Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
54-62
11
0
Поделиться
Тулабаева, Р. . (2023). Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 54–62. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp54-62
Рухсора Тулабаева, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Доктор философии (PhD) в области филологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ularda o‘smir ruhiyati ifodasi, shuningdek, bola ruhiyatini tasvirlar ekan, unda yozuvchi biografiyasining qay darajada ishtirok etishi masalasiga ham batafsil to‘xtab o‘tilgan. Aslida, Har qanday badiiy asarda qaysidir darajada yozuvchining biografiyasi aks etishi tabiiy. Zero, yozuvchi asar yozar ekan, uning hayoti davomida duch kelgan voqealari hamda kechirgan his-tuyg‘ulari o‘sha asarda muhrlanib boradi. Biz yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari tahliliga to‘xtalar ekanmiz, ularda, avvalo, yozuvchining hayot yo‘li, xarakteri (tabiati) aks etishini ko‘ramiz.
Shuningdek, maqolada bugungi o‘zbek bolalar adabiyotidagi bosh muammo – bola tarbiyasida uning ruhiyati birlamchi ekanini badiiy asarlar misolida yoritib berildi. Bolalar uchun yozigan badiiy asar bola ruhiyatining in’ikosi ekani ta’kidlangan.


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)

54

ISSN 2181-922X 54—62

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga

xosligi

Ruxsora Tulabayeva

1

Abstrakt

Ushbu maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi

yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ularda
o‘smir ruhiyati ifodasi, shuningdek, bola ruhiyatini tasvirlar ekan, unda
yozuvchi biografiyasining qay darajada ishtirok etishi masalasiga ham
batafsil to‘xtab o‘tilgan. Aslida, Har qanday badiiy asarda qaysidir darajada
yozuvchining biografiyasi aks etishi tabiiy. Zero, yozuvchi asar yozar
ekan, uning hayoti davomida duch kelgan voqealari hamda kechirgan
his-tuyg‘ulari o‘sha asarda muhrlanib boradi. Biz yozuvchi Xudoyberdi
To‘xtaboyev asarlari tahliliga to‘xtalar ekanmiz, ularda, avvalo, yozuvchi-
ning hayot yo‘li, xarakteri (tabiati) aks etishini ko‘ramiz.

Shuningdek, maqolada bugungi o‘zbek bolalar adabiyotidagi bosh

muammo – bola tarbiyasida uning ruhiyati birlamchi ekanini badiiy asarlar
misolida yoritib berildi. Bolalar uchun yozigan badiiy asar bola ruhiyatining
in’ikosi ekani ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

yozuvchi, bola ruhiyati, biografik metod, yozuvchi

biografiyasi, keksalar ruhiyati, komizm, mahorat, tahlil.

Kirish

Bolalar asarlari bolalar dunyosini aks ettirish bilan bir

qatorda yozuvchining biografiga oid o’rinlarni ham aks ettirishi
bilan xarakterli. Ularda qahramonlar ichki olami yozuvchining ham
ma’naviy olamine ham namoyon etib turadi.

Yozuvchi har bir asarda o‘zi va qahramon psixologizmini

namoyon etishini aytib o‘tdik. Demak, qahramonda yozuvchining
o‘zligi ham yashaydi. Lekin bu – qahramon aynan yozuvchining o‘zidir,
degan xulosaga olib kelmaydi. Chunki ayrim o‘rinlarda qahramon

1

Tulabayeva Ruxsora Sayfullayevna

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univer-
siteti.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

Iqtibos uchun:

Tulabayeva, R.S. 2022. “Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o’zi

-

ga xosligi”.

O

‘zbekiston: til va madaniyat”.

2(2):

54-62.


background image

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

55

yozuvchidan uzoqlashgan holda harakat qiladi. Biz bu o‘rinda
qahramonning o‘ziga xosligini kuzatish imkoniga ega bo‘lamiz.

