyevning qator hikoyalarida ijodkor

kontseptsiyasi yaqqolroq ko‘rinadi. Chunki, bevosita yozuvchinin o‘zi

Ona Vatan, Turon zamin, Turkiston, ona tuproq tushunchalarini eng

muhim, hatto, hayot uchun zaruriy hodisalar deb biladi. Bu hodisa

adibning “Qo‘rqma” romanida ramzlarga o‘ralgan, ishoralarga to‘la

shaklda berilgan bo‘lsa, hikoyalarida real tasvirlar, hayotiy hodisalar,

ibratli voqealar tarzida tasvirlanadi. Bu o‘rinda adibning o‘zini tom

ma’noda vatanparvar deyish, fikrimizcha, to‘g‘ridir. Zero Vatan

haqida laganbardorlik va maddohlikdan holi, chinakam san’at asari

yaratish uchun ijodkorning qalbida haqiqatdan ham vatanga bo‘lgan

kuchli muhabbat yashamog‘i darkor.

Asosiy qism

Javlon Jovliyevning Vatan mavzusiga bag‘ishlangan

100

Ruxsora TULABAYEVA


background image

hikoyalarining deyarli barchasida ko‘tarinki ruh, xursandchililk

kayfiyati yoki xushchahchaqlik sezilmaydi. Balki, buning aksi o‘laroq,

qayg‘uli, tushkun kayfiyat uyg‘otuvchi ifodalar, tasvirlar ustunlik

qiladiki, agar adibning Vatan mavzusi qalamga olingan barcha

hikoyalarini jamlasak, og‘ir, g‘amgin bir kuy ohangi eshitilgandek

bo‘ladi. Zero, yaqin tarixga nazar tashlar ekanmiz, haqiqatdan

ham kishini sevintiradigan kunlarni emas, o‘ta shafqatsiz fojealar,

qatag‘on-repressiyalar, imonidan, o‘zligidan, tarixidan ajratilib,

manqurtga aylantirilgan xalq, iztirob va qo‘rquvga to‘la o‘tgan

kunlarni ko‘z o‘nggimizga keltirishimiz sir emas.

Adibning “Buxoro, Buxoro, Buxoro...” hikoyasini Vatan

sog‘inchi, Vatan iztirobini kuylovchi original asar, desak hech bir

mubolag‘a bo‘lmaydi.

XX asar boshlaridagi qizil siyosat son-sanoqsiz

vatandoshlarning boshiga og‘ir kulfatlar solgani, millat gullarini

otib, o‘ldirib, yana qolganlarini muddatsiz qamoq va sovuq o‘lkalarga

hukm qilib yuborgani, obro‘-e’tiborli oilalarni parokanda qilib, uzoq

o‘lkalarga surgun qilib yuborganlari tarix haqiqatidir. “Buxoro,

Buxoro, Buxoro...” hikoyasida qalamga olingan bir oila fojeasi

misolidagi achchiq haqiqat aslida butun millat boshiga ataylab

tushirilgan fojea edi. Buxoroning katta izzat-e’tiborga ega bo‘lgan

shayxlar xonadoning farzandi ham bu shafqatsiz siyosat hujumidan

qochib oilasi bilan Afg‘on o‘lkasiga keladilar. Taqdir taqozosi bilan

begona o‘lkada qo‘nim topgan oila bir tomondan Vatan va yaqinlar

sog‘inchi bilan o‘rtansa, ikkinchi tomondan yo‘qchilik va ochlik

azobidan tang holatga keladilar. Roviy Buxoro sog‘inchini yaqqolroq

ifodalash uchun ona obraziga murojaat qiladi. Onaning tinmay Vatan

nomini tilga olishi, uning ko‘zlaridan ko‘zyoshga aylanib to‘kilayotgan

sog‘inchlar, iztiroblar, bularning hammasi farzandlariga ta’sir

etmasligi, tabiiyki, mumkin emas:

“Qishlar o‘taverdi, bahorlar o‘taverdi, ammo onamning

ko‘zyoshlari ado bo‘lmadi. Hovlimizdagi o‘rik gulladi. Onam buni

ko‘rib yana yig‘ladi.

– Ona, nega yig‘laysiz?

– Buxoroni sog‘indim, – dedi Onam.

Aytishlaricha, bobomiz– onamning otalari Buxorodagi eng

boy odamlardan bo‘lgan. Onam o‘sha farovonlikda o‘tgan kunlarni

juda qo‘msab eslar, eslab yana…

– Uyimga ketgim kelyapti! Uyimga!..

– Buxoro qanday joy o‘zi? Nega buncha yig‘layverasiz? Ayting,

ona… Buxoro qanday joy o‘zi?

101

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

– Yig‘lamaydigan joy, bolam, yig‘lamaydigan…

Har kuni shu ahvol edi. Biron kun yo‘q ediki, onam Buxoro

uchun, bevaqt o‘lgan akam uchun yig‘lamagan bo‘lsa! Yig‘lagan-

da ham ezilib, ko‘zlari yoshga qorilib, ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘lardi.

Buxorodagi qarindoshlari, katta bog‘ hovlilarini eslardi… [JovliyevJ.

“Onam va koinot. 2022, 146].

Shu o‘rinda muallifning o‘zi ham oila taqdiri, musofirlik, qizil

imperiyaning qonli siyosati haqida bir jumla kiritma keltirib o‘tadi.

“...Chunki men bevatan, quloq qilingan oilaning farzandi edim (O’tgan

asrning 1929-1933-yillarida mustabid sho‘ro tuzumi yer egalari,

boy, o‘rta hol dehqon va chorvadorlarni “quloq – mushtumzo‘r”

nomi ostidagi sinf sifatida tugatish siyosatini olib borgan).

[Jovliev J.

“Onam va koinot. 2022, 146].

Hikoyada ona obrazi beixtiyor Vatan obrazi bilan yaxlitlik-

hamohanglik kasb etib boradi. U farzandlari onggiga Vatan –

Buxoroni shu qadar singdirib yuboradiki, bolalari Buxoro deganda

samoviy o‘lka, jannatdagi bir yer kabi tasavvurda bo‘ladilar. Zero har

qanday tarbiya avvvlo onadan boshlanishi barchamizga ma’lum:

“ – Onam Buxoroga ketgan bo‘lsa, qachon keladi, aka?

–Buxoroga borgan odam kelmaydi. U osmonlarda, bulutlar

orasida, uylari oltindan, yegani asal, holva, shashlik!

–Nimaga onam bilan akam bizni tashlab ketdi? Buxoroda biz-

ga joy yo‘qmi? U yerda nima bor o‘zi?

