Authors

  • SATTOROV SARVAR NUGMON O’G’LI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118098

Keywords:

qora tuynuk astrofizika Hawking nurlanishi fazo-vaqt zamonaviy koinot nazariyalari.

Abstract

Mazkur maqolada qora tuynuklarning fizikasi, ularning kashfiyoti va tadqiqi natijasida olam haqidagi yangi nazariyalar va tushunchalar muhokama qilinadi. Xususan, qora tuynuklarning shakllanishi, Hawking nurlanishi, ulardagi vaqt va fazo xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy astrofizikada qora tuynuklarning ahamiyati yoritiladi. Ushbu tadqiqot olamning kengayish jarayonlari va uning kelajakdagi istiqboliga oid savollarga javob topishga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

48

QORA TUYNUKLARNING FIZIKASI VA OLAM HAQIDAGI YANGI

TUSHUNCHALAR

SATTOROV SARVAR NUGMON O’G’LI

Annotatsiya: Mazkur maqolada qora tuynuklarning fizikasi, ularning kashfiyoti

va tadqiqi natijasida olam haqidagi yangi nazariyalar va tushunchalar muhokama

qilinadi. Xususan, qora tuynuklarning shakllanishi, Hawking nurlanishi, ulardagi vaqt

va fazo xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy astrofizikada qora tuynuklarning

ahamiyati yoritiladi. Ushbu tadqiqot olamning kengayish jarayonlari va uning

kelajakdagi istiqboliga oid savollarga javob topishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: qora tuynuk, astrofizika, Hawking nurlanishi, fazo-vaqt, zamonaviy

koinot nazariyalari.

KIRISH

Koinotning sir-sinoatlari insoniyatni qadimdan o‘ziga tortib kelgan. Astrofizika

sohasida eng qiziqarli va murakkab obyektlardan biri qora tuynuklardir. Ular juda

kuchli gravitatsiya maydoniga ega bo‘lib, hatto yorug‘lik nurlari ham undan qochib

qutula olmaydi. Ushbu maqolada qora tuynuklarning fizik tabiati, ularning kashf

etilishi va zamonaviy olam haqidagi yangi tushunchalarni shakllantirgan nazariyalar

tahlil qilinadi.

Qora tuynuklar

Amalda kashf etilishidan ancha avval mavjudligi ilmiy nazariyalar tomonidan

taxmin qilingan obyektlar orasida ehtimolki qora tuynuklar eng qiziqarli, g‘ayritabiiy

va shu bilan birga, olimlarda ham, oddiy odamlarda ham vahimali taassurot uyg‘otgan

obyektlar bo‘lsa kerak. Qora tuynuklarning mavjudligi haqidagi ilk ilmiy asoslangan

taxminlar -Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi e'lon qilinishidan deyarli bir

yarim asr avval yangray boshlagan. Shunga qaramay, Koinotda qora tuynuklarning

haqiqatan ham mavjudligi amaliy jihatdan qat'iy isbotlanganiga unchalik ham ko‘p

bo‘lmadi. Biz hozirda qora tuynuklar - Koinotda hukmron bo‘lgan eng asosiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

49

obyektlardan biri ekanini yaxshi bilamiz. Biroq, XX-asrning 70-80 yillarida ham, qora

tuynuklar hali faqat gipotetik obyektlar sifatida qaralardi va hatto fizika-texnika

oliygohlarida ham, qora tuynuklarning real borliqda mavjud bo‘lishiga shubha

bildirilgan nazariy darsliklarni mutolaa qilish mumkin edi.

Keling, gapni cho‘zmay, asosiy masalaga o‘tamiz va umumiy nisbiylik nazariyasi

gravitatsiyaning tabiati haqidagi masalaga qanday yondoshishini ko‘rib chiqamiz.

Isaak Nyuton zo‘r berib uqtirib ketgan Butun olam tortishish qonuniga binoan,

Koinotdagi istalgan ikkita ulkan massali jismlar orasida o‘zaro tortishish kuchi mavjud

bo‘ladi. Ushbu gravitatsion tortishish sababidan Yer Quyosh atrofida aylanadi.

Umumiy nisbiylik nazariyasi esa bizni ushbu ko‘rinishdagi Quyosh-Yer sistemasiga

boshqacharoq yondoshishga majbur qiladi. Ushbu nazariya uqtirish berishicha,

Quyosh singari favqulodda ulkan massali jismning yaqin atrofida zamon-makon

uyg‘unligi, ya'ni, fazo-vaqt strukturasi egrilanadi (qiyshayadi) va o‘zining ravonligini

yo‘qotadi. Bu holatni, yupqa mato, aytaylik, oddiy ayollar ro‘molini to‘rt tomonidan

tarang qilib tortib bog‘langan va o‘rtasiga og‘ir shar, masalan, bouling shari qo‘yib

qo‘yilgan vaziyat bilan o‘xshatish mumkin. Sharning og‘irligi sababidan ro‘mol matosi

shar yaqinida g‘ijimlanib, bukilib, pastga (ichkariga) botib turadi. Quyosh ham xuddi

shu tarzda, o‘z yaqin-atrofidagi fazoni egrilantiradi.

[1]

Qora tuynuklarning shakllanishi va ularning turlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

50

Qora tuynuklar, odatda, o‘ta yangi yulduzlarning portlashi natijasida hosil bo‘ladi.

Ushbu jarayonda yulduzning yadrosi o‘z og‘irligi ostida qulab, zichligi cheksizlikka

yaqin bo‘lgan jismga aylanadi. Qora tuynuklar shakllanishi bo‘yicha quyidagi asosiy

turlarga bo‘linadi:

Yulduz o‘lchamli qora tuynuklar: Bu turdagi qora tuynuklar massasi Quyosh

massasidan bir necha baravar kattadir. Ular, odatda, katta yulduzlarning portlashi

natijasida yuzaga keladi.

Supermassiv qora tuynuklar: Bu qora tuynuklarning massasi millionlab va hatto

milliardlab Quyosh massalariga teng bo‘lib, ular galaktika markazlarida joylashgan.

Masalan, Samo yo`li (Milky Way) galaktikasining markazida "Sagittarius A*" deb

nomlangan supermassiv qora tuynuk mavjud.

Ibodatli qora tuynuklar: Koinotning ilk davrlarida shakllangan va juda kichik

massaga ega qora tuynuklar bo‘lib, ularning mavjudligi faqat nazariy tasdiqlangan.

Hawking nurlanishi va kvant effektlari

Qora tuynuklar faqat gravitatsiya obyektlari emas, balki kvant mexanikasi

qonunlariga bo‘ysunuvchi tizimlardir. Stiven Hawkingning nazariyasiga ko‘ra, qora

tuynuklar atrofida zarracha-antizarracha juftliklari hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon

natijasida bir zarracha qora tuynukka tushib, ikkinchisi undan qochadi, natijada qora

tuynuk massa yo‘qotadi va asta-sekin "buxur bo‘lib" yo‘qoladi.

Bu hodisa quyidagi muhim savollarni keltirib chiqardi:

Qora tuynuklar yo‘qolganda, ularda "saqlangan" ma’lumotlar nima bo‘ladi?

Fizikaning saqlanish qonunlari qora tuynuklar uchun ham amal qiladimi.

Hawking nurlanishi kvant mexanikasi va umumiy nisbiylikni birlashtirish

yo‘lidagi asosiy bosqich hisoblanadi.

Fazo-vaqtning buzilishi va gravitatsiya maydoni

Qora tuynuklar atrofida fazo-vaqtning kuchli deformatsiyasi sodir bo‘ladi.

Ularning markaziy qismida, ya’ni singulyarlik deb ataladigan nuqtada, fazo-vaqtning

odatiy qonunlari amal qilmaydi. Bu hodisani quyidagicha tushuntirish mumkin:

Ufqqa yaqinlashish: Qora tuynukka yaqinlashgan obyekt uchun vaqtning

sekinlashishi kuzatiladi. Bu Einshteynning nisbiylik nazariyasining amaliy tasdig‘idir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

51

Gravitatsion to‘lqinlar: Ikki qora tuynukning birlashuvi natijasida yuzaga

keladigan to‘lqinlar koinot bo‘ylab tarqalib, ularni ilg‘or texnologiyalar yordamida

aniqlash mumkin.

Zamonaviy tadqiqotlar va texnologiyalar

Qora tuynuklarni o‘rganish uchun ilm-fan yangi usullar va asbob-uskunalarni

yaratdi. Quyida ba’zi asosiy yutuqlar va texnologiyalar haqida ma’lumot keltiriladi.

Event Horizon Telescope (EHT): 2019 yilda ushbu teleskop yordamida qora

tuynukning birinchi suratga olinishi astrofizikada ulkan yutuq hisoblanadi. Bu surat

qora tuynukning "soya"si va atrofidagi yorqin diskni ko‘rsatdi.

Gravitatsion to‘lqinlar detektorlari (LIGO va Virgo): Ikki qora tuynukning

birlashuvi natijasida hosil bo‘lgan to‘lqinlarni qayd etish, qora tuynuklarning massasi

va aylanish tezligini aniqlash imkonini berdi. [2]

Koinotning kelajakdagi tadqiqotlarida qora tuynuklarning roli

Qora tuynuklarni o‘rganish nafaqat olam haqidagi bilimlarni chuqurlashtiradi,

balki kvant gravitatsiya, vaqt sayohati va parallel olamlar kabi tushunchalarni amalda

o‘rganishga yo‘l ochadi. Ulardagi energiya va ma’lumotning saqlanish jarayonlari

fundamental fizik qonunlarini qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lishi mumkin.

Xulosa:

Qora tuynuklar olamning eng murakkab va sirli obyektlaridan biri bo‘lib,

ular koinotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ushbu obyektlarni o‘rganish

faqat koinot haqidagi tushunchalarimizni boyitibgina qolmay, balki fizikaning

fundamental qonunlarini yanada yaxshi tushunishga imkon beradi. Kelajakda ushbu

sohadagi tadqiqotlar insoniyatni yangi ilmiy kashfiyotlar sari boshlaydi va olamning

asl mohiyatini anglashga yo‘l ochadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Agekyan T. A., “Zvyozdi, galaktiki, Metagalaktika”, Moskva, 1970;

2.Nuritdinov S. N., “Koinot orollari”, Toshkent, 1978;

Most read articles by the same author(s)