X.To‘xtaboyev asarlari, asosan, birinchi shaxs tilidan hikoya

qilinadi. “...roviy bir yo‘la bir necha vazifani bajaradi. Birinchidan,
u voqealarni so‘zlab beradi (yozuvchi funksiyasini bajaradi).
Ikkinchidan, hikoya qilish orqali kitobxonga zavq-shavq beradi.
Uchinchidan, roviy estetik kitobxon vazifasini ham bajaradi. Ya’ni
uning o‘zi ro‘y berayotgan holat, hikoya tarzidan zavq oladi. Estetik
kitobxon, oradan qancha zamon o‘tmasin, yangi-yangi kitobxonlarga

peshvoz chiqadi” [Rasulov 2009, 157-158]. Shu ma’noda, adib

yaratgan qahramonlar bola-kitobxonlarning o’rtoq-hamdardlariga
aylanadi.

Asosiy qism

Roviy hikoyalaridan dastavval hazil-mutoyiba ohangining

yuqori ekanligi anglashiladi: “... Shu paytda qorin masalasida
shikoyatim yo‘q hisobi. Undan keyin atrofda: “Hoy, Mulla Hoshim,
quloq o‘zimizga ham kerak” – deb tanbeh beradigan biron kimsa
ham ko‘rinmaydi. Shartta ashulani boshlab yubordim:

Xoh g‘o‘zam, xoh-xoh g‘o‘zam,
Hosili oppoq g‘o‘zam, –

Deyman-u, buralib-buralib o‘yinga tushib yuboraman. Keyin

ikki qo‘limni biqinima qo‘yib, egilib, g‘o‘zalarga salom beraman-da:

Xoh g‘o‘zam, xoh-xoh g‘o‘zam,
Hosili oppoq g‘o‘zam,

– deb kuylab yo‘lda davom etaman”

[To‘xtaboyev 1982, 28]. Boladagi quvnoqlik, so‘zga chechanlik,

vaziyatni o‘zicha idrok qilish – aslida bularning hammasi yozuvchi
tabiatiga uyg‘un keladi. Chunki Xudoyberdi To‘xtaboyevning o‘zi
shunday bola qalbli, haqiqatgo‘y inson. Adib hamisha bolalar
davrasida, bolalar bilan muloqotda bo‘lib kelgan. U pedagoglik
faoliyatida ham, yozuvchilik faoliyatida ham, hatto hozirigi kunda
televideniyedagi faoliyatida ham bolalar bilan hamnafas ishlamoq-
da. Shunday ekan, bu bolalarga yaqinlik adibning ruhiy dunyosida
namoyon bo‘lmasligi mumkin emasdi. Bolalar bilan muntazam
uchrashuvlar, suhbatlar adibning bola ruhiy olamiga yanada
chuqurroq kirishiga xizmat qildi. Yozuvchi bolalar uchun yozilgan
har bir asarida o‘zini aynan o‘sha bola o‘rnida tasavvur qilgan, buning
natijasida bola qalbi asarda teran aks etgan. Bunga biz yuqorida
batafsil to‘xtalib o‘tdik.

Ma’lumki, Xudoyberdi To‘xtaboyev 300 dan ortiq felyeton

yozgan. Felyeton jamiyat manfaatlariga, qonunga zid borganlarga


background image

56

Ruxsora TULABAYEVA

qarshi yoziladi. Yozuvchi “Sariq devni minib”, “Mungli ko‘zlar”
romanlarida militsiya xodimlari obrazlarini ishonarli yaratgan.
Buning sababi, u felyetonnavislik faoliyatida turli jinoyatlarni,
illatlarni fosh etish uchun tinimsiz kuzatuvlar olib borgan. Buning
natijasida, jinoyatlar va illatlarning “koni”ni, ularni keltirib
chiqaruvchi sabablarni topib, aniq, mantiqiy xulosalar chiqarishga
erishgan. Bu xususiyat ham uning asarlarida aks etmay qolmadi.
A.Rasulov fikricha, X.To‘xtaboyev qaysi asarida qonun himoyachilari
va qonunbuzarlar haqida yozsa, qalami erkin harakat qiladi.
Chunki yozuvchi jurnalistlik kasbi tufayli qaltis holat, vaziyatlarni
kuzatgan. Felyetonnavislik – qonunga suyanib ish yuritish yozuvchi
tabiatiga singib ketgan. “Sariq devni minib” romanidagi ikki muhim
qonunbuzarlik tarixi tasviri haqida to‘xtalamiz. Biri, Uzunquloq