–Vatan bor.

–Kim?

–Vatan.

–Kim u?

–Men uni bilmayman. Otam biladi, onam, akam, biladi. Uni

taniydi. U Buxoroda yashasa kerak…

–Bo‘lmasa, biz ham ketaylik Buxoroga… Ketaylik!

–Hozir ketolmaymiz.

–Nimaga?

–Otam qo‘ymaydi. Lekin, albatta, bir kun ketamiz.

–Yo‘q! Bugun ketamiz, bugun, aka…

Shundan so‘ng Oysha har kuni “Buxoroga ketamiz”, deb turib

oladigan bo‘ldi [Jovliyev 2022, 146].

Hikoya nafaqat Vatan sog‘inchi, yurt iztirobi, balki inson

bolasining nechog‘li chidamli, bardoshli bo‘la olishi, yaratgan umr

bergan bo‘lsa, misli ko‘rilmagan azob-uqubatlarga ham dosh bera

olishi haqidagi zalvorli haqiqatni ham ifoda etadi. Hikoya qahramoni

yetti-sakkiz yoshli bolakay holidan boshlab og‘ir sharoitli paxta

102

Ruxsora TULABAYEVA


background image

zavodiga ishga kiradi. Va butun asar davomida qiyinchilik, sinovlar

ostida harakatlanadi. Bu orada qahramon makondan makonga,

zamondan zamonga ham ko‘chib o‘tadi. Makonlarning almashish

bora-bora uni haqiqiy Buxoro sari olib borsa, zamonlar o‘tishi esa,

qahramonning to‘qson yoshdan oshgan mo‘ysafid ekanini tasvirlydi.

Nihoyat radan 90 yil o‘tib asar qahramoni Buxoroga keladi. Butun

asarning bosh tasviri bo‘lgan, butun asar davomida hayoliy, orzular

o‘lkasi bo‘lib tasvirlangan Buxoro qahramon nigohi bilan o‘zining

chinakam, asl qiyofasini namoyon etadi.

Uzoq yillar davomida chekkan azob-uqubatlariga qaramay

asar qahramoni katta muvaffaqiyatga erishadi. U AQShning Florida

shtatidagi hashamatli uyidan Buxoroga kelgach, onasi tinimsiz

aytib o‘tgan Buxoroning qiyofasini his qiladi. Hikoya syujetiga ko‘ra

Afg‘onistonda zavodga ishga kirandan boshlab, chet ellarga chiqib

ketishi va Buxoroga yetib kelgunga qadar bo‘lgan oraliqdagi voqealar

hayot sinovlariga dosh berayotgan inson obrazini gavdalantiradi.

Bu o‘rinlar garchi asl maqsaddan chekingandek, Buxoro-Vatan

obrazi chetda qolib ketgandek taassurot qoldirsa-da, ammo asar

kompozitsiyasiga ko‘ra Buxorogacha yetib kelish yo‘li –mashaqqat

yo‘li ekani bunday syujet va tasvirni, fikrimizcha, oqlaydi: “Ey Buxoro!

Bundan 90 yil avval quvg‘in qilingan o‘g‘ling keldi… Millionlab

surgun qilingan farzandlaringdan bir vakil bo‘lib keldi… Ochlikdan,

quvg‘inlikdan, tutqunlikdan, xorlikdan, zo‘rliklardan o‘lib ketmagan,

bariga chidagan bolang keldi. U tirik!”

[Jovliyev 2022, 146].

Asar boshidagi Buxoro–Vatan bilan asar so‘nggidagi Buxoro–

Vatan o‘xshash mohiyat kasb etadi. Asar boshida yetib bo‘lmas

orzulardagi maskan asar oxirida qahramonning onasi, akasi, otasi

va ko‘plab qadrdonlari qiyofasini ko‘rsatish orqali o‘zining naqadar

qadr-qimmatli ekanini isbolaydi.

“... Mana, necha yillar o‘tib, nihoyat, qartayib-churtaygan

paytimda Buxoroga – ota vatanimga keldim! 90 yil o‘tib…

Ey Buxoro!!! Mana, men! Mana, men! Sening o‘g‘ling,

farzanding, 90 yil o‘tib bag‘ringga keldi! Nega shu paytgacha

qaytmadim? Oliy orzuyimni, onamning, otamning armonini nega shu

paytgacha bajarmadim? Nimaga? Xayolimdagi, orzuyimdagi, o‘sha

bulutlar orasidagi go‘zal, mo‘‘jizali Buxoroni yo‘qotib qo‘yishdan

qo‘rqdimmi?!..

Bilasizmi, kelish tugul, men xaritadan O’zbekistonga qarashga

ham qo‘rqardim! O’ylarim sarob bo‘lib chiqishidan qo‘rqardim,

Buxoro yo‘q bo‘lib chiqishidan qo‘rqardim. Eh… Bu yerga kelib

akamni, onamni topolmaslikdan qo‘rqardim! Axir, ular men uchun

103

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

shu mahalgacha Buxoroda edilar, Buxoroda…

Ona, men bekorga shuncha vaqt kutgan ekanman. Ertaroq

bu yerga kelsam, bu tuproqni quchsam bo‘larkan… Sizning Buxoro-

ga ketganingizni bilardim-u, u yerdan topolmasam nima qilaman

deb o‘ylardim. U yerga borsam, bolalikdagi beg‘ubor tasavvurlarim

to‘zg‘ib ketishidan, shubhalar orasida qolib ketishidan qo‘rqardim.

Bekor qilgan ekanman! Nega buncha kutdim?

[Jovliyev. 2022, 146].

Buxoroga kelish asnosida qahramon ruhiyatida iztirob

va quvonch, alam va sevinch aralash og‘ir tuyg‘ular jo‘sh urgani

tasvirlangan.

“Buxoroda ekan hamma-hammasi… Barchasi menga,

bolalarim, nevaralarimga o‘xsharkan – yuz-ko‘zi, qoshu ko‘zi…

Bolalarim…

* * *

Sizni topdim, ona! Bozorda ko‘rdim! Do‘ppi sotayotgan

ekansiz! O’xshatdimmi dedim, yo‘q, quyib quygan o‘zingiz… Keyin

qishloqlarda ham ko‘rdim! Buxoroda bir emas, ko‘p ekansiz, Onajon!

Ha, aniq siz!

Akamni ham ko‘rdim! Ayniqsa, novvoy yigit akamga Hasan

Husaniga o‘xshaganday o‘xshaydi. Qoyil!

