Authors

  • Baxriddinova Yulduz Abror qizi
  • Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

Author Biographies

  • Baxriddinova Yulduz Abror qizi

    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

  • Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85599

Keywords:

Yozuv ko‘nikma usul Genetik usul Chiziqli usul Ritmik usul muammo yechim bilim husnixat.

Abstract

Ushbu maqolada, savod orgatish darslarida yozuvga orgatish usullaridan foydalanishning ahamiyati, oquvchilar duch keladigan muammolar va ularning yechimlari tadqiq qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

6

SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA YOZUVGA O’RGATISH

USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Baxriddinova Yulduz Abror qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

Ilmiy rahbar

Annotatsiya: Ushbu maqolada, savod o‘rgatish darslarida yozuvga o‘rgatish

usullaridan foydalanishning ahamiyati, o‘quvchilar duch keladigan muammolar va

ularning yechimlari tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar: Yozuv, ko‘nikma, usul, Genetik usul, Chiziqli usul, Ritmik usul,

muammo, yechim, bilim, husnixat.

Har bir mamlakatning ilmiy salohiyati, uning ta’lim sohasidagi erishilayotgan

muvaffaqiyatlari bilan o‘lchanadi. Yurtning ilg‘or davlatlar qatorida bo‘lishi hamda

yuksak taraqqiy etishi uchun ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Ta’lim jamiyatning

har bir sohasiga chuqur ta’sir ko‘rsatib, u ijtimoiy tenglikni taminlash, iqtisodiyotni

rivojlantirish, milliy qadryatlarni saqlash va yangi avlodlarga yetkazish, demokratik

jamiyatni shakllantirish, inson kapitalini rivojlantirish va millat kelajagini ta’minlovchi

asosiy vosita hisoblanadi. Hozirgi texnalogiyalar shiddat bilan rivojlangan davrda

ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularni ado etadigan shaxslarga

yuksak talablarni qo‘yadi. Har bir shaxs qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z

kasbining mohir ustasi bo‘lishi zamon talablaridan biridir.

Avvalo, ta’limning boshlang‘ich nuqtasi oiladan va maktabgacha ta’lim

muassasalaridan boshlansa, tizimli va rasmiy ravishda maktabda davom etadi. Maktab

bosqichi bolaning intellektual, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishining poydevorini

shakllantiradi. Bilimning poydevorini yaratish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish

va yozishni mukammal o‘rgatishdan iborat. Bu jarayonni amalga oshirish dastlab

bolajonlar maktabga ilk qadam qo‘ygan kundan boshlanadi. O‘quvchilarga savod


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

7

o‘rgatish darslari tashkil qilinib, bu jarayon to‘rt oy davom etadi. Savod o‘rgatish ikki

davrga bo‘linib uning dastlabki qismi yani alifbogacha tayyorgarlik davrida

o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari bilan tanishtiriladi hamda nutq

o‘stiruvchi mashqlar bilan shug‘ullantiriladi. Shuningdek unli tovushlar va ularning

xususiyatlari amaliy mashqlar yordamida o‘rgatiladi. Alifbo davrida esa o‘quvchilar

barcha unli va undosh harflar bilan tanishtiriladi. Savod o‘rgatishda o‘qish va yozish

darslari birgalikda olib boriladi. O‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga

tovush va harflarni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish hamda ularning

lug‘at boyligini oshirish va nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘lsa, yozuvga

o‘rgatish darslari o‘qish bilan parallel olib borilib, o‘quvchilarda yozuv malakalarini

shakllantirish, yozma nutqini rivojlantirishdir. Yozuv biz qaysi soha vakili

bo‘lishimizdan qat’iy nazar faoliyatimizda bajaradigan ishlarimizning asosiy vositasi

hisoblanib, fikrimizni to‘g‘ri va mantiqan ifodalashga, yangi g‘oyalarni ishlab

chiqishga yordam beradi. Shuning uchun ham bu jarayon muhimligi bilan birgalikda

mashaqqatli hisoblanib o‘qituvchidan zamonaviy usullarni bilish, o‘qitish metodlarini

qo‘llay olish, chuqur bilimga ega bo‘lish hamda sabrlilik va e’tiborni talab qiladi.

O‘quvchilani yozuvga o‘rgatishda quyidagi umumiy yondashuvlar va usullarni ko‘rib

chiqamiz.

Dastlab bizda shunday savol paydo bo‘ladi. Hozirgi zamonaviy davrda,

qog‘ozga yozishdan ko‘ra eletron tizimdan foydalanayotgan vaqtda, yozuvni

o‘rganish biz uchun nimaga kerak? Shu sababli yozuvga o‘rgatishning asosiy

ahamiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Har bir davlatning ilmiy salohiyati xalqining savodli bo‘lishi bilan belgilanadi.