pirim ziyoratgohidagi firibgarliklar. Ikkinchisi, “Rohat” oshxonasi
direktori Odil Abbosov (yoxud Odil battol) bilan polkovnik Salim
Otajonov, polkovnik Ali Usmonov boshliq militsiya xodimlari aro
hayot-mamot jangi. Har ikkala tarix detektiv tarzida tasvirlanadi.
Yong‘oq qori, Bodom qori, Danak qorilar firibgarlik bilan xalqni aldab
yotibdilar. Ular xaloyiq ko‘ziga farishta, hojatbaror bo‘lib ko‘rinadilar.
Aslida esa odamlarni aldab, o‘z manfaatlari yo‘lida xizmat qildiruvchi
firibgarlar edi. Hoshimjon sehrli qalpoqchani kiyib, ularning sirini
birin-ketin fosh eta boshlaydi.

Yong‘oq qori o‘zini avliyo darajasidagi bir tabib deb ko‘rsatadi.

Odamlarning uylariga kirib borib, ularning uyida kasal yotgan
odam borligi, bu unga “xobida” ayon bo‘lganini, davosini ham o‘zi
qilajagini aytadi. Evaziga odamlardan nima kerak bo‘lsa (pulmi,
boylikmi), shuni talab qiladi. Uning bu “ishi”ga buvisining qistovi
bilan shogirdlikka topshirilgan Hoshimjon aralashib qoladi va
qing‘ir ishlarning guvohiga aylana boradi. Dastlab bola hayratdan lol
bo‘lib qoladi, chunki qori pochchasining hayratga solib qo‘yadigan
“amallari” ko‘p edi-da. Qori pochchaning tavsiyasi bilan kasal bolasini
so‘yilgan sariq qo‘yning terisiga o‘rab, yetti xil mevaning novdasi bilan
savalashgan, lekin buning natijasida kasali zo‘rayib ketib o‘lib qolgan
bolaning onasi diydiyo bilan kelib qoladi. Yong‘oq qori aybini tan
olmaydi, bolaning o‘limiga hech bir aloqasi yo‘qligini, buning ustiga
u kasal bola ham, ismi ham “xobida” ayon bo‘lganini uqtiradi. Ammo
bu ishlarning barchasida Hoshimjon bor edi. Qori pochchasining
“xobida” ayon bo‘lmaganini, odamlar haqidagi ma’lumotlarni uning
o‘zi yig‘ib kelib, qori pochchasiga aytib berar edi. Bunday nohaqlik,
yolg‘onni ko‘rib, bola chiday olmaydi: “Bo‘talog‘im!” deb, orqamni
silab qo‘yishlarida gap bor ekan-da. Shartta o‘rtaga chiqdim:


background image

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

57

– Xolajon, meni taniyapsizmi?
– Yo‘q, seni tanimayman.
– Uyingizga kirib o‘g‘lingizning ismini, kasali nima ekanligini

so‘ragan edim-ku?

–Voy esim qursin! Kirgan eding, kasal qarindoshimizni axtarib

yuribman, degan eding...

Shundan keyin butun voqeani to‘planganlarga shartta-shartta

gapirib berdim. Zodiyon, Makiyon, Elash, To‘lash degan qishloqlarga
ham borib, kasallarni surishtirib kelaman deb, yo‘llarda rosa
itlarga talangan edim. Ana shulargacha hammasini gapirib berdim”

[To‘xtaboyev 1982, 154].