Lekin aldagan ekansiz, ona, aldagan ekansiz! Buxoro qanday

joy deganimda: «Yig‘lamaydigan joy» degandingiz… Men kelganim-

dan beri yig‘layapman… Sizni ko‘rib, akamni ko‘rib, Buxoroni ko‘rib…

Mana, men keldim, Buxoro!!! 90 yil o‘tib…” [Jovliyev. 2022,

146].

Vatandan judolik, ona yurt sog‘inchi mavzusi azal-azaldan

adabiyotda mavjud bo‘lib, ko‘plab ijodkorlarning bu mavzudagi

asarlari bizga tanish. Boburning

...Kobulda iqomat etdi Bobur dersiz,

Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen. (Zahiriddin

Muhammad Bobur)

Yoki:
O’z yurtni yurtni qo‘yub hinb sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. (Zahiriddin Muhammad

Bobur) kabi misralari, yoki Furqatning

Hijron o‘qidnn jismi ko‘p yora ekan mendek,

Kuygan jpgari bagri sadpora ekan mendek. (Zokirjon

Xolmuhammmad o‘g‘li Furqat)

Yoki Abdulla Oripovning

104

Ruxsora TULABAYEVA


background image

Talpingan diyorim, u-O’zbekiston!

Sehrini aytishga bormi hech imkon!

Yo‘q,o‘zga yurtlarda berolmasman jon,

Meni olib keting o‘z diyorimga! (Abdulla Oripov)
kabi misralari Vatan hijroni qalbidan chuqur joy olgan

insonlar qiyofasini gavdalantiradi. Javlon Jovliyev Vatan hijroni,

iztirobini faqatgina shohlar, taniqli shaxslar, ijodkor-ziyolilar uchun

emas, balki, har bir inson uchun, murg‘ak boladar tortib, mushfiq

onalargacha cheksiz musibat ekanini ta’sirli yoritgan. Bizningcha,

hikoyada qalamga Buxoro-Vatan obrazi estetik ideal darajasiga

ko‘tarila olgan.

Yozuvchining “Elbek”, “Ko‘k, oq va ola kabutarlar” nomli

hikoyalari yaqin o‘tmishdagi paxta qulligi davrida yashagan millat

iztirob, fojealarini aks ettiradi. Bu hikoyalar sovet markaziga paxta

yetishtirib beraman, deb hamma narsasidan ayrilgan xalq, zabonsiz

millatning kunsiz kunlari haqida hikoya qiladi. Paxta fojealari

o‘zbek adabiyotida ko‘plab ijodkorlar tomonidan qalamga olingan.

Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romanida paxtaning oldida

inson joni, qadri, qimmati zarracha ham ahamiyatga ega emasligi

ta’sirli ifodalangan. Shuningdek, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon,

Muhammad Yusuf she’rlarida ham ayni fojeaning ta’sirli ifodasini

ko‘ramiz.

Paxta siyosati qizil imperiyaning yana bir qonli qilichi bo‘lgani

uzoq vaqt aytishga til ojiz bo‘lgan og‘ir mavzu edi. Zero paxta degan

narsa odamlar ongiga shu qadar singdirib yuborilgan ediki, ular

hayot paxtadan iborat ekan, degan tasavvurda yashagan edilar...

Javlon Jovliev “Elbek”, “Ko‘k, oq va ola kabutarlar” hikoyalarini

yozar ekan, xalqimizning sho‘r peshonasi, paxta dalalarida tugab

bitgan ayol-qizlarning go‘zalligi-yu, yoshligi, bolalarning paxtaga

almashilgan ilmi-yu, yuksalishlarini aks ettirgan. “Elbek” hikoyasida

paxta frontida farzandidan ayrilgan onaning cheksiz iztirobi,

umrbod bitmaydigan yarasi hikoyada Elbekning onasi obrazida

gavdalantirilgan: “ – Hoy Elbek ... Ko‘ksimda “Qahramon ona”

ordeni bor, menam qahramon bo‘ldimmi, bolam... Paxtani oltin deb,

minbarni zamon deb seni qaqshatdimmi bolam... ko‘ksimdagi bu

ordenni to‘yingda eshakka taqa qilay, eshakka taqa bo‘lmasa, lo‘liga

sovg‘a qilay...” [Jovliyev. 2022, 146].

Yoshgina farzandi paxta dalasida o‘lgan ona bu iztirobni

ko‘tarolmaydi, telbanamo bo‘lib qoladi. Yomg‘irli kunda paxta

dalasidan o‘g‘li Elbek chiqib kelayotgandek ko‘rinadi onaning

ko‘ziga. Ammo qarshisidan katta o‘g‘li Tesha chiqib, onaga taskin-

105

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

tanbeh beradi. Qizig‘i shundagi Teshaning nutqidan aytilgan iboralar

hukmron tuzum yoki mahalliy boshqaruvchilar tomonidan doimiy

aytib kelingan sovuq murojaatlarni eslatadi. Adib ayni nutq orqali

nafaqat mahalliy boshliqlar, hatto, xalqning o‘zi ham boshidagi

fojeaga ko‘nikib qolganini ko‘rsatadi:

“...Nima, faqat bizning inimizni paxta yutganmi... Qurbonlarsiz

shuncha planni jumhuriyat qaday bajaradi.... Shikoyat qil, deysiz!

Kimga? Nimaga? Nima foyda? Inim tirilib qaytib kelarmidi?.. Moy

beryapti, choy breyapti, pul beryapti... yana nima kerak, ena?.. Yoz

deysiz, o‘n bitta bolangdan bittasi o‘libdi, shunga ham ota go‘ri

qozixonami, demaydimi? Uyat bo‘ladi, ena! Ming qilsa ham ordenli

onasiz...” [Jovliyev. 2022, 146].

Qarangki, choy va moy, bir tiyinga gugurt berib, xalqn aldab,

evaziga uning bor-yo‘g‘ini, vujudini ham, ruhini ham sug‘urib

olganlarini ko‘pchilik hatto hozirgi kunimizgacha ham anglamaydi....

