MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
19
ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA YO’QOTISHLARNI
KAMAYTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Shodiyev Oqiljon Abdurashit o’g’li
TDTU OF “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasi katta
o’qituvchisi
Saidov Doston Rustam o’g’li
TDTU OF “Elektr energetika” yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektr ta’minoti tizimlarida energiya
isroflarini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Raqamli
nazorat va monitoring tizimlari, jumladan ENHAT kabi avtomatlashtirilgan hisob
tizimlari orqali real vaqt rejimida energiya sarfini nazorat qilish, tarmoqlardagi
yo‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek,
yuqori samaradorlikdagi uskunalar (IE3/IE4 motorlar, amorf transformatorlar),
reaktiv quvvatni kamaytirish usullari, “aqlli tarmoqlar” va ISO 50001 energiya
menejment tizimi asosida resurslarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik
yechimlar tahlil qilingan. Maqola energiya samaradorligini oshirish orqali ekologik
barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali energiya tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Annotation: This article examines modern approaches to reducing energy
losses in power supply systems. It discusses the implementation of digital monitoring
and control technologies, such as the ENHAT automated energy accounting system,
which enables real-time consumption tracking, detection of anomalies, and accurate
billing. The article also highlights the role of high-efficiency equipment (IE3/IE4
motors, amorphous transformers), reactive power compensation, smart grids, and
energy management systems based on ISO 50001. These solutions aim to optimize
energy use, reduce transmission losses, and support the development of sustainable
and economically viable energy systems.
Kirish.
Bugungi kunda energetika resurslarini tejash va energiya
samaradorligini oshirish global muammolardan biri hisoblanadi. Elektr ta'minoti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
20
tizimlarida energiya isrofi nafaqat iqtisodiy zarar, balki ekologik muammolarni ham
keltirib chiqaradi. Shu bois energiya samaradorligini oshirish zamonaviy
texnologiyalarga asoslanadi.Hozirgi vaqtda eng dolzarb masala sifatida ko’rilayotgan
bosqich bu raqamli monitoring va nazorat tizimlarini joriy etishdir. Bu tizimlarga
misol tariqasida EENHAT tizimini keltirishimiz mumkin Bu elektr energiya nazorati
va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi bo‘lib, u elektr energiyasining iste'molini
avtomatik tarzda o‘lchash, nazorat qilish va hisoblash uchun mo‘ljallangan.
Asosiy qism.
Elektr energiyasi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi-
Elektr energiyasi iste'molini doimiy ravishda avtomatik o‘lchash. Olingan
ma'lumotlarni markaziy serverga uzatish. Energiya sarfini real vaqt rejimida
monitoring qilish va tahlil qilish.
Noqonuniy ulanishlar va yo‘qotishlarni aniqlash. Tarif asosida hisob-kitob
qilish va to‘g‘ri billing (hisob-kitob)ni ta'minlash. Energiya tejash va samaradorlikni
oshirish uchun ma'lumot bazasi yaratish. Bu ENHAT tizmining asosiy vazifalari
hisoblanadi.
ENHAT tizimining asosiy tarkibiy qismlari:
Elektr hisoblagichlar (aqlli, raqamli va masofadan o‘qiladigan).
Ma'lumot yig‘ish va uzatish qurilmalari (modemlar, kontrollerlar).
Markaziy server yoki ma'lumotni qayta ishlash markazi.
Dasturiy ta'minot (monitoring, tahlil, hisob-kitob va hisobotlar uchun).
O‘lchov: Elektr hisoblagichlar iste'mol qilingan elektr energiyasi haqida aniq
ma'lumotlarni yig‘adi. Uzatilish: Ushbu ma'lumotlar simli yoki simsiz aloqa orqali
(GPRS, PLC, Ethernet va boshqalar) markaziy serverga yuboriladi. Tahlil: Serverga
kelgan ma'lumotlar avtomatik tarzda tahlil qilinadi va kerakli hisobotlar
shakllantiriladi. Boshqaruv: Operatorlar yoki tizim avtomatik ravishda ortiqcha
iste'mol, anomaliyalar yoki nosozliklarni aniqlaydi va tegishli choralarni ko‘radi.
Elektr energiya nasorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi qo‘lda
ma'lumot yig‘ishga ehtiyoj qolmaydi — xatoliklar kamayadi. Elektr energiyasini
noqonuniy iste'mol qilish holatlarini tez aniqlash mumkin. Energiya isroflarini
kamaytirish va taqsimot samaradorligini oshirish. Tariflarga asoslangan differensial
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
21
hisob-kitoblarni (masalan, kechasi va kunduzgi tariflar) aniq amalga oshirish.
Iste'molchilarga energiya tejash bo‘yicha aniq tavsiyalar berish imkoniyati. SCADA
va Aqlli texnologiyalari yordamida real vaqt rejimida elektr iste'molini monitoring
qilish va analiz qilish orqali isroflarni aniqlash va bartaraf etish. Uning yana bir
vazifasi aqlli sensorlar va hisoblagichlar orqali nooptimal yuklamalarni aniqlash.
Shuningdek enhat tizimi an'anaviy tarmoqlarga qaraganda aqlli tarmoqlar avtomatik
ravishda energiya oqimini boshqaradi va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytiradi.
Tarqatish tarmoqlarida moslashuvchan boshqaruv va avtomatlashtirilgan qayta
taqsimlash.
Elektr energiya isroflarini kamaytirishning yana bir zamonaviy yechimi
energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Energiya
tejashning samarali yo‘llaridan biri —
energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan
qurilmalar va uskunalardan foydalanish
. Bu usul elektr ta'minoti tizimlarida
energiya isroflarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Yuqori samaradorlikdagi elektr
motorlar (IE3, IE4 klasslar)ni qo’llash orqali, a
n'anaviy motorlarga nisbatan
energiyani 10–15% kamroq sarflaydi. Ko‘plab sanoat va transport sohalarida keng
qo‘llaniladi. Kam yo‘qotishga ega bo‘lgan transformatorlar (masalan, amorf yadroli
transformatorlar) tarmoqdagi uzatish yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
an'anaviy lampalarga (lyuminestsent, volfram) qaraganda 60–80% kamroq energiya
sarflaydi va uzoq xizmat qiladi. Nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar kabi
qurilmalarning tezligini real ehtiyojga moslab boshqaradi va ortiqcha elektr sarfini
oldini oladi. Binolarda va sanoat ob’ektlarida yoritish, isitish, sovutish kabi tizimlarni
avtomatik optimallashtiradi.
Avtomatik kompensatsiya qurilmalari yordamida reaktiv quvvat oqimini
kamaytirish va tarmoqlardagi energiya yo‘qotishlarini minimallashtirish ham bugungi
kunda siyosat darajasiga olib chiqilgan, ishlab chiqarish korxonalarida
tabaqalashtirilgan to’lov tizimini o’rnatilishi, kompensatsiyalovchi qurilmalarga
bo’lgan talabning yuqori darajada ekanligini yaqqol isboti bo’la oladi.
Bugungi kunda eng samarali usul sifatida ko’rilayotgan yechim bu
distribyutilgan (muqobillashtirilgan) energiya manbalarini qo‘llash hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
22
Quyosh panellari, shamol turbinalari va boshqa mahalliy manbalarni integratsiya
qilish orqali tarmoqdagi uzatish yo‘qotishlarini kamaytirishga erishish bugungi
energetika tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hamda ushbu yechimlar ichida eng muhimlaridan biri sifatida aytishimiz
mumkin bo’lgani energiya menejmenti tizimlarini joriy etish tizimi hisoblanadi.
Korxonalar va binolarda energiya iste'molini optimallashtirish uchun ISO 50001
energiya menejmenti standartiga asoslangan tizimlar tatbiq etish butun dunyoda
amalga oshirilib kelinayotgan tizim hisoblanadi. Sabab sifatida energiya tejash
tizimini to’g’ri tanlash va uni bartaraf etish yuzasidan choralar ishlab chiqish albatta
ma’lum standartlarga amal qilgan holda olib borilishi lozim. Energiya menejment
tizmi shunday standartlardan biridir. Ushbu tizimda energiya korxonalari mukammal
tekshiruvdan va nazoratdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
hamda isroflarni kamaytirishga qaratilgan tizimli chora tadbirlar ishlab chiqiladi.
Xulosa.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki elektr ta'minoti tizimida
energiya isroflarini kamaytirish zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv uslublarini
keng joriy qilish bilan bevosita bog‘liq. Raqamlashtirish, tarmoqlarni
optimallashtirish, energiya samaradorligini oshiruvchi qurilmalardan foydalanish
orqali barqaror va ekologik xavfsiz energiya tizimini yaratish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Toirov O., Alimkhodjaev K., Pardaboev A. Analysis and ways of reducing
electricity losses in the electric power systems of industrial enterprises //E3S Web of
Conferences. – EDP Sciences, 2021. – Т. 288.
2.
Рагулин, А. В. Энергосбережение в электроэнергетике. Теория и
практика. — Москва: Энергия, 2021. — 312 с.
3.
Копылов, И. П. Электроснабжение и энергосбережение промышленных
предприятий. — Санкт-Петербург: Лань, 2020. — 456 с.
4.
Иванов, Н. А., Петров, С. В. Современные технологии энергосбережения
в системах электроснабжения. — Москва: Инфра-М, 2022. — 278 с.
5.
Shodiyev , O. A., Yuldashev , E. U., Yuldasheva, M. A., & Jalolov , I. S. (2022).
KONVEYER TRANSPORTINI ELEKTR YURITMASINI TESKARI ALOQALI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
23
DATCHIKLARI VOSITASIDA BOSHQARISH. Academic Research in Educational
Sciences, 3(10), 660–664. https://doi.org/
6.
Oqiljon Abdurashit o’g’li Shodiyev, Mohinur Abduhakim qizi Yuldasheva,
Shoxrux Baxriddin o’g’li Xudayberdiyev, & Komila Norqobil qizi Qudratova.
(2024). O’ZGARUVCHAN TOK DVIGATELLARINING TEZLIK ROSTLASH
USULLARINING TAHLILI .
Journal of New Century Innovations
,
43
(2), 35–38.
Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/10477
7.
Oqiljon Abdurashit O’G’Li Shodiyev, Elmurod Umaraliyevich Yuldashev,
Jasurbek Tashpulatovich Uralov, Abbos Bahodir Ogli Nomonov KONVEYER
TRANSPORTINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
VA TEXNIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH // Academic research in
educational sciences. 2023. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/konveyer-
transportining-energiya-samaradorligini-oshirish-usullari-va-texnik-yechimlarini-
8.
Shodiyev Oqiljon Abdurashit o’gli, FILTR KOMPENSATSIYALOVCHI
QURILMA (ФКУ) // YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR
JURNALI
Vol.
1
No.
3
(2024)
https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/59
9.
qizi
Qudratova
K.
N.
et
al.
ZAMONAVIY
SHAMOL
GENERATORLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI //Journal of
new century innovations. – 2023. – Т. 25. – №. 1. – С. 16-19.