O‘qish va yozish savodxonligi birdek ahamiyatli. Yozuvga o‘rgatish ta’lim

jarayonining muhim qismidir, chunki u o‘quvchilarning fikrlash, mantiqiy izchillik,

nutq madaniyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Yozma nutq

o‘quvchilarga o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalashni o‘rgatadi. Bu esa nafaqat

ta’limda, balki kundalik hayotda ham muloqot qilishni osonlashtiradi. Yozish

jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq tartibda ifodalash, dalillash va asoslashga

harakat qilishadi. Bu ularning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Insho, esse va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

8

badiiy matnlar yozish ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilar o‘z

tasavvurlarini, his-tuyg‘ularini va hayotiy tajribalarini yozuv orqali ifodalashga

o‘rganishadi. Yozuv jarayoni o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, diqqatni

jamlashga o‘rgatadi va matn bilan ishlash malakasini oshiradi. Yozuv orqali

o‘quvchilar mustaqil izlanish, o‘rganilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosa

chiqarish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Yaxshi yozilgan matnlar nafaqat

mazmun, balki shakl jihatidan ham chiroyli bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarning

estetik didini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilar maktabda, oliy o‘quv yurtlarida

va keyinchalik kasbiy faoliyatida yozish malakalaridan keng foydalanadilar. Ilmiy

ishlar yozish, hujjatlar tayyorlash va kasbiy yozishmalar yuritish uchun yozuvga

o‘rgatish juda muhimdir. Shuning uchun yozuvga o‘rgatish nafaqat lingvistik

ko‘nikma, balki shaxsiy va kasbiy rivojlanishning ham muhim qismidir.

Savod o‘rgatish darslarida yozuvga o‘rgatishning turli usullaridan

foydalaniladi. Bular quyidagilardan iborat:

1.Genetik usul

. Bunda harflardagi elementlarning oson-qiyinligi, bir

elementning qaysi harflarda mavjudligi – takrorlanishi hisobga olinadi. Bu usulning

afzalligi shundan iboratki, o‘quvchi harfni alifbodagi tartibda emas, balki uning

yozilishidagi o‘xshashliklarga asoslanib yozadi.

2.Chiziqli usul.

Har qanday harfning yozilishini o‘rganish uchun o‘quvchi

harfning barcha belgilarini, harfdagi alohida elementlarning joylashish o‘rnini, hajmini

bilishi kerak. O‘quvchining harfni yozuv chiziqlari orasida to‘g‘ri joylashtirishi uchun

daftar varag‘iga yotiq chiziqlar chiziladi, daftarda o‘ziga xos setka paydo bo‘ladi.

O‘quvchilar yozuv setkalari ichiga har bir harfni joylashtirib yozadi. Qatorning

yo‘nalishini ko‘rsatib turuvchi chiziq va kataklar harf elementlarini joylashtirishni

anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham chiziqli usul yozuvga o‘rgatishning

asosiy usullaridan hisoblanadi.

3.

Namunaga qarab yozish usuli.

Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri

harflarning shakli namunasini ko‘rsatish va yozdirishdir. Har bir harfning namunasi

doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o‘quvchilarga

daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

9

4

. Namunaga qarab ko‘chirish usuli.

Bu usulda o’quvchilar harflarni

“Husnixat daftari” yoki “Yozuv daftari”dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar.

Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurg‘izib mashq qilish

mexanik jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.

5.

Nusxa ko‘chirish usuli.

Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila

olmaydigan, yozayotganda daftar chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan

o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi.

6

. Tasavvur orqali yozish usuli

. O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf

yoki uning bog‘lanishlarini o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko‘rsatadi

va bu orqali o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi.

7.

Ritmik usul(sanoq-ohang).

Bu usul o‘qituvchi sanog‘I ostida harf va uning

elementlarini yozish demakdir. Bu usuldan savod o‘rgatish davrida va 1-sinfning

ikkinchi yarim yilligida foydalanish mumkin

8.

Harf shakllarini tahlil qilish usuli.

Harflarni elementlarga ajratib tahlil

qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda ekanligini, bu

elementlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini

o‘quvchilar tasavvur etadilar.

9.

Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli.

Chiroyli yozuv qoidalarini

yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi.

Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim,

shundagina o‘quvchilar uni to‘liq o‘zlashtirishlari va amalda qo‘llashlari mumkin.

Masalan, birinchi sinfda dastlab to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash, daftarni

to‘g‘ri holatda qo‘yish kabi talablar, shundan keyin so‘zlarda harflarning balandligini

va qiyaligini bir xilda saqlash, so‘zlarda harf unsurlari va harflarning oralig‘ini bir xil

uzoqlikda chamalab yozish qoidalari o‘rgatiladi.

10.

Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.

Husnixat qoidalari asosida

yozishni mashq qilishga 6-8 daqiqa ajratiladi, bu vaqt oralig‘ida o‘quvchilarning qo‘li

va muskullari charchashi mumkin, charchoq alomatlari ko‘zga tashlansa, darhol qo‘l

harakatiga doir jismoniy mashqlar tashkil etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

10

11.

Xatolar ustida ishlash usuli.

Bu usulni qo‘llashdan maqsad har bir

o‘quvchini o‘z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o‘rgatishdir.

O‘quvchilarning

o‘z

yozuvlaridagi

harflarning

to‘g‘ri

yoki

noto‘g‘ri

shakllantirilganligini, qiyaligini, baland yoki past yozilganligini tekshirib chiqish

topshiriladi.

12.

Qo‘l uzmasdan yozish usuli.

Qo‘l uzmasdan yozish yozuv malakalarini

tez va erta egallashga zamin yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga harflarni yoza

boshlaganlarida harflarni yozish jarayonida ruchkaning uchini qog‘ozdan uzmagan

holda yozishlarini eslatib turishi lozim.

Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarni yozishga o‘rgatish vaqtida

o‘qituvchining ko‘magi muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon anacha murakkab bo‘lib,

pedagogdan yetarlicha sabr va mahorat talab qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar qiladigan

xatolarga ko‘z yumishi, har qanday vaziyatda o‘quvchilarga yaxshi muomalada

bo‘lishi, doimo rag‘batlantirish orqali motivatsiyasini oshirib borishi, ular

muammolarga duch kelganda turli xil usullar orqali hal qila olishi zarur. Ba’zi

o‘quvchilar harflarni yozayotganda turli xil muammolarga duch kelishadi. Masalan,

bolalarning dars mashg‘ulotlariga psixologik tomondan to‘la tayyor emasligi, qo‘l

matorikasining yetarlicha rivojlanmaganligi, qiziqishning yetishmasligi, harflarni

shakllantirish va bog‘lash qiyinligi kabilar. Muammolar bo‘lgan joyda, albatta uning

yechimlari ham bo‘ladi. Avvalo, qo‘l matorikasini rivojlantirish uchun o‘quvchilarga

rasmlar chizdirish, plastilindan turli xil narsalar yasash, qog‘oz kesish kabi mashqlar

bajarish yetarlicha samara beradi va ularning qiziqishini ham oshiradi. Bundan tashqari

dars mashg‘ulotlari o‘yin bilan birgalikda olib borilsa, o‘quvchilar zerikmaydi.

Dars mashg‘ulotlarida yozuvga o‘rgatishning turli usul va metodlaridan

foydalanish yuqori natijaga erishishda muhimdir. Misol uchun, namunaga qarab

ko‘chirish usuli o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolarni tuzatishga yordam beradi.

Bugungi kunda chiziqli usul keng qo‘llanilmoqda. Sababi yozishning bu usuli harflarni

to‘g‘ri joylashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bundan tashqari taqqoslash usuli ham

yaxshi samara beradi. Bunda o‘quvchilarning dastlabki yozuvi bilan bir qancha vaqt

o‘tgandan keying yozuvlarini o‘zlariga taqqoslashni vazifa qilib berish kerak. Ular o‘z


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

11

yozuvlari yaxshi tomonga o‘zgarganligini ko‘rib motivatsiya oladi va qiziqishi ortadi.

Ushbu usullar o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos ravishda

tanlanganida, ular harflar va so‘zlarni to‘g‘ri yozishni, mazmunli gaplar tuzishni

osonroq o‘zlashtiradilar. Xususan, didaktik o‘yinlar, vizual materiallardan foydalanish,

harflarni shakllantirish texnikalari va interfaol mashg‘ulotlar dars samaradorligini

oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning imkoniyat va qiziqishlarini hisobga

olgan holda, savod o‘rgatish darslarida yozuvga o‘rgatish usullaridan foydalanish

muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvga o‘rgatish jarayoni nafaqat o‘quvchilarning imlo

va husnixat ko‘nikmalarini shakllantiradi, balki ularning mantiqiy fikrlash, nutq rivoji

va ijodiy ifoda qobiliyatlarini ham oshiradi. Yozuvga o‘rgatish usullarining o‘rinli

qo‘llanilishi savod o‘rgatish jarayonining samaradorligini ta’minlaydi, o‘quvchilarning

ishonchini oshiradi va ularning mustaqil yozma nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Aydarova U.B., Yuldasheva D.Sh. Onat tili. Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining

1-sinfi uchun darslik. I qism. Toshkent: “Novda Edutainment”, 2024-112 b.

2. Aydarova U. Onat tili. Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik.

II qism. Toshkent: “Novda Edutainment”, 2024-88 b.

3. O‘.Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari

– Toshkent. Fan. 2006.-260 bet

4. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva,

Sharafjon Sariyev “Ona tili o‘qitish metodkasi”. T.: “Nosir” 2009.

5. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Quronov, Shokir Tursun. Ona tili va

o‘qish savodxonligi. 2-qism. darslik 2-sinf uchun.

T.: 2021-120 bet

6. A.Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika – Toshkent. Innovatsiya –

Ziyo.2020.-194-bet

Most read articles by the same author(s)

Sultonova Gulzoda Otabek qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, “LOYIHA ISHLARI”- O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, 1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Norboyeva Gulshan Vahob qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, UCHINCHI SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARI TARKIBIDAGI JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI TAVSIFI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Sultonova Gulzoda Otabek qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, “LOYIHA ISHLARI”- O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Norboyeva Gulshan Vahob qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, UCHINCHI SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARI TARKIBIDAGI JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI TAVSIFI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Baxriddinova Yulduz Abror qizi, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA YOZUVGA O’RGATISH USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, 1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Obidjonova Ruxshona Suxrobovna, Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna, 1-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH YO’LLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)