Authors

  • Obidjonova Ruxshona Suxrobovna
  • Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

Author Biographies

  • Obidjonova Ruxshona Suxrobovna

    O‘zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti talabasi

  • Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85609

Keywords:

Sinonim antinim lug‘at boylik makon zamon metodika kommunikativ analiz sintez

Abstract

So‘zning nutqda qanday shaklda qo‘llanilishini bilish qanchalik zarur bo‘lsa, uning ma’nosini bilish ham shunchalik zarurdir. Inson nutqi jarayonida zarur so‘zlarni semantik ma’nosiga qarab tanlaydi va fikrni aniq ifodalashga intiladi. Aks holda, yolg‘iz so‘z hech qanday kommunikativ vazifani bajara olmaydi. Yakka holdagi so‘zning o‘zi mustaqil ma’no anglatmaydi. Lekin bir nechta so‘zlardan tashkil topgan gaplar nutqni, nutq esa ma’lum bir ma’noni ifoda etadi. Yoki u dialogni tashkil qilishi mumkin. Shu orqali inson o‘z nutqi orqali aytayotgan so‘zi bilan boshqalarga nisbatan munosabatini yoki ular bilan o‘zaro aloqa shaklini aniqlaydi. Nutqni anglashning eng muhim sharti — unda ifodalangan fikr va mazmunni tushunishdir. Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo‘lib, ular so‘zlarning semantik ma’nosiga qarab shakllanadi. Nutq o‘stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, leksikologiya — bu alohida bo‘lim bo‘lib, unda lug‘at bilan ishlash, so‘zning ma’nosi, ma’no doirasi o‘rganiladi. Biz so‘zlarning ma’nosini leksikologiyada o‘rganamiz. So‘zning ma’noviy ishlatilishi, har qanday kontekstdagi ma’nosi, hattoki yuz ifodasiga qarab o‘zgarishi, ohang, qo‘llanish uslubi — bularning barchasi leksikologiyada o‘rganiladi. Mazmun va mohiyatiga ko‘ra lug‘at bilan qanday ishlashni va uni qanday o‘rganishni aniqlab olish kerak ekanligini ko‘rib chiqamiz. Ushbu maqola birinchi sinfga mo‘ljallangani sababli, “Alifbe” darsligi va o‘qish  savodxonligi darsliklari bilan ishlaymiz.  Eng avval, lug‘at ustida ishlash tushunchasiga oydinlik kiritamiz.  Lugʻat ustida ishlash — bu til boyligini oshirish, atamalarni tartibga solish va so‘zlarning to‘g‘ri ma’no va izohlarini aniqlash jarayonidir. Bu ish jarayonida avval  so‘zlar yig‘iladi, ularning imloviy va grammatik shakllari tekshiriladi. Keyin esa har bir so‘zning ma’nosi aniqlanib, kerak bo‘lsa tarjimasi yoki sinonim-antonimlari bilan birga yoziladi. So‘zlar odatda alifbo tartibida yoki mavzularga bo‘linib joylashtiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

65

1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA

LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna

O‘zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti talabasi

Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

Ilmiy rahbar

Annotatsiya;So‘zning nutqda qanday shaklda qo‘llanilishini bilish qanchalik

zarur bo‘lsa, uning ma’nosini bilish ham shunchalik zarurdir. Inson nutqi jarayonida

zarur so‘zlarni semantik ma’nosiga qarab tanlaydi va fikrni aniq ifodalashga intiladi.

Aks holda, yolg‘iz so‘z hech qanday kommunikativ vazifani bajara olmaydi. Yakka

holdagi so‘zning o‘zi mustaqil ma’no anglatmaydi. Lekin bir nechta so‘zlardan tashkil

topgan gaplar nutqni, nutq esa ma’lum bir ma’noni ifoda etadi. Yoki u dialogni tashkil

qilishi mumkin. Shu orqali inson o‘z nutqi orqali aytayotgan so‘zi bilan boshqalarga

nisbatan munosabatini yoki ular bilan o‘zaro aloqa shaklini aniqlaydi. Nutqni

anglashning eng muhim sharti — unda ifodalangan fikr va mazmunni tushunishdir.

Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo‘lib, ular so‘zlarning semantik ma’nosiga

qarab shakllanadi. Nutq o‘stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika

bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, leksikologiya — bu alohida bo‘lim

bo‘lib, unda lug‘at bilan ishlash, so‘zning ma’nosi, ma’no doirasi o‘rganiladi. Biz

so‘zlarning ma’nosini leksikologiyada o‘rganamiz. So‘zning ma’noviy ishlatilishi, har

qanday kontekstdagi ma’nosi, hattoki yuz ifodasiga qarab o‘zgarishi, ohang,

qo‘llanish uslubi — bularning barchasi leksikologiyada o‘rganiladi. Mazmun va

mohiyatiga ko‘ra lug‘at bilan qanday ishlashni va uni qanday o‘rganishni aniqlab

olish kerak ekanligini ko‘rib chiqamiz. Ushbu maqola birinchi sinfga mo‘ljallangani

sababli, “Alifbe” darsligi va o‘qish savodxonligi darsliklari bilan ishlaymiz. Eng

avval, lug‘at ustida ishlash tushunchasiga oydinlik kiritamiz. Lugʻat ustida ishlash —

bu til boyligini oshirish, atamalarni tartibga solish va so‘zlarning to‘g‘ri ma’no va

izohlarini aniqlash jarayonidir. Bu ish jarayonida avval so‘zlar yig‘iladi, ularning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

66

imloviy va grammatik shakllari tekshiriladi. Keyin esa har bir so‘zning ma’nosi

aniqlanib, kerak bo‘lsa tarjimasi yoki sinonim-antonimlari bilan birga yoziladi.

So‘zlar odatda alifbo tartibida yoki mavzularga bo‘linib joylashtiriladi.

Kalit so‘zlar;Sinonim, antinim, lug‘at, boylik, makon, zamon, metodika,

kommunikativ, analiz sintez,

Lugʻat ustida ishlash — bu til boyligini oshirish, atamalarni tartibga solish va

so‘zlarning to‘g‘ri ma’no va izohlarini aniqlash jarayonidir. Bu ish jarayonida avval

so‘zlar yig‘iladi, ularning imloviy va grammatik shakllari tekshiriladi. Keyin esa har

bir so‘zning ma’nosi aniqlanib, kerak bo‘lsa tarjimasi yoki sinonim-antonimlari bilan

birga yoziladi. So‘zlar odatda alifbo tartibida yoki mavzularga bo‘linib joylashtiriladi.

Lug‘at tuzishda aniqlik, soddalik va izchillik muhim ahamiyatga ega. So‘zning nutqda

qanday shaklda qo‘llanilishini bilish qanchalik zarur bo‘lsa, uning ma’nosini bilish

ham shunchalik zarurdir. Inson nutqi jarayonida zarur so‘zlarni semantik ma’nosiga

qarab tanlaydi va fikrni aniq ifodalashga intiladi. Aks holda, yolg‘iz so‘z hech qanday

kommunikativ vazifani bajara olmaydi. Yakka holdagi so‘zning o‘zi mustaqil ma’no

anglatmaydi. Lekin bir nechta so‘zlardan tashkil topgan gaplar nutqni, nutq esa ma’lum

bir ma’noni ifoda etadi. Yoki u dialogni tashkil qilishi mumkin. Shu orqali inson o‘z

nutqi orqali aytayotgan so‘zi bilan boshqalarga nisbatan munosabatini yoki ular bilan

o‘zaro aloqa shaklini aniqlaydi. Nutqni anglashning eng muhim sharti — unda

ifodalangan fikr va mazmunni tushunishdir. Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud

bo‘lib, ular so‘zlarning semantik ma’nosiga qarab shakllanadi. Nutq o‘stirish

metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo‘limlari alohida ahamiyat kasb

etadi. Ayniqsa, leksikologiya — bu alohida bo‘lim bo‘lib, unda lug‘at bilan ishlash,

so‘zning ma’nosi, ma’no doirasi o‘rganiladi. Biz so‘zlarning ma’nosini

leksikologiyada o‘rganamiz. So‘zning ma’noviy ishlatilishi, har qanday kontekstdagi

ma’nosi, hattoki yuz ifodasiga qarab o‘zgarishi, ohang, qo‘llanish uslubi — bularning

barchasi leksikologiyada o‘rganiladi. Mazmun va mohiyatiga ko‘ra lug‘at bilan qanday

ishlashni va uni qanday o‘rganishni aniqlab olish kerak ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Ushbu maqola birinchi sinfga mo‘ljallangani sababli, “Alifbe” darsligi va o‘qish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