Yong‘oq qorining bunday kirdikorlari mantiqiy izchillik bilan

fosh etiladi. Chunki yozuvchi tabiatida hayotga real qarash xususiyati
mavjud edi. Bunga qaysidir ma’noda asar realizm metodi avjlangan
paytda yozilganligini ham sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Faqat bu
emas, yozuvchi Uzun quloq pirim ziyoratgohidagi hodisalarni ham
real faktlar asosida ifodalab beradi. Ya’ni soxta qorilar Uzunquloq
pirim ziyoratgohidan mo‘maygina daromadga ega bo‘lib turardilar.
Aynan ziyoratgoh o‘rniga pioner lageri qurilishi rejasi ularda
norozilik uyg‘otadi. Ular turli yo‘llar bilan ishchilarni qurilish
ishlaridan aynitishga, keltirilgan taxtalarni kechasi yoqib yuborishga
ko‘p bor urinishadi. Uzunquloq pirim ziyoratgohi haqidagi gaplar bir
qarashda e’tiqodga zid dunyoqarashni esga soladi. Ammo yozuvchi
shunday mohir yo‘l tanlaganki, maqsad – ziyoratgohning tubida
eshak yotganini aytish emas, balki sodda, go‘l odamlarni aldayotgan,
qori niqobiga kirib olib odamlarning e’tiqodini suiiste’mol qilayotgan
ayrim kimsalarning firibgarligini ochish edi. Bu lavha sobiq tuzum
davrida balki to‘g‘ri qarash, deb qabul qilingandir. Lekin bugungi
kun nuqtai nazaridan asarga boshqacha qarash ham mumkin:
odamlarning e’tiqodini poymol qilish, uning ustidan kulish, tahqir
qilish mumkin emas! Buning uchun eng avval har bir insonning o‘zi
ziyrak, e’tiborli bo‘lishi darkor. U nimaga e’tiqod qilayotgani, kimga
va nimaga ishonayotganini bilmasa, jamiyat omi va go‘l odamlar
uyushmasiga aylanib qolishi hech gapmas. Shu o‘rinda bir savol
tug‘iladi: odamlar shunchalar go‘lmidi? Nahotki, kasal bolasini
shifokorga ko‘rsatish o‘rniga so‘yilgan sariq qo‘yning terisiga o‘rab,
yetti xil novda bilan savalashni buyurgan soxta qorining gapiga
ishonish shunchalar oson bo‘lsa? Axir, isitmalab yotgan kasalni
qo‘y terisiga o‘rab savalash hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelarmidi? Biz
bunday savollarga javob izlar ekanmiz, o‘sha paytda xalqimizning
diniy bilimi, tibbiyotga oid tushunchasi anchagina sust bo‘lgan, degan


background image

58

Ruxsora TULABAYEVA

xulosaga keldik. Yoki Uzunquloq pirim ziyoratgohi tarixi haqida hech
kim qiziqmaydi: muhimi bu yerda bir avliyo yotibdi, xolos. Yozuvchi
yana real mantiqiylikka murojaat qiladi. Odamlarni ziyoratgohga
eshak ko‘milganiga ishontirish uchun isbot kerak edi. Bu isbotning
bir uchini Yong‘oq qori pochchaning o‘zi boshlab beradi (albatta,
Hoshimjon ko‘zga ko‘rinmay uni qo‘rqitib, shunga majbur qilgach).
Xalq oldiga chiqib, avliyoning xokini boshqa joyga ko‘chirishni
e’lon qiladi va qabrni kavlashga kirishadilar. “Hash-pash deguncha
Uzunquloq pirimning suyaklari ham chiqib qoldi.

– Ie, bu eshakning suyagi-ku! –dedi qabrdan suyaklarni

olayotgan kishi” [To‘xtaboyev 1982, 166].

G‘ala-g‘ovur boshlanadi. Har kim har xil taxmin bildiradi.

