Authors

  • Normuhammadov Diyorbek
  • Turayev Alijon

Author Biographies

  • Normuhammadov Diyorbek

    SamISI XIM-123 guruh talabasi

  • Turayev Alijon

    SamISI

    “ Investitsiya va innovatsiyalar”

    kafedrasi katta o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118499

Keywords:

Soliq tizimi soliqlar ijtimoiy soliq daromad solig`i qo`shilgan qiymat solig`i(QQS)

Abstract

Ushbu maqolada Shvetsariya mamlakatida amal qilayotgan soliq tizimi va unga oid bo`lgan turli ko`rsatkichlar hamda qachon vujudga kelgani, qanday stavkalarda vujudga kelgani haqida ma`lumotlar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

91

SHVETSARIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI

Normuhammadov Diyorbek

SamISI XIM-123 guruh talabasi

Turayev Alijon SamISI

“ Investitsiya va innovatsiyalar”

kafedrasi katta o`qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shvetsariya mamlakatida amal qilayotgan

soliq tizimi va unga oid bo`lgan turli ko`rsatkichlar hamda qachon vujudga kelgani,

qanday stavkalarda vujudga kelgani haqida ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar: Soliq tizimi, soliqlar, ijtimoiy soliq, daromad solig`i, qo`shilgan

qiymat solig`i(QQS)

Аннотация: В данной статье представлена информация о

действующей в Швейцарии налоговой системе и различных связанных с ней

показателях, когда она была введена и по каким ставкам.

Ключевые слова : Налоговая система, налоги, социальный налог, налог

на прибыль, налог на добавленную стоимость (НДС)

Annotation: This article provides information about the tax system in force

in Switzerland and various indicators related to it, as well as information about when

it was established and at what rates it was established.

Keywords: Tax system, taxes, social tax, income tax, value added tax (VAT)

Kirish.

Shveytsariya soliq tizimi asta-sekin shakllana boshlagan Konstitutsiya qabul

qilingunga qadar kantonlar (shtatlar) asosiy daromadlarmi bojlardan olganlar. 1848

yili bojxona bojlarini yig‘ishni konfederatsiya ixtiyoriga berdilar. Lekin kantonlar

daromad va mol-mulk solig`ini to`plash huquqini o‘zlarida qoldirdilar.

Adabiyotlar tahlili.

Soliqlar kichik korporatsiyalar faoliyatida muhim rol o ‘ynaydi. Shuning

uchun hukumat doimiy ravishda soliq tizimini takomillashtirish ustida ish olib boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

92

Bu esa o‘z navbatida butun dunyodaqattiq raqobat sharoitida mamlakatda savdo-sotiq

faoliyatini olib borishga hammada qiziqtirish uyg‘otadi. Har bir pog‘ona bo'yicha

soliqlar taqsimlangan. Konfederatsiyaga kelib tushadigan soliq va yig`imlar:

I. Daromad va mulkdan olinadigan to`lovlar.

1) Daromad solig`i

2) Foyda va kapitalga solinadigan soliq

3) Manbadan olinadigan soliqlar

4) Gerb yig`imi

5) Harbiy xizmatni o`tmagan shaxslarga solinadigan soliq

II. Iste`mol va egalikdan olinadigan soliqlar

1) Qo'shilgan qiymat solig`i

2) Tamaki mahsulotlarga solinadigan soliq

3) Pivoga solinadigan soliq

4) Distirlangan spirtga solinadigan soliq

5) Bojxona boji (import, eksport va qo‘shimcha)

Kantonlar to'playdigan tushumlar:

I. Daromad va mulkdan olinadigan to`lovlar

1) Daromad solig`i va toza aktivlarga solinadigan soliq

2 ) Jon boshidan olinadigan soliq

3) Foyda va kapitalga solinadigan soliq

4) Meros va xadyadan olinadigan soliq

5) Kapitalni o‘sishiga solinadigan soliq

6) Ko‘chmas mulkka solinadigan soliq

7) Ko'chmas mulkni o`tkazib berish uchun solinadigan soliq

8) Savdoga solinadigan soliq XX asrni oxirgi o‘n yilligida soliq daromadlari

uchta pog`ona o‘rtasida quyidagi tartibda taqsimlangan:

konfederatsiya 40%, kantonlar 34% va munitsipalitetlar 26%. Shveytsariya

konstitutsiyasiga binoan, soliqlar asosiy qonun (konstitutsiya)ga qat’iyan muvofiq

ravishda undiriladi. Hokimiyatni har bir darajasi konstitutsiyada ko‘rsatilgan

soliqlarnigina yig`adi , konstitutsiyaning qoidalariga ko‘ra, uchta organning birortasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

93

ham boshqasiga halaqit bermaydi, soliq to`lovchilar zimmasidagi yuk esa soliqqa

tortishning iqtisodiy chegarasidan o‘tmaydi.

Konfederatsiya soliqlari

Konfederatsiya soliqlari mamlakat daromadining 2/5 qismini tashkil qilib

qator to‘g‘ri va egri soliqlar hamda yig`imlardan iborat bo`ladi. Konfederatsiya soliq

daromadlarining tarkibi 1990 yillarning ikkinchi yarmida quyidagicha ko‘rinishda

edi:

-

QQS - 29,1%,

-

to‘g‘ri soliqlar - 23,6%,

-

-bojxona bojlari - 14,9%,

-

hisob-kitob solig`i - 10,1%,

-

davlat yig`imlari - 4,5%,

-

boshqa soliqlar -5,5% ,

-

soliqdan tashqari yig`imlar - 12,3% ni tashkil qilgan.

Daromad solig`i federal to‘g‘ri soliqlardan biri bo`lib jismoniy shaxslardan

olinadi. Soliqqa rezidentlar yoki Shveytsariyada foyda keltiradigan faoliyat bilan

shug'ullanuvchi vaqtincha rezidentlami daromadlari tortiladi (chegaralanmagan soliq

javobgarligi). Chegaralangan soliq javobgarligi Shveytsariyada maxsus iqtisodiy

munosabatlarga ega bo`lgan norezidentlarga qo`llanadi. Bu holatda soliq

Shveytsariyadagi manbalardan olingan maxsus daromadlar turlaridan olinadi. Soliq

ikki yillik davrga aniqlanadi va har yili kantonlar tomonidan konfederatsiya uchun

yig`iladi. Federal soliq solish ob’ekti bo`lib, quyidagi daromadlar hisoblanadi:

- maishiy xizmat ko‘rsatuvchi qaram va qaram bo`lmagan firmalar

- badal (tovon)lik (annuitetlar*, nafaqalar)

- qo‘shimcha (uzoq yillik xizmati uchun qo‘shimcha to`lov, kichik hajmdagi

mukofotlar) to`lovlar.

- kapitalni o'sishi, mulkni hajmini ko‘payishi, mulk huquqini oshishi, ular

korxonada amalga oshirilgan hollarda.

- lotoreya sovrinlari va boshqalar. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad

solig`ining stavkasi progressiv hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

94

Eng ijobiy (ma’qul) stavka oilaviy juftliklarga qo‘llanadi. Ularga «ikki

baravar oshirilgan shedula» tizimi qo`llanadi. Bu tizimda erini daromadi xotinini

daromadi bilan qo‘shib hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi 11.5% dan iborat

Soliqni Shveytsariyada ro‘yhatga olingan ofisi yoki harakatdagi boshqaruv organi

mavjud bo`lgan huquqiy shaxslar to`laydi. Soliqni solishda ikki turdagi huquqiy

shaxslar ajratiladi: korporatsiyalar (qo‘shma korxonalar, chegaralangan javobgarlik

korxonalar) va korporativ shirkatlar; assotsiatsiyalar va tuzilmalar, hamda davlat

muassasalari va cherkov tashkilotlari. Korporatsiya va kooperativlar foydaga va

kapitalga solinadigan soliqlarga tortiladi. Federal foydaga solinadigan soliq

progressiv soliq hisoblanadi. Soliqni uch pog‘onalik daromadlar shkalasi bo‘yicha

undiriladi. Shunga binoan soliq og`irligi soliq solinadigan foydani sof aktivlar bilan

bir-birini munosabatiga qarab ortib boradi. Bazaviy soliq 3,63% stavka bilan olinadi.

Soliq solinadigan foydani 4% i ortiq daromad keltiradigan qismidan, yana qo‘shimcha

3,63% hajmda soliq olinadi. Qo‘shimcha 8% dan ortiq daromad beradigan qismidan

4,84% hajmida ikkinchi qo‘shimcha soliq olinadi. Eng yuqori soliq stavkasi foydalar

yigMndisidan 9,8% dan ortib ketmasligi kerak. Kapitalga solinadigan soliq

proporsional hisoblanadi. Soliq olingan kapitaldan va balansda ko‘rsatilgan

zahiralardan olinadi. Hozirgi davrda soliq solinadigan kapitaldan 0,08% stavka bilan

soliq olinadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Qo'shilgan qiymat solig'i Shveytsariyada aylanmadan olinadigan soliq o'rniga

1995 yili 1 yanvarda kiritilgan. Bu soliqni tadbiq qilishda birinchi navbatda asos qilib

Yevropa davlatlari Yevropa ittifoqi a’zolari qabul qilgan degan fikr hisobga olindi.

QQS

- bu umumiy foydalanish va ist’emol solig'i hisoblanadi. Soliq ishlab

chiqarishni hamma sohalarida, taqsimotda, tovarlarni import qilishda, vatanni xizmat

sohasi va chet eldan 10000 shv.fr. yuqori summaga olingan xizmatlar olinadi. Soliq

foyda olish uchun qaratilgan mustaqil yoki tijorat faoliyatidan va u bilan bog'liq

bo'lgan mahsulot yuborish va xususiy ichki ist’emoldan olinadi. Oxirgisini hajmi bir

yilga 75000 shv.fr. dan yuqori bo'lishi kerak. Ichki stavka va xizmatlar bo'yicha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

95

soliqni hisoblashda asos qilib yalpi to'lov olinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha

uch turdagi stavkalar qo'llanadi:

-

standart -6,5% li,

-

maxsus -3% li, mehmonxona sohasida(yotish va pansion),

-

pasaytirilgan -2% li.

Oxirgisi

oziq-ovqat,

ichimlik

(spirtli

ichimliklardan

tashqari)va

mehmonxona, umumiy ovqatlanish sohalarida xizmat ko'rsatish, yirik shoxli mol,

parranda, baliq, o'simlik va gullarni urug'i, don, yem va o'g'it, tibbiyot mahsulotlari,

gazeta va jurnal, kitoblar va boshqa matbuot mahsulotlari, radio va televideniya

xizmatlari (tijorat faoliyatiga standart stavka) uchun qo'llanadi. Qo'shilgan qiymat

solig'idan olinadigan daromad Shveytsariya byudjetini qariyib 1/3 qismini tashkil

qilishiga qaramay, boshqa ayrim mamlakatlarga nisbatan sezilarli past stavkalar

qo'llaniladi va nisbiy kengroq yengilliklar beriladi.

Kanton va munitsipal soliqlari

Soliq solishni huquqiy asosi bo‘lib, 26 ta kantonni soliq qonunlari va har-xil

munitsipal qoidalari hisoblanadi. Lekin kantonlarda oxirgi yilarda soliq solish

uyg‘unlashtirilmoqda. Qonunga binoan, 2001 yilni boshiga o‘zlarini soliq qonunlarini

bir tartibga keltirib, ularni darajasini tenglashtirish vazifasini olganlar.

