MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
91
VELOSIPEDCHILAR BILAN BOG’LIQ YO'L-TRANSPORT
HODISALARINING TAHLILI
Mo’minov Izzatillox Tulqinjon o’g’li
4 bosqich “Yo’l harakatini tashkil etish” yo’nalishi talabasi,
Ilmiy rahbar: X. Baynazarov
Andijon mashinasozlik instituti
Annotatsiya. Ushbu ishdada velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport
hodisalari statistikasi, ularning tahlili va oldini olish choralari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Velosiped, yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik choralari, yo‘l
transport hodisa.
KIRISH.
Zamonaviy shaharlarda transport tizimining samaradorligini
oshirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bunda
velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari jiddiy e’tibor talab qiladigan
sohalardan biri hisoblanadi. Velosiped transportining ekologik tozaligi, iqtisodiy
samaradorligi va sog‘liq uchun foydaliligi sababli, bu transport vositasi dunyo
bo‘ylab keng qo‘llanilmoqda. Ammo, velosiped infratuzilmasining yetarlicha
rivojlanmagani va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik kabi muammolar ushbu
transport vositasi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonining ortishiga sabab
bo‘lmoqda.
ASOSIY
QISM.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ammo
shunga qaramay, bu borada ijobiy o‘zgarishlar ko‘p, deb bo‘lmaydi. Achinarlisi,
ayrim haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishda davom etishmoqda.
Bunday sharoitda baʼzi mutaxassis va ekspertlar jazoni yanada kuchaytirishni
taklif qilayotir. Biroq bu bilan asosiy maqsadga erishish mushkul. Demoqchimizki,
barcha yo‘l harakati qatnashchilarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirmasdan
turib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olib bo‘lmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
92
Mavjud vaziyat tahlili ham shunga ishora bermoqda. O‘zbekiston IIV Jamoat
xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati maʼlumotlariga ko‘ra,
2024-yili davomida respublika hududida 9364 ta YTH qayd etilgan. Shundan ko’p
miqdordagi foizi subyektiv sabablarga ko‘ra sodir etilgan, yaʼni haydovchilar yo‘l
harakati qoidalariga eʼtibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan.
Agar haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilganda yuqoridagi barcha
YTH sodir bo‘lmasligi mumkin edi. Achinarlisi, 2024-yili davomida O‘zbekistonda
yo‘l-transport hodisalari natijasida 2023 kishi halok bo‘lgan, 8 ming 901 nafari turli
tan jarohatlari olgan.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi taqdim
etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning besh oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport
hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga
to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning birinchi yarmida (yanvar—iyun oylari) 9 839 ta yo‘l-transport
hodisasi sodir bo‘lgan, buning oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282
nafar inson halok bo‘lgan. Solishtirish uchun, 2020-yilning birinchi yarmida jami
2388 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 383 tasi bolalar, 1154 tasi
piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida qayd etilgan. Yuqoridagi raqamlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan YTHlar soni, 2020-yilga
qaraganda deyarli 4 barobarga oshgan(1-rasm).
9 839
2388
9209
1746
2282
642
0
2 000
4 000
6 000
8 000
10 000
12 000
2024-yilning birinchi yarmida
2020-yilning birinchi yarmida
Jami YTHlar
Jarohatlanganlar
Halok bo‘lganlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
93
1-rasm.
YTHlarning (2020-2024) yillar kesimida solishtirish.
O’tgan yillarda piyodalar o‘tish joyi tashkil etilmaganligi 6 ta (3.4%), yo’lni
ikkiga ajratuvchi to’siqlar o’rnatilmaganligi 2 ta (1.1%), piyodalar xarakatini
cheklovchi to‘siqlar 4 ta (2.3%), yo’llarning yoritilmaganligi 3 ta (1.7%),
velloyo’laklar tashkil etilmaganligi 6 ta (3.4%) tashkil etadi (2-rasm).
2-rasm
. Kelib chiqish sabablari bo‘yicha YTH soni
3-rasm. Velosiped bilan sodir etilgan jami yoʻl transport xodisalari (2019-
2023 yillar)
Yuqoridagi raqamlar yo‘l harakati qatnashchilarining ko‘pchiligi yo‘l harakati
qoidalariga rioya qilmasligini yana bir bor tasdiqlaydi. Natijada baxtsiz hodisalar soni
ortib bormoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
94
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmati statistik maʼlumotlariga ko‘ra, YTH turlari bo‘yicha sabablar etib piyodalarni
urib yuborish, avtomashinalar to‘qnashuvi va boshqalar keltirilgan.
Birgina Toshkent shahar IIB maʼlumotlarida aytilishicha, joriy yilning o‘tgan
yetti oyida poytaxtda 675 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Hodisa oqibatida 71
kishi halok bo‘lgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng
keng tarqalgan sababi tezlikni oshirish bo‘lgan — 199 ta holat. Haydovchilar
tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga eʼtibor bermaslik, mast
holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta YTH sodir etilgan (4-rasm).
4-rasm. Toshkent shahrida sodir etilgan YTH lar.
Aslida, velosiped haydovchilar uydan chiqishlari bilanoq yo‘l harakati
qoidalariga rioya qilishlari, jumladan, xavfsizlik shlemlari va nur qaytaruvchi
jihozlardan foydalanish odatiy holga aylanishi kerak.
2022 yilning yetti oyi davomida Farg’ona viloyatida velosipedchi bilan
to‘qnashuv bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari (keyingi o‘rinlarda YTHlar)
sonining ko‘payishi qayd etildi. Shunday qilib, 80 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
95
bo'lib, ularda 7 nafar velosipedchi halok bo'lgan, 76 nafar velosipedchi turli
darajadagi og'irlikdagi jarohatlar olgan, ulardan 25 nafari bolalar.
Velosipedchilar ishtirokidagi YTHlar murakkab muammo bo'lib, ularni oldini
olish uchun yuqorida keltirilgan barcha omillarni hisobga olish kerak. Yo'l
infratuzilmasini yaxshilash, haydovchilar va velosipedchilarni o'qitish, xavfsizlik
qoidalariga rioya qilish va qo'shimcha xavfsizlik choralarini ko'rish orqali ushbu
hodisalarni kamaytirish mumkin.
2021-yilning shu davrida 68 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 4 nafar velosipedchi
halok bo‘lgan, 64 nafar velosipedchi turli darajadagi og‘irlikdagi jarohatlar olgan,
shulardan 23 nafari bolalar.
Velosipedchilar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar, asosan, transport vositalari va
piyodalar tirbandligi bo'lgan aholi punktlari chegaralarida qayd etiladi. Bundan
tashqari, halokatli baxtsiz hodisalarning aksariyati (taxminan 77,5%) ertalab (soat 6
dan 12 gacha) va kunduzi (soat 12 dan 18 gacha) sodir bo'ladi.
Velosiped bilan bog’liq YTH larini ortib borayotganligi, yoʻl harakati
ishtirokchilarining velosipedda harakatlanish qoidalariga yetarli darajada eʼtibor
bermasligini
anglatadi.
Qolaversa,
atrof-muhitning
ifloslanishiga
qarshi
kurashishning eng yaxshi yoʻli koʻchalarda kamroq avtomobil boʻlishi, bunda
velosipedlar muhim oʻrin tutmoqda. Velosipedlar eng tejamkor, sokin va manevrli
transport turi hisoblanib, yoʻllar va toʻxtash joylarida kamroq joyni egallashi bilan
ahamiyatlidir. Qonunchiligimizda, velosiped bilan harakatlanishda bir qator qoidalar
belgilangan boʻlib, ushbu transport turini haydashdan oldin tegishli yoʻl-yoʻriqlarni
bilish maqsadga muvofiqdir.
Quyida velosiped bilan harakatlanish yuzasidan milliy qonunchiligimiz
hamda ushbu sohada ilgʻor xorij tajribasini tahlil qilamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-martdagi 172-son qarori bilan
tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida velosiped harakatlanishiga doir qoʻshimcha
talablar belgilangan boʻlib, unga koʻra, yoʻlda velosipedni boshqarish 14 yoshdan
kichik boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi. Shuningdek, velosipedlar yoʻlning chetki
oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
96
qoʻyiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishi
mumkinligi belgilangan. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va
tormoz tizimi soz boʻlishi zarur. Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaslik
sharoitida harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich
va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa,
zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerakligi belgilangan(5-rasm).
5-rasm
.
Velosipedlarga qo’yiladigan ogohlantiruvchi ishoralari.
Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishga asosan, velosiped yoʻlkasi boʻlmagan
holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qorongʻi
vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur
qaytaruvchi elementli parchalari boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart. Ushbu nur
qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar tomonidan koʻrinishi
taʼminlanishi kerak.
XULOSA.
Velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini tahlil
qilish natijalari bir qancha muhim jihatlarni aniqladi. Birinchidan, bunday
hodisalarning asosiy sabablari orasida yo‘l infratuzilmasining yetarlicha
rivojlanmagani, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi va velosipedchilar uchun
xavfsizlik choralari yetishmasligi mavjud. Ushbu muammolar nafaqat transport
tizimining samaradorligiga, balki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligiga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
97
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
"Yo‘l transport hodisalarini tizimli tahlili"
- Q.H. Azizov, Toshkent, 2022.
2.
"O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari: sabablari va oqibatlari" - Jamoat
xavfsizligi departamenti, 2023.
3.
"Yo‘l harakati qoidalari va ularning bajarilishi"
- O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. .
2020-yil 10-avgustdagi O‘zR IIBning 345-
sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan va 2021-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.
4.
Saidov M.X., Qahhorov A.A., Umarov B.SH. «Avtomobil tayyorgarligi».
Darslik. –Т., 2016. –544 b.
5.
Қулмуҳамедов Ж.Р. ва бошқалар
. Йўл ҳаракати қоидалари ва
хавфсизлиги. – Т., 2008. – 168 б.
6.
A.A.Qahhorov, M.X.Saidov «Yo’llarda harakatlanishni tartibga soluvchi
vositalar». O’quv qo’llanma.–Т., 2014. –124 b.
7.
"Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va xavfsizlikni oshirish"
- O‘zbekiston
Respublikasi Transport vazirligi.
https://gov.uz/oz/mintrans