Kimdir eshakning suyagi, kimdir otning suyagi, yana kimdir
xachirning suyagi ekanligini uqtirmoqchi bo‘lardi. Oxiri qassobni
chaqirib, beli sinib o‘lgan urg‘ochi eshakning suyagi ekanligini
aniqlashadi. Nihoyat, tog‘ning ichkarisida yashaydigan bir yuz
o‘ttiz to‘rt yoshli cholni olib kelishadi. Sababi, bu chol har gal shu
ziyoratgoh oldidan o‘tganda, “Ha, eshakka sig‘inuvchilar”, deb
kulgancha o‘tar ekan. Haqiqat ayon bo‘ladi. Bir qari o‘tinchi chol
tog‘dan o‘tin terib kun ko‘rar edi. Bir kun xuddi mana shu joyga
kelganda o‘zi nimjon eshagining beli sinib, o‘lib qoladi. Chol eshagini
ko‘mib yig‘lab o‘tirganda, boshqa o‘tinchilar savoliga “meni yigirma
yildan buyon boqib kelgan... Uzun quloq pirimni ko‘mdim...” deb
yig‘lab javob beribdi. O‘tinchilar cholga rahmi kelib, har kuni bir,
yarim tanga tashlab o‘tadigan bo‘lishibdi. Chol shu yerda bir qancha
yil tilanchilik qilib o‘tirgandan keyin olamdan o‘tadi. Chol o‘lgandan
keyin Azizxon eshon degan bir odam bu joyga dahma soldirib, bog‘-
rog‘ qiladi. Bu yerda Uzunquloq pirim qabri joylashgan, deb “boplab
ma’ruza qildi”. Eshitganlar hayratdan dong qotib qoldilar. Ular shu
paytgacha e’tiqod qo‘yib kelgan narsalari puchga chiqqanini hali
hazm qilib ulugurganlaricha yo‘q. Bu voqealar garchi Hoshimjon
nigohi bilan kuzatilib, uning aqli bilan idrok etilsa-da, yozuvchining
dunyoqarashi sezilib turadi.

A. Rasulov fikricha, “Sariq devning o‘limi” roman ichra

detektiv romandir. Detektiv adabiyotda jinoyatni fosh etish jarayoni
ma’lum tartib-qoidalar asosida davom etadi. Detektiv asarda
qotillik (yoki unga intilish) bo‘lishi shart, kurashuvchi kuchlar
nisbati deyarli teng bo‘lishi lozim. Detektiv asardagi konflikt rasmiy
muhokama tomonidan bostirib tashlanishi mumkin emas, asarda
kurash uzluksiz jiddiylashib, sirlilik, vahimalilik kasb etib boradi.
X.To‘xtaboev savdo-sotiq, oshxona, omborxonalarda ro‘y berayotgan


background image

59

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

jinoyatlarning fosh etilganligini ko‘rsatadi. Savdo yoxud jinoyat
ob’ekti vakillari xilvat joylar, kasalxona, jinnixonadan jon saqlash
maskani sifatida foydalanganlar. Yozuvchi jinnixonadagi voqealarni
Hoshimjon hikoyasi orqali o‘ta jonli, qiziqarli tasvirlaydi. Jinnixona,
jinoyatchilarning yerto‘la - ziyofatxonadagi sharoiti, munosabat,
muomalalari ishonarli tasvirlangan. Romanning shu o‘rinlarida
matn osti, matn ruhi, qamrovi aniq ko‘rinadi. Yoki yozuvchi voqea
orqali ichki, yashirin holatlarni ko‘rsatadi. Odil battol gadoy topmas
yerto‘lada o‘zini o‘ta erkin tutadi: asl qiyofasi, mohiyatini ko‘rsatadi.
Nafaqat Odil battol, Sallabodroq amaki, o‘g‘ri Mutal, Orif chayqovchi,
peshanasi yiltiroq amaki, omborchi ham yashirin xonada emin-erkin
so‘zlashadilar. Hoshim jinoyatchilar orasida o‘zini yo‘qotmaydi,
tutingan otasi Otajonovga, Ali Usmonovga, guruh boshlig‘i Xoliqov-
ga ma’lumot yetkazib turadi.