Huddi shunga o‘xshash hodisa Tog‘ay Murodning “Otamdan

qolgan dalalar” romanida ham ifoda etilgan. Romanda 9-10 yoshli

Ziyod paxta dalasi ustidan butifos sepib o‘tadigan samolyotga

bayroq ko‘rsatib turish uchun qo‘yiladi. Bola dalada uxlab qoladi

va butifosdan zaharlanib vafot etadi. Ziyodning onasi dod-faryod

ko‘taradi, shu payt rais va boshqa mahalliy boshliqlar onani urushib

beradilar, “Ulug‘ Sovet paxtasi” uchun bolasi nobud bo‘lganidan

faxrlanishi kerakligini aytishadi. Afsuski, bu gaplar naqadar ayanchli

va kulgili bo‘lmasin, o‘sha davr uchun ustuvor edi. Ular hisobga

olmas edilarki, onalar esa qaysi tuzum, qaysi tarixiy davr, qaysi

hukmdor davrida yashamasin, u hech qachon bolasining o‘limiga

rozi bo‘lmaydi. Sobiq sovet davridagi sun’iy qahramonlar aslida ich-

ichidan qahramon bo‘lishni istamasa ham qo‘rquv tufayli bu qismatga

ko‘nikkan edilar. Garchi paxta qahramoni bo‘lish san’at asarlariga

solib kuylangan bo‘lsa ham tuzum qulagach, ularni zarracha ham

ahamiyati qolmadi. Soxta “qahramonlar”, “jonbozlar” bugungi kunga

kelib mohiyatini yo‘qotdilar.

Paxta fojeasining yana bir ifodasi sifatida yozuvchining

“Ko‘k,

oq va ola kabutarlar” hikoyasini tilga olish o‘rinli. Hikoyada Tesha

momo obrazi gavdalantirilar ekan, uning esini taniganidan buyon

to umrining oxirigacha tom ma’noda ro‘shnolik ko‘rmay o‘tgan umri

tasvirlanganini ko‘rish mumkin. Momo yoshligidan paxta dalalari

oralab hayotini o‘tkazgagi hikoya davomida oydinlashib boradi:

“Ha, paxta uning joni edi, jonini oldi, paxta qoni edi, qonini

ichdi. Bir paytlar brigadirning otini ko‘rishi bilan ayollar joni

chiqar, bolali ham, bolasiz ham, tuqqani ham, tug‘ayotgani ham shu

106

Ruxsora TULABAYEVA


background image

paxtazorda bo‘lishlikni shart deb bilardi. U paxta orasidagi katta

kesaklarga urilib ketar ekan, shunchalik paxtadan nafratlanishini

o‘ylab qo‘rqib ketdi. Axir, shu egatlar ichida ikkita bolasi tushib

qoldi...

O’shanda ichidagi gumonasi bilan birga, ichak-chavag‘i

qo‘shilib tushub qolganday bo‘lgandi. O’lib qolsam kerak deb

o‘ylagandi. Ichaklari joyida ekan, joni, qalbi, ishonchi tushib qolibdi.

Bag‘rida buning o‘rnida butun vujudi bilan paxtaga bo‘lgan nafrat

shakllandi. U nafrat tug‘di. Oppoq nafrat”

[Jovliyev. 2022, 146].

Biroq shunday bo‘lsa ham sobiq tuzum paxta siyosatini shu

darajada qattiq olib bordiki, undan hech kim omon qolmadi. Hali

tug‘ilmagan va yangi yangi tug‘ilgan bolalardan tortib, keksalargacha

paxta uchun safarbar etilar edi. Zero, O’rta Osiyo xalqlarining shonli

o‘tmishi, buyuk alloma-yu, sarkardalari bo‘lgani, bu avlod hali ham

shunday buyuklarni yetishtirib berishi mumkinligidan ko‘ra paxta

yetishtirib beruvchi, tayyor qo‘l mehnati, tekin ishchi ekani, albatta,

zarurroq edi-da.

“Ikkinchisi ham paxta ichida erta

nobud bo‘ldi. “Paxtaga o‘g‘it

bo‘ldi, bolam bechora”, deb yurdi. Eee…”

[Jovliyev. 2022, 146].

“Shu paxtada ikki bolasini ko‘mdi va bu dala endi o‘zini

ko‘mayapti”

[Jovliyev. 2022, 146].

Ozgina toifadagi insonlar balki e’tiroz bildirganday,

kurashganday bo‘lgandir, biroq shiddat bilan bosib kelayotgan

oqimga qanday ham qarshi turish mumkin?...

“Nahot, odamlardan ham kuchli, qadrli bo‘lsa. Nahot, shu dala

ichida u mangu qolib ketsa! Yo‘q! Bu yerda itdek, chala tug‘ilgan bo-

lalari kabi o‘lib ketishni istamaydi. Aslo!”

[Jovliyev. 2022, 146].

Paxta siyosatining oddiy bir o‘yin ekanini butun-butun xalqlar

anglamay, bilmay, tushunmay, unga o‘zini fido qilib yuborgani yaqin

tarixga bag‘ishlangan asarlardan ma’lum. Paxta bahona bo‘lib,

ko‘plab ziyolilarning yana qamoq va surgunlarga jo‘natib yuborilgani

haqida ham son-sanoqsiz hujjatlar bor. O’rmonga o‘t ketsa xo‘l-u

quruq baravar yonadi, deganlaridek, nafaqat millatning ziyoli,

obro‘li kishilari, balki savodsiz, hech narsadan xabari yo‘q, qora

xalq vakillarining ham qanchadan-qanchasi qamoq azob-uqubatiga

giriftor qilindi. Ularning ko‘pchiligi hatto nega qamalganini anglab

yetmagan edilar... “Otamdan qolgan dalalar” asariga yana murojaat

qilar ekanmiz, Dehqonqulning qamalishini xuddi shu fikrlarning

isboti o‘laroq keltirishni o‘rinli bildik. Javlon Jovlievning

“Ko‘k, oq

va ola kabutarlar” hikoyasida momo otasining ana shunday arzimas

hatto kulgili sabab bilan qamalib ketganini alam bilan eslaydi:

107

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

“Bechora otasi ham shu paxta tufayli qamalib keldi. U

paytlar yosh edi. Onasining aytishicha, bitta eshak uch tup paxtani

yegani uchun otasini qamashgan ekan. Shundan keyin eshakka

minmaydigan, bog‘lanib turgan eshagiga kesak otib qochadigan

bo‘ldi. Otasi qamoqdan g‘alati, sochlariga oq orab, tishlari tushib

qaytib keldi. Otasi bir kuni qizining eshakka minmaslik sababini

eshitib, jilmayib qo‘ydi va: “Qizim, unday qilma. Menim qamalishimda

eshaklarning aybi yo‘q, mashina minib yurganlarning aybi bor”, dedi.

Shunday keyin eshaklarni kaltaklamaydigan bo‘ldi

[Jovliyev. 2022,

146].

Vatan, millat boshiga tushgan og‘ir musibatlar biri bo‘lmish

paxta siyosati xalqni yana bir qullikka o‘rgatish, qullikka rozi qildirish

uchun olib borilgan shaqfatsiz usul edi:

“Bu paxta kimlarini yutib yubormadi. Sal bo‘sh kelsam meni

ham yutib yuboradi”, derdi o‘ziga o‘zi…

[Jovliyev. 2022, 146].

Javlon Jovliev hikoyalarida Vatan, millat boshiga tushgan

fojealar, iztiroblar obrazli tasvirlar bilan ifodalangan bo‘lib, ularda

xalq, millat qiyofasi o‘z aksini topgan.

Muallifning “Jilovdoshim” hikoyasi to‘plamdagi Vatan, millat

mavzusiga bag‘ishlangan boshqa hikoyalardan farqli ravishda

xalqimizning tarix qatlamlariga murojaat qiladi. Hikoyada qadim

turkiy qabilalar davridan tortib, mutaqillik yillaridagi mamlakat

qiyofasi ham o‘zining ifodasini topgan. Asarda bosh obrazlardan

biri sifatida qudratli Turkiston gavdalantiriladi. Turon zaminning

bir paytlar ulug‘ davlat, katta kuchga ega millat bo‘lganini tarixiy

dalillar keltirib, tasvir etadi. Jilovdosh hikoyada millatdosh,

vatandosh sifatida butun hikoya davomida roviyga hamrohlik qiladi.

Bu uslub orqali muallif barcha zamonlarda o‘zining millatdoshiga,

vatandoshiga murojaat qila olish imkoniyaini yaratadi.

Hikoya “ - Ortingda yonayotgan quyoshmi, bolam?-

Yo‘q, ona, bu o‘sha qadim Turkiston” so‘zlari bilan boshlanadi

va bu so‘zlar asarning markazi, bosh mavzusi Turkiston, Turon

zamin ekaniga ishora bo‘lib xizmat qiladi.

“Raddi balo bo‘lsin Turkistonga deb har tong minglab oppoq

kabutarlarlarni moviy osmon bag‘riga uchiraman... Ular qanot

qoqish oldidan qo‘llarimda pitirlab, ko‘kka boqqancha erk va shon,

hayrat va samo istab to‘lg‘onishadi, yuraklari tez-tez, gupillab urib

barmoqlarimni o‘zidan itarishadi, mendan ozodlik istashadi. Oh,

oppoq qushlarim quvlashmachoq o‘ynashganday tezda moviy osmon

bag‘riga singib ketadi. Shunda bir dam ko‘kni oppoq kabutarlar

buluti to‘sib qo‘yadi.

108

Ruxsora TULABAYEVA


background image

Ilohim, ular Raddi balo bo‘lsin Turkistonimga!”

[Jovliyev.

2022, 146].

Hikoyaning boshlanishida keltirilgan tasvir beixtiyor Turon

zaminning hur, ozod bo‘lishi, mustabidning zulmidan, kishanlaridan

qutulib, nihoyat ozod bo‘lib uchgan qushlardek erkin nafas olishini

eslatadi.

Hikoya zamon va makon xronotopi nuqtai nazaridan yaxlit

tizimni tashkil qila oladi. Davrlar va hududlar jihatidan olib qaralsa,

Turon zamini tarixda bir necha bor hududlar o‘zgargani, bu o‘zgarish

esa uzoq yillar davomida yuz bergani ma’lum. Shu ma’noda asarda

zamon xronotopi aniq vaqtni aytib emas, balki tarixda yuz bergan

voqealar orqali namoyon bo‘ladi.

“Kutilmaganda nog‘oralar chalindi. Qiyqiriqlar, vahimalar

ko‘tarildi... Atrofni bolalar yig‘isi va onalar faryodi tutib ketdi.

Boshimizga do‘l kabi olov, adoqsiz o‘qlar yog‘ildi... “Dushman,

dushman!”, deb hamma oh urib, najot qidira boshladi, qo‘llarga qilich

olindi. Kimdir bola-baqrasiga, allakim mol-mulkiga yopishdi.

Men esa, ko‘ksimga Turkistonni yashirdim, jilovdoshim!”

[Jovliyev. 2022, 146].

Turon zamini tarixda ko‘p bosqinlarga uchragan. Chingizxon

bosqinidan tortib, xonzoda, amirzodalarning bir-biri bilan qilgan

janglari-yu, rus istilosidan faqat va faqat xalq, millat, elat jabr ko‘rdi.

Bu urushlardan millat ham moddiy ham ma’naviy talafot ko‘rar

ekan, bunday talafotlarni bartaraf etishga yuz yil ham ming yil ham

yetmadi.

“Qora muzga aylandi oltin o‘lkam!Hamma narsa yondi,

qushlar ham, bulutlar ham...

Ko‘ksimdagi yalovim bilan men zo‘rg‘a omon qol-

dim, jilovdoshim! Qismatim va qisamatdoshlarim qatliom etil-

di... Uni asrash, ha, faqat Uni asrash uchun omon qoldim.

Kitoblar yonib ketdi, tarix kulga, so‘ng muzga aylandi. O’n

ming yillik yillik kitoblarim bor edi, saqlab qololmadim...” [Jovliyev.

2022, 146].

Turkiylar tarixidagi ko‘plab qadimiy obidalar, madaniy

meroslar urushlar va bosqinlar tufayli qisman yo‘qolgan yoki

yoqib yuborilgan. Bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy manbalardan

Avestoning fors shohi Doro tomonidan yoqib yuborilishi millat

obidasining yo‘qotilishi bo‘lsa, rus jallodlari tomonidan son-

sanoqsiz ijod namunalarining yoqib yuborilishi mislsiz fojea bo‘ldi.

XX asrda nafaqat ijod namunalari, hatto, ijodkorlarning o‘zlari ham

otib o‘ldirildilar, qamaldilar, surgun qilindilar, xullas, bir millatning

109

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

ko‘tariladigan, fikr yurita oladigan har bir boshi chopib tashlandi.

Muallif “Kitoblar yonib ketdi, tarix kulga, so‘ng muzga aylandi” der

ekan, salkam 100 yil davom etgan istibdod millatni sindirishga

qattiq kurashganini, uzoq yillik tarixni unuttirishga harakat qilgani,

bunga asta-sekin erisha boshlaganini esga soladi. Buyuk allomalar,

dunyoga mashhur islom mulamolari, xalq qahramonlari haqidagi

faktlar manbalar yo‘qotildi. Biroq, oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi,

deganlaridek, har qancha qattiq kurashishmasin, oyni etak bilan

yopolmadilar, tarixni o‘zgartirib yozishga harchand urinmasinlar, asl

haqiqat yuzaga qalqib chiqaverdi:

“Bugun xitoy manbalari tilga kirarkan, Turon, Turkiston

degan ohanglar – g‘ururli so‘zlar yangraydi. Xitoy hujjatlarining

eng qadimgilarida ham Turkiston nomi uchraydi. Besh ming yillik

manbalar bizga Turon hududini tavsif va ta’rif qiladi. Turon shavkatini,

aslida, xitoy madaniyatidan ancha keksaroqdir. Saqlangan manbalar

Turonning buyukligiga tan beradi. “Tarix o‘chmaydi”, deganlari ham

shudir-da!” [Jovliyev. 2022, 146].

O’rta Osiyoning xonliklarga bo‘linishi va uchchala xonlikning

oxirgi paytlaridagi cho‘kish, xonlar, amirlarning o‘z maishatidan

boshqa narsalarni ko‘rmay qolishi bir musibat bo‘lgan bo‘lsa, rus

istilosi shuncha musibatning ustiga tushgan toshdek millatning

yanada cho‘kishiga sabab bo‘ldi:

“Jilovdoshim, xonliklarga bo‘ldilar, bo‘lindik, bosib kelishdi,

bosildik... O’g‘lonlar o‘ligi dushmanga ko‘rpacha bo‘ldi... Alp Er

To‘nga, Ulug‘ Turonning uzun bo‘y, keng yelkali yigitlari ustiga chiqib

peshob to‘kdilar, biz esa notovon bir-birimizni kuzatdik...

Turkistonning eshiklari oltindan edi, amirlar uni qo‘porib,

tuyalarga joylab qochib ketdi. Bedarvoza qoldi, Turkiston! Ammo

bilmadilar, jilovdoshim, vatansiz o‘lish, ikki marta o‘lish ekanligini....

Bilmadilar, bilmaydilar, jilovdoshim, bilmaydilar...”

[Jovliyev. 2022,

146].

Amir Olimxon va Xudoyorxonlar haqida ularning do‘ppi

tor kelganda qochib Afg‘onistonga o‘tib ketganlari va u yerda xor-

zorlikda umrining so‘nggi kunlarini o‘tkazgani haqida ma’lumotlar

bor. Xonlar va amirlarning rus istilosi paytida juda ko‘p miqdorda

oltin va qimmatbaho ashyolarni chet ellarga tashib ketganlari biroq

bu boyliklar o‘zlariga buyurmadigina emas, umrining oxirlaridagi

xorlik kunlarida hatto kuniga ham yaramagani sir emas. Shu

ma’noda, Vatanni sevish, unga sodiq qolish har kimning ham qo‘lidan

kelavermasligini ta’kidlash zarur.

Muallif hikoyalarida nafaqat Vatan o‘tmishi, yurt tarixi bilan

110

Ruxsora TULABAYEVA


background image

bog‘liq tasvirlar, balki yurtning buguni bilan ham aloqador ta’sirli,

zavorli o‘rinlar yoritilganki, bu kitobxonni o‘yga tolishga, fikr

yuritishga majbur qiladi. Uning

“Ikki yosh uchrashuvi” hikoyasi

barchamiz bugun duch kelayotgan muammolar, og‘ir savollarni

ko‘ndalang qo‘yadi.

Hikoyada turmush qurish maqsadida bo‘lgan ikki yosh

uchrashadilar va ana uchrashuvning o‘zidayoq asarning butun

mohiyati namoyan bo‘ladi. Hikoyaning tuguni ham, yechimi ham,

kulminatsiyasi ham faqat bitti makon va zamonda yuz beradi.

Yoshlar uchrashib, gaplashib o‘tirish uchun “Laylo” kafesini

tanlagan bo‘ladilar. Kafe makon sifatida hikoyaning barcha maqsad

va g‘oyalariga to‘la javob bergan. Ayni paytda tahminan 30 daqiqa

davom etgan suhbat jarayonida barcha masala oydinlashadi. Yigit

va qiz dastlab kafega kirib o‘tirganlarida qiz kafening sovuqligidan

aziyat chekadi. Hatto ko‘cha bu yerdan issiq edi, degan tassurotni

paydo qiladi. Hikoyani o‘qish barobarida bu sovuqlikning ham bejiz

tanlanmagani oydinlashadi. Chunki sovuq bugun yashayotgan butun

millat uchun katta muammo edi. Zero, issiqlik ta’minoti uchun zarur

bo‘lgan barcha resurslar ayniqsa viloyatlarda o‘ta og‘ir ahvolda.

Qiz suhbat boshida biroz kamgap, biroz e’tiborsizdek ko‘rinadi.

Ammo yigitning yaqinda ustozi bilan chet eldagi juda muhim

konferentsiyaga borib kelgani, bu konferentsiya “Mahalliy sharoitda

elektr manbalarini olishning nanotexnologiyalari haqida” ekanini

eshitgandan keyin birdan o‘zgaradi. Suhbatning shu yerigacha yigit

ustunlik qilib turgan, qizdan madaniyatli, zamonaviy qiz bo‘lishini

talab qilib turgan bo‘lsa, shu gapdan keyin qiz to‘satdan jon kirganday

“hujumga o‘tadi”.

“- Elektr energiyasi bo‘yicha biron-bir yangi texnologiya olib

kelinmadimi?

- Kelib o‘n varaqli hisobot, slayt-shou qilganmiz! Domlam

sovetning odami. Ingliz tilini bilmaydi, olmon tilini ham…Shuning

uchun seminarda ham, yarmarkada ham hech nimani tushunmagan,

bitta ham shartnoma tuzolmagan. Yodida qandaydir tekin sharbat

ichganiyu, bir qozoq texnologi bilan tanishgani qolgan, xolos. Keyin…

sal oshib ketib, mehmonxonaga zo‘rg‘a kelgan…

- Otam o‘tgan yili qazo qildi. Nimadan deb o‘ylarsiz?

Ko‘richakdan…

- Yo‘g‘-ay!

- Operatsiya vaqtida tuman tibbiyot markazidagi chiroq

o‘chib qolgan… Mendan to‘rt yosh katta akam, u hozir Namanganda,

qamoqda. O’sha kuni elektr stantsiyaning navbatchisini ko‘tarib

111

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

yuqori kuchlanishli simlarga otib yuborgan. Aslida, navbatchida

nima ayb? U har kungi odatini takrorlagan, xolos”

[Jovliyev. 2022,

146].