67

savodxonligi darsliklari bilan ishlaymiz. Eng avval, lug‘at ustida ishlash tushunchasiga

oydinlik kiritamiz. Lugʻat ustida ishlash — bu til boyligini oshirish, atamalarni tartibga

solish va so‘zlarning to‘g‘ri ma’no va izohlarini aniqlash jarayonidir. Bu ish jarayonida

avval so‘zlar yig‘iladi, ularning imloviy va grammatik shakllari tekshiriladi. Keyin esa

har bir so‘zning ma’nosi aniqlanib, kerak bo‘lsa tarjimasi yoki sinonim-antonimlari

bilan birga yoziladi. So‘zlar odatda alifbo tartibida yoki mavzularga bo‘linib

joylashtiriladi. Lug‘at tuzishda aniqlik, soddalik va izchillik muhim ahamiyatga ega.

Lug‘at ustida ishlash metodikasi to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi:

1. O‘quvchilar lug‘atini bo‘yitish, ya’ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar

lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma’nolarini o‘zlashtirish. Ona tilining lug‘at

boyligini bilib olish uchun o‘quvchi o‘z lug‘atiga har kuni 8-10 ta yangi so‘zni, shu

jumladan, ona tili darslarida 4-6 so‘zni qo‘shishi, ya’ni shu so‘zlar ma’nosini

o‘zlashtirishi lozim.

2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1)

o‘quvchi puxta o‘zlashtirmagan so‘zlarning ma’nosini to‘liq o‘zlashtirish, ya’ni shu

so‘zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so‘zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo‘llari

bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so‘zning kinoyali ma’nosini, ko‘p ma’noli

so‘zlarni o‘zlashtirish; 3) so‘zlarning sinonimlarini, sinonim so‘zlarning ma’no

qirralarini o‘zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.

3. Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o‘z

nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.

Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o‘qiganlarni

qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol

lug‘atiga o‘tkazish. Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o‘zlashib

qolgan adabiy til me`yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so‘zlashuv tilida

qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.

Adabiy til me`yori degan tushunchani o‘zlashtirgach, o‘quvchilar yuqorida izohlangan

so‘zlar o‘rniga adabiy tildagi so‘zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid

malakalari mustahkam– langan sayin shevaga, jargonga oid so‘zlar, so‘zlashuv tilida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

68

ishlatiladigan sodda so‘z va iboralar o‘quvchilarning faol lug‘atidan chiqib keta

boshlaydi.

1-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash yoʻllari

1-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida lugʻat ustida ishlash – bu

o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, ularning fikr ifoda etish qobiliyatini

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega jarayondir. Quyida ushbu faoliyatga oid asosiy

jihatlar keltirilgan:

Lug‘at ustida ishlashning maqsadi: o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish.

So‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi va yozilishini o‘rgatish. So‘z ma’nolarini tushunish va

kontekstda qo‘llay olishga o‘rgatish. O‘qilgan matndan yangi so‘zlarni ajratib olish va

ularni ishlatishga undash.

Ish usullari va shakllari: so‘zlar bilan ishlash o‘yinlari: masalan, “top so‘zni”,

“teskari ma’no top”, “so‘zdan so‘z yasash”.

So‘z birikmalari tuzish: o‘quvchilar yangi o‘rgangan so‘z bilan gap tuzishadi.

Krossvord va diagrammalar: o‘quvchilarning so‘z yodlashini mustahkamlashga

yordam beradi. So‘z daftari yuritish: har bir darsda o‘rganilgan yangi so‘zlar yozib

boriladi. Rasmlar asosida so‘zlarni o‘rganish: ayniqsa birinchi sinfda bu juda samarali

usul hisoblanadi.

O‘qituvchining roli: o‘quvchilar uchun tushunarli, ravon va qiziqarli

tushuntirishni tashkil etish. Lug‘at ustida ishlashni darsning ajralmas qismiga

aylantirish. Yangi so‘zlarni ko‘p marta, turli kontekstlarda qo‘llashga undash.

Natijalar: o‘quvchilar mustaqil ravishda matndan yangi so‘zlarni ajratib oladi.