Hoshimjonning militsiya xodimi bo‘lib ishlashi haqiqiy

detektiv voqealar bilan ko‘rsatiladi. Odil battol va uning sheriklari
yashirin “qarorgoh”larini topishda, ularni fosh etishda Hoshimjonga
yana sehrli qalpoqcha yordam beradi: “Bir sakrab devordan oshib
o‘tdim. Hovli xuddi go‘ristondek qorong‘i, jimlik, tiq etgan ovoz
eshitilmaydi... Uyning eshigi berk, derazaga parda tutilganga o‘xshaydi
– tirqishdan nursiz yorug‘lik ko‘rinib turibdi. Uyga qanday kirdim
endi? Eshikni kim ochib beradi? Salgina ovoz chiqsa, hammalari
hushyor tortib, rejamizni chippakka chiqarishi mumkin! Shu paytda
qo‘g‘irchoq teatrida artist bo‘lib ishlaganim juda qo‘l kelib qoldi-da.
Boshimga qalpoqchamni kiyib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldim-u, eshikka
yaqinlashib, xuddi sovuq qotib qolgan mushuk bolaga o‘xshatib
zorlanib miyovlay boshladim, qo‘llarim bilan taxtani tatalab tirnadim.
Xayriyat, yalmog‘iz kampir qulog‘ini ding qilib o‘tirgan ekan, darrov

eshita qoldi...” [To‘xtaboyev 1982, 369].

Shundan keyin voqealar rivoji tezlashib ketadi. Hoshimjon

uyning yerto‘lasiga tushadi va u yerda Odil battol boshliq jinoyatchi-
lar to‘dasining bazmu jamshidiga guvoh bo‘ladi. Aslida jinoyatchilar-
ni bildirmay kuzatish, ular qilgan jinoyatlarga guvoh bo‘lib, isbot
bilan tutib olish jamiki izquvarlarning orzusi bo‘lsa kerak. Ana shu
orzu Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi yordamida amalga oshadi.
Buni fantastik asar tabiatidan kelib chiqib, xayoliy ishlarning amalga
oshuvi, deyish ham mumkin. Ammo mantiqan olib qaraganda, har
qanday jinoyat o‘z ildiziga, tarixiga, har qanday jinoyatchilar o‘z
makoniga ega bo‘lishi tabiiy. Jinoyatlar ildizining topilishi jihatidan
asardagi ba’zi bir o‘rinlar Artur Konan Doylning fosh etish san’atini
esga soladi. Faqat, ularning farqi Konan Doyl izquvar bo‘lib, sirtdan


background image

60

Ruxsora TULABAYEVA

kuzatadi, o‘rganadi, o‘zida sinab ko‘radi, jinoyatchilarni izidan yurib
fosh qiladi.

Umuman, “Sariq devni minib” romanida hayotbaxsh ruh,

harakatchan qahramonlar faoliyati yetakchilik qiladi. Ular bolalar
didiga, ruhiy-ma’naviy ehtiyojiga nihoyatda mos kelgan.

Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarida keksa odamlar – chol-

kampirlar alohida mehr bilan tasvirlanadi. Hoshimjon buvisini,
Akrom sartaroshni, polkovnik Salimjon Otajonovni nihoyatda
hurmat qiladi. Akrom bilag‘on Shirin qovunlar mamlakatida Dar
Darajaday ustoz-suyanchiq topib olganidan behad quvonadi. “Besh
bolali yigitcha”da Parpi bobo, To‘ti xola, Pakana bobo, Abziy singari
keksalar yetimlarning boshini silaydilar. Yozuvchining “Jannati
odamlar” asarida esa Erka bobo, Matmusa bobo singari diyonatli,
ilmli kishilar timsoli mehr bilan tasvirlangan. Buning sababi,
yozuvchi ma’naviyatining kamolga yetishida uning bobosi va buvisi
katta hissa qo‘shganidir.

Adibning “Besh bolali yigitcha” romanida keksalar obrazi

bir qancha. Ammo ularning har biri bir-biriga o‘xshamagan tabiati,
xarakteri, gap-so‘zlari bilan kitobxon yodida saqlanib qoladi. Ulardan
biri bolalarning qo‘shnisi, uch o‘g‘li urushga ketib uyi huvillab
qolgan Parpi buva va uning kampiri To‘xta xola. Bu chol-kampir
bolalar hayotida katta o‘rin tutadi. Bolalarning boshiga ketma-ket
kulfatlar tushganda shu ikki qariya ularning yonida bo‘ladi. Otasi
urushga ketgan, onasi traktor tagida qolib o‘lgan bolalarga Parpi
bobosining nasihatlari, To‘xta xolasining pishirgan qotirmalari najot
bo‘ladi. Ular o‘zlari muhtoj bo‘la turib, shu yetim bolalarga darmon
bo‘lishga, ularning ko‘ngillarini ko‘tarishga o‘zlarida kuch topadilar.
Kunlarning birida bolalarni yetimxonaga olib ketish uchun davlat
idorasidan uylariga mehmonlar kelishadi. Bu paytda Parpi buva
kasal: bir tomoni ishlamay yotgan edi:

“– Orifjonlarni olib ketgani keldik, ota, – to‘satdan gapni bu

yoqqa burib yubordi direktor opa.

– Yetimxonagami? – nazarimda bir cho‘chib tushgandek bo‘ldi

buvam, – o‘tgan safar bo‘lmaydi, deb aytuvdim-ku.

– Tanangizga bir o‘ylab ko‘ring, ota, o‘zingiz kasal bo‘lsangiz.
– Xudoga shukur, hali tirikman, qizim!” [To‘xtaboyev

2005, 71]. Xullas, suhbat Parpi buvaning to tuzalgunicha bolalar

yetimxonada turishlariga rozi bo‘lishi bilan tugaydi. Bu chol va
kampir asar oxirigacha olti yetimchaga qayg‘urib, ulardan xavotir
olib yashaydi. Garchi o‘zlari ko‘ngli o‘ksik bo‘lsalar-da, bolalarning
ko‘nglini o‘ksitmaslikka intiladilar. Bu obrazlar o‘zgacha bir mehr


background image

61

Yozuvchi biografiyasi va bola ruhiyati o‘ziga xosligi

bilan tasvirlangani anglashilib turadi.

Umuman olganda, yozuvchining biografiyasi yosh

qahramonlarda o‘ziga xos tarzda aks etadi. Ba’zan bu hodisada
yozuvchilik ruhi ustunlik qilib, jamiyat ma’naviy hayoti yozuvchi
tomonidan idrok qilinadi, ba’zan esa qahramon psixologizmi
o‘zining ruhiy-ma’naviy holatini yozuvchi ixtiyoridan tashqarida
namoyon etadi. Bu borada professor Safo Matjon shunday yozadi:
“Darhaqiqat, o‘zi qalamga olgan qahramonlar ruhiyati ich-ichiga
kirib borish, surati va siyrati tasvirining uyg‘unligiga erishish
orqali kitobxonning o‘zligini anglashga yo‘naltirilishini badiiy
adabiyotning bosh vazifasi deb bilgan adib jahonga mashhur “Sehrli
qalpoqcha”, “Sariq devni minib” asarlarini yaratgunga qadar katta
hayot va ijod maktabini o‘taydi. Adib asarlari xususida gap ketganda,
bolaligida boshdan kechirgan turmush mashaqqatlari, bobosi va
buvisis tarbiyasi, o‘qituvchilik faoliyati, gazetalar tahririyatidagi
felyetonchiligi bo‘lajak yozuvchini hayotga jiddiy ko‘z bilan qarashga
yo‘naltirganini sezish qiyin kechmaydi”

[Matjonov 2018, 5].

Xulosa

Umuman olganda, har qanday yozuvchi badiiy asar yozar ekan,

unda ba’zan istab, ba’zan istamasa-da o‘z hayotini qaysidir darajada
aks ettiradi. Yetimlik haqida yozar ekan, u albatta yetim bo‘lishi,
urush davri haqida yozar ekan, albatta urushning fojialarini qalban
his qilagn bo‘lishi shart. Shunday ekan, biz yozuvchi Xudoyberdi
To‘xtboevnining ruhiy-ma’naviy olami, qalb iztiroblarini u yaratgan
asarlar, u yaratgan qahramonlarda ko‘ramiz.

Adabiyotlar

Расулов, Абдуғафур. 2009.

Бетакрор ўзлик.

Тошкент: Мумтоз сўз.

Тўхтабоев, Худойберди. 1982.

Сариқ девни миниб.

Тошкент: Ёш

гвардия.

Тўхтабоев, Худойберди. 1991.

Ширин қовунлар мамлакати.

Тошкент:

Чўлпон.

Тўхтабоев, Худойберди. 2005.

Беш болали йигитча.

Тошкент: Ғафур

Ғулом номидаги НМИУ.

Матжонов, Сафо. 2018.

Сеҳрли қалам ёхуд болалигини қўмсаган бобо.

Х.Тўхтабоев. “Қайлардасан болалигим” китобига сўзбоши.
Тошкент.


background image

62

Ruxsora TULABAYEVA

Biography of the writer and the uniqueness of

the child’s psyche

Rukhsora Tulabaeva

1

Abstrakt

In this article, the works of Khudoyberdi Tokhtaboev, a major

figure of Uzbek children’s literature, are analyzed. In them, the expression
of the adolescent psyche, as well as the child’s psyche, are discussed in
detail. raised In fact, it is natural that any literary work will reflect the
writer’s biography to some extent. After all, when a writer writes a work,
the events he encountered during his life and the feelings he experienced
are imprinted in that work. When we analyze the works of the writer
Khudoyberdi Tokhtaboev, we see that they reflect the life path, character
(nature) of the writer.

Also, in the article, the main problem in today’s Uzbek children’s

literature - that the child’s psyche is primary in the education of the child -
was highlighted on the example of artistic works. It is noted that the artistic
work written for children is a reflection of the child’s psyche.

Key words:

writer, child mentality, biographical method, biography

of the writer, mentality of the elderly, comedy, skill, analysis.

References

Rasulov, Аbdugʼafur. 2009.

Betakror oʼzlik.

Toshkent: Mumtoz soʼz.

Toʼxtaboev, Xudoyberdi. 1982.

Sariq devni minib.

Toshkent: Yosh gvardiya.

Toʼxtaboev, Xudoyberdi. 1991.

Shirin qovunlar mamlakati.

Toshkent: Choʼl

-

pon.

Toʼxtaboev, Xudoyberdi. 2005.

Besh bolali yigitcha.

Toshkent: Gʼafur Gʼulom

nomidagi NMIU.

Matjonov, Safo. 2018

. Sehrli qalam yoxud bolaligini qoʼmsagan bobo.

X.Toʼx

-

taboev. “Qaylardasan bolaligim” kitobiga soʼzboshi. 5. Tosh

-

kent.

1

Tulabaeva Rukhsora Sayfullaevna

Doctor of Philosophy (PhD) in Philology,

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher
Navo’i.

E-mail:

rtulaboyeva@navoiy-uni-uz; rtolaboy@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

For citation:

Tulabaeva, R. 2022. “

Biography of the writer and the uniqueness of

the child’s psyche

”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

54-62.

Библиографические ссылки

Расулов, Абдуғафур. 2009. Бетакрор ўзлик. Тошкент: Мумтоз сўз.

Тўхтабоев, Худойберди. 1982. Сариқ девни миниб. Тошкент: Ёш гвардия.

Тўхтабоев, Худойберди. 1991. Ширин қовунлар мамлакати. Тошкент: Чўлпон.

Тўхтабоев, Худойберди. 2005. Беш болали йигитча. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ.

Матжонов, Сафо. 2018. Сеҳрли қалам ёхуд болалигини қўмсаган бобо. Х.Тўхтабоев. “Қайлардасан болалигим” китобига сўзбоши. Тошкент.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов