MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
12
UCHINCHI SINF O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARI
TARKIBIDAGI JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI TAVSIFI
Norboyeva Gulshan Vahob qizi
O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti talabasi
Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna
Ilmiy rahbar
Annotatsiya: Ushbu maqolada uchinchi sinf o’qish savodxonligi darsliklari
tarkibidagi jahon adabiyoti namunalarining tavsifi va ulaning o’quvchilarga ta’siri
yoritilgan.Jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilari:Roald Dahl,Janni Rodari,
Lev Nikolayevich Tolstoylarning bolalar uchun yozgan asarlari va ular orqali
berilayotgan tarbiyaviy g’oyalar tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:Uchinchi sinf,o’qish savodxonligi,jahon adabiyoti,Roald
Dahl,Janni Rodari,Lev Nikolayevich Tolstoy,bolalar adabiyoti,tarbiya,bilim, « Oyog’i
osmondan bo’lgan sichqonlar » zukkolik,,tafakkur, "Hunarning hidi qanaqa?",
mehnat,ta’lim,ijodiy fikrlash, “Filippok”, pedagogika.
Uchinchi sinf o’qish savodxonligi darsliklarida jahon adabiyotining turli
namunalari kiritilgan bo’lib,ular o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va
adabiyotga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.Bunga misol qilib Jahon adabiyoti
namoyondalaridan Roald Dalning hayoti va ijodi haqida to’xtalib o’tamiz va keyin
uning
« Oyog’i osmondan bo’lgan sichqonlar »
asarini ko’rib chiqamiz.
«Roald Dahl
(talaffuzi:
Roald Dal
1916-yil 13-sentyabr — 1990-yil 23-
noyabr) asli norvegiyalik ingliz yozuvchisi, qissanavis, shoir, ssenariynavis va urush
1
. Uning kitoblari butun dunyo boʻylab 250 million
nusxadan ortiq sotilgan. Dal „XX asr bolalari uchun eng buyuk yozuvchilardan biri“
1
. Qaraldi: 2022-03-02.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
13
sifatida tan olingan. Uning „Charli va shokolad fabrikasi“, „Matilda“, „Bahaybat va
mehribon dev“ kabi asarlari oʻzbek tilida chop etilgan.
norvegiyalik badavlat muhojirlar oilasida tugʻilgan va umrining
asosiy qismini Angliyada oʻtkazgan.
kuchlarida (RAF) xizmat qilgan. U dastlab qiruvchi uchuvchi, keyinchalik razvedkachi
boʻlib, qanot qoʻmondoni vazifasini bajaruvchi darajasigacha koʻtarildi. Yozuvchi
sifatida 1940-yillarda bolalar va kattalar uchun yozilgan asarlari orqali tanilib,
dunyodagi eng xaridorgir mualliflardan biriga aylandi. Adabiyotga qoʻshgan hissasi
uchun mukofotlari orasida 1983-yilda World Fantasy Award for Life Achievement va
1990-yilda British Book Awards tomonidan yilning eng yaxshi bolalar muallifi kabi
nufuzli mukofotlar bor. Dal va uning asarlari irqiy stereotiplar, misoginiya va
antisemitizm uchun tanqidga olingan, keyinchalik uni taniganlar tomonidan norozilik
Dalni „1945-yildan beri 50ta eng buyuk
britaniyalik yozuvchilar“ roʻyxatida 16-oʻringa qoʻydi. 2021-yilda
earning dead celebrity (eng koʻp daromad topuvchi vafotgan etgan mashhurlar)
reytingiga kiritdi.»
2
«Dalning hikoyalari kutilmagan yakun bilan, bolalar uchun kitoblari esa goʻdak
qahramonlarning yovuz dushmanlari aks ettirilgan gʻayrioddiy, dahshatli, koʻpincha
qora yumorga boy kayfiyati bilan mashhur.»
3
Uning bolalar uchun yozgan asarlarida
mehribon insonlar ulugʻlanadi va iliq tuygʻular tarannum etiladi. Uning
Jeyms va ulkan
shaftoli
,
Charli va shokolad fabrikasi
,
Matilda
,
Jodugarlar
,
Fantastic Mr Fox
,
The
BFG
,
The Twits
,
Giraffe and The Pelly and Me
va
Georgeʼs Marvellous Medicine
kabi
bolalarga bagʻishlangan mashur asarlari bor.