Bu fojealar millatning uzoq yoki yaqin o‘tmishidagi gaplar

emas, ming afsus. Ayni kunlarimiz, bir havodan nafas olib turib,

shunday fojealarga jim qarab turgan bugungi kunlarimizning

achchiq ifodasi. Muallif endigina oila qurib, kelajagini barpo

etmoqchi bo‘lgan yoshlar tilidan aytar ekan, balki yaqin kelajakda

ham bu muammolarning bartaraf etilishiga ishonch yo‘qligini

eslatadi:

“- Akamning ikkita bolasi, xotini bor edi. Yangam Rossiyada,

kechasi oshxonada kosa-tovoq yuvib, kunduzlari ko‘cha supurib,

biron narsa topsa, lo‘lilarday janjal qilib, talashib, bizga jo‘natadi.

Meni institutda o‘qishim uchun ketadigan shartnoma pulini ham ke-

linoyim to‘laydi”.

Qiz uzoq so‘zlaydi. Uning so‘zlari shu qadar o‘tkir bo‘ladiki,

bunga hayotdan faqat huzur-halovat ko‘zlayodigan yigitni bezovta

qiladi. Suhbat boshida maqtanmoqchi bo‘lgan, o‘zining “yaxshi joyda”

ishlashini, chet ellarga borib kelishini ro‘kach qilib, qizning og‘zini

ochib qo‘ymoqchi bo‘lgan bo‘lsa, suhbatning ikkinchi yarmidan

qizning qilichday keskir so‘z va nigohlaridan qochish harakatiga

tushadi:

“ - Kafe sovuqroqqa o‘xshaydi, rostan…Nima deysiz, balki,

hozir…

- Hozir onam qishloqda yolg‘iz. Birdan qarib qoldilar. Kecha-

lari televizor ko‘ray desa tok yo‘q. Kelinoyim bolalariga kompyuter

berib yuborgan. Uning chang bosgan ekranida esa faqat o‘zlarinigina

tomosha qilishmoqda

[Jovliyev. 2022, 146].

Qahramonlar suhbati hikoya davomida yanada jiddiy tusga

kirib boradi. Zero, ziyrak kitobxon bu yerda faqat ikki yoshninggina

emas, balki butun millatning ikki toifasi o‘rtasida borayotgan ayovsiz

kurashni ham ilg‘aydi. Xalq pullaridan cheksiz foydalanayotgan toifa

o‘z huzur-halovati uchun yanayam ko‘proq foyda qilish payida yursa,

millat va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi toifa ularga qarshi

kurashish uchun qo‘llaridan kelgan qadar kurashayotgani ayon

bo‘ladi. Huzur-halovat va foyda ilinjidagi toifaning hamma sohada

ildamlab ketayotgani, natijada o‘z kasbining ustalari, fidoiylari

barcha orzu-umidlaridan voz kechib, Rossiyaga mardikor bo‘lib

ketayotgani xalqning kun tartibidagi mavzudir, aslida:

“- Xolam menga ham sizni ko‘p xorijiy tillarni biladi degan-

di. Siz ko‘p tilni bilishingiz mumkin, lekin xalq nima deb so‘zlayot-

112

Ruxsora TULABAYEVA


background image

ganini tushunmas ekansiz?! To‘g‘risi, sizning o‘sha ilmiy seminardan

butunlay elektr muammosi hal bo‘lmas, Sizning o‘rningizga bironta

yurtparvar inson o‘sha anjumanda ishtirok etganida kichkina yan-

gilik, yangi kashfiyot namunalaridan olib kelarmidi?! Borgan sari

yangiliklar ko‘payib-ko‘payib, elektr muammosi hal bo‘larmidi?! Eh,

sizlarga shuncha pul, shuncha e’tibor hayf…

[Jovliyev 2022, 146].

“shuncha pul va shuncha e’tiborning hayf”ligi aslida ko‘pdan

beri yuzaga chiqib turgan muammo. Biroq bu muammoning ildizi

juda chuqur kirib ketgani uning yechimini topishni qiyinlashtir-

moqda. Suhbatning keskinlashib ketishini kutmagan yigit, aybini tan

olishni istamaydi, haqiqatning ko‘zlariga tik qarashdan qo‘rqadi. Bir

paytlar Cho‘lpon aytgan edi: “Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman”.

“- Kechirasiz, siz mavzudan chiqmang. Ikkalamiz uchra-

shuvdamiz… Qayerdagi gaplarni aytyapsiz. Undan ko‘ra menga

aytingchi? Kimnidir sevganmisiz?

- Bu qayerdagi gaplar emas! Siz yashayotgani Qarshi

shahridan bor yo‘g‘i ikki kilometr nariga chiqsangiz har uyda osilib

turgan, lekin yonmaydigan chiroqlar haqida gapiryapman! Aslida,

siz qayerdagi gaplarni gapirdingiz! Menga zamonaviy kiyimlarni

ildirmoqchi, qoshimni terdirishni, shlyapalarda yurishimni

aytdingiz. Yo‘q… Men o‘zbek qiziman. Men zamonaviy qizman, lekin

uyatsiz emasman

[Jovliyev 2022, 146].

Butun suhbat davomida qahramonlar ruhiyatida tushkun,

umidsiz, ishonchsizlik kayfiyati ustunlik qilib turadi. Zero, qiz

tilga olgan muammolar oddiygina shikoyat emas edi. Qizning

tilidan aytilan xitoblar, bizningcha, millat oydinlari, chinakam yurt

farzandlarining murojaat va ogohlantirishini eslatadi. Hikoyadagi

tushkun, umidsiz kayfiyat albatta kitob o‘qiguvchiga yuqishi tayin,

biroq asar so‘nggida ijodkorning asl maqsadi turtib chiqadi. Bu bir

vaqtlar bor-yo‘g‘ini, molini-yu, jonini tikib millat ravnaqi uchun

kurashgan, millat bolalarini ilmli, ziyoli qilish uchun, Vatanni

dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biriga aylantirishga kurash-

gan jadidlarni eslatadi:

“ – Men sizday odamlar bilan shaharda yashashdan, dunyo

bo‘ylab sayohat qilishdan ko‘ra, qishloqning maktablarida sovqotib

bo‘lsa-da, hayrat-la o‘qituvchisiga termilib turadigan, beg‘ubor,

pokiza bolakaylarga bilim berishni afzal ko‘raman. Kimni sevasiz,

deysizmi? Men umidlarimni, orzularimni, kasbimni, o‘sha bilimga

chanqoq bolakaylarni, onamni, akamni, yangamni, jiyanlarimni,

sayoz bo‘lsa-da tinmay oqayotgan Qashqadaryomizni sevaman. Na

o‘zini, na o‘z kasbini, na xalqini, na uning dardini biladigan sizday

113

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

bo‘lajak “olim”lar esa bunday sevgini tushunmaydi. Hech qachon

tushunmaydi

[Jovliyev 2022, 146].

Xulosa

Garchi ojizona bo‘lsa ham millat ravnaqi uchun kurashishga

bel bog‘lagan, millat bolalarini o‘qitishni o‘z havoiy nafsidan ustun

qo‘ygan qiz kabi obrazlar, bizningcha, zamonamizning haqiqiy

qahramonlaridar. Chunki ular o‘z maqsadlari yo‘lida nafaqat

qiyinchilik va to‘siqlarga qarshi tura olishi, kamiga yigit kabi

qo‘liga ilinganni yutishga, ignadek foyda uchun hamma narsaga

tayyor turgan kimsalarga qarshi ham kurashishi kerak. Ko‘ngilni

ko‘targuvchi hodisa ham ayni shu o‘rinda yuzaga chiqadi. Hamma

davrda millatning hamisha o‘z oydinlari, to‘g‘ri yo‘ldagi olimlari,

ziyolilari borligi, ular tufayli yurt osoyishta, bolalar maktablarda

bilim olayotgani, muallif tomonidan obrazli ifodlangan.

Umuman olganda, Javlon Jovliyev mustaqillik davri

adabiyotida o‘z o‘rniga ega ijodkor sifatida hikoyachilikda ham

muvaffaqiyatlarga erishdi, deya olamiz. Muallifning biz yuqorida

ko‘rib o‘tgan hikoyalarida Vatan, millat, Ona yurt mavzusi yetakchi

o‘rinda bo‘lib, ta’sirli ifodalar, ruhiy tasvirlarga boyligi, syujetlarning

xilma-xilligi asarlarning esda qolarli bo‘lishini ta’minlagan. Muallif

hikoyalarida Vatan konsepsiyasi bir tizim sifatida o‘zining yaqqol

ifodasini topgan.

Adabiyotlar

Jovliyev J. 2022. “Onam va koinot. Hikoyalar. Toshkent, “Anorbooks”.

Oripov Abdulla. Meni olib keting o‘z diyorimga. Ziyouz.com.

Quronov D. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. Toshkent, Aka-

demnashr.

Qomus. 2023. Info. Onlayn ensiklopediya.

Ulug‘ov A. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent, G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi.

Бобур Заҳириддин Муҳаммад. 2015. Бобурнома. Тошкент, “Янги аср

авлоди”.

Фурқат. 2009. Муҳаббат йўлида. Тошкент, “Янги аср авлоди”.

Худайбердиев Акрам Акбарович. Интерпретatsiя концепции родины

в новой узбекской поэзии XX века.

Жабборов, Нурбои. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of

Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-

1688.

114

Ruxsora TULABAYEVA


background image

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

THE CONCEPT OF HOMELAND IN STORIES

(FROM THE CREATION OF YOUNG WRITERS OF

THE INDEPENDENCE PERIOD: AS AN EXAMPLE OF JAV-

LON JOVLIYEV’S STORIES)

Ruxsora Tulabayeva

1

Abstract

The creators of the period of independence create with a free mind

and a broad worldview, in which national-cultural and universal concepts

find their expression.

It is appropriate to recognize Javlon Jovliev among the young

artists during the period of independence. After all, his stories gained a

special place and position in the story telling of the independence period.

Javlon Jovliev was considered to be one of the first writers of his age to

try the novel genre. His novel “Don’t be afraid” became one of the most

popular youth novels. Jalon Jovliev has achieved some success not only in

novels, but also in storytelling, making extensive use of the possibilities of

this genre. His stories such as “Letters to Stalin”, “Mustabid’s Insects”, “Ayol”

were published on the pages of the periodical press, and in 2022, a collec-

tion called “Mother and the Universe” was published, which included many

stories. In the stories of Javlon Jovliev, the psyche of the heroes, the mental

image, the inner world of the characters have been deeply expressed. Es-

pecially in the stories “Elbek”, “Blue, White and Spotted Pigeons”, “Ayol”,

“My Mother and the Universe” the female spirit and the spiritual image

of the Uzbek mother are presented extremely impressively. Although each

of these stories has a different plot, they have commonalities due to the

image of the psyche, the tragic image of the female psyche.

Key words:

writer, writer, story, story telling of the period of inde-

pendence, theme, idea, Motherland, motherland, people, spirit of heroes, con-

cept, system, expression, nation, compatriot, freedom, Turkestan.

1

Tulabayeva Ruxsora

– doctor of philosophy (PhD) in philology, associate professor,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

Navoi.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

For citation:

Tulabayeva, R. 2024. “The Concept of Homeland in Stories (From the

Creation of Young Writers of the Independence Period: As an Example of Javlon

Jovliyev’s Stories)”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

99-116.

115

Hikoyalarda vatan konsepsiyasi (Mustaqillik davri yosh nosirlari ijodidan:

Javlon Jovliyev hikoyalari misolida)


background image

References

Jovliyev J. 2022. “Onam va koinot. Hikoyalar. Toshkent, “Anorbooks”.

Oripov Abdulla. Meni olib keting o‘z diyorimga. Ziyouz.com.

Quronov D. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. Toshkent,

Akademnashr.

Qomus. 2023. Info. Onlayn ensiklopediya.

Ulug‘ov A. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent, G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi.

Bobur Zahiriddin Muhammad. 2015. Boburnoma. Toshkent, “Yangi asr

avlodi”.

Furqat. 2009. Muhabbat yo‘lida. Toshkent, “Yangi asr avlodi”.

Xudayberdiyev Akram Akbarovich. Interpretatsiya konsepsii rodinы v

novoy uzbekskoy poezii XX veka.

Жабборов, Нурбои. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т.:

Маънавият.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal, 11(3),

1685-1688.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

116

Ruxsora TULABAYEVA

Библиографические ссылки

Jovliyev J. 2022. "Onam va koinot. Hikoyalar. Toshkent, "Anorbooks".

Oripov Abdulla. Meni olib keting o'z diyorimga. Ziyouz.com.

Quronov D. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. Toshkent, Aka-demnashr.

Qomus. 2023. Info. Onlayn ensiklopediya.

Ulug'ov A. 2018. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi.

Бобур Заҳириддин Муҳаммад. 2015. Бобурнома. Тошкент, "Янги аср авлоди”.

Фурқат. 2009. Муҳаббат йўлида. Тошкент, "Янги аср авлоди".

Худайбердиев Акрам Акбарович. PiHTepnpeTatsia концепции родинь! в новой узбекской поэзии XX века.

Жабборов, Нурбои. (2015). Адабиёт ва миллий маънавият. Т: Маънавият.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEM1C1A: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов