MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
3
“LOYIHA ISHLARI”- O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA
Sultonova Gulzoda Otabek qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna
Ilmiy rahbar
Annotatsiya:
Ushbu maqolada loyiha faoliyatining o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash, izlanish olib borish, tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘usini
shakllantirishdagi o‘rni, ayniqsa, 2-sinfda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari
misolida yoritiladi. Loyiha ishlari orqali bolalarda axborot bilan ishlash, mulohaza
qilish va ijodiy fikrlash kabi kompetensiyalar rivojlanadi.
Kalit so‘zlar:
loyiha faoliyati, boshlang‘ich ta’lim, mustaqillik, o‘qish
savodxonligi, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, metodika.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqatgina bilim berish emas, balki
o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga, fikrlashga va harakatga o‘rgatish asosiy
maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, loyiha ishlari ta’limda muhim o‘rin tutib,
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu jarayonning asoslarini qo‘yish juda muhimdir.
Loyiha ishlari zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil
faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘quvchilarda chuqur bilim olish,
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu boisdan ta’lim jarayonida loyiha ishlariga alohida e’tibor qaratish muhim. Loyiha
ishlari aynan shu maqsadlarga xizmat qiladigan pedagogik vositalardan biridir.
Loyiha faoliyati bu
— o‘quvchilarning muayyan mavzuga oid savol yoki
muammoni mustaqil yoki guruhda hal qilishga yo‘naltirilgan, amaliy natijaga ega
bo‘lgan faoliyatidir. Uning
asosiy
maqsadi
— o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, axborot
bilan ishlash, qaror qabul qilish va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
4
Loyiha ishlari quyidagi jihatlari bilan mustaqil ta’limni rivojlantiradi:
O‘quvchini mustaqil mavzu tanlashga undaydi;
Tadqiqot olib borish, axborot to‘plash, tahlil qilishga o‘rgatadi;
O‘z fikrini yozma va og‘zaki ifoda etishga imkon yaratadi;
Javobgarlik, intizom va vaqtni rejalashtirish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
O‘qituvchi loyiha jarayonida yo‘naltiruvchi va motivatsiya beruvchi shaxs
sifatida faol ishtirok etadi. U mavzuni aniqlashda, ishni rejalashtirishda va yakuniy
natijani baholashda o‘quvchiga metodik ko‘mak ko‘rsatadi.
Psixolog va pedagog olimlar (V.V. Davidov, D.B. Elkonin, A.A. Leontyev)
fikriga ko‘ra, bola maktab yoshining boshida o‘quv faoliyatining mazmun-mohiyatini
to‘g‘ri tushunmaydi. Ammo loyiha asosidagi ishlar orqali bola o‘z harakati natijasini
ko‘ra oladi, bu esa uning shaxsiy motivatsiyasini oshiradi. Shuningdek, loyihalarning
ko‘p bosqichli tuzilishi (rejalashtirish, bajarish, taqdim etish) bola tafakkurini tizimli
tarzda rivojlantiradi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar hali to‘liq mustaqil fikrlashga o‘rganmagan
bo‘lishadi. Shu bois, loyiha faoliyatini yoshga moslashtirilgan shaklda tashkil etish
zarur. Masalan, 2-sinf o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat”, “Ulug‘
allomalar yurti”, “Mening oilam”, “O‘zbekistonning noyob tabiati”, “Zamonaviy
texnologiyalar” kabi loyihalar qulay va rivojlantiruvchi bo‘lishi mumkin.
2-sinf Ona tili darsligida berilgan matnlar asosida bir nechta loyihalar keltirib
o‘taman:
Ona tili I qism 84-betdagi 6-mavzu “Mening mahallam” mavzusida Katta
shahar loyihasini tuzishlari so‘ralgan va buni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.
Shahringizni qanday nomlagan bo‘lardingiz?
2.
Shahringizda binolar qanday joylashishini xohlardingiz?
3.
Undagi mahallalarni qanday nomlar edingiz? Eng kamida 3 ta nom o‘ylab
toping.
Ona tili I qism 45-betdagi 1-mashqda keltirilgan “Tovush paychalari” nomli
matn va ushbu matn asosida loyiha ishi keltirilgan. Biz bu matn ichida berilgan ajratib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
5
ko‘rsatilgan so‘zlarni yozib, unli va undosh harflarga ajratib olganimizdan so‘ng
undosh harflar tagiga chizish loyihasini o‘tkazamiz.
O‘qish savodxonligi IV qismida “Tabiatni asraylik” mavzusida darslikdagi
matn asosida ekologik loyiha: bolalar chiqindilarni saralash, daraxt ekish yoki tabiatni
muhofaza qilish haqida rasmlar chizib, og‘zaki nutq asosida taqdimot qiladi.
Bu turdagi ishlar bolalarda mustaqil izlanish, mulohaza qilish, yaratish va ifoda
etish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Loyiha ishlari 2-sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlashni shakllantirish,
axborotni izlash, tanqidiy tahlil qilish, o‘z fikrini bayon qilish kabi kompetensiyalarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali esa bu
jarayon oson va samarali tashkil etilishi mumkin. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari loyihalarni dars jarayoniga integratsiyalash orqali bolalarda mustaqil
faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishlari kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik I qism.
Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b.
2.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik II qism.
Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b.
3.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik III qism.
Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -96 b.
4.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik IV qism.
Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b.
5.
O‘qish savodxonligi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik
IV qism. U.B.Aydarova. - Toshkent: 2023-y. -80 b.
6.
Boshlangich ta‘limda yangi metodikalar asosida yaratilgan darsliklar bilan
ishlash usullari” konferensiya materiallari. Andijon-2023.