Kutilmagan ertaklar
nomli asari esa
kattalar uchun yozilgan kitoblari sirasiga kiradi.
"Oyog‘i osmondan bo‘lgan sichqonlar" asarining tavsifi va tarbiyaviy
ahamiyati:
2
Freeman.
„The Highest-Paid Dead Celebrities 2021“
. Forbes (2021-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
3
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
14
"Oyog‘i osmondan bo‘lgan sichqonlar" hikoyasi Levon ismli qariyaning aql va
zukkolik bilan sichqonlarni o‘z uyidan qanday haydaganini tasvirlaydi.
87 yoshli Levon kambag‘al bo‘lsa-da, hayotdan mamnun inson. U
sichqonlarning uyida paydo bo‘lishiga dastlab ahamiyat bermaydi, ammo ularning soni
ko‘paygach, bu holat uni bezovta qila boshlaydi. Sichqonlarni oddiy usullar bilan
qo‘rqita olmasligini anglagan Levon, o‘zining zukkoligi bilan muammoni hal qilishga
harakat qiladi.
U sichqonlarni chalg‘itish maqsadida, xonadagi barcha narsalarni – stol, stul,
gilam va boshqa buyumlarni shiftga yopishtiradi. Sichqonlar bu manzarani ko‘rib, pol
va shift joyini almashtirib qo‘yilgandek his qilishadi. Natijada, ular juda qo‘rqib ketadi
va muvozanatini yo‘qotib hushidan ketadi. Levon esa ertalab kelib, ularni yig‘ib,
uyidan olib chiqib ketadi.
Bu hikoya insonning aql bilan har qanday muammoni hal qilishi mumkinligini
ko‘rsatadi. Levon mushkul vaziyatga tushganida vahimaga tushmaydi, balki o‘ziga xos
ijodkorlik bilan sichqonlarni yengish yo‘lini topadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun tarbiyaviy ahamiyati
1. Muammolarni aql bilan hal qilish - Hikoya bolalarga shuni o‘rgatadiki, har
qanday qiyinchilikni kuch bilan emas, balki aql va topqirlik bilan hal qilish mumkin.
Levon zichqonlarni yo‘q qilish uchun kuch ishlatish o‘rniga, ularning ongiga
ta’sir qilish yo‘lini tanlaydi. Bu esa bolalar uchun saboq bo‘lishi mumkin.
2. Sabr va mulohazakorlik - Levon vaziyatdan sabr bilan chiqish yo‘lini izlaydi
va harakat qilishdan oldin reja tuzadi.
Bu o‘quvchilarga har qanday muammoni shoshmasdan va yaxshilab o‘ylab hal
qilish lozimligini o‘rgatadi.
3. Ijodiy fikrlash va tasavvur dunyosini rivojlantirish - Asar o‘quvchilarning
ijodiy fikrlashini rag‘batlantiradi. Chunki Levon an’anaviy usullardan farqli, noodatiy
yechimni tanlaydi.
Bolalar ushbu hikoyadan ilhom olib, hayotdagi muammolarni hal qilish uchun
o‘ziga xos usullarni o‘ylab topishga harakat qilishlari mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
15
4. Tabiat va hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish - Levon sichqonlarni
o‘ldirish o‘rniga, ularni shunchaki qo‘rqitib, hushidan ketkazadi va keyin uyidan olib
chiqib ketadi.
Bu bolalarda hayvonlarga nisbatan shafqat va mehr-oqibat hissini
rivojlantiradi.
5. Hamma narsaga tanqidiy yondashish - Sichqonlar shiftga yopishtirilgan
narsalarni ko‘rib, avvaliga kulishadi, keyin esa hayratdan shokka tushadilar.
Bu bolalarga har qanday vaziyatni chuqur tahlil qilish va yuzaki fikrlashdan
qochish kerakligini o‘rgatadi.
6. Dunyoqarashni kengaytirish - Asar bolalarni noodatiy va o‘ziga xos
tafakkurga yo‘naltiradi. Levonning sichqonlardan qutulish usuli an’anaviy fikrlash
doirasidan tashqarida.
Bu bolalarni cheklangan fikrlashdan chiqib, har bir vaziyatga yangicha
yondashishga o‘rgatadi.
"Oyog‘i osmondan bo‘lgan sichqonlar" hikoyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. U bolalarga zukkolik,
ijodkorlik, muammolarni aql bilan hal qilish, sabr va hayvonlarga mehr bilan
munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni o‘rgatadi. Shu bilan birga, hikoya bolalarning
tasavvur dunyosini kengaytirib, ularni hayotiy masalalarga yangicha yondashishga
ilhomlantiradi.
Janni Rodari
(1920–1980) – XX asrning eng mashhur bolalar
yozuvchilaridan biri bo‘lib, uning ijodi butun dunyoda katta e’tirofga sazovor bo‘lgan.
U Italiyada tug‘ilgan va dastlab o‘qituvchi sifatida ishlagan. Keyinchalik jurnalistika
va adabiyotga qiziqib, bolalar uchun ertak va hikoyalar yozishga kirishgan. Uning ijodi
bolalar uchun nafaqat qiziqarli, balki ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.
Rodari o‘z asarlarida bolalar tasavvurini rivojlantirishga, ularni haqiqatni
anglashga va adolat uchun kurashishga undaydi. U o‘z hikoyalari va ertaklarida
ko‘pincha fantastik va hajviy usullardan foydalangan. 1970-yilda bolalar adabiyotiga
qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xans Kristian Andersen mukofoti bilan taqdirlangan. Bu
mukofot bolalar adabiyotidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
16
Janni Rodarining eng mashhur asarlaridan biri "Chipollinoning sarguzashtlari"
bo‘lib, unda kichik piyozcha Chipollino zulmga qarshi kurashadi. Bu asar orqali
muallif bolalarga adolat, do‘stlik va jasoratning muhimligini tushuntiradi. "Jelsamino
yolg‘onchilar mamlakatida" ertagi esa yolg‘on va haqiqat o‘rtasidagi qarama-
qarshilikni yoritib, bolalarni haqiqatparvarlikka o‘rgatadi. Uning "Telefon ertaklari"
asari bolalar uchun qisqa, qiziqarli va mantiqiy xulosalarga boy hikoyalardan iborat.
Rodarining ijodi bolalar ongini o‘stirishga, ularni ijodiy fikrlashga va jamiyatga
foydali inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. U bolalar adabiyotida yangi yo‘nalish
yaratgan va bugungi kunda ham uning asarlari yosh kitobxonlar tomonidan sevib
o‘qiladi. Uning har bir asari bolalar qalbida mehr-oqibat, mehnatsevarlik va haqiqatga
bo‘lgan intilishni shakllantirishga yordam beradi
Janni Rodarining
"Hunarning hidi qanaqa?"
she’ri mehnatsevarlik va
kasb-hunarga bo‘lgan hurmatni tarbiyalashga qaratilgan badiiy asardir. Muallif ushbu
she’r orqali turli hunarlarning o‘ziga xosligini tasvirlab, bolalarni mehnat qilishga
undaydi.
She’r har bir kasbning o‘ziga xos hidi borligini ta’kidlab boshlanadi. Masalan,
novvoyning isidan xamirturush hidi keladi, duradgor ustaxonasidan yangi yog‘och va
taxta hidi tarqaladi. Bo‘yoqchilardan turli bo‘yoqlarning isi anqisa, shifokorlarning
xalatidan dorilar hidi keladi. Dehqon dalada mehnat qilarkan, undan tuproq va o‘tloq
hidi keladi. Baliqchining kiyimidan esa dengiz hidi seziladi. Bu misollar orqali muallif
mehnatning har bir sohasini qadrlash lozimligini ko‘rsatadi.
She’rning eng muhim jihati shundaki, muallif bekorchilar hidga ega emasligini
ta’kidlaydi. Ishyoqmaslar qanchalik ko‘p atir sepmasin, ularning hidi hech kimga
yoqmaydi. Bu orqali Rodari bolalarga "mehnatsiz inson jamiyatga foyda keltira
olmaydi" degan tushunchani singdiradi.
Ushbu she’rning badiiy xususiyatlari shundaki, unda realistik tasvir vositalari,
jonli va tasirchan ifodalar ishlatilgan. She’r bolalarning tasavvurini boyitib, ularni turli
hunar va kasblarga qiziqtiradi. She’rning qofiyalanishi va oson yodda qoladigan
ifodalar uning ta’sirchanligini oshiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
17
Tarbiyaviy jihatdan esa, she’r bolalarni mehnatsevarlikka o‘rgatadi, kasb-
hunarning qadrini tushuntiradi va dangasalikning salbiy oqibatlarini ko‘rsatadi. Har
qanday hunarning inson hayotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
Umuman olganda, "Hunarning hidi qanaqa?" she’ri mehnatni ulug‘lash, kasbga
hurmat bilan qarash va dangasalikdan yiroq bo‘lish g‘oyalarini singdiruvchi, bolalar
tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan badiiy asardir.
Lev Nikolayevich Tolstoy
1828-yil 9-sentabrda Rossiyaning Yasnaya
Polyana qishlog‘ida dvoryan oilasida tug‘ilgan. U yoshligidan kitob o‘qishga qiziqqan
va adabiyotga bo‘lgan muhabbati erta shakllangan. Tolstoy Moskva va Qozon
universitetlarida tahsil olgan, ammo o‘qishni oxiriga yetkazmay, harbiy xizmatga
kirgan.
Uning hayotining muhim jihatlaridan biri xalq ta’limiga bo‘lgan e’tibori bo‘ldi.
1859-yilda Yasnaya Polyana qishlog‘ida bepul maktab ochdi va bolalar ta’limi
bo‘yicha tajribalar o‘tkazdi. Maktabda bolalar erkin o‘qishi, o‘z qiziqishlari asosida
bilim olishi mumkin edi. Tolstoy bolalarni zo‘rlab o‘qitish tarafdori emasdi, balki
ularning tabiiy qiziqishini qo‘llab-quvvatlashni muhim deb bilardi.
U umrining oxiriga qadar adabiyot va pedagogika bilan shug‘ullandi, inson va
jamiyat haqidagi falsafiy qarashlarini shakllantirdi. 1910-yilda, 82 yoshida vafot etdi.
Tolstoyning ijodi juda keng qamrovli bo‘lib, romanlar, hikoyalar, falsafiy
asarlar va bolalar uchun yozilgan qissalarni o‘z ichiga oladi. U bolalar ta’limiga katta
ahamiyat bergani uchun yosh o‘quvchilar uchun ham ko‘plab asarlar yaratgan.
Bolalar uchun yozgan asarlari:
“Filippok”
– Mustaqillik va bilimga intilish haqida hikoya.
“Ikki do‘st”
– Do‘stlik va sadoqatning muhimligi haqida.
“Bo‘ri va it”
– Ozodlik va qaramlik haqidagi ibratli hikoya.
“Qoramol”
– Hayvonlarga mehr-muhabbatni targ‘ib qiluvchi asar.
“Uсh ayiq”
– Mashhur ertak bo‘lib, bolalarni ehtiyotkorlikka o‘rgatadi.
Tolstoyning
bolalar
uchun
yozgan
hikoyalari
yoshlarga
halollik,
mehnatsevarlik, mehr-oqibat va insoniylikni o‘rgatishga qaratilgan. Uning pedagogik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
18
qarashlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, ta’lim sohasida ilg‘or
g‘oyalar sifatida qadrlanadi.
Lev Tolstoyning
"Filippok"
hikoyasi kichik bolalarning bilim olishga bo‘lgan
ishtiyoqi, qat’iyati va mustaqillikka intilishini aks ettiradi. Asarda bosh qahramon
Filippok kattalar tomonidan maktabga borishiga ruxsat berilmasa ham, o‘z orzusiga
erishish uchun mustaqil ravishda harakat qiladi. Hikoya sodda, tushunarli va hayotiy
tasvirlar bilan boyitilgan bo‘lib, unda bolaning ichki kechinmalari, qo‘rquvi va
umidlari aniq ifodalangan.
Asarning asosiy g‘oyasi – bilimga intilish va o‘qishning ahamiyati. Tolstoy
Filippok obrazida har bir bolaning o‘qishga bo‘lgan tabiiy qiziqishi va bilim olishga
intilish jarayonini ko‘rsatadi. Muallif bolalarning orzu va qiziqishlarini e’tiborga olish
kerakligini ta’kidlaydi.
Hikoya tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki u bolalarga quyidagi
fazilatlarni singdiradi:
Mustaqillik – Filippok maktabga borish uchun o‘z tashabbusi bilan harakat
qiladi.
Qat’iyat – U qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi va o‘z maqsadiga intiladi.
Mehnatsevarlik va bilimga chanqoqlik – Ta’lim olish inson hayotida muhim
o‘rin tutishini anglatadi.
Jasorat va o‘ziga ishonch – Filippok maktabga kirmoqchi bo‘lganida ustozining
savollariga javob bera olishi uchun o‘z bilimiga ishonishi kerak.
Badiiy jihatdan hikoya soddaligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi. Unda ortiqcha
bezakli tasvirlardan ko‘ra, bolaning ruhiy holati, uning istaklari va harakatlari realistik
uslubda berilgan. Dialoglar, tasviriy vositalar va real voqealar orqali asar bolalar
hayotiga juda yaqin.
Umuman olganda, "Filippok" hikoyasi bolalarni bilim olishga rag‘batlantirish,
mustaqil qaror qabul qilish, mehnatsevar va qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish kabi
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarb sanaladi.
Xulosa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
19
Uchinchi sinf o‘qish savodxonligi darsliklarida jahon adabiyotining turli
namunalarining kiritilishi o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshirish va
dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Roald
Dal, Janni Rodari va Lev Tolstoy ijodiga e’tibor qaratildi hamda ularning bolalar uchun
yozgan mashhur asarlari tarbiyaviy jihatdan tahlil qilindi.
Roald Dalning "Oyog‘i osmondan bo‘lgan sichqonlar" hikoyasi bolalarga
zukkolik, ijodkorlik va muammolarni aql bilan hal qilish muhimligini o‘rgatadi. Levon
ismli qariyaning topqirligi va noodatiy fikrlash usuli orqali bolalar muammolarga
innovatsion yondashish sabog‘ini oladilar. Shuningdek, hayvonlarga mehr bilan
munosabatda bo‘lish, sabr va mulohazakorlik kabi fazilatlar ham targ‘ib etiladi.
Janni Rodarining "Hunarning hidi qanaqa?" she’ri esa bolalarda
mehnatsevarlik va kasb-hunarga bo‘lgan hurmatni shakllantiradi. Muallif turli
kasblarning o‘ziga xosligini ta’kidlab, dangasalikning salbiy oqibatlarini ochib beradi.
Bu esa o‘quvchilarni kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lishga undaydi.
Lev Tolstoyning "Filippok" hikoyasi esa bolalarning bilimga chanqoqligi,
qat’iyat va mustaqillik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan. Asar orqali bolalar
mustaqil harakat qilish, o‘qishning ahamiyatini anglash va bilim olishga bo‘lgan
qiziqishning qadrlanishi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Umuman olganda, jahon adabiyotining mazkur namunalarini boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga taqdim etish ularning fikrlash doirasini kengaytiradi, ijodiy tafakkurini
rivojlantiradi hamda hayotiy saboqlar beradi. Ushbu asarlar o‘quvchilarni adolat,
do‘stlik, mehnatsevarlik, zukkolik va halollik kabi muhim insoniy fazilatlarni
egallashga yo‘naltiradi. Shu sababli, bu kabi asarlarni boshlang‘ich ta’lim dasturiga
kiritish nafaqat o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshirish, balki ularning
tarbiyaviy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
M.E.Toirova .3-sinf o’qish savodxonligi 1-qism kitobi.Toshkent-2023.Novda
nashriyoti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
20
2.
Yo’ldoshev,M.Ta’lim
jarayonida
adabiy
o’qishning
o’rni
va
ahamiyati.Toshkent:O’zFA nashriyoti.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2021). O‘qish savodxonligi
darsligi (3-sinf). Toshkent: Ma’naviyat nashriyoti.
4.
Karimov, A. (2020). Boshlang‘ich sinflarda adabiy ta’lim. Toshkent:
O‘qituvchi.
5.
G‘afurova, D. (2018). Bolalar adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent:
Fan va texnologiya.
6.
G‘afurova, D. (2018). Bolalar adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent:
Fan va texnologiya.
7.
Qodirov,A.(2015).Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini
shakllantirish metodikasi.Toshkent:Fan.
8.
Tolstoy, L. N. (1872). Filippok. Moskva: Detgiz.
9.
The British Book Awards. (1990). Best Children’s Author of the Year – Roald
Dahl.
10.
. Qaraldi: 2022-03-02.
Internet manbalari:
www.roalddahl.com
www.unesco.org