So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiladi va yozadi. Gap tuzishda so‘zlardan maqsadga muvofiq

foydalanadi. O‘qish va tushunish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Lug‘at ustida ishlash 1-sinf o‘quvchilari uchun ancha murakkab vazifalardan

biri hisoblanadi. Chunki 1-sinf o‘quvchilari hali har qanday so‘zlarni — ya’ni badiiy

so‘zlarni yoki adabiyotga xos bo‘lgan badiiy talqinda berilgan so‘zlarni bilmasliklari

mumkin. Shu sababli savod o‘rgatish davrida rasmlar orqali, keyinchalik esa

darsliklarda berilgan matlar orqali yangi so‘zlar bilan tanishtirishimiz mumkin bo‘ladi.

So‘zning ma’nosini tahlil qilishda mantiqiy tahlil muhim rol o‘ynaydi. Mantiqiy tahlil


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

69

odatda alohida emas, balki boshqa o‘quv faoliyati — umumlashtirish, tasniflash,

tizimlashtirish, xulosa chiqarish kabi tarkibiy qismlar orqali amalga oshiriladi. Tahlil

va sintezni birlashtirish tushunchalarni aniqlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar avval “Alifbe” darsligidagi matnlarni o‘qishdan

oldin, rasmga qaraydilar. Unda tasvirlangan hodisa va holatlar yuzasidan muayyan

tasavvur hosil qiladilar.

O‘qituvchi ularga rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish topshirig‘ini

beradi. Matn mazmuni yuzasidan berilgan savollar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur

ko‘nikmalarini, o‘qishga bo‘lgan diqqatini va kuzatuvchanligini oshiradi. Mazmun va

mohiyatiga ko‘ra alifbo darsligidagi matnlar va tasvirlangan predmetlar savod

o‘rgatish davrida o‘quvchilarning nutqini boyitish manbayi hisoblanadi. Ko‘pgina

so‘zlar nafaqat savod o‘rgatish darslarida, balki boshqa fanlarda ham takrorlanadi va

mustahkamlanadi. Shuning uchun nutq o‘stirish mashqlari o‘quvchilarning lug‘atini

boyitishga xizmat qiladi. Matematika, tasviriy san’at, mehnat, tabiatshunoslik kabi

boshqa fanlar bilan bog‘liqligi sababli, so‘z va so‘z birikmalarining miqdorini bir necha

marta ko‘paytirish zarur, deb hisoblaymiz. So‘z — tilning mazmunidir. Birinchi sinf

o‘quvchilariga alifbo darsligidan boshlab ushbu ma’lumotlar o‘rgatiladi. Ya’ni

o‘quvchilar rasm asosida bir-birlari bilan muloqot qilish, matn yaratish jarayonida

yangi so‘zlarni o‘rganadilar, ularning o‘rniga boshqa so‘zlarni qo‘yib ishlatish orqali

lug‘at boyligini oshiradilar. Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasi to‘rtta asosiy

yo‘nalishga tayangan holda olib boriladi. Savod o‘rgatish davridan keyin o‘qish

darsligidagi lug‘atlarni esa, matn orqali tahlil qilamiz. Darslikdan bir matnni tanlab

olamiz. "Vatan – mo‘tabar" matnini tushuntirish orqali yangi lug‘atlar bilan

tanishamiz. Matndan keyin “Savollarga javob bering”, “Izohli lug‘at”, “Topshiriqni

bajaring” kabi yo‘riqnomalar va savol-javoblar mavjud. Shundan so‘ng, matnni ifodali

o‘qing, maqollarni yodlang degan topshiriqlar ham keltirilgan. Ushbu topshiriqlar

mantnni yanada mustahkamlam o’rganilgan lug’atni yanada o’quvchilar ongiga

singishiga yordam beradi. Mazkur mavzuni o‘tishdan oldin bolalarga Vatan nima

ekani, Vatan qanday muqaddas tushuncha ekani, vatan haqida tushunchalarni berib

o‘tganimizdan keyin, kitobda berilgan ikkita yangi so‘z — “mo‘tabar” va “makon”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

70

bilan tanishamiz. Bu so‘zlar yangi bo‘lganligi sababli sinf taxtasiga yozib, bolalardan

so‘raymiz:

— Bolajonlar, “mo‘tabar” deganda nimani tushunasizlar?

O‘quvchilar o‘z fikrlarini aytishadi. Ayrimlari bilmasliklari ham mumkin.

Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, o‘quvchilar:

— Bu yangi so‘z, biz bilmaymiz, ustoz o‘zingiz ayting, – deb javob berishadi.

Shunda biz tushuntiramiz: mo‘tabar – bu “aziz, qadrli, hurmatli” degani. Ya’ni

“Vatanimiz aziz”, “Vatan mo‘tabar” deyishimiz mumkin. “Mo‘tabar” so‘zining

ishlatilish joylari haqida bolalar bilan suhbat o‘tkazamiz, ularning ongiga bu so‘z

ma’nosini singdiramiz. Shundan keyin ikkinchi so‘z — “makon” so‘ziga o‘tamiz.

— Makon nima degani, bolajonlar? — degan savolni beramiz. O‘quvchilar

bilan birgalikda suhbatlashib, bu so‘z “yashash joyi” degani ekanini tushuntiramiz.

— “Yashash joyi” deganda nimani tushunasizlar? Nega uyimizni “makon”

demaymiz, uy yoki hovli deymiz? Nega vatanni “makon” deb atayapmiz? — degan

savollarni berib, muhokama qilamiz. O‘quvchilar ongida hosil bo‘lgan ma’lumotlar

orqali ushbu lug‘atlar tushuntiriladi. So‘ng matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib

eshittiriladi. Matn yana bir marta qayta o‘qiladi. O‘qituvchi matnni ohang bilan,

chiroyli qilib o‘qib beradi. Shundan keyin matndan berilgan lug‘atlar topiladi:

— Matnimizga qo‘limizni qo‘yamiz-da, “mo‘tabar” va “makon” so‘zlarini

topamiz, — deymiz. “Vatan – mo‘tabar” degan ibora matn sarlavhasida ham uchraydi.

— Nega Vatan mo‘tabar ekan? — degan savol orqali o‘quvchilar bilan suhbat

davom ettiriladi. Keyin ikkinchi lug‘at – makon so‘zi topiladi.

— Demak, Vatan – bu siz sevgan odamlarning makoni.

Biz uyimizni “uy”, “hovli”, “xona” deb aytamiz, lekin “Vatan” — odamlarning

makoni deb ataladi. Nega “makon” deyiladi? Chunki vatanda ko‘plab millat va elatlar

yashaydi. Vatanimiz juda katta bo‘lganligi uchun u faqatgina “uy” emas, balki katta

makon — ya’ni biz sevgan insonlar yashaydigan joy sifatida “muqaddas makon” deb

ataladi. Shu tariqa lug‘atlar o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Keyin topshiriqlar

bajariladi, savollarga javoblar beriladi. Dars shu tarzda yakunlanadi. Bu ikkita lug‘at

uyga vazifa sifatida yodlab kelish uchun topshiriladi. Tushunmagan o‘quvchilardan bir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

71

necha marta so‘raladi. Yangi mavzuni o‘tilgach, avvalgi mavzuni takrorlash qismida

ushbu lug‘atlar yana qayta so‘raladi. Qayta so‘rash orqali biz o‘quvchilar ongiga lug‘at

singdirilganini aniqlaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

S. Matchonov, H. Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva,

G. Xolboyeva. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 2020.

2. F. Abdullayev. Lug‘at ustida ishlash. Samarqand 2022

3. U. Aydarova. O‘qish savodxonligi. 1-sinf II qism. Toshkent 2024. Nova

Edutainment”

4. Aydarova U. Onat tili. Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik.

II qism. Toshkent: “Novda Edutainment”, 2024-88 b.

5. O‘.Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari

– Toshkent. Fan. 2006.-260 bet

6. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva,

Sharafjon Sariyev “Ona tili o‘qitish metodkasi”. T.: “Nosir” 2009.

Most read articles by the same author(s)

Baxriddinova Yulduz Abror qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA YOZUVGA O’RGATISH USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Sultonova Gulzoda Otabek qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, “LOYIHA ISHLARI”- O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Norboyeva Gulshan Vahob qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, UCHINCHI SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARI TARKIBIDAGI JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI TAVSIFI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Sultonova Gulzoda Otabek qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, “LOYIHA ISHLARI”- O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Norboyeva Gulshan Vahob qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, UCHINCHI SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARI TARKIBIDAGI JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI TAVSIFI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Baxriddinova Yulduz Abror qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA YOZUVGA O’RGATISH USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, 1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, 1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)