Konfederatsiya huquqiga tegishli bo`lmagan har qanday soliqni kantonlar amaliyotga

kiritish huquqiga ega. Munitsipalitetlar faqat kantonlar ruxsat bergan soliqlarnigina

kiritish huquqiga egadirlar (fiskal huquqiy vakolat). Hamma kanton va

munitsipalitetlarda (Basel-City dan tashqari) korporatsiya va qo'shma korxonalar sof

foydaga solinadigan soliq va kapital (nominal kapital yoki aktsioner kapital) va rezerv

fondlardan qo'shimcha soliq to'laydilar. Ko'pchilik kantonlarda boshqa huquqiy

shaxslar assotsiatsiya, tuzilmalar, davlat institutlari va cherkov tashkilotlari

o'zlarining sof foydaga solinadigan va kapitaldan olinadigan soliqlarini

korporatsiyalar kabi to'laydilar.

Meros va hadyadan olinadigan soliq. Meros va hadyadan olinadigan soliqning

asosiy xususiyati shundan iboratki, bu soliqni asosan kantonlarda undiriladi. Lekin

ayrim kantonlarda munitsipalitetlar ham bu soliqni yig'ish huquqiga egadirlar. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

96

soliq deyarli hamma kantonlarda mavjud. Bundan mustasno, Lyutsem kantonidir. Bu

yerda hadyadan tashqari soliq olinmaydi. Shvis kantonida esa soliq merosdan ham

hadyadan ham olinmaydi. Ayrim kantonlarda mulkni avlodlarga (qisman uzoq

avlodlarga) o ‘tkazish, hamda mulk (rafiqasi o‘lganda) bir rafiqadan ikkinchi raflqaga

o‘tganda mulkni o‘tishi soliqqa tortilmaydi.

Xulosa.

Shvetsariya soliq tizimi juda katta tarix va rivojlanish madaniyatiga ega

bo`lib, buni o`rganish orqali XX asrning birinchi yarmidan boshlab hozirgi kunga

qadar qanday sezilarli o`zgarishlar hamda o`rnak olishga arzigulik islohotlar amalga

oshirilganini guvohi bo`lishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

"Swiss Taxation: A Comprehensive Guide to Swiss Taxation"

(by Michael

J. Hess)

2.

"Swiss Finance: Capital Markets, Banking, and Financial Services"

(by

Uwe W. Fritsche)

3.

4.

"Taxation in Switzerland: A Comparative Study of Direct and Indirect

Taxes"

(by Michael H. Visser)

5.

"Swiss Corporate Tax System and its Impact on International Businesses"

(by Andreas K. Berger)

6.

KPMG

-

Switzerland

Tax

Guide

(https://home.kpmg/xx/en/home/insights/2020/01/switzerland-tax-guide.html)

Most read articles by the same author(s)

Yo`ldoshev Shahobiddin, Turayev Alijon, JANUBIY KOREYANING SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 26 No. 1 (2025)

Yo`ldoshev Shahobiddin, Turayev Alijon, JANUBIY KOREYANING SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 26 No. 1 (2025)

Qo`ziyev Og`abek, Turayev Alijon, TURKIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Isoqulov Shoxruz, Turayev Alijon, ROSSIYA FEDERATSIYASI SOLIQ SIYOSATI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 3 (2025)

Zokirov Mehrojiddin, Turayev Alijon, SINGAPUR SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)

Ruzimurodov Shohro’zjon, Turayev Alijon, AQSH SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 23 No. 3 (2025)

Yo`ldoshev Shahobiddin, Turayev Alijon, JANUBIY KOREYANING SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 26 No. 1 (2025)

Isoqulov Shoxruz, Turayev Alijon, ROSSIYA FEDERATSIYASI SOLIQ SIYOSATI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 3 (2025)

Qodirboyev Shoxzod, Turayev Alijon, AVSTRIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 23 No. 3 (2025)

Qo`ziyev Og`abek, Turayev Alijon, TURKIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

1 2 > >>